18.11.2019 yildagi PF-5877-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Farmoni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Inflatsion targetlash rejimiga bosqichma-bosqich oʻtish orqali pul-kredit siyosatini takomillashtirish toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Inflatsiya darajasini yanada pasaytirish borasidagi chora-tadbirlarning amalga oshirilishi aholi turmush darajasini yaxshilash va barqaror iqtisodiy oʻsish uchun sharoitlar yaratishga qaratilgan iqtisodiy islohotlar samaradorligini taʼminlashning muhim omili hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xalqaro tajriba bozor iqtisodiyoti sharoitida pul-kredit siyosatini yuritishning samarali usullaridan biri inflatsion targetlash rejimi ekanligini koʻrsatmoqda, bunda pul-kredit bozoridagi markaziy bankning faol ishtiroki, shuningdek, iqtisodiy rivojlanishning muntazam tahlili va davlat siyosati rejalarining keng yoritib borilishi inflatsiyaning miqdoriy maqsadlariga erishishni taʼminlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shu bilan birga, inflatsion targetlash rejimini joriy etish Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va Vazirlar Mahkamasining quyidagi yoʻnalishlarga qaratilgan muvofiqlashtirilgan tayyorgarlik ishlarini talab etadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
inflatsiyaning nomonetar omillari rolini bosqichma-bosqich pasaytirish, shu jumladan, tariflarni tartibga solishni isloh qilish, iqtisodiyotning real sektorida tarkibiy iqtisodiy islohotlar samaradorligini taʼminlash va ichki bozorni isteʼmol tovarlari bilan toʻldirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaziy bankning makroiqtisodiy tahlil va kommunikatsiya siyosati sifatini oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
regulyatorning kredit bozoriga samarali taʼsir etishini taʼminlab beruvchi, pul bozorini tartibga solishning yangi instrumentlarini joriy etish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Makroiqtisodiy barqarorlikni taʼminlash uchun iqtisodiyotni tartibga solishning bozor mexanizmlari va instrumentlarini qoʻllashni kengaytirish, shuningdek, pul-kredit siyosati samaradorligini tubdan oshirish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki inflatsiya darajasini 2021-yilda 10 foizgacha pasaytirish hamda 2023-yilda 5 foiz darajadagi doimiy inflatsion maqsadni (target) oʻrnatish yoʻli bilan 2020-yilning 1-yanvaridan boshlab pul-kredit siyosati mexanizmlarini bosqichma-bosqich inflatsion targetlash rejimiga oʻtkazishni taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki pul-kredit siyosatining asosiy tamoyillari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
inflatsiyaning doimiy amal qiladigan maqsadini belgilash va uni keng jamoatchilikka yetkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pul bozoridagi foiz stavkalarini tartibga solish va inflatsion jarayonlarni boshqarish maqsadida pul-kredit siyosatining keng qamrovli instrumentlarini qoʻllash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pul-kredit siyosati sohasida obyektiv qarorlar qabul qilish maqsadida ichki va tashqi bozorlarda mavjud boʻlgan ochiq maʼlumotlarni hisobga olgan holda batafsil makroiqtisodiy tahlil va prognozlarni amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pul-kredit siyosati maqsadlarini keng jamoatchilikka yetkazish, makroiqtisodiy holatning oldindan koʻra bilinishini taʼminlash va bozor ishtirokchilari ishonchini shakllantirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining kommunikatsiya siyosatini takomillashtirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Markaziy banki inflatsion targetlash rejimiga toʻliq oʻtish uchun sharoitlar yaratish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilishini taʼminlasin, xususan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muvofiqlashtirilgan monetar-fiskal va monopoliyaga qarshi siyosat yuritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
raqobatdosh bozor iqtisodiyotiga oʻtishni tezlashtirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilar raqobatbardoshligini oshirish hamda tovarlar va xizmatlarning toʻlaqonli bozorlarini shakllantirish orqali iqtisodiyot tarmoqlarida tarkibiy islohotlarni amalga oshirishni davom ettirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
monopoliyaga qarshi kurashish va narxlarni tartibga solishning zamonaviy usullariga oʻtishga, shuningdek, ishlab chiqarish infratuzilmasini kengaytirishga yoʻnaltirilgan tartibga solinadigan narxlarni bosqichma-bosqich erkinlashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jamgʻarmalarni investitsiyalarga transformatsiya qilish uchun moliyaviy vositachilik institutlarini rivojlantirish maqsadida bank tizimi hamda moliya bozorlarini isloh etish, shuningdek, moliyaviy oqimlarni uzoq muddatli rejalashtirish uchun imkoniyat yaratish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Markaziy bankining inflatsiyani pasaytirish va narxlar barqarorligini taʼminlash boʻyicha birgalikdagi harakatlari konsepsiyasi (keyingi oʻrinlarda — Konsepsiya) 1-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2020-yilda inflatsiyani pasaytirish va narxlar barqarorligini taʼminlash boʻyicha “Yoʻl xaritasi” (keyingi oʻrinlarda — “Yoʻl xaritasi”) 2-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki quyidagilarni joriy etish orqali pul-kredit siyosati instrumentlari, mexanizmlari va jarayonlarini inflatsion targetlash rejimi standartlariga muvofiqlashtirish choralarini koʻrsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2020-yilning 1-yanvariga qadar pul bozori foiz stavkalariga taʼsir koʻrsatuvchi bozor instrumentlari, shu jumladan Markaziy bank obligatsiyalari, overnayt depozitlar, doimiy tusdagi depozit auksionlari, davlat qimmatli qogʻozlari va xorijiy valyuta garovi ostida kredit auksionlari va overnayt kreditlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2020-yil davomida foiz va valyuta xatarlarini boshqarishda hosilaviy instrumentlar (svop, opsion va fyucherslar) va tijorat banklarining valyuta kursi shakllanishidagi rolining bosqichma-bosqich oshirib borilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir oy muddatda Markaziy bankning banklararo pul bozoriga muntazam intervensiyasi orqali moslashuvchan foiz siyosatini amalga oshirishda asosiy foiz stavkasining foiz koridori mexanizmi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2020-yilning 1-apreliga qadar xalqaro moliya institutlarining texnik koʻmagi hamda ilgʻor xalqaro tajriba asosida ekonometrik modellashtirish instrumentlarini rivojlantirishni nazarda tutuvchi makroiqtisodiy tahlil va prognozlash tizimi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikki oy muddatda Markaziy bank tomonidan iqtisodiyotdagi joriy holat, inflatsion jarayonlarning asosiy omillari va pul-kredit siyosati choralarining oʻz vaqtida yoritilishini koʻzda tutuvchi kommunikatsion siyosatning zamonaviy tamoyillari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
inflatsiya va inflatsion kutilmalar omillarini doimiy oʻrganib borish, xalqaro moliya institutlari va boshqa davlatlar markaziy banklari texnik koʻmagini jalb etish orqali ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Inflatsiya darajasini pasaytirish va narxlar barqarorligini taʼminlash borasidagi chora-tadbirlarni muvofiqlashtirish boʻyicha komissiya (keyingi oʻrinlarda — Komissiya) 3-ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Quyidagilar Komissiyaning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
inflatsiya omillari va narxlar oshishiga olib kelayotgan sabablarni bevosita joyiga chiqqan holda tahlil etish va tanqidiy baholab borish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
barcha vazirlik va idoralar saʼy-harakatlarini iqtisodiyotda inflatsiya darajasini pasaytirish hamda amalga oshirilayotgan siyosatning oʻzaro muvofiqligini taʼminlashga qaratish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublika pul-kredit siyosatini inflatsion targetlash rejimiga oʻtkazishga qaratilgan chora-tadbirlarning oʻz vaqtida va samarali ijro etilishidagi kamchilik va muammolarni aniqlash, shuningdek, ularni bartaraf etish hamda ushbu sohadagi vakolatli organ va tashkilotlar rahbarlarining masʼuliyatini oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vakolatli organ va tashkilotlar rahbarlari va boshqa vakillari ishtirokida har oyda kamida ikki marta ichki bozorda narxlarni barqarorlashtirish va inflatsiyani pasaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar ijrosini muhokama qilishni tashkillashtirish, shuningdek, amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot kiritib borish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Belgilansinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2020-yil 1-yanvardan boshlab tijorat banklari tomonidan (milliy valyutada) yangidan beriladigan barcha turdagi kreditlar, shu jumladan davlat dasturlari doirasida ajratiladigan kreditlar boʻyicha foiz stavkalari Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasidan kam boʻlmagan darajada belgilanadi, ipotekani kreditlash boʻyicha davlat dasturlari hamda paxta xomashyosi va boshoqli don ekinlarini yetishtirish uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalarga ajratiladigan kreditlar bundan mustasno;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2021-yil 1-yanvardan, zarur hollarda, foiz xarajatlarining maʼlum bir qismini kompensatsiya qilish mexanizmlarini joriy etish orqali tijorat banklariga foiz stavkalarini mustaqil belgilash huquqini bergan holda kreditlarni imtiyozli foiz stavkalarida berish amaliyoti bekor qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2020-yilning 1-fevraliga qadar Energetika vazirligi, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2020-2021-yillarda tartibga solinadigan narxlar (tariflar)ni, inflatsiya maqsadlariga taʼsirini hisobga olgan holda erkinlashtirish grafigini ishlab chiqsin va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
umumiy fiskal balans taqchilligini 2022-yilda 1,5 foizdan oshmaydigan darajagacha bosqichma-bosqich kamaytirishni taʼminlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining belgilangan parametrlar doirasidagi qatʼiy ijrosini, shuningdek, Markaziy bank bilan birgalikda soliq-budjet va pul-kredit siyosati muvofiqligini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi Moliya vazirligi va Markaziy bank bilan birgalikda 2020-yilning 1-iyuliga qadar norezidentlarga moliya bozoriga kirishga ruxsat berish shartlari, mexanizmlari va muddatlari boʻyicha takliflarni yuzaga kelishi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlarini bartaraf qilishning aniq mexanizmlari va instrumentlarini ishlab chiqqan holda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Markaziy banki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Konsepsiya va “Yoʻl xaritasi”ning sifatli va oʻz vaqtida ijro etilishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“2019 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida tarkibiy islohotlar asosiy yoʻnalishlarining “Yoʻl xaritasi”ni amalga oshirishni taʼminlash boʻyicha Iqtisodiy kengash yigʻilishlarida soliq-budjet va pul-kredit siyosati muvofiqligi hamda tarkibiy islohotlarning amalga oshirilishi holati masalalarini koʻrib chiqish va muhokama qilishni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jahon bozorlaridagi real vaziyatning rivojlanishi va tarkibiy iqtisodiy islohotlarning amaliy natijalaridan kelib chiqqan holda moslashuvchan makroiqtisodiy siyosat yuritish, shuningdek, inflatsiyaning uzoq muddatli maqsadli koʻrsatkichi (targeti) darajasigacha pasayishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Yoʻl xaritasi”ning amalga oshirilishi va narxlar barqarorligini taʼminlash boʻyicha koʻrilayotgan choralar samaradorligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, shuningdek, inflatsiya boʻyicha qoʻyilgan maqsadga erishish omillari va xatarlarini koʻrsatgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga har chorakda maʼlumot kiritib borishni taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Moliya vazirligi va Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi bilan birgalikda 2020-yilning 1-apreliga qadar Jahon bankining texnik koʻmagi asosida ishlab chiqilayotgan Moliyaviy ommaboplikni oshirish milliy strategiyasi doirasida moliyaviy savodxonlikni oshirishga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Moliya vazirligi, Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi M.B. Nurmuratov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2019-yil 18-noyabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PF-5877-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 18-noyabrdagi PF-5877-son Farmoniga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Markaziy bankining inflatsiyani pasaytirish va narxlar barqarorligini taʼminlash boʻyicha birgalikdagi harakatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
KONSEPSIYASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Konsepsiyaning maqsadi chuqur tarkibiy islohotlar oʻtkazilayotgan sharoitda iqtisodiyotda inflatsiya darajasini pasaytirishni taʼminlash hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Konsepsiya pul-kredit siyosatini takomillashtirishning asosiy yoʻnalishlarini, shuningdek, soliq-budjet siyosati va iqtisodiyot tarmoqlarining tarkibiy oʻzgarishi sohalaridagi zaruriy chora-tadbirlarni belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-BOB. INFLATSIYA OMILLARI TAHLILI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tartibga solinadigan narxlar (tariflar) hamda davlat sektorida ish haqining yillik oshirib borilishi, shuningdek, pul-kredit siyosatining oʻziga xosliklari (iqtisodiyotdagi pul massasi oʻsishi bilan birgalikda oltin-valyuta zaxiralarining jamgʻarib borilishi, milliy valyutaning doimiy devalvatsiyasi va spekulyativ kursli parallel valyuta bozorining mavjudligi) respublikada oldingi yillarda shakllangan inflatsiyaning fundamental omillari boʻlib hisoblanib kelmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yillar davomida yigʻilib kelgan investitsion yetishmovchilik va iqtisodiyotda shakllangan nomutanosibliklar mamlakatni rivojlantirishning yangi bosqichida ushbu muammolarni hal qilish uchun muhim qadamlar tashlashni taqozo etmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Iqtisodiyotdagi ushbu ijobiy tarkibiy oʻzgarishlar sharoitida iqtisodiyotda inflatsiya bosimining obyektiv (muqarrar) shakllanishi kuzatildi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu jarayonda quyidagilar asosiy omillar sifatida namoyon boʻlmoqda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) oshirilgan iqtisodiy, kredit va investitsion faollik. Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini modernizatsiya qilish vazifalari, hududlarda aholi turmush sharoitlarini yaxshilash zaruriyati, agrar sohadagi islohotlar, davlat sektorida ish haqi darajasidagi tuzatishlar, tadbirkorlik faoliyati rivojlanishi va aholining oʻzini-oʻzi ish bilan taʼminlashi uchun shart-sharoitlar yaratish boʻyicha choralar iqtisodiyotga sezilarli moliyaviy resurslar yoʻnaltirilishini talab etdi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) tartibga solinadigan narxlarni erkinlashtirish. Narxlarni tartibga solish tizimini isloh qilish va bozor narxlarini shakllantirishga ushbu tovar va xizmatlarning mazkur guruh tomonidan inflatsion bosimini shakllantiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jahon tajribasi shuni koʻrsatadiki, narxlarni erkinlashtirish jarayonining kechiktirilishi islohotlar samaradorligini pasaytirishi va natijada uzoq muddatli inflatsion kutilmalarni yuzaga keltirishi mumkin. Tartibga solinadigan narxlarni bozor darajasiga yetkazish iqtisodiyotning tegishli sektoriga xususiy kapitalni jalb qilishni taʼminlashga imkon beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda, narxlarning maʼmuriy tartibga solish tizimining isloh qilinishi va tariflarning bosqichma-bosqich oshirib borilishi mazkur tovarlar va xizmatlar guruhi tomonidan maʼlum darajadagi inflatsion bosimni yuzaga keltirishi mumkin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) nominal ish haqlarining korrektirovkasi. Soʻnggi ikki yilda aholi real daromadlarining oʻrtacha yillik oʻsishi 10 — 12 foizni tashkil etdi. Iqtisodiyotning erkinlashtirilishi uning ayrim sohalarida malakali mutaxassislarga boʻlgan talabi natijasida ularning ish haqlari sekin-asta oshib borishiga olib keldi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) tashqi savdoni erkinlashtirish hamda tovarlar, xizmatlar, mehnat resurslari va tovarlar transchegaraviy olib oʻtilishining soddalashtirilishi. Tashqi savdoning erkinlashtirilishi va importning oʻsishi sharoitida valyuta kursining oʻzgarishi ham import, ham mahalliy tovarlar narxlarining shakllanishiga sezilarli taʼsir koʻrsatdi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2018-yilda nisbatan barqaror valyuta kursi sharoitida baʼzi tovarlar importi narxlar barqarorlashuviga taʼsir koʻrsatgan boʻlsa, meva va sabzavotlar narxlari qoʻshni davlatlardagi narxlar darajasigacha korrektirovka qilinib oldi. Ayni vaqtda, joriy yilda devalvatsiyaning tezlashishi iqtisodiyotdagi narxlar darajasiga salbiy taʼsir koʻrsatdi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Makroiqtisodiy barqarorlik, sifatli iqtisodiy oʻsishga va past darajadagi inflatsiyaga erishish nafaqat pul-kredit siyosati instrumentlarini qoʻllash orqali, balki quyidagilarni oʻz ichiga olgan kompleks yondashuv bilan taʼminlanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahalliy ishlab chiqaruvchilarning raqobatdoshligini oshirishga urgʻu bergan holda, tartibga solinadigan narxlarni bosqichma-bosqich erkinlashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
raqobatbardosh bozor iqtisodiyotiga oʻtishni tezlashtirish hamda tovar va xizmatlarning toʻlaqonli bozorini shakllantirish orqali iqtisodiyot tarmoqlaridagi tarkibiy oʻzgarishlarni amalga oshirishni davom ettirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishlab chiqarish, transport va ijtimoiy infratuzilmani kengaytirish va modernizatsiya qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xususiy investitsiyalar kirishini koʻpaytirish va moliya bozorini rivojlantirish orqali moliyaviy resurslarning samarali qayta taqsimlanishini taʼminlash, shuningdek, moliya bozorida “uzoq muddatli” pullar manbasini shakllantirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-BOB. PUL-KREDIT SIYOSATINI TAKOMILLAShTIRISh VA INFLATSION TARGETLAShGA OʻTISh
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chuqur tarkibiy oʻzgarishlar va iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida pul-kredit siyosatini takomillashtirishning ustuvor yoʻnalishlari quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
narxlarning keskin oshishi va spiral xarakterdagi inflatsiyaning oldini olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
milliy valyuta kursiga nisbatan devalvatsion bosimni ushlab turish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pul bozorini shakllantirish, imtiyozli kreditlash va pul bozori segmentlashuvi sharoitlarini bartaraf etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ichki va tashqi omillarni hisobga olgan holda aholi va biznesning toʻlovga layoqatliligini saqlab turish, va umuman, moliya sektorining barqarorligini taʼminlash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ilgʻor xalqaro tajribani inobatga olgan holda, yuqorida keltirilgan ustuvor yoʻnalishlarning amalga oshirilishi pul-kredit siyosati sharoitlarini inflatsion targetlash rejimiga oʻtkazishni talab qilmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Inflatsion targetlash oʻzida shunday pul-kredit siyosati rejimini aks ettiradiki, unda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan inflatsiya darajasi boʻyicha doimiy maqsad (target) eʼlon qilinadi va uning harakatlari pul-kredit instrumentlari va kommunikatsiyadan faol foydalangan holda joriy inflatsiyani uning maqsadli koʻrsatkichiga yetkazishga yoʻnaltiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Inflatsion targetlash rejimi ham rivojlangan, ham rivojlanayotgan mamlakatlarda oʻzining keng qamrovli tatbiqini topgan. Mazkur rejim inflatsiyaning tebranuvchanligi va inersionligini pasaytirishda samarali instrument hisoblanadi va bu, oʻz navbatida, oʻrta muddatli istiqbolda mustahkam va barqaror iqtisodiy oʻsish uchun qoʻshimcha sharoitlar yaratadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bundan tashqari, bu rejimda inflatsiyaning maqsadli koʻrsatkichlariga erishishda Markaziy bank harakatlarida katta erkinlik, maqsadlar va pul-kredit siyosati maqsadlari va ustuvorliklarining aniq identifikatsiyasi, shuningdek, Markaziy bankning inflatsiyaning maqsadli koʻrsatkichlariga erishishda javobgarligi koʻzda tutiladi. Jamoatchilik uchun Markaziy bank faoliyatining yuqori darajada shaffofligi iqtisodiyotda maqbul iqtisodiy kutilmalar shakllanishiga imkon yaratadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Inflatsion targetlash rejimini samarali joriy qilish uchun pul-kredit siyosati inflatsiyaning belgilangan maqsadli darajasiga erishish zaruriyatidan kelib chiqib, bozor instrumentlari taʼsirini qoʻllagan holda banklararo pul bozoridagi foiz stavkalarini Markaziy bank intervensiyalari orqali samarali boshqarish yoʻli bilan amalga oshirilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻrta muddatli davrda inflatsion targetlash rejimini toʻliq joriy etish uchun quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining inflatsiyaning monetar va nomonetar omillarini pasaytirishdagi rolini kuchaytirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
inflatsiyaning qisqa muddatli maqsadlari trayektoriyasini aniqlash va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan uzoq muddatli maqsadga oʻtishni eʼlon qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaziy bank tomonidan yangi instrumentlarning (overnayt, depozit va kredit auksioni, svop, REPO, qisqa va oʻrta muddatli obligatsiyalar va boshqalar) joriy etilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pul bozoridagi operatsiyalarning asosiy mezoni sifatida foiz stavkalari koridorini qoʻllash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
moslashuvchan foiz siyosatini olib borish orqali tashqi va ichki omillarga oʻz vaqtida javob berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat qimmatli qogʻozlari bilan pul bozori operatsiyalarini amalga oshirish va gʻaznachilikning boʻsh pul mablagʻlarini tijorat banklariga joylashtirish uchun yagona platforma yaratish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qimmatli qogʻozlar boʻyicha daromadlilik egri chizigʻini shakllantirish va iqtisodiyot subyektlarining uzoq muddatli kutilmalarini samarali boshqarish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ekonometrik modellashtirish instrumentlarini rivojlantirish, makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish tizimini toʻliq tatbiq etish orqali pul-kredit va makroiqtisodiy koʻrsatkichlarning oʻzaro bogʻliqligini tizimli baholash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
inflatsion targetlash rejimining mohiyati va maqsadlari, uni muvaffaqiyatli amalga oshirish shart-sharoitlari, bevosita va bilvosita ijobiy taʼsirlari hamda unga erishishning maqsadli muddatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni keng jamoatchilikka xolisona, aniq va sodda usulda yetkazish orqali Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining kommunikatsiya siyosatini takomillashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pul-kredit siyosatining oʻrta va uzoq muddatli istiqbolda makroiqtisodiy koʻrsatkichlar dinamikasiga taʼsirini baholash boʻyicha ekonometrik modellarni qoʻllash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Banklararo pul bozori foiz stavkasiga taʼsir koʻrsatish Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga moliya bozorida shart-sharoit shakllanishiga imkon beradi hamda bu iqtisodiy holat talablaridan kelib chiqib, pul-kredit siyosati maqsadlariga erishishni taʼminlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki pul bozoridagi likvidlilik hajmini baholaydi va prognoz qiladi, mablagʻlar taqchilligi yoki ortiqchaligini, shuningdek, tegishli (likvidlilikni taqdim etish va yigʻib olish boʻyicha) instrumentlarning mavjudligini aniqlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bank tizimida likvidlilikka boʻlgan talab va taklif oʻrtasida nomutanosiblik yuzaga kelganda, doimiy harakat operatsiyalari boʻyicha stavkalari banklararo pul bozoridagi stavkalar tebranishini ushlab turadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shu bilan birga, majburiy zaxiralarni oʻrta darajaga keltirish mexanizmi banklararo bozor stavkalarini boshqarish jarayonida qoʻshimcha moslashuvchanlik yaratadi. Oʻrta muddatli istiqbolda koeffitsiyentning koʻtarilish tomonga oʻzgarishi banklarning banklararo pul bozoridagi faolligini oshiradi va bu orqali transmissiya foiz kanali ishini mustahkamlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Inflatsion targetlash rejimiga muvaffaqiyatli oʻtish uchun zarur shartlardan biri bu erkin shakllanadigan ayirboshlash kursi boʻlib, uning oʻzgarishi toʻlaligicha talab va takliflarning muhim omillariga sabab boʻladi. Bu, oʻz navbatida, banklararo valyuta bozorini modernizatsiya qilishni va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining valyuta intervensiyasi sohasidagi siyosatini tegishli ravishda takomillashtirilishini talab etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Valyuta bozori rivojlanishidagi asosiy omillardan biri ichki valyuta bozorida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki faolligining asta-sekin pasayishi va tijorat banklarining market-meyker sifatidagi rolining oshirilishi hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Valyuta kursining moslashuvchan shakllanishga oʻtish va banklararo valyuta savdolarini amalga oshirish valyuta intervensiyasi uslublarini takomillashtirishni nazarda tutadi. Shu munosabat bilan, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki bozor faoliyatiga aralashishni minimallashtirishga qaratilgan va ayirboshlash kursini aniqlashda uning fundamental oʻzgarish trendiga taʼsir oʻtkazmaydigan Valyuta intervensiyasi strategiyasini ishlab chiqishni nazarda tutadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuqoridagilarni inobatga olib, quyidagilar, valyuta bozorini erkinlashtirish jarayonini yakunlash orqali inflatsion targetlashga oʻtish uchun zaruriy shartlardan hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
banklarning market-meyker sifatida bozordagi faolligini ragʻbatlantirish va ularning ayirboshlash kursini shakllantirishdagi rolini oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
valyuta intervensiyalari siyosatini takomillashtirish va ularning Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki intervensiyalari maqsadlari va usullarini belgilab beruvchi strategiya va taktikalarini ishlab chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
valyuta bozori ishtirokchilariga valyuta xatarlarini xedjirlash imkonini beruvchi hosilaviy instrumentlar bozorini rivojlantirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uzoq muddatli istiqbolda narxlar barqarorligini taʼminlash butun moliya tizimining barqaror ishlashini talab qiladi. Bunda, barqaror makroiqtisodiy sharoitda ham bank sektorida tizimli xatarlar shakllanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Inflatsiyani belgilangan maqsadga yaqinlashtirish va ushlab turish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, shu jumladan prudensial nazorat choralari orqali moliyaviy xatarlarni kamaytirishi zarur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bank nazorati hamda banklarni moliyaviy sogʻlomlashtirish choralari. Tijorat banklari balanslarini tozalash ular barqarorligining oshishiga, omonatchilar va kreditorlar mablagʻlarining saqlanishiga, moliya tizimiga boʻlgan ishonchning mustahkamlanishiga va moliya bozorlarining yanada rivojlanishiga zamin yaratadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bank va moliya tizimlari uchun xatarlar ehtimolini kamaytiruvchi makroprudensial nazorat choralarining oʻz vaqtida va samarali qoʻllanilishi iqtisodiyotning muvozanatli ishlashiga hamda makroiqtisodiy barqarorlikning taʼminlanishiga imkon beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Inflatsion targetlash rejimida narxlar barqarorligi moliyaviy barqarorlikni qoʻllab-quvvatlaydi, chunki bozor ishtirokchilari pul-kredit siyosati harakatlarini oldindan koʻra bilishi va tushunishi sababli iqtisodiyot subyektlari qarorlarni qabul qilishda yanada izchil boʻladilar va bu noaniqlik elementlarini bartaraf qilishga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining minimal ishtiroki bilan butun moliya tizimini barqarorlashtirishga yordam beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aholi va tadbirkorlarning banklarga va milliy valyutaga boʻlgan ishonchini oshirish bank tizimini isloh qilishning ustuvor yoʻnalishlaridan hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mamlakatda ishonchli bank tizimi va moliya bozorining faoliyati pul-kredit siyosati taʼsir kanallarining toʻla ishlashiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan narxlar barqarorligini taʼminlash boʻyicha koʻrilayotgan choralar samaradorligining oshishiga xizmat qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur maqsadlarga erishish uchun bank tizimini yanada rivojlantirish boʻyicha quyidagilarni oʻz ichiga oluvchi kompleks chora-tadbirlar amalga oshiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
banklarning mijozlarga boʻlgan eʼtiborini oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mijozlarga elektron va masofaviy xizmat koʻrsatishni toʻliq joriy etish orqali bank xizmatlari sifati hamda aholining bank va boshqa moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini yaxshilash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bank xizmatlarini koʻrsatish tizimini isloh qilish va banklarni transformatsiyalash, korporativ boshqaruv sifatini oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
samarali infratuzilmani yaratish, banklar faoliyatini avtomatlashtirish va zamonaviy moliyaviy texnologiyalarni joriy etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat banklarini isloh qilish jarayonini tezlashtirish va ularni xususiylashtirish boʻyicha samarali choralar koʻrish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat banklarida bank xizmatlarini koʻrsatishda tezkorlikni oshirish, shu jumladan ularda xodimlar faoliyati samaradorligining asosiy koʻrsatkichlari (KPI) ijrosini baholash tizimini joriy etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
banklar tomonidan oʻrnatilgan iqtisodiy meʼyorlarga qatʼiy rioya qilinishini taʼminlash va zarur boʻlganda, ayrim banklarning aktiv operatsiyalarini vaqtincha cheklash choralarini qoʻllash orqali prudensial nazorat choralarini kuchaytirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-BOB. VAZIRLAR MAHKAMASI VA MARKAZIY BANKNING INFLATSIYA DARAJASINI PASAYTIRISh BOʻYIChA BIRGALIKDAGI ChORALARI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Narxlar barqarorligini taʼminlash va inflatsiyaning sezilarli darajada oʻsishi xavfining oldini olish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Markaziy banki soliq-budjet va pul-kredit siyosatlarini muvofiqlashtirish hamda iqtisodiyotdagi tarkibiy islohotlarni amalga oshirish borasida birgalikdagi harakatlarni olib borishi zarur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq-budjet siyosati sohasidagi chora-tadbirlar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
umumiy fiskal balans taqchilligini 2022-yilda 1,5 foizdan oshirmaydigan darajagacha bosqichma-bosqich qisqartirib borish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan budjet intizomiga rioya etilishi ustidan samarali nazoratni taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
taqchillikni moliyalashtirishning tashqi manbalarini, shu jumladan inflatsiya xavfini tugʻdirmaydigan resurslar hisobiga jalb qilish tartibini belgilash va uni qonun yoʻli bilan mustahkamlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijtimoiy-iqtisodiy maqsadlarga yoʻnaltirilgan markazlashgan investitsiyalar samaradorligini oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
soliq maʼmuriyatchiligi tizimida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
soliq intizomiga oʻz vaqtida rioya qilish boʻyicha javobgarlikni oshirish va soliq toʻlashdan boʻyin tovlaganlik uchun jazoning muqarrarligini taʼminlash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tarkibiy siyosat sohasidagi chora-tadbirlar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) ishlab chiqarish va transport infratuzilmasini modernizatsiya qilish va kengaytirish:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish va yoqilgʻi-energetika kompleksini, shu jumladan xususiy investitsiyalarni jalb qilish orqali modernizatsiya qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
avtomobil yoʻllarini qurish va xizmat koʻrsatishda davlat-xususiy sherikchilik mexanizmini qoʻllash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
temir yoʻl va havo transporti orqali yuk tashish sohasiga xususiy sektorni jalb qilishning yangi mexanizmlarini ishlab chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
koʻrsatilayotgan transport xizmatlari tarif va narxlarini asosiy tashqi savdo hamda sayyohlik yoʻnalishlari oʻtadigan boshqa davlatlar darajasidan oshmaydigan darajagacha tushirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
logistika xizmatlari, ulgurji savdo va tovarlarni saqlash infratuzilmasi sifatini oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) raqobat muhitini yaxshilash va biznes yuritishning teng imkoniyatlarini yaratish:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mulk huquqi va tadbirkorlik faoliyati kafolatlarining institutsional asoslarini mustahkamlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
raqobatbardosh tovar va moliya bozorlarida faoliyat yurituvchi korxonalar ustav kapitalida davlat ulushini kamaytirish, shu jumladan tabiiy monopoliyalarning asosiy faoliyatiga xos boʻlmagan obyektlarini xususiy sektorga sotish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
monopol korxonalarning narx belgilash boʻyicha shaffofligini taʼminlash, inflatsiyaning maqsadlarini hisobga olgan holda oʻrta muddatli istiqbolda tartibga solinadigan narxlarni (tariflar) erkinlashtirish muddatlarini oʻrnatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
individual soliq va bojxona imtiyozlari, subsidiyalar, preferensiyalar va imtiyozli kreditlar berish amaliyotini tanqidiy qayta koʻrib chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat xaridlari sohasida bozor mexanizmlarini rivojlantirish, ularning shaffofligi va hisobdorligini oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
narxlarni erkinlashtirish boʻyicha islohotlarning mohiyati, maqsadi, amalga oshirish bosqichlari va erishilgan natijalarni tushuntirish va asoslash boʻyicha faol kommunikatsiya siyosatini yuritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) xususiy investitsiyalar oqimining oʻsishi va moliya bozorining rivojlanishi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarzlarni moliyalashtirish instrumentlarini kengaytirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahalliy korxonalar aksiyalarini jahon fond maydonlarida birlamchi va ikkilamchi joylashtirish jarayonlarini faollashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aksiyadorlik kompaniyalarini tashkil etish va tugatish mexanizmini soddalashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
elektr va gaz taʼminoti sohasiga xususiy investorlar hamda toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni raqobat asosida kirishiga imkoniyat yaratish va ularni faol jalb etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) ishlab chiqarish omillari unumdorligini oshirish:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishlab chiqarish unumdorligini oshirishga va energiya sarfini pasaytirishga qaratilgan modernizatsiyalash va texnologik yangilash tarmoq dasturlarini amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
unumdorlikni ragʻbatlantirish hamda sifatni oshirishga qaratilgan davlat dasturlarini amalga oshirish va ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish uchun yer ajratish orqali qishloq xoʻjaligini rivojlantirish strategiyasini samarali amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mehnat unumdorligini oshirish va mehnatga munosib haq toʻlash orqali tarmoqlar tayyor mahsulotlari tannarxi tarkibidagi xarajatlarni optimallashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqaro standartlar va normativlarni joriy etish orqali energiya samaradorligini oshirish boʻyicha maxsus tarmoq dasturlarini amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat ulushiga ega korxonalar faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini oshirish maqsadida ularning samaradorlik reytingini eʼlon qilib borish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
asbob-uskunalarning samaradorligi va unumdorligi, shu jumladan foydalanish muddatlari boʻyicha talablarni ishlab chiqish va tasdiqlash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-BOB. KUTILAYOTGAN NATIJALAR
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Pul-kredit siyosatining takomillashtirilishi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Markaziy banki tomonidan muvofiqlashtirilgan harakatlarning amalga oshirilishi iqtisodiyotda narxlar barqarorligiga va inflatsiyaning 5 foizlik darajasi boʻyicha uzoq muddatli maqsadga erishishni taʼminlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Narxlar barqarorligi aholining turmush darajasi, ishchanlik faolligiga, ularning milliy valyutaga boʻlgan ishonchining mustahkamlanishiga, iqtisodiyotda dollarlashuv darajasining pasayishiga, milliy iqtisodiyotga ichki va tashqi investitsiyalarning oʻsishiga ijobiy taʼsir koʻrsatadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shu bilan birga, koʻrsatilgan chora-tadbirlarning samarali amalga oshirilishi iqtisodiyot agentlarining Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan amalga oshirilayotgan pul-kredit siyosatiga boʻlgan ishonchining oshishiga xizmat qiladi va bu, oʻz navbatida, inflatsion kutilmalarni sezilarli darajada pasaytirish imkonini beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Barqarorlikni, shuningdek, iqtisodiy siyosat shaffofligi va oldindan koʻra bilinishini taʼminlash mamlakatning investitsion jozibadorligini oshiradi, kreditlashning tashqi manbalari boʻyicha tavakkalchilik mukofotini kamaytirish omili boʻlib xizmat qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 18-noyabrdagi PF-5877-son Farmoniga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2020-yilda inflatsiyani pasaytirish va narxlar barqarorligini taʼminlash boʻyicha
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“YOʻL XARITASI”
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish shakli va mexanizmi

Ijro muddati

Masʼul ijrochilar

I. Pul-kredit siyosati sohasida

1.

Pul-kredit siyosatining pul bozoridagi likvidlilik hajmi va foiz stavkalarini tartibga solish instrumentlarini takomillashtirish.

Pul-kredit operatsiyalarini joriy qilish boʻyicha Markaziy bank boshqaruvining qarori, jumladan:

Markaziy bankning overnayt depozitlari;

muddati 2 haftagacha boʻlgan muntazam depozit auksionlari;

Markaziy bank obligatsiyalarini muomalaga chiqarish;

Markaziy bankning davlat qimmatli qogʻozlari va xorijiy valyuta garovi ostida overnayt kreditlari;

Markaziy bankning davlat qimmatli qogʻozlari va xorijiy valyuta garovi ostida 2 haftagacha muddatda kredit auksionlari.

2020-yil yanvar

Markaziy bank (Nurmuratov)

2.

Markaziy bankning pul-kredit operatsiyalari boʻyicha asosiy stavkasi va foiz koridorini oʻrnatish.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi Markaziy bank boshqaruvi qarori:

pul-kredit operatsiyalari boʻyicha asosiy moʻljal sifatida Markaziy bankning asosiy stavkasini oʻrnatish;

pul-kredit operatsiyalari boʻyicha foiz koridorini joriy etish.

2020-yil yanvar

Markaziy bank (Nurmuratov)

3.

Foiz siyosati yuqori moslashuvchanligini taʼminlash.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi Markaziy bank boshqaruvi qarori:

inflatsiya maqsadidan chetga chiqish xavflariga oʻz vaqtida javob qaytarish maqsadida asosiy stavka darajasini koʻrib chiqish boʻyicha yigʻilishlar oraligʻida qoʻshimcha yigʻilishlarni joriy etish yoʻli bilan koʻpaytirish;

asosiy stavkani bir yilda kamida sakkiz marotaba eʼlon qilish.

2020-yil yanvar

Markaziy bank (Nurmuratov)

4.

Banklararo pul bozorini va davlat qimmatli qogʻozlarining ikkilamchi bozorini yanada rivojlantirish.

Pul bozorida davlat qimmatli qogʻozlari bilan operatsiyalarni amalga oshirish va gʻaznachilikning boʻsh mablagʻlarini tijorat banklariga joylashtirish uchun yagona platforma yaratishni nazarda tutuvchi tashkiliy choralar.

2020-yil fevral

Markaziy bank (Nurmuratov), Moliya vazirligi (Ishmetov)

5.

Ekonometrik tahlil va prognozlar asosida qarorlar qabul qilish hamda ularni asosiy stavkani oʻrnatishdan oldin muhokama qilish tizimini rivojlantirish.

Markaziy bank boshqaruvining makroiqtisodiy tahlil va prognozlash tizimini (FPAS) amaliyotga toʻliq joriy qilish boʻyicha quyidagilarni nazarda tutuvchi qarori:

ekonometrik modellashtirish instrumentlarini rivojlantirish;

pul-kredit va makroiqtisodiy koʻrsatkichlarning oʻzaro aloqadorligini tizimli baholash;

oʻrta va uzoq muddatli istiqbolda pul-kredit siyosatining makroiqtisodiy koʻrsatkichlar dinamikasiga taʼsirlarini baholash;

bank tizimi likvidliligi va uning shakllanish omillarini prognoz qilishni takomillashtirish.

2020-yil aprel

Markaziy bank (Nurmuratov)

6.

Valyuta bozorini yanada rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish va qabul qilish.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi Markaziy bank boshqaruvining qarori:

ayirboshlash kursini belgilashda banklarning faol ishtiroki orqali ularning bozordagi faolligini ragʻbatlantirish;

derivativlar bozori, xedjirlash instrumentlari va market-meykerlar institutini rivojlantirish;

banklararo valyuta savdolarining joriy “fiksing” usulidan uzluksiz auksion savdolari “metching” usuliga oʻtish.

2020-yil davomida

Markaziy bank (Nurmuratov)

7.

Inflatsion targetlash rejimini muvaffaqiyatli joriy etish va inflatsiyaning maqsadli moʻljallariga erishish uchun xalqaro moliya institutlarining texnik koʻmagini jalb qilish.

1. Xalqaro valyuta jamgʻarmasi va boshqa xalqaro moliya institutlariga texnik koʻmak taqdim etish toʻgʻrisida murojaatlar yuborish.

2019-yil dekabr

Markaziy bank (Nurmuratov)

2. Inflatsion targetlash boʻyicha doimiy maslahatchini (ekspertni) tanlash va jalb qilish. Doimiy ekspert shartnomasi shartlari va mo�iyalashtirish manbalarini kelishish.

Donorlar bilan kelishishga qarab

8.

Har chorakda pul-kredit siyosati sharhlarini hamda inflatsion kutilmalar soʻrovlarini tayyorlash va eʼlon qilish.

Pul-kredit siyosati sharhlarini hamda aholi va xoʻjalik yurituvchi subyektlarning inflatsion kutilmalari soʻrovlarini tayyorlash va eʼlon qilish.

Har chorakda

Markaziy bank (Nurmuratov)

9.

Pul va valyuta bozorlari ishtirokchilarining malakasini oshirish.

Makroiqtisodiy tahlil va prognozlash sohasida seminar va treninglar oʻtkazish.

Doimiy asosda

Markaziy bank (Nurmuratov), tijorat banklari

10.

Makroprudensial bank nazorati mexanizmlarini takomillashtirish.

Quyidagilar orqali makroprudensial nazorat amaliyotini kuchaytirish:

Bazel qoʻmitasi talablarini bosqichma-bosqich tatbiq etish;

iqtisodiy oʻsish davrida kredit faolligi keskin oʻsib ketishining oldini olish maqsadida banklar kapitali kontrsiklik buferini kiritish;

muayyan koʻrsatkichlarning kritik qiymatlaridan chetga chiqqan hollarda banklarning kapitali yetarliligi uchun qoʻshimcha talablar oʻrnatish.

2020-yil fevral

Markaziy bank (Nurmuratov)

11.

Markaziy bank kadrlari salohiyatini oshirish.

1. Mutaxassislar malakasini oshirish va xorijiy markaziy banklar tajribasini oʻrganish.

2. Istiqbolli yosh mutaxassislarni ilgʻor xorijiy oliy taʼlim muassasalarida magistratura va doktorantura dasturlari boʻyicha oʻqitishni tashkil qilish.

3. Markaziy bankning yosh mutaxassislarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash va samarali ragʻbatlantirish.

Doimiy asosda

Markaziy bank (Nurmuratov)

12.

Markaziy bankning kommunikatsion siyosatini takomillashtirish.

1. Inflatsion targetlash rejimi mohiyati va maqsadlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni aholining keng qatlamiga xolis va aniq koʻrinishda yetkazishni nazarda tutuvchi kommunikatsion siyosatning yangi strategiyasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2. Markaziy bankning pul-kredit siyosati sohasidagi operatsiyalari shaffofligini taʼminlash.

2020-yil fevral

Markaziy bank (Nurmuratov)

13.

Jamoatchilikka inflatsion targetlashning mohiyati va maqsadlarini yanada batafsil tushuntirish maqsadida press-brifing tashkillashtirish va press-relizlar chiqarish.

Markaziy bankning press-konferensiyasini oʻtkazish.

Press-reliz chiqarish.

bir hafta muddatda

Markaziy bank (Nurmuratov)

II. Soliq-budjet siyosati sohasida

14.

Muvofiqlashtirilgan soliq-budjet siyosatini yuritish.

Umumiy fiskal balans taqchilligini 2022-yildan boshlab YIMning 1,5 foizidan oshirmaydigan darajagacha bosqichma-bosqich qisqartirib borish.

2020-yil may

Moliya vazirligi (Ishmetov)

15.

Davlat tashqi qarzini jalb qilishning yuqori chegaralarini belgilash mexanizmini joriy qilish.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat qarzlarini boshqarish samaradorligini oshirish toʻgʻrisida”gi Farmoni loyihasi, jumladan mazkur Farmonda tashqi va ichki omillar oʻzgarishini hisobga olgan holda davlat qarzlarini boshqarish boʻyicha oʻrta muddatli strategiyani har yili yangilab borishni nazarda tutish.

2019-yil dekabr

Moliya vazirligi (Ishmetov)

16.

Ijtimoiy-iqtisodiy maqsadlarga yoʻnaltirilgan markazlashgan investitsiyalar samaradorligini oshirish.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi Hukumatning qarori loyihasi:

investitsion loyihalarni tanlash va amalga oshirish bilan bogʻliq mavjud muammolarni tahlil qilish maqsadida davlat investitsiyalarini boshqarishni baholash (PIMA) tizimini joriy qilish;

ijtimoiy soha tarmoqlari, yoʻl-transport infratuzilmasi va boshqa tarmoqlar boʻyicha investitsion loyihalarni tanlash meʼyorlari va muhimliligini belgilash tartibini oʻrnatish;

markazlashgan investitsiyalar va xalqaro moliya institutlari mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladigan va amalga oshirishga taklif etiladigan loyihalar maʼlumotlarining har yili yangilanadigan yagona bazasini yaratish;

Investitsiya dasturini markazlashgan investitsiyalar hisobidan amalga oshirish doirasida hududiy loyihalarni mahalliy resurslar yoki tarmoq vazirliklari va idoralarning budjetidan tashqari oʻz mablagʻlari hisobidan bajarish orqali Davlat budjeti ulushini bosqichma-bosqich kamaytirish.

2020-yil avgust

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xoʻjayev), Moliya vazirligi (Ishmetov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Umurzakov)

III. Makroiqtisodiy siyosatni muvofiqlashtirishni taʼminlash sohasida

17.

Ichki bozorni isteʼmol tovarlari bilan toʻldirish boʻyicha davlat siyosati choralarini amalga oshirish.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish:

bozorda raqobatni rivojlantirishga �aratilgan tashqi savdo erkinlashtirilishini saqlab qolish;

ichki bozorni isteʼmol tovarlari bilan toʻldirish maqsadida ishlab chiqarishni ragʻbatlantirish hamda sanoat sohalari uchun zarur boʻlgan ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish.

Doimiy asosda

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xoʻjayev), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Umurzakov), Moliya vazirligi (Ishmetov), Markaziy bank (Nurmuratov)

18.

Ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishga toʻsqinlik qiluvchi muammolar va xatarlarni aniqlash mexanizmini takomillashtirish.

“2019 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida tarkibiy islohotlar asosiy yoʻnalishlarining “Yoʻl xaritasi”ni amalga oshirishni taʼminlash boʻyicha Iqtisodiy kengash yigʻilishlarida soliq-budjet va pul-kredit siyosatlari muvofiqligi hamda tarkibiy islohotlarning amalga oshirilish holati masalalarini koʻrib chiqish va muhokama qilish.

Doimiy asosda

(yili�a kamida 4 marotaba)

Iqtisodiy kengash kotibiyati (Ishmetov)

19.

Davlat qimmatli qogʻozlarini chiqarish grafigini har bir yil uchun aniq sanasini koʻrsatgan holda oldindan eʼlon qilishni amaliyotga joriy etish.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi Hukumatning qarori loyihasi:

pul bozori “benchmark”ini shakllantirish uchun soʻndirish muddati har xil boʻlgan davlat qimmatli qogʻozlarini chiqarish chastotasi va hajmlarini oshirish;

Har yili yil boshlanishidan oldin va grafikni yangilash zarur boʻlgan hollarda

Moliya vazirligi (Ishmetov), Markaziy bank (Nurmuratov)

iqtisodiyotda daromadlik egri chizigʻini shakllantirish uchun uzoq muddatli davlat qimmatli qogʻozlarini (soʻndirish muddati 5 10 yil) chiqarish v� ichki bozorda joylashtirish.

2020 — 2023-yy.

20.

Moliya vazirligi va Markaziy bank oʻrtasida doimiy ravishda oʻzaro maʼlumotlar almashinuvi amaliyotini yoʻlga qoʻyish.

Moliya vazirligi va Markaziy bankning quyidagilarni nazarda tutuvchi hamkorlikdagi chora-tadbirlari kompleksini amalga oshirish:

maʼlumotlar almashinuvi boʻyicha kundalik aloqa kanallarini oʻrnatish;

moliyaviy va iqtisodiy koʻrsatkichlar tahlili uchun zarur maʼlumotlar roʻyxatini hamda ularni taqdim qilish muddatlarini belgilab olish;

bank tizimida likvidlilikni qisqa muddatli prognoz qilish maqsadida davlat budjeti kunlik daromadlari va xarajatlarining kutilayotgan hajmi boʻyicha oldindan (bir kun avval) baholashlarni taqdim qilish;

Moliya vazirligi va Markaziy bank mutaxassislarining onlayn-rejimda axborotlarni eksport qilish imkonini beruvchi dasturiy taʼminotga ulash.

2020-yil fevral

Markaziy bank (Nurmuratov), Moliya vazirligi (Ishmetov)

21.

Aholining moliyaviy savodxonligini oshirish kurslarini joriy qilish.

Oʻrta va kasb-hunar taʼlimi muassasalarida moliyaviy savodxonlikni oshirish boʻyicha kurslarni ishlab chiqish va joriy qilish.

2020-yil sentyabr

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Majidov), Xalq taʼlim vazirligi (Shermatov), Markaziy bank (Nurmuratov), Moliya vazirligi (Ishmetov), Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (Sharipov)

IV. Iqtisodiyotning boshqa soha va sektorlaridagi tarkibiy islohotlar sohasida

22.

Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarini rivojlantirishning, provardida ichki ishlab chiqarish hajmlarini doimiy oshirish va narxlar barqarorligini taʼminlash maqsadlariga javob beruvchi tamoyillarga va vazifalarga asoslangan strategiyasi va dasturiga muvofiq tartibni oʻrnatish.

Quyidagi vazifalardan kelib chiqqan holda, iqtisodiyotni, uning tarmoqlari va sohalarini rivojlantirish strategiyalari va dasturlarini ishlab chiqish tizimi ustidan tartib va nazoratni oʻrnatishni amaliyotga joriy etishni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasi:

mahalliy ishlab chiqaruvchilar raqobatbardoshligini va ularning tashqi iqtisodiy sharoitlardagi oʻzgarishlarga moslashuvchanligini oshirish;

ishlab chiqarish, transport va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish;

markazlashgan moliyaviy resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish, xususiy va toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar ulushini koʻpaytirish hisobiga uzoq muddatli investitsiyalarni moliyalashtirish manbalari tuzilmasini optimallashtirish;

mehnat unumdorligi va ishlab chiqarish energiya samaradorligini oshirish;

ishlab chiqarish xarajatlarining asossiz oshishiga olib keluvchi omillarni doimiy ravishda qidirish va bartaraf etishga asoslangan holda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar tannarxini kamaytirish.

2020-yil fevral

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xoʻjayev), Moliya vazirligi (Ishmetov), manfaatdor vazirlik va idoralar

23.

Ishlab chiqarish xarajatlarining asossiz oshishiga olib keluvchi omillarni doimiy ravishda qidirish va bartaraf etish asosida ishlab chiqariladigan mahsulotlar tannarxini kamaytirish.

Har yili ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirishning yillik maqsadli parametrlarini oʻrnatishni nazarda tutgan holda vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar tarkibiga kiruvchi sanoat tarmoqlari korxonalarining ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar kompleksi.

Har yili dekabr oxirigacha

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xoʻjayev), tarmoq vazirliklari va idoralari

Tarmoq sanoat korxonalarida 2020-yilda ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish boʻyicha qabul qilingan chora-tadbirlarni amalga oshirish jarayonini monitoring qilish va har chorakda koʻrib chiqish.

Har chorakda

24.

Iqtisodiyot tarmoqlarida mahsulot tannarxi shakllanishini tahlil va monitoring qilish mexanizmini joriy etish.

Har haftalik isteʼmol narxlari indekslarini hisoblash uchun qisqartirilgan isteʼmol savatchasiga kiritilgan 65 turdagi tovarlar va xizmatlar tannarxining shakllanishi toʻgʻrisidagi har choraklik maʼlumotning soʻrov usuli asosidagi statistik hisobotini 2020-yil statistik ishlar rejasiga kiritish.

2019-yil dekabr

Davlat statistika qoʻmitasi (Begalov), Moliya vazirligi (Ishmetov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xoʻjayev)

Doimiy ravishda yuqorida koʻrsatilgan tovarlar (xizmatlar) boʻyicha tannarx va narxlar shakllanishini tahlil qilish va har chorakda tegishli maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezident Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish.

Har chorakda

25.

Iqtisodiyot tarmoqlarining energiya sarfini kamaytirish hamda texnik va texnologik jihatdan yangilash.

1. Mahalliy korxonalar va tashkilotlarda xalqaro standartlarga (ISO 50001) mos keluvchi energetik menejment tizimini bosqichma-bosqich joriy qilish boʻyicha quyidagilarni nazarda tutuvchi mexanizmni ishlab chiqish:

energiya sarfi samaradorligini shaffoflik va xolislik asosida baholash, korxonalarning energiya sigʻimini kamaytirish;

resurslar, birinchi navbatda, moliyaviy resurslarni minimal sarflagan holda energiya isteʼmolini boshqarish samaradorligini, korxonalar aktivlari kapitallashuvini oshirish;

ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar, koʻrsatilayotgan xizmatlar raqobatbardoshligini oshirish.

2020-yil yanvar

Energetika vazirligi (Sultanov), “Oʻzstandart” agentligi (Sattarov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xoʻjayev), Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov)

2. Energetik menejment tizimini xalqaro standart talablariga (ISO 50001) muvofiq joriy qilish tarmoq jadvallarini “Oʻzstandart” agentligi bilan kelishgan holda vazirliklar va idoralar tomonidan ishlab chiqish va tasdiqlash.

3. Energetik menejment tizimini joriy qilish, xodimlarini oʻqitish va sertifikatlash boʻyicha ishlarni tashkil etish.

2020-yil fevral

4. “Oʻzstandart” agentligi tomonidan vazirlik va idoralarning energetik menejment tizimini xalqaro standart talablariga muvofiq joriy qilishni nazorat qilish.

Doimiy

5. “Oʻzstandart” agentligi tomonidan vazirlik va idoralarning energetik menejment tizimini xalqaro standart talablariga muvofiq joriy qilishi jarayoni toʻgʻrisidagi hisobotni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Har chorakda

26.

Ustav fondida davlat ulushi 50 foizdan ortiq boʻlgan korxonalar, shuningdek, strategik ahamiyatga ega boʻlgan korxonalar faoliyati samaradorligini baholash maqsadida samaradorlikning asosiy koʻrsatkichi (KPI) va energiya sigʻimi indikatorini joriy qilish.

1. Korxonalar faoliyati samaradorligini baholash uchun samaradorlikning asosiy koʻrsatkichi (KPI) va energiya sigʻimi indikatorini belgilash metodikasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2020-yil aprel

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (Bekenov), Energetika vazirligi (Sultanov), “Oʻzstandart” agentligi (Sattarov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xoʻjayev)

2. Korxonalar tomonidan faoliyat samaradorligini baholash uchun samaradorlikning asosiy koʻrsatkichi (KPI) va energiya sigʻimi indikatori boʻyicha oylik statistik hisobotlar taqdim etilishini taʼminlash.

Har oyda

3. Har chorakda Energetika vazirligi va Davlat statistika qoʻmitasi veb-saytlarida, shuningdek, ommaviy axborot vositalarida yuqorida keltirilgan koʻrsatkichlarni eʼlon qilish.

Har chorakda

27.

Tartibga solinadigan narxlar (tariflar)ni erkinlashtirish jadvalini ishlab chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritish.

Inflatsiya boʻyicha maqsadli koʻrsatkichlarni hisobga olgan holda, 2022-yilgacha boʻlgan davr uchun tartibga solinadigan narxlar oʻzgarishi jadvalini tasdiqlovchi Hukumat qarori loyihasi.

2020-yil yanvar

Moliya vazirligi (Ishmetov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xoʻjayev), Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (Sharipov)

28.

Nohalol raqobat, suiisteʼmolchilik va import tovarlari narxlarini asossiz oshirishni toʻxtatish boʻyicha amaliyotni takomillashtirish.

Nohalol raqobat, suiisteʼmolchilik hamda mahalliy va import tovarlar narxlarini asossiz oshirish holatlarini aniqlash mexanizmini ishlab chiqish.

2020-yil yanvar

Davlat soliq qoʻmitasi (Musayev), Davlat bojxona qoʻmitasi (Azimov), Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (Sharipov)

29.

Temir yoʻl va havo transporti xizmatlari bozorida raqobatni rivojlantirish.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga temir yoʻl va havo transporti xizmatlari bozoriga ishtirokchilarning kirishini ochish va xususiy operatorlar sonini koʻpaytirish orqali raqobat muhitini shakllantirish boʻyicha quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflarni kiritish:

koʻrsatiladigan transport xizmatlari tarif va narxlarini MDH davlatlari va asosiy tashqi savdo va turistik yoʻnalishlar hududidan oʻtuvchi boshqa davlatlardagi tarif va narxlardan oshmaydigan darajagacha pasaytirish;

temir yoʻlda va aviatsiyada xususiy yuk tashuvchilar bozorini shakllantirish boʻyicha dasturni tasdiqlash;

infratuzilmadan foydalanganligi uchun xususiy operatorlar bilan hisob-kitoblar tartibi va tariflarni oʻrnatish.

2020-yil fevral

Transport vazirligi (Maxkamov), Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (Sharipov), manfaatdor vazirlik va idoralar

30.

Elektr va gaz taʼminoti sohasiga xususiy investorlar hamda toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni tanlov asosida kirishiga ruxsat berish va ularni faol jalb qilish.

Elektr va gaz taʼminoti sektorida raqobatni rivojlantirish maqsadida, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik mexanizmini qoʻllagan holda, toʻsiqlarni bartaraf etish va imkoniyatlar yaratish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”.

2020-yil aprel

Energetika vazirligi Sultanov), Moliya vazirligi (Ishmetov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xoʻjayev), Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (Sharipov)

31.

Tadbirkorlik subyektlari uchun raqobat muhitini yaxshilash.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi:

tadbirkorlik subyektlarining huquqiy kafolatlarini mustahkamlash;

subsidiyalar, preferensiyalar va imtiyozli kreditlar berish amaliyotini qayta koʻrib chiqish;

davlat organlari xoʻjalik yurituvchi funksiyalarni bajaradigan muayyan sohalarga xususiy sektorni jalb qilish boʻyicha dasturlarni tayyorlash;

davlat organlari tomonidan taʼsis etiladigan davlat korxonalari, shuningdek, davlat ishtirokidagi yirik xoʻjalik yurituvchi jamiyatlar va raqobatga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi tabiiy monopoliya subyektlari boʻlgan afillangan korxonalar sonini qisqartirish;

tabiiy monopoliyalar tarmoqlari bilan turdosh bozorlarda raqobat shart-sharoitlarini yaratish boʻyicha choralar koʻrish;

davlat xaridlari, tenderlarni amalga oshirishda va resurslarni (shu jumladan, yoqilgʻi-energetika va togʻ-kon sanoatida) taqsimlashda ular oʻtkazilishining shaffofligini oshirish orqali bozor mexanizmlarini rivojlantirish.

2020-yil fevral

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (Sharipov) Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xoʻjayev), Moliya vazirligi (Ishmetov, Adliya vazirligi (Davletov)

32.

Iqtisodiyotda raqobat muhitini rivojlantirish uchun individual soliq va bojxona imtiyozlari, subsidiyalar, preferensiyalar berish amaliyotini qaytadan tanqidiy koʻrib chiqish.

1. Quyidagilarni kiritishni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasining “Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonuniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni loyihasi:

soliq, bojxona imtiyozlari, subsidiyalar, narx preferensiyalari va grantlar koʻrinishida davlat koʻmagi taqdim qilinishiga hamda davlatning tadbirkorlik faoliyatida ishtirok etishiga nisbatan monopoliyaga qarshi talablar;

faoliyat olib borishga eksklyuziv huquqlar berishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari boʻyicha monopoliyaga qarshi organning dastlabki roziligini olish mexanizmi.

2020-yil dekabr

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (Sharipov) Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xoʻjayev), Adliya vazirligi (Davletov)

2. Quyidagilarni koʻzda tutuvchi amaliy chora-tadbirlar rejasi:

eksklyuziv huquqlarni toʻliq xatlovdan oʻtkazish;

raqobat muhitiga salbiy taʼsir koʻrsatayotgan davlat ishtirokidagi korxonalarga berilgan eksklyuziv huquqlarni bekor qilish.

2020-yil yanvar

33.

Monopol korxonalar va xoʻjalik yurituvchi subyektlar mahsulotlari narxini belgilanishning shaffofligini taʼminlash.

Monopol korxonaning internetdagi rasmiy veb-saytida ishlab chiqarish xarajatlari tarkibi va monopol mahsulotni (ishlar, xizmatlar) �ealizatsiya qilish hamda moliyaviy natijalar shakllanishi tartibi toʻgʻrisida maʼlumotlarni eʼlon qilish tartibini ishlab chiqish va joriy qilish.

2020-yil yanvar

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (Sharipov), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (Bekenov)

34.

Sud hokimiyati mustaqilligi, shuningdek, xususiy mulk huquqlari himoyasini taʼminlash boʻyicha taʼsirchan choralarni ishlab chiqish.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining sud hokimiyatini isloh qilish va uning mustaqilligini taʼminlash, sud qarorlarini oʻz vaqtida ijro etish, shuningdek, saʼy-harakatlarni xususiy mulk huquqlarini himoya qilishni taʼminlashga qaratishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi qarori loyihasi.

2020-yil mart

Oliy sud (Kamilov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xoʻjayev), Adliya vazirligi (Davletov)

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 18-noyabrdagi PF-5877-son Farmoniga
3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Inflatsiya darajasini pasaytirish va narxlar barqarorligini taʼminlash borasidagi chora-tadbirlarni muvofiqlashtirish boʻyicha komissiya
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TARKIBI
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

R.A. Gulyamov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi, Komissiya rahbari

J.A. Qoʻchqorov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri, Komissiya rahbari oʻrinbosari

M.B. Nurmuratov

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi, Komissiya rahbari oʻrinbosari

O.Z. Nasritdinxoʻjayev

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi oʻrinbosari

M.P. Olloyorov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi departamenti rahbari oʻrinbosari

O.A. Hakimov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori

B.A. Begalov

Davlat statistika qoʻmitasi raisi

Sh.Sh. Sharaxmetov

Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi raisi

O.B. Rustamov

iqtisodiyot va sanoat vazirining birinchi oʻrinbosari

T.A. Ishmetov

moliya vazirining birinchi oʻrinbosari

M.M. Mirzayev

Davlat soliq qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari

I.I. Norqulov

Markaziy bank raisining birinchi oʻrinbosari

A.Y. Haydarov

moliya vazirining oʻrinbosari

A.J. Ortiqov

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy oʻzgartirishlar, moliya-bank tizimi va xususiy tadbirkorlik masalalari kotibiyati mudiri

Sh.Z. Shukurov

Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti direktorining birinchi oʻrinbosari

Lavozimiga koʻra

Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish boʻyicha “El-yurt umidi” jamgʻarmasi ijrochi direktori

N. Sirojiddinov

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti professori

Z.T. Parpiyev

Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universiteti professori

B.S. Hamrayev

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Pul-kredit siyosati departamenti direktori, Komissiya kotibi

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Zarur hollarda, Komissiya ishiga tegishli davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari va boshqa tashkilotlarning mutaxassislari jalb etiladi.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-iyuldagi PF-108-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.11.2019-y., 06/19/5877/4036-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2021-y., 06/21/3/1037-son; 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son)