21.02.2020 yildagi 04-son
2. Sudlar shuni e’tiborga olishlari lozimki, sud muhokamasi oshkoraligini, fuqarolar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari, davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va ommaviy axborot vositalari vakillarining sudlar faoliyatiga doir axborotdan xabardorligini ta’minlash O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, “Sudlar to‘g‘risida”gi, “Axborot olish kafolatlari va erkinligi to‘g‘risida”gi, “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida”gi, “Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to‘g‘risida”gi, “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi, “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi, “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi qonunlariga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq, tegishlicha, O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi (bundan buyon matnda FPK deb yuritiladi), O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi (bundan buyon matnda JPK deb yuritiladi), O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksi (bundan buyon matnda IPK deb yuritiladi), O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksi (bundan buyon matnda MSIYutK deb yuritiladi), O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksida (bundan buyon matnda MJtK deb yuritiladi) belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Bunda shuni nazarda tutish lozimki, sud muhokamasi yopiq sud majlisida o‘tkazilishi to‘g‘risidagi iltimosnoma nafaqat o‘z shaxsiy manfaatlari borasida iltimosnoma kiritayotgan shaxs va (yoki) uning vakili tomonidan, balki FPK 50, 52-moddalariga ko‘ra, boshqa shaxslar huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish vakolati berilgan shaxslar (masalan, prokuror, vasiylik va homiylik organi va h.k.) tomonidan ham berilishi mumkin.
10. Jinoyat ishini yopiq sud majlisida o‘tkazishga JPK 19-moddasi birinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lganda yo‘l qo‘yiladi.
shifokorlik siriga doir (O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonuni 25-moddasi beshinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash to‘g‘risida”gi Qonuni 19-moddasi);
26. Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, sudlarning rasmiy veb-saytlarida sud qarorlari matnlarini joylashtirish FPK 12-moddasi yettinchi qismi, JPK 19-moddasi o‘n birinchi qismi, IPK 11-moddasi oltinchi qismi talablariga muvofiq amalga oshirilishi lozim. Sud qarorlari matnidan davlat sirlari yoki boshqa qonun bilan qo‘riqlanadigan sirga doir ma’lumotlar chiqarilishi lozim. Qonuniy kuchga kirgan sud qarorlari matni sudning rasmiy veb-saytida egasizlashtirilgan holda yoki protsess ishtirokchilari roziligi bilan to‘liq e’lon qilinishi mumkin. Qonunga muvofiq e’lon qilinishi talab etiladigan (masalan, normativ-huquqiy hujjatni yoki uning bir qismini haqiqiy emas deb topish haqidagi), sud qarorlari matnlari sudlar rasmiy veb-saytlarida to‘liq hajmda joylashtiriladi.