03.08.2019 yildagi F-5491-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Farmoyishi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining mulk huquqi kafolatlanishini so‘zsiz ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish, aholiga munosib turmush sharoitini yaratish, hududlarni kompleks rivojlantirishga qaratilgan davlat dasturlari va investitsiya loyihalarining samarali amalga oshirilishi doirasida fuqarolar va tadbirkorlik subyektlariga tegishli bo‘lgan bino va inshootlar joylashgan yer uchastkalari olib qo‘yilishi munosabati bilan mulkdorlarning qonuniy huquq va manfaatlari kafolatlarini yanada mustahkamlashni ta’minlash hamda shu munosabat bilan yetkazilgan zararlarni qoplashda yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklarni bartaraf qilish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyuldagi “Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5490-son Farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan fuqarolar va tadbirkorlik subyektlariga yetkazilgan zararlarni qoplash bo‘yicha markazlashtirilgan jamg‘arma tashkil etilganligi hamda davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo‘yilishini mazkur jamg‘arma bilan majburiy tarzda kelishish tartibi joriy etilganligi;
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 30-yanvardagi PF-15-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Belgilab qo‘yilsinki, 2019-yil 5-avgustdan boshlab, davlat va jamoat ehtiyojlari uchun, shuningdek, boshqa maqsadlarda fuqarolar va tadbirkorlik subyektlariga tegishli bo‘lgan yer uchastkalarini olib qo‘yish hamda ko‘chmas mulk obyektlarini buzish ishlari quyidagi bosqichlardan iborat tartibda amalga oshiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birinchi bosqichda — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan buzilishi rejalashtirilgan hudud bo‘yicha materiallar to‘plami O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikkinchi bosqichda — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida shaharsozlik talablari bo‘yicha — Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari — transport vaziri A. Ramatov va moliyaviy hisob-kitoblar bo‘yicha Bosh vazirning o‘rinbosari — moliya vaziri J. Qo‘chqorov tomonidan xulosa tayyorlanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uchinchi bosqichda — tayyorlangan xulosa O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziriga ko‘rib chiqish va qaror qabul qilish uchun kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur tartib ushbu farmoyishning 7-bandi “a” kichik bandida nazarda tutilgan Hukumat qarori qabul qilinguniga qadar amal qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 30-yanvardagi PF-15-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda kelgusida shaharsozlik faoliyatini rejalashtirish va hududlarni kompleks rivojlantirishda fuqarolar va tadbirkorlik subyektlariga tegishli yer uchastkalarini olib qo‘yish hamda ko‘chmas mulk obyektlarini buzish ishlari eng kam darajada amalga oshirilishini hisobga olsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublika hududlarida olib qo‘yilgan yer uchastkalarini hamda shu munosabat bilan fuqarolar va tadbirkorlik subyektlariga yetkazilgan zararlar miqdorini (tovon pullari) xatlovdan o‘tkazish bo‘yicha respublika muvofiqlashtiruvchi ishchi guruhi (keyingi o‘rinlarda Respublika ishchi guruhi deb yuritiladi) tarkibi va hududiy ishchi guruhlarning namunaviy tarkibi 1 va 2-ilovalarga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublika hududlarida olib qo‘yilgan yer uchastkalarini hamda shu munosabat bilan fuqarolar va tadbirkorlik subyektlariga yetkazilgan zararlar miqdorini (tovon pullari) xatlovdan o‘tkazishga ko‘maklashish uchun hududlarga biriktiriladigan mas’ullar ro‘yxati 3-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublika hududlarida yer uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan fuqarolar va tadbirkorlik subyektlariga yetkazilgan zararlarni xatlovdan o‘tkazish hamda ularni qoplashda yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Respublika ishchi guruhi (J. Qo‘chqorov) ikki hafta muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hududiy ishchi guruhlar, hududlarga biriktiriladigan mas’ullar hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda olib qo‘yilgan yer uchastkalarini hamda shu munosabat bilan fuqarolar va tadbirkorlik subyektlariga yetkazilgan zararlarni joylarga chiqqan holda xatlovdan o‘tkazib, ularning qonunchilikka muvofiq bozor qiymati asosida haqqoniy va adolatli miqdori belgilanishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda yetkazilgan zararlarni qoplashning aniq manbalari belgilanishini, shu jumladan olib qo‘yilgan yer uchastkalari tegishli tashkilotlarga ajratilgan taqdirda yetkazilgan zararlar qonun hujjatlariga muvofiq ular tomonidan qoplanishini ta’minlash yuzasidan takliflar ishlab chiqilishini, shuningdek, agar zarar mansabdor shaxsning noqonuniy qarori qabul qilinishi oqibatida yetkazilgan bo‘lsa — mazkur mansabdor shaxslardan regress tartibida undirib olinishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aniqlangan muammolarning bartaraf etilishini, shu jumladan aybdor mansabdor shaxslarga javobgarlik choralari ko‘rilishini, qonun hujjatlari normalarini yanada takomillashtirish yuzasidan aniq takliflar ishlab chiqilishini ta’minlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) davlat va jamiyat ehtiyojlari, shuningdek, hududlarni kompleks rivojlantirishga qaratilgan davlat dasturlari hamda investitsiya va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lgan loyihalar amalga oshirilishi doirasida quyidagilarni nazarda tutuvchi yer uchastkalarini olib qo‘yish va mulkdorlarga yetkazilgan zararlarni qoplash tartibini belgilovchi hukumat qarorini qabul qilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muayyan hududda fuqarolarning uy-joy va maishiy sharoitlarini yaxshilash, infratuzilmani rivojlantirish hamda talab yuqori bo‘lgan ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga molik obyektlarni qurishni nazarda tutuvchi davlat dasturlari, yirik investitsiya va boshqa loyihalarni hududdagi ko‘pchilik aholining fikrini inobatga olgan holda amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer uchastkalari olib qo‘yilishida ularda joylashgan ko‘chmas mulk obyektlarining mulkdorlari bilan ochiq muhokamalar o‘tkazgan holda, birinchi navbatda, eskirgan va avariya holatidagi uy-joy fondi obyektlari, shu jumladan foydalanilmayotgan obyektlar (madaniy meros toifasiga kiradigan obyektlardan tashqari) bilan band bo‘lgan yer uchastkalarini tanlab olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tegishli hokimlar tomonidan hududlarni kompleks rivojlantirishga qaratilgan davlat dasturlari, investitsiya va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lgan loyihalarni amalga oshirish doirasida yer uchastkalarini olib qo‘yish haqida qaror qabul qilish uchun ushbu hududda joylashgan turar va noturar ko‘chmas mulk obyektlari mulkdorlarining roziligini olish hamda yer uchastkasi olib qo‘yilishi oqibatida yetkazilgan zararni qoplash tartibi, turlari, miqdori va muddatlarini, tomonlarning huquq va majburiyatlarini ko‘chmas mulk obyektlarining mulkdori, manfaatdor tashkilotlar va mahalliy davlat hokimiyati organi o‘rtasida tuziladigan yozma kelishuv bilan belgilash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) yer uchastkalari noqonuniy olib qo‘yilganligi va shu munosabat bilan mulkdorlarga zarar yetkazilganligi uchun mansabdor shaxslarning javobgarligini kuchaytirish yuzasidan qonun loyihasini ishlab chiqsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi mazkur normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini jamoatchilik, shu jumladan tadbirkorlik subyektlari, investorlar va mustaqil ekspertlar o‘rtasida keng muhokama qilinishini ta’minlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi yer uchastkalarini olib qo‘yish, bino va inshootlarni buzish, fuqarolarni ko‘chirish hamda mulkdorlarga yetkazilgan zararlarni qoplashda hokimlar va boshqa mansabdor shaxslar tomonidan qonunlarning ijro etilishi, bu borada qonunga zid qarorlar qabul qilinishi va xatti-harakatlar sodir etilishining oldini olish, yetkazilgan zararlarni aybdor mansabdor shaxslardan undirish masalalari ustidan doimiy qat’iy nazorat o‘rnatsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Mazkur farmoyish ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2019-yil 3-avgust,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
F-5491-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-avgustdagi F-5491-son farmoyishiga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublika hududlarida olib qo‘yilgan yer uchastkalarini hamda shu munosabat bilan fuqarolar va tadbirkorlik subyektlariga yetkazilgan zararlar miqdorini (tovon pullari) xatlovdan o‘tkazish bo‘yicha respublika muvofiqlashtiruvchi ishchi guruhi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TARKIBI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

1.

J.A. Qo‘chqorov

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — moliya vaziri, muvofiqlashtiruvchi ishchi guruhi rahbari

2.

M.R. Abdullayev

O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisining o‘rinbosari

3.

S.S. Saidkarimov

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining o‘rinbosari

4.

B.A. Xodjayev

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vaziri

5.

B.I. Zokirov

O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirining birinchi o‘rinbosari

6.

X.X. Meliyev

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri o‘rinbosari

7.

B.A. Musayev

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisi

8.

A.X. Abdullayev

O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi raisi

9.

A.Y. Xaydarov

O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori

10.

D.M. Ziyomuxamedova

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining Ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha markazi direktori

11.

T.R. Niyozov

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat xavfsizligi xizmati mas’ul xodimi

12.

R.X. Tursunov

O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati mas’ul xodimi

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh: Ishchi guruhia’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-avgustdagi F-5491-son farmoyishiga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublika hududlarida olib qo‘yilgan yer uchastkalarini hamda shu munosabat bilan fuqarolar va tadbirkorlik subyektlariga yetkazilgan zararlar miqdorini (tovon pullari) xatlovdan o‘tkazish bo‘yicha hududiy ishchi guruhlarning
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NAMUNAVIY TARKIBI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi vakili, ishchi guruh rahbari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o‘rinbosari, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, ishchi guruh rahbari o‘rinbosari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar prokurorlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi adliya vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari boshliqlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Davlat moliyaviy nazorati boshqarmalari boshliqlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer resurslari va davlat kadastri boshqarmalari boshliqlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Qoraqalpog‘iston Respublikasi qurilish vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalari boshliqlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Qoraqalpog‘iston Respublikasi iqtisodiyot va sanoat vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish bosh boshqarmalari boshliqlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Qoraqalpog‘iston Respublikasi moliya vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar moliya bosh boshqarmalari boshliqlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari boshliqlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy boshqarmalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh: Hududiy ishchi guruh a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-avgustdagi F-5491-son farmoyishiga
3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublika hududlarida olib qo‘yilgan yer uchastkalarini hamda shu munosabat bilan fuqarolar va tadbirkorlik subyektlariga yetkazilgan zararlar miqdorini (tovon pullari) xatlovdan o‘tkazishga ko‘maklashish uchun hududlarga biriktirilgan mas’ullar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
RO‘YXATI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Hududlar nomi

Biriktirilgan shaxs

Lavozimi

1.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

X.X. Meliyev

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri o‘rinbosari

2.

Andijon viloyati

N.M. Sobirov

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati departamenti direktori

3.

Buxoro viloyati

R.K. Davletov

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri

4.

Jizzax viloyati

B.I. Zokirov

O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirining birinchi o‘rinbosari

5.

Qashqadaryo viloyati

A.X. Abdullayev

Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi raisi

6.

Navoiy viloyati

B.B. Ashrafxanov

O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri o‘rinbosari

7.

Namangan viloyati

B.A. Musayev

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisi

8.

Samarqand viloyati

S.S. Saidkarimov

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o‘rinbosari

9.

Surxondaryo viloyati

B.T. Turabov

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari

10.

Sirdaryo viloyati

B.A. Xodjayev

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vaziri

11.

Toshkent viloyati

M.R. Abdullayev

O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisi o‘rinbosari

12.

Farg‘ona viloyati

A.Y. Xaydarov

O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori

13.

Xorazm viloyati

Y.E. Tursunov

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri o‘rinbosari

14.

Toshkent shahri

O.B. Rustamov

O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisining birinchi o‘rinbosari

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-avgustdagi F-5491-son farmoyishiga
4-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublika hududlarida yer uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan fuqarolar va tadbirkorlik subyektlariga yetkazilgan zararlarni xatlovdan o‘tkazish hamda ularni qoplashda yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“YO‘L XARITASI”
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Tadbir nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Mas’ul ijrochilar

1.

Respublika hududlarida olib qo‘yilgan yer uchastkalarini hamda shu munosabat bilan fuqarolar va tadbirkorlik subyektlariga yetkazilgan zararlar miqdorini xatlovdan o‘tkazish ishlarini tashkil etish.

Respublika ishchi guruhi a’zolari, hududiy ishchi guruhlar vakillari va hududlarga biriktirilgan mas’ullar ishtirokida tashkiliy yig‘ilish o‘tkazish va har bir hudud bo‘yicha amalga oshiriladigan aniq chora-tadbirlarni belgilash.

2019-yil
5-avgust

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (J. Qo‘chqorov)

2.

Respublika ishchi guruhi a’zolari, hududiy ishchi guruhlar vakillari va hududlarga biriktirilgan mas’ullar tomonidan joylarga chiqqan holda olib qo‘yilgan yer uchastkalarini hamda shu munosabat bilan fuqarolar va tadbirkorlik subyektlariga yetkazilgan zararlar miqdorini xatlovdan o‘tkazish ishlarini rejalashtirish.

Respublika ishchi guruhi uchun viloyatlar kesimida, hududiy ishchi guruhlar va hududlarga biriktirilgan mas’ullar uchun tuman va shaharlar kesimida xatlovdan o‘tkazish reja-grafigini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2019-yil

6-avgust

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (J. Qo‘chqorov),

hududiy ishchi guruhlar, hududlarga biriktirilgan mas’ullar

3.

Respublika hududlarida olib qo‘yilgan yer uchastkalarini xatlovdan o‘tkazish.

1. Har bir tuman va shahar kesimida olib qo‘yilgan yer uchastkalarining ro‘yxatini tuzish.

2019-yil
15-avgust

Hududiy ishchi guruhlar,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

2. Yer uchastkalari olib qo‘yilishi munosabati bilan yetkazilgan zararlar belgilangan tartibda qoplanmagan yoki qisman qoplangan mulkdorlarning ro‘yxatini shakllantirish.

2019-yil

17-avgust

4.

Har bir olib qo‘yilgan yer uchastkasi kesimida fuqarolar va tadbirkorlik subyektlariga qoplanmagan zararning haqqoniy miqdorini aniqlash.

Har bir olib qo‘yilgan yer uchastkasi bo‘yicha tuman va shaharlar kesimida qoplanmagan yoki qisman qoplangan zararning haqqoniy miqdorini nazarda tutuvchi yig‘ma jadvallarni shakllantirish. Bunda:

qoplanmagan zarar qaysi davrda (yilda) yuzaga kelganligini;

buzilgan turar va noturar joy binolari va boshqa ko‘chmas mulk obyektlarining buzilishi sabablari (buzilishga asos, davlat va jamiyat ehtiyojlari va boshqa maqsadlarda);

buzilgan turar va noturar joy binolari va boshqa ko‘chmas mulk obyektlarini baholashning haqqoniyligini o‘rganish.

2019-yil
18-avgust

Hududiy ishchi guruhlar,

O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A. Xaydarov), Adliya vazirligi (R. Davletov)

5.

Yer uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan fuqarolar vatadbirkorlik subyektlariga yetkazilgan zararlarni qoplashning aniq manbalari va mexanizmlarini belgilash.

1. Yer uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan yetkazilgan zararlar Davlat budjeti va Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-dekabrdagi 1047-son qarori bilan tashkil etilgan jamg‘armalar mablag‘lari hisobidan qoplanadigan mulkdorlarning manzilli ro‘yxati va qoplanishi lozim bo‘lgan zararning hajmi va turini belgilash.

2. Yer uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan yetkazilgan zararlar mazkur yer uchastkalari ajratilgan tashkilotlar mablag‘lari hisobidan qoplanadigan mulkdorlarning manzilli ro‘yxati va qoplanishi lozim bo‘lgan zararning hajmi va turini belgilash.

2019-yil

19-avgust

Hududiy ishchi guruhlar, O‘zbekiston Respublikasi

Moliya vazirligi (Y. Tursunov)

6.

Respublika hududlarida olib qo‘yilgan yer uchastkalarini xatlovdan o‘tkazish natijasi bo‘yicha umumlashgan ma’lumotni shakllantirish hamda fuqarolar va tadbirkorlik subyektlariga yetkazilgan zararlarni qoplash ishlarini tashkil etish.

1. Tuman (shahar) kesimida yer uchastkalari olib qo‘yilishi munosabati bilan yetkazilgan zararlar belgilangan tartibda qoplanmagan yoki to‘liq qoplanmagan mulkdorlarning yakuniy ro‘yxatini tuzish va Respublika ishchi guruhiga taqdim etish.

2019-yil

20-avgust

Hududiy ishchi guruhlar,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

2. Yer uchastkalari olib qo‘yilishi munosabati bilan yetkazilgan zararlarni tuman (shahar) kesimida har bir mulkdor bo‘yicha qoplash grafigini moliyalashtirishning aniq manbasi, zararni qoplash miqdori, turi va muddati ko‘rsatilgan holda tasdiqlash.

2019-yil

31-avgust

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (J. Qo‘chqorov)

7.

Yer uchastkalarini olib qo‘yishda mulkdorlarning buzilgan huquqlarini tiklash va aybdor mansabdor shaxslarga nisbatan javobgarlik choralarini ko‘rish.

1. Yer uchastkalarini olib qo‘yishning qonuniyligini o‘rganish.

2. Yer uchastkalarini olib qo‘yishda mulkdorlarning buzilgan huquqlarini tiklash va aybdor mansabdor shaxslarga tegishli javobgarlik choralarini ko‘rish.

3. Agar yer uchastkalarini olib qo‘yishda mulkdorlarga zarar mansabdor shaxsning noqonuniy qarori yoki xatti-harakatlari natijasida yetkazilgan bo‘lsa, mazkur mansabdor shaxslardan qoplangan zarar miqdorini regress tartibida undirib olish.

2019-yil
avgust — oktyabr

Respublika ishchi guruhi, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (R. Davletov), Bosh prokuraturasi (N. Yo‘ldoshev)

8.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-dekabrdagi 1047-son qarori asosida tashkil etilgan hududiy jamg‘armalarning daromadlari to‘liqligini o‘rganish.

1. O‘tgan davrda jamg‘armalarning daromad manbalarini, jamg‘armaga o‘tkazilmasdan qolgan daromadlarni o‘rganish.

2. Tahlillar natijasiga asoslangan holda daromad manbalarini kengaytirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.

2019-yil
20-avgust

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (Y. Tursunov), Hisob palatasi (M. Abdullayev)

9.

Tashkil etilgan hududiy jamg‘armalar tomonidan amalga oshirilgan xarajatlarning asoslanganligini o‘rganish.

1. Jamg‘armalar hisobidan amalga oshirilgan xarajatlarni tahlil qilish.

2. Xarajatlarning jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlar davri bo‘yicha o‘z vaqtida amalga oshirilganligini o‘rganish.

3. Xarajatlarning jamg‘arma orqali yoki jamg‘armadan tashqari amalga oshirilganligi va asosliligini tahlil qilish.

4. Amalga oshirilgan xarajatlardan ortiqcha xarajatlar aniqlangan taqdirda jamg‘armaga qaytarish choralarini ko‘rish.

2019-yil

20-avgust

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (Y. Tursunov), Hisob palatasi (M. Abdullayev)

10.

Ilg‘or xorijiy amaliyotni o‘rgangan holda davlat va jamiyat ehtiyojlari, shuningdek, hududlarni kompleks rivojlantirishga qaratilgan davlat dasturlari, investitsiya va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lgan loyihalarni amalga oshirish doirasida yer uchastkalarini olib qo‘yish va mulkdorlarga yetkazilgan zararlarni qoplashning yangi tartibini belgilash.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini ishlab chiqish va qabul qilish.

2019-yil

5-sentabr

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (J. Qo‘chqorov),

Moliya vazirligi (Y. Tursunov), Adliya vazirligi (R. Davletov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (B. Xodjayev), Qurilish vazirligi (B. Zokirov), Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi (A. Abdullayev)

11.

Yer uchastkalari noqonuniy olib qo‘yilganligi va shu munosabat bilan mulkdorlarga zarar yetkazilganligi uchun mansabdor shaxslarning javobgarligini kuchaytirish.

O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish va belgilangan tartibda kiritish.

2019-yil

5-sentabr

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (J. Qo‘chqorov), Adliya vazirligi (R. Davletov)

(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2019-y., 08/19/5491/3513-son)