02.11.2019 yildagi 900-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Tashkent education” nodavlat ta’lim tashkiloti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Zamonaviy texnologiyalar va innovatsiyalarga asoslangan nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini yanada rivojlantirish, davlat va nodavlat tashkilotlari o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, yetakchi xalqaro ta’lim tashkilotlari bilan hamkorlik o‘rnatish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda “Velocius Ltd” kompaniyasining (Buyuk Britaniya) (keyingi o‘rinlarda Kompaniya deb ataladi) maktabgacha, umumiy o‘rta va oliy ta’lim sohasida ta’lim xizmatlari ko‘rsatish uchun Toshkent shahrida “Tashkent education” nodavlat ta’lim tashkilotini (keyingi o‘rinlarda Ta’lim tashkiloti deb ataladi) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ta’lim tashkilotiga belgilangan vazifalarni amalga oshirish uchun “Tashkent kindergarten” nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti (keyingi o‘rinlarda Maktabgacha ta’lim tashkiloti deb ataladi), “School of Tashkent” Xalqaro umumta’lim maktabi (keyingi o‘rinlarda Maktab deb ataladi) hamda “Tashkent International University” xalqaro universitetini (keyingi o‘rinlarda Universitet deb ataladi) ta’sis etishga ruxsat berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bir oy muddatda quyidagi obyektlar (keyingi o‘rinlarda obyektlar deb ataladi) tegishli hududi bilan birga uzoq muddatli maqsadli tekin foydalanish huquqi bilan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maktabgacha ta’lim muassasasini joylashtirish uchun — Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Abdulla Qaxhor ko‘chasi, 26-uy manzilida joylashgan bino va inshootlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maktabni joylashtirish uchun — Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Vosit Vohidov ko‘chasi, 116-uy manzilida joylashgan Toshkent “Mehr-Shafqat” kasb-hunar kollejining bino va inshootlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Universitetni joylashtirish uchun — Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Kichik halqa yo‘li ko‘chasi, 7-uy manzilida joylashgan Toshkent moliya institutining bino va inshootlari Ta’lim tashkilotiga berilishini ta’minlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Maktabgacha ta’lim vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda ikki oy muddatda Ta’lim tashkiloti bilan belgilangan tartibda tegishli bitim (keyingi o‘rinlarda Bitim deb ataladi) tuzsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilab qo‘yilsinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent “Mehr-Shafqat” kasb-hunar kolleji o‘quvchilari 2019/2020 o‘quv yili yakuniga qadar Ta’lim tashkilotiga berilayotgan binolarda o‘qishini davom ettiradilar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent arxitektura va qurilish instituti talabalari Toshkent arxitektura va qurilish instituti yangi binosi qurilishi tugallangunga qadar, mazkur bandda ko‘rsatilgan manzil bo‘yicha joylashgan Toshkent moliya instituti binosida o‘qishini davom ettiradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) mazkur qarorning 2-bandida ko‘rsatilgan ta’lim tashkilotlari faoliyatini moliyalashtirish, shuningdek, ularni moddiy-texnik va o‘quv-metodik baza bilan ta’minlash Kompaniyaning o‘z mablag‘lari, shuningdek, o‘qitishdan tushadigan mablag‘lar, shu jumladan, to‘lov-kontrakt bo‘yicha, xo‘jalik faoliyati va shartnoma asosida xizmatlar ko‘rsatishdan olinadigan daromadlar, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari, grantlar va O‘zbekiston Respublika qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshirilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) Kompaniya quyidagilarni ta’minlash majburiyatini oladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
o‘z mablag‘lari hisobidan obyektlarni rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash, jihozlash va foydalanishga topshirish, shuningdek, ularga tegishli hududni obodonlashtirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
o‘z mablag‘lari hisobidan Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumani, Markaz — 2, Oloy mavzesi manzilida joylashgan 422-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti bino va inshootlarini rekonstruksiya qilish va jihozlash;
(4-band “b” kichik bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 18-yanvardagi 25-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.01.2021-y., 09/21/25/0048-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ta’sis etilayotgan Maktabgacha ta’lim tashkiloti, Maktab va Universitetda, Shartnomaning amal qilish muddati mobaynida faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish yuzasidan faoliyatini amalga oshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tarbiya va ta’lim faoliyatini erta va maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirishga qo‘yiladigan maktabgacha ta’lim va tarbiya davlat standarti hamda O‘zbekiston Respublikasining davlat ta’lim standartlari asosida amalga oshirish;
(4-bandning “b” kichik bandi beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq ta’lim-tarbiya jarayonini amalga oshirish majburiyatlarini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tuzilayotgan Shartnoma shartlariga muvofiq boshqa majburiyatlar olishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi kelgusida Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumani, Markaz — 2, Oloy mavzesi manzilida joylashgan bino va inshootlardan belgilangan tartibda davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti sifatida foydalanish davom ettirilishini ta’minlasin.
(4-band “b” kichik bandining sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 18-yanvardagi 25-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.01.2021-y., 09/21/25/0048-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Belgilab qo‘yilsinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ta’lim tashkiloti yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi rezidenti hisoblanadi, mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklida tashkil etiladi, alohida mol-mulkka, o‘z mustaqil balansiga ega bo‘ladi, o‘z ixtiyoridagi mablag‘lar va mol-mulk bilan o‘z majburiyatlari bo‘yicha javob beradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maktabgacha ta’lim muassasasi, Maktab va Universitetda o‘qitish o‘zbek, rus va ingliz tillarida, O‘zbekiston Respublikasi davlat ta’lim standartlari talablarini inobatga olgan holda, Ta’lim tashkiloti tomonidan tasdiqlanadigan o‘quv rejalari va dasturlariga muvofiq to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Universitetda kadrlar tayyorlash kunduzgi va boshqa ta’lim shakllari, shu jumladan, davlat buyurtmasi bo‘yicha amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maktabgacha ta’lim muassasasi, Maktab va Universitetda ta’lim faoliyati 2020/2021 o‘quv yilidan boshlanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maktabgacha ta’lim muassasasiga qabul O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda, tashkilot tomonidan mustaqil ravishda belgilanadigan talablar, tartib va muddatlarga muvofiq amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maktabga qabul O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi bilan kelishilgan holda, tashkilot tomonidan mustaqil ravishda belgilanadigan talablar, tartib va muddatlarga muvofiq amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Universitetga qabul qilish va bitiruvchilarni attestatsiyadan o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda, tashkilot tomonidan mustaqil ravishda belgilanadigan talablar, tartib va muddatlarga muvofiq amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Universitet bitiruvchilariga O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’lim to‘g‘risidagi hujjat sifatida tan olinadigan belgilangan namunadagi diplom beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ta’lim tashkiloti, Maktabgacha ta’lim tashkiloti, Maktab va Universitet ustavlarini tasdiqlashda, ta’sis hujjatlarini ishlab chiqish hamda Ta’lim tashkiloti, Maktabgacha ta’lim tashkiloti, Maktab va Universitetni belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maktabgacha ta’lim tashkiloti, Maktab va Universitetni tanlov asosida malakali professor-o‘qituvchilar tarkibi bilan ta’minlashda zarur yordam ko‘rsatsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Ta’lim tashkiloti va u tomonidan tuzilayotgan tashkilotlarga o‘quv va ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb etilgan xorijlik professor-o‘qituvchilarning turar joy va transport xarajatlarini O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun belgilangan tariflar bo‘yicha, tuziladigan shartnomalar asosida to‘lashga ruxsat berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Universitet 2022-yil 1-yanvargacha:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bo‘shayotgan mablag‘larni Universitetni zamonaviy ta’lim vositalari bilan jihozlash, xarajat materiallari, inventar sotib olish, bino va inshootlarni rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash uchun maqsadli yo‘naltirish sharti bilan barcha turdagi soliqlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mehnat shartnomasi asosida ta’lim-tarbiya jarayoniga jalb qilinadigan xorijiy o‘qituvchilar va mutaxassislarning ish haqidan olinadigan yagona ijtimoiy to‘lovdan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxatlar bo‘yicha jihozlar, shu jumladan, laboratoriya, kompyuter va tashkiliy texnika, ta’limning texnik vositalari, adabiyotlar, multimedia mahsulotlari, inventar va Universitet tomonidan qurilish, rekonstruksiya qilish, jihozlash hamda uning faoliyatini ta’minlash uchun olib kiriladigan boshqa moddiy-texnik resurslar bojxona to‘lovlari (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) to‘lashdan ozod qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi mazkur qarorni amalga oshirish doirasida jalb etilayotgan xorijlik professor-o‘qituvchilar va ma’muriy xodimlarga, shuningdek, ularning oila a’zolariga konsullik va boshqa yig‘imlar undirmasdan kirish vizalari belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini ta’minlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi xorijlik professor-o‘qituvchilar va ma’muriy xodimlarga, shuningdek, ularning oila a’zolariga davlat boji undirmasdan ko‘p martalik vizalar berilishi va muddati uzaytirilishini hamda O‘zbekiston Respublikasida vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinishini belgilangan tartibda ta’minlasin.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi 593-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.A. Abduxakimov, O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vaziri A.V. Shin, O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vaziri Sh.X. Shermatov hamda O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri I.U. Madjidov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2019-yil 2-noyabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
900-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.11.2019-y., 09/19/900/4001-son; 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son; 19.01.2021-y., 09/21/25/0048-son; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)