21.11.2019 yildagi 940-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maqom san’atiga ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarni tashkil etish to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maqom san’atining ko‘p asrlik ijro yo‘llarini puxta o‘zlashtirish, ularni yosh avlod vakillariga o‘rgatish, shuningdek, maqom san’ati bo‘yicha malakali mutaxassislar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, Farg‘ona viloyati hokimligi, Buxoro viloyati hokimligi, Xorazm viloyati hokimligining:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2020/2021 o‘quv yilidan boshlab Toshkent shahrida Respublika maqom san’atiga ixtisoslashtirilgan maktab-internatni, Farg‘ona viloyatidagi 1-son, Xorazm viloyatidagi 11-son bolalar musiqa va san’at maktablari, Buxoro viloyatidagi ixtisoslashtirilgan madaniyat maktab-internati negizida tegishlicha maqom san’atiga ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarni (keyingi o‘rinlarda maqom maktab-internati deb ataladi) tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent shahrida Respublika maqom san’atiga ixtisoslashtirilgan maktab-internat uchun 200 o‘rinli 2 ta o‘quv binosi, 300 o‘rinli konsert zali, 200 o‘rinli yotoqxona va oshxona binosini (keyingi o‘rinlarda bino va inshootlar deb ataladi) hamda Farg‘ona va Xorazm viloyatlaridagi maqom maktab-internatlari uchun har birida 150 o‘rinli yotoqxona va oshxona, qo‘shimcha 200 o‘rinli o‘quv binolarini qurish, shuningdek, Buxoro viloyatidagi ixtisoslashtirilgan madaniyat maktab-internatini rekonstruksiya qilish to‘g‘risida takliflari ma’qullansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilar maqom maktab-internatlarining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
o‘quvchilarni maqom ijrochiligi yo‘nalishida o‘qitishning zamonaviy ilg‘or pedagogik usullaridan keng foydalanish, o‘quv jarayoniga yangi axborot-pedagogik texnologiyalarni tatbiq etish;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
o‘quvchilarning yuqori darajada sifatli bilimlar olishini ta’minlaydigan davlat ta’lim talablari doirasida ixtisoslashtirilgan o‘quv dasturlarini amalga oshirish;
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maqom san’ati bo‘yicha bilim va tushunchalar, tarixiy va milliy an’analarni puxta egallagan yosh kadrlarni tayyorlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik va innovatsion texnologiyalarni, madaniyat va san’at sohasida ilm-fan bo‘yicha erishilgan ilg‘or yutuqlarni tatbiq etish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Ixtisoslashtirilgan maqom maktab-internatlarining faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Belgilab qo‘yilsinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maqom maktab-internatlari O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tizimidagi davlat ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi g‘aznachilik bo‘linmasida shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi yozilgan muhrga, shtampga, blankalarga ega bo‘ladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2020/2021 o‘quv yilida maqom maktab-internatlarining 5, 6 va 7-sinflariga, 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab esa — 5-sinfiga 30 nafardan o‘quvchilar tanlov asosida qabul qilinadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziriga maqom maktab-internatlarining moddiy-texnika bazasi, pedagog kadrlarning salohiyati va ehtiyojidan kelib chiqqan holda keyingi yillarda o‘quvchilarni qabul qilish kvotalariga o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) 2020-yil 1-mayga qadar maqom maktab-internatlarini jihozlash uchun mebel, kompyuter texnikasi, ovoz yozish studiyasi, o‘quv-laboratoriya, asbob-uskunalar va sport anjomlarining texnik parametrlarini ishlab chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) 2020-yil 1-iyulga qadar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maqom maktab-internatlarining ustavlarini tasdiqlash va ularning belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maqom maktab-internatlarining samarali faoliyat ko‘rsatishini hamda ularni malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maqom maktab-internatlarini darsliklar, o‘quv-metodik qo‘llanmalar va badiiy adabiyotlar bilan ta’minlash choralarini ko‘rsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Toshkent shahar hokimligi, Farg‘ona viloyati hokimligi, Buxoro viloyati hokimligi va Xorazm viloyati hokimligi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Madaniyat vazirligi bilan kelishgan holda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir oy muddatda maqom maktab-internatlariga bino va inshootlar qurilishi uchun belgilangan tartibda yer uchastkalari ajratilishini ta’minlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2020-yil 1-avgustga qadar maqom maktab-internatlari bino va inshootlarini foydalanishga topshirish choralarini ko‘rsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Quyidagilar maqom maktab-internatlari uchun bino va inshootlarni qurish, rekonstruksiya qilish hamda jihozlash ishlarini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent shahar, Farg‘ona viloyati, Xorazm viloyati va Buxoro viloyatining mahalliy budjetlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Republikasi madaniyat vaziri B.S. Sayfullayev zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Yoshlar siyosati, madaniyat, ma’naviyat, ommaviy axborot vositalari, ijodiy va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyatiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2019-yil 21-noyabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
940-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-noyabrdagi 940-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ixtisoslashtirilgan maqom maktab-internatlarining faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ChORA-TADBIRLAR DASTURI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Mas’ul ijrochilar

1.

Maqom maktab-internatlarida maqom san’atining ko‘p asrlik ijro yo‘llari, qadimiy tarixi, noyob san’ati, an’ana va urf-odatlari bo‘yicha ilmiy-ijodiy seminarlar tashkil qilish, ularga o‘quvchi yoshlarni keng jalb etish.

Ilmiy-ijodiy seminarlarning reja va dasturini ishlab chiqish, mas’ul tashkilotlar va mutaxassislarni belgilash.

Ilmiy-ijodiy seminarlar o‘tkazish.

reja ishlab chiqish — 2019-yil noyabr, amalga oshirish-reja asosida

Madaniyat vazirligi,

O‘zbek milliy maqom
san’ati markazi

2.

O‘quvchi yoshlar orasida maqom san’atini keng targ‘ib qilish maqsadida joylardagi bolalar musiqa va san’at maktablarida “ustoz-shogird” an’analari asosida maqom ansambllarini tashkil etish.

Maqom maktab-internatlarini bolalar musiqa va san’at maktablariga biriktirish, ixtisosliklar bo‘yicha hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, “ustoz-shogird” an’analarini davom ettirish hamda maqom ansambllari faoliyatini tashkil qilish rejasini ishlab chiqish.

O‘quvchi yoshlar orasida maqom san’atini keng targ‘ib qilish.

reja ishlab chiqish — 2019-yil noyabr, amalga oshirish-reja asosida

Madaniyat vazirligi,

O‘zb�k milliy maqom
san’ati markazi

3.

Maqom maktab-internatlarini milliy maqom san’atiga doir o‘quv-qo‘llanma va darsliklar, fonotekalar, milliy cholg‘u asboblari hamda audio- va videotasmalar bilan ta’minlash.

Maqom maktab-internatlarida o‘quv reja va fan dasturlari asosida maqom san’atiga doir o‘quv-qo‘llanma va darsliklarni yaratish bo‘yicha mualliflar guruhlarini shakllantirish.

2019-yil
noyabr

Toshkent shahar hokimligi, Farg‘ona viloyati hokimligi, Buxoro viloyati hokimligi va Xorazm viloyati hokimligi, Madaniyat vazirligi

O‘zbekiston davlat konservatoriyasi tomonidan tayanch muassasa sifatida tayyorlangan reja asosida maktab-internatlar bilan hamkorlikda ilmiy-ijodiy, uslubiy adabiyotlarni ishlab chiqish va nashr etish.

muntazam

Fonotekalar uchun zarur qurilmalar, milliy cholg‘u asboblari hamda audio- va videotasmalar ro‘yxatini ishlab chiqish va ularni xarid qilishni tashkil qilish.

ro‘yxat ishlab chiqish — 2019-yil noyabr,

xarid qilish- muntazam

4.

Maqom san’atiga ixtisoslashtirilgan maktab internatlari malaka talablari, o‘quv rejalari hamda o‘quv dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

O‘zbek milliy maqom san’ati markazi, O‘zbekiston davlat konservatoriyasidan sohaning yetakchi mutaxassislarini jalb qilgan holda ishchi guruh tuzish.

2019-yil
noyabr

Madaniyat vazirligi,

Xalq ta’limi vazirligi

Malaka talablari, o‘quv rejalari hamda o‘quv dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2019-yil

dekabr

5.

O‘quvchilarni maqom san’ati durdonalarining yuksak namunalaridan keng bahramand qilish, estetik bilimlar targ‘ibotini yo‘lga qo‘yish, iqtidorli o‘quvchilarni shu sohaning oliy ta’lim muassasalariga tayyorlash.

Maqom san’ati yo‘nalishida iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash dasturini ishlab chiqish, shu sohaning oliy ta’lim muassasalariga maqsadli tayyorlash.

muntazam

Madaniyat vazirligi

6.

Maqom ijrochiligi yo‘nalishida o‘quvchilar o‘rtasida turli respublika tanlov va festivallarini tashkil etish.

Maqom san’atiga ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar hamda bolalar musiqa va san’at maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “Yosh maqomchi” Respublika tanlov-festivalini har ikki yilda bir marta o‘tkazilishini tashkil qilish.

2020-yildan boshlab har ikki yilda bir marotaba

Madaniyat vazirligi

8.

Maqom san’atiga ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarda milliy musiqa cholg‘ulari yasash va ta’mirlash ustaxonalari, ovoz yozish studiyalarini tashkil etish.

Usta-hunarmandlarni keng jalb qilgan holda milliy musiqa cholg‘ulari yasash va ta’mirlash ustaxonalari faoliyatini yo‘lga qo‘yish, ovoz yozish studiyalarida o‘quvchilarning ijro dasturlarini yozib borishni tashkil qilish.

2020-yil

iyun oyidan boshlab muntazam

Toshkent shahar hokimligi, Farg‘ona viloyati hokimligi, Buxoro viloyati hokimligi
va Xorazm viloyati hokimligi,

Madaniyat vazirligi

9.

Maqom san’atiga ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarda maqom san’ati bo‘yicha xorijiy yetuk ijrochilarning o‘zaro tajriba almashuvi, mahorat darslarini tashkil qilish.

Xorijiy yetuk ijrochilarni o‘quv va ilmiy-ijodiy jarayonlarga jalb qilish, ijrochilarni shuningdek, o‘quv jarayonini yanada takomillashtirish va hamkorlikda ilmiy-ijodiy hamkorlikni tashkil qilish maqsadida mahorat darslarini tashkil qilish.

reja ishlab chiqish — 2020-yil fevral, amalga oshirish-reja asosida

Madaniyat vazirligi,

O‘zbek milliy maqom
san’ati markazi

10.

Respublikadagi bolalar musiqa va san’at maktablarida, ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktablari, maktab-internatlar hamda musiqa akademik litseylarda maqom san’atini o‘qitish bo‘yicha bo‘limlar faoliyatini kuchaytirish.

Respublikadagi bolalar musiqa va san’at maktablarida, ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktablari, maktab-internatlar hamda musiqa akademik litseylari fan dasturlari mazmunini qayta ko‘rib chiqish.

O‘zbek milliy maqomi nazariyasi va amaliyoti yuzasidan mavzular bilan boyitish.

qayta ko‘rib chiqish chiqish — 2020-yil fevral, boyitib borish-muntazam

Madaniyat vazirligi,

O‘zbek milliy maqom san’ati markazi

11.

Sohaga oid yetakchi ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish.

Sohaga oid yetakchi ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish maqsadida O‘zbek milliy maqom san’ati markazi hamda O‘zbekiston davlat konservatoriyasi professor-o‘qituvchilari, xodimlari va talabalarining har yili bo‘lib o‘tadigan respublika konferensiya va simpoziumlarda, ijrochilar tanlovlarida ishtirok etish rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

reja asosida

Madaniyat vazirligi,

O‘zbek milliy maqom san’ati markazi, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi

12.

Maqom san’atiga ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarning o‘quvchi-yoshlarini Vatanga muhabbat, uning taqdiriga dahldorlik, kasbga sadoqat hissini mustahkamlashni hisobga olgan holda tarbiyaviy ishlar tizimni takomillashtirish.

Maqom san’atiga ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarning o‘quvchi-yoshlari bilan ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha quyidagilarni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash:

yosh avlod qalbida san’atga bo‘lgan mehr-muhabbat tuyg‘ularini kamol toptirish, o‘zbek milliy maqom san’atini asrab-avaylash va rivojlantirish, uning noyob namunalarini keng targ‘ib etish;

ushbu yo‘nalishda pedagog-xodimlarning mas’uliyatini oshirish, ta’lim va tarbiyaning o‘zaro uyg‘unligini ta’minlash.

2020-yil

avgust

Madaniyat vazirligi,

O‘zbek milliy maqom san’ati markazi

(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.11.2019-y., 09/19/940/4053-son; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)