O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 15-sentabrdagi PQ-3276-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan yuridik shaxslar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etilayotgan ta’lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish, mazkur faoliyatni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish hamda nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash tartibini soddalashtirish orqali litsenziya da’vogarlariga qulay imkoniyatlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Belgilab qo‘yilsinki, 2018-yil 1-apreldan boshlab nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi faoliyat O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan litsenziyalanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son)
3. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi va Xalq ta’limi vazirligi har bir tuman (shahar) maktabgacha va xalq ta’limi bo‘limlaridan malakali mutaxassislarni nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalashda ekspertiza xulosalarini tayyorlash va litsenziya da’vogariga taqdim etish jarayoniga jalb etish choralarini ko‘rsinlar.
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi o‘n besh kun muddatda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi hamda boshqa vazirliklar va idoralar bilan birgalikda nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatishga litsenziya da’vogarlarining arizalarini davlat xizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qabul qilish va ko‘rib chiqish tizimini ishlab chiqib amaliyotga joriy etsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari 2018-yil 1-apreldan boshlab o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
6. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Q.V. Akmalov va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘i U.N. Tashkenbayev zimmasiga yuklansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son)
1. Vazirlar Mahkamasining “Nodavlat ta’lim muassasalari faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2004-yil 1-martdagi 100-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2004-y., 9-son, 107-modda).
2. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-son qaroriga ilovaning 42-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2006-y., 20-21-son, 181-modda).
3. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-son qaroriga ilovaning 24-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda).
4. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-son qaroriga 1-ilovaning 57-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda).
5. Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 14-iyundagi 169-son qaroriga 4-ilovaning 2-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2013-y., 25-son, 324-modda).