Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-fevraldagi “Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5325-son Farmoniga oʻzgartirish kiritish haqida
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli “Qonunchilikdagi huquqiy boʻshliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasining tashkiliy tuzilmasini yanada mustahkamlash, xotin-qizlar huquqlarini hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish, oilalarni mustahkamlash, oilaviy munosabatlarni tartibga solish, shuningdek, mazkur yoʻnalishda fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish ishlarini kuchaytirish maqsadida:
2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 22-noyabr,
PF-5880-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 22-noyabrdagi PF-5880-son Farmoniga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-fevraldagi “Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5325-son Farmoniga kiritilayotgan oʻzgartirish
2 va 3-ilovalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-fevraldagi PF-5325-son Farmoniga
2-ILOVA
2-ILOVA
Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi markaziy apparatining
TUZILMASI
Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi markaziy apparati boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 32 nafardan iborat.
Texnik va yordamchi xodimlar shtat birliklari soni oʻrnatilgan meʼyorlar asosida belgilanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-fevraldagi PF-5325-son Farmoniga
3-ILOVA
3-ILOVA
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar xotin-qizlar qoʻmitalari ijro apparatlarining
NAMUNAVIY TUZILMASI
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar xotin-qizlar qoʻmitalari ijro apparatlari boshqaruv xodimlarining cheklangan soni — 5 nafardan, jami 70 nafardan iborat.
Texnik va yordamchi xodimlar shtat birliklari soni oʻrnatilgan meʼyorlar asosida belgilanadi”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2019-y., 06/19/5880/4044-son)