Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.05.2011 15.06.1992 yildagi 282-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.05.2011
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA YERLARNING QIShLOQ VA O‘RMON XO‘JALIGINI YuRITISh BILAN BOG‘LIQ BO‘LMAGAN EHTIYOJLAR UChUN OLINIShI MUNOSABATI BILAN QIShLOQ XO‘JALIGI VA O‘RMON XO‘JALIGI IShLAB ChIQARIShI NOBUDGARChILIGI HAJMLARINI ANIQLASh HAMDA ULARNING O‘RNINI QOPLASh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 25-maydagi 146-sonli “Shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish hamda qishloq xo‘jaligiga oid bo‘lmagan boshqa ehtiyojlar uchun yer uchastkalari berish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qonunchiligini yanada rivojlantirish va “O‘zbekiston Respublikasining “Yer haqida”gi Qonunini amalga oshirish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1990-yil 20-iyundagi qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. O‘zbekiston Respublikasida yerlarning qishloq va o‘rmon xo‘jaligini yuritish bilan bog‘liq bo‘lmagan ehtiyojlar uchun olinishi munosabati bilan qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligi hajmlarini aniqlash hamda ularning o‘rnini qoplash tartibi to‘g‘risidagi ilova qilinayotgan Nizom tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, birlashmalar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
er uchastkalari foydalanishga olingach, qurilishni mablag‘ bilan ta’minlash boshlangandan keyin bir oy muddat ichida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlarning hokimliklari tomonidan tegishli banklarda ochilgan maxsus schyotlarga, ilova qilinayotgan Nizomga to‘la muvofiq holda, qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligi o‘rnini qoplash uchun mablag‘lar o‘tkazsinlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shu yil oxirigacha 1990-yilning 1-avgustiga qadar ajratilgan yerlar uchun qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligi o‘rnini qoplash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi oldidagi qarzlarini uzsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlarning hokimliklari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligi o‘rnini qoplash tartibi bo‘yicha tushgan mablag‘lardan, ko‘rsatib o‘tilgan Nizomga muvofiq belgilangan maqsad bo‘yicha foydalansinlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ilova qilinayotgan Nizomning 11-bandiga muvofiq olinadigan qishloq va o‘rmon xo‘jaligi yerlari o‘rniga yangi yerlarni sug‘orish va o‘zlashtirish bo‘yicha ishlarni, shuningdek, boshqa meliorativ ishlarni o‘z vaqtida amalga oshirishni ta’minlasinlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublika yerlaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish bo‘yicha mintaqaviy dasturlarni va viloyatlararo tadbirlarni amalga oshirish uchun jami summaning 10 foizi miqdoridagi qismini O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining maxsus schyotiga o‘tkazsinlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ilgari berilgan yer uchastkalari uchun qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligi o‘rnini qoplanmagan vazirliklarga, davlat qo‘mitalariga, idoralarga, birlashmalarga, korxonalarga, muassasalarga va tashkilotlarga korxonalar, binolar va imoratlar qurish uchun qo‘shimcha yer maydonlari ajratmasinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligi o‘rnini qoplash hisobiga tushadigan mablag‘lardan belgilangan maqsadda foydalanish ustidan nazoratni ta’minlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining quyidagi qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalari ajratilishi munosabati bilan korxonalarga, muassasalarga va tashkilotlarga ko‘rilgan zararni va foydalanilmagan xarajatlarni to‘lash tartibi to‘g‘risida” 1964-yil 20-yanvardagi 43-son qarorning qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligi o‘rnini qoplashga doir qismi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SSSR Ministrlar Sovetining “Davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yerlar ajratishda ko‘rilgan zararni yerdan foydalanuvchilarga va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligini to‘lash to‘g‘risida” 1974-yil 9-avgustdagi 636-son qarori yuzasidan 1974-yil 29-avgustdagi 417-son qarorning qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligi o‘rnini qoplashga doir qismi (O‘zSSR QT, 1974-y., 8-son, 44-modda);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Qishloq xo‘jaligidan boshqa ehtiyojlar uchun yerlar ajratishdan ko‘rilgan zararlar o‘rnini qoplash miqdorlari to‘g‘risida” 1986-yil 27-martdagi 152-son, “Qishloq xo‘jaligidan boshqa maqsadlar uchun yerlar ajratishda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligi o‘rnini qoplashga mo‘ljallangan mablag‘larni planlashtirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risida” 1986-yil 3-sentabrdagi 435-son qaror (O‘zSSR QT, 1986-y., 9-son, 36-modda).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1992-yil 15-iyun,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
282-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining
1992-yil 15-iyundagi 282-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasida yerlarning qishloq va o‘rmon xo‘jaligini yuritish bilan bog‘liq bo‘lmagan ehtiyojlar uchun olinishi munosabati bilan qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligi hajmlarini aniqlash hamda ularning o‘rnini qoplash tartibi to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. UMUMIY QOIDALAR
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Yer to‘g‘risida”gi Qonunining 51-moddasiga muvofiq qishloq xo‘jaligini yuritish bilan bog‘liq bo‘lmagan ehtiyojlar uchun olinishi munosabati bilan qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligi hajmlarini aniqlash va ularning o‘rnini qoplash tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpog‘iston Respublikasida qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligi hajmlarini aniqlash hamda ularning o‘rnini qoplash tartibi Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonunchiligi bilan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi nobudgarchiligi o‘rni quyidagi hollarda qoplanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qishloq xo‘jaligi va o‘rmon yer-suvlari, shuningdek, fuqarolar tasarrufida va foydalanishida bo‘lgan ana shu yerlar qishloq va o‘rmon xo‘jaligini yuritish bilan bog‘liq bo‘lmagan ehtiyojlar uchun olinganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qishloq xo‘jaligi va o‘rmon yer-suvlarining oborotdan chiqishi va ularning kam qimmatli yer-suvlarga o‘tkazilishi bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘rilayotgan obyektlar atrofida muhofaza, sanitariya va himoya zonalari belgilanishi bilan yer egalari va yerdan foydalanuvchilarning huquqlari cheklanganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
korxonalar, muassasalar va tashkilotlar faoliyati ta’siri natijasida yerlar sifati yomonlashganda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligining o‘rnini qoplash barcha kategoriyadagi yerlardan qishloq xo‘jaligi va o‘rmon yer-suvlari olinganda hamda ular qishloq va o‘rmon xo‘jaligini yuritish bilan bog‘liq bo‘lmagan ehtiyojlar uchun ham doimiy, ham vaqtinchalik foydalanish uchun berilganda (ushbu Nizomning 4-bandida belgilangan hollar bundan mustasno) amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 11-apreldagi 126-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligi nohiya hokimining Farmoyishi bilan tuzilgan baholash komissiyasi tomonidan aniqlanadi, bir vaqtning o‘zida yer egalari va yerdan foydalanuvchilardan davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yerlarning olib qo‘yilishi munosabati bilan ularning ko‘rgan zararlarini belgilangan tartibda qoplash belgilab qo‘yiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligi miqdorlarini aniqlash uchun baholash komissiyasiga dastlabki ma’lumotlarni yer ajratib berish loyihasini ishlab chiquvchi loyihalash tashkiloti taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi bilan shug‘ullanish bilan bog‘liq bo‘lmagan ehtiyojlar uchun yer olib qo‘yilgan va vaqtinchalik foydalanishga berilgan holda qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligi keyingi uch yilda olib qo‘yiladigan yer uchastkasidan o‘rtacha olinadigan dehqonchilik va o‘rmon xo‘jaligi mahsuloti qiymatining miqdoridan hisoblab chiqariladi. Ushbu pul miqdori yer uchastkasi foydalanishga berilgan yillar soniga ko‘paytiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vaqtinchalik foydalanish uchun yer uchastkasi olgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar uni avvalgi yer egalariga va yerdan foydalanuvchilarga qishloq va o‘rmon xo‘jaligi bilan shug‘ullanishga yaroqli holatda o‘z vaqtida qaytarishlari shart. Yer uchastkasidan foydalanish zarurati saqlanib qolgan va uni avvalgi yer egalariga belgilangan muddatlarda qaytarish imkoniyati bo‘lmagani holda korxonalar, muassasalar va tashkilotlar yer uchastkasi bergan organga foydalanish muddatini uzaytirish to‘g‘risida tavsiyanoma kiritadi. Bunda qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligi tegishli yillar soniga ko‘paytiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vaqtinchalik berilgan yerlarni qishloq va o‘rmon xo‘jaligi bilan shug‘ullanish uchun yaroqli holatga keltirish qishloq xo‘jaligi organlarining xulosasiga ko‘ra maqsadga muvofiq bo‘lmagan chuqurlikda tuproq qatlami buzilgan xolda qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligi mazkur Nizomning II va III bo‘limlariga muvofiq to‘la hajmda qoplanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Komissiya ish natijalari qishloq xo‘jaligi ekinzorlari va o‘rmonlardan olib qo‘yiladigan maydonlarni, qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligining qabul qilingan me’yorlarini va umumiy qiymatini ko‘rsatgan holda rasmiylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligining miqdorlari yer ajratib berish loyihasi bilan bir vaqtda ushbu loyihani tasdiqlash o‘z vakolatiga qiruvchi organ tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligini qoplash uchun mablag‘larni yer ajratib berilgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, viloyatlar hokimliklari tomonidan O‘zbekiston Respublikasining bank muassasalarida ochilgan maxsus schyotlarga o‘tkazadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur Nizomning 11-bandida nazarda tutilgan mintaqaviy dasturlarni va viloyatlararo tadbirlarni amalga oshirish uchun, qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligini qoplash hisobiga keluvchi mablag‘ning 10 foiz miqdordagi qismi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining maxsus schyotiga o‘tkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va viloyatlar hokimliklari mablag‘larning o‘z vaqtida kelib tushishini va hisobga olinishini, shu mablag‘lar hisobiga inshootlarni rejalashtirish, loyihalashtirish va qurishni hamda ishlarni belgilangan tartibda qabul qilishni ta’minlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Yer uchastkalari ajratib beriladigan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar inshoot qurilishini moliyaviy ta’minlash boshlangandan keyin bir oy muddat ichida qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligini qoplash uchun mo‘ljallangan mablag‘larni ko‘chirishlari hamda kapital mablag‘larni viloyatlar hokimliklariga berishni belgilangan tartibda rasmiylashtirishlari shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi o‘zining maxsus schyotiga kelib tushuvchi mablag‘lar doirasida ishlarning buyurtmachisi hisoblanadi, titul ro‘yxatlarini tasdiqlaydi, moliyaviy ta’minlashni boshlaydi hamda korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan pudrat ishlarining chegaralangan miqdorda berilishini belgilangan tartibda rasmiylashtiradi, keyinchalik ularning hajmlarini O‘zbekistonning taraqqiyot istiqbolini belgilash qo‘mitasiga taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligini qoplash uchun tushgan mablag‘lar maxsus maqsadga ega bo‘lib, undan quyidagilar uchun foydalaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yangi yerlarni o‘zlashtirishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sug‘oriladigan yerlarni to‘la-to‘kis qayta tiklashga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
zovur-zax qochirish shoxobchalarini qurishga va qayta qurishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sug‘oriladigan yerlarni tubdan tekislashga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sug‘oriladigan yerlarning suv ta’minotini oshirishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sug‘oriladigan madaniy yaylovlar yaratish va tiklashga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pichanzorlar va yaylovlarni tubdan yaxshilashga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
daraxtzorlar barpo etish va tiklashga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yo‘qolib ketgan o‘rmon urug‘chiligi, tup (parxish) daraxtlar va sanoat daraxtzorlari, bog‘lar, uzumzorlar, tutzorlar, mevazorlar, ko‘chatxonalar barpo etish va tiklashga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
erlarning unumdorligini oshirish, qumlar, suv havzalari va daryolarning qirg‘oqlarini mustahkamlash va daraxtzorlarga aylantirish, tog‘ qiyaliklarini pog‘ona-pog‘ona qilib ishlash va boshqa eroziyaga qarshi chora-tadbirlarni amalga oshirishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
er tuzish, kadastrlash va o‘rmon tuzish ishlari, shuningdek, ularni kompyuterlashtirishga.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligining o‘rnini qoplash maqsadida tushgan mablag‘lar mazkur Nizomning 11-bandida ko‘rsatilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun, qoidaga ko‘ra, yerlari olib qo‘yilgan egalik qilinadigan va foydalaniladigan yerlarda ishlatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligining o‘rnini qoplash uchun tushgan mablag‘larning foydalanilmagan qoldiqlari yilning oxirida olib qo‘yilmaydi va keyingi yilda mazkur Nizomning 11-bandida ko‘rsatilgan chora-tadbirlarni moliyaviy ta’minlashga yo‘naltiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Loyihani joyiga ko‘chirish va yerlardan doimiy foydalanish huquqini beruvchi davlat hujjatlarini tayyorlash yer maydonlari ajratilgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligining o‘rni qoplangandan so‘nggina amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligining o‘rnini qoplash bo‘yicha majburiyatlarni bajarmagan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga qo‘shimcha yer ajratilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. QIShLOQ XO‘JALIGI IShLAB ChIQARIShI NOBUDGARChILIGI MIQDORLARINI ANIQLASh TARTIBI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligining miqdorlari olib qo‘yilgan haydaladigan maydonlar, ko‘p yillik daraxtzorlar (bog‘lar, mevazorlar, uzumzorlar, tutzorlar, ko‘chatxonalar, sitrus o‘simliklari), bo‘z yerlar, pichanzorlar va yaylovlar, shu jumladan, shaxsiy yordamchi xo‘jalik yuritish uchun berilgan qishloq xo‘jaligi yer maydonlaridan hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligining miqdorlari olib qo‘yilgan qishloq xo‘jaligida yaroqli yerlarning o‘rniga teng bahodagi yangi yerlarni sug‘orish va o‘zlashtirishning zarurligidan kelib chiqib, bunda ularning sifati, mahsuldorligi, joylashish o‘rni va samarali foydalanilishi hisobga olinadi, shuningdek, yangi yerlarni o‘zlashtirishga oid ishlarni bajarish davrida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari qiymatini yo‘qotganligini hisobga olib aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi yerlarining sifatini hisobga olish tuproq kartalari va yerlarni iqtisodiy baholash materiallari bo‘yicha yer ajratish loyihasini tuzuvchi yer tuzish tashkilotlari tomonidan belgilangan bonitet ballari bo‘yicha amalga oshiriladi. Asoslari bo‘lmagan yangidan o‘zlashtirilgan yer maydonlari bo‘yicha bonitet ballari yerlar ajratish loyihalarini ishlab chiqish jarayonida amaldagi uslubiy ko‘rsatmalar bo‘yicha aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Olib qo‘yilgan qishloq xo‘jaligi yerlari o‘rniga teng bahodagi yerlarni sug‘orish va o‘zlashtirish qiymati yerlarning sifati va jadal foydalanilishiga qarab 1-jadval bo‘yicha aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Sug‘oriladigan zonadagi olib qo‘yilgan bo‘z yerlarning 1 gektari o‘rniga, ularning sifatini hisobga olgan holda, teng bahodagi yangi yerlarni sug‘orish va o‘zlashtirish qiymati 0,25 koeffitsiyentini qo‘llanish yo‘li bilan 1-jadval bo‘yicha aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Olib qo‘yilgan lalmi yerlarning 1 gektari o‘rniga teng bahodagi yangi yerlarni sug‘orish va o‘zlashtirish qiymati quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tekislikdagi (yog‘ingarchilik kam bo‘ladigan) zonada — haydaladigan lalmi yerlar uchun 7,5 va bo‘z lalmi yerlar uchun 2,4 ming so‘m;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tekislik-past-balandlikdagi (yog‘ingarchilik yetarli bo‘ladigan) zonada — haydaladigan lalmi yerlar va ko‘p yillik daraxtzorlar uchun 13,8 va bo‘z lalmi yerlar uchun 4,4 ming so‘m;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tog‘ oldi va tog‘ (yog‘ingarchilik yetarli bo‘ladigan) zonada — haydaladigan lalmi yerlar va ko‘p yillik daraxtzorlar uchun 13,8 va bo‘z lalmi yerlar uchun 4,4 ming so‘m.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 16-iyundagi 223-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligiga qo‘shimcha ravishda sof daromad qo‘shiladi. Bu daromad loyihalashtirish, yangi yerlarni sug‘orish va o‘zlashtirish, ularni madaniylashtirishga oid ishlarni va boshqa madaniy-texnika ishlarini bajarish uchun zarur bo‘lgan to‘rt yil davomidagi davrda olib qo‘yilgan yer maydonida sof daromadning summasi jamoa va davlat xo‘jaliklari hamda boshqa korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning oxirgi uch yilgi ma’lumotlariga ko‘ra olib qo‘yilgan maydonlardagi qishloq xo‘jaligi ekinlari va daraxtzorlarining o‘rtacha hosildorligidan kelib chiqib, yer ajratish loyihasi ishlab chiqilishi jarayonida aniqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(1-jadval O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 16-iyundagi 223-son qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Pichanzorlar va yaylovlar olib qo‘yilishi munosabati bilan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligi yo‘qotilgan yaylov ozuqalari hajmlarini qoplash uchun pichanzorlar va yaylovlarning tegishli maydonlarini tubdan yaxshilash zaruratidan kelib chiqib aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Pichanzorlar va yaylovlar olib qo‘yilishi munosabati bilan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligining miqdorlari ularning mahsuldorligiga ko‘ra balandlik mintaqalariga qarab 2-jadval bo‘yicha qabul qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-jadval O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 16-iyundagi 223-son qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligi miqdorlarini aniqlashda olib qo‘yilgan yer maydonining muhandislik kommunikatsiyalari va energiya manbalarining ko‘pligi bilan ajralib turuvchi ma’muriy va sanoat markazlariga nisbatan o‘rnashgan joyi hisobga olinadi, bu esa yerdan samarali foydalanish imkonini beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Olib qo‘yilgan yer maydonlarining o‘rnashgan joyini hisobga oluvchi koeffitsiyentlar 3-jadval bo‘yicha qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-jadval
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Olib qo‘yilgan yer maydonlarining o‘rnashgan joyini hisobga oluvchi koeffitsiyentlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Aholi yashash joylari‎

Aholi punktlari chegaralari bilan ajratilgan yer orasidagi masofa, km‎

Oshirish koeffitsiyentlari‎

Toshkent shahri‎

20 gacha‎ 2,0‎
Viloyat markazlari‎ 10 gacha‎ 1,5‎
Boshqa shaharlar, shahar posyolkalari va nohiya markazi hisoblanuvchi qishloq aholi punktlari‎

‎5 gacha‎


‎1,3‎
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. O‘RMON XO‘JALIGI IShLAB ChIQARIShI NOBUDGARChILIGI MIQDORLARINI ANIQLASh TARTIBI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. O‘rmon yerlarini saqlash va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishining zarur darajasini ta’minlash maqsadida o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligining miqdori teng kattalikdagi yangi yerlarni o‘zlashtirishga zarur xarajatlarga qarab aniqlanadi. Bunda tuproqni madaniylashtirish va uning unumdorligini oshirish, yangi xo‘jaliklarni tashkil etish tadbirlarini amalga oshirish va olib qo‘yilgan o‘rmonlarni qayta tiklash xarajatlari hisobga olinadi. Bundan tashqari, sug‘oriladigan dehqonchilik zonasida sug‘orish qiymati, tog‘li zonada — boshqa oddiy gidrotexnika inshootlarini supalash yoki qurish qiymati, cho‘l zonada — ko‘chma qumlarni mustahkamlash qiymati hisobga olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. O‘rmon bilan qoplangan va daraxtlari siyrak yerlar, shuningdek, o‘rmon daraxtlari, urug‘lik, parxish daraxtlar hamda yong‘oq, ildiz mevali va boshqa qimmatli daraxt turlarining sanoatbop maydonlari olib qo‘yilayotganda o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligi summasi o‘rmon xo‘jaligi mahsulotlarini va qo‘shimcha foydalaniladigan mahsulotni yangi yerlarni o‘zlashtirish va ana shunday daraxtzorlarni barpo etish ishlarini bajarish vaqtida sotishdan olinadigan daromadning nobud bo‘lishini hisobga olgan holda quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
P. p. l.=S [Z osv.+T (P. l. pr.+P. pr. pob.)],
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bunda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
P. p. l. — o‘rmon bilan qoplangan maydonlarni olib qo‘yishdan ko‘rilgan o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligining miqdori, so‘m;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
S — olib qo‘yiladigan o‘rmonzorlar maydoni, gektar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Z osv. — 1 gektar yangi yerni o‘zlashtirishning so‘m hisobidagi xarajatlari (sug‘oriladigan o‘rmonzorlar olib qo‘yilayotganda yerlarning sifatini hisobga olgan holda, 1-jadval bo‘yicha, sug‘orilmaydigan o‘rmonzorlar olib qo‘yilayotganda yerlarning tabiiy zonalar bo‘yicha joylashganligiga qarab — mazkur Nizomning 20-bandiga muvofiq qabul qilinadi);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
T — yangi yerlarni o‘zlashtirishni loyihalashtirish va bu ishlarni bajarish uchun zarur bo‘lgan vaqt, yil (o‘rta hisobda 4 yil olinadi);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
P. l. pr. — o‘rmon mahsulotini (yog‘och, yong‘oqlar, mevalar, urug‘liklar, rezavorlar) sotishdan olinadigan foyda, 1 gektardan o‘rta hisobda 3 yilda, so‘m (xo‘jalikning hisobot ma’lumotlari bo‘yicha qabul qilinadi);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
P. pr. pob. — qo‘shimcha foydalaniladigan mahsulotni (shifobaxsh va boshqa foydali o‘simliklar, pichan, asalarichilik va boshqa mahsulotlarni) sotishdan olinadigan foyda, 1 gektardan o‘rta hisobda 3 yilda, so‘m (xo‘jalikning hisobot ma’lumotlari bo‘yicha qabul qilinadi).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Yongan, nobud bo‘lgan, kesilgan o‘rmon daraxtlaridan iborat maydonlar olib qo‘yilganda o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligining miqdori haydaladigan lalmi yerlarni qoplash uchun o‘zlashtirish ishlari xarajatlariga teng qilib olinadi, bo‘sh yerlar, yalangliklar olib qo‘yilganda esa — mazkur Nizomning 20-bandiga binoan qabul qilinadigan bo‘z lalmi yerlar qiymati olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Olib qo‘yilayotgan yer uchastkasining aholi yashaydigan punktgacha bo‘lgan masofasiga hamda muhandislik kommunikatsiyalari va energiya manbalari bilan ta’minlanganligiga qarab nobudgarchilik miqdori mazkur Nizomning 3-jadvalida keltirilgan koeffitsiyentlar yordamida tuzatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV. YER EGALARI VA YERDAN FOYDALANUVChILARNING HUQUQLARI ChEKLANIShI MUNOSABATI BILAN QIShLOQ XO‘JALIGI VA O‘RMON XO‘JALIGI IShLAB ChIQARIShI NOBUDGARChILIGI MIQDORLARINI ANIQLASh TARTIBI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. O‘zbekiston Respublikasining “Yer to‘g‘risida”gi Qonuniga, shuningdek, boshqa me’yoriy aktlarga muvofiq, yer egalari va yerdan foydalanuvchilarning qo‘riqlanadigan, sanitariya va himoya zonalarining quyidagi obyektlaridan foydalanish huquqlari cheklangan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
temir yo‘l va avtomobil yo‘llari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
magistral truboprovodlar va ular atrofidagi inshootlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aloqa va radiolashtirish liniyalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qo‘riqxonalar, milliy va dendrologiya parklari, botanika bog‘lari, zakazniklar (ov qilinadiganidan tashqari) va davlat tabiat obidalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tarixiy-madaniy qo‘riqxonalar, memorial parklar, dafn etish joylari, tarix va madaniy arxeologik obidalar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
daryolar, magistral kanallar va kollektorlar, suv omborlari hamda boshqa suv havzalari, shuningdek, aholini davolash va madaniy-sog‘lomlashtirish ehtiyojlari uchun ichimlik va kundalik ehtiyoj suv manbalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
gidrometeorologiya stansiyalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
er va suv bilan qoplangan maydonlarda yovvoyi hayvonlar to‘plangan joylar, shuningdek, ular atrofidagi ikki kilometrli masofa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Yer egalari va yerdan foydalanuvchilarning huquqlari cheklanganligi munosabati bilan qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishidan ko‘rilgan zararlarning o‘rni qo‘riqlash, sanitariya va himoya zonalarida joylashgan qurilayotgan obyektlarning qishloq xo‘jaligi va o‘rmon yerlarini qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishidan chiqarish yoki ularni unchalik qimmatli bo‘lmagan yerlarga ko‘chirish mo‘ljallanayotgan taqdirda qoplanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shu munosabat bilan mazkur Nizomning 28-bandida sanab o‘tilgan binolar va inshootlar qurilishi uchun ajratilgan yer uchastkalari loyihasini ishlab chiqish jarayonida avvalo ularni qo‘riqlash, sanitariya va himoya zonalari, qishloq xo‘jaligi va o‘rmon yerlarining maydoni va sifati, shuningdek, ulardan bundan keyin foydalanish tartibi aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Qurilayotgan obyektlarni qo‘riqlash, sanitariya va himoya zonalaridagi qishloq xo‘jaligi va o‘rmon yerlari oborotidan qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligi mazkur Nizomning II va III bo‘limlariga muvofiq to‘la hajmda belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi va o‘rmon yerlari boshqa sug‘orilmaydigan qishloq xo‘jaligi va o‘rmon yerlariga aylantirilayotganda qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi nobudgarchiligi mazkur Nizomning 18 va 25-bandlariga muvofiq aniqlangan sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi va o‘rmon yerlarini olib qo‘yishdan ko‘rilgan zarar bilan 20, 22 va 26-bandlariga muvofiq aniqlangan sug‘orilmaydigan qishloq xo‘jaligi va o‘rmon yerlarini olib qo‘yishdan ko‘rilgan zarar miqdori o‘rtasidagi tafovut sifatida aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Lalmi yerlar bo‘z yerlarga ko‘chirilganda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligi mazkur Nizomning 20-bandiga muvofiq lalmi yerlar olib qo‘yilgandagi zarar miqdori bilan bo‘z yerlar olib qo‘yilgandagi zarar miqdorlari o‘rtasidagi tafovut sifatida aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
V. YERLAR SIFATINING YoMONLAShUVI MUNOSABATI BILAN QIShLOQ XO‘JALIGI VA O‘RMON XO‘JALIGI IShLAB ChIQARIShI NOBUDGARChILIGI MIQDORINI ANIQLASh TARTIBI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Korxonalar, muassasalar va tashkilotlar faoliyatining atrof-muhitga ta’siri xarakteriga ko‘ra ulardan foydalanish qishloq xo‘jaligi va o‘rmon yerlari sifatining yomonlashuviga olib kelishi mumkin. Bu oqibatlar obyektlarni loyihalashtirish jarayonida oldindan nazarda tutilishi va ajratiladigan yerlar loyihasida o‘z aksini topishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Yerlar sifatining yomonlashuvi munosabati bilan qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishining nobudgarchiligi mazkur Nizomning II va III bo‘limlariga muvofiq qishloq xo‘jaligi va o‘rmon yerlarini hozirgi ahvolda olib qo‘yilganligi uchun ko‘rilgan zarar bilan yerlarning nazarda tutilayotgan yomonlashuvidan keyingi zarar o‘rtasidagi tafovut sifatida aniqlanadi.
(O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 1992-yil, 6-son, 21-modda; 1995-y., 4-son, 15-modda)