03.03.2020 yildagi PQ-4625-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2020-yilgi Navroʻz umumxalq bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xalqimiz milliy yuksalish va milliy taraqqiyotning yangi bosqichiga qadam qoʻygan hozirgi vaqtda barcha ezgu qadriyat va anʼanalarimiz qatori Navroʻz bayramining ham hayotimizdagi oʻrni va ahamiyati tobora ortib bormoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ayniqsa, ushbu qadimiy bayramning ruhi va falsafasida mujassam boʻlgan yasharish va yangilanish, yaxshilik va bagʻrikenglik, tabiatni asrab-avaylab, doimo u bilan uygʻun boʻlib yashash kabi oʻlmas gʻoyalar bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarning asosiy maqsadi va maʼno-mazmuniga gʻoyat hamohang ekanini taʼkidlash lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xalqimiz asrlar davomida katta shodu xurramlik bilan nishonlab kelayotgan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan xalqaro bayram sifatida belgilangan Navroʻzi olamning ana shunday beqiyos ahamiyatini hisobga olib hamda bu ayyomni yangi Oʻzbekistonning demokratik qiyofasi, obroʻ-eʼtibori va nufuziga har tomonlama munosib tarzda oʻtkazish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. 2020-yilgi Navroʻz umumxalq bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tashkiliy qoʻmita Navroʻz bayramini Toshkent shahrida, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar markazlarida, shuningdek, barcha shahar va tumanlar, qishloq va ovullarda umumxalq sayillari shaklida yuqori saviyada nishonlash boʻyicha “Navroʻzing — yangi kun, yangi davroning muborak, jonajon Oʻzbekistonim!” degan bosh gʻoyani oʻzida mujassam etgan Navroʻz umumxalq bayramini oʻtkazish konsepsiyasi va tashkiliy-amaliy, madaniy-maʼnaviy hamda targʻibot-tashviqot ishlari dasturini bir hafta muddatda ishlab chiqsin va amalga oshirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur konsepsiya va dasturni tayyorlashda barcha tadbirlarni tom maʼnoda umumxalq sayli va shodiyonasi sifatida oʻtkazish, ularda keng xalq ommasining faol ishtirok etishini taʼminlash maqsadida quyidagi masalalarga alohida eʼtibor qaratilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Navroʻz kunlarida inson va tabiat oʻrtasidagi uygʻunlik, ona zaminga mehr va eʼtibor yaqqol oʻz ifodasini topishini koʻrsatib beradigan, atrof-muhitni, uning neʼmatlarini asrab-avaylash, bugungi tinch hayotni qadrlab, shukronalik tuygʻusi bilan yashashga daʼvat etadigan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarni uyushtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
soʻnggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli demokratik islohotlar, xalqimizning hayoti, qalbi va ongida yuz berayotgan ijobiy oʻzgarishlarni Navroʻzning azaliy qadriyat va anʼanalariga hamohang tarzda, taʼsirchan usullarda ifoda etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
barcha shahar va qishloqlarda tashkil etiladigan bayram tadbirlarida, ommaviy axborot vositalarida Navroʻz bayramining tarixi, har bir hudud aholisi oʻrtasida uni nishonlash bilan bogʻliq urf-odat va anʼanalarning mohiyati va ahamiyatini keng yoritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqimizga xos boʻlgan mehr-muruvvat, ahillik va hamjihatlik fazilatlari asosida nuroniy keksalarni har tomonlama eʼzozlash, koʻmakka muhtoj insonlarga begʻaraz yordam berish bilan bogʻliq xayriya tadbirlarini amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yurtimizda millatlararo doʻstlik va totuvlik muhitini mustahkamlash boʻyicha amalga oshirilayotgan tizimli ishlarning amaliy natijalari, Oʻzbekiston fuqarosi boʻlgan turli millat va elat vakillarining Navroʻzni nishonlashga oid urf-odatlari, anʼana va qadriyatlarini keng namoyish etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
obodlik va farovonlik ramzi boʻlmish Navroʻz bayrami arafasida shahar va qishloqlarda, mahallalarda umumxalq hasharlari, keng qamrovli obodonchilik va koʻkalamzorlashtirish ishlarini tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tadbirlar boʻlib oʻtadigan joylarda hunarmandchilik koʻrgazmalari, kitob rastalari, koʻchma savdo doʻkonlari, koʻklam taomlarini tayyorlash va ularning savdosini tashkil qilish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) bir hafta muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi Navroʻz umumxalq sayillarini oʻtkazish boʻyicha chora-tadbirlar dasturlarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Navroʻz umumxalq sayillari oʻtkaziladigan asosiy maydonlar, xiyobonlar va koʻchalarni belgilash, ularni milliy uslubda bayramona bezatish hamda sahnalarni oʻrnatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
joylarda boʻlib oʻtadigan umumxalq sayillariga mahalliy folklor guruhlari, badiiy havaskorlik jamoalari, sirk sanʼati vakillari, oilaviy ansambllar, baxshilar, shoirlar, shuningdek, professional ijrochilar va isteʼdodli estrada artistlarini keng jalb etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bayram tadbirlari doirasida har bir hududga xos boʻlgan xalq oʻyinlari, tomoshalar, koʻrgazmalar va musobaqalarni oʻtkazish, bahoriy taomlar sotiladigan ochiq oshxonalarni joylashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) bayram dasturlarini va ommaviy tomoshalarni tayyorlashda, koʻchalar, xiyobonlar va maydonlarni bezatishda katta mahorat va tajribaga ega boʻlgan ssenarist va rejissorlar, ijodkorlar, kompozitor va bastakorlar, baletmeysterlar, sahna rassomlari, isteʼdodli yosh ijrochilar, folklor sanʼati vakillaridan iborat ijodiy guruhlarni keng jalb etsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda Navroʻz umumxalq sayillariga xorijiy va mahalliy turistlarning tashrifini tashkil etish maqsadida keng targʻibot va tayyorgarlik ishlarini amalga oshirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Belgilab qoʻyilsinki, oʻtkaziladigan bayram tadbirlari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent shahrida respublika budjeti va Toshkent shahar mahalliy budjeti mablagʻlari hisobidan teng ulushlarda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti va viloyatlarda mahalliy budjetlar hisobidan qoplanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, “Dunyo” axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Navroʻz umumxalq bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarni atroflicha yoritib borish tavsiya etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2020-yil 3-mart,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-4625-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-martdagi PQ-4625-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2020-yilgi Navroʻz umumxalq bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TARKIBI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

1.

A.N. Aripov

Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, tashkiliy qoʻmita raisi

2.

A.A. Abduvaxitov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi

3.

X.M. Sultonov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi — Spichrayteri

4.

A.A. Abduhakimov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi, tashkiliy qoʻmita raisi oʻrinbosari

5.

D.M. Saidjanov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari

6.

J.A. Artikxodjayev

Toshkent shahar hokimi, tashkiliy qoʻmita raisi oʻrinbosari

7.

O.A. Nazarbekov

madaniyat vaziri

8.

T.A. Ishmetov

moliya vaziri

9.

A.X. Komilov

tashqi ishlar vaziri

10.

P.R. Bobojonov

ichki ishlar vaziri

11.

B.X. Tashmatov

Milliy gvardiya qoʻmondoni

12.

M.U. Madjidov

oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri

13.

Sh.X. Shermatov

xalq taʼlimi vaziri

14.

A.V. Shin

maktabgacha taʼlim vaziri

15.

B.N. Qurbonov

mudofaa vaziri

16.

A.Q. Shadmanov

sogʻliqni saqlash vaziri

17.

R.T. Mamatov

mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vaziri

18.

Sh.M. Sadikov

axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri

19.

R.J. Qurbanov

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi raisi

20.

A. Koʻchimov

Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori

21.

A.J. Xadjayev

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi vazifasini bajaruvchi

22.

F.F. Abduxoliqov

“Oʻzbekkino” Milliy agentligi bosh direktori

23.

A.V. Nuridinov

Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi raisi

24.

S.S. Saidov

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi

25.

M.M. Xodjimatov

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari

26.

R. Abdullayev

Oʻzbekiston Kompozitorlar va bastakorlar uyushmasi raisi

27.

A.M. Jumaboyev

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisining birinchi oʻrinbosari

28.

Lavozimiga koʻra

Vazirlar Mahkamasining Mahalla, oila va yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, madaniyat, maʼnaviyat va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyati mudiri, tashkiliy qoʻmita kotibi

29.

Lavozimiga koʻra

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.03.2020-y., 09/20/4625/0256-son)