Номер акта
933
Орган
Кабинет Министров Республики Узбекистан
Дата подписания
21.11.2019
Дата вступления в силу
22.11.2019
Дополнительная информация
Поделиться
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi va Birlashgan Arab Amirliklari o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 2-apreldagi PQ-4256-son qaroriga muvofiq, shuningdek, yirik korxonalar, investitsiya fondlari va moliya institutlari bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqalarni yo‘lga qo‘yish, O‘zbekiston Respublikasiga Birlashgan Arab Amirliklaridan (keyingi o‘rinlarda BAA deb ataladi) jalb qilinadigan to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar oqimini ko‘paytirish, mahalliy tovarlar va xizmatlarni BAA bozoriga eksport qilish hajmini oshirish va tarkibini diversifikatsiyalash, milliy sayyohlik mahsulotlarini faol taklif etish va mamlakatga sayyohlar oqimini ko‘paytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi va Birlashgan Arab Amirliklari o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikning yanada kengaytirish va mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 2-apreldagi PQ-4256-son qaroriga muvofiq BAAda O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining “UzFDI” vakolatxonasi (keyingi o‘rinlarda UzFDI deb ataladi) tashkil etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining xarajatlari smetasi doirasida 2019-yilda UzFDIni faoliyatini moliyalashtirish uchun 1-ilovaga muvofiq tasdiqlangan shtat jadvaliga asosan mehnat haq to‘lash hisobga olingan holda qo‘shimcha mablag‘lar ajratsin;