Hujjat kuchini yo‘qotgan 11.09.2025 23.10.2019 yildagi PQ-4495-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 11.09.2025
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ikkinchi jahon urushida qozonilgan gʻalabaning 75 yilligini munosib nishonlash toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-sentabrdagi PF-165-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Koʻpmillatli Oʻzbekiston xalqi butun taraqqiyparvar insoniyat qatori 1941 — 1945-yillarda Ikkinchi jahon urushida faol ishtirok etib, fashizm ustidan qozonilgan buyuk Gʻalabani taʼminlashga munosib hissa qoʻshdi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
El-yurtimizning urush yillarida koʻrsatgan mardlik va qahramonligi biz uchun ulkan jasorat maktabi, gʻurur-iftixor manbai boʻlib, vaqt oʻtgani sayin bu oʻlmas qadriyatlarning ahamiyati tobora ortib bormoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shuning uchun har yili 9-may — Gʻalaba bayrami mamlakatimizda Xotira va qadrlash kuni sifatida keng nishonlanadi. Ikkinchi jahon urushida halok boʻlgan ajdodlarimiz xotirasiga chuqur hurmat bajo keltirilib, fashizmga qarshi janglarda, mehnat frontida jonbozlik koʻrsatgan faxriylarimizga alohida eʼtibor va ehtirom koʻrsatish yurtimizda oliyjanob anʼanaga aylanib qoldi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ana shunday ezgu ishlarni izchil davom ettirish, 2020-yili dunyo miqyosida keng nishonlanadigan buyuk sana — Gʻalabaning 75 yillik bayramiga puxta tayyorgarlik koʻrish va uni yuksak darajada oʻtkazish, Oʻzbekiston xalqining jang maydonlaridagi, urush ortidagi qahramonligi va fidokorona mehnatini, tarixiy xizmatlarini mamlakatimiz va jahon jamoatchiligiga yetkazish va abadiylashtirish, yosh avlodimizni ota-bobolarimiz jasoratiga munosib boʻlgan, bugungi tinch, osoyishta hayotni asrab-avaylash va yanada mustahkamlashga qodir, jonajon Vatanimizga sadoqatli insonlar etib tarbiyalash maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ikkinchi jahon urushida qozonilgan gʻalabaning 75 yilligini nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha asosiy chora-tadbirlar dasturi (keyingi oʻrinlarda — Dastur) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Dasturga binoan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ikkinchi jahon urushi ishtirokchilari, mehnat fronti faxriylarini, shuningdek, mustaqillik yillarida Vatan himoyasi va xizmat burchini bajarish chogʻida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining oila aʼzolarini har tomonlama ijtimoiy-huquqiy himoya qilish hamda ularni moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirish boʻyicha zarur chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Ajdodlarimiz jasorati — mangu barhayot” degan gʻoya asosida mamlakatimizdagi barcha viloyat, tuman va shaharlarda Ikkinchi jahon urushi ishtirokchilarining qahramonliklari, oʻzbek xalqining front ortidagi fidokorona mehnati va gʻalabaga qoʻshgan beqiyos hissasi, front hududlaridan respublikamizga koʻchirib keltirilgan yuz minglab insonlarga nisbatan koʻrsatgan yuksak insonparvarlik fazilatlarini har tomonlama chuqur aks ettiradigan madaniy-maʼnaviy tadbirlar, targʻibot aksiyalari, konsert dasturlari, tasviriy sanʼat koʻrgazmalari, ijodiy kechalar, tanlovlar, ommaviy sport musobaqalari, “uch avlod vakillari uchrashuvlari”ni, shuningdek, mehnat jamoalari, mahalla va guzarlarda, turar-joy mavzelarida obodonchilik ishlarini tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fashizmga qarshi kurashda qahramonlik koʻrsatgan yurtdoshlarimiz haqida yangi badiiy va hujjatli asarlar, kino va spektakllar, musiqa va tasviriy sanʼat asarlari yaratish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fashizm ustidan qozonilgan gʻalabaning 75 yilligini munosib kutib olish maqsadida Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi mamlakatlarida boʻlib oʻtadigan xalqaro anjumanlar, harbiy-sport oʻyinlari va askar qoʻshiqlari xalqaro festivallarida ishtirok etish boʻyicha tayyorgarlik ishlarini yuksak saviyada amalga oshirishga alohida eʼtibor qaratilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Toshkent shahrida barpo etiladigan Gʻalaba bogʻining konsepsiyasi (keyingi oʻrinlarda — Konsepsiya) 2-ilovaga muvofiq asos sifatida qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Konsepsiyani amalga oshirishda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Gʻalaba bogʻi mohiyat eʼtibori bilan xalqimizning urush yillarida koʻrsatgan mardlik va matonati, yuksak insoniy fazilatlarini, qahramon ajdodlarimizning nomlari, shonli anʼana va qadriyatlarini abadiylashtirishga, yurtimizda inson xotirasi aziz va muqaddas, qadri ulugʻ ekanini taʼkidlashga, yosh avlodni ona Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalashga qaratilganini eʼtiborga olib, ushbu gʻoyani taʼsirchan badiiy-monumental usullar, innovatsion yechimlar asosida ifoda etishga alohida ahamiyat berilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Gʻalaba bogʻining umumiy koʻrinishi, meʼmoriy tuzilishi milliy anʼanalarimizga mos boʻlishi hamda memorial yodgorliklar yaratish boʻyicha jahondagi ilgʻor tajribalarni oʻzida mujassam etishi taʼminlansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bogʻ markazida besh oʻgʻli urushda mardlarcha halok boʻlgan Zulfiya Zokirova va uning sadoqatli kelinlari siymosida oʻzbek oilasining umumlashgan obrazini aks ettiradigan “Matonat madhiyasi” deb nomlangan yodgorlik majmuasini yuksak gʻoyaviy-badiiy saviyada yaratish uchun eng isteʼdodli va mahoratli ijodkorlar, meʼmor va mutaxassislar jalb etilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Gʻalaba bogʻidagi har bir obyekt va qurilma, muzey eksponatlari orqali xalqimiz, ayniqsa, yoshlarni urushning dahshatli oqibatlarini hech qachon unutmaslikka, bugungi tinch va osuda hayot, mustaqillikning qadriga yetishga, doimo ogoh va hushyor boʻlib yashash, Vatan himoyasiga tayyor turish ruhida tarbiyalashga ustuvor ahamiyat berilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bogʻda aholining tarix bilan hamnafas boʻlib, oʻtganlar xotirasini yod etishi, ularga hurmat bajo keltirishi, mazmunli dam olish, ommaviy madaniy tadbirlar, ijodiy uchrashuvlar, adabiy kechalar oʻtkazish uchun barcha sharoitlar yaratilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Toshkent shahar hokimligi tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2020-yil 1-mayga qadar Toshkent shahrining Olmazor tumanida Gʻalaba bogʻini uning tarkibiga kiradigan barcha inshoot va binolar bilan birgalikda toʻla qurib bitkazish hamda majmuaga tutash hududlarni obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish choralarini koʻrsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Ikkinchi jahon urushida qozonilgan gʻalabaning 75 yilligini nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish boʻyicha ishchi guruh tarkibi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishchi guruh (A. Aripov):
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda “Ajdodlarimiz jasorati — mangu barhayot” degan gʻoyani oʻzida mujassam etgan dasturda nazarda tutilgan tadbirlarning yuqori saviyada oʻtkazilishini taʼminlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nukus shahri hamda viloyatlar markazlarida yosh avlodni ona yurtga mehr va sadoqat ruhida tarbiyalashga qaratilgan, Ikkinchi jahon urushi davriga oid harbiy texnika, tarixiy eksponatlar, installyatsiyalarni oʻz ichiga olgan zamonaviy “Vatanparvarlar” bogʻlarini barpo etsin hamda gʻalabaning 75 yilligi arafasida ularning tantanali ravishda ochilishini taʼminlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bayramga tayyorgarlik koʻrish davomida Ikkinchi jahon urushida va front ortidagi ommaviy safarbarlik ishlarida ishtirok etgan ota-bobolarimizning, mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chogʻida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining ibratli faoliyatini aholi keng qatlamlari, ayniqsa, yoshlar oʻrtasida keng targʻib qilish yuzasidan madaniy-maʼrifiy va vatanparvarlik ruhidagi tadbirlar rejasini ishlab chiqsin va amalga oshirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Belgilab qoʻyilsinki, Ikkinchi jahon urushida qozonilgan gʻalabaning 75 yilligini nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda — Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar mahalliy budjetlari hamda homiylik xayriyalari hisobidan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent shahrida — Oʻzbekiston Respublikasi davlat budjeti va Toshkent shahar mahalliy budjeti mablagʻlari hisobidan teng ulushlarda, shuningdek, homiylik xayriyalari hisobidan qoplanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, “Dunyo” axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Ikkinchi jahon urushida qozonilgan gʻalabaning 75 yilligiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish bilan bogʻliq jarayonlarni, ushbu qaror ijrosini taʼminlashga qaratilgan tadbirlarni keng yoritish, shuningdek, mavzuga oid telekoʻrsatuv va radioeshittirishlar tayyorlab efirga uzatish, matbuot nashrlari va Internet sahifalarida maqolalar eʼlon qilish tavsiya etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2019-yil 23-oktabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-4495-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-oktabrdagi PQ-4495-son qaroriga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ikkinchi jahon urushida qozonilgan Gʻalabaning 75 yilligini nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha asosiy chora-tadbirlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
DASTURI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Tadbirlar

Bajarishmuddati

Masʼul ijrochilar

I. Tashkiliy-amaliy tadbirlar

1.

Ikkinchi jahon urushida qozonilgan Gʻalabaning 75 yilligiga bagʻishlangan tadbirlarni oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar tashkiliy qoʻmitalarini tuzish.

2019-yil

dekabr

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Oʻzbekiston mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti

2.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlarva Toshkent shahrida Ikkinchi jahon urushida qozonilgan Gʻalabaning 75 yilligiga bagʻishlangan maʼnaviy-maʼrifiy va madaniy tadbirlarni oʻtkazish uchun taniqli fan arboblari, ijodkor ziyolilar, madaniyat, sanʼat xodimlari va sportchilar, Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi va uning mintaqaviy boʻlinmalari, shuningdek, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi aʼzolaridan iborat targʻibot-tashviqot va ijodiy guruhlarni tuzish.

2020-yil

aprel-may

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Madaniyat vazirligi, Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi, Oʻzbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi, Oʻzbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi, “Oʻzbekkino” milliy agentligi, “Oʻzbekkonsert” davlat muassasasi, Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi va uning mintaqaviy boʻlinmalari, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, “Nuroniy” jamgʻarmasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi

3.

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, mehnat fronti faxriylari, mustaqillik yillarida oʻz burchini bajarish chogʻida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining toʻliq roʻyxatini shakllantirish, ularga moddiy va maʼnaviy yordam koʻrsatish maqsadida vazirliklar, idoralar va harbiy qismlarni biriktirish.

2020-yil

aprel-may

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Oʻzbekiston mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti

4.

Ikkinchi jahon urushi ishtirokchilari, mehnat fronti faxriylari, mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chogʻida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining oila aʼzolarini moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirish maqsadida ularning xonadonlariga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, vazirlik va idoralar rahbarlari, harbiy okrug, qism va muassasalar, mudofaa ishlari boʻyicha hududiy boshqarmalar va boʻlimlar, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlarining shaxsan tashriflarini tashkil etish.

2020-yil

aprel-may

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Oʻzbekiston mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti, “Nuroniy” jamgʻarmasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Xotin-qizlar qoʻmitasi, barcha vazirlik va idoralar rahbarlari

5.

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari ishtirokida Ikkinchi jahon urushida qozonilgan Gʻalabaning 75 yilligini nishonlash boʻyicha asosiy bayram tadbirlarini oʻtkazish joylarini aniqlash.

Asosiy bayram tadbirlarida qatnashadigan, respublikamizning turli hududlarida istiqomat qiluvchi urush va mehnat faxriylarining roʻyxatini shakllantirish hamda ularning Toshkent shahriga kelib-ketishi, mehmonxonalarda joylashishi, ovqatlanishi, madaniy hordiq chiqarishlari hamda zarur hollarda tegishli kiyim-kechaklar bilan taʼminlanishini tashkil etish.

2020-yil

aprel

Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlarva Toshkent shahar hokimliklari, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Oʻzbekiston mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti, “Nuroniy” jamgʻarmasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Xotin-qizlar qoʻmitasi, Kasaba uyushmalari federatsiyasi

6.

Toshkent shahrida, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar markazlarida, barcha shahar va tumanlarda “Ajdodlarimiz jasorati — mangu barhayot” shiori ostida yuqori saviyada oʻtkaziladigan tashkiliy-amaliy, madaniy-maʼnaviy tadbirlar rejasini tasdiqlash va amalga oshirish.

2020-yil

fevral — may

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining xavfsizligi davlat xizmati, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Oʻzbekiston mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, “Nuroniy” jamgʻarmasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Xotin-qizlar qoʻmitasi

7.

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, faxriylar tashkilotlari faollari, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari xodimlari ishtirokida Ikkinchi jahon urushida qozonilgan Gʻalabaning 75 yilligiga bagʻishlab tantanali marosimlar va konsertlarni koʻtarinki ruhda oʻtkazish boʻyicha tadbirlar dasturini tayyorlash.

2020-yil

aprel

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Madaniyat vazirligi, Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, “Nuroniy” jamgʻarmasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi

8.

Ikkinchi jahon urushida qozonilgan Gʻalabaning 75 yilligiga bagʻishlab, Ikkinchi jahon urushi davriga oid muzey eksponatlari asosida koʻchma koʻrgazmalarni tashkil etish.

2020-yil

aprel-may

Madaniyat vazirligi, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi

9.

Zulfiya Zokirova va uning frontdan qaytmagan besh oʻgʻli, sadoqatli kelinlari hayotidan hikoya qiluvchi badiiy film hamda Oʻzbekiston xalqining Ikkinchi jahon urushida erishilgan Gʻalabaga qoʻshgan hissasi mavzusida toʻliq metrajli hujjatli filmni suratga olish ishlarini yakunlash.

2020-yil aprel

“Oʻzbekkino” milliy agentligi, Mudofaa vazirligi, Madaniyat vazirligi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi

10.

Ikkinchi jahon urushida qozonilgan Gʻalabaning 75 yilligiga bagʻishlab, fashizmga qarshi kurashda qahramonlik koʻrsatgan yurtdoshlarimiz haqida badiiy va hujjatli filmlar, amaliy hamda tasviriy sanʼat asarlari, kuy-qoʻshiqlar, shuningdek, tarixiy-badiiy asarlar, sheʼrlar toʻplamini yaratish.

2019-2020

yillar

“Oʻzbekkino” milliy agentligi, Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, Oʻzbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi, Madaniyat vazirligi, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi

11.

Ikkinchi jahon urushida qozonilgan Gʻalabaning 75 yilligi munosabati bilan Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyi, Qurolli Kuchlar davlat muzeyi, Qatagʻon qurbonlari xotirasi muzeyi hamda viloyatlardagi muzeylarga talabalar, oʻquvchilar, harbiylarning oila aʼzolari, idora va tashkilotlar xodimlarining ekskursiyalarini tashkil etish.

2020-yil

aprel-may

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi

12.

Ikkinchi jahon urushida qozonilgan Gʻalabaning 75 yilligi munosabati bilan oʻzbek xalqining front ortidagi mehnati va Gʻalabaga qoʻshgan hissasi hamda yurtimizga koʻchirib keltirilgan yetim bolalar, keksalar va ayollarga boshpana berish, soʻnggi nonini ham ular bilan baham koʻrish borasidagi yuksak insonparvarlik va bagʻrikenglik fazilatlarini ochib berishga qaratilgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarni tashkil etish.

2020-yil

aprel-may

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi, Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, “Nuroniy” jamgʻarmasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi

13.

Ikkinchi jahon urushida qozonilgan Gʻalabaning 75 yilligiga bagʻishlab oliy taʼlim muassasalari talabalari va oliy harbiy taʼlim muassasalari kursantlari oʻrtasida fanlar olimpiadasi va harbiy-sport oʻyinlari musobaqalarini tashkil etish.

2020-yil

aprel

Mudofaa vazirligi, Oliy va oʻrta-maxsus taʼlim vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi

14.

Oʻquvchi va talaba yoshlarni harbiylik kasbiga qiziqtirish, vatanparvarlik, yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash maqsadida harbiy qismlarga, oliy harbiy taʼlim muassasalariga ularning tanishishi uchun borishlarini uyushtirish hamda ushbu maskanlarda harbiy-vatanparvarlik tadbirlari, sport oʻyinlarini tashkil etish.

yil
davomida

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Xalq taʼlim vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi

15.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlarva Toshkent shahridagi belgilangan joylarda Ikkinchi jahon urushi vaqtidagi harbiy texnikalar namoyishini oʻtkazish.

2020-yil 7 — 9-may

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati, Favqulodda vaziyatlar vazirligi

16.

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan fuqarolarning Oʻzbekiston hududidagi sanatoriylarga bepul yuborilishini tashkil etish.

yil
davomida

Kasaba uyushmalari federatsiyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Oʻzbekiston mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti, “Nuroniy” jamgʻarmasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi

17.

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan fuqarolarga bepul ravishda xalqaro va shaharlararo telefon aloqasidan foydalanish huquqini berish.

2020-yil
1 — 10-may

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

II. Madaniy-maʼnaviy tadbirlar

18.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan Gʻalabaga Oʻzbekiston xalqining qoʻshgan munosib hissasiga bagʻishlangan kitob-albomni nashr etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoyishida belgilangan vazifalar ijrosini oʻz vaqtida va sifatli taʼminlash.

2020-yil

aprel

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzuridagi Oʻzbekistonning eng yangi tarixini oʻrganish boʻyicha Muvofiqlashtiruvchi-metodik markaz, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi

19.

Ikkinchi jahon urushida koʻrsatgan jasorat va fidoyiligi uchun taqdirlangan oʻzbekistonliklar haqida maʼlumot beruvchi kitob (toʻplam) yaratish.

2020-yil

Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi

20.

I?kinchi jahon urushi ishtirokchilarining koʻrsatgan qahramonliklari, oʻzbek xalqining front ortidagi mehnati va Gʻalabaga qoʻshgan hissasi hamda jabr chekkan insonlar, ota-onasiz qolgan bolalarni asrab olishdagi insonparvarligi va bagʻrikengligini ochib berishga qaratilgan “Ajdodlarimiz jasorati — mangu barhayot” mavzusida ilmiy-nazariy konferensiya oʻtkazish.

2020-yil

aprel

Mudofaa vazirligi, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi

21.

Yoshlar va harbiy xizmatchilar oʻrtasida sanʼatning turli sohalari boʻyicha “Nomingiz dillarda mangu yashaydi” mavzusida ijodiy ishlar tanlovini tashkil etish.

2020-yil

aprel

Madaniyat vazirligi, Mudofaa vazirligi, Oʻzbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi

22.

Umumtaʼlim maktablari, litsey va kasb-hunar kollejlari, oliy taʼlim muassasalarida urushva mehnat faxriylari bilan uchrashuvlar, mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chogʻida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari haqida xotira darslarini tashkil etish va oʻtkazish.

2020-yil

may

Xalq taʼlim vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Oʻzbekiston mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti

23.

Ikkinchi jahon urushida qozonilgan Gʻalabaning 75 yilligiga bagʻishlab, “Eslayman! Faxrlanaman! Nomingiz dillarda mangu!” mavzusida bolalar rasmlari tanlovini tashkil etish va oʻtkazish.

2020-yil

may

Xalq taʼlimi vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi

24.

Ikkinchi jahon urushida qozonilgan Gʻalabaning 75 yilligiga bagʻishlangan ijodiy uchrashuvlar, sanʼatkorlar ishtirokida konsert dasturlari, maxsus koʻrsatuvlar va ijtimoiy roliklar tayyorlash va ularning efirga uzatilishini taʼminlash.

2020-yil
aprel-may

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Madaniyat vazirligi, “Oʻzbekkino” milliy agentligi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi

25.

Ommaviy axborot vositalarida, shuningdek, Internetning ijtimoiy tarmoqlarida Ikkinchi jahon urushida qozonilgan Gʻalabaning 75 yilligiga bagʻishlangan turkum maqolalar, ocherklar eʼlon qilish.

2020-yil

aprel-may

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Elektron va ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi

26.

Qurolli Kuchlar tizimining rasmiy saytlarida Ikkinchi jahon urushidagi tarixiy voqealar va ularning ishtirokchilariga bagʻishlangan turkum maqolalar eʼlon qilib borish.

2020-yil
aprel-may

Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi

27.

Ikkinchi jahon urushida koʻrsatgan qahramonliklari uchun unvon va orden bilan taqdirlangan yurtdoshlarimiz toʻgʻrisida maʼlumot beruvchi www.warheroes.uz rasmiy internet saytini yaratish.

2020-yil

Mudofaa vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini r?vojlantirish vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, “Oʻzarxiv” agentligi, Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi, “Nuroniy” jamgʻarmasi, Oʻzbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi

28.

Urush va mehnat faxriylari, mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish vaqtida halok boʻlgan harbiylar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining qabrlarini obod qilish boʻyicha kompleks ishlarni amalga oshirish.

2020-yil

mart-may

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, “Nuroniy” jamgʻarmasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Mudofaa vazirligi,
Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi

29.

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining mardligi va jasoratlarini ochib berish boʻyicha “Gʻalaba-75” badiiy-publitsistik asarlar tanlovini tashkil etish.

2020-yil

aprel-may

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi, “Nuroniy” jamgʻarmasi, Oʻzbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi, Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati, Favqulodda vaziyatlar vazirligi

30.

Barcha viloyat, shahar va tumanlarda keng jamoatchilik, oʻquvchi yoshlar, harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari hamda ularning oila aʼzolari ishtirokida Ikkinchi jahon urushida qozonilgan Gʻalabaning 75 yilligiga bagʻishlangan ommaviy sport musobaqalarini oʻtkazish.

2020-yil
aprel-may

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi

31.

Barcha harbiy qism va muassasalarda, taʼlim maskanlarida urush qatnashchilari, mehnat fronti faxriylari, harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari bilan birgalikda keksa, oʻrta va yosh avlod vakillari uchrashuvlarini tashkil etish.

2020-yil

aprel-may

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi, “Nuroniy” jamgʻarmasi, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi

32.

Ikkinchi jahon urushida qozonilgan Gʻalabaning75 yilligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi mobil aloqa operatorlari tomonidan abonentlarga SMS — tabriklar joʻnatish.

2020-yil

9-may

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

33.

Oʻzbekiston Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi tuzilmalarning harbiy orkestrlari, ashula va raqs ansambllari, Madaniyat vazirligi tizimidagi orkestrlar va badiiy jamoalarning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi madaniyat maskanlari, xiyobonlarda “Ajdodlarimiz jasorati — mangu barhayot” nomi bilan targʻibot aksiyalari va konsert dasturlari namoyishini tashkil etish.

2020-yil

may

Mudofaa vazirligi, Madaniyat vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi

34.

Ommaviy axborot vositalari orqali Ikkinchi jahon urushida mudofaaga koʻmaklashuvchi tashkilotlardan chiqqan qahramonlar hamda tibbiyot xodimlarining Gʻalabaga qoʻshgan hissasini aks ettiruvchi mavzuli chiqishlar qilish va ularning keng yoritilishini taʼminlash.

2019-2020-yillar

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, “Nuroniy” jamgʻarmasi, Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, respublika ommaviy axborot vositalari

35.

Oʻzbekiston hududida Ikkinchi jahon urushi davriga oid mavjud birodarlik qabrlari, harbiy qabristonlar hamda monumentlarni tartibga keltirish borasida obodonlashtirish va taʼmirlash ishlarini tashkil etish.

2019-2020

yillar

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, “Nuroniy” jamgʻarmasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Mudofaa vazirligi

III. Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, mehnat fronti faxriylari, xizmat burchini bajarish vaqtida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining oila aʼzolarini ijtimoiy-huquqiy himoya qilishga qaratilgan chora-tadbirlar

36.

Ikkinchi jahon urushi ishtirokchilari va mehnat fronti faxriylari, mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chogʻida sogʻligini yoʻqotgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining oila aʼzolari sogʻligini tiklash uchun maqsadli yordam koʻrsatish, ularga protezlar, nogironligi boʻlgan shaxslar aravachalari va boshqa zarur tibbiy asbob-anjomlar ajratish, ularning oila aʼzolarini imtiyozli ravishda harbiy gospital va boshqa tibbiyot muassasalarida davolash va dori-darmon vositalari bilan bepul taʼminlash.

doimiy

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi

37.

Yolgʻiz va kam taʼminlangan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini har tomonlama ijtimoiy-huquqiy himoya qilish, ularning turar-joyi va uy xoʻjaliklarini taʼmirlash hamda ularning holidan muntazam xabar olish.

doimiy

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi, “Nuroniy” jamgʻarmasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi

38.

Yoshlar, mahalla faollari tomonidan Ikkinchi jahon urushi ishtirokchilari, mehnat fronti faxriylari, mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chogʻida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining oilalariga borib, ularga moddiy-maʼnaviy yordam koʻrsatish.

2020-yil

aprel-may

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, “Nuroniy” jamgʻarmasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi

39.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va uning oqibatida nogiron boʻlgan shaxslarga “Ikkinchi jahon urushidagi Gʻalabaning 75 yilligi” esdalik yubiley medali va biryoʻla toʻlanadigan pul mukofotini tantanali ravishda topshirish boʻyicha tadbirlarni tashkiliy ravishda amalga oshirish.

2020-yil

9-mayga qadar

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya,
Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Oʻzbekiston mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, “Nuroniy” jamgʻarmasi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi

IV. Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligiga aʼzo davlatlar bilan hamkorlikdaamalga oshiriladigan chora-tadbirlar dasturi

40.

2020-yil Moskva shahrida urush faxriylari, front ortida mehnat qilgan faxriylar va MDHga aʼzo davlatlar Qurolli Kuchlarining bayram guruhlari ishtirokida Ikkinchi jahon urushida qozonilgan Gʻalabaning 75 yilligiga bagʻishlab oʻtkaziladigan harbiy tantanali marosimda (parad) ishtirok etuvchi Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilarining bayram guruhi, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, front ortida mehnat qilgan faxriylar roʻyxatini shakllantirish va ishtirokini taʼminlash.

2020-yil

aprel-may

Mudofaa vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlarva Toshkent shahar hokimliklari, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, “Nuroniy” jamgʻarmasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Oʻzbekiston mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti

41.

Ikkinchi jahon urushida qozonilgan Gʻalabaning75 yilligiga bagʻishlab 2020-yil iyun oyida Qozogʻiston Respublika?ida oʻtkaziladigan harbiy orkestrlar ishtirokidagi Xalqaro harbiy-musiqiy festivalda ishtirok etish uchun tayyorgarlik koʻrish.

2019-2020

yillar

Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Madaniyat vazirligi

42.

Ikkinchi jahon urushida qozonilgan Gʻalabaning 75 yilligiga bagʻishlab 2020-yilda Ozarbayjon Respublikasida oʻtkaziladigan Xalqaro askar qoʻshiqlari festivalida ishtirok etish uchun tayyorgarlik koʻrish.

2019-2020

yillar

Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Madaniyat vazirligi, Oʻzbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi

43.

Ikkinchi jahon urushida qozonilgan Gʻalabaning 75 yilligi munosabati bilan MDHga aʼzo davlatlarning doʻstona armiyalari oʻrtasidagi III harbiy-sport oʻyinlarida yuqori oʻrinlarni olish uchun puxta tayyorgarlik koʻrish.

2019-2020

yillar

Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

44.

Ikkinchi jahon urushida qozonilgan Gʻalabaning 75 yilligiga bagʻishlab, MDHga aʼzo davlatlar Qurolli Kuchlari sportchi harbiy xizmatchilarining guruh boʻlib, Qirgʻiziston Respublikasidagi yuqori togʻ choʻqqisiga chiqadigan sportchi harbiy xizmatchilar guruhini shakllantirish va ularning munosib ishtirok etishlarini taʼminlash.

2019-yil davomida

Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

45.

Ikkinchi jahon urushida qozonilgan Gʻalabaning 75 yilligiga bagʻishlab MDHga aʼzo davlatlar Qurolli Kuchlari sportchi harbiy xizmatchilarining guruh boʻlib, Tojikiston Respublikasidagi yuqori togʻ choʻqqisiga chiqadigan sportchi harbiy xizmatchilar guruhini shakllantirish va munosib ishtirok etishlarini taʼminlash.

2020-yil davomida

Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

46.

Ikkinchi jahon urushida qozonilgan Gʻalabaning 75 yilligiga bagʻishlab oʻtkazilayotgan MDHga aʼzo davlatlarning oliy harbiy taʼlim muassasalari kursantlari va tinglovchilari oʻrtasidagi IV Xalqaro harbiy-ilmiy ishlar tanlovida munosib ishtirok etishlarini taʼminlash.

2019-2020
yillar

Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi

47.

Ikkinchi jahon urushida qozonilgan Gʻalabaning75 yilligiga bagʻishlab Yoshlar simfonik orkestri hamda yosh isteʼdod egalarining qoʻshma konsert dasturini tashkil etish.

2020-yil
aprel

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Madaniyat vazirligi, Oʻzbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati

48.

MDHga aʼzo davlatlarning oliy harbiy taʼlim muassasalari kursantlari oʻrtasida “Quvnoqlarva zukkolar hamdoʻstligi” nomli xalqaro festivalda Qurolli Kuchlar tarkibiga kiradigan oliy harbiy taʼlim muassasalari kursantlarining ishtirokini taʼminlash.

2020-yil davomida

Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi

49.

MDHga aʼzo davlatlarning Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilari, ularning oila aʼzolari, urush va harbiy xizmat faxriylarining xalq ijodiyoti namunalarini namoyon etish boʻyicha oʻtkaziladigan xalqaro festivalida harbiy xizmatchilarning ishtirokini taʼminlash.

2020-yil

oktabr

Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-26-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 06/21/26/1111-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-oktabrdagi PQ-4495-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent shahrida barpo etiladigan Gʻalaba bogʻining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
KONSEPSIYASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jahon hamjamiyati 2020-yilda fashizm ustidan qozonilgan Buyuk Gʻalabaning 75 yilligini keng nishonlaydi. Har qanday urush va qirgʻinbarotlarning oʻz maqsadi va mafkuralari bor. Fashizm “oliy tabaqa inson”lar jamiyatini yaratish uchun oʻzidan boshqa irq va toifadagi insonlarni qul sifatida “oliy irq” manfaatlari uchun xizmat qildirishni koʻzda tutgan yovuz gʻoyaga suyanar edi. Umuminsoniyat tamadduni va taraqqiyotini faqat bir hovuch “saralangan” odamlar manfaatiga yoʻnaltirishni koʻzda tutar edi. Bu yovuz gʻoyaning tantanasi yer yuzidagi barcha xalqlarning Olloh bergan neʼmat — yashash, yaratish haq-huquqlarini poymol etishga asoslangan edi. Shu bois barcha taraqqiyparvar kuchlar oʻz haq-huquqlari va adolat tantanasi uchun kurashga otlandilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston xalqi butun taraqqiyparvar insoniyat qatori Ikkinchi jahon urushida erishilgan gʻalabani taʼminlashga ulkan hissa qoʻshdi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ikkinchi jahon urushida qozonilgan gʻalabaning 75 yilligiga bagʻishlab Toshkent shahrining Olmazor tumanida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maxsus qarori asosida Gʻalaba bogʻi barpo etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur bogʻ Vatanga sadoqat, oʻz hayotini tinchlik va ozodlik uchun fido qilgan insonlarning oʻlmas jasorati va yorqin xotirasi oldidagi yuksak hurmat-ehtiromning amaliy namunasi boʻlib qoladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Gʻalaba bogʻi konsepsiyasining bosh gʻoyasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning “Biz barchamiz, avvalo, unib-oʻsib kelayotgan yosh avlodimiz fashizm balosiga qarshi kurashda jasur ajdodlarimiz, koʻpmillatli Oʻzbekiston xalqi koʻrsatgan mardlik va matonatni aslo yodidan chiqarmasligi kerak” degan soʻzlarida oʻzining yaqqol ifodasini topgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuz minglab navqiron vatandoshlarimiz jang maydonlarida qon toʻkib, jon berdilar. Ularning jasoratidan kam boʻlmagan jon fidolik namunalari sifatida front ortida ham ayollar, keksalar, yosh bolalar chinakam qahramonlik koʻrsatdilar. Bu soʻnmas jasorat xalqimiz uchun shon-sharaf maktabi, gʻurur-iftixor manbai boʻlib kelmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ikkinchi jahon urushi boshlangan davrda Oʻzbekiston aholisi 6,5 million kishi edi. Shulardan 1,5 milliondan ortigʻi urushda qatnashdi. Ikkinchi jahon urushi frontlarida Oʻzbekiston aholisining 22 foizi jang qildi. Agar aholining yarmini ayollar, bolalar va keksalar tashkil etishi hisobga olinsa, mehnatga yaroqli aholining 40 foizdan ortigʻi frontda jang qilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ularning yarim milliondan ziyodi qaqshatqich va qonli janglarda mardlarcha halok boʻldi, 133 mingga yaqini bedarak yoʻqoldi, 60 mingdan ortiq vatandoshimiz esa urushdan nogiron boʻlib qaytdi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekistonlik 120 mingdan ziyod askar va ofitser jang maydonlarida koʻrsatgan jasorati uchun jangovar orden va medallar bilan mukofotlandi. Ularning 301 nafari “Sovet Ittifoqi Qahramoni” unvoniga, 74 nafari uchala darajadagi “Slava” (“Shuhrat”) ordeniga sazovor boʻlgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻsha olovli yillarda Oʻzbekistonda yetti yoshdan yetmish yoshgacha butun xalqimiz “Hamma narsa — front uchun, hamma narsa — gʻalaba uchun!” deb yashadi, orom va halovatdan voz kechib, tinimsiz ogʻir mehnat qildi. Oʻzbekiston front uchun zarur barcha narsalarni yetkazib beradigan muhim tayanch markazlardan biriga aylandi. Ishlab chiqarish korxonalari harbiy maqsadlarda qayta tashkil etildi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yurtdoshlarimiz butun kuch va imkoniyatlarini Oʻzbekistonga koʻchirilgan 100 dan ortiq zavod va fabrikalarning faoliyatini gʻoyat qisqa muddatda qayta yoʻlga qoʻyishga safarbar qildilar. Urush yillarida respublikamizdan jang maydonlariga 2 mingdan ziyod samolyot, koʻplab tank va qurol-yarogʻlar, yuzlab harbiy-sanitar poyezdlari, dala oshxonalari, palatkalar, ulkan miqdorda oziq-ovqat, kiyim-kechak va boshqa mahsulotlar yetkazib berildi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Urush oʻchogʻiga aylangan hududlardan Oʻzbekistonga qariyb 1 million kishi, jumladan, 200 ming nafar bola evakuatsiya qilindi. Xalqimiz soʻnggi burda nonini ham ular bilan baham koʻrdi. Oʻsha mashaqqatli davrda xalqimizga azaldan xos boʻlgan insonparvarlik, mehribonlik va qalb saxovati kabi fazilatlar ayniqsa yorqin namoyon boʻldi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Gʻalaba bogʻining tavsiya etilayotgan Konsepsiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 — 2019-yillarda qabul qilingan “Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorlari, Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan oʻtkazilgan tantanali marosimlardagi maʼruzalarida bildirilgan gʻoya va fikrlar asosida ishlab chiqildi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shuningdek, Konsepsiyani tayyorlashda Mudofaa, Ichki ishlar, Tashqi ishlar hamda Madaniyat vazirliklari, Davlat xavfsizlik xizmati, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, “Nuroniy” jamgʻarmasi, Yozuvchilar uyushmasi, Jurnalistlar ijodiy uyushmasi, “Oʻzarxiv” agentligi, “Oʻzbekkino” milliy agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Toshkent shahar hokimligi, yetakchi muzeylar va boshqa tegishli tashkilotlar, ilmiy-ijodiy jamoatchilikdan olingan taklif va tavsiyalardan foydalanildi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bir qator xorijiy mamlakatlar tajribasi, ularda shu yoʻnalishdagi barpo etilgan bogʻ va xiyobonlar, monumentlar, memorial majmualar ijodiy oʻrganib chiqildi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Majmuadagi ramzlar Ikkinchi jahon urushi davrining tarixiy manzaralari va mustaqillik mafkurasi tamoyillari asosida tayyorlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Gʻalaba bogʻi har biri alohida mavzuga ega boʻlgan ikki qismdan iborat boʻladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Birinchi qism — frontdagi oʻzbekistonliklarning jangovar hayotidan lavhalar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ikkinchi qism — front ortidagi Oʻzbekiston hayoti.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Birinchi majmuada tematik ekspozitsiyalar, harbiy texnikalar koʻrgazmasi, muzey, kinoteatr, kutubxona oʻrin oladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aholi va xorijiy sayyohlarning mazmunli dam olishini taʼminlash uchun bogʻ hududida obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlari amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. Gʻalaba bogʻining kirish qismi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bogʻning kirish qismida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning: “Biz barchamiz, avvalo, unib-oʻsib kelayotgan yosh avlodimiz fashizm balosiga qarshi kurashda jasur ajdodlarimiz, koʻpmillatli Oʻzbekiston xalqi koʻrsatgan mardlik va matonatni aslo yodidan chiqarmasligi kerak”, degan soʻzlari marmar lavhada aks ettiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. Bogʻning markaziy kirish qismida ramziy darvoza shaklida Gʻalaba arkasi bunyod etiladi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Gʻalaba arkasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
baland ustunlardan iborat boʻladi va bogʻning ichki koʻrinishini toʻsib qoʻymaydigan holda oʻrnatiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
arkaning yuqori qismida “Gʻalaba bogʻi” degan yozuv va uning atrofidagi tasvirlarda Ikkinchi jahon urushi janggohlariga doir kompozitsiyalar aks ettiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
arka milliy meʼmorlik anʼanalari ruhida barpo etiladi va oʻsha davrning tarixiy manzaralari oʻz ifodasini topadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maʼlumot uchun: Bunday darvozalar “Zafar arkasi”, “Gʻalaba arkasi”, “Tinchlik arkasi” kabi nomlar bilan Fransiyaning Parij, Italiyaning Milan, Angliyaning London, Rossiyaning Moskva shaharlarida va dunyoning boshqa shaharlarida barpo etilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. Gʻalaba bogʻining ekspozitsiyasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bogʻ oldidagi maydonda Oʻzbekiston Respublikasining davlat bayrogʻi yuksaklikda hilpirab turadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bogʻ hududida bir necha ulkan marmar devorlar oʻrnatilib, ularda mavzuga oid eng muhim maʼlumotlar aks etgan kompozitsion pannolar yaratiladi. Xususan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
dastlabki pannoda oʻzbek xalqining tarixidagi harbiy-vatanparvarlik manzaralaridan lavhalar (Muqanna, Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur siymolari bilan bogʻliq holda) hamda milliy armiyamizning hozirgi jangovar holatidan ayrim koʻrinishlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ikkinchi jahon urushi manzaralari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
front ortidagi Oʻzbekistonda kechgan mashaqqatli mehnat jarayonlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
urush davriga oid shiorlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ikkinchi jahon urushida qatnashgan, halok boʻlgan, bedarak yoʻqolgan yurtdoshlarimiz haqidagi maʼlumotlar va tasvirlar boʻrtma shakllarda aks ettiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Alohida barpo etilgan pannolarda va maydonchalarda Ikkinchi jahon urushida gʻalaba uchun hissa qoʻshgan davlatlarning gerb, bayroq va xaritalari aks ettiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bu yerda yangrab turadigan urush yillaridagi kuy-qoʻshiqlar va informatsion xabarlar asosida tarixiy muhit yaratiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maʼlumot uchun: Yu.Levitan oʻqigan audio materiallar, oʻsha davrda front mavzusida olingan filmlardan kadrlar va “Pravda” gazetasida eʼlon qilingan matnlarni berish mumkin. Shuningdek, urushning dastlabki kunlarida Oʻzbekistonning shahar va qishloqlarida boʻlgan miting, yigʻinlardagi fotosuratlar, xronikal kadrlar aks ettiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bogʻ hududida Ikkinchi jahon urushi davridagi kompozitsiyalar installyatsiyasi, jumladan, okop va blindajlar, muvaqqat harbiy aloqa stansiyalari, palatkalar, himoya istehkomlari, harbiy va dala gospitallari, idish-tovoqlar, kiyimlar, hujjatlar, shaxsiy buyumlar, fotosuratlar va boshqa urushga oid lavhalardan iborat tematik koʻrgazmalar tashkil etiladi. Shuningdek, chegara mavzusini yoritish uchun sim toʻsiqlar, chegara yogʻoch ustunlari, nazorat izlar yoʻlagi, kuzatuv minorasi oʻrnatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaziy yoʻlaklarga tutash hududda harbiy texnikalar koʻrgazma maydoni bunyod qilinadi. Maydonga Ikkinchi jahon urushi davridagi harbiy texnikalar — tanklar, artilleriya qurollari, bronetexnikalar, samolyot va vertolyotlar, jumladan, oʻsha yillarda Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan harbiy texnika, qurol-aslahalar, oʻq-dori, snaryadlar namunalari joylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shuningdek, bu yerda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining doimiy ishlaydigan zamonaviy harbiy-texnik ekspozitsiyasi faoliyati yoʻlga qoʻyiladi. Ushbu maydonda yoshlarni jangovar texnikalar bilan tanishtirish ishlari ham olib boriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Gʻalaba bogʻida xotira muzeyi, sanʼat galereyasi, xalqimizning urush yillarida koʻrsatgan mardligi va matonati haqida hikoya qiladigan dioramalar, urush faxriylari uchrashadigan zallar, urush bilan bogʻliq barcha turdagi maʼlumotlarni jamlab boradigan arxiv barpo etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shuningdek, innovatsion loyihalar asosida turli gologrammalar, interaktiv sensor stollar, interaktiv ekskursiya dasturlari tashkil etiladi. Maxsus veb-sayt, Ikkinchi jahon urushi yillarida erishilgan gʻalabaga xalqimizning qoʻshgan hissasi haqidagi mobil ilova faoliyat koʻrsatadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Gʻalaba bogʻida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Matonatli yurtdoshimiz Zulfiya Zokirova va uning urushdan qaytmagan besh oʻgʻli hamda beva qolgan toʻrt kelini siymosida oʻzbek oilasining umumlashgan obrazini aks ettiradigan “Matonat madhiyasi” yodgorlik majmuasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
urush davriga oid kuy-qoʻshiqlar va mumtoz musiqalar sadosiga monand ravishda harakatlanadigan musiqali favvora;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan oʻtkaziladigan tantanali marosimlar hamda Ikkinchi jahon urushiga oid turli uchrashuv va maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, shuningdek, harbiy oʻquv muassasalari bitiruvchilarining Vatanga qasamyod marosimlarini oʻtkazishga moʻljallangan maydon, zamonaviy amfiteatr va 3D, 5D formatli texnik usullari orqali urush manzaralarini aks ettiruvchi kinoteatr (30 — 35 kishiga moʻljallangan) bunyod etiladi.
(qirq toʻqqizinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-apreldagi PF-5983-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2020-y., 06/20/5983/0490-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Gʻalaba bogʻi hududida oʻzbek xonadonining badiiy timsoli barpo etiladi. Uy ayvonida urushga ketgan oʻgʻlonlarning nasibasi ramzi sifatida bir cheti tishlangan non ilib qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bogʻ hududida oʻzbekistonlik generallar xiyoboni tashkil etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xiyobon markazida muayyan balandlikda general Sobir Rahimov haykali qad koʻtaradi. Haykal poyiga qadar ikki tomondan “Sovet Ittifoqi Qahramoni” unvoniga sazovor boʻlgan oʻzbekistonlik 301 nafar jangchining siymosi aks etgan barelyeflar oʻrnatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maʼlumot uchun: Kavkaz uchun olib borilgan janglarda Toshkentda tuzilgan Sobir Rahimov qoʻmondonligidagi diviziya 8 mingdan ortiq dushman askarlarini qirib tashladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bu diviziya Sharqiy Prussiyagacha jangovar yoʻlni bosib oʻtdi. Keyinchalik U Polsha yerlarini ozod qilishda alohida ajralib turdi. Dansig shahriga birinchilardan boʻlib kirdi. Ogʻir yarador boʻlgan S. Rahimov 1945-yil 25-mart kuni halok boʻldi. 1965-yil 6-mayda tarixiy haqiqat tiklanib, S. Rahimovga oʻlimidan soʻng “Sovet Ittifoqi Qahramoni” unvoni berildi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bogʻdagi turli obyektlarda (bogʻ hududi va muzeydagi tematik ekspozitsiyalar) zamonaviy interfaol axborot vositalaridan (tachskrin) keng foydalanish imkoniyati yaratiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shuningdek, maxsus kompozitsiya asosida oʻzbek xalqining milliy ruhini ifoda etadigan daraxt koʻchatlari ekiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Masalan: majnuntol (mung, qaygʻu ifodasi);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tut (sabr-bardosh, chidam ifodasi);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chinor (matonat, bagʻrikenglik, umrboqiylik ramzi);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qayragʻoch (qatʼiyat va mustahkam ruh timsoli);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jiyda (shukronalik, qanoat ifodasi);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uzum (umrboqiylik, barqarorlik va baraka ramzi).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bogʻ hududiga urush davrida foydalanilgan poyezdlar namunalari qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV. Gʻalaba bogʻida barpo etiladigan muzey
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bogʻ hududida Xotira muzeyi tashkil etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Muzeyda Oʻzbekiston xalqining Ikkinchi jahon urushidagi ishtiroki, front ortidagi mehnat qahramonliklari, yurtimizga evakuatsiya va deportatsiya qilingan turli millat vakillari, xususan, bolalarning bagʻrikenglik bilan kutib olinishi singari tarixiy voqealarni zamonaviy texnologiyalar va interaktiv usullar yordamida aks ettirishga alohida eʼtibor qaratiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Muzey quyidagi boʻlimlardan iborat boʻladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-boʻlim. Oʻzbekiston aholisining frontga safarbar etilishi. Jang maydonlaridagi jasorat.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur boʻlimda quyidagi mavzular yoritiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekistonlik jangchilarning Ikkinchi jahon urushidagi jasoratlari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maʼlumot uchun: Respublikamizda umumqoʻshin tuzilmalaridan tashqari 14 ta milliy qoʻshilma va qismlar tashkil etilgan edi. Koʻpgina jangovar boʻlinmalar Ikkinchi jahon urushining hal qiluvchi operatsiyalarida faol ishtirok etdi va Moskvadan Berlingacha boʻlgan janglarda qahramonona yoʻlni bosib oʻtdi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekistonlik jangchilarning Stalingrad, Kavkaz, Kursk, Boltiqboʻyi, Ukraina, Belorussiya, Polsha, Germaniya, Chexoslovakiya, Manjuriyada dushmanga qarshi janglarda, Moskva, Kiyev, Smolensk, Sevastopol, Leningrad, Brest qalʼasi mudofaalarida koʻrsatgan alohida qahramonliklari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maʼlumot uchun: 1942-yil may-iyun oylaridagi sovet qoʻshinlarining hujumkor operatsiyalarini toʻxtatgan dushman 25-iyunda Volga va Shimoliy Kavkaz yoʻnalishida hujumga oʻtdi. Mamlakatda yana qaltis vaziyat vujudga keldi. Ana shunday bir paytda xalqimiz oʻzbek jangchilariga ochiq xat bilan murojaat qilib, oʻz farzandlarini vatanga sodiqlik va jangovarlikka chaqirdi. Bu chaqiriqqa qahramonlik bilan javob bergan vatandoshlarimizdan 1974 nafari “Kavkaz mudofaasi uchun” medali bilan mukofotlandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Volga boʻyidagi Stalingrad mudofaasini yorib, dushman ustidan katta gʻalabaning qoʻlga kiritilishi urushning borishida tub burilishga asos boʻldi. Bu janglarda koʻrsatgan jasoratlari uchun 2 733 nafar oʻzbekistonlik jangchilar “Stalingrad mudofaasi uchun” medaliga sazovor boʻldi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Stalingraddagi “Pavlov uyi”ning mashhur himoyachilaridan biri oʻzbek oʻgʻloni Kamol Turgʻunov edi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1943-yilda Oryol-Kursk yoʻnalishi boʻyicha olib borilgan shiddatli janglarda koʻrsatgan jasoratlari uchun A. Shukurov, V. Shalandin, M. Abdullin, A. Solihov singari yurtdoshlarimiz “Sovet Ittifoqi Qahramoni” unvoniga sazovor boʻldilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Dneprni kechib oʻtishdagi qahramonliklari uchun 100 ga yaqin oʻzbekistonliklar “Sovet Ittifoqi Qahramoni” unvoni bilan taqdirlandilar. Ulardan J. Usmonov, V. Nabiyev, V. Malyasov, X. Aminovning jasoratlarini alohida qayd etish mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1944 — 1945-yillarda Belorussiya, Ukraina, Moldaviya, Boltiqboʻyi respublikalari va Rossiya Federatsiyasining gʻarbiy viloyatlarida faoliyat koʻrsatgan oʻzbekistonlik jangchilar orasida M. Topiboldiyev, J. Otaboyev, I. Musayev, A. Hakimov, I. Qosimov singari yurtdoshlarimiz yuksak mardlik namunalarini koʻrsatdilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Moskva shahrini himoya qilishda qahramonlik koʻrsatgan, general-mayor I.V. Panfilov qoʻmondonlik qilgan 316-oʻqchi diviziyaning faoliyatini alohida koʻrsatish mumkin. Ushbu diviziya tarkibida oʻzbekistonlik jangchilar ham koʻpchilikni tashkil etgan. Moskva mudofaasida A. Togʻayev, M. Madaminov singari botir oʻgʻlonlar chinakam qahramonlik koʻrsatgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Moskva ostonasida fashist qoʻshinlarini tor-mor qilishdagi jasoratlari uchun 1753 nafar oʻzbekistonlik jangchi “Moskva mudofaasi uchun” medali bilan taqdirlandi. S. Qosimxoʻjayev “Sovet Ittifoqi Qahramoni” unvoniga sazovor boʻldi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekistondan Ural, Boshqirdiston, Perm, Chkalovsk, Orsk, Nijniy-Tagil, Sverdlovsk, Moskvadagi majburiy mehnat koloniyalaridan 1941 — 1945-yillarda harbiy komissarliklar tomonidan urushga safarbar qilingan “Qurolsiz askarlar” va ularning qahramonona, lekin fojiali hayoti, taqdiri bilan gʻalabaga qoʻshgan hissasi koʻrsatiladi (xususan, Vladimir Vasilyevich Karpov (1922-yil 28-iyul. Orenburg — 2010-yil 18-yanvar Moskva) taniqli Rossiya va Sovet yozuvchisi, publitsist, jamoat arbobi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (1944), SSSR davlat mukofoti laureati (1986), 1939 — 1941-yillari Toshkent harbiy piyoda bilim yurtida oʻqigan, boks boʻyicha Oʻzbekiston va Oʻrta Osiyo respublikalari chempioni boʻlgan, 1941-yil fevralida kursant hibsga olingan. Oʻrta Osiyo harbiy tribunali antisovet targʻiboti uchun 5 yil qamoq jazosiga hukm qilingan. 1942-yil oktabrida Kalinin fronti shtraf rotasiga joʻnatilgan, 629-oʻqchi polki 134-oʻqchi divizyasida razvedka vzvodiga yuborilgan).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shuningdek, Oʻzbekistondan Ukraina, Shimoliy Kavkaz, Shimoliy Qozogʻistonga 1931 — 1933-yillarda surgun qilingan “quloq” xoʻjaliklaridagi armiya yoshida boʻlgan harbiy majburiyatni oʻtashga loyiq deb topilgan erkaklar ham harakatdagi frontlarga, ham front ortidagi mudofaa inshootlari, urush qurollari, oʻq-dori, harbiylar uchun kiyim-kechak, oziq-ovqat tayyorlaydigan mehnat armiyalari lagerlariga safarbar etilganligi va ularning buyuk gʻalabaga qoʻshgan munosib hissasi koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ikkinchi jahon urushida fidoyilik koʻrsatgan oʻzbekistonlik generallar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maʼlumot uchun: Ikkinchi jahon urushida erishilgan buyuk gʻalabada oʻzbekistonlik S. Rahimov, V. Kanaryov, P. Chupikov, S. Oxunjonov, F. Norxoʻjayev, B. Sirojiddinov, M. Uzoqov, P. Kurbatkin, V. Poznyak, A. Pavlushko, I. Bekjonov, I. Petrov singari mard va jasur generallarning hissasi katta boʻlgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekistonlik harbiy razvedkachilarning qahramonliklari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maʼlumot uchun: oʻzbek razvedkachilari (Sharif Shirinboyev, Bahrom Ibrohimov, Ilyos Fozilov va boshqalar) va kontrrazvedkachilarining saʼy-harakatlari va fidoyiligi natijasida fashistlar tomonidan janubdan, yaʼni Afgʻoniston hududidan “Uchinchi front”ni ochish uchun qilingan urinishlar batamom yoʻqqa chiqarilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbek jangchilarining orden va medallar bilan mukofotlanishi. Jumladan, “Sovet Ittifoqi Qahramoni” unvoni, uchala darajadagi “Slava” (“Shuhrat”) ordeni bilan taqdirlangan oʻzbekistonliklarning hayoti va faoliyati.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maʼlumot uchun: oʻzbekistonlik 120 mingdan ziyod askar va ofitser jang maydonlaridagi jasorati uchun jangovar orden va medallar bilan mukofotlangan. Ularning 301 nafari “Sovet Ittifoqi Qahramoni” unvoni, 74 nafari uchala darajadagi “Slava” (“Shuhrat”) ordeniga sazovor boʻlgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbek jangchilarining xorijiy davlatlarning orden va medallari bilan mukofotlanishi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maʼlumot uchun: 1944-yilning kuziga borib, SSSR chegaralari dushmandan butunlay tozalandi va sovet qoʻshinlari Yevropa mamlakatlariga xaloskor kuch sifatida kirib bordi. Ularning safida yurtimiz oʻgʻlonlari ham Polsha, Ruminiya, Bolgariya, Yugoslaviya, Vengriya, Chexoslovakiya, Avstriyani ozod qilishga hissa qoʻshdi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bu mamlakatlarni ozod qilishdagi jasoratlari uchun T. Ahmedov, B. Boboyev, P. Nurpeksov, T. Nazarov, A. Rahimov, M. Fayozov va boshqalar “Sovet Ittifoqi Qahramoni” unvoni, 2 430 nafar hamyurtimiz “Budapeshtni ozod qilish uchun” medali, 1 706 kishi “Berlin zabt etilgani uchun”, 109 mingdan ortiq kishi “Germaniya ustidan qozonilgan gʻalaba uchun” medali bilan taqdirlandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shuningdek, Polsha, Yugoslaviya, Italiya, Fransiya, Norvegiya, Avstriya, Germaniya davlatlarida tashkil topgan ozodlik armiyalari safida, partizanlar tuzilmalarida ishtirok etgan 40 mingdan ortiq sovet fuqarolari orasida oʻzbekistonliklar ham koʻpchilikni tashkil qilar edi. Masalan, Yugoslaviya xalq ozodlik armiyasida 260 dan koʻproq oʻzbekistonliklar, jumladan, U. Xolmaboyev, A. Mamajonov, R. Rahimov, H. Jabborov, L. Kolantarov, H. Ismoilov singari mashhur jangchilarimiz faol harakat olib borganlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbek ayollarining urush yillaridagi jasorati.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maʼlumot uchun: oʻzbek ayollarining frontdagi va front ortidagi jasoratlarini koʻrsatish ham muhim ahamiyatga ega. Misol uchun, Moskva uchun olib borilgan janglardagi mardligi uchun mashhur snayper — Zebo Gʻaniyeva “Qizil Bayroq” ordeni bilan mukofotlangan. Mingdan ziyod jangchilarning hayotini saqlab qolgan harbiy vrach Muqaddam Ashrapova ham koʻplab jangovar mukofotlar bilan taqdirlangan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Urushda asir tushgan, konslagerlarda vafot etgan va bedarak ketgan vatandoshlarimiz haqida.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maʼlumot uchun: urushda oʻzbekistonlik askarlardan 150 ming nafari asir tushgan, 50 ming askar konslagerlarda vafot etgan, 133 mingga yaqin vatandoshimiz bedarak ketgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu boʻlim ekspozitsiyasidan oʻzbek xonadonlariga yuborilgan “qora xat”lardan namunalar ham oʻrin oladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Amersfort” konslagerida 1942-yil 9-aprelda fashistlar tomonidan otib tashlangan 101 nafar oʻzbek askarining fojiali taqdiri.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maʼlumot uchun: Ikkinchi jahon urushi yillarida yuksak jasorat koʻrsatib, mardlarcha halok boʻlgan 101 nafar oʻzbek askari haqidagi shu paytgacha oshkor etilmagan arxiv hujjatlari eʼlon qilindi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
101 nafar oʻzbek askari Gollandiyaning Amersfort shahridagi konslagerdagi jahannam azobiga qaramasdan insoniy or-nomusi va gʻururini saqlab qoldilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu mavzuga bagʻishlab A. Irgashev va Yu. Medvedovskaya muallifligida yaratilgan “Bir yuz bir” nomli romanni muzey ekspozitsiyasi va kutubxonaga joylashtirish tavsiya etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fashizmning yovuz maqsadlari infografikalar asosida yoritiladi, Gitlerning “Mayn kampf” kitobidan Oʻrta Osiyo xalqlarini qirib tashlash toʻgʻrisidagi fikrlardan koʻchirma beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston fuqarolarining “Ishchi batalyoni”ga safarbar qilinishi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maʼlumot uchun: 1943-yilga oid hujjatlarda koʻrsatilishicha, respublikamizdan “Ishchi batalyoni”ga safarbar qilinganlarning soni 155 ming kishidan iborat boʻlgan. Ularning yoshi asosan 40-50 va undan ham yuqori boʻlib, ular orasida 16 yashar oʻsmirlar ham bor edi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekistonlik mutaxassislarning frontga koʻrsatgan yordami.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maʼlumot uchun: Masalan, 1943-yilning oktabr oyida Oʻzbekistondan Belorussiya, Ukraina va Rossiyaning dushmandan tozalangan hududlariga 800 nafar vrach, Stalingradni tiklash uchun 350 nafar quruvchi safarbar qilindi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-boʻlim. Oʻzbekiston — front uchun ishonchli tayanch qoʻrgʻoni.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur boʻlimda quyidagi mavzular aks ettiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Iqtisodiyot: urush davrida respublika xalq xoʻjaligining harbiy izga solinishi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maʼlumot uchun: respublikamiz hukumati 1941-yil sentabr-dekabrda Oʻzbekiston sanoat ishlab chiqarishini harbiy yoʻsinga moslab qayta qurishning umumiy rejalarini belgilab berdi. Kadrlarning keskin tanqisligi, sanoat xomashyosi, yoqilgʻi, dastgohlar, asboblar nihoyatda taqchilligiga qaramasdan, 1941-yilning dekabr oyiga keliboq, Toshkentdagi 63 ta korxona va respublikadagi boshqa 230 ta korxona mudofaa mahsulotlarini ishlab chiqara boshladi. Ular orasida “Toshqishloqmash”, parovoz taʼmirlash zavodlari, Chirchiq elektr-kimyo kombinati va boshqa korxonalar bor edi. Toʻqimachilik va tikuvchilik sanoati ham front ehtiyojlariga xizmat qilishga kirishdi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sanoat: harbiy ahamiyatga ega boʻlgan 100 dan ortiq korxonalarning Oʻzbekistonga evakuatsiya qilinishi va ularning qisqa muddatda ishga tushirilishi. Ushbu korxonalarda front uchun qurol-yarogʻ va boshqa zarur mahsulotlar ishlab chiqarilib, frontga yuborilishi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maʼlumot uchun: Oʻzbekistonga hammasi boʻlib 104 ta zavod va fabrika evakuatsiya qilindi. Ular orasida Leningrad toʻqimachilik mashinalari, “Rosselmash”, Sumsk kompressor zavodi, Moskvadagi “Elektrokabel”, “Podʼyomnik”, Ulyanovskdagi Chkalov nomidagi aviatsiya korxonasi, “Krasny put”, Kiyevdagi “Transsignal” zavodlari, Stalingrad kimyo kombinati va boshqalar bor edi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Evakuatsiya qilingan zavod va fabrikalarni tiklashda talabalar, oʻquvchilar, uy bekalari, fan va madaniyat xodimlari, xizmatchilar va kolxozchilar tinimsiz va ogʻir mehnat qildilar. Ular ochlik va nihoyatda charchab-toliqishdan sillasi qurishiga qaramasdan, frontni qurol-yarogʻ, jangovar texnika, moddiy resurslar bilan taʼminlash uchun bor imkoniyatlarini ishga soldilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Urushdan oldingi yillar mobaynida qilingan ishlar kunlar va oylar mobaynida bajarildi. Masalan, “Rosselmash” zavodi 25 kundan keyin mahsulot ishlab chiqara boshladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qishloq xoʻjaligi: paxta, gʻalla, guruch, kartoshka, meva-sabzavot, quruq meva, uzum, goʻsht, charm-teri mahsulotlari va qishloq xoʻjaligi texnikalarining frontga joʻnatilishi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maʼlumot uchun: Oʻzbekiston front uchun barcha zarur mahsulotlarni joʻnatib turdi.Masalan, 1942-yili respublika Leningradga 600 vagon un va goʻsht, 100 vagon guruch, 60 vagon quruq meva yetkazib berdi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1944-yilning birinchi yarmida esa Ukrainaga 300 tonna gʻalla, 8300 bosh qoramol, 6700 bosh qoʻy joʻnatildi. Shuningdek, 1943-yil avgust oyida ozod qilingan hududlarga 1152 traktor, 25 kombayn, 1138 plug, 38 seyalka olib ketildi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xalqimiz frontga yuborilgan don, meva-sabzavot mahsulotlarini asosan, omoch, ketmon, oʻroq singari oddiy mehnat qurollari yordamida, qariyalar, xotin-qizlar va oʻsmirlarning ogʻir qoʻl mehnati orqali yetishtirgan. Shuning uchun ekspozitsiyada oʻsha davrga oid mehnat qurollaridan namunalar, mahsulotlarning ot va tuyalarda temir yoʻl stansiyalariga yetkazib berilgani kabi jarayonlar aks ettirilishi maqsadga muvofiq.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston xalqi evakuatsiya va deportatsiya qilingan turli millatga mansub insonlar — bolalar, ayollar, keksalar, ilm-fan, taʼlim, adabiyot va sanʼat namoyandalari va boshqa soha vakillarini bagʻrikenglik bilan kutib oldi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maʼlumot uchun: oʻzbek xalqi Rossiya, Ukraina, Belorussiya, Moldaviya va boshqa joylardan koʻchirib keltirilgan oʻn minglab kishilarga boshpana berib, ularga mehribonlik va gʻamxoʻrlik namunasini koʻrsatdi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Koʻchirib keltirilganlarni qabul qilish va ishga joylashtirish yuzasidan katta ishlar amalga oshirildi. Faqat Toshkent shahrining oʻzida 1941-yil 24-noyabrdan 31-dekabrgacha 37,6 mingdan ortiq kishi, 1941-1942-yillarda esa qariyb 240 ming kishi joylashtirildi va ish bilan taʼminlandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jang boʻlayotgan hududlardan koʻchirilgan bir million aholi boshpana, kiyim-bosh va oziq-ovqat bilan taʼminlandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
200 ming yetim bolaning katta qismini oʻzbek oilalari oʻz bagʻriga olib, oʻz farzandlaridek tarbiyaladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Koʻchirib keltirilgan bolalarni qabul qilishni tartibli yoʻsinda tashkil etish maqsadida respublika hukumatining qarori bilan 1941-yil oktabrda evakuatsiya qilingan bolalarni qabul qilish uchun markaziy punkt tashkil etildi. Toshkent, Samarqand va boshqa yirik shaharlarda maxsus shtablar kecha-kunduz ishlab turdi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1941-yil 25-noyabrdan 1942-yil oktabrga qadar boʻlgan vaqt mobaynida ana shunday punktlar orqali 15 649 nafar bolalar qabul qilindi va ularga tegishli yordam va koʻmak koʻrsatildi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Koʻchirib keltirilgan bolalar va frontga ketganlarning farzandlari Toshkent, Samarqand, Andijon, Qoʻqon va Namanganda tashkil etilgan oshxonalardan har kuni bepul ovqat olishardi. Bemor va zaiflashib qolgan bolalarga tibbiy yordam koʻrsatilardi. Korxona va tashkilotlarda bolalar uylarining filiallari tashkil etilib, ular butunlay mehnat jamoalari mablagʻi hisobidan taʼminlanardi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Evakuatsiya qilingan va yetim bolalarni joylashtirish hamda tarbiyalash komissiyasi 1942-yilning boshlarida maxsus hisob-raqam ochdi. 1942-yilning mart oyiga qadar unga 2 million 74 ming rubl mablagʻ tushdi. 1943-yilga kelib bu jamgʻarma fondi 3,5 million rublga yetdi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishchilar, xizmatchilar, dehqonlar, talabalar va maktab oʻquvchilarining otaliq yordam koʻrsatish shakllari kengaydi. Masalan, Toshkent viloyati paxta tayyorlash tresti kolxozchilari 1942-yilning bahorida klub binosini internatga aylantirib, qayta jihozladilar va bu yerda Belorussiyadan keltirilgan 25 bolani tarbiyaladilar. Bu tashabbusga shahardagi 70 ta korxona qoʻshildi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ayni vaqtda koʻpgina korxona va muassasalarda, yirik qishloq xoʻjalik artellarida bolalar bogʻchalari va yaslilar ochildi. 1943-yilda bolalar bogʻchalarida tarbiyalanayotgan 53 072 boladan 15 108 nafari evakuatsiya qilingan shaxslar edi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuzlab oʻzbek oilalari urush tufayli ota-onalaridan ajralgan bolalarni oʻz tarbiyalariga oldi. Koʻpgina oilalar ikkita va undan ortiq yetim bolalarni oʻz qaramogʻiga oldi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkentlik temirchi Shoahmad Shomahmudov va uning turmush oʻrtogʻi Bahri Akromova turli millatga mansub 14 bolani oʻz oilasiga qabul qildi. Kattaqoʻrgʻonlik Hamid Samadov oilasi 12 bolani asrab oldi. Buxorolik Muazzam Joʻrayeva va Ashurxoʻjayevalar oʻz oilalariga 8 nafardan bolani tarbiyaga oldilar. Yangiyoʻldagi 9 ta kolxoz jamoasi koʻchirib keltirilgan 169 bolani oʻz tarbiyasiga oldi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1943-yilning oxiriga kelib shaharlarda 4 672 ta, qishloqlarda esa 870 ta oʻzbek oilalari tomonidan asrab olingan edi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Urush yillarida Oʻzbekistonga majburiy ravishda koʻchirib keltirilgan koreyslar, chechenlar, qrim tatarlari, mesxeti turklari va ularning farzandlari bagʻrikeng oʻzbek xalqi tomonidan iliq kutib olindi va har tomonlama qoʻllab-quvvatlandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Urush paytida Oʻzbekistonning Rossiya, Belorussiya va Ukraina ziyolilarini saqlab qolishdagi roli beqiyos boʻldi. Oʻsha davrda 200 ga yaqin taniqli ijodkorlar, jumladan, A. Axmatova, I. Virta, S. Gorodetskiy, A.Deych, K. Zelinskiy, Ya. Kolas, N. Pogodin, A. Tolstoy, V. Yan, K. Chukovskiy, E. Bertels, B. Meylax I. Kashkin kabi adabiyot va sanʼat namoyandalari Oʻzbekistonda yashadilar. Ularning aksariyati oʻzbek adiblari bilan hamkorlikda ajoyib asarlar yaratdilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekistonning urush yillarida umumittifoq gospitaliga aylanishi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maʼlumot uchun: Oʻzbekistonda urush yillarida yuzlab tibbiy muassasalar — shifoxonalar, profilaktoriylar, ilmiy-tadqiqot muassasalari ish olib bordi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Evakuatsiya qilingan gospitallarga Toshkent va boshqa yirik shaharlardagi eng yaxshi binolar ajratib berildi. 1942-yilning oxirida Oʻzbekiston hududida evakuatsiya qilingan 113 ta gospital joylashtirilgan edi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davolanayotgan jangchilar uchun toʻlaqonli ovqatlanishni tashkil etish toʻgʻrisida butun xalq gʻamxoʻrlik koʻrsatdi. Masalan, 1941-yil noyabrda Andijondan yarador jangchilarga 7 tonna hoʻl va quruq mevalar, 2 ming kilogramm guruch, 1800 kilogramm asal, koʻp miqdorda tamaki, mayiz mahsulotlari yuborildi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hamma joyda mehnat jamoalari, jamoat tashkilotlari gospitallarni otaliqqa oldi. Odatda bitta gospitalga bir necha tashkilot homiylik qilardi, ular otaliqqa olingan gospitallar hayotida faol ishtirok etar, binolarni jihozlash, taʼmirlash, oziq-ovqat va yoqilgʻi mahsulotlari yetkazib berishda, kutubxonalarni kitoblar bilan toʻldirishda, madaniy-ommaviy tadbirlar oʻtkazish va yordamchi xoʻjaliklar tashkil etishda qatnashar edilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston xalqining front uchun mablagʻ toʻplashi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maʼlumot uchun: oʻzbekistonliklar urushning dastlabki kunlaridanoq mudofaa jamgʻarmasini tashkil etish harakatida faol ishtirok etdi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keng xalq ommasining tashabbusi bilan shanbaliklarda ishlab topilgan pullar, fuqarolarning shaxsiy jamgʻarmalari, qimmatbaho boyliklari, davlat zayomlari, buyumlar, oziq-ovqat mahsulotlari jamgʻarmaga topshirildi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Urush yillarida mudofaa fondiga respublika aholisi tomonidan 650 million rubldan ortiq pul va davlat zayomi obligatsiyalari, 22 million rubldan ortiq qimmatbaho buyumlar, 55 kilogramm qimmatbaho zargarlik mahsulotlari taqdim etildi. Ushbu mablagʻlarga “Oʻzbekiston”, “Krasnovostochnik” bronepoyezdlari, aviaeskadriliya, tank kolonnalari va boshqa texnikalar ishlab chiqarilib, frontga joʻnatildi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Front uchun issiq kiyimlar toʻplab topshirish va ularni tayyorlash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maʼlumot uchun: armiyaga 7,5 milliondan ortiq gimnastyorka, 2,5 milliondan ortiq paxtalik kurtka, 2 million juftdan ortiq etik va qoʻnjli botinkalar yuborilgan. Yengil sanoat vazirligi korxonalari tomonidan frontga 246 million 918 ming 700 rubl miqdoridagi mahsulot joʻnatilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qiyinchilik va xomashyo yetishmasligiga qaramasdan, Toshkent toʻqimachilik kombinati front uchun 410 million metr gazlama ishlab chiqardi. Shuningdek, Samarqand, Namangan, Xorazm va boshqa viloyatlardan ham koʻp miqdorda kiyim-bosh va oziq-ovqat mahsulotlari frontga muntazam joʻnatib turildi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ikkinchi jahon urushi davrida Oʻzbekistonning iqtisodiy-ijtimoiy hayotida yuz bergan muhim voqealar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maʼlumot uchun: fashizmga qarshi kurash umumxalq harakatiga aylangan bir paytda Oʻzbekiston Respublikasi rahbar arboblari — Usmon Yusupov, Yoʻldosh Oxunboboyev, Abduvali Moʻminov, Abdujabbor Abdurahmonov va Respublikaning barcha viloyatlari rahbarlarining front va front orqasi uchun olib borgan tashkilotchilik faoliyatini aks ettirish mumkin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Urush yillarida respublikadagi gʻoyat ogʻir sharoitga qaramasdan, xalqimizning fidokorona mehnati bilan Farhod, Tovoqsoy, Oqtepa, Oqqovoq, Qibray, Solar gidroelektr stansiyalari barpo etilgan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekistonning birinchi metallurgiya zavodi ishga tushirilgan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chirchiq, Ohangaron, Bekobod, Yangiyoʻl singari sanoat shaharlari barpo etilgan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Langar, Ingichka, Qoʻytosh, Gʻortepa, Olmaliq, Oqtosh konlari, shuningdek, yangi neft konlari oʻzlashtirilgan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yangi temir yoʻl tarmoqlari qurilgan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekistondagi turli oʻquv kurslarida 200 mingdan ortiq kishi oʻqib, muhandis-texnik, qishloq xoʻjaligi mutaxassisi, iqtisodchi, oʻqituvchi va boshqa kasblar boʻyicha maʼlumot olgan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi, yangi oliy taʼlim muassasalari (Chimboy, Urganch, Namangan va Margʻilon shaharlarida pedagogika institutlari, Toshkent teatr instituti, mavjud oliy oʻquv yurtlarida yangi fakultetlar) tashkil etilgan va hokazo.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Urush yillarida frontlarda asir tushgan nemis va yapon soldatlari (faqat yapon asirlarining oʻzi 25 ming nafar edi) mamlakatimizdagi Alisher Navoiy, Muqimiy nomidagi teatrlar, Markaziy telegraf, Toshkent toʻqimachilik kombinati kabi bino va inshootlar qurilishida faol qatnashgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-boʻlim. Urush yillarida Oʻzbekistonda ilm-fan, taʼlim, madaniyat, sogʻliqni saqlash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maʼlumot uchun: Alisher Navoiy tavalludining 500 yilligini nishonlash boʻyicha olib borilgan ishlar. Jumladan, Leningradda qamal paytida A. Navoiyning 500 yilligiga bagʻishlangan ilmiy konferensiyaning oʻtkazilishi, shu haqdagi tarixiy hujjatlar, professor M. Murodovning risolasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-boʻlim. Urush va gʻalaba haqida xotiralar, xalqning quvonch va shodligi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-boʻlim. Urush yillarida badiiy adabiyot, sanʼat va matbuot.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu boʻlim ekspozitsiyasida urush mavzusida yaratilgan sheʼriy asarlarga keng oʻrin beriladi. Masalan, Gʻafur Gʻulomning “Sen yetim emassan”, “Sogʻinish”, Hamid Olimjonning “Qoʻlingga qurol ol”, “Jangchi Tursun”, “Roksananing koʻz yoshlari”, Zulfiyaning “Oʻgʻlim, sira boʻlmaydi urush”, Abdulla Oripovning “Ayol”, Erkin Vohidovning “Nido”, Konstantin Simonovning Hamid Olimjon tarjimasidagi “Meni kutgil” kabi sheʼrlari va boshqalar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Jangchi boʻl, oʻgʻlim!”, “Biz frontga boramiz”, “Qorongʻu tun” (“Tyomnaya noch”), “Turnalar” (“Juravli”), “Ofitserlar” (“Ofitseri”) kabi urush yillarida mashhur boʻlgan kuy-qoʻshiqlardan foydalanish tavsiya etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Urush yillari Mosfilm kinostudiyasining Toshkentda faoliyat yuritishi. Shu yillarda ishlab chiqarilgan badiiy va hujjatli filmlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublikamizda urush yillarida nashr qilingan gazetalar, jurnal va kitoblar, shuningdek, turli frontlarda oʻzbek tilida chiqarilgan gazetalar haqida materiallar namoyish etiladi. Taniqli shoir va yozuvchilar, sanʼatkorlar, olimlarning jang maydonlaridagi uchrashuvlari va madaniy chiqishlariga bagʻishlangan stendlar tashkil etish maqsadga muvofiq.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maʼlumot uchun: Oʻzbekiston teatr jamoalari, sanʼat ustalari harbiy qismlar va gospitallarga, ishlab chiqarish korxonalari, kolxoz va sovxozlarga, qurilish maydonlariga borib, chiqishlar qildilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Urush yillarida respublika sanʼat xodimlari 30 dan ortiq konsert brigadalari tarkibida frontlarda harakatdagi armiya qismlarida 35 mingdan ortiq, Turkiston harbiy okrugi harbiy qismlari va gospitallarda 26 mingta konsert berdilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bu konsert brigadalari tarkibida Tamaraxonim, Halima Nosirova, Sora Eshontoʻrayeva, Mukarrama Turgʻunboyeva, Abror Hidoyatov, Olim Xoʻjayev, Gavhar Rahimova, Muhiddin qori Yoqubov, Karim Zokirov, Shukur Burhonov va oʻzbek sanʼatining boshqa arboblari, shuningdek, Hamid Olimjon, Oybek, Gʻafur Gʻulom, Abdulla Qahhor singari atoqli shoir va yozuvchilar ishtirok etdilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shoira Zulfiyaning “Uni Farhod der edilar” dostoni qahramoni Qobil qori Siddiqovning front janglarida koʻrsatgan qahramonligi, u tomonidan ijro etilgan qoʻshiqlar (“Soʻlim”, “Farhod va Shirin” spektaklidan “Farhod ariyasi”) va hofizning qahramonlarcha halok boʻlishi haqidagi lavhalar, xotiralar namoyish etiladi, qoʻshiqlari radio arxividan olib eshittiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shuningdek, mazkur boʻlimda “Oʻzbek jangchilariga ularning el-yurtidan maktub” rukni ostida oʻsha davrda markaziy gazetalarda chop etilgan xatlar ham jamlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ikkinchi jahon urushi yillarida turli frontlarda oʻzbek tilida chiqib turgan “Vatan uchun”, “Sovet jangchisi”, “Qizil askar haqiqati”, “Vatan sharafi uchun”, “Dushmanga qarshi olgʻa”, “Front haqiqati”, “Gʻalaba bayrogʻi”, “Qizil Armiya”, “Bong” gazetalari haqida maʼlumotlar. Nashrlarning asl nusxalari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Alohida stendda fashist bosqinchilariga qarshi janglarda qatnashgan oʻzbek adabiyoti namoyandalari (Qodir Mirmuhamedov, Nazarmat Egamnazarov, Odil Yoqubov, Zohidjon Obidov, Sulton Akbariy, Sulton Joʻra, Mumtoz Muhamedov, Sharof Rashidov, Vladimir Karpov, Zinnat Fatxullin, Matyoqub Qoʻshjonov, Shuhrat Alimov, Adham Rahmat, Adham Hamdam, Ibrohim Rahim, Nazir Safarov, Vali Gʻofurov, Parda Tursun, Mirzakalon Ismoiliy, Mavlon Ikrom va boshqalar) haqidagi materiallar joylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-boʻlim. “Mardlar jasorati mangu yashaydi”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Urushda halok boʻlgan yurtdoshlarimizning nomlari qayd etilgan 33 jildlik “Xotira” kitobi, shuningdek, Ikkinchi jahon urushida qozonilgan gʻalabaning 75 yilligi munosabati bilan nashr etilgan kitob-albom va boshqa eksponatlar muzeydan alohida joy egallaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vatandoshlarimizning urush yillarida jang maydonlarida koʻrsatgan jasorati, front ortidagi fidokorona mehnati, mamlakatimiz yoshlari uchun mardlik, matonat va oliyjanoblik hamda Vatanga muhabbat fazilatlarining yorqin namunasi boʻlib xizmat qiladi. Ushbu mavzu mamlakatimiz mustaqilligini, xalqimizning tinch hayotini himoya qilish yoʻlida jonfido etgan askar va ofitserlar jasoratiga bagʻishlangan stendlarda yoritib beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bu borada alohida ahamiyatga ega eksponatlar sifatida “Mard oʻgʻlonlar nomi barhayot” kitobi va uning asosida suratga olingan koʻp qismli hujjatli filmdan foydalanish tavsiya etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
V. Gʻalaba bogʻida barpo etiladigan innovatsion tonnel
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bogʻ hududida Xotira muzeyiga olib boradigan innovatsion tonnel barpo etiladi. Uning devorlarida turli mavzulardagi videoroliklar namoyish etiladigan proyeksion ekranlar oʻrnatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VI. Gʻalaba bogʻidagi kinoteatr
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu kinoteatrda Ikkinchi jahon urushiga bagʻishlab mamlakatimizda va xorijda suratga olingan filmlar namoyish qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bu yerdagi filmoteka Oʻzbekistonning Buyuk Gʻalabaga erishish borasidagi hissasi haqidagi kinoxronika va hujjatli filmlarni oʻz ichiga oladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VII. Gʻalaba bogʻidagi kutubxona, oʻquv bogʻi va buk-kafe
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Gʻalaba bogʻida kutubxona, buk-kafe (book-cafe), shuningdek, wi-fi hududi tashkil etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kutubxona turli yoshdagi oʻquvchilar uchun siyosiy, badiiy-hujjatli adabiyotlar bilan toʻldiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ochiq osmon ostidagi Oʻquv zalida oʻrindiqlar oʻrnatiladi, manzarali daraxtlar ekiladi, mutolaa uchun qulay muhit yaratiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Buk-kafeda Ikkinchi jahon urushiga bagʻishlangan asarlarni ommalashtirish uchun turli tadbirlar (taqdimotlar, uchrashuvlar, sheʼriyat kechalari) oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Eslatma: Gʻalaba bogʻi konsepsiyasini amalga oshirish jarayonida unga zarur oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-oktabrdagi PQ-4495-son qaroriga
3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ikkinchi jahon urushida qozonilgan gʻalabaning 75 yilligini nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish boʻyicha ishchi guruh
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TARKIBI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

1.

A. Aripov

Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, ishchi guruh rahbari

2.

V. Maxmudov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi, ishchi guruh rahbari oʻrinbosari

3.

X. Sultonov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi — Spichrayteri

4.

A. Abduvahitov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi

5.

T. Xudaybergenov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi

6.

F. Maxmudov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining oʻrinbosari

7.

A. Saʼdullayev

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosari

8.

A. Abduhakimov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari

9.

K. Allamjonov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori vazifasini bajaruvchi

10.

P. Bobojonov

Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri

11.

B. Kurbanov

Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vaziri

12.

A. Qoʻldoshev

Oʻzbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi oʻrinbosari

13.

A. Haydarov

Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining oʻrinbosari

14.

I. Madjidov

Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri

15.

Sh. Shermatov

Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vaziri

16.

B. Sayfullayev

Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri

17.

B. Zakirov

Oʻzbekiston Respublikasi qurilish vaziri

18.

R. Mirzayev

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari qoʻmondoni

19.

Lavozimi boʻyicha

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisining oʻrinbosari

20.

Sh. Shakirov

Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondonining oʻrinbosari

21.

Sh. Axmedov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi devonining shuʼba mudiri

22.

I. Boʻriboyev

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi shuʼba mudiri

23.

M. Isayev

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi shuʼba mudiri

24.

A. Mirzaraximov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bosh konsultanti

25.

Q. Rafikov

Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi

26.

A. Xadjayev

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi vazifasini bajaruvchi

27.

A. Koʻchimov

Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori

28.

R. Niyazov

Oʻzbekiston mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy kengashi raisi

29.

M. Xodjimatov

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari

30.

Sh. Jalilov

Oʻzbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasi Markaziy kengashi raisi

31.

Sh. Javlonov

Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi raisining birinchi oʻrinbosari

32.

S. Saidov

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi

33.

R. Abdullayev

Oʻzbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi raisi

34.

S. Hakimov

Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi

35.

A. Nuridinov

Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi raisi

36.

I. Mirzaaliyev

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi raisi

37.

B. Yoʻldoshev

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Prezidenti

38.

U. Yusupov

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi bosh direktori

39.

F. Abduxoliqov

Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi boshqaruvi raisi

40.

S. Ashurov

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining masʼul xodimi, ishchi guruh kotibi

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.10.2019-y., 07/19/4495/4209-son; 23.04.2020-y., 06/20/5983/0490-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 06/21/26/1111-son)