16.11.2019 yildagi 911-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 16.11.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jismoniy va yuridik shaxslarning mulk huquqlari kafolatlarini taʼminlash hamda yer uchastkalarini olib qoʻyish va kompensatsiya berish tartibini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining mulk huquqi kafolatlanishini soʻzsiz taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 3-avgustdagi F-5491-son farmoyishiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Belgilansinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) davlat va jamoat ehtiyojlari uchun, shuningdek, hududlarni kompleks rivojlantirish, shu jumladan, muayyan hududning arxitektura qiyofasini oʻzgartirish va yaxshilashga qaratilgan davlat dasturlari hamda investitsiya va ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega boʻlgan loyihalarni (keyingi oʻrinlarda investitsiya loyihalari deb ataladi) amalga oshirish doirasida yer uchastkasi yoki uning bir qismini olib qoʻyish yer egasining roziligi bilan yoki yerdan foydalanuvchi va ijarachi bilan kelishgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari Kengashlari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlariga binoan amalga oshiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar yoki tuman (shahar) hokimliklarining olib qoʻyilayotgan yer uchastkasida joylashgan koʻchmas mulk obyektini buzib tashlash toʻgʻrisidagi qarori adliya organlarining ijobiy xulosasi mavjud boʻlgandagina qabul qilinadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) yer uchastkasini olib qoʻyish tashabbuskori hamda olib qoʻyilayotgan yer uchastkasida joylashgan koʻchmas mulk obyektining mulkdori oʻrtasida tuziladigan erni olib qoʻyish munosabati bilan kompensatsiya berish toʻgʻrisidagi kelishuv majburiy tarzda notarial tasdiqlanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) koʻchmas mulk obyektini buzib tashlash toʻgʻrisidagi qarorni qabul qilishga olib qoʻyilayotgan yer uchastkasida joylashgan koʻchmas mulk obyekti mulkdoriga kelishuvda, nizo mavjud boʻlgan hollarda esa sud qarorida, belgilangan kompensatsiya toʻliq taqdim etilgandan soʻng yoʻl qoʻyiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va hokimliklarning yer uchastkalarini ajratib berish toʻgʻrisida avval qabul qilingan qarorini bekor qilish yoki unga oʻzgartirish kiritish, shu jumladan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, hokimliklar yoki boshqa davlat organi tomonidan maʼmuriy tartib-taomillarga rioya etilmaganligi sababli bekor qilish yoki unga oʻzgartirish kiritish yoʻli bilan yer uchastkalarini olib qoʻyish taqiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tuzilmasida boshqaruv xodimlarining belgilangan cheklangan umumiy soni doirasida 2 ta shtat birligidan iborat Yer uchastkalari olib qoʻyilishi va kompensatsiya berish ishlarini muvofiqlashtirish shoʻbasi (keyingi oʻrinlarda Shuʼba deb ataladi) tashkil etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Zarur hollarda tuman (shahar) hokimliklari tuzilmasida boshqaruv xodimlarining belgilangan cheklangan umumiy soni doirasida yer uchastkalari olib qoʻyilishi va kompensatsiya berish ishlari boʻyicha bosh mutaxassis (keyingi oʻrinlarda bosh mutaxassis deb ataladi) lavozimi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining qarori bilan kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Quyidagilar Shuʼba hamda bosh mutaxassisning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
buziladigan koʻchmas mulk obyektlari mulkdorlariga kompensatsiya berish uchun yetarli resurslar (mablagʻlar, yer uchastkasi va boshqa mulk) mavjudligini oʻrganish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi yoki tegishli xalq deputatlari Kengashiga kiritish uchun boʻlajak qurilish obyektining loyiha hujjatlarini taqdimot materiallari shaklida tayyorlash;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
olib qoʻyilishi rejalashtirilayotgan yer uchastkasida joylashgan koʻchmas mulk obyektlari mulkdorlari bilan ochiq muhokamani tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer uchastkasi olib qoʻyilishi tashabbuskori va koʻchmas mulk obyektlari mulkdorlari oʻrtasida tuzilgan, kompensatsiya miqdori, turi va berish muddati nazarda tutilgan kelishuvlar hisobini yuritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kompensatsiyalar oʻz vaqtida va toʻliq berilishining doimiy monitoringini olib borish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer uchastkalari olib qoʻyilishi, kompensatsiya berilishi, koʻchmas mulk obyektlari buzilishi, shuningdek, olib qoʻyilgan yer uchastkasida olib borilayotgan qurilish-montaj ishlari haqida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga maʼlumotlar kiritib borish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Yer uchastkalari olib qoʻyilishi va olib qoʻyilayotgan yer uchastkasida joylashgan koʻchmas mulk obyektlari mulkdorlariga kompensatsiya berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-dekabrdagi 1047-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qoʻyilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash boʻyicha markazlashtirilgan jamgʻarmalar mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ilovaga muvofiq qoʻshimchalar kiritilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Ushbu qaror 1-bandining “a” kichik bandi va 4 — 6-bandlari 2020-yil 1-yanvardan eʼtiboran kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — transport vaziri A.J. Ramatov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2019-yil 16-noyabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
911-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-noyabrdagi 911-son qaroriga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer uchastkalari olib qoʻyilishi va olib qoʻyilayotgan yer uchastkasida joylashgan koʻchmas mulk obyektlari mulkdorlariga kompensatsiya berish tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nizom
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Nizom jismoniy shaxslarga (yakka tartibdagi tadbirkor, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi, chet el fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar) va yuridik shaxslarga (tadbirkorlik subyektlari, nodavlat tashkilotlar) egalik qilish, doimiy foydalanish yoki vaqtinchalik foydalanish huquqi bilan tegishli boʻlgan yer uchastkasi yoki uning bir qismi davlat va jamoat ehtiyojlari uchun, shuningdek, investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida olib qoʻyilishi hamda ushbu yer uchastkasida joylashgan koʻchmas mulk obyektlari mulkdorlariga kompensatsiya berish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Nizom jismoniy va yuridik shaxslarga mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan yer uchastkalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer uchastkasi (yer uchastkasining bir qismi) — yer fondining muayyan chegaraga, qayd etilgan maydonga, joylashish manziliga ega boʻlgan, u erda joylashgan turar va noturar koʻchmas mulk obyektlari mulkdorlariga belgilangan tartibda egalik qilish, doimiy foydalanish yoki vaqtinchalik foydalanishga berilgan, shu jumladan, koʻp kvartirali uylar bilan band boʻlgan qismi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarini olib qoʻyish — ushbu turda yer uchastkasini olib qoʻyishga faqat quyidagi maqsadlarda yoʻl qoʻyiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mudofaa va davlat xavfsizligi, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar ehtiyojlari, erkin iqtisodiy zonalarni tashkil qilish va ularning faoliyat yuritishi uchun yerlarni berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqaro shartnomalardan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
foydali qazilmalar konlarini aniqlash va qazib chiqarish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
avtomobil yoʻllari va temir yoʻllar, aeroportlar, aerodromlar, aeronavigatsiya obyektlari va aviatexnika markazlari, temir yoʻl transporti obyektlari, koʻpriklar, metropolitenlar, tunnellar, energetika tizimi obyektlari va elektr uzatish tarmoqlari, aloqa tarmoqlari, kosmik faoliyat obyektlari, magistral quvurlar, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini qurish (rekonstruksiya qilish);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aholi punktlari bosh rejalarini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga obyektlar qurish qismida ijro etish, shuningdek, qonunlar va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlarida toʻgʻridan-toʻgʻri nazarda tutilgan boshqa hollar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
investitsiya loyihalari — amalga oshirilishi davlat dasturlarida nazarda tutilgan, fuqarolarning yashash va maishiy sharoitlarini, shuningdek muayyan hududni rivojlantirish va arxitektura qiyofasini yaxshilash, infratuzilmani rivojlantirish hamda ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega boʻlgan obyektlarni qurishni nazarda tutuvchi loyihalar;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
investor — investitsiya loyihasini amalga oshiruvchi shaxs;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer uchastkasi olib qoʻyilishi tashabbuskori (keyingi oʻrinlarda — tashabbuskor deb ataladi) — yer uchastkalari davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilgan taqdirda — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar, viloyatlar yoki tuman (shahar) hokimliklari, yer uchastkalari investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun olib qoʻyilgan taqdirda — investor;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
koʻp kvartirali uy — tutashgan yer uchastkasiga yoxud ushbu uyda umumiy foydalaniladigan binoga mustaqil chiqish joylariga ega boʻlgan, uy-joy qonunchiligiga muvofiq umumiy mulk elementlarini oʻz ichiga olgan ikki va undan ortiq kvartiralar jamlanmasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yopiq qurilgan turarjoy binolari (taunxauslar) — alohida yer uchastkasida joylashgan, umumiy hudud va chiqish joyiga ega, yondosh blok (bloklar)ga oʻtish joyi mavjud boʻlmagan, umumiy devor (devorlar)ga ega, xar biri bitta oila yashashi uchun moʻljallangan bir nechta bloklardan iborat uch qavatdan yuqori boʻlmagan (mansarda bilan) koʻp kvartirali uylar turi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yakka tartibdagi uy-joy — bir yer uchastkasida joylashgan, doimiy yashash, dam olish va shaxsiy xoʻjalikni yuritishga moʻljallangan, yer ustidagi qavatlari uch qavatdan oshmagan (mansarda yer ustidagi qavat hisoblanadi), qoʻshimcha foydalanishda boʻlgan xonalar va imoratlardan iborat, yordamchi-xoʻjalik imoratlari va hovlidagi inshootlar tegishli boʻlgan bir yoki bir nechta turar joylar tarkibidagi yakka tartibdagi qurilish obyekti;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
koʻchmas mulk obyektlari — olib qoʻyilayotgan yer uchastkasida joylashgan turar joy va noturar joy, ishlab chiqarish va boshqa bino va inshootlar va koʻp yillik ekinlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mulkdor — huquqni belgilovchi hujjatlar asosida koʻchmas mulk obyektiga nisbatan mulk huquqiga ega boʻlgan jismoniy va yuridik shaxs;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kelishmovchiliklar bayonnomasi — mulkdor bilan kompensatsiya miqdori, turi va berish muddati boʻyicha kelishuvga erishilmagan taqdirda tashabbuskor tomonidan tuziladigan va u bilan mulkdor birgalikda imzolanadigan hujjat;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kelishuv — tomonlarning roziligi bilan kompensatsiya miqdori, turi va berish muddati, shuningdek, boshqa shartlarni nazarda tutuvchi tashabbuskor va mulkdor oʻrtasida tuzilgan, notarial tartibda tasdiqlangan yozma shakldagi shartnoma;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
adliya organlari — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari, tuman (shahar) adliya boʻlimlari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Yer uchastkasi yoki uning bir qismi (keyingi oʻrinlarda yer uchastkasi deb ataladi) davlat va jamoat ehtiyojlari, shuningdek, investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun olib qoʻyilishi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi yoki tegishli xalq deputatlari Kengashlari qaroriga binoan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun yer uchastkasi olib qoʻyilishi haqidagi qarorni qabul qilishga faqat Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Vazirlar Mahkamasi qarorlariga asosan yoʻl qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Koʻchmas mulk obyektini buzib tashlash toʻgʻrisidagi qaror Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, Toshkent shahar, viloyatlar yoki tuman (shahar) hokimlari tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi yoki tegishli xalq deputatlari Kengashlarining yer uchastkasi olib qoʻyilishi toʻgʻrisidagi qarori asosida tashabbuskor hamda mulkdor oʻrtasida Kelishuv tuzilganidan hamda Kelishuvda nazarda tutilgan kompensatsiya berilganidan soʻng qabul qilinadi, qurilayotgan koʻchmas mulkni kompensatsiya sifatida berish hollari bundan mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Koʻchmas mulk obyektini buzib tashlash toʻgʻrisidagi qaror loyihasi adliya organlari tomonidan koʻrib chiqilishi va tegishli xulosa berilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Davlat va jamoat ehtiyojlari, shuningdek, investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun olib qoʻyiladigan yer uchastkalari faqat ushbu maqsadlarda foydalaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Davlat va jamoat ehtiyojlari hamda investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun yer uchastkalari olib qoʻyilishida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar, viloyatlar yoki tuman (shahar) hokimliklari tomonidan birinchi navbatda eskirgan va avariya holatidagi uy-joy fondi obyektlari, shu jumladan, foydalanilmayotgan obyektlar (madaniy meros toifasiga kiradigan obyektlardan tashqari) bilan band boʻlgan yer uchastkalaridan, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy obyektlar qurilishiga ehtiyoji bor boʻlgan joylardan tanlab olinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Yer uchastkasini davlat va jamoat ehtiyojlari hamda investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun olib qoʻyish va kompensatsiya berish ushbu Nizomga 1 va 2-ilovalarga muvofiq sxemalar boʻyicha amalga oshiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hududni rivojlantirish va arxitektura qiyofasini yaxshilashga qaratilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Yer uchastkalarini olib qoʻyilishining umumiy qoidalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
§ 1. Yer uchastkalari davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilishida hujjatlarni tayyorlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Yer uchastkasi davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilishiga asos mavjud boʻlgan taqdirda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar, viloyatlar yoki tuman (shahar) hokimliklari tomonidan eskirgan va avariya holatidagi uy-joy fondi obyektlari, shu jumladan foydalanilmayotgan obyektlar bilan band boʻlgan yer uchastkalari aniqlanadi, agar aniqlanmasa — boshqa yer uchastkalari tanlanib, tegishli taqdimot materiallari tayyorlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Taqdimot materiallari tayyorlangan kundan soʻng bir ish kuni mobaynida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar, viloyatlar yoki tuman (shahar) hokimliklari tomonidan tegishli hulosa va boshqa maʼlumotlarni olish uchun qurilish boʻlimlari va yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasining tuman (shahar) filiallariga soʻrov yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soʻrov tushgan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qurilish boʻlimlari qurilish obyektlarining loyiha hujjatlarini ushbu hududni rivojlantirish va qurilishni rejalashtirish boʻyicha tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlariga (ular mavjud boʻlmaganda belgilangan tartibda taqdim etilgan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun beriladigan yer uchastkalarini joylashtirish sxemalariga) muvofiqli yuzasidan hulosa va boshqa maʼlumotlarni tayyorlaydi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar, viloyatlar yoki tuman (shahar) hokimliklariga yuboradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasining tuman (shahar) filiallari ushbu yer uchastkasida joylashgan koʻchmas mulk obyektlarining toʻliq roʻyxatini va ular haqidagi boshqa maʼlumotlarni tayyorlaydi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar, viloyatlar yoki tuman (shahar) hokimliklariga yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar, viloyatlar yoki tuman (shahar) hokimliklari tegishli hulosalar va boshqa maʼlumotlar olingan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida mulkdorlarga beriladigan kompensatsiyaning dastlabki miqdorini aniqlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Quyidagi hollarda qurilishi rejalashtirilayotgan obyektlar boʻyicha taqdimot materiallarini tayyorlash talab etilmaydi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mudofaa va davlat xavfsizligi uchun yerlarni taqdim etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqaro shartnomalardan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
foydali qazilmalar konlarini aniqlash va qazib chiqarish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Yer uchastkasini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilishida taqdimot materiallari Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-dekabrdagi 1047-son qarori bilan tashkil etilgan tegishli Davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qoʻyilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash boʻyicha markazlashtirilgan jamgʻarma kuzatuv kengashi (keyingi oʻrinlarda Kuzatuv kengashi deb ataladi) bilan kelishilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kuzatuv kengashi qabul qilingan qaror haqida uch ish kuni mobaynida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar, viloyatlar yoki tuman (shahar) hokimliklarini yozma ravishda xabardor qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Kuzatuv kengashining yozma roziligi olinganidan soʻng Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar, viloyatlar yoki tuman (shahar) hokimliklari ikki ish kunida taqdimot materiallarini Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi yoki tegishli xalq deputatlari Kengashiga yer uchastkasi olib qoʻyilishi munosabati bilan foyda va xarajatlarni baholash masalasini koʻrib chiqish uchun yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kuzatuv kengashining yozma roziligi olinmasdan turib taqdimot materiallarini Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi yoki tegishli xalq deputatlari Kengashiga kiritish taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi yoki tegishli xalq deputatlari Kengashi taqdimot materiallari va boshqa hujjatlarni ushbu Nizomning 22 — 27-bandlarida nazarda tutilgan tartibda koʻrib chiqadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
§ 2. Yer uchastkalari investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun olib qoʻyilishida hujjatlarni tayyorlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Yer uchastkasi investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun olib qoʻyilishiga asos mavjud boʻlgan taqdirda investorlar tomonidan taqdimot materiallari tayyorlanadi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar, viloyatlar yoki tuman (shahar) hokimliklariga kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar, viloyatlar yoki tuman (shahar) hokimliklari tomonidan tegishli hulosa va boshqa maʼlumotlarni olish uchun qurilish boʻlimlari va yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasining tuman (shahar) filiallariga soʻrov yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Soʻrov olingan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qurilish boʻlimlari qurilish obyektlarining loyiha hujjatlarini ushbu hududni rivojlantirish va qurilishni rejalashtirish boʻyicha tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlariga (ular mavjud boʻlmaganda belgilangan tartibda taqdim etlgan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun beriladigan yer uchastkalarini joylashtirish sxemalariga) muvofiqlik yuzasidan hulosa va boshqa maʼlumotlarni tayyorlaydi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar, viloyatlar yoki tuman (shahar) hokimliklariga yuboradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasining tuman (shahar) filiallari ushbu yer uchastkasida joylashgan koʻchmas mulk obyektlarining toʻliq roʻyxatini va ular haqidagi boshqa maʼlumotlarni tayyorlaydi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar, viloyatlar yoki tuman (shahar) hokimliklariga yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar, viloyatlar yoki tuman (shahar) hokimliklari tegishli hulosalar va boshqa maʼlumotlar olingan kundan boshlab ikki ish kunida investorga ushbu yer uchastkasida joylashgan koʻchmas mulk obyektlarining toʻliq roʻyxatini yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Investor ushbu yer uchastkasida joylashgan koʻchmas mulk obyektlarining toʻliq roʻyxati olingan kundan boshlab besh ish kunida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mulkdorlarga beriladigan kompensatsiyaning dastlabki miqdorini aniqlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar, viloyatlar yoki tuman (shahar) hokimliklariga kompensatsiya berish uchun yetarli mablagʻlar mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Taqdimot materiallari ular olingan kundan boshlab ikki ish kuni mobaynida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi yoki tegishli xalq deputatlari Kengashiga yer uchastkasi olib qoʻyilishi maqsadga muvofiqligi hamda shu munosabat bilan foyda va xarajatlarni baholash masalasini koʻrib chiqish uchun yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Taqdimot materiallariga ushbu Nizomning 13-bandida nazarda tutilgan hujjatlar ilova qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi yoki tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan taqdimot materiallari va boshqa hujjatlar ushbu Nizomning 22 ― 27-bandlarida nazarda tutilgan tartibda koʻrib chiqadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Investitsiya loyihalarini amalga oshirish rejalashtirilgan yer uchastkasida joylashgan koʻchmas mulk obyektlari mulkdorlari ushbu investitsiya loyihalarini amalga oshirishda ustuvor huquqqa ega boʻladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Taqdimot materiallari kelib tushgan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar, viloyatlar yoki tuman (shahar) hokimliklari olib qoʻyilishi rejalashtirilgan yer uchastkasida joylashgan koʻchmas mulk obyektlari mulkdorlariga investitsiya loyihasini amalga oshirish boʻyicha ustuvor huquqidan foydalanish boʻyicha taklifni yozma ravishda taqdim etishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mulkdor taklifni qabul qilgan kundan boshlab ikki oy muddat mobaynida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat va Toshkent shahar yoki tuman (shahar) hokimliklariga investitsiya loyihalarini amalga oshirish boʻyicha ustuvor huquqidan voz kechishi yoki investitsiya loyihasini amalga oshirish boʻyicha roziligi va yetarli resurslari mavjudligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mulkdor tomonidan belgilangan muddatda investitsiya loyihalarini amalga oshirish boʻyicha rozilik va yetarli resurslari mavjudligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilmagan taqdirda ustuvor huquqidan voz kechilgan hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun yetarli resurs mavjudligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgan taqdirda ushbu mulkdor investor maqomiga ega boʻladi hamda investitsiya loyihasini mazkur Nizomda belgilangan tartibda amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
§ 3. Hududni rivojlantirish va arxitektura qiyofasini yaxshilashga qaratilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish boʻyicha hujjatlarni tayyorlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Aholi punktlari bosh rejalarining budjetdan tashqari mablagʻlar hisobiga obyektlarni qurish qismini ijro etish doirasida hududni rivojlantirish va arxitektura qiyofasini yaxshilashga qaratilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish birinchi navbatda bevosita tegishli hududda joylashgan koʻchmas mulk obyektlari mulkdoriga taklif etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar, viloyatlar yoki tuman (shahar) hokimliklari tomonidan turar joy va noturar joy, ishlab chiqarish hamda boshqa bino va inshootlarning tashqi koʻrinishiga qoʻyilgan talablar boʻyicha loyiha hujjatlari hamda ular boʻyicha taqdimot materiallari tayyorlanadi. Tayyorlangan hujjat va materiallar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi yoki tegishli xalq deputatlari Kengashiga ushbu investitsiya loyihasini amalga oshirish munosabati bilan foyda va xarajatlarni baholash uchun yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mulkdorlarga umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini, shaharlar va boshqa aholi punktlarining koʻchalarini, muxandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini yaxshilash majburiyatini yuklash taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hududni rivojlantirish va arxitektura qiyofasini yaxshilashga qaratilgan investitsiya loyihalari bevosita mulkdor tomonidan amalga oshirilgan taqdirda yer uchastkasi olib qoʻyilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi yoki tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan taqdimot materiallari va boshqa hujjatlar ushbu Nizomning 22 ― 27-bandlarida nazarda tutilgan tartibda koʻrib chiqadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hududni rivojlantirish va arxitektura qiyofasini yaxshilashga qaratilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish toʻgʻrisidagi qaror Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi yoki tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan qabul qilinadi. Ushbu qaror qabul qilingan kundan boshlab bir ish kuni mobaynida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar, viloyatlar yoki tuman (shahar) hokimliklariga yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar, viloyatlar yoki tuman (shahar) hokimliklari ushbu qarorni u kelib tushgan kundan boshlab bir ish kuni mobaynida turar joy va noturar joy, ishlab chiqarish hamda boshqa bino va inshootlarning tashqi koʻrinishiga qoʻyilgan talablar boʻyicha loyiha hujjatlarini ilova qilgan holda mulkdorlarga yetkazilishini taʼminlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Hududni rivojlantirish va arxitektura qiyofasini yaxshilashga qaratilgan investitsiya loyihalari mulkdorlarning oʻz mablagʻlari, kreditlar va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobiga amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Mulkdorlar tomonidan hududni rivojlantirish va arxitektura qiyofasini yaxshilashga qaratilgan investitsiya loyihalari qurilish (rekonstruksiya) obyektining loyiha hujjatlarida nazarda tutilgan, biroq Kelishuv imzolangan kundan boshlab ikki yildan oshmagan muddatlarda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Ushbu Nizomning 19-bandida nazarda tutilgan muddatlarga rioya qilmaslik qurilishi tugallanmagan obyektlar hamda qurilishi tugallanmagan obyektlar joylashgan yer uchun belgilangan tartibda mol-mulkka solinadigan soliq hamda yer soligʻining oshirilgan stavkalari qoʻllanilishiga olib keladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Mulkdorlar tomonidan hududni rivojlantirish va arxitektura qiyofasini yaxshilashga qaratilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirishdan bosh tortilgan taqdirda tashabbuskor tomonidan Kelishmovchiliklar bayonnomasi tuziladi va mulkdor bilan birgalikda imzolanadi. Kelishmovchiliklar bayonnomasini imzolashdan bosh tortilgan taqdirda, bosh tortish sabablari koʻrsatilgan holda dalolatnoma tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kelishmovchiliklar bayonnomasi (dalolatnoma) imzolanganidan soʻng Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar, viloyatlar yoki tuman (shahar) hokimliklari majburiyat yuklash haqida sudga ariza bilan murojaat qilishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
§ 4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi yoki tegishli xalq deputatlari Kengashining majlislarida taqdimot materiallari va boshqa hujjatlarni koʻrib chiqish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi yoki tegishli xalq deputatlari Kengashining majlisi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda chaqiriladi va oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi yoki tegishli xalq deputatlari Kengashining majlisida quyidagi masalalar koʻrib chiqilishi shart:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
investitsiya loyihalari muayyan hududdagi fuqarolarning uy-joy va maishiy sharoitlarini yaxshilash, shuningdek, hudud aholisining aksariyat qismining fikrini hisobga olgan holda infratuzilmani rivojlantirish va ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega obyektlarni qurishga yoʻnaltirilganligi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birinchi navbatda eskirgan va avariya holatidagi uy-joy fondi obyektlari, shu jumladan, foydalanilmayotgan obyektlar (madaniy meros toifasiga kiradigan obyektlardan tashqari) bilan band boʻlgan yer uchastkalari aniqlanganligi, agar aniqlanmagan boʻlsa — boshqa yer uchastkalari tanlanganligi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Ochiq muhokamani oʻtkazishga faqat Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi yoki tegishli xalq deputatlari Kengashlari tomonidan ochiq muhokamani oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilingandan keyin yoʻl qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi yoki tegishli xalq deputatlari Kengashining ochiq muhokamani oʻtkazish toʻgʻrisidagi qarori qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qabul qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi yoki tegishli xalq deputatlari Kengashining ochiq muhokamani oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisidagi qarori qabul qilingan investitsiya loyihalari ushbu qaror qabul qilingan kundan boshlab bir oy muddat mobaynida qayta koʻrib chiqilib, takroran kiritilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Takroran kiritilgan taqdimot materialari umumiy tartibda koʻrib chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ochiq muhokamani oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror takroran qabul qilingan taqdirda taqdimot materiallari keyinchalik koʻrib chiqilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Ochiq muhokamani oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror quyidagi hollarda qabul qilinadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
agar investitsiya loyihasi muayyan hududdagi fuqarolarning uy-joy va maishiy sharoitlarini yaxshilash, shuningdek, hudud aholisining aksariyat qismining fikrini hisobga olgan holda infratuzilmani rivojlantirish va ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega obyektlarni qurishga yoʻnaltirilmagan boʻlsa;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uy-joy fondining eskirgan va avariya holatida boʻlgan obyektlar, shu jumladan, foydalanilmayotgan obyektlar (madaniy meros obyektlaridan tashqari) bilan band boʻlgan yer mavjud boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyiha yer uchastkasi olib qoʻyilishi maqsadlariga toʻgʻri kelmasa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
taklif etilayotgan loyiha boʻyicha zarar foydadan oshib ketgan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kuzatuv kengashining roziligi boʻlmaganda (yer uchastkasi davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilsa).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ochiq muhokama Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi yoki tegishli xalq deputatlari Kengashining majlislarida yetarli darajada ovoz toʻplanmagan taqdirda ham oʻtkazilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi yoki tegishli xalq deputatlari Kengashining ochiq muhokamani oʻtkazish toʻgʻrisidagi qarori u qabul qilingan kundan soʻng bir ish kuni mobaynida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar, viloyatlar yoki tuman (shahar) hokimliklariga yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu qaror Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar, viloyatlar yoki tuman (shahar) hokimliklarining rasmiy saytlarida, shuningdek, ommaviy axborot vositalarida kelib tushgan kundan keyingi ish kuni eʼlon qilinishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
§ 5. Mulkdorlar bilan ochiq muhokamani oʻtkazish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Ochiq muhokama Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi yoki tegishli xalq deputatlari Kengashining ochiq muhokamani oʻtkazish toʻgʻrisidagi qarori qabul qilingan kundan boshlab yigirma kun mobaynida oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu muddat buzilgan taqdirda taqdimot materiallari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi yoki tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan umumiy tartibda qayta koʻrib chiqilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Olib qoʻyilishi rejalashtirilayotgan yer uchastkasida joylashgan koʻchmas mulk obyektlari mulkdorlariga ochiq muhokama oʻtkazish sanasi va joyi koʻrsatilgan xabarnoma Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi yoki tegishli xalq deputatlari Kengashining ochiq muhokamani oʻtkazish toʻgʻrisidagi qarori qabul qilingan kundan boshlab ikki kun mobaynida, biroq ochiq muhokama oʻtkaziladigan kundan kamida yetti kun oldin tashabbuskor tomonidan yozma ravishda yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Mulkdorlarni ochiq muhokama oʻtkazish sanasi va joyi haqida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar, viloyatlar yoki tuman (shahar) hokimliklarining rasmiy saytlarida, ommaviy axborot vositalarida hamda Internet jahon axborot tarmogʻida xar kuni eʼlon berish orqali xabardor qilishga yoʻl qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Ochiq muhokama tashabbuskor tomonidan tashkil etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ochiq muhokama ommaviy axborot vositalari ishtirokida oʻtkazilishi va ularning ishtiroki tashabbuskor tomonidan taʼminlanishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Ochiq muhokama davomida tashabbuskor mulkdorlarni ushbu yer uchastkasida loyihani amalga oshirish shartlari, maqsad va istiqbollari bilan tanishtirishi hamda ularning fikrlarini eshitishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Zarur hollarda investitsiya loyihalari mulkdorlarning takliflari asosida takomillashtirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ochiq muhokama yakuni boʻyicha bayonnoma rasmiylashtiriladi va u tashabbuskor hamda barcha mulkdorlar tomonidan imzolanadi. Imzolashdan bosh tortilgan taqdirda buning sabablari koʻrsatilgan holda dalolatnoma rasmiylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bayonnoma Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar, viloyatlar yoki tuman (shahar) hokimliklarining rasmiy saytlarida rasmiylashtirilgan kundan keyingi ish kuni eʼlon qilinishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
§ 6.Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi yoki tegishli xalq deputatlari Kengashlar tomonidan yer uchastkasi olib qoʻyilishi toʻgʻrisidagi qarorini qabul qilish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi yoki tegishli xalq deputatlari Kengashlari tomonidan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer uchastkasi davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilishi, shuningdek, hududni rivojlantirish va arxitektura qiyofasini yaxshilashga qaratilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilinishiga — ochiq muhokama oʻtkazilib, foyda va xarajatlar toʻliq baholangandan soʻng;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun yer uchastkasi olib qoʻyilishi toʻgʻrisidagi qaror qabul qilinishiga — ochiq muhokama oʻtkazilib, foyda va xarajatlar toʻliq baholangandan, shuningdek, mulkdorlarning oldindan roziligi olingandan soʻng yoʻl qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi yoki tegishli xalq deputatlari Kengashining yer uchastkasi olib qoʻyilishi toʻgʻrisidagi qarorida quyidagilar koʻrsatilishi shart:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
olib qoʻyilayotgan yer uchastkasining geografik koordinatlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer uchastkasi olib qoʻyilishining asoslari va maqsadlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
buzib tashlanishi kerak boʻlgan koʻchmas mulk egalari va obyektlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
olib qoʻyilayotgan yer uchastkasida qurilishi lozim boʻlgan obyektlar haqidagi maʼlumotlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer uchastkasining olib qoʻyilishi munosabati bilan mulkdorlarga kompensatsiya berish, shu jumladan, yer uchastkasi olib qoʻyilishi bilan bogʻliq boshqa masalalar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi yoki tegishli xalq deputatlari Kengashining yer uchastkasi olib qoʻyilishi toʻgʻrisidagi qarori Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar yoki tuman (shahar)lar hokimliklarining rasmiy saytida, shuningdek, ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi yoki tegishli xalq deputatlari Kengashining yer uchastkasi olib qoʻyilishi toʻgʻrisidagi qarori yuzasidan sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi yoki tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkasi olib qoʻyilishi toʻgʻrisida qaror qabul qilingandan soʻng Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar yoki tuman (shahar)lar hokimliklari mulkdorlar bilan kelishish ishlarini amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kelishuvga erishilgach Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamda mulkdor ikki tomonlama Kelishuv imzolanib, notarial tartibda tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
37. Investitsiya loyihalari boʻyicha oʻtkazilgan ochiq muhokama bayonnomasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari yoki tumanlar (shaharlar)ning rasmiy saytida eʼlon qilinganidan soʻng investor mulkdorlarining roziligini olish ishlarini amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mulkdorlarning roziligi olingandan soʻng investor, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamda mulkdor oʻrtasida uch tomonlama Kelishuv imzolanib, notarial tartibda tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
38. Kompensatsiya miqdori, turlari va berish muddati Kelishuvda nazarda tutiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kelishuvni imzolagan mulkdor ushbu Nizomda belgilangan tartibda yer uchastkasining olib qoʻyilishiga va unda joylashgan koʻchmas mulk obyektining buzib tashlanishiga rozilik bergan deb hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kelishuv notarial tasdiqlanganidan keyin Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan hisobga olinishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari kompensatsiya oʻz vaqtida va toʻliq, shu jumladan, investor tomonidan oʻz vaqtida va toʻliq toʻlanishini kafolatlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Investor tomonidan kompensatsiya oʻz vaqtida va toʻliq toʻlanmagan taqdirda ushbu kompensatsiya Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan birinchi navbatda mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalari hisobidan toʻlanadi va keyinchalik aybdor shaxslardan sud orqali regress tartibda undiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari mahalliy budjetining qoʻshimcha mablagʻlarining sarflanishida kompensatsiya toʻlab berish ustuvor xarajat hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
39. Olib qoʻyiladigan yer uchastkasida joylashgan koʻchmas mulk obyektlarini boshqa shaxsga oʻtkazishga Kelishuv imzolanganidan soʻng tashabbuskorning yozma rozilik xati mavjud boʻlgan taqdirda yoki Kelishuv (Kelishuvda nazarda tutilgan tartibda, taraflarning roziligi bilan yoki sud tartibida) bekor qilingan hollarda yoʻl qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Buzib tashlanadigan koʻchmas mulk obyektini sotib olgan mulkdor mazkur Nizomga muvofiq tuzilgan Kelishuvdan kelib chiquvchi avvalgi mulkdorning huquq va majburiyatlari boʻyicha huquqiy voris hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
40. Hududni rivojlantirish va arxitektura qiyofasini yaxshilashga qaratilgan investitsiya loyihalari amalga oshiriladigan turar va noturar joylarning, ishlab chiqarish va boshqa inshootlarning manzilli roʻyxati Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi yoki tegishli xalq deputatlari Kengashining qarori bilan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi yoki tegishli xalq deputatlari Kengashining hududni rivojlantirish va arxitektura qiyofasini yaxshilashga qaratilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish haqidagi qarori u qabul qilingandan soʻng bir ish kunida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar yoki tuman (shahar) hokimliklariga yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu qaror Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar yoki tuman (shahar) hokimliklarning rasmiy saytlarida va ommaviy axborot vositalarida kelib tushgan kundan keyingi ish kuni eʼlon qilinishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi yoki tegishli xalq deputatlari Kengashining hududni rivojlantirish va arxitektura qiyofasini yaxshilashga qaratilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish haqidagi qarori yuzasidan sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Koʻchmas mulk obyektlari buzib tashlanishi munosabati bilan mulkdorlarga kompensatsiya berishning umumiy tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
41. Quyidagilar kompensatsiya qilib beriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) olib qoʻyilgan yer uchastkasida joylashgan koʻchmas mulk obyektlarining bozor qiymati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) olib qoʻyilgan yer uchastkasiga boʻlgan huquqning bozor qiymati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) koʻchirish, shu jumladan, boshqa koʻchmas mulk obyektini vaqtinchalik olish bilan bogʻliq xarajatlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) jismoniy va yuridik shaxslarning boy berilgan foydasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) qonun hujjatlarida yoki Kelishuvda nazarda tutilgan boshqa xarajatlar va zararlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzboshimchalik bilan qurilgan uy-joy, ishlab chiqarish va boshqa binolar va inshootlarning qiymati ham qoplanishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
42. Beriladigan kompensatsiya turlari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) pul mablagʻlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) boshqa koʻchmas mulk obyektini mulk qilib berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) yer uchastkasi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) Kelishuvda nazarda tutilgan kompensatsiyaning boshqa turlari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tomonlarning kelishuviga binoan mulkdorga koʻchmas mulkni baholash qiymatini hisobga olgan holda kompensatsiyaning bir necha turlari berilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Buzib tashlangan koʻchmas mulk oʻrniga yangi qurilayotgan koʻchmas mulk obyekti berish muddati boshqa koʻchmas mulk obyekti vaqtincha foydalanishga berilgan kundan boshlab 24 oydan oshmasligi kerak. Agar koʻrsatilgan muddatda yangi koʻchmas mulk obyekti berilmasa, tashabbuskor mulkdorga har bir kechiktirilgan kun uchun 0,01 foiz miqdorida jarima toʻlaydi. Bunda jarima miqdori buzib tashlangan koʻchmas mulk obyekti qiymatining 50 foizidan oshib ketmasligi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kompensatsiya sifatida mulk taqdim etilishi nazarda tutilgan Kelishuv qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
43. Yer uchastkalari davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilganda, kompensatsiya Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar, viloyatlar yoki tuman (shahar) hokimliklari tomonidan tegishli markazlashtirilgan jamgʻarma mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer uchastkalari investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun olib qoʻyilganda kompensatsiya investor mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
44. Bitta mahalla yoki koʻchada yashovchi mulkdorlar va ularning oila aʼzolariga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida, mulkdorlarga tashabbuskor bilan kelishgan holda bitta mahalla yoki koʻchada joylashgan yangi uylar (bitta koʻp qavatli uydagi kvartiralar) berilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
45. Kompensatsiya quyidagi tartibda beriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) pul mablagʻlarini mulkdorning tegishli bank (depozit) hisob raqamiga oʻtkazish yoʻli bilan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) koʻp kvartirali uy yoki blokirovka qilingan uy (taunxaus) egallab turgan yer uchastkasi olib qoʻyilgan taqdirda — tomonlarning kelishuviga koʻra mulkdorga oʻsha yoki boshqa tumanda (shaharda) joylashgan maydon avvalgi kvartiraning maydonidan kichik boʻlmagan kvartira mulk qilib beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kvartira mulkdorning xohishiga koʻra olib qoʻyilgan yer uchastkasida qurilayotgan koʻp kvartirali uydan yoki blokirovka qilingan uydan (taunxaus) berilishi mumkin. Bunday holda, mulkdorga ushbu kvartira topshirilgunga qadar u va uning oila aʼzolariga tashabbuskor hisobidan vaqtinchalik ijaraga turar joy beriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) noturarjoy obyekti egallab turgan yer uchastkasi olib qoʻyilgan taqdirda — tomonlarning kelishuviga koʻra mulkdorga oʻsha yoki boshqa tumanda (shaharda) joylashgan maydoni avvalgi noturar joy obyektining umumiy maydonidan kichik boʻlmagan noturar joy obyekti mulk qilib beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Noturarjoy obyekti olib qoʻyilgan yer uchastkasida qurilayotgan obyektdan berilgan taqdirda mulkdorga ushbu noturar joy obyekti topshirilgunga qadar, tashabbuskor hisobidan ijaraga vaqtinchalik noturar joy obyekti beriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) yakka tartibdagi (shu jumladan, qurilishi tugallanmagan lekin belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtgan) uy-joy bilan band boʻlgan yer uchastkasi olib qoʻyilgan taqdirda — tomonlarning kelishuviga koʻra mulkdoriga oʻsha yoki boshqa tumanda (shaharda) joylashgan yer va uy-joy maydoni avvalgisidan kichik boʻlmagan, sharoitlari kam boʻlmagan darajadagi yakka tartibdagi uy-joy mulk qilib beriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) egalik qilish, doimiy foydalanish yoki vaqtinchalik foydalanish huquqida tegishli boʻlgan yer uchastkasi olib qoʻyilgan taqdirda — ushbu huquq egasiga maydoni avvalgisiga teng boʻlgan boshqa yer uchastkasi beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar olib qoʻyilayotgan yer uchastkasiga boʻlgan huquqning bozor qiymati kompensatsiya qilib berilayotgan yer uchastkasiga boʻlgan huquqning bozor qiymatidan ortiq boʻlsa, ushbu farq yer uchastkasiga boʻlgan huquq egasiga kompensatsiya qilinishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar olib qoʻyilayotgan yer uchastkasiga boʻlgan huquqning bozor qiymati kompensatsiya qilib berilayotgan yer uchastkasiga boʻlgan huquqning bozor qiymatidan past boʻlsa, ushbu farq yer uchastkasiga boʻlgan huquq egasi tomonidan qaytarilishi talab etilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tomonlarning kelishuviga binoan boshqa turdagi kompensatsiya hajmi va miqdori kamaytirilib, oʻrniga mos ravishda qoʻshimcha yer uchastkasi kompensatsiya qilib berilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer uchastkasi yakka tartibdagi uy-joy qurish uchun berilgan taqdirda, ushbu qurilish yakunlanib, yakka tartibdagi uy-joy foydalanishga qabul qilingunga qadar mulkdor va uning oila aʼzolariga tashabbuskor hisobidan vaqtinchalik ijaraga turar joy beriladi. Bunda qurilish muddati Kelishuv tuzilgan kundan boshlab ikki yildan oshmasligi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mulkdorning xohishiga koʻra unga uning yer uchastkasi bilan aynan bir xil yer uchastkasi ajratilishi va ajratilgan yer uchastkasida buzib tashlanadigan turar joy va noturar joy, ishlab chiqarish hamda boshqa bino va inshoot oʻrniga joylashish sxemasi, shakli, maydoni, hajmi va boshqa parametrlari boʻyicha bir hil boʻlgan turar joy va noturar joy, ishlab chiqarish hamda boshqa bino va inshoot qurib beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda, tashabbuskor tomonidan ushbu koʻchmas mulk obyektining loyiha-smeta hujjatlari tayyorlanadi hamda unda koʻrsatilgan summa tashabbuskor, mulkdor hamda qurilish tashkiloti oʻrtasida tuziladigan shartnoma asosida qurilish tashkilotiga koʻchmas mulk obyektini qurib berish uchun belgilangan tartibda oʻtkazib beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mulkdorga koʻchirish, shu jumladan, boshqa koʻchmas mulk obyektini vaqtinchalik olish bilan bogʻliq xarajatlar, boy berilgan foyda, shuningdek, qonun hujjatlarida yoki Kelishuvda nazarda tutilgan boshqa xarajatlar va zararlar kompensatsiya qilib berilishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
46. Umumiy mulk ishtirokchilari boʻlgan shaxslar tomonidan kompensatsiya ularning umumiy mulkdagi ulushiga mos ravishda tanlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
47. Olib qoʻyilishi rejalashtirilayotgan yer uchastkasida joylashgan koʻchmas mulk obyektlari mulkdorlarning 75 foizidan yozma roziligi olinganda (Kelishuv tuzilganda), biroq qolgan mulkdorlarning roziligini olish imkoni boʻlmaganda (Kelishuvga erishilmaganda) tashabbuskor ularning koʻchmas mulk obyektlarini majburiy sotib olish toʻgʻrisidagi daʼvo bilan sudga murojaat qilishga haqli. Bunda, rozilik bermagan (Kelishuvga erishilmagan) mulkdorlarga beriladigan kompensatsiya miqdori, turlari va muddati sud tartibida belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
48. Olib qoʻyilishi rejalashtirilgan yer uchastkasida joylashgan koʻchmas mulk obyektining mulkdori (agar turar joy boʻlsa, shuningdek, ushbu manzilda roʻyxatdan oʻtgan oila aʼzolari) boʻlmagan taqdirda, tashabbuskor ularni izlash uchun barcha zarur choralarni koʻradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar bir yil mobaynida mulkdorni izlab topish imkoni boʻlmasa, investor Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar yoki tumanlar (shahar) hokimliklariga ushbu koʻchmas mulk obyektini egasiz deb eʼtirof etish va ushbu koʻchmas mulk obyektini davlat mulkiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi ariza bilan sudga murojaat qilishi soʻrab murojaat qilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
49. Koʻchmas mulk obyektini egasiz deb eʼtirof etish va ushbu koʻchmas mulk obyektini davlat mulkiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi ariza bilan sudga murojaat etish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
50. Buzib tashlanishi lozim boʻlgan koʻchmas mulkni baholash yer uchastkasi olib qoʻyilishi toʻgʻrisida qaror qabul qilingandan keyin va Kelishuv tuzilgunga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Koʻchmas mulkni baholash baholovchi tashkilotlar tomonidan tashabbuskor hisobiga amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Baholash natijalaridan taraflar norozi boʻlgan taqdirda, qonun hujjatlariga muvofiq baholash toʻgʻrisidagi hisobotning ishonchliligi boʻyicha ekspertiza oʻtkaziladi. Ekspertiza bilan bogʻliq harajatlar baholash natijalaridan norozi boʻlgan tarafning mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Baholovchi tashkilot shartnoma bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi natijasida buyurtmachiga yetkazilgan zarar uchun javobgar boʻladi. Buyurtmachiga yetkazilgan zarar, shu jumladan boy berilgan foyda, baholovchi tashkilot tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
51. Tashabbuskorning mulkiy javobgarligi qonunda belgilangan tartibda sugʻurtalanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
52. Mulkdor Kelishuv tuzilgandan soʻng vafot etib qolgan taqdirda, Kelishuv boʻyicha huquq va majburiyatlar uning merosxoʻrlariga ulushlariga mutanosib ravishda oʻtadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mulkdor Kelishuv tuzilgunga qadar vafot etib qolgan boʻlsa, rozilikni olish hamda Kelishuv tuzish boʻyicha muzokaralar uning merosxoʻrlari bilan umumiy asoslarda olib boriladi. Merosxoʻrlarning doirasi va har birining merosdagi ulushi merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnoma asosida, nizo yuzaga kelgan taqdirda — sud tomonidan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
53. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar yoki tuman (shahar) hokimliklari berilgan kompensatsiyalar hisobini yuritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Investorlar mulkdorlarga Kelishuvda nazarda tutilgan kompensatsiyalar berilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar yoki tuman (shahar) hokimliklariga taqdim etib borishlari shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
54. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kelishuvda nazarda tutilgan kompensatsiya oʻz vaqtida va toʻliq taqdim etilishini doimiy ravishda monitoring qilib boradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer uchastkalarining olib qoʻyilishi, kompensatsiya berilishi, koʻchmas mulk obyektlarining buzib tashlanishi, shuningdek, olib qoʻyilgan yer uchastkalarida olib borilayotgan qurilish-montaj ishlari haqida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot berib boradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Olib qoʻyilayotgan yer uchastkasida joylashgan koʻchmas mulk obyektlarini buzib tashlash tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
55. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar yoki tuman (shahar) hokimliklari tomonidan olib qoʻyilayotgan yer uchastkasida joylashgan koʻchmas mulk obyektlarini buzib tashlash toʻgʻrisida qaror loyihasi barcha mulkdorlarga tegishli kompensatsiya berilganidan keyin, shuningdek, turar va noturar joylar, ishlab chiqarish hamda boshqa bino va inshootlar amalda toʻliq boʻshatib qoʻyilganidan soʻng ikki ish kuni mobaynida tayyorlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu qaror loyihasi adliya organlari tomonidan koʻrib chiqilishi shart. Qaror loyihasini koʻrib chiqishda adliya organlari tomonidan zarur hollarda boshqa tegishli hujjatlar talab qilib olinishi mumkin. Qaror loyihasini koʻrib chiqish va natijasi boʻyicha xulosa berish muddati ikki ish kunidan oshmasligi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
56. Koʻchmas mulk obyektini buzib tashlash toʻgʻrisidagi qarorni qabul qilishga adliya organlarining ijobiy xulosasi mavjud boʻlgandagina yoʻl qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
57. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar yoki tuman (shahar) hokimlarining olib qoʻyilayotgan yer uchastkasida joylashgan koʻchmas mulk obyektlarini buzib tashlash toʻgʻrisidagi qarorida quyidagilar aks ettirilishi lozim:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mazkur yer uchastkasi olib qoʻyilishi toʻgʻrisida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi yoki tegishli xalq deputatlari Kengashining qarori rekvizitlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
buzib tashlanishi lozim boʻlgan koʻchmas mulk obyektlarining manzilli roʻyxati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
buzib tashlanishi lozim boʻlgan koʻchmas mulk obyektlarining mulkdorlariga kompensatsiya toʻliq berilganligini tasdiqlovchi maʼlumot;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har bir koʻchmas mulk obyektining buzib tashlanishi boshlanish sanasi va buzib tashlash muddatlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya qilinishi boʻyicha talablar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya qilinishi ustidan nazorat qurilish sohasidagi vakolatli davlat organi tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
58. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar yoki tuman (shahar) hokimining koʻchmas mulk obyektini buzib tashlash haqidagi qarori u qabul qilingan kundan boshlab bir ish kuni mobaynida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlar davlat reyestriga tegishli yozuv kiritish uchun yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasining tuman (shahar) filiallariga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tegishli soliq va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha qayta hisob-kitob qilish uchun tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyalariga yuboriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻzlarining rasmiy saytlari va ommaviy axborot vositalarida eʼlon qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar yoki tuman (shahar) hokimining koʻchmas mulk obyektini buzib tashlash toʻgʻrisida qabul qilgan qarori koʻchmas mulk obyektiga nisbatan mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarning tugatilishiga asos boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
59. Muxandislik-kommunikatsiya tarmoqlaridan uzishga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent tuman (shahar) hokimlarining koʻchmas mulk obyektlarini buzib tashlash toʻgʻrisidagi qarori qabul qilinganidan soʻng belgilangan tartibda ishlab chiqilgan texnik shartlarga asosan yoʻl qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
60. Koʻchmas mulk obyektini buzib tashlash tashabbuskor tomonidan oʻz mablagʻlari hisobiga bevosita yoki pudratchi tashkilotni yollagan holda amalga oshiriladi. Mulkdor tashabbuskor bilan kelishgan holda oʻz mablagʻlari hisobiga koʻchmas mulk obyektini oʻz hisobidan buzib tashlashi va qurilish materiallarini olib chiqib ketishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Nizolarni hal qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
61. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi yoki tegishli xalq deputatlari Kengashlari tomonidan yer uchastkasini olib qoʻyilishi yohud olib qoʻyilishini rad etilishi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent tuman (shahar) hokimlarining koʻchmas mulk obyektlarini buzib tashlash toʻgʻrisidagi qarorlari ustidan sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
62. Mulkdor va tashabbuskor oʻrtasida yuzaga keladigan nizo boʻyicha kelishuvga erishilmagan taqdirda — ushbu nizo sud tartibida koʻrib chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
63. Nizo kelib chiqqan taqdirda, ushbu nizo boʻyicha sudning qarori qonuniy kuchga kirgunga qadar yer uchastkasi olib qoʻyilishi toʻgʻrisidagi qaror hamda olib qoʻyilayotgan yer uchastkasida joylashgan koʻchmas mulk obyektlarini buzib tashlash toʻgʻrisidagi qaror qabul qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
64. Ushbu Nizom talablariga rioya etilmagan holda yer uchastkalari olib qoʻyilishiga hamda koʻchmas mulk obyektlari buzib tashlanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
65. Ushbu Nizom talablarini buzganlikda aybdor shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
66. Yer uchastkalari olib qoʻyilishi, koʻchmas mulk obyektlarini buzib tashlash, fuqarolarni koʻchirish, shuningdek, kompensatsiyalar berishda qonun talablari ijrosini nazorat qilish prokuratura organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
67. Jismoniy va yuridik shaxslarga davlat organi (mansabdor shaxs)ning noqonuniy maʼmuriy hujjati qabul qilinishi oqibatida yetkazilgan zarar davlat tomonidan, birinchi navbatda tegishli organlarning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobiga qoplanadi, keyinchalik aybdor shaxsdan regress tartibida undirib olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer uchastkalarini olib qoʻyilishi va olib qoʻyilayotgan yer uchastkasida joylashgan koʻchmas mulk obyektlari mulkdorlariga kompensatsiya berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer uchastkasini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish va kompensatsiya berish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Bosqich

Subyektlar

Mexanizm

Muddatlar

1-bosqich

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti,

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi

Tegishli qaror qabul qilinadi.

Zaruratga koʻra

2-bosqich

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimliklari

Eskirgan va avariya holatidagi uy-joy fondi obyektlari, shu jumladan foydalanilmayotgan obyektlar bilan band boʻlgan yer uchastkalari mavjudligini aniqlaydi.

Zaruratga koʻra

3-bosqich

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimliklari

1. Qurilish obyektining loyiha hujjatlarini arxitektura qismi boʻyicha taqdimot materiallarini tayyorlaydi.

Zaruratga koʻra

2. Qurilish boʻlimlari va Yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasining tuman (shahar) filiallariga tegishli hulosa va boshqa maʼlumotlarni olish uchun soʻrov yuboradi.

Materiallar tayyor boʻlganidan soʻng, 1 ish kuni mobaynida

Qurilish boʻlimlari

1. Qurilish obyekti loyiha hujjatlarini shaharsozlik hujjatlariga muvofiqligi toʻgʻrisida maʼlumotlar tayyorlaydi.

2. Materiallarni tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimliklariga yuboradi.

5 ish kuni mobaynida

Yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasining tuman (shahar) filiallari

1. Olib qoʻyilishi rejalashtirilayotgan yer uchastkasida joylashgan koʻchmas mulk obyektlarining toʻliq roʻyxatini tayyorlaydi.

2. Materiallarni tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimliklariga yuboradi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimliklari

1. Kompensatsiyaning dastlabki miqdorini aniqlaydi.

2. Taqdimot materiallari jamgʻarmaning Kuzatuv kengashiga yuboradi.

5 ish kuni mobaynida

Jamgʻarmaning Kuzatuv kengashi

1. Taqdimot materiallarini koʻrib chiqadi.

2. Kompensatsiya toʻlash uchun yetarli mablagʻ mavjudligini tekshiradi.

3. Yer uchastkasini olib qoʻyilishini kelishish yoki kelishishni rad etadi.

4. Qabul qilingan qarorni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimliklariga yuboradi.

3 ish kuni mobaynida

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimliklari

Hujjatlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi yoki tegishli Xalq deputatlari kengashiga yer uchastkasini olib qoʻyilishi munosabati bilan foyda va xarajatlar baholash masalalarini koʻrib chiqilishi uchun yuboradi

2 ish kuni mobaynida

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi yoki tegishli Xalq deputatlari kengashi

1. Materiallarni koʻrib chiqish va ochiq muhokamani oʻtkazish toʻgʻrisidagi qarorni qabul qiladi.

Zaruratga koʻra

2. Qarorni eʼlon qiladi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimliklariga yuboradi.

Qaror qabul qilinganidan soʻng 1 ish kun mobaynida

4-bosqich

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimliklari

1. Ochiq muhokama oʻtkazilishi toʻgʻrisida mulkdorlarni xabardor qiladi.

2 ish kuni mobaynida

2. Ochiq muhokama oʻtkazilishini tashkillashtiradi.

15 kun mobaynida

3. Bayonnoma tuzadi.

4. Bayonnomani eʼlon qiladi.

Ochiq muhokama oʻtkaziladigan kunida

5-bosqich

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi yoki tegishli Xalq deputatlari kengashi

1. Yer uchastkasini olib qoʻyish yoki rad etish toʻgʻrisida qarorni qabul qiladi.

2. Qarorni eʼlon qiladi.

Ochiq muhokama oʻtkazilganidan soʻng 5 ish kuni mobaynida

6-bosqich

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimliklari

Olib qoʻyilayotgan yer uchastkasiga boʻlgan huquq hamda buzib tashlanishi rejalashtirilayotgan koʻchmas mulk obyektining bozor qiymati b�yicha baholashni tashkillashtiradi. Shu bilan birga quyidagilar miqdorini aniqlaydi:

- boshqa joyga koʻchish, muddatli ijaraga olish bilan bogʻliq xarajatlar;

- boy berilgan foyda;

- boshqa xarajatlar

Kelishuvga koʻra

7-bosqich

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimliklari va mulkdor

1. Kompensatsiya turi, miqdori va berish muddatini kelishadi.

2. Yozma shaklda shartnomani tuzadi va notarial tasdiqlash choralarini koʻradi.

Kelishuvga koʻra

8-bosqich

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimliklari

1. Kelishuvlarni hisobga oladi.

2. Kelishuvda nazarda tutilgan kompensatsiyani berishni taʼminlaydi.

3. Kompensatsiya berilishini monitoring qiladi.

Kelishuvda koʻrsatilgan muddatda

9-bosqich

Mulkdor

Olib qoʻyilishi rejalashtirilayotgan yer uchastkasida joylashgan uylar, ishlab chiqarish inshootlarni va boshqa imoratlarni toʻliq boʻshatib beradi (turar-joy binolarida yashovchi shaxslarni koʻchirish choralarini koʻradi).

Kelishuvda koʻrsatilgan muddatda

10-bosqich

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimliklari

1. Buzib tashlash toʻgʻrisidagi qaror loyihasini tayyorlaydi.

2. Loyiha va boshqa hujjatlarni tegishli adliya organlariga yuboradi.

2 ish kuni mobaynida

Adliya organlari

1. Buzib tashlash toʻgʻrisidagi qaror loyihasi va hujjatlarni koʻrib chiqadi.

2. Buzib tashlash toʻgʻrisida qaror qabul qilinishi yuzasidan xulosa (ijobiy yoki salbiy) tayyorlaydi.

3. Xulosani Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimliklariga yuboradi.

2 ish kuni mobaynida

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimliklari

1. Buzib tashlash toʻgʻrisidagi qarorni qabul qiladi.

Zaruratga koʻra

2. Buzib tashlash toʻgʻrisidagi qarorni yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasining tuman (shahar) filiallari va tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyalariga yuboradi hamda oʻzining rasmiy sayti va ommaviy axborot vositalarida eʼlon qiladi.

1 ish kunida

11-bosqich

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimliklari yoki mulkdor

Koʻchmas mulk obyektini buzishni tashkillashtiradi

Zaruratga koʻra

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer uchastkalari olib qoʻyilishi va olib qoʻyilayotgan yer uchastkasida joylashgan koʻchmas mulk obyektlari mulkdorlariga kompensatsiya berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hududni rivojlantirish va arxitektura qiyofasini yaxshilashga qaratilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Bosqich

Subyektlar

Mexanizm

Muddatlar

1-bosqich

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar hokimliklari

Tegishli qaror bilan shaharlarning bosh rejasi tasdiqlanadi.

Tegishli qaror bilan qishloq aholi punktlarining bosh rejasi tasdiqlanadi.

Zaruratga koʻra

2-bosqich

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimliklari

1. Turar va noturar joy, ishlab chiqarish va boshqa bino va inshootlarning tashqi koʻrinishiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi loyiha hujjatlarini tayyorlaydi.

2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi yoki tegishli Xalq deputatlari kengashiga loyiha hujjatlarini yuboradi.

Zaruratga koʻra

3-bosqich

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi yoki tegishli Xalq deputatlari kengashi

1. Materiallarni koʻrib chiqish va ochiq muhokamani oʻtkazish toʻgʻrisidagi qarorni qabul qiladi.

Zaruratga koʻra

2. Qarorni eʼlon qiladi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimliklariga yuboradi.

Qaror qabul qilinganidan soʻng 1 ish kuni mobaynida

4-bosqich

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimliklari

1. Ochiq muhokama oʻtkazilishi toʻgʻrisida mulkdorlarni xabardor qiladi.

2 ish kuni mobaynida

2. Ochiq muhokama oʻtkazilishini tashkillashtiradi.

15 kun mobaynida

3. Bayonnoma tuzadi va uni eʼlon qiladi.

Ochiq muhokama oʻtkaziladigan kun

5-bosqich

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi yoki tegishli Xalq deputatlari kengashi

1. Hududni rivojlantirish va arxitektura qiyofasini yaxshilashga qaratilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish toʻgʻrisidagi qarorni qabul qiladi.

Zaruratga koʻra

2. Qarorni eʼlon qiladi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimliklariga yuboradi.

Qaror qabul qilinganidan soʻng 1 ish kuni mobaynida

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimliklari

3. Mulkdorlarga turar va noturar joy, ishlab chiqarish hamda boshqa va inshootlarning tashqi koʻrinishiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi loyiha hujjatlarni va qarorni yetkazib beradi.

Qaror olingandan soʻng 1 ish kuni mobaynida

6-bosqich

Mulkdor

Hududni rivojlantirish va arxitektura qiyofasini yaxshilashga qaratilgan investitsiya loyihalarini amalga oshiradi

Loyihada koʻrsatilgan, biroq 2 yilgacha boʻlgan muddatda

Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer uchastkalari olib qoʻyilishi va olib qoʻyilayotgan yer uchastkasida joylashgan koʻchmas mulk obyektlari mulkdorlariga kompensatsiya berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer uchastkasini investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun olib qoʻyish va kompensatsiya berish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Bosqich

Subyektlar

Mexanizm

Muddatlar

1-bosqich

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti,

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi

Tegishli qaror qabul qilinadi.

Zaruratga koʻra

2-bosqich

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimliklari

Eskirgan va avariya holatidagi uy-joy fondi obyektlari, shu jumladan foydalanilmayotgan obyektlar bilan band boʻlgan yer uchastkalari mavjudligini aniqlaydi.

Zaruratga koʻra

3-bosqich

Investor

1. Qurilish obyektining loyiha hujjatlarini arxitektura qismi boʻyicha taqdimot materiallarini tayyorlaydi.

2. Materiallarni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimliklariga yuboradi

Zaruratga koʻra

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimliklari

Qurilish boʻlimlari va Yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasining tuman (shahar) filiallariga tegishli hulosa va boshqa maʼlumotlarni olish uchun soʻrov yuboradi.

2 ish kuni mobaynida

Qurilish boʻlimlari

1. Qurilish obyekti loyiha hujjatlarini shaharsozlik hujjatlariga muvofiqligi toʻgʻrisida maʼlumotlar tayyorlaydi.

2. Materiallarni tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimliklariga yuboradi.

5 ish kuni mobaynida

Yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasining tuman (shahar) filiallari

1. Olib qoʻyilishi rejalashtirilayotgan
yer uchastkasida joylashgan koʻchmas mulk obyektlarining toʻliq roʻyxatini tayyorlaydi.

2. Materiallarni tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimliklariga yuboradi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimliklari

Mulkdorlariga investitsiya loyihasini amalga oshirish boʻyicha ustuvor huquqidan foydalanish boʻyicha taklifni yozma ravishda taqdim etadi.

5 ish kuni mobaynida

Mulkdorlar

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimliklariga investitsiya loyihalarini amalga oshirish boʻyicha ustuvor huquqidan voz kechishi yoki investitsiya loyihasini amalga oshirish boʻyicha roziligi va yetarli resurslari mavjudligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etadi.

Investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun yetarli resurs mavjudligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgan taqdirda ushbu mulkdor investor maqomiga ega boʻladi

Ikki oy mobaynida

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimliklari

Olib qoʻyilishi rejalashtirilgan yer uchastkasida joylashgan koʻchmas mulk obyektlarining toʻliq roʻyxatini inves�orga yuboradi.

2 ish kuni mobaynida

Investor

1. Kompensatsiyaning dastlabki miqdorini aniqlaydi.

2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar (shaharlar) hokimliklariga kompensatsiya toʻlash uchun yetarli mablagʻ mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etadi

5 ish kuni mobaynida

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimliklari

Hujjatlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi yoki tegishli xalq deputatlari Kengashiga maqsadga muvofiqligi, yer uchastkasini olib qoʻyilishi munosabati bilan foyda va xarajatlar baholash masalalarini koʻrib chiqilishi uchun yuboradi.

2 ish kuni mobaynida

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi yoki tegishli Xalq deputatlari kengashi

1. Materiallarni koʻrib chiqish va ochiq muhokamani oʻtkazish toʻgʻrisidagi qarorni qabul qiladi.

Zaruratga koʻra

2. Qarorni eʼlon qiladi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimliklariga yuboradi.

Qaror qabul qilinganidan soʻng 1 ish kuni mobaynida

4-bosqich

Investor

1. Ochiq muhokama oʻtkazilishi toʻgʻrisida mulkdorlarni xabardor qiladi.

2 ish kuni mobaynida

2. Ochiq muhokama oʻtkazilishini tashkillashtiradi.

15 kun mobaynida

3. Bayonnoma tuzadi.

4. Bayonnomani eʼlon qiladi.

Ochiq muhokama oʻtkaziladigan kunida

5. Mulkdorlarning oldindan roziligini oladi

Zaruratga koʻra

5-bosqich

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kenges yoki tegishli Xalq deputatlari kengashi

1. Yer uchastkasini olib qoʻyish yoki rad etish toʻgʻrisida qarorni qabul qiladi.

Mulkdorlarning oldindan roziligi olinganida

2. Qarorni eʼlon qiladi.

Ochiq muhokama oʻtkazilganidan soʻng 5 ish kuni mobaynida

6-bosqich

Investor

Olib qoʻyilayotgan yer uchastkasiga boʻlgan huquq hamda buzib tashlanishi rejalashtirilayotgan koʻchmas mulk obyektining bozor qiymati boʻyicha baholashni tashkillashtiradi. Shu bilan birga quyidagilar miqdorini aniqlaydi:

- boshqa joyga koʻchish, muddatli ijaraga olish bilan bogʻliq xarajatlar;

- boy berilgan foyda;

- boshqa xarajatlar

Keli?uvga koʻra

7-bosqich

Investor va mulkdor

1. Kompensatsiya turi, miqdori va berish muddatini kelishadi.

Kelishuvga koʻra

Investor, mulkdorlar va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar hokimliklari

2. Yozma shaklda shartnomani tuzadi va notarial tasdiqlash choralarini koʻradi.

8-bosqich

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar hokimliklari

1. Kelishuvlarni hisobga oladi.

2. Kompensatsiya berilishini monitoring qiladi.


3. Kelishuvda nazarda tutilgan kompensatsiyani berishni taʼminlaydi.

Kelishuvda koʻrsatilgan muddatda

Investor

9-bosqich

Mulkdor

Olib qoʻyilishi rejalashtirilayotgan yer uchastkasida joylashgan uylar, ishlab chiqarish inshootlarni va boshqa imoratlarni toʻliq boʻshatib beradi (turar-joy binolarida yashovchi shaxslarni koʻchirish choralarini koʻradi).

Kelishuvda koʻrsatilgan muddatda

10-bosqich

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimliklari

1. Buzib tashlash toʻgʻrisidagi qaror loyihasini tayyorlaydi.

2. Loyiha va boshqa hujjatlarni tegishli adliya organlariga yuboradi.

2 ish kuni mobaynida

Adliya organlari

1. Buzib tashlash toʻgʻrisidagi qaror loyihasi va hujjatlarni koʻrib chiqadi.

2. Buzib tashlash toʻgʻrisida qaror qabul qilinishi yuzasidan xulosa (ijobiy yoki salbiy) tayyorlaydi.

3. Xulosani Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimliklariga yuboradi.

2 ish kuni mobaynida

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimliklari

1. Buzib tashlash toʻgʻrisidagi qarorni qabul qiladi.

2. Buzib tashlash toʻgʻrisidagi qarorni yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasining tuman (shahar) filiallari va tuman (shahar) davlat soliq ins�eksiyalariga yuboradi hamda oʻzining rasmiy sayti va ommaviy axborot vositalarida eʼlon qiladi.

Zaruratga koʻra

11-bosqich

Investor yoki mulkdor

Koʻchmas mulk obyektini buzishni tashkillashtiradi

Zaruratga koʻra

Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-noyabrdagi 911-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-dekabrdagi 1047-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qoʻyilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash boʻyicha markazlashtirilgan jamgʻarmalar mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan qoʻshimchalar
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. 6-bandga quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi qoʻshilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagi mazmundagi 121-band qoʻshilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“121. Etkazilgan zararlarni qoplash hududiy jamgʻarmalar mablagʻlari hisobidan jamgʻarmalar kuzatuv kengashlarining qarorlariga asosan tegishli ravishda mablagʻ kelib tushgan tuman va shaharlarga ajratiladi, zarur hollarda hududiy kuzatuv kengashi qarori asosida boshqa tuman va shaharlarga yetkazilgan zararlarni qoplash uchun yoʻnaltiriladi.”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-noyabrdagi 911-son qaroriga
3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ROʻYXATI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Vazirlar Mahkamasining “Davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qoʻyilishi munosabati bilan fuqarolarga va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida” 2006-yil 29-may 97-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 5-son, 37-modda).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 17-sentabrdagi “Baholash faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-257-sonli qonuni)” 2010-yil 9-noyabrdagi 248-son qaroriga ilovaning 12-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 44-45-son, 385-modda).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Vazirlar Mahkamasining “Shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish hamda qishloq xoʻjaligiga oid boʻlmagan boshqa ehtiyojlar uchun yer uchastkalari berish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2011-yil 25-maydagi 146-son qaroriga 3-ilovaning 2-boʻlimi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 20-21-son, 204-modda).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida investitsiya muhitini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 1-avgustdagi PF-5495-son Farmoni)” 2018-yil 27-noyabrdagi 963-son qaroriga ilovaning 4-bandi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.11.2019-y., 09/19/911/4028-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.06.2021-y., 06/21/6243/0540-son, 28.08.2021-y., 09/21/543/0830-son, 22.09.2021-y., 09/21/592/0896-son, 10.01.2022-y., 09/22/14/0009-son, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 10.01.2024-y., 09/24/9/0012-son)