21.11.2019 yildagi 930-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Oldingi tahrirga qarang.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qo‘riqlash departamenti bo‘linmalari tomonidan qo‘riqlanadigan obyektlar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida
(qarorning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-martdagi 94-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.03.2026-y., 09/26/94/0218-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jismoniy va yuridik shaxslar mulkini, jamiyatning barqaror rivojlanishi uchun ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lgan obyektlarni ishonchli qo‘riqlashni ta’minlashda yagona tamoyil va yondashuvlarni joriy etish hisobga olingan holda, qo‘riqlash faoliyatini yanada takomillashtirish, shuningdek, qo‘riqlash xizmatlarini ko‘rsatish sifatini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi davlat, o‘ta muhim, toifalangan va boshqa obyektlarni, jismoniy va yuridik shaxslarning mulkini qo‘riqlashni tashkil etish sohasida davlat siyosatini amalga oshirishi, shuningdek, davlat qo‘riqlash tashkilotlari faoliyatini nazorat qilishi;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-martdagi 94-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.03.2026-y., 09/26/94/0218-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qo‘riqlash departamenti o‘z vakolatlari doirasida o‘zini o‘zi mablag‘ bilan ta’minlash, xarajatlarini qoplash va mustaqil xo‘jalik yuritish tamoyili asosida qo‘riqlash faoliyati xizmatlarini ko‘rsatish shartnomalariga asosan kelib tushadigan mablag‘lardan foydalangan holda davlat, o‘ta muhim, toifalangan va boshqa obyektlar, jismoniy va yuridik shaxslar mulkini qo‘riqlash vazifasini amalga oshirishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-martdagi 94-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.03.2026-y., 09/26/94/0218-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qo‘riqlash departamenti bo‘linmalari tomonidan qo‘riqlanadigan obyektlar ro‘yxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-martdagi 94-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.03.2026-y., 09/26/94/0218-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi manfaatdor vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda belgilangan tartibda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2020-yil yakuniga qadar ushbu qaror bilan tasdiqlangan ro‘yxatga asosan obyektlarni bosqichma-bosqich qabul qilinishi va qo‘riqlanishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2020-2021-yillar davomida qo‘riqlanadigan obyektlar texnik jihatdan jihozlanganligi xatlovdan o‘tkazilib, uning natijalari asosida obyektlarni zarur muhandislik-texnik vositalar bilan qo‘shimcha jihozlash yuzasidan choralar ko‘rilishini ta’minlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu qaror bilan tasdiqlangan ro‘yxat O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiyasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, shuningdek, ularga bo‘ysunuvchi yuridik shaxslar tomonidan o‘z vakolatlari doirasida qo‘riqlanadigan obyektlarga tatbiq etilmaydi;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-martdagi 94-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.03.2026-y., 09/26/94/0218-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jismoniy shaxslarga va tadbirkorlik subyektlariga tegishli obyektlar qonunchilik hujjatlarida boshqacha nazarda tutilmagan bo‘lsa, ularning ixtiyoriga ko‘ra tuzilgan shartnomalarga asosan qo‘riqlanadi.
(4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari ― moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov va O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondoni B.X. Tashmatov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2019-yil 21-noyabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
930-son

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-noyabrdagi 930-son qaroriga
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qo‘riqlash departamenti bo‘linmalari tomonidan qo‘riqlanadigan obyektlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
RO‘YXATI
(ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-martdagi 94-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.03.2026-y., 09/26/94/0218-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qo‘riqlash departamenti saf bo‘linmalari tomonidan qo‘riqlanadigan obyektlar
(I bo‘limning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-martdagi 94-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.03.2026-y., 09/26/94/0218-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan belgilanadigan o‘ta muhim, toifalangan va davlat ahamiyatidagi boshqa obyektlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi va agentliklar.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-martdagi 94-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.03.2026-y., 09/26/94/0218-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Vazirliklar va idoralarning ma’muriy binolari, shuningdek, ijro etuvchi va sud xokimiyati organlarining obyektlari (qonunchilikka muvofiq idoraviy qo‘riqlash bo‘linmalari mavjud bo‘lgan obyektlar bundan mustasno).
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-martdagi 94-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.03.2026-y., 09/26/94/0218-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) va Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi binolari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlari va muassasalarining binolari va obyektlari, O‘zbekiston Respublikasi harbiy prokuraturasi organlaridan tashqari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining sud-tibbiyot ekspertiza muassasalari, psixiatriya muassasalari, surunkali alkogolizm, giyohvandlik yoki toksikomaniyaga mubtalo bo‘lgan bemorlarni majburiy davolashga mo‘ljallangan maxsus davolash-profilaktika muassasalarining binolari va inshootlari.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
61. Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi huzuridagi Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish bo‘yicha respublika, hududiy va tumanlararo namunali markazlari.
(61-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Respublika hududida faoliyat ko‘rsatayotgan banklarning obyektlari.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Fuqaroviy va xizmat qurollari, ularning o‘q-dorilari saqlanadigan va realizatsiya qilinadigan obyektlar (inshootlar, binolar, xonalar, hududlar), agar qonunchilik hujjatlarida boshqacha belgilanmagan bo‘lsa.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Portlovchi va zaharli moddalar, ularni qo‘llagan holda ishlab chiqarilgan materiallar va mahsulotlarni, shuningdek, portlatish vositalarni hamda pirotexnika buyumlarini transportda tashish, saqlash va realizatsiya qilish amalga oshiriladigan obyektlar (inshootlar, binolar, xonalar, hududlar), agar qonunchilik hujjatlarida boshqacha belgilanmagan bo‘lsa.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va ularning prekursorlari saqlanadigan, tadqiqotlar o‘tkaziladigan, ishlab chiqariladigan tashkilotlar obyektlari, shu jumladan, sog‘liqni saqlash va farmatsevtika sanoatining ilmiy-tadqiqot tashkilotlari (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan ro‘yxatga asosan).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Quvvati 200 megavattdan yuqori bo‘lgan gidroelektrostansiyalar va issiqlik elektrostansiyalari hamda quvvati 100 megavattdan yuqori bo‘lgan shamol va quyosh fotoelektr stansiyalari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Neft-gaz va gaz kondensati konlari, konlardagi va konlararo magistral quvurlar, shuningdek, neft-gaz tarmog‘ining ishlab chiqarish va qurilish maydonlari*.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Qimmatbaho metallar konlari, ularning elektr energiyasi va suv ta’minoti obyektlari, shuningdek, kon-metallurgiya tarmog‘ining yordamchi inshootlari*.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Sig‘imi 800 kishi va undan ortiq bo‘lgan konsert, ommaviy tomoshalar o‘tkaziladigan saroylar va zallar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Teleko‘rsatuv va radioeshittirishni amalga oshirish obyektlari, “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasining “Toshkent shahar telefon tarmog‘i” AJ filiallari binolari, inshootlari va qurilmalari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Dehqon (oziq-ovqat) bozorlari, ixtisoslashtirilgan va buyum bozorlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tasdiqlangan ro‘yxatga asosan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligi obyektlari, shu jumladan, atom elektr stansiyasi qurilish maydonlari va yordamchi obyektlari, shuningdek, “MMFI” milliy tadqiqot yadro universiteti” federal davlat avtonom oliy ta’lim muassasasining Toshkent shahar filiali.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Davlat muzeylari, muzey-qo‘riqxonalar, shu jumladan tarixiy va madaniy meroslar saqlanadigan joylar, arxeologik qazilma joylari (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda Turizm va madaniy meros vazirligi tomonidan tasdiqlangan ro‘yxatga asosan).
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-apreldagi 209-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.04.2022-y., 09/22/209/0341-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Davlat nazoratiga olinishi kerak bo‘lgan radioaktiv moddalar va radioaktiv chiqindilar, shuningdek, ionlashtiruvchi nurlanish manbalari foydalaniladigan, qayta ishlanadigan, ishlab chiqariladigan, saqlanadigan ishlab chiqarish (shu jumladan, sement ishlab chiqarish) korxonalari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari bilan belgilanadigan jismoniy shaxslar va tadbirkorlik subyektlariga tegishli bo‘lgan boshqa obyektlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qo‘riqlash departamentining texnik qo‘riqlash vositalari monitoring va nazorat markazlari tomonidan texnik qo‘riqlash vositalari yordamida qo‘riqlanadigan obyektlar
(II bo‘limning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-martdagi 94-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.03.2026-y., 09/26/94/0218-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va ularning prekursorlarini saqlash va sotish joylari, shu jumladan tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, dorixonalar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Pirotexnika buyumlari saqlanadigan va sotiladigan obyektlar (inshootlar, binolar, qurilmalar).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Fuqaroviy va xizmat qurollarini, ularning o‘q-dorilarini saqlash joylari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Davlat nazoratiga olinishi kerak bo‘lgan portlovchi va radioaktiv moddalar hamda ionlashtiruvchi nurlanish manbalari saqlanadigan joylar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Teleko‘rsatuvlar va radioeshittirishlar tashkilotlarining kirish cheklangan xonalari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Qimmatbaho metallar (toshlar)ni saqlash va realizatsiya qilish obyektlari (omborlar, do‘konlar).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Banklar va ularning filiallarining naqd va naqdsiz pul aylanmalari amalga oshiriladigan kassa xonalari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Arxiv hujjatlari doimiy va vaqtincha saqlanadigan arxiv omborlari xonalari, shuningdek, davlat organlari va boshqa yuridik shaxslarning maxsus tartibotli obyektlari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Davlat tarix va san’at muzeylari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari**.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Diniy tashkilotlarning obyektlari (masjidlar, cherkovlar, sinagogalar, monastirlar va boshqalar)**.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari bilan belgilanadigan jismoniy shaxslar va tadbirkorlik subyektlariga tegishli bo‘lgan boshqa obyektlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* Yoqilg‘i-energetika va kon qazish tarmog‘ining qo‘riqlanadigan obyektlari tegishli vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda obyektlarning faoliyat ko‘rsatish xususiyatlari, geoiqtisodiy va viktimologik xususiyatlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi va vazirliklar, idoralar va O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qo‘riqlash departamenti hamda uning hududiy boshqarmalari o‘rtasidagi ikki tomonlama qarorlarga (shartnomalarga) asosan qo‘riqlashga topshiriladi.
(izohning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-martdagi 94-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.03.2026-y., 09/26/94/0218-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
** Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari va diniy tashkilotlarning obyektlari “tashvish tugmalari” bilan jihozlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh.

1. Muayyan obyektni (I bo‘lim 1-bandida ko‘rsatilganlardan tashqari) qo‘riqlashni tashkil etish tizimi (qo‘riqlash turi, usuli, post-yo‘nalishlar soni, qo‘riqlash vaqti, ichki, kirib-chiqish ruxsatnoma rejimi, video-kuzatuv, signalizatsiya va boshqa muhandislik-texnik qo‘riqlash vositalari bilan jihozlanishi) tomonlarning vakillari ishtirokida bevosita joyiga chiqib, mazkur obyektning texnik vositalar bilan jihozlanganligi, uning faoliyati turi va o‘ziga xos tomonlarini hisobga olgan holda belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Obyektlarni ular tegishli bo‘lgan tashkilotning idoraviy mansub qo‘riqlash xizmati bilan birgalikda ushbu tashkilot ahamiyatiga qarab qo‘riqlashga ruxsat etiladi. Bunda ko‘rsatib o‘tilgan obyektlarda o‘rnatilgan texnik qo‘riqlash vositalari va tizimlari O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qo‘riqlash departamentining bo‘linmalari tomonidan nazorat qilinadi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-martdagi 94-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.03.2026-y., 09/26/94/0218-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Banklar va ularning filiallarini qo‘riqlashni tashkil etish shartlari O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Markaziy bank tomonidan birgalikda tasdiqlangan qoidalarga asosan belgilanadi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-martdagi 94-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.03.2026-y., 09/26/94/0218-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qo‘riqlash departamentining bo‘linmalari tomonidan ikki tomonlama shartnomalarga asosan obyektlarni qo‘riqlash bilan bir qatorda tranzit yuklarni, transportdagi moddiy boyliklarni, portlovchi, radioaktiv (zaharli) va boshqa vositalarni qurolli qo‘riqlash-kuzatish amalga oshirilishi mumkin.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-martdagi 94-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.03.2026-y., 09/26/94/0218-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.11.2019-y., 09/19/930/4046-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.05.2021-y., 09/21/334/0507-son, 07.10.2021-y., 09/21/624/0940-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 23.04.2022-y., 09/22/209/0341-son; 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son; 10.03.2026-y., 09/26/94/0218-son)