Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Qarori
“Har bir oila — tadbirkor” dasturi doirasida kreditlar ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 14-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 27-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3022-4]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 22-avgustdagi 19/6-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3385, 09.09.2022-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi, “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlariga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-yanvardagi 28-son “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi toʻgʻrisidagi hamda Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2018-yil 8-iyundagi 20/1-son qarori (roʻyxat raqami 3022, 2018-yil 9-iyun) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.06.2018-y., 10/18/3021/1333-son) bilan tasdiqlangan “Har bir oila — tadbirkor” dasturi doirasida kreditlar ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 14-bandi beshinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasining” degan soʻzlar “Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2020-yil 15-fevral,
3/4-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.02.2020-y., 10/20/3022-4/0218-son)