23.10.2019 yildagi PQ-4495-son
Hujjat 24.10.2019 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish

T/r

Tadbirlar

Bajarishmuddati

Mas’ul ijrochilar

I. Tashkiliy-amaliy tadbirlar

1.

Ikkinchi jahon urushida qozonilgan G‘alabaning 75 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlarni o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar tashkiliy qo‘mitalarini tuzish.

2019-yil

dekabr

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti

2.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlarva Toshkent shahrida Ikkinchi jahon urushida qozonilgan G‘alabaning 75 yilligiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy va madaniy tadbirlarni o‘tkazish uchun taniqli fan arboblari, ijodkor ziyolilar, madaniyat, san’at xodimlari va sportchilar, Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi va uning mintaqaviy bo‘linmalari, shuningdek, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi a’zolaridan iborat targ‘ibot-tashviqot va ijodiy guruhlarni tuzish.

2020-yil

aprel-may

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi, O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi, O‘zbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi, “O‘zbekkino” milliy agentligi, “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi, Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi va uning mintaqaviy bo‘linmalari, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, “Nuroniy” jamg‘armasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi

3.

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, m�hnat fronti faxriylari, mustaqillik yillarida o‘z burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining to‘liq ro‘yxatini shakllantirish, ularga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatish maqsadida vazirliklar, idoralar va harbiy qismlarni biriktirish.

2020-yil

aprel-may

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti

4.

Ikkinchi jahon urushi ishtirokchilari, mehnat fronti faxriylari, mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining oila a’zolarini moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish maqsadida ularning xonadonlariga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, vazirlik va idoralar rahbarlari, harbiy okrug, qism va muassasalar, mudofaa ishlari bo‘yicha hududiy boshqarmalar va bo‘limlar, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlarining shaxsan tashriflarini tashkil etish.

2020-yil

aprel-may

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti, “Nuroniy” jamg‘armasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, barcha vazirlik va idoralar rahbarlari

5.

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari ishtirokida Ikkinchi jahon urushida qozonilgan G‘alabaning 75 yilligini nishonlash bo‘yicha asosiy bayram tadbirlarini o‘tkazish joylarini aniqlash.

Asosiy bayram tadbirlarida qatnashadigan, respublikamizning turli hududlarida istiqomat qiluvchi urush va mehnat faxriylarining ro‘yxatini shakllantirish hamda ularning Toshkent shahriga kelib-ketishi, mehmonxonalarda joylashishi, ovqatlanishi, madaniy hordiq chiqarishlari hamda zarur hollarda tegishli kiyim-kechaklar bilan ta’minlanishini tashkil etish.

2020-yil

aprel

Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlarva Toshkent shahar hokimliklari, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi, O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti, “Nuroniy” jamg‘armasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, Kasaba uyushmalari federatsiyasi

6.

Toshkent shahrida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar markazlarida, barcha shahar va tumanlarda “Ajdodlarimiz jasorati — mangu barhayot” shiori ostida yuqori saviyada o‘tkaziladigan tashkiliy-amaliy, madaniy-ma’naviy tadbirlar rejasini tasdiqlash va amalga oshirish.

2020-yil

fevral — may

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining xavfsizligi davlat xizmati, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, “Nuroniy” jamg‘armasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Xotin-qizlar qo‘mitasi

7.

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, faxriylar tashkilotlari faollari, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari xodimlari ishtirokida Ikkinchi jahon urushida qozonilgan G‘alabaning 75 yilligiga bag‘ishlab tantanali marosimlar va konsertlarni ko‘tarinki ruhda o‘tkazish bo‘yicha tadbirlar dastur�ni tayyorlash.

2020-yil

aprel

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, “Nuroniy” jamg‘armasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi

8.

Ikkinchi jahon urushida qozonilgan G‘alabaning 75 yilligiga bag‘ishlab, Ikkinchi jahon urushi davriga oid muzey eksponatlari asosida ko‘chma ko‘rgazmalarni tashkil etish.

2020-yil

aprel-may

Madaniyat vazirligi, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi

9.

Zulfiya Zokirova va uning frontdan qaytmagan besh o‘g‘li, sadoqatli kelinlari hayotidan hikoya qiluvchi badiiy film hamda O‘zbekiston xalqining Ikkinchi jahon urushida erishilgan G‘alabaga qo‘shgan hissasi mavzusida to‘liq metrajli hujjatli filmni suratga olish ishlarini yakunlash.

2020-yil aprel

“O‘zbekkino” milliy agentligi, Mudofaa vazirligi, Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi

10.

Ikkinchi jahon urushida qozonilgan G‘alabaning 75 yilligiga bag‘ishlab, fashizmga qarshi kurashda qahramonlik ko‘rsatgan yurtdoshlarimiz haqida badiiy va hujjatli filmlar, amaliy hamda tasviriy san’at asarlari, kuy-qo‘shiqlar, shuningdek, tarixiy-badiiy asarlar, she’rlar to‘plamini yaratish.

2019-2020

yillar

“O‘zbekkino” milliy agentligi, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi, Madaniyat vazirligi, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi

11.

Ikkinchi jahon urushida qozonilgan G‘alabaning 75 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi, Qurolli Kuchlar davlat muzeyi, Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi hamda viloyatlardagi muzeylarga talabalar, o‘quvchilar, harbiylarning oila a’zolari, idora va tashkilotlar xodimlarining ekskursiyalarini tashkil etish.

2020-yil

aprel-may

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi

12.

Ikkinchi jahon urushida qozonilgan G‘alabaning 75 yilligi munosabati bilan o‘zbek xalqining front ortidagi mehnati va G‘alabaga qo‘shgan hissasi hamda yurtimizga ko‘chirib keltirilgan yetim bolalar, keksalar va ayollarga boshpana berish, so‘nggi nonini ham ular bilan baham ko‘rish borasidagi yuksak insonparvarlik va bag‘rikenglik fazilatlarini ochib berishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish.

2020-yil

aprel-may

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi, Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, “Nuroniy” jamg‘armasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi

13.

Ikkinchi jahon urushida qozonilgan G‘alabaning 75 yilligiga bag‘ishlab oliy ta’lim muassasalari talabalari va oliy harbiy ta’lim muassasalari kursantlari o‘rtasida fanlar olimpiadasi va harbiy-sport o‘yinlari musobaqalarini tashkil etish.

2020-yil

aprel

Mudofaa vazirligi, Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi

14.

O‘quvchi va talaba yoshlarni harbiylik kasbiga qiziqtirish, vatanparvarlik, yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash maqsadida harbiy qismlarga, oliy harbiy ta’lim muassasalariga ularning tanishishi uchun borishlarini uyushtirish hamda ushbu maskanlarda harbiy-vatanparvarlik tadbirlari, sport o‘yinlarini tashkil etish.

yil
davomida

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Xalq ta’lim vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi

15.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlarva Toshkent shahridagi belgilangan joylarda Ikkinchi jahon urushi vaqtidagi harbiy texnikalar namoyishini o‘tkazish.

2020-yil 7 — 9-may

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati, Favqulodda vaziyatlar vazirligi

16.

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan fuqarolarning O‘zbekiston hududidagi sanatoriylarga bepul yuborilishini tashkil etish.

yil
davomida

Kasaba uyushmalari federatsiyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti, “Nuroniy” jamg‘armasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi

17.

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan fuqarolarga bepul ravishda xalqaro va shaharlararo telefon aloqasidan foydalanish huquqini berish.

2020-yil
1 — 10-may

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

II. Madaniy-ma’naviy tadbirlar

18.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan G‘alabaga O‘zbekiston xalqining qo‘shgan munosib hissasiga bag‘ishlangan kitob-albomni nashr etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoyishida belgilangan vazifalar ijrosini o‘z vaqtida va sifatli ta’minlash.

2020-yil

aprel

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzuridagi O‘zbekistonning eng yangi tarixini o‘rganish bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi-metodik markaz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi

19.

Ikkinchi jahon urushida ko‘rsatgan jasorat va fidoyiligi uchun taqdirlangan o‘zbekistonliklar haqida ma’lumot beruvchi kitob (to‘plam) yaratish.

2020-yil

Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi

20.

I?kinchi jahon urushi ishtirokchilarining ko‘rsatgan qahramonliklari, o‘zbek xalqining front ortidagi mehnati va G‘alabaga qo‘shgan hissasi hamda jabr chekkan insonlar, ota-onasiz qolgan bolalarni asrab olishdagi insonparvarligi va bag‘rikengligini ochib berishga qaratilgan “Ajdodlarimiz jasorati — mangu barhayot” mavzusida ilmiy-nazariy konferensiya o‘tkazish.

2020-yil

aprel

Mudofaa vazirligi, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi

21.

Yoshlar va harbiy xizmatchilar o‘rtasida san’atning turli sohalari bo‘yicha “Nomingiz dillarda mangu yashaydi” mavzusida ijodiy ishlar tanlovini tashkil etish.

2020-yil

aprel

Madaniyat vazirligi, Mudofaa vazirligi, O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi

22.

Umumta’lim maktablari, litsey va kasb-hunar kollejlari, oliy ta’lim muassasalarida urushva mehnat faxriylari bilan uchrashuvlar, mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari haqida xotira darslarini tashkil etish va o‘tkazish.

2020-yil

may

Xalq ta’lim vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti

23.

Ikkinchi jahon urushida qozonilgan G‘alabaning 75 yilligiga bag‘ishlab, “Eslayman! Faxrlanaman! Nomingiz dillarda mangu!” mavzusida bolalar rasmlari tanlovini tashkil etish va o‘tkazish.

2020-yil

may

Xalq ta’limi vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi

24.

Ikkinchi jahon urushida qozonilgan G‘alabaning 75 yilligiga bag‘ishlangan ijodiy uchrashuvlar, san’atkorlar ishtirokida konsert dasturlari, maxsus ko‘rsatuvlar va ijtimoiy roliklar tayyorlash va ularning efirga uzatilishini ta’minlash.

2020-yil
aprel-may

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Madaniyat vazirligi, “O‘zbekkino” milliy agentligi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi

25.

Ommaviy axborot vositalarida, shuningdek, Internetning ijtimoiy tarmoqlarida Ikkinchi jahon urushida qozonilgan G‘alabaning 75 yilligiga bag‘ishlangan turkum maqolalar, ocherklar e’lon qilish.

2020-yil

aprel-may

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Elektron va ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi

26.

Qurolli Kuchlar tizimining rasmiy saytlarida Ikkinchi jahon urushidagi tarixiy voqealar va ularning ishtirokchilariga bag‘ishlangan turkum maqolalar e’lon qilib borish.

2020-yil
aprel-may

Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi

27.

Ikkinchi jahon urushida ko‘rsatgan qahramonliklari uchun unvon va orden bilan taqdirlangan yurtdoshlarimiz to‘g‘risida ma’lumot beruvchi www.warheroes.uz rasmiy internet saytini yaratish.

2020-yil

Mudofaa vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini r?vojlantirish vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, “O‘zarxiv” agentligi, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi, “Nuroniy” jamg‘armasi, O‘zbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi

28.

Urush va mehnat faxriylari, mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish vaqtida halok bo‘lgan harbiylar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining qabrlarini obod qilish bo‘yicha kompleks ishlarni amalga oshirish.

2020-yil

mart-may

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, “Nuroniy” jamg‘armasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Mudofaa vazirligi,
Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi

29.

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining mardligi va jasoratlarini ochib berish bo‘yicha “G‘alaba-75” badiiy-publitsistik asarlar tanlovini tashkil etish.

2020-yil

aprel-may

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi, “Nuroniy” jamg‘armasi, O‘zbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi, Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati, Favqulodda vaziyatlar vazirligi

30.

Barcha viloyat, shahar va tumanlarda keng jamoatchilik, o‘quvchi yoshlar, harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari hamda ularning oila a’zolari ishtirokida Ikkinchi jahon urushida qozonilgan G‘alabaning 75 yilligiga bag‘ishlangan ommaviy sport musobaqalarini o‘tkazish.

2020-yil
aprel-may

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatla� va Toshkent shahar hokimliklari, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi

31.

Barcha harbiy qism va muassasalarda, ta’lim maskanlarida urush qatnashchilari, mehnat fronti faxriylari, harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari bilan birgalikda keksa, o‘rta va yosh avlod vakillari uchrashuvlarini tashkil etish.

2020-yil

aprel-may

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi, “Nuroniy” jamg‘armasi, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi

32.

Ikkinchi jahon urushida qozonilgan G‘alabaning75 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi mobil aloqa operatorlari tomonidan abonentlarga SMS — tabriklar jo‘natish.

2020-yil

9-may

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

33.

O‘zbekiston Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi tuzilmalarning harbiy orkestrlari, ashula va raqs ansambllari, Madaniyat vazirligi tizimidagi orkestrlar va badiiy jamoalarning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi madaniyat maskanlari, xiyobonlarda “Ajdodlarimiz jasorati — mangu barhayot” nomi bilan targ‘ibot aksiyalari va konsert dasturlari namoyishini tashkil etish.

2020-yil

may

Mudofaa vazirligi, Madaniyat vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi

34.

Ommaviy axborot vositalari orqali Ikkinchi jahon urushida mudofaaga ko‘maklashuvchi tashkilotlardan chiqqan qahramonlar hamda tibbiyot xodimlarining G‘alabaga qo‘shgan hissasini aks ettiruvchi mavzuli chiqishlar qilish va ularning keng yoritilishini ta’minlash.

2019-2020-yillar

Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, “Nuroniy” jamg‘armasi, Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, respublika ommaviy axborot vositalari

35.

O‘zbekiston hududida Ikkinchi jahon urushi davriga oid mavjud birodarlik qabrlari, harbiy qabristonlar hamda monumentlarni tartibga keltirish borasida obodonlashtirish va ta’mirlash ishlarini tashkil etish.

2019-2020

yillar

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, “Nuroniy” jamg‘armasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Mudofaa vazirligi

III. Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, mehnat fronti faxriylari, xizmat burchini bajarish vaqtida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining oila a’zolarini ijtimoiy-huquqiy himoya qilishga qaratilgan chora-tadbirlar

36.

Ikkinchi jahon urushi ishtirokchilari va mehnat fronti faxriylari, mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chog‘ida sog‘ligini yo‘qotgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining oila a’zolari sog‘ligini tiklash uchun maqsadli yordam ko‘rsatish, ularga protezlar, nogironlar aravachalari va boshqa zarur tibbiy asbob-anjomlar ajratish, ularning oila a’zolarini imtiyozli ravishda harbiy gospital va boshqa tibbiyot muassasalarida davolash va dori-darmon vositalari bilan bepul ta’minlash.

doimiy

Sog‘liqni saqlash vazirligi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi

37.

Yolg‘iz va kam ta’minlangan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini har tomonlama ijtimoiy-huquqiy himoya qilish, ularning turar-joyi va uy xo‘jaliklarini ta’mirlash hamda ularning holidan muntazam xabar olish.

doimiy

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi, “Nuroniy” jamg‘armasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi

38.

Yoshlar, mahalla faollari tomonidan Ikkinchi jahon urushi ishtirokchilari, mehnat fronti faxriylari, mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining oilalariga borib, ularga moddiy-ma’naviy yordam ko‘rsatish.

2020-yil

aprel-may

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, “Nuroniy” jamg‘armasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi

39.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga “Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 75 yilligi” esdalik yubiley medali va biryo‘la to‘lanadigan pul mukofotini tantanali ravishda topshirish bo‘yicha tadbirlarni tashkiliy ravishda amalga oshirish.

2020-yil

9-mayga qadar

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya,
Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, “Nuroniy” jamg‘armasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi

IV. Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlar bilan hamkorlikdaamalga oshiriladigan chora-tadbirlar dasturi

40.

2020-yil Moskva shahrida urush faxriylari, front ortida mehnat qilgan faxriylar va MDHga a’zo davlatlar Qurolli Kuchlarining bayram guruhlari ishtirokida Ikkinchi jahon urushida qozonilgan G‘alabaning 75 yilligiga bag‘ishlab o‘tkaziladigan harbiy tantanali marosimda (parad) ishtirok etuvchi Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilarining bayram guruhi, Ikkinchi jahon ur�shi qatnashchilari, front ortida mehnat qilgan faxriylar ro‘yxatini shakllantirish va ishtirokini ta’minlash.

2020-yil

aprel-may

Mudofaa vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlarva Toshkent shahar hokimliklari, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, “Nuroniy” jamg‘armasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti

41.

Ikkinchi jahon urushida qozonilgan G‘alabaning75 yilligiga bag‘ishlab 2020-yil iyun oyida Qozog‘iston Respublika?ida o‘tkaziladigan harbiy orkestrlar ishtirokidagi Xalqaro harbiy-musiqiy festivalda ishtirok etish uchun tayyorgarlik ko‘rish.

2019-2020

yillar

Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Madaniyat vazirligi

42.

Ikkinchi jahon urushida qozonilgan G‘alabaning 75 yilligiga bag‘ishlab 2020-yilda Ozarbayjon Respublikasida o‘tkaziladigan Xalqaro askar qo‘shiqlari festivalida ishtirok etish uchun tayyorgarlik ko‘rish.

2019-2020

yillar

Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi

43.

Ikkinchi jahon urushida qozonilgan G‘alabaning 75 yilligi munosabati bilan MDHga a’zo davlatlarning do‘stona armiyalari o‘rtasidagi III harbiy-sport o‘yinlarida yuqori o‘rinlarni olish uchun puxta tayyorgarlik ko‘rish.

2019-2020

yillar

Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

44.

Ikkinchi jahon urushida qozonilgan G‘alabaning 75 yilligiga bag‘ishlab, MDHga a’zo davlatlar Qurolli Kuchlari sportchi harbiy xizmatchilarining guruh bo‘lib, Qirg‘iziston Respublikasidagi yuqori tog‘ cho‘qqisiga chiqadigan sportchi harbiy xizmatchilar guruhini shakllantirish va ularning munosib ishtirok etishlarini ta’minlash.

2019-yil davomida

Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

45.

Ikkinchi jahon urushida qozonilgan G‘alabaning 75 yilligiga bag‘ishlab MDHga a’zo davlatlar Qurolli Kuchlari sportchi harbiy xizmatchilarining guruh bo‘lib, Tojikiston Respublikasidagi yuqori tog‘ cho‘qqisiga chiqadigan sportchi harbiy xizmatchilar guruhini shakllantirish va munosib ishtirok etishlarini ta’minlash.

2020-yil davomida

Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Jismoniy tarbiya v� sport vazirligi

46.

Ikkinchi jahon urushida qozonilgan G‘alabaning 75 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilayotgan MDHga a’zo davlatlarning oliy harbiy ta’lim muassasalari kursantlari va tinglovchilari o‘rtasidagi IV Xalqaro harbiy-ilmiy ishlar tanlovida munosib ishtirok etishlarini ta’minlash.

2019-2020
yillar

Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi

47.

Ikkinchi jahon urushida qozonilgan G‘alabaning75 yilligiga bag‘ishlab Yoshlar simfonik orkestri hamda yosh iste’dod egalarining qo‘shma konsert dasturini tashkil etish.

2020-yil
aprel

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati

48.

MDHga a’zo davlatlarning oliy harbiy ta’lim muassasalari kursantlari o‘rtasida “Quvnoqlarva zukkolar hamdo‘stligi” nomli xalqaro festivalda Qurolli Kuchlar tarkibiga kiradigan oliy harbiy ta’lim muassasalari kursantlarining ishtirokini ta’minlash.

2020-yil davomida

Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi

49.

MDHga a’zo davlatlarning Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilari, ularning oila a’zolari, urush va harbiy xizmat faxriylarining xalq ijodiyoti namunalarini namoyon etish bo‘yicha o‘tkaziladigan xalqaro festivalida harbiy xizmatchilarning ishtirokini ta’minlash.

2020-yil

oktyabr

Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi

Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.

1.

A. Aripov

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, ishchi guruh rahbari

2.

V. Maxmudov

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi, ishchi guruh rahbari o‘rinbosari

3.

X. Sultonov

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi — Spichrayteri

4.

A. Abduvahitov

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi

5.

T. Xudaybergenov

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi

6.

F. Maxmudov

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining o‘rinbosari

7.

A. Sa’dullayev

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosari

8.

A. Abduhakimov

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari

9.

K. Allamjonov

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori vazifasini bajaruvchi

10.

P. Bobojonov

O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri

11.

B. Kurbanov

O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri

12.

A. Qo‘ldoshev

O‘zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o‘rinbosari

13.

A. Haydarov

O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining o‘rinbosari

14.

I. Madjidov

O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri

15.

Sh. Shermatov

O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vaziri

16.

B. Sayfullayev

O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri

17.

B. Zakirov

O‘zbekiston Respublikasi qurilish vaziri

18.

R. Mirzayev

O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisining o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari qo‘mondoni

19.

Lavozimi bo‘yicha

O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisining o‘rinbosari

20.

Sh. Shakirov

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondonining o‘rinbosari

21.

Sh. Axmedov

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi devonining shu’ba mudiri

22.

I. Bo‘riboyev

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi shu’ba mudiri

23.

M. Isayev

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi shu’ba mudiri

24.

A. Mirzaraximov

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bosh konsultanti

25.

Q. Rafikov

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi

26.

A. Xadjayev

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi vazifasini bajaruvchi

27.

A. Ko‘chimov

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori

28.

R. Niyazov

O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy kengashi raisi

29.

M. Xodjimatov

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari

30.

Sh. Jalilov

O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi Markaziy kengashi raisi

31.

Sh. Javlonov

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi raisining birinchi o‘rinbosari

32.

S. Saidov

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi

33.

R. Abdullayev

O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi raisi

34.

S. Hakimov

O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi

35.

A. Nuridinov

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi

36.

I. Mirzaaliyev

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi raisi

37.

B. Yo‘ldoshev

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Prezidenti

38.

U. Yusupov

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi bosh direktori

39.

F. Abduxoliqov

Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi boshqaruvi raisi

40.

S. Ashurov

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mas’ul xodimi, ishchi guruh kotibi