1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.11.00 Savdo uylari, vakolatxonalar va boshqalar;
2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.07.00.00 Diplomatik va konsullik huquqi / 19.07.04.00 Diplomatik va boshqa vakolatxonalar]
[TSZ:
1.Tashqi siyosat va xalqaro munosabatlar / Diplomatik va boshqa vakolatxonalar]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Birlashgan Arab Amirliklarida Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining vakolatxonasini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-fevraldagi 71-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi va Birlashgan Arab Amirliklari oʻrtasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 2-apreldagi PQ-4256-son qaroriga muvofiq, shuningdek, yirik korxonalar, investitsiya fondlari va moliya institutlari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri aloqalarni yoʻlga qoʻyish, Oʻzbekiston Respublikasiga Birlashgan Arab Amirliklaridan (keyingi oʻrinlarda BAA deb ataladi) jalb qilinadigan toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar oqimini koʻpaytirish, mahalliy tovarlar va xizmatlarni BAA bozoriga eksport qilish hajmini oshirish va tarkibini diversifikatsiyalash, milliy sayyohlik mahsulotlarini faol taklif etish va mamlakatga sayyohlar oqimini koʻpaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi va Birlashgan Arab Amirliklari oʻrtasidagi ikki tomonlama hamkorlikning yanada kengaytirish va mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 2-apreldagi PQ-4256-son qaroriga muvofiq BAAda Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining “UzFDI” vakolatxonasi (keyingi oʻrinlarda UzFDI deb ataladi) tashkil etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. UzFDIga quyida asosiy vazifalar yuklansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oliy va yuqori darajadagi tashriflar yakunlari boʻyicha “yoʻl xaritalari”ga kiritilgan BAA bilan savdo-iqtisodiy, investitsiya va moliyaviy-texnik hamkorlik boʻyicha aniq loyihalar va dasturlarning tizimli monitoringi va amalga oshirilishini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyoti tarmoqlari va infratuzilmasini rivojlantirish va modernizatsiyalash uchun BAAning yetakchi kompaniyalari, investitsiya fondlari va moliya institutlari tomonidan taqdim etiladigan toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar, ilgʻor texnologiyalar va moliyaviy-texnik koʻmaklashish mablagʻlarining jalb etilishi, shuningdek, samarali oʻzlashtirilishini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahalliy tovarlar va xizmatlarni eksport qilish hajmlarini oshirish, Oʻzbekiston Respublikasi tashkilotlarining mahsulotlari va xizmatlarini BAA bozoriga uzoq muddatli eksport qilishni tashkil etish hisobidan oʻzaro tovar aylanmasi nomenklaturasini kengaytirishga koʻmaklashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tadbirkorlik subyektlariga salohiyatli investorlarni topish, uzoq muddatli sheriklik aloqalarini oʻrnatish, savdo va investitsiya shartnomalari va bitimlarini tuzish, ishbilarmon doirlar vakillari ishtirokida muzokaralar va boshqa tadbirlarni tashkil etish, qoʻshma korxonalar tashkil etish, hamkorlikdagi tadbirkorlikning boshqa shakllarini rivojlantirish, shuningdek, toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb etish uchun loyiha takliflari va boshqa zarur materiallar tayyorlashda har tomonlama koʻmaklashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tashqi savdo infratuzilmasini rivojlantirish, tranzit salohiyati darajasini oshirish, logistika va transport yoʻlaklarini takomillashtirish, eksport yoʻnalishlarini diversifikatsiyalash, Oʻzbekiston Respublikasining tashqi savdo yuklarini tashish va tranzit qilishda qabul qiluvchi mamlakat tomonidan imtiyozli rejimlarni qoʻllash boʻyicha amaliy choralar koʻrish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining BAAdagi vakolatxonasi (UzFDI) uchun shtat jadvali va xarajatlar smetasi 1 va 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-fevraldagi 71-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari, Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari, shuningdek, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar UzFDI faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-fevraldagi 71-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining xarajatlari smetasi doirasida 2019-yilda UzFDIni faoliyatini moliyalashtirish uchun 1-ilovaga muvofiq tasdiqlangan shtat jadvaliga asosan mehnat haq toʻlash hisobga olingan holda qoʻshimcha mablagʻlar ajratsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2020-yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligini UzFDIni saqlash xarajatlari inobatga olingan holda moliyalashtirsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
UzFDIga ikkita avtotransport vositasini saqlash uchun limit ajratsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
51. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi tomonidan, zaruratga koʻra, tasdiqlangan budjet doirasida UzFDIning xarajatlar smetasiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
(51-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 26-avgustdagi 538-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.08.2025-y., 09/25/538/0782-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻn kun muddatda UzFDI toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin, unda UzFDI direktori va xodimlarining masʼuliyati va faoliyatini baholash mezonlari nazarda tutilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir oy muddatda UzFDIni tasdiqlangan shtat jadvaliga binoan mutasaddilik qilinadigan yoʻnalishlar boʻyicha malakali mutaxassislar bilan toʻldirsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2021-yil 31-dekabrga qadar UzFDI faoliyatini moliyalashtirish bilan bogʻliq xarajatlarning bir qismini budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan qoplash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda UzFDIni Abu-Dabi shahridagi ofisga joylashtirish va jihozlashni taʼminlasin, shuningdek, uning faoliyatini tashkil etish bilan bogʻliq boshqa masalalarni ham hal etsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligiga hisobot beradi va oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining umumiy rahbarligida amalga oshiradi;
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-fevraldagi 71-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
UZFDIni Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi, bunda UzFDI direktori oʻzining maqomi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining Birlashgan Arab Amirliklaridagi elchixonasi maslahatchisi lavozimiga, shuningdek, vakolatxonaning menejerlari birinchi kotib lavozimiga tenglashtiriladi va faoliyatini mazkur davlatdagi Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy muassasalari bilan yaqindan hamkorlikda amalga oshiradi.
(7-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-fevraldagi 71-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Birlashgan Arab Amirliklaridagi xorijiy muassasalariga respublikaga investitsiyalar, moliyaviy-texnik koʻmaklashish mablagʻlari va sayyohlarni jalb qilish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning tovarlari va mahsulotlarini eksport qilishga har tomonlama koʻmaklashadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari E.M. Gʻaniyev, Bosh vazir oʻrinbosari — moliya vaziri D.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzaqov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2019-yil 21-noyabr,

T/r
Lavozimi
Shtat birliklari soni
Ish haqi
(2025-yil 1-fevraldan)
Oylik ish haqi
(2025-yil 1-iyuldan)
Yillik ish haqi toʻlash fondi*
1.
Direktor
(Dubay sh.)
1
2 890
3 655
39 270,0
2.
Sunʼiy intellekt va raqamlashtirish boʻyicha menejer
(Dubay sh.)
1
2 550
3 225
34 650,0
3.
Yashil energetika boʻyicha menejer
(Abu-Dabi sh.)
1
2 550
3 225
34 650,0
4.
Davlat-xususiy sheriklik boʻyicha menejer
(Abu-Dabi sh.)
1
2 550
3 225
34 650,0
5.
Sanoat loyihalari boʻyicha menejer
(Dubay sh.)
1
2 550
3 225
34 650,0
6.
Tashqi savdo boʻyicha menejer
(Dubay sh.)
1
2 550
3 225
34 650,0
7.
Bosh hisobchi, ofis menejer va haydovchi
(Dubay sh.)
1
2 380
2 970
32 100,0
Jami
7
18 020
18 300,0
244 620,0
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining Birlashgan Arab Amirliklaridagi vakolatxonasi xodimlariga Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan oylik ish haqiga qoʻshimcha ravishda investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri tomonidan oylik ish haqining 100 foizigacha boʻlgan miqdorda shaxsiy ustamalar belgilanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining Birlashgan Arab Amirliklaridagi vakolatxonasi Dubay Amirligida joylashadi (2026-yil 1-yanvardan), yashil energetika boʻyicha menejer va davlat-xususiy sheriklik boʻyicha menejer Oʻzbekiston Respublikasining Birlashgan Arab Amirliklaridagi elchixonasida joylashadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining Birlashgan Arab Amirliklaridagi vakolatxonasi xizmat faoliyati uchun avtomashina limiti uch dona etib belgilanishiga ruxsat beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Birlashgan Arab Amirliklari Hukumati tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining Birlashgan Arab Amirliklaridagi elchixonasiga grant (homiylik) asosida taqdim etilgan 2 (ikki) dona avtotransport vositalari hisobiga elchixonaning avtotransport limiti 4 (toʻrt) dona etib belgilanadi.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 26-avgustdagi 538-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.08.2025-y., 09/25/538/0782-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-noyabrdagi 933-son qaroriga 2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining BAA dagi vakolatxonasini (UzFDI) saqlash uchun 2019-yilgi xarajatlar smetasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* Toʻlovlar Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi boʻyicha milliy valyutada amalga oshiriladi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2019-y., 09/19/933/4056-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 27.08.2025-y., 09/25/538/0782-son)