Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.12.2025 19.12.2019 yildagi 1017-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.12.2025
Hujjat 23.06.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ommaviy axborot va kommunikatsiyalar sohasida davlat xizmatlari koʻrsatishning ayrim maʼmuriy reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini taʼminlash hamda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 27-iyundagi PQ-4366-son qaroriga muvofiq hamda ommaviy axborot va kommunikatsiyalar sohasida davlat xizmatlari koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ommaviy axborot vositalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 1-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-iyundagi 401-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2020-y., 09/20/401/0798-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-iyundagi 401-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2020-y., 09/20/401/0798-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Belgilansinki, ushbu qaror bilan tasdiqlangan maʼmuriy reglamentlarga muvofiq koʻrsatiladigan davlat xizmatlaridan foydalanish uchun yuridik va jismoniy shaxslar faqat davlat xizmatlari markazlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda YIDXP deb ataladi) orqali murojaat qiladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi oʻn kun muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat xizmatlari koʻrsatish uchun zarur hujjatlar va boshqa hujjatlarning namunaviy shakllari, blankalari ishlab chiqilishini hamda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi bilan kelishgan holda tasdiqlanishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi “Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” DUK hududiy boʻlinmalarning YIDXPga ulanishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi bilan birgalikda Davlat xizmatlari markazlarining xodimlari ishtirokida ushbu qaror bilan tasdiqlangan maʼmuriy reglamentlarni amalda qoʻllashning samaradorligi va amalda qoʻllanilishi natijadorligi darajasini oshirishga yoʻnaltirilgan oʻquv seminarlari tashkil etilishi va oʻtkazilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi “Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” DUK oʻn kun muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mazkur qaror bilan tasdiqlangan davlat xizmatlari koʻrsatish boʻyicha maʼmuriy reglamentlarga muvofiq davlat xizmatlarining YIDXP orqali joriy etilishini taʼminlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
YIDXPda davlat xizmatlari koʻrsatishning har bir bosqichida murojaatlarning koʻrib chiqilishini kuzatib borish tartibini joriy etsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan davlat xizmatlari koʻrsatishning belgilangan tartibiga rioya etilishi yuzasidan ularning faoliyati ustidan, shu jumladan, YIDXP orqali doimiy nazorat oʻrnatsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu qaror bilan tasdiqlangan davlat xizmatlari koʻrsatish boʻyicha maʼmuriy reglamentlarning talablarini buzganlik uchun davlat organlari va boshqa tashkilotlar mansabdor shaxslariga nisbatan belgilangan tartibda maʼmuriy jazolarni qoʻllasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlari 4-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri R.Q. Davletov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori vazifasini bajaruvchi K.I. Allamjonov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2019-yil 19-dekabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1017-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1017-son qaroriga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ommaviy axborot vositalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maʼmuriy reglamenti
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mazkur Reglament yuridik va jismoniy shaxslarga (keyingi oʻrinlarda ariza beruvchilar deb ataladi) ommaviy axborot vositalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmati (keyingi oʻrinlarda davlat xizmati deb ataladi) koʻrsatish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim boʻlgan ommaviy axborot vositalariga quyidagilar kiradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davriy bosma nashrlar (gazetalar, jurnallar, axborotnomalar, byulletenlar, almanaxlar va boshqalar);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tele-, radio-, video-, kinoxronikal dasturlar, axborot agentliklari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahsulotlari Internet jahon tarmogʻi orqali tarqatiladigan ommaviy axborot vositalari (gazetalar, jurnallar, axborotnomalar, byulletenlar, almanaxlar, tele-, radio-, video-, kinoxronikal dasturlar);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
asosan bolalar, oʻsmirlar, nogironlar uchun moʻljallangan, shuningdek, taʼlim va madaniy-maʼrifiy yoʻnalishdagi ommaviy axborot vositalari (gazetalar, jurnallar, axborotnomalar, byulletenlar, almanaxlar, tele-, radio-, video-, kinoxronikal dasturlar va boshqalar);
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
reklama xususiyatiga ega boʻlgan ommaviy axborot vositalari (reklama tarqatishga ixtisoslashgan gazetalar, jurnallar, bukletlar, tele-, radio-, video-, kinoxronikal dasturlar va boshqalar);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ommaviy axborot vositalarining boshqa turlari (elektron tarzda tarqatiladigan ommaviy axborot vositalari mahsulotlari va boshqalar).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Reklama xususiyatiga ega boʻlgan ommaviy axborot vositasi deyilganda davriy bosma nashr alohida soni hajmining 40 foizidan, tele-, radio dasturlarda eshittirish va koʻrsatuv har bir soatining 10 foizidan koʻprogʻini reklama xabarlari tashkil qiladigan ommaviy axborot vositasi tushuniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Quyidagilarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish talab qilinmaydi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan faqat ularning rasmiy xabarlari va faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan boshqa materiallarini eʼlon qilish uchun taʼsis etiladigan ommaviy axborot vositalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
korxona, muassasa, tashkilot (shu jumladan oʻquv va ilmiy muassasa)ning oʻz ehtiyojlarini qondirish uchun tiraji yuz nusxagacha boʻlgan davriy bosma nashrlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tarqatilishi bir korxona, muassasa, tashkilot (shu jumladan oʻquv va ilmiy muassasa)ning binosi va (yoki) hududi bilan cheklangan kabel tarmoqlar orqali uzatiladigan tele-, radio-, video-, kinoxronikal dasturlar, audiovizual xabarlar va materiallar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Davlat xizmati Davlat xizmatlari markazlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda YIDXP deb ataladi) orqali Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi va uning hududiy boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda vakolatli organ deb ataladi) tomonidan koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Davlat xizmatini koʻrsatishda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
asosiy qismi Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida, uning tashqarisida, ikki yoki undan koʻp viloyatlar (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri) hududlarida tarqatish uchun moʻljallangan davriy bosma nashrlarni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Axborot faoliyati va maʼlumotlar uzatishni takomillashtirish va samaradorligini oshirish boʻyicha idoralararo muvofiqlashtiruvchi komissiyaning qaroriga muvofiq — tele-, radiodasturlarni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
axborot agentliklarini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahsulotlari Internet jahon axborot tarmogʻidagi veb-saytlar orqali elektron tarzda tarqatiladigan boshqa ommaviy axborot vositalari turlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar axborot va ommaviy kommunikatsiyalar hududiy boshqarmalari asosiy qismi bitta viloyat (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri) hududida tarqatish uchun moʻljallangan davriy bosma nashrlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Davlat xizmatlari markazlari va vakolatli organ oʻrtasidagi axborot almashinuvi elektron raqamli imzoni (keyingi oʻrinlarda ERI deb ataladi) majburiy tartibda qoʻllash orqali faqat idoralararo oʻzaro elektron bogʻlanish yordamida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Davlat xizmati koʻrsatish mazkur Reglamentning 1-ilovasiga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II bob. Davlat xizmati koʻrsatish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanish uchun davlat xizmatlari markazlariga oʻzi kelib murojaat etadi yoki davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun YIDXPda roʻyxatdan oʻtadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Ariza beruvchi oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda, davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa mustaqil tarzda ushbu Reglamentning 2-ilovasiga muvofiq shakldagi soʻrovnomani elektron ravishda toʻldiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soʻrovnomaga ommaviy axborot vositasi (shu jumladan, Internet jahon tarmogʻidagi veb-sayt) tahririyati yuridik shaxs boʻlmagan hollarda tahririyat toʻgʻrisidagi nizomning nusxasi hamda muassis ikkita boʻlgan taqdirda taʼsis shartnomasi ilova qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ariza beruvchi uchinchi shaxs boʻlgan taqdirda, tegishli tartibda berilgan ishonchnomaning elektron nusxasi soʻrovnomaga ilova qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Ariza beruvchi zarur maʼlumotlarni rasmiylashtirgandan va soʻrovnomaga kiritgandan soʻng uni oʻz ERI bilan tasdiqlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda soʻrovnomani ERI bilan tasdiqlash imkoniyati boʻlmagan hollarda tegishli imzolar identifikatsiya qilishning boshqa vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo va boshqalar) bilan ham tasdiqlanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Davlat xizmati koʻrsatilgani uchun yigʻim undirilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Soʻrovnomada notoʻgʻri maʼlumotlarning koʻrsatilishi davlat xizmati koʻrsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat xizmatlari koʻrsatishni boshqa asoslar boʻyicha rad etish taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Ariza beruvchilar davlat xizmatidan foydalanishdan uni koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda uning soʻrovnomasi koʻrib chiqilmasdan qoldiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Ariza beruvchi davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat etganda, uning soʻrovnomasi davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan toʻldirilib, ariza beruvchining imzosi bilan tasdiqlangandan soʻng 10 daqiqa mobaynida vakolatli organga elektron shaklda yuboriladi. YIDXP orqali murojaat qilinganda esa soʻrovnoma avtomatik tarzda vakolatli organga yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Vakolatli organ 15 kun mobaynida QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan ommaviy axborot vositasini davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi yoki davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Ommaviy axborot vositalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va qayta roʻyxatdan oʻtkazish “Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan hollarda rad etilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ommaviy axborot vositasini davlat roʻyxatdan oʻtkazishni boshqa asoslarga koʻra rad etish taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Davlat roʻyxatidan oʻtkazishda vakolatli organ Davlat xizmatlari markazlariga (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki ariza beruvchiga YIDXP orqali (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) davlat boji miqdori va uni toʻlash muddatini koʻrsatgan holda elektron tarzda xabarnoma hamda ommaviy axborot vositasini davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi qarorini yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Ariza beruvchi xabarnoma va ommaviy axborot vositasini davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisida qarorni olgan paytdan boshlab 3 ish kuni mobaynida xabarnomada belgilangan miqdorda, mazkur Reglamentning 3-ilovasiga muvofiq davlat bojini toʻlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat xizmatini olish uchun YIDXP orqali murojaat etilganda davlat boji summasining 90 foizi undiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat xizmati uchun davlat boji undirilganligini tasdiqlash axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Davlat boji summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) Davlat xizmatlari markazlari orqali murojaat etganda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisob raqamiga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
80 foizi — vakolatli organning hisob raqamiga oʻtkaziladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) YIDXP orqali murojaat etilganda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisob raqamiga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11,25 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi “Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” DUKning maxsus hisob raqamiga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qolgan mablagʻlar — vakolatli organning hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ommaviy axborot vositalari qayta roʻyxatdan oʻtkazilganligi uchun davlat roʻyxatidan oʻtkazishda nazarda tutilgan davlat boji summasining 50 foizi miqdorida davlat boji undiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Toʻlov amalga oshirilganidan soʻng, vakolatli organ QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan ommaviy axborot vositasining davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida guvohnomani 10 daqiqa mobaynida Davlat xizmatlari markaziga (oʻzi murojaat etganda) yoki YIDXP orqali (elektron tarzda murojaat etganda) ariza beruvchiga yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Ommaviy axborot vositalarining davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida guvohnoma muddatsiz beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Ommaviy axborot vositasini davlat roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingan taqdirda, vakolatli organ QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan rad etish sabablarini, qonun hujjatlarining aniq normalarini koʻrsatgan holda tegishli bildirishnoma rasmiylashtiradi hamda uni tegishli davlat xizmatlari markaziga (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki ariza beruvchiga (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) YIDXP orqali elektron ravishda yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat xizmatlari markazi bildirishnoma kelib tushgan kuni uni ariza beruvchiga (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) uning elektron manziliga yuboradi va bu haqida ariza beruvchini axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Davlat xizmatlari markazi belgilangan toʻlov amalga oshirilganidan soʻng guvohnomani tizimdan avtomatik ravishda qogʻoz shaklida chop etish imkoniyati mavjud boʻladi va 10 daqiqa ichida uni ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi va bu haqida ariza beruvchini axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi. Bunda, davlat xizmatlari markazi ariza beruvchiga oʻzi kelib murojaat qilganda uning soʻroviga asosan guvohnomani elektron koʻrinishda yoki qogʻoz shaklida ariza beruvchiga beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Elektron tarzda murojaat etgan taqdirda, guvohnoma ariza beruvchiga toʻlov amalga oshirilganidan soʻng YIDXP orqali elektron shaklda yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Ommaviy axborot vositalarini qayta roʻyxatdan oʻtkazish ommaviy axborot vositasi taʼsis hujjatlariga, shuningdek muassis toʻgʻrisidagi maʼlumotlar va hujjatlarga, tarqatish hududiga, nomiga, tiliga, turiga, maqsad va vazifalariga hamda ommaviy axborot vositasi ixtisoslashuviga oʻzgartirish kiritilganidan keyin bir hafta muddatda ariza beruvchi davlat xizmatlari markaziga yoki YIDXP orqali guvohnomani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida tegishli soʻrovnomani toʻldirishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Muassis yoki tahririyat ommaviy axborot vositasining davriyligi, hajmi, tahririyat manziliga oʻzgartirish kiritgan taqdirda, bir oy muddatda vakolatli organni yozma ravishda xabardor qilishlari lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Guvohnomani qayta rasmiylashtirish vakolatli organ tomonidan oʻn kun mobaynida ushbu Reglamentga asosan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III bob. Davlat reyestri
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Vakolatli organ davlat reyestrini yuritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat reyestrida quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
roʻyxatga olingan ommaviy axborot vositasining nomi, tili, chiqa boshlagan davri, davriyligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ariza beruvchining nomi, uning tashkiliy-huquqiy shakli, manzili, telefoni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
guvohnomaning berilgan sanasi va tartib raqami;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ommaviy axborot vositalarining ixtisoslashuvi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
guvohnomani qayta rasmiylashtirish, uni toʻxtatib turish va amal qilishini tiklashning asoslari va sanasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisidagi ochiq maʼlumotlar vakolatli organning rasmiy veb-saytida yuridik shaxslar va fuqarolarning tanishishi uchun joylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV bob. Yakunlovchi qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Davlat xizmatlari markazlari va vakolatli organ oʻz faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan maxfiy maʼlumotlarning sir saqlanishini taʼminlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi, uning hududiy boshqarmalari va davlat xizmatlari markazlari ushbu Reglament talablari ijrosi boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyati yuzasidan doimiy nazoratni va monitoringni amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Ariza beruvchilar davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishlari mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Mazkur Reglament talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ommaviy axborot vositalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ommaviy axborot vositalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Ariza beruvchi

1. Ommaviy axborot vositalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazishuchun Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat qilish.

1. Xohishiga koʻra

2. YIDXPda roʻyxatdan oʻtish.

2. Murojaat qilinganda

2-bosqich

1. Davlat xizmatlari markazi

Soʻrovnomani vakolatli organga yuborish.

1. 10 daqiqa mobaynida

2. YIDXP

2. Avtomatik tarzda

3-bosqich

Vakolatli organ

1. Ariza beruvchigadavlat roʻyxatidan oʻtkazish yoki roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish haqida qaror qabul qilish.

1. 15 kun mobaynida

2. Vakolatli organ Davlat xizmati markazlariga (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) YIDXP orqali roʻyxatdan oʻtkazish uchun davlat boji miqdori va uni toʻlash muddatini koʻrsatgan holda elektron tarzda xabarnomani yuborish.

2. 3 ish kuni mobaynida

4-bosqich

Davlat xizmatlari markazi

Xabarnomani ariza beruvchining elektron manziliga yuborish
va bu haqida ariza beruvchini axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qilish.

Qaror qabul qilingandan soʻng

5-bosqich

Ariza beruvchi

Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan miqdorida davlat boji toʻlovini amalga oshirish.

3 ish kuni mobaynida

6-bosqich

Vakolatli organ

Davlat boji toʻlanganidan soʻng guvohnomani vakolatli organ, Davlat xizmatlari markaziga (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki ariza beruvchiga (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) YIDXP orqali elektron shaklda yuborish.

10 daqiqa mobaynida

7-bosqich

Davlat xizmatlari markazi

Davlat xizmatlari markazi guvohnomani ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi va bu haqida ariza beruvchini axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi.

Guvohnoma tushgan kuni

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ommaviy axborot vositalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

‎‎_____________________
(sana)

‎‎_______________________
(raqam)

‎‎‎‎Ommaviy axborot vositalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlaridan foydalanish uchun SOʻROVNOMA

‎‎I. Ariza beruvchi (Muassis) — jismoniy shaxs toʻgʻrisida maʼlumot:
‎‎1. F. I. O.: ‎‎
‎‎2. Pasport maʼlumotlari (seriya va raqam): ‎‎
‎‎3. STIR: ‎‎
‎‎4. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSH SHIR) (mavjud boʻlganda): ‎‎
‎‎5. yashash manzili:
‎‎6. telefon raqami:
‎‎7. elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa):
‎‎8. Murojaatning maqsadi: Yangi guvohnoma olish‎‎
‎‎ Guvohnomani qayta rasmiylashtirish

‎‎8. Ariza beruvchi uchinchi shaxs boʻlgan taqdirda, uning F. I. O., pasport maʼlumotlari va tegishli tartibda berilgan ishonchnoma mavjudligi:

‎‎

‎‎‎II. Ariza beruvchi (Muassis) — yuridik shaxs toʻgʻrisida maʼlumot:
‎‎1. Yuridik shaxsning nomi: ‎‎
‎‎2. Yuridik shaxsning tashkiliy-huquqiy shakli: ‎‎
‎‎3. STIR: ‎‎
‎‎4. faoliyatini amalga oshirish joyi: ‎‎
‎‎5. pochta manzili: ‎‎
‎‎6. elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa): ‎‎
‎‎7. telefon raqami: ‎‎
‎‎8. ommaviy axborot vositasi turi: ‎‎
‎‎9. Murojaatning maqsadi: ‎‎ Yangi guvohnomani olish
Guvohnomani qayta rasmiylashtirish‎‎
‎‎
‎III. Ommaviy axborot vositasi toʻgʻrisida maʼlumot:

‎‎1. Ommaviy axborot vositasining nomi, tili va turi:

‎‎
‎‎2. Tarqatish shakli: ‎‎

‎‎3. Muassis(muassislar)i:

‎‎
4. Ixtisoslashuvi: ‎‎

‎‎5. Maqsad va vazifalari:

‎‎

‎‎6. Tarqatilish hududi (veb-sayt ommaviy axborot vositasiga tatbiq etilmaydi):

‎‎
‎‎7. Davriyligi: ‎‎

‎8. Tahririyatning joylashgan joyi (pochta manzili) va tahririyat toʻgʻrisidagi boshqa maʼlumotlar:

‎‎

‎‎9. Hajmi (veb-sayt ommaviy axborot vositasiga tatbiq etilmaydi):

‎‎

‎‎10. Muassis va tahririyat boshqa qaysi ommaviy axborot vositalariga nisbatan muassis, ishonchli boshqaruvchi, noshir, tarqatuvchi ekanligi haqidagi (barcha affillangan shaxslarning va ulardan har birining tahririyat ustav fondidagi ulushi miqdorlari koʻrsatilgan) maʼlumotlar:‎

‎‎

‎‎11. Veb-saytning domen nomi (veb-sayt ommaviy axborot vositasi uchun):

‎‎

‎‎12. Ariza beruvchi uchinchi shaxs boʻlgan taqdirda, uning F.I.O., pasport maʼlumotlari va tegishli tartibda berilgan ishonchnoma mavjudligi:

‎‎


‎Ariza beruvchining imzosi‎‎

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ommaviy axborot vositalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ommaviy axborot vositalari davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi uchun davlat boji
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
stavkalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Ommaviy axborot vositasi turi

Davlat boji miqdori

Davriy bosma nashrlar (gazetalar, jurnallar, axborotnomalar, byulletenlar, almanaxlar va boshqalar)

12,5 baravar bazaviy hisoblash miqdorida

Tele-, radio-, video-, kinoxronikal dasturlar, axborot agentliklari

15 baravar bazaviy hisoblash miqdorida

Mahsulotlari Internet global tarmogʻi orqali tarqatiladigan ommaviy axborot vositalari (gazetalar, jurnallar, axborotnomalar, byulletenlar, almanaxlar, tele-, radio-, video-, kinoxronikal dasturlar va boshqalar)

50 foizi bazaviy hisoblash miqdorida

Asosan bolalar, oʻsmirlar, nogironlar uchun moʻljallangan, shuningdek taʼlim va madaniy-maʼrifiy yoʻnalishdagi ommaviy axborot vositalari (gazetalar, jurnallar, axborotnomalar, byulletenlar, almanaxlar, tele-, radio-, video-, kinoxronikal dasturlar va boshqalar)

2,5 baravar bazaviy hisoblash miqdorida

Reklama xususiyatiga ega boʻlgan ommaviy axborot vositalari (reklamaga ixtisoslashgan gazetalar, jurnallar, bukletlar, tele-, radio-, video-, kinoxronikal dasturlar va boshqalar)

25 baravar bazaviy hisoblash miqdorida

Ommaviy axborot vositalarining boshqa turlari (elektron tarzda tarqatiladigan ommaviy axborot vositalari mahsulotlari va boshqalar)

12,5 baravar bazaviy hisoblash miqdorida

Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-iyundagi 401-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2020-y., 09/20/401/0798-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-iyundagi 401-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2020-y., 09/20/401/0798-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1017-son qaroriga
4-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan qarorlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ROʻYXATI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Vazirlar Mahkamasining “Matbaa korxonalarini roʻyxatga olish va hisobga qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqidagi” 2002-yil 27-dekabrdagi 454-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT toʻplami, 2002-y., 24-son, 199-modda).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Vazirlar Mahkamasining “Noshirlik faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2004-yil 11-iyundagi 275-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 6-son, 57-modda).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash hamda baʼzilariga oʻzgartirilar kiritish toʻgʻrisida” 2005-yil 22-fevraldagi 73-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 2-son, 13-modda) 2-ilovasining 32-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2006-yil 11-oktabrdagi 214-son qarori ‎‎(Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 10-son, 76-modda).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida (“Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida” 2007-yil 2-apreldagi 68-son Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 15-yanvardagi OʻRQ-78-son Qonuni)” qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 4-son, 16-modda)‎‎.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2009-yil 27-fevraldagi PQ-1062-son qarori)” 2009-yil 11-martdagi 63-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 3-son, 20-modda) 1-ilovaning 21-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2011-yil 24-avgustdagi PF-4354-son Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish va tadbirkorlik faoliyati erkinligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2011-yil 25-avgustdagi PQ-1604-son qarori)” 2011-yil 2-noyabrdagi 294-son qaroriga ilovaning 21-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 11-son, 85-modda).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida” 2011-yil 7-sentabrdagi OʻRQ-292-son Qonuni)” 2012-yil 1-fevraldagi 26-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 2-son, 5-modda) ilovasining 30-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Statistik, soliq va moliyaviy hisobotlarni, litsenziyalanadigan faoliyat turlarini va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan qisqartirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 16-iyuldagi PF-4453-son Farmoni)” 2012-yil 1-noyabrdagi 313-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 11-son, 79-modda) 1-ilovaning 29, 65, 83-bandlari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish va davlat xizmatlarini koʻrsatish bilan bogʻliq tartibotlarni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2014-yil 15-apreldagi PQ-2164-son qarori)” 2014-yil 17-iyuldagi 196-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 7-son, 73-modda) 1-ilovaning 9-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2014-yil 11-dekabrdagi OʻRQ-381-son Qonuni)” 2015-yil 16-apreldagi 93-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 4-son, 29-modda) ilovaning 1-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2013-yil 26-dekabrdagi OʻRQ-360-son hamda “Soliq va budjet siyosatining 2016-yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2015-yil 31-dekabrdagi OʻRQ-398-son qonunlari)” 2016-yil 26-apreldagi 122-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 4-son, 28-modda) 1-ilovaning 48-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 18-apreldagi OʻRQ-429-son Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini yanada qisqartirish va soddalashtirish, shuningdek, biznes yuritish shart-sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 11-apreldagi PF-5409-son Farmoni)” 2018-yil 29-oktabrdagi 884-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 10-son, 274-modda) ilovaning 15-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Idoralararo kollegial organlarni tubdan qisqartirish va yanada optimallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 28-avgustdagi PF-5527-son Farmoni)” 2019-yil 23-fevraldagi 161-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2019-y., 2-son, 24-modda) 1-ilovaning 6-bandi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1017/4180-son; 23.06.2020-y., 09/20/401/0798-son, Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son, 22.02.2022-y., 09/22/86/0160-son)