Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 19.09.1996 yildagi 328-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING URUGʻChILIK SOHASIDAGI SIYOSATI TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublikada urugʻchilikni yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi hukumatining urugʻchilik sohasidagi siyosatining asosiy yoʻnalishlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirligi Hukumatning urugʻchilik sohasidagi siyosatining asosiy yoʻnalishlarining amalga oshirilishini nazorat qiluvchi organ etib belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qishloq xoʻjaligi vazirligi Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasi bilan birgalikda ikki oy muddatda Hukumatning urugʻchilik sohasidagi siyosatini amalga oshirish boʻyicha dasturiy chora-tadbirlarni ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosari R. Giniyatullin zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1996-yil 19-sentabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
328-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil
19-sentabrdagi 328-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining urugʻchilik sohasidagi siyosatining asosiy yoʻnalishlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SIYOSATNING MAQSADI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Urugʻlar sifatining qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishida hosildorlikni va iqtisodiy samaradorlikni oshirishning muhim omili sifatidagi birinchi darajali ahamiyatini hisobga olib Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati ushbu qaror bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining urugʻchilik sohasidagi siyosatini amalga kiritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Hukumatning urugʻchilik sohasidagi siyosatidan maqsad bu sohada qishloq xoʻjaligini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha quyidagi yoʻnalishlarni amalga oshirishdir:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarini oʻz vaqtida bozor narxlari boʻyicha yuqori hosilli va yuqori sifatli urugʻlar bilan yetarli miqdorda taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
infrastruktura va servis xizmati koʻrsatishni rivojlantirishga koʻmaklashish, urugʻchilikda xususiy investitsiyalar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qishloq xoʻjaligi manfaatlariga javob beruvchi urugʻlik yetishtirishda xususiy sektorni rivojlantirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SIYOSATNI AMALGA OShIRISh
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Urugʻchilik sohasidagi siyosatni amalga oshirishda Hukumat:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzurida Urugʻchilikni rivojlantirish uyushmasini taʼsis etishni maʼqullaydi, uning asosiy maqsad va vazifalari urugʻchilikni rivojlantirishdan manfaatdor va (yoki) unda ishtirok etayotgan xususiy korxonalarni qoʻllab-quvvatlash hamda ularga yordam koʻrsatish, urugʻchilik va (yoki) yordamchi infrastrukturaning har qanday sohasida xususiy sektorni rivojlantirish va uni qoʻllab-quvvatlashga yoʻnaltirilgan barcha boshqa muassasalarning faoliyatini muvofiqlashtirish, urugʻchilikka oid davriy maʼlumotnomalarni chiqarishdir;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
urugʻchilikni rivojlantirishga mablagʻ qoʻyayotgan tashkilotlarga, ularning mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
urugʻchilikdagi xususiy investitsiyalarni faol ragʻbatlantiradi va qoʻllab-quvvatlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xususiy sektorni urugʻlik yetishtirish, yetkazib berish, eksport qilish va urugʻlik bilan bogʻliq boʻlgan boshqa operatsiyalar sohasida qoʻllab-quvvatlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xususiy sektorni yaxshi navli va yuqori reproduksiyali urugʻlarni yanada koʻpaytirish va navlarini yangilash uchun zarur boʻlgan urugʻlar bilan taʼminlashda davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
QOʻLLANISh SOHASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Qishloq xoʻjaligiga yuqori sifatli urugʻlar yetkazib berishni koʻp miqdorda koʻpaytirish maqsadida Hukumat urugʻchilik sohasida barqaror, izchil va uzoq muddatli siyosatni oʻrnatadi. Urugʻ yetishtirish va yetkazib berish bilan bogʻliq faoliyatning barcha turlari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi hududida hukumat muassasalari va (yoki) oʻzimizning va (yoki) xorijiy xususiy sektorlar tomonidan qisman yoki toʻla bajariladigan barcha yordamchi operatsiyalar mazkur siyosat bilan tartibga solinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NORMATIV HUJJATLAR
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Urugʻchilik sohasidagi vazifalarni oʻz vaqtida va samarali bajarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi zaruriyatga qarab va respublika agrar sektori manfaatlaridan kelib chiqqan holda, urugʻchilik sohasidagi siyosatga muvofiq normativ hujjatlar chiqaradi, ularga zarur oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
XUSUSIY SEKTOR VA DAVLAT MANFAATLARINI UYGʻUNLAShTIRISh
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Urugʻchilik sohasidagi siyosat Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish sohasidagi Hukumat siyosatining tarkibiy qismi hisoblanadi. Xususiy sektorni urugʻlar bilan taʼminlashni koʻp miqdorda koʻpaytirish milliy manfaatlardan biri hisoblanar ekan milliy va qishloq xoʻjaligini rivojlantirish dasturlari xususiy sektorning ushbu jabhadagi ishtiroki bilan qarama-qarshi kelib qolganda ularga muvofiq amalga oshiriladigan harakatlarning yakuniy maqsadlari milliy va qishloq xoʻjaligini rivojlantirish dasturi maqsadlariga javob bergan hollarda urugʻchilik sohasidagi siyosat afzal koʻriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
URUGʻLARNING SIFATLI BOʻLIShINI TAʼMINLASh
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Urugʻlarning ekish qiymati ularning sifatini nazorat qiluvchi belgilangan tartiblarga muvofiq aniqlangan sifatiga bogʻliq boʻladi. Hukumat urugʻchilik sohasidagi siyosat faoliyatining barcha turlari urugʻlarning eng yuqori sifatli boʻlishini, iqtisodiy samaradorligini taʼminlashi zarur, deb hisoblaydi. Qishloq xoʻjaligi manfaatlarini eng koʻp taʼminlash uchun sotuvga tavsiya qilinayotgan barcha urugʻlar sifatga nisbatan amaldagi talablarga javob berishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
INFRASTRUKTURA VA TURLI SEKTORLAR IShTIROKI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Qishloq xoʻjaligi ekinlarining rayonlashtirilgan yuqori sifatli urugʻlar bilan doimiy taʼminlashni saqlab turish uchun murakkab texnika, sanoat va iqtisodiy infrastruktura talab etilishini Hukumat tushunadi. Uni yaratishda xususiy sektor kabi davlat sektori ham ishtirok etadi. Har bir sektor qolgan sektorlar bilan yaqin oʻzaro hamkorlikda oʻzi koʻproq vakolatli boʻlgan faoliyat turi bilan shugʻullanadi. Davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash faoliyati turlari Hukumat va uning vakolatli organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bozor manfaatlariga javob beruvchi, xususiy sektor mablagʻlarini investitsiya qilish xohishida boʻlgan barcha tijorat tusidagi faoliyatning barcha turlari xususiy sektor sohasi tasarrufida boʻladi. Xususiy sektor faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi va normativ hujjatlari bilan belgilangan amaldagi normalarga muvofiq amalga oshirilgan hollarda Hukumat muassasalari ularning ishlariga aralashmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
XUSUSIY SEKTORNI HUKUMAT TOMONIDAN QOʻLLAB-QUVVATLASh VA ZARUR TUZILMALARNI TAʼSIS ETISh
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Hukumat xususiy sektor urugʻ yetishtirish va u bilan taʼminlashni tashkil etishda nisbatan ustunliklarga ega boʻlishini eʼtirof etadi. Mazkur hujjat qoidalariga muvofiq Hukumat uni butun choralar bilan qoʻllab-quvvatlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Yuqori sifatli urugʻlar bilan taʼminlashda xususiy sektorning rivojlanishi barobarida ushbu sohada ishtirok etadigan hukumat muassasalari xususiy sektor bilan adolatsiz raqobatning oldini olish maqsadida, bunda urugʻda ehtiyoji boʻlgan fermyerlarni urugʻ bilan taʼminlab, oʻz faoliyatini tegishlicha qisqartiradi. Zarur hollarda Hukumat xususiy sektor eng koʻp hajmda ekish materiali yetishtirishni taʼminlaganda uni ragʻbatlantirish maqsadida tegishli qonunchilik, qarorlar va normativ hujjatlarga oʻzgartirishlar kiritish uchun butun kuchini ishga soladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
URUGʻChILIKNI RIVOJLANTIRIShDA DAVLATNING BEVOSITA QOʻLLAB-QUVVATLAShI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Baʼzi qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻlarini xususiy sektor yetishtirish imkoniga ega boʻlmasa, uni davlat sektori yoki davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlanayotgan sektor yetishtiradi. Xususiy sektorning mustahkamlanishi va unda koʻrsatilgan urugʻlarni yetishtirish koʻpayishiga qarab davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlanish kamaytiriladi yoki toʻxtatiladi. Urugʻchilikda raqobat ragʻbatlantiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
XORIJIY FIRMALAR BILAN HAMKORLIK QILISh VA IChKI XUSUSIY SEKTOR
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Urugʻlar bilan shugʻullanuvchi xorijiy xususiy firmalar urugʻchilik sanoatiga amaldagi qonunchilik doirasida ilmiy tadqiqotlar va seleksiya ishlari uchun yangi genetik materiallar va texnologiyalar taqdim etishlari mumkin. Texnologiyalarni samarali rivojlantirish, ishlarni yaxshilash, sarf-xarajatlarni kamaytirish va urugʻlarga boʻlgan ehtiyojlarni qondirishni taʼminlash uchun Hukumat xorijiy, oʻzimizning va qoʻshma korxonalarning tashkil etilishini ragʻbatlantiradi va qoʻllab-quvvatlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SELEKSIYA VA URUGʻChILIK SOHASIDAGI ILMIY-TADQIQOT IShLARI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Urugʻchilik bazasi davlat ilmiy-tadqiqot muassasalari seleksionyerlari tomonidan yaratilgan saralangan navlar bilan taʼminlanadi. Ular, joylarda oʻz filiallarini ochib yoki urugʻchilik korporatsiyalari, uyushmalari yoki boshqa tuzilmalarning muassislari sifatida ishtirok etib, qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻlarini yaxshilash, daromadlarni koʻpaytirishga anchagina hissa qoʻshishlari va ularni taqsimlashda qatnashishlari mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bu daromadlarning bir qismi vatanimiz qishloq xoʻjaligini bevosita rivojlantirishga yoʻnaltirilishi mumkin. Bu bilan har qanday malakali xususiy seleksiya muassasasi tadqiqotlar oʻtkazishda ruxsatnoma oladi, ragʻbatlantiriladi va koʻllab-quvvatlanadi. Davlat tashkilotlari oʻtkazgan tadqiqotlar natijalari shartnoma asosida amaldagi qonunchilikka muvofiq xususiy sektorga beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Urugʻlar sifatini yaxshilash va saqlashda hamda ularning tannarxini pasaytirishda urugʻchilik texnologiyasi va sanoatining muhim oʻrni bor. Davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning birinchi darajali obyekti nafaqat fundamental tadqiqotlar, balki mahalliy sharoitlarni hisobga olib amaliy ilmiy-tadqiqot ishlarining asosiy natijalarini joriy etish hamdir. Bunday ishlarni amalga oshirishi mumkin boʻlgan xususiy korxonalar ragʻbatlantiriladi. Ilmiy-tadqiqot ishlarining natijalari va davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash choralari xususiy sektorga xalqaro amaliyotga muvofiq erkin beriladi. Urugʻchilik faoliyatini muvofiqlashtirishning asosiy maqsadi urugʻchilik korxonalarining ilmiy-tadqiqot ishlariga va maʼlumotlar almashuviga boʻlgan ehtiyojlarni aniqlashda hamkorliklarini taʼminlashdir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
YaNGI NAVLARNI IShLAB ChIQISh, SINAB KOʻRISh HAMDA RAYONLAShTIRISh
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Yangi navlar va duragaylarni joriy etishga qarab faqat yuqori sifatli seleksion material chiqarishni taʼminlash maqsadida ularni ular yetishtiriladigan sharoitlarga yaqinlashtirilgan sharoitlarda sinovdan oʻtkazish muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday sinovlar aniq tadbirlarga muvofiq va eng yaxshi nav hamda liniyalar koʻrsatkichlarining toʻgʻri aniqlanishini taʼminlash uchun yetarli boʻlgan belgilangan davr mobaynida oʻtkazilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Xususiy sektor tomonidan yetishtirilgan navlar va duragaylar davlat tadqiqotlari va izlanishlariga solishtiriladi va tegishli tarzda baholanadi. Sara navlar va duragaylar rayonlashtiriladi va rasman maʼqullangan roʻyxatlarga kiritiladi, ularning urugʻlari esa sertifikatlashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
URUGʻ FONDINI TIKLASh
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Ekishga ruxsat etilgan navlar va duragaylarning urugʻ fondini (elita urugʻlar) tiklash va uni taʼminlash ularni ishlab chiqqan ilmiy-tadqiqot muassasalari tomonidan amalga oshiriladi. Davlat seleksiya dasturi doirasida kerakli turdagi urugʻlarni talab etilgan miqdorda oʻz vaqtida yetkazib berishni taʼminlash uchun yetarli miqdorda xodimlari, asbob uskunalari va mablagʻlari boʻlgan maxsus muassasa tuziladi. Xususiy firmalar yangi navlarni aniqlash boʻyicha oʻz dasturlarini oʻz mablagʻlariga amalga oshiradilar va ular amaldagi sifatni nazorat etish talablariga muvofiq amalga oshirishlariga qarab maʼqul narxlarda zarur urugʻlar bilan taʼminlanadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
URUGʻLARNING NAVLILIGI VA EKISh SIFATINI NAZORAT QILISh
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Yangi nav (duragay)ni yaratish uchun muayyan xarajatlar talab etiladi. Hukumat navlar yaratish borasidagi ilmiy-tadqiqot ishlarini ragʻbatlantirish va ularga ketgan sarf-xarajatlarni qoplash maqsadida oʻz vakolati doirasida seleksionyerlar huquqlarini muhofaza qilish uchun xalqaro normalarga muvofiq qarorlar va normativ hujjatlar qabul qiladi hamda seleksionyerlarga mamlakat qishloq xoʻjaligi ehtiyojlarini qondirish va ularni yaratishdan moliyaviy foyda olish uchun ularning nav va duragaylari urugʻlarini yetishtirish va yetkazib berishni nazorat qilish imkonini beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Urugʻlar sifatini samarali nazorat qilishni taʼminlash uchun har bir urugʻchilik boʻlinmasi oʻzining xalqaro qoidalarga muvofiq ish koʻruvchi sifatni nazorat etish ichki xizmatiga ega boʻladi hukumat qonun hujjatlarida nazarda tutilgan bunday nazoratni amalga oshirishni, shuningdek, respublikaga keltirilayotgan urugʻlarning sifatini nazorat qilishni qoʻllab-quvvatlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Urugʻlarning yuqori sifatliligini va nav sofligini saqlashni taʼminlash uchun urugʻ yetishtiruvchi maydonlar va uchastkalar sifati nazorat qilinadi. Urugʻchilik uchun masʼul boʻlgan davlat xizmatlari urugʻ yetishtirish boʻyicha turli toifadagi maydonlar va uchastkalarga amaldagi normalarga muvofiq talablar belgilaydi. Talablar qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi agrotexnikasi va texnologiyasining taraqqiy etishiga qarab oʻzgarib borishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
URUGʻLARNI SERTIFIKATLASh
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Urugʻchilikni rivojlantirish va urugʻlarning yuqori sifatliligiga erishishga qaratilgan tadbirlardan biri sifatida barcha urugʻchilik muassasalari oʻz xohishlari bilan qatnashganlari holda mustaqil sertifikatlash oʻtkaziladi. Sertifikatlash talablar, tartib, konsepsiya va uslubiyat nuqtai nazaridan xalqaro normalarga javob beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
URUGʻChILIK TOʻGʻRISIDAGI QONUN HUJJATLARI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Urugʻlar sifatining ishonchli standartlarini taʼminlashda isteʼmolchilar va yetkazib beruvchilarni himoya qilishda, shuningdek, sifatga moʻljallangan urugʻchilik sanoatini rivojlantirishda amaldagi talablar va imkoniyatlarni aks ettiruvchi qonunchilik hujjatlari, eng avvalo Urugʻchilik toʻgʻrisidagi qonun muhim rol oʻynaydi. Sotish uchun tavsiya etiladigan barcha urugʻlik Urugʻchilik toʻgʻrisidagi qonun talablariga mos boʻlishi lozim. Urugʻchilik toʻgʻrisidagi qonunga muvofiq namunalarni muntazam tanlash va sinashning kompleks dasturi amalga oshirilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
URUGʻLARNI SINAB KOʻRISh
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Urugʻlarning toʻgʻri sinab koʻrilishi urugʻchilik sanoati ishida katta ahamiyatga egadir. Hukumat rasmiy sinov laboratoriyalari va joylardagi stansiyalar tarmoqlari ishlashlari uchun shart-sharoitlar yaratib beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ular namunalarni buyurtmachi urugʻchilik xoʻjaliklariga yoki firmalarga ularni bu xoʻjalik va firmalardan olganlaridan soʻng bir sutkadan kechiktirmay tekshiradilar va yetkazib beradilar hamda natijalar toʻgʻrisida sinov tugaganidan soʻng bir sutka mobaynida xulosalar beradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Laboratoriyalar va stansiyalar tegishli asbob-uskunalar bilan jihozlangan va malakali xodimlar bilan taʼminlangan boʻladilar hamda ularning ishi urugʻlarni sinovdan oʻtkazish boʻyicha Xalqaro uyushma (ISTA)ning tavsiyanomalariga muvofiq tashkil etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
URUGʻLARNI SINOVDAN OʻTKAZIShNI STANDARTLAShTIRISh
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Urugʻlarni muntazam ravishda yetkazib berishni va xususiy sektorni rivojlantirishni taʼminlash, shuningdek, urugʻlarni eksport va import qilish uchun sinovlarning aynan natijalarini olish talab etiladi. Tadbirlarni birxillashtirish va sinovlarning aynan (standart) natijalariga erishish maqsadida hukumat urugʻlarni sinovdan oʻtkazish boʻyicha dasturni amalga oshirishni taʼminlaydi hamda tegishli soha mutaxassislarini tayyorlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
URUGʻLARNI TOZALASh VA KONDITSIYALASh
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Yuqori sifatli urugʻlar bilan taʼminlashning muhim elementi sifatida urugʻlarni tozalash va konditsiyalash boʻyicha quvvatlar barpo etiladi. Barcha xususiy urugʻchilik muassasalari urugʻlarni tozalash va saqlash boʻyicha oʻz zamonaviy va samarali quvvatlarini barpo etganlari va ularni qoʻllab-quvvatlaganlari taqdirda ragʻbatlantiriladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
URUGʻLARNI TAQSIMLASh, TRANSPORTDA TAShISh VA SOTISh
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Hukumat xususiy sektorning oʻzlariga yaqin mintaqalarda joylashgan qishloq xoʻjaligi ekinlari yetishtiruvchi barcha tumanlardagi qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilarini yuqori sifatli urugʻlar bilan taʼminlovchi taqsimlash tizimini yaratishi va rivojlantirishida uni barcha choralar bilan ragʻbatlantiradi, sotish boʻyicha kompaniyalarda taʼsischilar sifatida ishtirok etish yoʻli bilan xususiy sektorning mahsulotlarni sotishga yoʻnaltirilgan harakatlarini butun choralar bilan qoʻllab-quvvatlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
URUGʻLARGA BOʻLGAN EHTIYOJLARNI ANIQLASh
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Urugʻ yetishtirish va taqsimlashni rejalashtirish uchun yetkazib beruvchilar urugʻlardan foydalanish hamda moʻljallangan ehtiyojlarga oid toʻgʻri va batafsil maʼlumotlarga ega boʻlishlari lozim. Hukumat bunday axborotlarni oʻz vaqtida jamlash va taqsimlash tizimi ishini shunday tashkil etadiki, toki bu yetkazib beruvchi va isteʼmolchilarga boshqarishda hamda qarorlar qabul qilishda yordam bersin. Hukumat urugʻchilik firmalari tomonidan boshqaruvni takomillashtirish uchun foydalanilishi mumkin boʻlgan boshqaruv axborot tizimlarini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlaydi va ragʻbatlantiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OʻQUV DASTURLARI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Urugʻ isteʼmolchilarini zamonaviy texnologiyalardan foydalanish sohasida oʻqitishning asosiy vositasi sifatida Hukumat va xususiy sektor yuqori hosilli urugʻlarni joriy etish boʻyicha umumtaʼlim dasturlarini ishlab chiqadi va amalga kiritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
URUGʻLARNI TARQATISh
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Ularning kelib chiqish manbalaridan qatʼi nazar, urugʻlarning faqat saralangan navlari tarqatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
URUGʻLAR IMPORTI VA EKSPORTI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Hukumat urugʻchilik sohasida mazkur siyosat qoidalari rivojida tasdiqlangan tegishli normativ hujjatlarda nazarda tutilgan tartibga muvofiq ilmiy-tadqiqot ishlarini oʻtkazish uchun urugʻlarni import qilishga ruxsatnoma soʻragan har qanday muassasaga yordam beradi. Ichki ehtiyojlar qondirilganidan soʻng urugʻlar qolgan hollarda ularni eksport qilishga ruxsat beradi. Urugʻlar importi va eksportida maʼmuriy tadbirlar iloji boricha qisqartiriladi va faqat xalqaro eʼtirof etilgan karantin talablariga rioya etiladi. Hukumat joʻnatish, bojxona tozalovi, valyuta almashtirish, akkreditivlar berishni tezlashtirishda har tomonlama yordam koʻrsatadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
URUGʻChILIK SOHASIDA MASLAHATLAShUVLAR OʻTKAZISh
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Oʻzgarayotgan sharoitlarni hisobga olib Hukumat urugʻchilik sohasidagi siyosatga muvofiq Urugʻchilikni rivojlantirish boʻyicha uyushma huzurida maslahatlashuv markazini tashkil etishda koʻmaklashadi. Unda Hukumat vakillari kabi xususiy sektor vakillari ham boʻladi. Markaz urugʻlarni tayyorlash va ulardan foydalanishga taʼsir etuvchi barcha omillarni koʻrib chiqish uchun muntazam ravishda majlislar oʻtkazadi va bu faoliyatning amaliy boʻlib qolishi uchun Hukumatga urugʻchilik sohasidagi siyosat masalalari boʻyicha takliflarni taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hukumat koʻrsatilgan tavsiyanomalarni koʻrib chiqadi va uning uzoq muddatli maqsadlari va amal qilish muddatini oʻzgartirmagan holda joriy sharoitlarga mos boʻlishini taʼminlash maqsadida amaldagi qonunchilikka muvofiq urugʻchilik sohasidagi siyosatni takomillashtirishda hisobga oladi.