Hujjat kuchini yo‘qotgan 14.02.2022 20.12.2019 yildagi 1023-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 14.02.2022
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun bo‘sh turgan yer uchastkalarini berish tartib-taomillarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 14-fevraldagi 71-sonli ““Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan bo‘sh turgan yer uchastkalarini berish hamda arxitektura-qurilish ishlarini amalga oshirish tartib-taomillarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 26-avgustdagi PQ-4427-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, 2019-yil 1-oktabrdan boshlab joriy etilgan tartibga muvofiq:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan bo‘sh turgan yer uchastkalari (keyingi o‘rinlarda yer uchastkalari deb ataladi) tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun faqat “E-IJRO AUKSION” savdo maydonchasida elektron onlayn-auksion orqali beriladi, eng yaxshi taklifni tanlash orqali yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq yer uchastkalarini taqdim etish hollari bundan mustasno;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyundagi PF-6243-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.06.2021-y., 06/21/6243/0540-son — 2021-yil 1-avgustdan kuchga kiradi)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jismoniy va yuridik shaxslarga “YERELEKTRON” avtomatlashtirilgan axborot tizimida (keyingi o‘rinlarda “YERELEKTRON” AAT deb ataladi) aniq investitsiya majburiyatlari bilan birga yer uchastkasi va rejalashtirilayotgan qurilish obyekti to‘g‘risidagi ma’lumotlarni keyinchalik ularni elektron onlayn-auksionga qo‘yish masalasini belgilangan tartibda ko‘rib chiqish uchun joylashtirish bo‘yicha takliflar kiritish huquqi beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali berish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“YERELEKTRON” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga ulanadigan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar ro‘yxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Belgilansinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) jismoniy va yuridik shaxslar aniq investitsiya majburiyatlari bilan birga yer uchastkasi va rejalashtirilayotgan qurilish obyekti to‘g‘risidagi ma’lumotlarni joylashtirish yuzasidan takliflar kiritish uchun “YERELEKTRON” AATda bepul ro‘yxatdan o‘tadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” davlat unitar korxonasi “E-IJRO AUKSION” savdo maydonchasida elektron onlayn-auksionni tashkil etish va o‘tkazish operatori hisoblanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) yer uchastkasini tanlash materiallarini tayyorlash, kelishish va xulosalarni olish vakolatli organlar tomonidan faqat “YERELEKTRON” AAT orqali elektron shaklda amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) “E-IJRO AUKSION” savdo maydonchasida yer uchastkalariga mulk huquqi va ijara huquqi elektron onlayn-auksionda “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” davlat unitar korxonasi tomonidan realizatsiya qilinadi;
(3-bandning “g” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyundagi PF-6243-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.06.2021-y., 06/21/6243/0540-son — 2021-yil 1-avgustdan kuchga kiradi)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining hududiy bo‘linmalari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hududlarni rivojlantirish rejalari va qurilish ishlarini amalga oshirish bo‘yicha tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlari asosida yer uchastkasida qurilishiga ruxsat berilgan yoki taqiqlangan obyektlar turi aniqlanishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
arxitektura-rejalashtirish topshirig‘i ishlab chiqilishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer uchastkasida qurilishiga ruxsat etilgan yoki taqiqlangan obyektlar turining tegishli hududlari va inshootlaridan rejim asosida foydalanish va ularni ekspluatatsiya qilish, yong‘in xavfsizligi va yo‘l harakati xavfsizligi talablariga muvofiqligini tekshirishni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarigacha bo‘lgan masofa to‘g‘risidagi ma’lumotlarni shakllantirishni ta’minlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
e) turizm infratuzilmasi obyektlarini rivojlantirish hududlarida bo‘sh yer uchastkalarining ro‘yxatini tuzish, keyinchalik ularni tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun ijaraga berish O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi;
(3-bandning “e” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyundagi PF-6243-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.06.2021-y., 06/21/6243/0540-son — 2021-yil 1-avgustdan kuchga kiradi)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
j) muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlaridan foydalanuvchi tashkilotlar O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining hududiy bo‘linmalaridan so‘rov kelib tushgan kundan boshlab uch ish kuni ichida ularga muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish bo‘yicha texnik shartlarni tayyorlab, elektron shaklda yuborishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — transport vaziri A.J. Ramatov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi A.D. Vaxabov hamda O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi raisi A.X. Abdullayev zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2019-yil 20-dekabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1023-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 20-dekabrdagi 1023-son qaroriga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali berish tartibi to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Nizom tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan bo‘sh turgan yer uchastkalarini (keyingi o‘rinlarda yer uchastkasi deb ataladi) elektron onlayn-auksion orqali ijaraga va mulk huquqi asosida berish tartibini belgilaydi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyundagi PF-6243-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.06.2021-y., 06/21/6243/0540-son — 2021-yil 1-avgustdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyundagi PF-6243-sonli Farmoniga asosan 2021-yil 1-avgustdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.06.2021-y., 06/21/6243/0540-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“YERELEKTRON” avtomatlashtirilgan axborot tizimi (keyingi o‘rinlarda “YERELEKTRON” AAT deb ataladi) — yer uchastkalari berish bo‘yicha materiallarni to‘plash, ko‘rib chiqish va vakolatli organlar va tashkilotlar bilan kelishish tartibotlarini amalga oshirishga mo‘ljallangan avtomatlashtirilgan axborot tizimi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer uchastkasining boshlang‘ich narxi — yer uchastkasiga mulk va ijara huquqining auksionga qo‘yish uchun belgilangan narxi;
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyundagi PF-6243-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.06.2021-y., 06/21/6243/0540-son — 2021-yil 1-avgustdan kuchga kiradi)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yagona elektron savdo maydonchasi (keyingi o‘rinlarda savdo maydonchasi deb ataladi) — elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish va o‘tkazish uchun zarur axborotni kiritish, saqlash va qayta ishlash, shuningdek, manfaatdor shaxslarning elektron onlayn-auksionlar jarayonlaridan bevosita foydalanish imkonini ta’minlaydigan axborot tizimi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
elektron onlayn-auksion (keyingi o‘rinlarda auksion deb ataladi) — savdo maydonchasi orqali tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkasiga mulk va ijara huquqini sotish bo‘yicha ochiq auksion;
(3-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyundagi PF-6243-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.06.2021-y., 06/21/6243/0540-son — 2021-yil 1-avgustdan kuchga kiradi)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
operator — savdo maydonchasi orqali tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkasiga mulk va ijara huquqini amalga oshirish bo‘yicha ochiq auksionlarni tashkil etuvchi va o‘tkazuvchi ixtisoslashgan tashkilot;
(3-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyundagi PF-6243-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.06.2021-y., 06/21/6243/0540-son — 2021-yil 1-avgustdan kuchga kiradi)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vakolatli tashkilotlar — xulosa beradigan organ — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmalari; materiallarini kelishadigan tashkilot — O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamenti Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar madaniy meros boshqarmalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
auksion ishtirokchisi — auksionda ishtirok etish uchun ariza bergan va unda ishtirok etishga ruxsat etilgan jismoniy yoki yuridik shaxs;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
lot — auksionda sotiladigan yer uchastkasiga mulk va ijara huquqi;
(3-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyundagi PF-6243-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.06.2021-y., 06/21/6243/0540-son — 2021-yil 1-avgustdan kuchga kiradi)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shaxsiy hisobraqam — operatorning ma’lumotlar bazasida ro‘yxatga olingan operatsiyalarni amalga oshirish uchun operatorning ichki elektron tizimida operator tomonidan elektron savdo ishtirokchisiga ochiladigan hisobraqam;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
savdo maydonchasida texnik uzilish — auksion jarayonida bir yoki bir nechta ishtirokchining ishtirok etish yoki operatorning xizmat ko‘rsatish imkoniyatini cheklaydigan elektron savdo maydonchasidagi texnik nosozliklar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nohalol auksion ishtirokchisi — ketma-ket ikki marta auksion shartlarini buzgan yoki lot qiymatini to‘liq to‘lamagan auksion ishtirokchisi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nohalol auksion ishtirokchilari reyestri — operator tomonidan shakllantiriladigan nohalol auksion ishtirokchilarining elektron reyestri.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalari auksion orqali O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslariga mulk huquqi yoki ijara huquqi asosida, boshqa jismoniy va yuridik shaxslarga ijara huquqi asosida ushbu Nizomga ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha beriladi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyundagi PF-6243-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.06.2021-y., 06/21/6243/0540-son — 2021-yil 1-avgustdan kuchga kiradi)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Yer uchastkasini tanlash materiallari O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi deb ataladi), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalari (arxitektura va rejalashtirish topshirig‘ini ishlab chiqish bo‘yicha), tuman (shahar)lar qurilish bo‘limlari (yer uchastkasini tanlash uchun boshqa materiallarni tayyorlash va kelishish bo‘yicha) tomonidan tayyorlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer uchastkasini tanlash materiallarini kelishish va (yoki) ular bo‘yicha xulosalar berish ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda vakolatli tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonalarining tegishli tuman (shahar) filiallari (keyingi o‘rinlarda “Davyergeodezkadastr” organlari deb ataladi) yer uchastkasini tanlash materiallarini, shu jumladan yer uchastkasining topografik xaritasini tayyorlaydi, yer uchastkasiga tutash yer uchastkalari (obyektlar)ning belgilangan maqsadi turlari haqidagi ma’lumotlarni shakllantiradi, shuningdek, yer uchastkasi chegaralarini naturada belgilash ishlarini amalga oshiradi hamda yer uchastkasining boshlang‘ich narxini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi organlarining yer uchastkasini tanlash materiallarini tayyorlash ishlarining qiymati quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer uchastkasi maydoni 0,01 gektardan ko‘p bo‘lmaganda — eng kam bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer uchastkasi maydoni 0,01 gektardan ko‘p, lekin 0,05 gektardan ko‘p bo‘lmaganda — eng kam bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer uchastkasi maydoni 0,05 gektardan ko‘p, lekin 0,1 gektargacha bo‘lganda — eng kam bazaviy hisoblash miqdorining to‘rt baravari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer uchastkasi maydoni 0,1 gektar yoki undan ko‘p bo‘lganda — eng kam bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalari, tuman (shahar)lar qurilish bo‘limlari (keyingi o‘rinlarda Qurilish organlari deb ataladi) ushbu Nizomning 14-bandida nazarda tutilgan yer uchastkasini tanlash materiallarini tayyorlaydi, bunda qurilish organlari tomonidan amalga oshiriladigan ishlarning qiymati quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) arxitektura va rejalashtirish topshirig‘ini (keyingi o‘rinlarda ART deb ataladi) ishlab chiqish uchun — eng kam bazaviy hisoblash miqdorining to‘rt baravari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) yer uchastkasini tanlashga doir boshqa materiallarni tayyorlash uchun — eng kam bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. ARTni ishlab chiqish qiymati tuman (shahar) hokimligi tomonidan mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari hisobidan ART ishlab chiqilgan kunda to‘liq to‘lab beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Nizomning 6-bandi hamda 7-bandining “b” kichik bandida nazarda tutilgan yer uchastkasini tanlash materiallarini tayyorlash ishlarining kiymati ushbu Nizomda belgilangan tartibda auksionda yer uchastkasiga mulk va ijara huquqini sotishdan tushadigan mablag‘lar hisobidan qoplanadi.
(8-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyundagi PF-6243-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.06.2021-y., 06/21/6243/0540-son — 2021-yil 1-avgustdan kuchga kiradi)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Vakolatli tashkilotlar tomonidan yer uchastkasini tanlash materiallarini kelishish va (yoki) ular bo‘yicha xulosalar berish “YERELEKTRON” AATga yer uchastkasi haqidagi ma’lumotlar joylashtirilgan kundan boshlab besh ish kuni ichida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer uchastkasini tanlash materiallari bo‘yicha kelishish va xulosalar berish faqat “YERELEKTRON” AAT orqali amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasiga “YERELEKTRON” AAT orqali tadbirkorlik faoliyati uchun berilishi mumkin bo‘lmagan hududlar koordinatalarini ko‘rsatgan holda elektron xaritalarni taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Taqdim etilgan elektron xaritalarda tadbirkorlik faoliyati uchun berilishi mumkin bo‘lmagan hududlar koordinatalari mavjud bo‘lmagan taqdirda, yer uchastkasini tanlash materiallari kelishilgan, ular bo‘yicha xulosalar esa ijobiy deb hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Elektron xaritalarni taqdim etish, shuningdek, vakolatli tashkilotlar tomonidan yer uchastkasini tanlash materiallarini kelishish va (yoki) ular bo‘yicha xulosalar berish, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi organlari tomonidan ekologik ekspertizadan o‘tkaziladigan obyektlarni qurishga yer uchastkasini tanlash materiallari bo‘yicha xulosa berish uchun to‘lov undirilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Auksionlarga chiqarish uchun yer uchastkasini tanlash materiallarini tayyorlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-§. Yer uchastkasini tanlash materiallarini kelishish va yer uchastkasini “YERELEKTRON” AATga joylashtirish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi organlari yerlarni xatlovdan o‘tkazish natijalariga ko‘ra, bo‘sh yer uchastkalarini “YERELEKTRON” AATga har oyning 5 va 20-sanalarida joylashtirishni ta’minlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jismoniy va yuridik shaxslar “YERELEKTRON” AATda aniq investitsiya majburiyatlari bilan birga yer uchastkasi va rejalashtirilayotgan qurilish obyekti to‘g‘risidagi ma’lumotlarni keyinchalik ularni auksionga qo‘yish masalasini belgilangan tartibda ko‘rib chiqish uchun joylashtirish bo‘yicha takliflar kiritish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi organlari jismoniy yoki yuridik shaxsning taklifi kelib tushgan kundan e’tiboran besh ish kuni ichida qishloq joylarda turg‘un chakana savdo shahobchasini qurish mo‘ljallangan yerlar bo‘yicha uch ish kuni ichida yer uchastkasi bo‘yicha zarur materiallarni ko‘rib chiqadi va tayyorlaydi, natijasi bo‘yicha taklif etilgan yer uchastkasini “YERELEKTRON” AATga joylashtiradi yoki sabablarni ko‘rsatgan holda joylashtirishni rad etadi.
(10-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyundagi PF-6243-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.06.2021-y., 06/21/6243/0540-son — 2021-yil 1-avgustdan kuchga kiradi)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi turizm infratuzilmasi obyektlarini rivojlantirish hududlarida bo‘sh yer uchastkalarini aniqlaydi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-avgustdagi PQ-3217-son qarori bilan tashkil etilgan Turizmni rivojlantirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengashga kelishish uchun, yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasining tuman (shahar) filiallari yer uchastkasini zaxira olish uchun yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Turizmni rivojlantirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengashning ijobiy qarori asosida turizm infratuzilmasi obyektlarini rivojlantirish hududlarida bo‘sh yer uchastkalari “YERELEKTRON” AATda “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi organlari tomonidan besh ish kunida zaxiraga olinadi. Zaxiraga olingan yer uchastkalarida turizm infratuzilmasi obyektlarini joylashtirish maqsadida Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan rejalashtirish va loyihalashtirish ishlari tashkil etiladi va “YERELEKTRON” AATda taklif tashabbus qilinadi. Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan “YERELEKTRON” AATda takliflar tashabbus qilinganida “Davyergeodezkadastr” organlari tomonidan besh ish kuni mobaynida qonunchilikda nazarda tutilgan zarur materiallar tayyorlanadi. Bunda yer uchastkasini tanlash materiallarini tayyorlash ishlarining qiymati qonunchilikda belgilangan tartibda qoplanadi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-iyuldagi 433-sonli qaroriga asosan uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.07.2020-y., 09/20/433/1140-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. “YERELEKTRON” AATga joylashtiriladigan har bir yer uchastkasi haqidagi ma’lumotlar quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer uchastkasi, jumladan, uning maydoni (gektarda), yer uchastkasining yer fondi toifasi, mavjud majburiyatlar va boshqalar haqida qisqacha ma’lumot;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer uchastkasini elektron davlat kadastr xaritasida ko‘rsatish uchun yer uchastkasini topografik xaritada (koordinatali nuqtalari bilan), bunday xarita bo‘lmagan taqdirda — elektron xaritada yer uchastkasining chegaralari va manzillarini (aholi punkti va ko‘chalar, ko‘cha bo‘lmaganda esa mavjud obyektdan metr hisobidagi masofa ko‘rsatiladi) M 1:500 dan M 1:1000 cha bo‘lgan kattalikda ko‘rsatilgan holda tegishli formatda (geojson, arcgis JSON, csv, kml va boshqalar) joylashtirish rejasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chegaradosh yer uchastkalaridan foydalanish turlari ko‘rsatilgan vaziyat bilan bog‘liq sxema;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer uchastkasini kamida ikki tomondan o‘rab turgan obyektlarning fotosurati (15 x 20 sm).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Har bir yer uchastkasiga o‘ziga xos raqam beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasining organlari “YERELEKTRON” AATga joylashtirilgan yer uchastkalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarning to‘liqligi va to‘g‘riligini, shu jumladan elektron xaritalarni taqdim etishda vakolatli tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish yo‘li bilan ta’minlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Jismoniy va yuridik shaxslar “YERELEKTRON” AATdan ro‘yxatdan o‘tish orqali aniq investitsiya majburiyatlarini ko‘rsatgan holda, yer uchastkasi va rejalashtirilgan qurilish obyekti to‘g‘risidagi ma’lumotni joylashtirish bo‘yicha takliflar kiritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jismoniy va yuridik shaxslarning takliflari mazkur Nizomda belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Qurilish organlari yer uchastkasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar “YERELEKTRON” AATga joylashtirilgan kundan boshlab besh ish kuni ichida ushbu yer uchastkasi to‘g‘risida tegishli xulosani tayyorlaydi, bunda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) ushbu yer uchastkasida qurilishga ruxsat berilgan yoki taqiqlangan obyektlarning turlarini hududlarni rivojlantirish rejalari va qurilish ishlarini amalga oshirish bo‘yicha tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlari asosida aniqlaydi va zarur hollarda ularni:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) tegishli hududlar va inshootlardan rejim asosida foydalanish hamda ularni ekspluatatsiya qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) yong‘in xavfsizligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) yo‘l harakati xavfsizligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) shaharsozlik norma va qoidalari, shuningdek, aholi punktlari va shaharlararo hududlarni hududiy rivojlantirish istiqbollari talablarga muvofiqligini kelishib beradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarigacha bo‘lgan masofa to‘g‘risidagi ma’lumotlarni shakllantiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) elektron hamkorlik orqali muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlaridan foydalanuvchi tashkilotlarga muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanishga tegishli texnik shartlarni olish uchun so‘rov yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Zarur hollarda, qurilish organlari obyektlarning turini aniqlashda “YERELEKTRON” AAT orqali ularning quyidagi talablarga muvofiqligini kelishadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) tegishli hududlar va inshootlardan rejim asosida foydalanish hamda ularni ekspluatatsiya qilish bo‘yicha — mazkur obyektlardan foydalanadigan hamda ularni ekspluatatsiya qiladigan tashkilotlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) yong‘in xavfsizligi bo‘yicha — yong‘in xavfsizligi bo‘limlari, Toshkent shahrida — yong‘in xavfsizligi boshqarmasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha — davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati hududiy organlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) shaharsozlik norma va qoidalari, shuningdek, aholi punktlari va qishloqlararo zonalarni hududiy rivojlantirish istiqbollari bo‘yicha — tegishli hududiy arxitektura va shaharsozlik kengashlari (keyingi o‘rinlarda kengashlar deb ataladi) bilan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur bandning “a — v” kichik bandlarida ko‘rsatilgan tashkilotlar ularga so‘rov kelib tushgan kundan boshlab uch ish kun ichida “YERELEKTRON” AATga tegishli belgini qo‘yish orqali elektron raqamli imzo bilan tasdiqlagan holda materiallarni kelishadi yoki kelishishni rad etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kengashlar ularga so‘rov kelib tushgan kundan boshlab besh ish kunidan kechiktirmasdan navbatdagi majlisda har bir yer uchastkasi bo‘yicha materiallarni ko‘rib chiqadi. Kengash qarori u qabul qilingandan keyingi ish kundan kechiktirmasdan qurilish organlariga yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kelishuv hech qanday e’tiroz va shartlarsiz amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kelishuv rad etilganda, sohaga oid qonun hujjatlari normalariga havolalar qilingan holda, yer uchastkasini tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyati uchun ajratish imkoni yo‘qligining asoslangan sabablari ko‘rsatiladi hamda mazkur yer uchastkalari aynan qaysi jihatdan ushbu normalarga muvofiq emasligi aks ettiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilangan muddatda javob taqdim etilmagan hollarda, yer uchastkasini tanlash materiallari kelishilgan hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur bandda nazarda tutilgan muddatlar ushbu Nizomning 14-bandida ko‘rsatilgan muddatga kiritilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Qurilish organlarining xulosalari “YERELEKTRON” AATga elektron shaklda kiritiladi va elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xulosalar ijobiy yoki salbiy bo‘lishi mumkin. Xulosaning sarlavhasida “Ijobiy xulosa” yoki “Salbiy xulosa” degan so‘zlar ko‘rsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ijobiy xulosada yer uchastkasiga mulk va ijara huquqi egasiga nisbatan shaharsozlik hamda boshqa norma va qoidalarga rioya etish talablari bayon etiladi.
(16-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyundagi PF-6243-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.06.2021-y., 06/21/6243/0540-son — 2021-yil 1-avgustdan kuchga kiradi)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Salbiy xulosada sohaga oid qonun hujjatlari normalariga havolalar qilingan holda, tadbirkorlik yoki shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini ajratish imkoni yo‘qligining asoslangan sabablari ko‘rsatiladi hamda mazkur yer uchastkalari aynan qaysi jihatdan ushbu normalarga muvofiq emasligi aks ettiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. “YERELEKTRON” AAT orqali qurilish organlarining ijobiy xulosasi olingandan so‘ng besh ish kuni ichida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmalari yer uchastkasi bo‘yicha tegishli xulosa tuzadi hamda uni elektron shaklda “YERELEKTRON” AATga kiritadi va elektron raqamli imzo bilan tasdiqlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xulosalar ijobiy yoki salbiy bo‘lishi mumkin. Xulosaning sarlavhasida “Ijobiy xulosa” yoki “Salbiy xulosa” degan so‘zlar ko‘rsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ijobiy xulosada yer uchastkasiga mulk va ijara huquqi egasiga nisbatan shaharsozlik hamda boshqa norma va qoidalarga rioya etish talablari bayon etiladi.
(17-band “a” kichik bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyundagi PF-6243-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.06.2021-y., 06/21/6243/0540-son — 2021-yil 1-avgustdan kuchga kiradi)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Salbiy xulosada sohaga oid qonun hujjatlari normalariga havolalar qilingan holda, tadbirkorlik yoki shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini ajratish imkoni yo‘qligining asoslangan sabablari ko‘rsatiladi hamda mazkur yer uchastkalari aynan qaysi jihatdan ushbu normalarga muvofiq emasligi aks ettiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamenti Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar madaniy meros boshqarmalari materiallarni kelishadi yoki kelishishni rad etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda “YERELEKTRON” AATda qabul qilingan qaror haqida elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadigan tegishli belgi qo‘yiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kelishuv hech qanday e’tiroz va shartlarsiz amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kelishish rad etilganda, sohaga oid qonun hujjatlari normalariga havolalar qilingan holda, tadbirkorlik yoki shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini ajratish imkoni yo‘qligining asoslangan sabablari ko‘rsatiladi hamda mazkur yer uchastkalari aynan qaysi jihatdan ushbu normalarga muvofiq emasligi aks ettiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilangan muddatda javob berilmagan hollarda, yer uchastkasini tanlash materiallari kelishilgan hamda ular yuzasidan xulosalar esa ijobiy hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlaridan foydalanuvchi tashkilotlar so‘rov kelib tushgan kundan e’tiboran uch ish kuni ichida qurilish organlariga elektron hamkorlik orqali muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanishning texnik shartlarini elektron shaklda yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Texnik, shu jumladan qo‘shimcha shartlarni ishlab chiqish va ularni yuborish uchun to‘lov undirilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Qurilish organlari muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanishning texnik shartlari kelib tushgan kundan e’tiboran uch ish kuni ichida ART ishlab chiqadi va materiallarni elektron shaklda “YERELEKTRON” AATga kiritadi hamda ularni elektron raqamli imzo bilan tasdiqlaydi va bunda “YERELEKTRON” AAT orqali yer uchastkasini tanlash materiallari avtomatik rejimda tuman (shahar) hokimligiga yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Tuman (shahar) hokimligi yer uchastkasining materiallari kelib tushgan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmalari bilan kelishilgan holda, yer uchastkasiga investitsiya kiritish majburiyatlarini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tuman (shahar) hokimligi besh ish kunida turizm infratuzilmasi obyektlarini rivojlantirish hududlarida Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va Qorqalpog‘iston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmalari bilan kelishgan holda, yer uchastkalariga investitsiya kiritish majburiyatlarini belgilaydi.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-iyuldagi 433-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.07.2020-y., 09/20/433/1140-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda yer uchastkasiga mulk va ijara huquqini investitsiya majburiyatlarini qabul qilish sharti bilan olish to‘g‘risidagi oldi-sotdi shartnomasi (keyingi o‘rinlarda Investitsiya majburiyatlari shartnomasi deb ataladi) avtomatik tarzda “YERELEKTRON” AAT tomonidan elektron shaklda shakllantiriladi va tuman (shahar) hokimining investitsiyalar bo‘yicha o‘rinbosarining (agar u bo‘lmagan taqdirda — boshqa o‘rinbosarining) elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
(20-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyundagi PF-6243-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.06.2021-y., 06/21/6243/0540-son — 2021-yil 1-avgustdan kuchga kiradi)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. “YERELEKTRON” AATga koordinatalari kiritilgan tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyati uchun berilishi mumkin bo‘lmagan hududlarda joylashgan, salbiy xulosalar berilgan yer uchastkalari auksionga chiqarilmaydi va ajratish imkoni yo‘qligining asoslangan sabablari ko‘rsatilgan holda, “YERELEKTRON” AATda ushbu xulosa olingan kundan boshlab bir ish kuni ichida e’lon qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-§. Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun taqdim etilmaydigan hududlarning koordinatalarini taqdim etish va ularni yangilash tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun berilishi mumkin bo‘lmagan hududlarning koordinatalari “YERELEKTRON” AAT orqali “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasiga u tomonidan belgilanadigan shaklda taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hududlarning koordinatalari zaruratga qarab, lekin har oyda kamida bir marta yangilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat kadastrlarini yuritish sohasidagi vakolatli organlar kadastr ma’lumotlari shakllantirilishiga qarab, “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasiga tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyati uchun berilishi mumkin bo‘lmagan hududlarning koordinatalarini “YERELEKTRON” AAT orqali taqdim etib borishlari shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-§. Yer uchastkasiga mulk va ijara huquqini auksionga chiqarishga tayyorlash
(3-paragrafning nomi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyundagi PF-6243-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.06.2021-y., 06/21/6243/0540-son — 2021-yil 1-avgustdan kuchga kiradi)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Yer uchastkasiga mulk va ijara huquqi “YERELEKTRON” AAT orqali yer uchastkasining boshlang‘ich narxi va investitsiya majburiyatlari belgilangandan so‘ng avtomatik ravishda qo‘shimcha qarorlar qabul qilinmasdan operatorga yuboriladi.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyundagi PF-6243-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.06.2021-y., 06/21/6243/0540-son — 2021-yil 1-avgustdan kuchga kiradi)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Yer uchastkasiga mulk va ijara huquqining minimal qiymati har bir tuman (shahar) uchun har yili 10-iyun va 10-dekabrgacha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar hokimliklari tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi va viloyat hokimliklari moliya bosh boshqarmalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar davlat soliq boshqarmalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar yer resurslari va davlat kadastri boshqarmalari tavsiyalariga asosan quyidagi mezonlar bo‘yicha tasdiqlanadi:
(24-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyundagi PF-6243-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.06.2021-y., 06/21/6243/0540-son — 2021-yil 1-avgustdan kuchga kiradi)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer solig‘ining yillik miqdori;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer uchastkasini tanlash materiallarini tayyorlash ishlarining qiymati va yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga oid xarajatlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer uchastkasining joylashgan joyi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish nuqtalarining mavjudligi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Har bir tuman (shahar) uchun yer uchastkasiga mulk va ijara huquqining minimal qiymati u tasdiqlangan sanadan e’tiboran bir ish kuni ichida soliq organlari tomonidan “YERELEKTRON” AATga kiritiladi.
(24-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyundagi PF-6243-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.06.2021-y., 06/21/6243/0540-son — 2021-yil 1-avgustdan kuchga kiradi)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oxirgi tasdiqlangan yer uchastkasiga mulk va ijara huquqining minimal qiymati uning yangi qiymati tasdiqlangunga qadar amalda bo‘ladi.
(24-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyundagi PF-6243-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.06.2021-y., 06/21/6243/0540-son — 2021-yil 1-avgustdan kuchga kiradi)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi organlari yer uchastkalari bo‘yicha kelishilgan yoki ijobiy xulosa berilgan kundan boshlab besh ish kuni ichida yer uchastkasiga mulk va ijara huquqining tasdiqlangan minimal qiymati asosida yer uchastkasining boshlang‘ich narxini belgilaydi.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyundagi PF-6243-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.06.2021-y., 06/21/6243/0540-son — 2021-yil 1-avgustdan kuchga kiradi)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Yer uchastkasiga mulk va ijara huquqi ushbu Nizom bilan belgilangan tartibda kelishuv amalga oshirilganligi va ijobiy xulosa olinganligiga qarab, har bir yer uchastkasi bo‘yicha alohida auksionga chiqariladi.
(26-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyundagi PF-6243-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.06.2021-y., 06/21/6243/0540-son — 2021-yil 1-avgustdan kuchga kiradi)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Auksionga chiqarishda yer uchastkasi to‘g‘risida ko‘rsatilishi shart bo‘lgan ma’lumotning minimal hajmi quyidagilarni o‘z ichiga olishi lozim:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer uchastkasining o‘ziga xos raqami va joylashgan joyi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer uchastkasi kiradigan yerlar toifasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer uchastkasi maydoni (gektarda);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer uchastkasiga tutash yer uchastkalari (obyektlari)ning belgilangan maqsadi va turlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarigacha bo‘lgan masofa to‘g‘risida ma’lumot;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mazkur yer uchastkasida qurilishga ruxsat berilgan yoki taqiqlangan obyektlar turlari ro‘yxati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish uchun ART va texnik shartlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer uchastkalarining boshlang‘ich narxi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ajratilgan yer uchastkasida obyektlarni qurish muddatlariga oid talablar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer uchastkasi bo‘yicha yoki undan foydalanish huquqiga nisbatan mavjud cheklovlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
investitsiya majburiyatlari shartnomasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
investitsiya majburiyatlarining miqdori va bajarish muddati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer uchastkasidan foydalanish shartlari va tartibiga taalluqli boshqa axborot.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Yer uchastkasini auksionga chiqarish to‘g‘risidagi ma’lumotlar ommaviy axborot vositalarida hamda “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Investitsiyalar va savdo vazirligining rasmiy veb-saytlarida e’lon qilinishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi organlari ommaviy axborot vositalarining so‘roviga asosan bir kun muddatda auksionga chiqarilgan yer uchastkalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Auksionni tashkil qilish va o‘tkazish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-§. Auksionni tashkil qilish va o‘tkazishning umumiy shartlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Operator yer uchastkasiga mulk va ijara huquqining auksionga qo‘yilishiga oid buyurtma kelib tushgan kundan boshlab bir ish kuni ichida auksion o‘tkazilishi to‘g‘risidagi xabarnomani savdo maydonchasida joylashtiradi.
(29-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyundagi PF-6243-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.06.2021-y., 06/21/6243/0540-son — 2021-yil 1-avgustdan kuchga kiradi)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Auksion unda Internet jahon axborot tarmog‘i orqali ishtirok etish imkonini beradigan va ariza qabul qilish hamda auksion g‘oliblarini aniqlash jarayonlariga aralashish imkoniyatlarini istisno qiluvchi maxsus dasturiy mahsulotdan foydalangan holda o‘tkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Operator quyidagi majburiyatlarga ega:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
auksionni belgilangan vaqtda tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
auksionning inson omili aralashuvisiz o‘tishini ta’minlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
dasturiy mahsulotlar, o‘z kompyuter texnikalarini, server qurilmalari, kommunikatsiya uskunalari va auksionni o‘tkazishda foydalaniladigan barcha vositalarini texnik uzilishlarsiz ishlashiga qaratilgan barcha zarur choralarni o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli amalga oshirilishini tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
auksion qoidalari buzilishining oldini olish va tezkorlik bilan bunday holatlarni aniqlash va bartaraf etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
barcha ishtirokchilar uchun savdoda ishtirok etishda shart-sharoitlarning tengligini ta’minlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
savdolarni o‘tkazishning oshkoraligi va ommaviyligini ta’minlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
savdo ishtirokchilari va barcha manfaatdor taraflar uchun savdoga oid ma’lumotlarni qulay va tezkor ravishda doimiy oshkor etib borish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Operator qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Auksionda elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan elektron arizani yuborish va zakalat kiritish orqali ishtirok etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Auksionda fuqarolar, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lgan yuridik shaxslar, jumladan, chet el fuqarolari va yuridik shaxslari ishtirok etishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Auksion narxlarni oshirish prinsipi bo‘yicha o‘tkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. Ushbu Nizomda nazarda tutilgan holatlar va tartibda auksion o‘tkazilmagan deb e’tirof etilganda, tegishli lot takroran auksionga chiqariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Auksion o‘tkazilmagan deb topilganda, tegishli yer uchastkasining boshlang‘ich narxini kamaytirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35. Operator auksionni tashkil qilish xizmatlari uchun mazkur Nizomning 73-bandida nazarda tutilgan miqdorda mukofot oladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-§. Auksionni o‘tkazish to‘g‘risidagi xabarnomani joylashtirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36. Auksion o‘tkazilishi to‘g‘risidagi xabarnoma (keyingi o‘rinlarda xabarnoma deb ataladi) buyurtma va belgilangan talablarga mos keladigan hujjatlar kelib tushganda, operator bir ish kuni davomida joylashtiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xabarnoma va lot haqidagi ma’lumotlar (hujjatlar) auksion boshlanishidan kamida 15 kalendar kundan avval operatorning veb-portalida joylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tegishli lot bo‘yicha auksion boshlangach, veb-portalda avtomatik rejimda auksion boshlanganligi to‘g‘risidagi axborot shakllantiriladi va e’lon qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tegishli lot bo‘yicha auksion nihoyasiga yetgach, veb-portalda avtomatik rejimda auksion tugagan vaqti va uning natijalari to‘g‘risidagi axborot shakllantiriladi va e’lon qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
37. Xabarnoma va lot bo‘yicha ma’lumot quyidagilarni o‘z ichiga olishi zarur:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) auksion o‘tkaziladigan sana, jumladan, uning boshlanish va tugash vaqti;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) lot raqami va nomi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) auksionda ishtirok etish uchun buyurtmanomalarni qabul qilish sanasi va tugash vaqti;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) auksion obyekti haqida mazkur Nizomning 27-bandida qo‘rsatilgan ma’lumotlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) boshlang‘ich narxdan foiz ko‘rinishida va qat’iy summada ifodalangan auksion qadami;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
e) zakalat pulining boshlang‘ich narxdan foiz ko‘rinishida va qat’iy summada ifodalangan miqdori, zakalat puli o‘tkazilishi lozim bo‘lgan operatorning bank hisobraqami rekvizitlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
j) boshqa qo‘shimcha ma’lumot (shu jumladan, fotosuratlar, Internet tarmog‘ida keng foydalaniladigan kartografik servislarga o‘tish imkonini beruvchi, uning geolokatsiya va koordinatalari ko‘rsatilgan va ularga bog‘langan giperhavolalar).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
38. Operator o‘z veb-portalida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shuningdek, ushbu Nizomning 37-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar va elektron auksionni o‘tkazish qoidalari bilan erkin tanishishni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
savdoga qo‘yilgan barcha lotlarni ularning maydoni, joylashuvi, narxi, investitsiya majburiyatlari miqdori va boshqa parametrlar bo‘yicha filtrlagan holda, foydalanuvchilar uchun qulay formatlarda ko‘rish hamda lotlar reyestri ko‘rinishida umumfoydalaniladigan va mashinada o‘qiladigan formatlarda yuklab olishni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
o‘tkazilgan savdolarga oid barcha ma’lumotlarni (xaridorning shaxsini oshkor qilmagan holda) kunlik tarzda va muntazam (haftalik, oylik va choraklik) davriylik bilan bitimlar reyestri ko‘rinishida umumfoydalaniladigan va mashinada o‘qiladigan formatlarda yuklab olishni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
foydalanuvchilar veb-portal yanada qulayroq ishlashi borasidagi fikrlarini erkin va oshkora bildirishi uchun maxsus veb-forum va ushbu maqsadlarda keng foydalaniladigan boshqa servislar va imkoniyatlar doimiy ishlashini ta’minlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Operator aholi va tadbirkorlarni ommaviy axborot vositalari orqali, shuningdek, boshqa usullarda elektron auksionlarda ishtirok etish tartibi haqida muntazam tanishtirib boradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-§. Auksionda ishtirok etish shartlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
39. Auksionda ishtirok etish uchun jismoniy yoki yuridik shaxslar operator veb-portalida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ariza taqdim etishdan avval jismoniy va yuridik shaxslar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
investitsiya majburiyatlari shartnomasi bilan tanishishi va uning shartlarini qabul qilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
lot haqidagi ma’lumotlar (hujjatlar) bilan tanishishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shaxsiy hisobraqamini o‘zi tanlagan lotning zakalat puli miqdoridan kam bo‘lmagan miqdorda to‘ldirishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
40. Auksionda ishtirok etish uchun arizalarni qabul qilish:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xabarnoma joylashtirilgan kundan boshlanadi va auksion o‘tkazilishidan oldingi kun soat 24-00 da yakunlanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
operatorning veb-portalida avtomatik tarzda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qabul qilish uchun belgilangan muddat o‘tgandan keyin kelib tushgan arizalar qabul qilinmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
41. Lotning zakalat puli uning boshlang‘ich narxining 20 foizi miqdorida belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
42. Auksion ishtirokchisi o‘z arizasini ariza qabul qilish uchun belgilangan vaqt oralig‘ida operator veb-portali orqali o‘zgartirishga yoki chaqirib olishga haqli. Bunda operatorga xabarnoma yuborilishi va zakalat summasi auksion ishtirokchisining shaxsiy hisobraqamiga qaytarilishi operator veb-portalida avtomatik tarzda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
43. Ariza avtomatik tarzda tekshiriladi. Tekshiruv natijalari va qabul qilingan qaror haqida arizachiga zudlik bilan xabar qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
44. Ariza mazkur Nizom talablariga muvofiq kelgan taqdirda, operator zudlik bilan arizachiga auksionda ishtirok etishiga ruxsat beradi, shuningdek, elektron pochta orqali arizachini auksion ishtirokchisi maqomini olganligi haqida qo‘shimcha ravishda xabardor qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Auksionning har bir ishtirokchisiga auksionda foydalanish uchun alohida shaxsiy tartib raqam beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Zakalat puli ishtirokchining shaxsiy hisobraqamidan avtomatik tarzda yechib olinib, operatorning bank hisobraqamiga o‘tkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
45. Ariza mazkur Nizom talablariga muvofiq kelmagan taqdirda, operator zudlik bilan uni rad etadi va bu haqida arizachiga elektron bildirishnoma yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda arizachi kamchiliklarni bartaraf qilgandan so‘ng xabarnomada ko‘rsatilgan ariza qabul qilish vaqtidan kechiktirmay, auksionda ishtirok etish uchun arizani takroran yuborishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Operator unga kelib tushgan ma’lumot va xabarlarning mazmuni bilan bog‘liq huquqiy oqibatlar uchun javobgar emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
46. Operator arizalar va ularga ilova qilingan hujjatlarning saqlanishini, shuningdek, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda sir tutilishini ta’minlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
47. Arizalarni qabul qilish davrida, shuningdek, auksion davomida operatorning veb-portalida auksion ishtirokchilari haqidagi ma’lumotlarni (jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash manzili, yuridik shaxsning nomi va pochta manzili, soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami, ishtirokchini aniqlash imkonini beradigan boshqa ma’lumotlarni) aks ettirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-§. Auksionda ishtirok etish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
48. Auksion operatorning veb-portalidagi xabarnomada ko‘rsatilgan kun va vaqtda boshlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
49. Auksion unga qo‘yilgan ikki va undan ortiq ishtirokchi mavjud bo‘lganda o‘tkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
50. Auksion ish kuni mobaynida soat 9-00 dan 18-00 gacha o‘tkaziladi, mazkur Nizomning 54 — 56-bandida qayd etilgan hollar bundan mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
51. Lotning boshlang‘ich narxi yer uchastkasining boshlang‘ich narxiga teng belgilanadi hamda ushbu narxning besh foiziga teng miqdori — auksion qadamining miqdori sifatida qayd etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
52. Auksion uning ishtirokchilaridan lotni boshlang‘ich narxdan bitta qadamga oshirilgan narxda sotib olish bo‘yicha taklifni tasdiqlashni so‘rashdan boshlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
53. Agar taklif berilgandan so‘ng 10 daqiqa davomida auksion ishtirokchilaridan biri belgilangan qadamga oshirilgan lot narxini tasdiqlasa, keyingi taklifni tasdiqlash uchun vaqt yana 10 daqiqaga uzaytiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
54. Agar tasdiqlangan oxirgi taklifdan so‘ng 10 daqiqa davomida keyingi oshirilgan lot narxi bo‘yicha taklif auksion ishtirokchilarining birontasi tomonidan tasdiqlanmasa, auksion uning natijalari haqidagi bayonnomani avtomatik tarzda shakllantirgan holda yakunlanadi. Lot narxi bo‘yicha taklifni oxirgi tasdiqlagan ishtirokchi auksion g‘olibi deb topiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
55. Auksion ishtirokchilariga navbatdagi stavkani dastlab belgilangan qadamdan 5, 10 yoki 20 baravar miqdorda mustaqil belgilash imkoniyati beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
56. Agar lot narxini oshirish bo‘yicha taklifni oxirgi tasdiqlagan auksion ishtirokchisi buni auksionni o‘tkazish vaqti yakunlanishiga o‘n daqiqadan kam qolganda amalga oshirgan bo‘lsa, auksionni o‘tkazish vaqti oxirgi taklif tasdiqlangan paytdan boshlab keyingi 10 daqiqaga uzaytiriladi. Keyingi har bir taklif auksionni o‘tkazish vaqtini o‘n daqiqadan uzaytirib boradi. Biroq, bunda auksionni o‘tkazish vaqti 3 soatdan ortiq bo‘lmagan muddatga uzaytirilishi mumkin, auksion o‘tkaziladigan kun soat 21-00 ga qadar yakunlanishi lozim. Lot narxi bo‘yicha oxirgi taklifni soat 21-00 ga qadar bildirgan ishtirokchi auksion g‘olibi deb topiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
57. Auksionni o‘tkazishga to‘sqinlik qiladigan savdo maydonchasida texnik uzilish sodir bo‘lgan hollarda, auksion o‘tkazish sanasi va vaqti haqida auksion ishtirokchilariga xabar berilgan holda, auksion texnik uzilish bartaraf qilingan kundan keyingi kunda davom ettiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
58. Auksion yakunlanganda operatorning veb-portalida avtomatik tarzda quyidagi ma’lumotlar aks ettiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
lotning boshlang‘ich narxi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oxirgi va oxirgidan oldin tasdiqlangan takliflar (oxirgi va oxirgidan oldingi qadamlarni hisobga olgan holda, auksion ishtirokchilari tomonidan tasdiqlangan takliflar bo‘yicha shakllangan narxlar);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
auksion g‘olibining hamda oxirgidan oldingi taklifni tasdiqlagan ishtirokchining familiyasi, ismi, otasining ismi yoki nomi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
59. Auksion quyidagi hollarda o‘tkazilmagan deb topiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) auksionda ishtirok etish uchun uning bironta ham ishtirokchisi qo‘yilmagan bo‘lsa, shu jumladan unda ishtirok etish uchun ariza kelib tushmagan bo‘lsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) auksionda ishtirok etish uchun faqat bir nafar ishtirokchi ariza topshirgan bo‘lsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) auksion ishtirokchilaridan hech biri yer uchastkasidan foydalanish huquqini auksion jarayonidan taklif etilgan narxda sotib olish istagini bildirmasa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) auksion g‘olibi va ushbu Nizomning 71-bandida belgilangan tartibda yer uchastkasiga mulk va ijara huquqini sotib olish taklif etilgan oxiridan oldingi taklifni bildirgan ishtirokchi uning bahosini belgilangan muddatda to‘liq to‘lamasa.
(59-bandning “g” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyundagi PF-6243-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.06.2021-y., 06/21/6243/0540-son — 2021-yil 1-avgustdan kuchga kiradi)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
60. Auksion o‘tkazilmagan deb topilganda, operatorning veb-portalida bu haqida uning sabablari, shuningdek, lotning boshlang‘ich narxi ko‘rsatilgan ma’lumot aks ettiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
61. Auksion o‘tkazilmagan deb topilganda, lot mazkur Nizomda belgilangan tartibda takroran auksionga qo‘yiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda agar ushbu Nizomning 59-bandi “v” kichik bandiga asosan auksion ketma-ket 4-martadan ortiq amalga oshmagan deb topilgan taqdirda, bir yoki bir nechta ishtirokchining iltimosiga ko‘ra, “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi organlari tomonidan yer uchastkalarini birlashtirishga yoki ularni alohida qismlarga ajratishga yo‘l qo‘yiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunday holatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) operator auksiondan lotni olib tashlaydi va u bo‘yicha ma’lumotlarni “YERELEKTRON” AAT orqali “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi organlariga qaytaradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi organlari bir ish kuni mobaynida qurilish organlari va tuman (shahar) hokimliklariga materiallarni yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qurilish organlari materiallar kelib tushgan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida birlashtirilgan yoki ajratilgan yer uchastkalarida qurilishiga ruxsat etilgan yoki taqiqlangan obyektlar turlari ro‘yxatini yangilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tuman (shahar) hokimliklari yer uchastkalarida qurilishiga ruxsat etilgan yoki taqiqlangan obyektlar turlari ro‘yxati aniqlangan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmalari bilan kelishilgan yer uchastkasiga nisbatan investitsiya majburiyatlarini aniqlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda investitsiya majburiyatlari shartnomasi avtomatik tarzda “YERELEKTRON” AAT tomonidan elektron ko‘rinishda shakllantiriladi va tuman (shahar) hokimining investitsiyalar bo‘yicha o‘rinbosarining (agar u bo‘lmagan taqdirda — boshqa o‘rinbosarining) elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi organlari yer uchastkasining boshlang‘ich narxini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda qayta tasdiqlash yoki ijobiy xulosalar olish talab qilinmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-§. Lotni auksiondan chaqirib olish tartibi va muddatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
62. Auksionga qo‘yish uchun operatorga yuborilgan yer uchastkasi auksion boshlanishidan oldingi ish kunida soat 18-00 ga qadar chaqirib olinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
63. Auksiondan chaqirib olish “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi tomonidan buyurtmani bekor qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Quyidagi hollarda buyurtma bekor qilinishi mumkin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer uchastkasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan ajratib berilganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer uchastkasi bo‘yicha muqaddam berilgan ijobiy xulosalar bekor qilinganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer uchastkasi koordinatalari O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi tomonidan taqdim etilgan elektron xaritalar yangilanishi natijasida tadbirkorlik va (yoki) shaharsozlik faoliyati uchun taqdim etilmaydigan hududlarga kiritilganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tergovchi yoki sud qaroriga asosan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boshqa hollarda buyurtmani bekor qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
64. “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasining buyurtmani bekor qilish haqidagi so‘roviga asos bo‘luvchi hujjatlar ilova qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
65. Operator buyurtmani bekor qilish haqidagi so‘rov kelib tushgan paytdan boshlab darhol yer uchastkasini auksiondan chiqaradi, bu haqda veb-portalda e’lon joylashtiradi hamda buyurtmanoma bergan ishtirokchilarning zakalat puli ularning shaxsiy hisobraqamiga qaytariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-§. Hisob-kitob qilish va auksion natijalari to‘g‘risidagi bayonnomani rasmiylashtirish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
66. Auksion g‘olibi auksion yakunlangan kundan boshlab besh ish kunidan kechiktirmay, lot qiymatini to‘liq to‘lashi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda ushbu lot bo‘yicha avval to‘langan zakalat puli mol-mulk qiymatiga qo‘shib hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar yer uchastkasining qiymati bazaviy hisoblash miqdorining besh ming barobaridan ortiq bo‘lsa, auksion g‘olibi auksion natijalari to‘g‘risidagi bayonnoma rasmiylashtirilgan kundan boshlab besh bank kunidan kechiktirmasdan, auksion davomida belgilangan narxning ellik foizi miqdorida avans to‘lovini kiritish huquqiga ega. Zakalat puli avans to‘lovi hisobiga o‘tkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qolgan mablag‘ auksion natijalari to‘g‘risidagi bayonnoma rasmiylashtirilgan kundan boshlab o‘ttiz kalendar kunidan kechiktirmay to‘lanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Elektron savdo maydonchasida auksion orqali yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarni sotishda o‘rnatilgan tartibda to‘lovlarni amalga oshirmagan taqdirda, yer uchastkasiga bo‘lgan huquq investor (auksion g‘olibi)ning xarajatlari qoplanmagan holda bekor qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
67. Operator to‘lov to‘liq amalga oshirilgan kundan keyingi ish kunida, lot qiymatining QR-kodini (matrik shtrixli kod) qo‘llash orqali auksion natijalari to‘g‘risidagi elektron bayonnomani rasmiylashtiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bayonnoma auksion g‘olibining shaxsiy kabinetiga, “YERELEKTRON” AAT orqali tuman (shahar) hokimligi va tuman (shahar) yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasining tegishli filialiga yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
68. Auksion natijalari to‘g‘risidagi bayonnomada quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) o‘tkazilgan auksion sanasi to‘g‘risida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) auksion g‘olibi to‘g‘risida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) lot to‘g‘risida, shu jumladan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer uchastkasining o‘ziga xos raqami, maydoni va joylashgan joyi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer uchastkasiga tutash yer uchastkalarining (obyektlarining) belgilangan maqsadi va turlari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bayonnomaga quyidagilar ilova qilinadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ART va muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish uchun texnik shartlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
investitsiya majburiyatlarini bajarish uchun tarmoq jadvali;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
investitsiya majburiyatlari shartnomasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
69. Auksion natijalari to‘g‘risidagi bayonnoma oldi-sotdi shartnomasi kuchiga ega bo‘lib, ushbu yer uchastkasiga mulk va ijara huquqini auksion g‘olibi nomiga davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun asos hisoblanadi.
(69-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyundagi PF-6243-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.06.2021-y., 06/21/6243/0540-son — 2021-yil 1-avgustdan kuchga kiradi)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tuman (shahar) yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasining filiali tomonidan bayonnoma kelib tushgan kundan boshlab ikki ish kuni ichida amalga oshiriladi. Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestridan yer uchastkasiga mulk va ijara huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi ko‘chirma auksion g‘olibiga belgilangan tartibda yuboriladi.
(69-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyundagi PF-6243-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.06.2021-y., 06/21/6243/0540-son — 2021-yil 1-avgustdan kuchga kiradi)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda tuman (shahar) yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasining filiali tomonidan yer uchastkasi joylashgan joydagi davlat soliq xizmati organlariga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ma’lumot yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestridan ko‘chirma qiymati Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-iyuldagi 186-son qarori bilan tasdiqlangan Ko‘chmas mulk obyektlarining davlat kadastri sohasida davlat xizmatlari qiymatini aniqlash tartibi bilan belgilanadi va ushbu Nizomda belgilangan tartibda yer uchastkasiga mulk va ijara huquqini auksionda sotishdan tushgan mablag‘lar hisobidan qoplanadi.
(69-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyundagi PF-6243-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.06.2021-y., 06/21/6243/0540-son — 2021-yil 1-avgustdan kuchga kiradi)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
70. Tuman (shahar) hokimligi auksion natijalari to‘g‘risidagi bayonnoma kelib tushgan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida investitsiya majburiyatlarini bajarish uchun tarmoq jadvalini tayyorlaydi va uni auksion g‘olibiga beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
71. Agar auksion natijalariga ko‘ra, auksion g‘olibi besh ish kuni ichida lot qiymatini to‘liq to‘lamasa, operator keyingi kalendar kunidan kechiktirmay oxirgidan oldingi taklifni bildirgan auksion ishtirokchisiga elektron shaklda u auksion davomida taklif etgan narxda lot qiymatini besh ish kuni ichida to‘lashni taklif qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar oxirgidan oldingi taklifni bildirgan auksion ishtirokchisi besh ish kuni ichida lot qiymatini to‘liq to‘lasa, u auksion g‘olibi deb topiladi va unga mazkur Nizomning 66-67-bandlarida belgilangan tartibda auksion natijalari to‘g‘risidagi bayonnoma rasmiylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar auksion ishtirokchisi besh ish kuni ichida lotni sotib olish istagi yo‘qligi to‘g‘risida operatorni xabardor qilsa yoki ushbu muddat ichida uning qiymatini to‘liq to‘lamasa, lotni sotib olishdan bosh tortgan deb hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur Nizomning 66-bandi uchinchi xatboshi bundan mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7-§. Zakalat pulini qaytarish tartibi va shartlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
72. Auksion yakunlanganidan yoki o‘tkazilmagan deb topilganidan so‘ng zakalat puli quyidagilarga qaytariladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oxirgidan oldingi taklifni bildirgan auksion ishtirokchisiga — auksion yakunlangan kundan boshlab o‘n ikki ish kuni ichida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
boshqa ishtirokchilarga — auksion yakunlangan yoki o‘tkazilmagan deb topilgan kundan boshlab uch ish kuni ichida.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda zakalat puli auksion ishtirokchisining arizasiga asosan aynan shu lot bo‘yicha takroriy auksionda qatnashish uchun operatorning bank hisobraqamida qoldirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Auksion obyektining qiymatini to‘liq to‘lamagan auksion ishtiroklariga (auksion g‘olibi va ikkinchi ishtirokchi), shuningdek, mazkur Qoidalarning 71-bandi uchinchi xatboshidi va 66-bandi to‘rtinchi xatboshida ko‘rsatilgan auksion ishtirokchilariga zakalat puli qaytarilmaydi va operatorning tasarrufida qoladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Auksiondan tushadigan mablag‘larni taqsimlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
73. Yer uchastkasiga mulk va ijara huquqini auksion orqali sotishdan kelib tushgan pul mablag‘lari “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasining maxsus hisobraqamiga ko‘chiriladi va Qo‘mita tomonidan quyidagi tartibda taqsimlanadi:
(73-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyundagi PF-6243-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.06.2021-y., 06/21/6243/0540-son — 2021-yil 1-avgustdan kuchga kiradi)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) mazkur Nizomning 6-bandida nazarda tutilgan miqdorda tegishli yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasining bank hisobraqamiga o‘tkazadi, uning 20 foizi “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasining Yer munosabatlari va davlat kadastrlarini rivojlantirish jamg‘armasining maxsus g‘aznachilik hisobraqamiga (4001);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) ushbu Nizomning 7-band “b” kichik bandida nazarda tutilgan miqdorda tegishli qurilish organining bank hisobraqamiga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) ushbu Nizomning 69-bandida nazarda tutilgan miqdorda — tegishli yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasiga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) yer uchastkasiga mulk va ijara huquqini auksion orqali sotishdan kelib tushgan pul mablag‘laridan mazkur bandning “a — v” kichik bandlarida nazarda tutilgan summalarni chegirib tashlagadan so‘ng qolgan summadan 5 foiz — operatorga mukofot sifatida;
(73-bandning “g” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyundagi PF-6243-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.06.2021-y., 06/21/6243/0540-son — 2021-yil 1-avgustdan kuchga kiradi)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) mazkur bandning “a” — “g” kichik bandlarida nazarda tutilgan mablag‘lar chegirib tashlagandan so‘ng qolgan summadan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
50 foizi — yer uchastkalari davlat organlari, muassasalari va korxonalari foydalanishida bo‘lgan va ularning tashabbusi bilan elektron onlayn-auksionga qo‘yilgan taqdirda — ushbu davlat organlari va tashkilotlariga, qolgan hollarda — davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash bo‘yicha hududiy jamg‘armaga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
50 foizi — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar hamda Toshkent shahar Kengashlari qarorlari asosida tegishli mahalliy budjeti daromadiga o‘tkaziladi.
(73-band “d” kichik bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PQ-73-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 07/21/73/1227-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(73-bandning “e” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyundagi PF-6243-sonli Farmoniga asosan 2021-yil 1-avgustdan chiqariladi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.06.2021-y., 06/21/6243/0540-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Ushbu nizom talablariga rioya etilishini tizimli nazorat va monitoring qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
74. Davlat xizmatlari markazlari, prokuratura organlari va adliya organlari davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan ushbu Nizom talablariga so‘zsiz rioya etilishi bo‘yicha tizimli nazorat va monitoringni amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tizimli nazorat va monitoring yer uchastkasi materiallarini tayyorlash jarayoniga aralashmasdan, “YERELEKTRON” AAT orqali amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
75. Prokuratura va adliya organlari yer uchastkasi materiallarini tayyorlashning qonuniyligini ta’minlaydi va yer uchastkasi materiallarini tayyorlash jarayonining huquqni qo‘llash amaliyotini, shu jumladan vakolatli tashkilotlar tomonidan kelishuvni rad etish va salbiy xulosa berishning qonuniyligini, normativ-huquqiy hujjatlarni noto‘g‘ri yoki qarama-qarshi qo‘llash amaliyotini, shuningdek, huquqni qo‘llash amaliyotida huquqbuzarlik sodir etilishiga olib keladigan salbiy omillarni, sabab va sharoitlarni bartaraf etish usullarini o‘rganadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
76. Ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibni buzish davlat xizmatlari ko‘rsatish talablari va tartibini buzish hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
77. Nizomda nazarda tutilgan tartib buzilishi aniqlangan taqdirda, davlat xizmatlari markazlari yoki adliya organlari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi yoki uning hududiy boshqarmalariga yoxud prokuratura organlariga buzilish holatini tasdiqlovchi zarur materiallarni yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish va ma’muriy jazo choralarini qo‘llash vakolatli shaxslar tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
78. Auksion natijalari to‘g‘risidagi bayonnomani auksion g‘olibining aybi bo‘lmagan taqdirda, ma’muriy tartib-qoidalarga rioya qilmaslik munosabati bilan bekor qilish yoki o‘zgartirish mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
79. Investitsiya majburiyatlari to‘g‘risidagi shartnomada nazarda tutilgan auksion g‘olibi majburiyatlarining bajarilishini nazorat qilish tuman (shahar) hokimliklari tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
80. Auksion shartlarini buzgan, shu jumladan ketma-ket ikki marta lotning to‘liq qiymati to‘lanishini ta’minlamagan auksion ishtirokchisi nohalol auksion ishtirokchisi hisoblanadi va operator tomonidan olib boriladigan nohalol auksion ishtirokchilari reyestriga (keyingi o‘rinlarda reyestr deb ataladi) kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Auksion ishtirokchisini reyestrga kiritish to‘g‘risidagi qaror operator tomonidan qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Reyestrga kiritilgan auksion ishtirokchilarining reyestrga kiritilgan paytdan e’tiboran bir yil ichida yer uchastkasiga mulk va ijara huquqi sotiladigan auksionlarda ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
(80-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyundagi PF-6243-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.06.2021-y., 06/21/6243/0540-son — 2021-yil 1-avgustdan kuchga kiradi)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilangan muddat o‘tgach, reyestrga kiritilgan ishtirokchi avtomatik ravishda undan chiqarib tashlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
81. Agar yer uchastkasiga mulk va ijara huquqi investitsiya majburiyatlari bilan sotilgan taqdirda, yer uchastkalarini, shu jumladan unda qurilgan bino va inshootlarni investitsiya majburiyatlari bajarilguniga qadar begonalashtirish, garovga qo‘yish, yuridik shaxslarning ustav fondlariga kiritish yoki boshqacha tarzda tasarruf etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
(81-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyundagi PF-6243-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.06.2021-y., 06/21/6243/0540-son — 2021-yil 1-avgustdan kuchga kiradi)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
82. Ushbu Nizomni qo‘llashda yuzaga keladigan nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
83. Ushbu Nizom talablarini buzganlikda aybdor shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
84. Auksion paytida mol mulkni savdodan yechish bo‘yicha bildirishnoma operatorga kelib tushganligi munosabati bilan yuzaga kelgan va lot bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar hamda nizolar sud tomonidan auksion g‘olibining qonuniy manfaatlarini va auksion natijalari to‘g‘risidagi bayonnoma rasmiylashtirilganligi holatini hisobga olingan holda ko‘rib chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini onlayn-auksion orqali ijaraga va mulk huquqi asosida berish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar


I. YERELEKTRON” AATga bo‘sh turgan yer uchastkalarini joylashtirish tartib-taomillari


1-bosqich

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonalarining tegishli tuman (shahar) filiallari (keyingi o‘rinlarda “Davyergeodezkadastr” organlari deb ataladi)

Yerlarni xatlovdan o‘tkazish natijalariga ko‘ra, bo‘sh turgan yer uchastkalarini “YERELEKTRON” AATga mustaqil ravishda joylashtiradi.

Har oyning 5 va 20 sanasida


Jismoniy va yuridik shaxslar

Aniq investitsiya majburiyatlari bilan birga
bo‘sh turgan yer uchastkasi va rejalashtirilayotgan qurilish obyekti to‘g‘risidagi ma’lumotlarni keyinchalik ularni auksionga qo‘yish masalasini belgilangan tartibda ko‘rib chiqish uchun “YERELEKTRON” AATga joylashtirish bo‘yicha takliflar kiritadi.

Xohishiga ko‘ra


II. “YERELEKTRON” AAT orqali elektron shaklda amalga oshiriladigan tartib-taomillar


2-bosqich

“Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi organlari

1. Taklif etilgan yer uchastkasi bo‘yicha zarur materiallarni ko‘rib chiqiladi hamda tegishli materiallar tayyorlanadi.

2. Taklif etilgan yer uchastkasini “YERELEKTRON” AATga joylashtiradi yoki sabablarini ko‘rsatgan holda joylashtirishni rad etadi.

5 ish kuni ichida


3-bosqich

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalari, tuman (shahar)lar qurilish bo‘limlari (keyingi o‘rinlarda Qurilish organlari deb ataladi)

1. Hududlarni rivojlantirish rejalari va qurilish ishlarini amalga oshirish bo‘yicha tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlari asosida ushbu yer uchastkasida qurilishga ruxsat berilgan yoki taqiqlangan obyektlarning turlarini aniqlaydi.

Zarur hollarda ularni:

a) tegishli hududlar va inshootlaridan rejim asosida foydalanish hamda ularni ekspluatatsiya qilish;

b) yong‘in xavfsizligi;

v) yo‘l harakati xavfsizligi;

g) shaharsozlik norma va qoidalari, shuningdek, aholi punktlari va shaharlararo hududlarni hududiy rivojlantirish istiqbollari talablarga muvofiqligini kelishib beradi.

2. Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarigacha bo‘lgan masofa to‘g‘risidagi ma’lumotlarni shakllantiradi.

3. Elektron hamkorlik orqali muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlaridan foydalanuvchi tashkilotlarga tegishli muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanishga texnik shartlarni olish uchun so‘rov yuboradi.

5 ish kuni ichida


1. Hududlar va inshootlardan rejim asosida foydalanadigan hamda ularni ekspluatatsiya qiladigan tashkilotlar.

2. Yong‘in xavfsizligi bo‘limlari, Toshkent shahrida — yong‘in xavfsizligi boshqarmasi.

3. Davlat yo‘l h?rakati xavfsizligi xizmati hududiy organlari.

4. Hududiy arxitektura va shaharsozlik kengashlari.

Yer uchastkasida qurilishiga ruxsat berilgan yoki taqiqlangan obyektlarning turlarini kelishadi yoki kelishishni rad etadi.

3 ish kuni ichida*

So‘rov kelib tushgan kundan boshlab navbatdagi majlisda har bir yer uchastkasi bo‘yicha materiallarni ko‘rib chiqadi.

5 ish kuni ichida*


4-bosqich

1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmalari.

Bo‘sh turgan yer uchastkasi bo‘yicha xulosa beradi.

5 ish kuni ichida

2. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamenti Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar madaniy meros boshqarmalari.

Yer uchastkasini tanlash materiallarini kelishadi yoki kelishishni rad etadi.


5-bosqich

Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlaridan foydalanuvchi tashkilotlar

Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish uchun texnik shartlar ishlab chiqadi va qurilish organlariga yuboradi.

3 ish kuni ichida*


6-bosqich

Qurilish organlari

1. Arxitektura-rejalashtirish topshirig‘ini ishlab chiqadi va materiallarni elektron shaklda “YERELEKTRON” AATga kiritadi.

2. Yer uchastkasini tanlash materiallari avtomatik rejimda “YERELEKTRON” AAT orqali tuman (shahar) hokimligiga yuboriladi.

3 ish kuni ichida


7-bosqich

Tuman (shahar) hokimligi

1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Investitsiyalar
va tashqi savdo vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmalari bilan kelishilgan holda yer uchastkasiga investitsiya kiritish majburiyatlarini belgilaydi.

2. Investitsiya kiritish majburiyatlari to‘g‘risidagi shartnomasini elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlaydi.

5 ish kuni ichida

“Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi organlari

3. Yer uchastkasining boshlang‘ich narxini belgilaydi.

Yer uchastkasiga mulk va ijara huquqi auksionga chiqarish uchun qo‘shimcha qaror qabul qilinmasdan avtomatik ravishda yuboriladi.


III. Auksion o‘tkazishda savdo maydonchasi orqali elektron shaklda amalga oshiriladigan tartib-taomillari


8-bosqich

Operator

Savdo maydonchasida auksion o‘tkazilishi bo‘yicha xabarnoma joylashtiradi.

1 ish kuni ichida


9-bosqich

Jismoniy va yuridik shaxslar

1. Elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan elektron arizani yuboradi va zakalat kiritadi.

15 kun ichida

2. Auksionda ishtirok etadi.

Auksion o‘tkaziladigan kuni soat 9:00 dan 18:00 gacha, ayrim hollarda 21:00 gacha


10-bosqich

Auk�ion g‘olibi

1. Agar yer uchastkasining qiymati bazaviy hisoblash miqdorining besh ming barobaridan oshmasa to‘lov to‘liq amalga oshiriladi.

2. Agar yer uchastkasining qiymati bazaviy hisoblash miqdorining besh ming barobaridan oshsa:

5 ish kun ichida

a) auksion davomida belgilangan kiymatning ellik foizi miqdorida avans to‘lovini amalga oshiradi;

5 bank ish kuni ichida

b) qiymatning qolgan qismini to‘liq to‘laydi.

30 kalendar kun ichida


11-bosqich

Operator

1. QR-kodini qo‘llash orqali auksion natijalari to‘g‘risidagi elektron bayonnomani rasmiylashtiradi.

2. Bayonnomani g‘olibning shaxsiy kabinetiga “YERELEKTRON” AAT orqali tuman (shahar) hokimligi va tuman (shahar)dagi yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasining tegishli filialiga hamda tuman (shahar) hokimligiga yuboradi.

3. Auksion natijalari to‘g‘risida xabar e’lon qiladi.

4. Kelib tushgan pul mablag‘larini taqsimlaydi.

1 kun ichida


12-bosqich

“Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi organlari

Yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi va auksion g‘olibiga Davlat reyestridan elektron ko‘chirma yuboradi.

2 �sh kuni ichida


Tuman (shahar) hokimligi

Investitsiya majburiyatlarini bajarish uchun tarmoq jadvalini tayyorlaydi va uni auksion g‘olibiga beradi.

5 ish kuni ichida

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh. Ushbu muddatlar materiallarni kelishish muddatlariga kirmaydi.
(ilovaning matni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyundagi PF-6243-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.06.2021-y., 06/21/6243/0540-son — 2021-yil 1-avgustdan kuchga kiradi)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 20-dekabrdagi 1023-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“YERELEKTRON” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga ulanadigan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
RO‘YXATI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri va tumanlar (shaharlar) hokimliklari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi va uning hududiy bo‘linmalari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi va uning hududiy bo‘linmalari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi va uning hududiy bo‘linmalari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi va uning hududiy bo‘linmalari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va uning hududiy bo‘linmalari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Davlat aktivlarini boshqarish agentligi qoshidagi “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” DUK.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy ishlab chiqarish bosh boshqarmasining hududlararo (hududiy) davlat inspeksiyalari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar va tumanlar (shaharlar) prokuraturalari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar, Toshkent shahar adliya boshqarmalari va tumanlar (shaharlar) adliya bo‘limlari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi, uning hududiy boshqarmalari va davlat xizmatlari markazlari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va uning hududiy bo‘linmalari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-iyuldagi 433-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.07.2020-y., 09/20/433/1140-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlariga asosan “YERELEKTRON” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga ulanishi belgilangan boshqa tashkilotlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Eslatma. Davlat organlari tizimga elektron hukumatning idoralararo ma’lumotlar uzatish tarmog‘i orqali belgilangan tartibda ulanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 20-dekabrdagi 1023-son qaroriga
3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etilayotgan ayrim qarorlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
RO‘YXATI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini doimiy foydalanishga berishning zamonaviy va shaffof mexanizmlarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 30-iyundagi 493-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2018-y., 6-son, 158-modda).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi investitsiya dasturini shakllantirish va amalga oshirishning sifat jihatidan yangi tizimiga o‘tish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 14-maydagi PF-5717-son Farmoni)” 2019-yil 9-avgustdagi 653-son qaroriga ilovaning 1-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Vazirlar Mahkamasining “Yer uchastkalari berish va yakka tartibdagi uy-joy qurish uchun yer uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini realizatsiya qilishning zamonaviy va shaffof mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 28-yanvardagi 63-son qarorining 3-bandi va qarorga 3-ilova.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamenti faoliyatini tashkil etish hamda moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanishga oid ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 2019-yil 30-martdagi 265-son qaroriga 13-ilovaning 9-bandi.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2019-y., 09/19/1023/4182-son; 10.07.2020-y., 09/20/433/1140-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.06.2021-y., 06/21/6243/0540-son, 30.12.2021-y., 07/21/73/1227-son)