17.12.2019 yildagi 1007-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 18.12.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent shahridagi Yodju texnika instituti faoliyatini tashkil etishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublika iqtisodiyot tarmoqlari uchun arxitektura va shaharsozlik, qurilish, muqobil energiya, turizm va biznes sohalarida xalqaro talablar va standartlarga muvofiq yuqori malakali kadrlar tayyorlash, oliy taʼlim sohasida davlat-xususiy sheriklik munosabatlarini yanada kuchaytirish, xorijiy davlatlarning yetakchi oliy taʼlim muassasalari bilan uzoq muddatli munosabatlarni rivojlantirish hamda Toshkent shahridagi Yodju texnika instituti faoliyatini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) “Global education school” nodavlat taʼlim muassasasi hamda “YUKET LLC” masʼuliyati cheklangan jamiyati (Koreya Respublikasi) (keyingi oʻrinlarda Muassis deb ataladi) hamkorligida tashkil etilgan “Toshkent shahridagi Yodju texnika instituti” masʼuliyati cheklangan jamiyati shaklidagi qoʻshma korxonasi (keyingi oʻrinlarda Institut deb ataladi) oʻz faoliyatini Vazirlar Mahkamasining “Nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatish sohasidagi faoliyatini litsenziyalash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2018-yil 27-martdagi 241-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan berilgan litsenziya asosida 2018-yilning sentabr oyidan boshlaganligi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) Muassislar tomonidan Institutning asosiy vazifalari etib:
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mehnat bozorining ehtiyojlarini inobatga olgan holda, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish istiqbollariga, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarga muvofiq, arxitektura va shaharsozlik, qurilish, muqobil energiya, turizm va biznes sohalarida hamda talab yuqori boʻlgan boshqa yoʻnalishlar boʻyicha oliy malakali kadrlar tayyorlash;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kadrlar tayyorlashda arxitektura va shaharsozlik, qurilish, muqobil energiya, turizm va biznes sohalari boʻyicha faoliyat olib borayotgan tashkilotlarda talabalar amaliyotini muntazam tashkil etish;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil etishda xorijiy tajribani, zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, oʻquv jarayoniga malakali xorijiy, xorijda tahsil olgan va malaka oshirgan mahalliy mutaxassislarni jalb etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ilmiy izlanishlarga ehtiyojni inobatga olgan holda arxitektura va shaharsozlik, qurilish, muqobil energiya, turizm va biznes sohalarida hamda talab yuqori boʻlgan boshqa yoʻnalishlar boʻyicha innovatsion va ilmiy-tadqiqot faoliyatini olib borish;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
arxitektura va shaharsozlik, qurilish, muqobil energiya, turizm va biznes sohalarida ilmiy-tadqiqot va taʼlim muassasalari, tashkilotlar bilan mustahkam hamkorlik aloqalarini oʻrnatish, integratsiyani kuchaytirib borish belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Belgilansinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Institut masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi nodavlat oliy taʼlim tashkiloti hisoblanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Institut rektori muassislar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Institutning tuzilmasi muassislar tomonidan tasdiqlanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Institut taʼlim faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining taʼlim toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablarini inobatga olib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan kelishgan holda Yodju texnologiya institutining (Koreya Respublikasi) oʻquv rejalari va dasturlari asosida oʻzbek, rus va ingliz tillarida amalga oshiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Institut bitiruvchilariga Oʻzbekiston Respublikasida oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjat sifatida eʼtirof etiladigan belgilangan namunadagi diplom beriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Institutga talabalar qabuli umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar maʼlumotga ega abituriyentlar oʻrtasida kirish imtihonlarini Yodju texnologiya instituti (Koreya Respublikasi) tomonidan (yoki ishtirokida) oʻtkazish orqali amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
abituriyentlarni qabul qilish parametrlari va tartibi, bitiruvchilarning yakuniy attestatsiyasi tartibi va shartlari Institut tomonidan Yodju texnologiya instituti (Koreya Respublikasi) bilan kelishilgan holda belgilanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Institutda oʻqish toʻlov-kontrakt asosida, kunduzgi, sirtqi va kechki shaklda amalga oshiriladi, talabalar oʻqishi uchun toʻlov-kontrakt mablagʻlari miqdori muassislar tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Muassisning har yili ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning qobiliyatli, iqtidorli hamda oʻzlashtirish koʻrsatkichlari yuqori boʻlgan farzandlari orasidan tanlov asosida bepul (Institut granti asosida) 10 nafardan kam boʻlmagan abituriyentlarni oʻqishga qabul qilish majburiyatlarni oʻz zimmasiga olishi toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Belgilab qoʻyilsinki, Institutning bino va inshootlarini rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash, uni oʻquv va laboratoriya jihozlari, mebel, kompyuter texnikasi, oʻquv va uslubiy adabiyotlar, shuningdek, boshqa moddiy-texnik jihozlar bilan taʼminlash quyidagi manbalar hisobiga amalga oshiriladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Institut muassislari mablagʻlari;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishdan tushadigan mablagʻlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xoʻjalik faoliyatidan va shartnoma asosida xizmatlar koʻrsatishdan tushadigan tushumlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqaro moliya tashkilotlarining grantlari, shuningdek, xorijiy hamkorlarning mablagʻlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Institutga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Yodju texnologiya instituti (Koreya Respublikasi) bilan kelishilgan holda, mehnat bozori talablari va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish istiqbollaridan kelib chiqib, kelgusida yangi bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklarini ochish huquqi berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Institut buyurtmanomalariga binoan mazkur qarorni amalga oshirish doirasida jalb qilinadigan xorijiy professor-oʻqituvchilar tarkibi va maʼmuriy xodimlar hamda ularning oila aʼzolari uchun kirish vizalari konsullik hamda boshqa yigʻimlar undirilmasdan, belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Institut buyurtmanomalariga binoan mazkur qarorni amalga oshirish doirasida jalb qilinadigan xorijiy professor-oʻqituvchilar tarkibi va maʼmuriy xodimlar hamda ularning oila aʼzolari uchun davlat boji undirilmasdan, belgilangan tartibda koʻp martalik vizalar berilishi va uzaytirilishini, shuningdek, ularning yashash manzillari boʻyicha vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazilishi hamda uning muddati uzaytirilishini taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari A.A. Abduxakimov, Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri I.U. Madjidov hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻi U.N. Tashkenbayev zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2019-yil 17-dekabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1007-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.12.2019-y., 09/19/1007/4166-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 12.07.2024-y., 09/24/415/0501-son)