21.11.2019 yildagi 924-son
ONLINE TRANSLATE
Hozirgi vaqtda mazkur hujjatga o‘zgartirish kiritilmoqda
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasining faoliyatini rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi va unga idoraviy mansub tashkilotlar xodimlari mehnatiga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Avtomobil yoʻllari sohasini rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash hamda Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi va unga idoraviy mansub tashkilotlar xodimlari mehnatiga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respubikasi Moliya vazirligi va Transport vazirligining yuridik shaxs tashkil etmagan holda Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi faoliyatini rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi faoliyatini rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi va unga idoraviy mansub tashkilotlar xodimlari mehnatiga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 3-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — transport vaziri A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2019-yil 21-noyabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
924-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-noyabrdagi 924-son qaroriga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi faoliyatini rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi faoliyatini rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb ataladi) mablagʻlarini shakllantirish, boshqarish va undan foydalanish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Jamgʻarma yuridik shaxs hisoblanmaydi va uning mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasining (keyingi oʻrinlarda Qoʻmita deb ataladi) gʻaznachilik hisobvaraqlarida jamlanadi hamda tasdiqlangan daromadlar va xarajatlar smetasiga muvofiq sarflanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Jamgʻarma avtomobil yoʻllari sohasida loyihalash, qurish, qayta qurish, taʼmirlash va saqlash ishlarini rivojlantirish, ilmiy-tadqiqot, loyiha-konstruktorlik, texnologik ishlarni qoʻllab-quvvatlash, avtomobil yoʻllarida xavfsizlikni taʼminlash, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, intellektual tizimlar, texnik vositalar va dasturiy mahsulotlarni keng joriy etish, avtomobil yoʻllari sohasiga malakali mutaxassislarni jalb etish hamda Qoʻmita va unga idoraviy mansub tashkilotlar xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish maqsadida tashkil etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Jamgʻarma mablagʻlari quyidagilar hisobidan shakllantiriladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) Oʻzbekiston Respublikasi hududiga xorijiy davlatlar avtotransport vositalarining kirganligi va tranzit oʻtishi uchun yigʻimning 25 foizi;
(4-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-oktabrdagi 710-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2024-y., 09/24/710/0867-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) ogʻir yukli va katta hajmli transport vositalarining umumiy foydalanishdagi yoʻllar boʻylab yurishi uchun toʻlovning 100 foizi (qatnov yoʻlini kelishib olish va yurishga ruxsatnomani rasmiylashtirish, transport vositasi umumiy haqiqiy vaznining yoʻl qoʻyiladigan umumiy vazndan oshib ketganligi, gʻildirak oʻqi haqiqiy yuklamalarining yoʻl qoʻyiladigan yoʻl konstruksiyalaridan oshib ketganligi hamda transport vositasi hajmlarining oshib ketganligi uchun toʻlov);
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) tegishli ruxsatnomasiz ogʻir vaznli, yirik gabaritli, xavfli yuklarni tashish va yuk bilan yoki yuksiz holdagi gabarit oʻlchamlari belgilangan normalardan ortiq boʻlgan transport vositalarida yoʻlga chiqish uchun undiriladigan jarimalar summasining 80 foizi;
(4-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-oktabrdagi 710-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2024-y., 09/24/710/0867-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) xalqaro tashkilotlar va moliya institutlarining, shuningdek, boshqa xorijiy donorlarning grantlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
e) Jamgʻarmaning vaqtincha boʻsh mablagʻlarini tijorat banklari depozitlariga joylashtirishdan tushgan daromadlar boʻyicha tushumlar;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
j) tadbirkorlik subyektlari tomonidan avtomobil yoʻllarida yoʻl harakati qoidalari buzilganligini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari joriy etilgandan boshlab 2 yil davomida ular orqali qayd etilgan yoʻl harakati qoidabuzarliklari uchun undirilgan jarima summasining 10 foizi va ishga tushirilganidan 2 yil oʻtgandan soʻng 10 foizi;
(4-bandning “j” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-avgustdagi 503-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
z) yoʻl harakati qoidalari buzilganligi uchun jarimalar summasining 5 foizi (maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari qayd etgan yoʻl harakati qoidalari buzilganligi uchun jarima summasidan tashqari);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
i) maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari qayd etgan yoʻl harakati qoidalari buzilganligi uchun jarima summasining 5 foizi (tadbirkorlik subyektlariga tegishli maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari hamda tegishli ogʻirlik va gabarit nazorati boʻyicha statsionar shoxobchalar orqali qayd etilgan yoʻl harakati qoidalari buzilganligi uchun hamda bojxona organlari tomonidan undirilgan jarima summasi bundan mustasno);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
k) umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarining ajratilgan mintaqalarida joylashgan yer uchastkalarida va inshootlarida tashqi reklama obyektlari (konstruksiyalari) qurish uchun elektron auksionlar yakunlari boʻyicha huquq taqdim etishdan tushadigan mablagʻlar, shuningdek, tashqi reklamaning oʻrnatilgan obyektlari (konstruksiyalari) uchun oylik toʻlovlarning 60 foizi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
l) umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarining ajratilgan mintaqalarida joylashgan yer uchastkalarida va inshootlarida tashqi reklamani joylashtirish huquqi uchun yigʻimlarning 60 foizi;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
l1) yuk koʻtarish quvvati 10 tonnadan yuqori boʻlgan yuk avtotransporti vositalari va tirkamalarining avtomobil yoʻllari boʻylab harakatlanishi huquqi uchun yigʻimning 90 foizi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
l2) tadbirkorlik subyektlariga tegishli oʻlchov-nazorat shoxobchalari orqali qayd etilgan yoʻl harakati qoidalari buzilganligi uchun dastlabki 2 yil davomida undirilgan jarimalar summasidan tushgan mablagʻlarning 35 foizi, ishga tushirilganidan 2 yil oʻtganidan soʻng 45 foizi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
l3) maxsus koʻrikdan oʻtkazish va texnik xulosa ishlab chiqish xizmatlari uchun toʻlovlardan kelib tushgan mablagʻlarning 50 foizi;
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-oktabrdagi 710-sonli qaroriga asosan “l1”, “l2” va “l3” kichik bandlar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2024-y., 09/24/710/0867-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
m) qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur bandning “z” va “i” kichik bandlarida koʻzda tutilgan mablagʻlar Davlat budjetidan kamaytirilgan holda Jamgʻarmaga yoʻnaltiriladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-oktabrdagi PQ-330-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.10.2023-y., 07/23/330/0776-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Jamgʻarma mablagʻlarini boshqarish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Jamgʻarma mablagʻlari Qoʻmita raisi yoki uning majburiyatlarini bajaruvchi shaxs tomonidan boshqariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Jamgʻarma mablagʻlari hisobiga moliyalashtirish uchun taqdim etilgan ilmiy-amaliy tadqiqotlar, innovatsion ishlanmalar va tajriba-konstruktorlik ishlari loyihalari (keyingi oʻrinlarda loyihalar deb ataladi) Qoʻmitaning tarmoq Ilmiy-texnik kengashi (keyingi oʻrinlarda Kengash deb ataladi) tomonidan koʻrib chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishlab chiqilgan texnologiyalarni tajriba-sanoat sinovlaridan oʻtkazish, mahsulotning sinov partiyalarini chiqarishni va seriyali ishlab chiqarishni tashkil etish boʻyicha loyihalarni amalga oshirish va ishlarni muvofiqlashtirish maqsadida buyurtmalar portfelini shakllantirish uchun Qoʻmita markaziy apparati tomonidan loyihalar Kengashga koʻrib chiqish uchun kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kengash loyihalarning ilmiy-texnik ekspertizasini oʻtkazadi va loyihani Jamgʻarma mablagʻlari hisobiga moliyalashtirishga qabul qilish yoki loyihani moliyalashtirishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Zarurat boʻlganda, tegishli tarmoqda yetarli darajada bilim va malakaga ega boʻlgan olimlar yoki mutaxassislar ekspert sifatida jalb etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kengash qarorlari koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi va uning raisi imzolaydigan bayonnoma tarzida rasmiylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Qoʻmita va unga idoraviy mansub korxonalar xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish va moliyaviy qoʻllab-quvvatlash Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi va unga idoraviy mansub tashkilotlar xodimlari mehnatiga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Jamgʻarma mablagʻlarini sarflash tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Jamgʻarmaning mablagʻlari quyidagilarga sarflanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoʻmita markaziy apparati va uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar hududiy boshqarmalari, shuningdek, Avtomobil yoʻllari ilmiy-tadqiqot instituti” davlat muassasasi hamda “Avtoyoʻlinvest” agentligi xodimlariga qoʻshimcha haqlar, ustamalar, mukofot pullari, moddiy yordam, ijtimoiy va boshqa toʻlovlarni toʻlash hamda ularni moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy muhofaza qilish;
(8-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.02.2026-y., 09/26/40/0112-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoʻmita markaziy apparati xodimlarining mamlakat ichiga va undan tashqariga xizmat safari xarajatlarini toʻlash, yengil avtotransport vositalarini xarid qilish va saqlash, Qoʻmita va unga idoraviy mansub korxonalar rahbariyati uchun mobil aloqa xizmatlariga haq toʻlash, shuningdek, idoraviy mansub korxonalar xodimlarining mamlakat tashqarisiga xizmat safari xarajatlarini toʻlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ofis jihozlari va mebellar, asosiy vositalar, inventarlar va tovar-moddiy boyliklarni xarid qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
videokonferensiya tizimini oʻrnatish va saqlash, Qoʻmita va unga idoraviy mansub korxonalarda kompleks axborot tizimini ishlab chiqish va joriy etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoʻmita va unga idoraviy mansub korxonalar xodimlarining davolanishi va tibbiy xizmat boʻyicha xarajatlarini qisman qoplash, shuningdek, sanatoriy, dam olish maskanlari va davolanish-sogʻlomlashtirish muassasalari, pansionatlar va boshqalarga yoʻllanmalarni xarid qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yoʻl xoʻjaligi sohasidagi kam taʼminlangan oilalarni va faxriylarini ijtimoiy va moddiy qoʻllab-quvvatlash;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoʻmitaga yuklangan vazifalarni bajarish uchun konsalting va boshqa tashkilotlardan xorijiy mutaxassislarni oʻrnatilgan tartibda shartnoma asosida jalb qilish hamda mahalliy mutaxassislarni, maslahatchilarni shartnoma asosida jalb qilish, shuningdek, Qoʻmita ekspert-tahlil guruhi faoliyatini moliyalashtirish;
(8-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-oktabrdagi 710-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2024-y., 09/24/710/0867-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yoʻl-qurilish faoliyati sohasidagi Davlat ilmiy dasturlari bajarilishini moliyalashtirish va ularni ishlab chiqarishga joriy etish, avtomobil yoʻllarini loyihalashtirish, qurish, taʼmirlash va yoʻl-qurilish materiallari hamda konstruksiyalarini ishlab chiqarish, ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish, mehnat samaradorligini oshirish, yoʻl-qurilish faoliyatini boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimlarini yaratish sohasidagi ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini moliyalashtirish, ilmiy va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari tomonidan yoʻl-qurilish faoliyati sohasidagi normalar va qoidalar ishlab chiqilishini moliyalashtirish, yoʻl-qurilish faoliyati sohasida ilmiy-texnik va ilmiy-metodik adabiyotlar (shu jumladan, davriy nashrlar) tayyorlash hamda chop etish, bu faoliyatni ilmiy-metodik va axborot-tahliliy jihatdan taʼminlashni tashkil etish, yoʻl-qurilish faoliyati sohasidagi xalqaro koʻrgazmalar, yarmarkalar, tadbirlar, loyihalar va dasturlarda ishtirok etish, tarmoq xodimlarining malakasi oshirilishini va ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganishini tashkil etish, kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, shu jumladan, chet mamlakatlarga va taʼlim muassasalariga amaliyotlarini tashkil etish, shuningdek, innovatsion loyihalar va zamonaviy texnologiyalar joriy etilishini ragʻbatlantirish;
(8-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 545-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublikada ilk bor ilmiy tadqiqotlar natijalari tekshiriladigan (ishlov beriladigan) eksperimental obyektlarni loyihalashtirish va qurishni ilmiy qoʻllab-quvvatlashga sarflanadigan ilmiy tashkilotlar va loyiha tashkilotlarining qoʻshimcha xarajatlarini qoplash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ilmiy-texnik simpoziumlar, konferensiyalar, seminarlar, treninglar, koʻrgazmalar, davra suhbatlari, amaliy mashgʻulotlar, mahorat darslariga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish, ilmiy, normativ, metodik, texnik, texnologik hujjatlar va boshqa ilmiy-texnik axborot manbalarini xarid qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoʻmitaga idoraviy mansub korxonalar tasarrufidagi maʼmuriy, ishlab chiqarish va boshqa bino hamda inshootlarni, shu jumladan, ijtimoiy obyektlarni (bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlari, pansionatlar, dam olish maskanlari va boshqalar) qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash, shuningdek, ularni zarur inventar, jihozlar, aloqa, kompyuter va tashkiliy texnika bilan taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻqitishning ilgʻor shakllari va usullarini, kompyuter hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoʻmitaga idoraviy mansub korxonalarni zamonaviy laboratoriyalar, kompyuter va boshqa asbob-uskunalar hamda texnik vositalar bilan jihozlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
risolalar, bukletlar, kitoblar, toʻplamlar va boshqa axborot-maʼrifiy materiallar ishlab chiqish hamda eʼlon qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vakillik xarajatlarini toʻlash va sovgʻalar xarid qilish, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasiga kelgan vaqtida xorijiy va xalqaro tashkilotlar rahbarlari hamda mutaxassislarini qabul qilish va ularga hamrohlik qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoʻmita va unga idoraviy mansub korxonalarning, shuningdek, Qoʻmitaga idoraviy mansub korxonalar ishtirokida tashkil etiladigan qoʻshma korxonalarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ularning ustav fondlarini, aylanma mablagʻlarini shakllantirish va toʻldirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoʻmita va unga idoraviy mansub korxonalar xodimlariga uy-joy va mahalliy ishlab chiqarilgan avtotransport vositalarini xarid qilish uchun kreditlarni rasmiylashtirishda uy-joy va avtotransport vositalari qiymatining 50 foizigacha boʻlgan miqdorda dastlabki badalni toʻlash uchun Qoʻmita tomonidan belgilanadigan tartibda foizsiz qarzlar berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ilmiy-tadqiqot, loyiha-konstruktorlik, texnologik ishlarni oʻtkazish bilan bogʻliq investitsiya loyihalarining texnik iqtisodiy asosi/texnik iqtisodiy hisobini ishlab chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublikada zamonaviy landshaft dizayni elementlarini oʻzlashtirish, yoʻlboʻyi infratuzilma obyektlarini rivojlantirish sohasidagi ilgʻor xorijiy tajribani joriy etish;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
avtomobil yoʻli oʻqining maydonlarida vazn oʻlchovchi statsionar nazorat postlarini joylashtirish, ularni avtotransport vositalarining gabarit parametrlari va ogʻirliklarini oʻlchash uchun uskunalar bilan taʼminlash hamda maxsus avtomobillarda koʻchma vazn oʻlchov nazorat postini tashkil etish, nazorat postlari xodimlarini saqlash, shuningdek, avtotransport vositalarining ruxsat etilgan vazn va gabarit parametrlariga rioya etilishi ustidan nazorat qilish uchun Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati xodimlarini shartnoma asosida jalb etish;
(8-bandning yigirma birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.02.2026-y., 09/26/40/0112-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Qoʻmita raisi stipendiyasi”ni taʼsis etish va toʻlash bilan bogʻliq chora-tadbirlarni moliyalashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoʻmitaning iqtisodiy nochor korxona va tashkilotlarini moliyaviy sogʻlomlashtirish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hamda qoʻshimcha bajarilgan yoʻl ishlari (moliyaviy manbasi aniq boʻlmagan) natijasida yuzaga kelgan debitorlik qarzdorliklarini soʻndirish maqsadida qaytarib berish sharti bilan moliyaviy yordam berish.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-dekabrdagi 901-sonli qaroriga asosan xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2025-y., 09/25/901/0019-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Jamgʻarmaning mablagʻlari Jamgʻarma daromadlari va xarajatlarining Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda tasdiqlangan smetasi doirasida Qoʻmita raisining yoki uning majburiyatlarini bajaruvchi shaxsning qarori asosida sarflanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Yakunlovchi qoida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Qoʻmita tasdiqlangan xarajatlar smetalariga muvofiq Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanilishi uchun javobgardir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-noyabrdagi 924-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi va unga idoraviy mansub tashkilotlar xodimlari mehnatiga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda Qoʻmita deb ataladi) va unga idoraviy mansub tashkilotlar xodimlari mehnatiga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ushbu Nizom:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoʻmita markaziy apparati, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar hududiy boshqarmalari, “Avtomobil yoʻllari ilmiy-tadqiqot instituti” davlat muassasasi hamda “Avtoyoʻlinvest” agentligi (keyingi oʻrinlarda boshqarmalar deb ataladi) xodimlariga;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.02.2026-y., 09/26/40/0112-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoʻmita tuzilmasidagi yoʻllardan muntazam foydalanish unitar korxonalari, tuman yoʻllardan foydalanish unitar korxonalari, koʻpriklardan foydalanish unitar korxonalari, “Oʻzyoʻlkoʻkalamzorlashtirish” unitar korxonasi tarkibidagi Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar xududiy korxonalari, “Doʻrmonavtoyoʻl” va “Qamchiqavtoyoʻl” ixtisoslashtirilgan yoʻllardan foydalanish unitar korxonalari, “Umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini qurish va rekonstruksiya qilish Direksiyasi” davlat unitar korxonasi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar hududiy boshqarmalari tarkibidagi “Mintaqaviy yoʻllarga buyurtmachi xizmati” davlat unitar korxonalari (keyingi oʻrinlarda tarkibiy korxonalar deb ataladi) xodimlariga (ishlab chiqarish xodimlari bundan mustasno) joriy qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Xodimlar mehnatiga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish tadbirlarini amalga oshirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Qoʻmita, boshqarmalar va tarkibiy korxonalar xodimlarining mehnatiga haq toʻlash, shuningdek, qoʻshimcha mehnat kafolatlari Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga, ushbu Nizomga, boshqa qonun hujjatlariga, jamoa shartnomasiga va boshqa normativ hujjatlarga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Qoʻmita, boshqarmalar va tarkibiy korxonalar xodimlarining lavozim maoshlari qonun hujjatlariga muvofiq mehnatga haq toʻlash boʻyicha yagona tarif setkasi asosida belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xodimlarning lavozim maoshi belgilangan mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorini Yagona tarif setkasining tegishli razryadi tarif koeffitsiyentiga koʻpaytirish yoʻli bilan aniqlanadi.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Qoʻmita va boshqarmalar xodimlari mehnatiga xaq toʻlash, mukofotlash va ularga moddiy yordam koʻrsatish quyidagi mablagʻlar hisobiga amalga oshiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) budjet mablagʻlari hisobiga:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
lavozim maoshlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir yilda ikki oylik ish haqi fondi miqdoridagi mablagʻlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir yilda bir oylik ish haqi fondi miqdoridagi moddiy yordam mablagʻlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun hujjatlarida belgilangan miqdor va tartibda davlat xizmatchilarining lavozim maoshiga mehnatni ragʻbatlantirish mablagʻlari (ragʻbatlantirish koeffitsiyenti);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mehnatga haq toʻlash fondining 15 foizi miqdorida shakllantiriladigan budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish maxsus fondi mablagʻlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat mukofotlari bilan taqdirlanganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan miqdor va tartibda ragʻbatlantirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi faoliyatini rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi, budjetdan tashqari jamgʻarmalar va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xodimning umumiy ish staji davomiyligidan kelib chiqib uzoq muddat xizmati uchun lavozim maoshiga har oylik ustamalar;
(5-band “b” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.02.2026-y., 09/26/40/0112-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bayram sanalariga mukofotlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xizmat vazifalarini sidqidildan va samarali bajarganlik uchun yuqori malakali xodimlarning lavozim maoshlariga ustamalar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oy va yil yakunlari boʻyicha mukofotlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xodimning pensiyaga chiqishi munosabati bilan qimmatbaho sovgʻalar yoki pul mablagʻlari bilan taqdirlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xodimlarni ijtimoiy muhofaza qilish maqsadida ularning sogʻligini tiklash, ovqatlanish va transport xarajatlarini qoplash hamda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini xarid qilish va boshqalar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Tarkibiy korxonalar xodimlarining mehnatiga haq toʻlash, lavozim maoshlariga qoʻshimchalar va ustamalar, shuningdek, mukofotlar va boshqa barcha turdagi toʻlovlar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoʻmita tarkibidagi yoʻllardan muntazam foydalanish unitar korxonalari, tuman yoʻllardan foydalanish unitar korxonalari, koʻpriklardan foydalanish unitar korxonalari, “Oʻzyoʻlkoʻkalamzorlashtirish” unitar korxonasi tarkibidagi Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar xududiy korxonalari, “Doʻrmonavtoyoʻl” va “Qamchiqavtoyoʻl” ixtisoslashtirilgan yoʻllardan foydalanish unitar korxonalari — avtomobil yoʻllarini saqlash va koʻkalamzorlashtirish xarajatlariga ajratilgan mablagʻlar limiti doirasida amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini qurish va rekonstruksiya qilish Direksiyasi” davlat unitar korxonasi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar hududiy boshqarmalari tarkibidagi “Mintaqaviy yoʻllarga buyurtmachi xizmati” davlat unitar korxonalari — buyurtmachilik funksiyasini bajargan ish xajmlaridan belgilangan tartibda ajratiladigan ajratmalar hisobidan korxona rahbarlari tomonidan jamoa shartnomalarida, shuningdek, ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qoʻmitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib qabul qilgan boshqa lokal hujjatlar asosida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xodimlarni mukofotlash va xodimlarga beriladigan qoʻshimcha va ustamalar belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xodimlar davlat mukofotlari, faxriy unvonlar bilan taqdirlanganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda va tartibda ragʻbatlantiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Xodimlarni mukofotlash, moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy muhofaza qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Qoʻmita, boshqarmalar va tarkibiy korxonalarning xodimlariga uzoq muddat xizmati uchun ragʻbatlantirish koeffitsiyentini hisobga olgan holda lavozim maoshiga foiz miqdorida har oyda quyidagi miqdorlarda ustamalar toʻlanadi:
(7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.02.2026-y., 09/26/40/0112-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Ish staji

Ustamalar miqdorlari

(lavozim maoshiga nisbatan foiz hisobida)

3 yildan 5 yilgacha

100

5 yildan 10 yilgacha

150

10 yildan 15 yilgacha

200

15 yildan 25 yilgacha

250

25 yildan ortiq

300

(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-oktabrdagi PQ-330-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.10.2023-y., 07/23/330/0776-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uzoq muddat xizmat qilganlik uchun ustama olish huquqini beruvchi ish staji Qoʻmita tomonidan tasdiqlanadigan tartib yoki jamoa shartnomasi asosida amalga oshiriladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-yanvardagi 40-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.02.2026-y., 09/26/40/0112-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Qoʻmita, boshqarmalar va tarkibiy korxonalar xodimlariga bayram sanalarida — Yangi yil bayrami, Xotin-qizlar kuni, Navroʻz bayrami, Xotira va qadrlash kuni, Mustaqillik kuni, Oʻqituvchi va murabbiylar kuni, Konstitutsiya kuni, diniy bayramlarda (“Roʻza hayit” (Iyd al-Fitr) va “Qurbon hayit” (Iyd al-Adha) hamda kasb bayramida Oʻzbekiston kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan oylik lavozim maoshining ragʻbatlantirish koeffitsentini hisobga olgan holda uch barobari miqdorida mukofot beriladi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.02.2026-y., 09/26/40/0112-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Qoʻmita, boshqarmalar va tarkibiy korxonalarning xizmat vazifalarini sidqidildan va samarali bajarib kelayotgan yuqori malakali va tashabbuskor xodimlariga har oy yakuni boʻyicha lavozim maoshining ragʻbatlantirish koeffitsentini hisobga olgan holda 250 foizgacha ustamalar toʻlanadi.
(9-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.02.2026-y., 09/26/40/0112-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ustamaning aniq miqdori tegishliligi boʻyicha belgilangan tartibda Qoʻmita, boshqarmalar va tarkibiy korxonalar rahbari tomonidan belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Qoʻmita, boshqarmalar va tarkibiy korxonalar xodimlariga ish koʻrsatkichlarining bajarilishiga qarab, lavozim oylik maoshining ragʻbatlantirish koeffitsiyentini hisobga olgan holda har oy yakuni boʻyicha 300 foizgacha va yil yakuni boʻyicha besh barobari miqdorida mukofotlar beriladi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-oktabrdagi PQ-330-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.10.2023-y., 07/23/330/0776-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Qoʻmita, boshqarmalar va tarkibiy korxonalar xodimlarini ijtimoiy muhofaza qilish va ularning mehnati samaradorligini oshirish maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har oyda transport xarajatlarini qoplash uchun bazaviy hisoblash miqdorining ikki barobarigacha;
(11-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-oktabrdagi PQ-330-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.10.2023-y., 07/23/330/0776-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har oyda ovqatlanish xarajatlarini qoplash uchun bazaviy hisoblash miqdorining toʻrt barobarigacha;
(11-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-oktabrdagi PQ-330-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.10.2023-y., 07/23/330/0776-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini xarid qilish uchun xodimlarga bir yilda bir marotaba bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz barobarigacha boʻlgan miqdorda toʻlovlar amalga oshiriladi.
(11-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-oktabrdagi PQ-330-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.10.2023-y., 07/23/330/0776-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Kasaba uyushmasi tashkiloti bilan kelishilgan holda Qoʻmita, boshqarmalar va tarkibiy korxonalar xodimlariga va (yoki) ularning oila aʼzolariga quyidagi holatlarda bazaviy hisoblash miqdorining oʻn barobarigacha boʻlgan miqdorda moddiy yordam beriladi:
(12-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xodim vafot etganda — bunda moddiy yordam xotiniga (eriga) toʻlab beriladi, agar xodimning xotini (eri) boʻlmasa, moddiy yordam farzandlariga yoki qonuniy vakillariga (vasiylari va homiylariga) yoxud ularning voyaga yetmagan farzandlarini asrab olgan shaxslarga toʻlab beriladi, shuningdek, xodim turmush qurmagan boʻlsa, moddiy yordam ota-onasi yoki boqimandalar oʻrtasida teng ulushlarda taqsimlanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
50, 55, 60 (yubiley) yoshi munosabati bilan, pensiyaga chiqqanda, xodimning oʻzi, shuningdek uning farzandlari turmush qurganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yaqin qarindoshi vafot etganda, vafoti toʻgʻrisida guvohnoma nusxasi taqdim etilganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
alohida zaruratga koʻra (baxtsiz hodisa, falokat, uzoq muddatli kasallik sababli davolanish va boshqa holatlarda).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Qoʻmita, boshqarmalar va tarkibiy korxonalar xodimlariga davolanish muassasalariga, dam olish, sanatoriylar, pansionatlar, turizm bazalari va bolalarni sogʻlomlashtirish muassasalariga yoʻllanmalar qiymatining 50 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorida bir yilda bir martalik kompensatsiya toʻlovi beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Xodimlarni moddiy ragʻbatlantirishni taʼminlash yuzasidan masʼuliyat
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Qoʻmita, boshqarmalar va tarkibiy korxonalar rahbarlari va bosh buxgalterlari xodimlar mehnatini normalash va hisobga olishning tashkil etilishi, lavozim maoshlari va tarif stavkalarining toʻgʻri belgilanganligi, ushbu Nizomda nazarda tutilgan qoʻshimchalar, ustamalar va mukofotlar toʻgʻri hisoblab chiqilganligi, mablagʻlardan maqsadli va oqilona foydalanganligi uchun shaxsan javob beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Qoʻmita, xududiy boshqarmalar va tarkibiy korxonalarni moliyalashtirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlangan xarajatlar smetasiga muvofiq tegishli manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Yakunlovchi qoida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish boʻyicha takliflar kiritishda xolis yondashuv taʼminlanadi va ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-noyabrdagi 924-son qaroriga
3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Vazirlar Mahkamasining “Avtomobilda xorijiy yuk tashuvchilarning Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirishlari, boʻlishlari, yuk olib oʻtishlari va undan chiqib ketishlari tartibi toʻgʻrisida” 1995-yil 11-yanvardagi 11-son qarorida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Yigʻimlarni undirish milliy valyuta “soʻm”da naqd pulsiz shaklda yoki tijorat banklari tomonidan bevosita bojxona postlarida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining toʻlov kunidagi kursi boʻyicha naqd pul shaklida amalga oshiriladi, olingan mablagʻlarning 20 foizi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining hisob raqamiga, qolgan 80 foizi Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi faoliyatini rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisob raqamiga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda oʻtkaziladi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Belgilab qoʻyilsinki, xorijiy mamlakatlarning ogʻir yuk koʻtaruvchi va katta hajmli transport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududi boʻylab yurishidan tushgan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi faoliyatini rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisob raqamiga oʻtkaziladi”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Vazirlar Mahkamasining “Avtomobil yoʻllari infratuzilmasini yanada rivojlantirish va yoʻl harakatini tashkil etish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 26-iyuldagi 584-son qarori 7-bandining “v” kichik bandi hamda 8-bandining uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2019-y., 09/19/924/4055-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 31.12.2020-y., 07/20/4938/1680-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son; 16.10.2023-y., 07/23/330/0776-son; 31.10.2024-y., 09/24/710/0867-son; 10.01.2025-y., 09/25/901/0019-son; 05.02.2026-y., 09/26/40/0112-son)