06.11.2019 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2547-3
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
buyrugʻi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida ish yuritish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 6-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2547-3]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 827-son “Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2013-yil 31-dekabrdagi 400-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2547, 2013-yil 31-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 1-son, 10-modda) bilan tasdiqlangan Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida ish yuritish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va bu haqda Hukumat bayonnoma qarorlari va idoraviy normativ hujjatlarni huquqiy ekspertizadan oʻtkazish boshqarmasi Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilinishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilish Davlat xizmatlari agentligi direktori X. Turaxujayev zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazir R. DAVLETOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2019-yil 6-noyabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
504-mh-son

Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 6-noyabrdagi 504-mh-son buyrugʻiga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida ish yuritish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. 47-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻn olti yoshgacha boʻlgan bolaning tugʻilishini qayd etish uchun FHDY organiga tugʻilishni qayd etish muddatini oʻtkazib yuborganlik sabablari koʻrsatilgan ariza bolaning ota-onasi, ota-onaning qonuniy nikohi mavjud boʻlgan hollarda ulardan biri yoki ishonchnoma asosida boshqa manfaatdor shaxs, ota-onaning oʻrnini bosuvchi shaxs yoxud vasiylik va homiylik organlarining mansabdor shaxslari tomonidan taqdim etiladi.”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. 84-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Tibbiy koʻrik natijasi boʻyicha nikohlanuvchi shaxslarda yoki ularning birida ruhiy holatining buzilganligi aniqlansa, FHDY organi ruhiy holatining buzilishi aniqlangan nikohlanuvchi shaxsning yashash joyidagi tuman, shahar tibbiyot birlashmasidan uning ruhiy holati buzilishi sababli sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilganligi haqida maʼlumot mavjud yoki mavjud emasligini aniqlashi lozim.”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Dalolatnoma yozuvlariga oʻzgartirishlar, tuzatishlar va qoʻshimchalar konsul yoki notarius tomonidan tasdiqlangan ishonchnoma va ariza asosida amalga oshirilishi mumkin.”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
quyidagi mazmundagi uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻlim xaqidagi dalolatnoma yozuviga tuzatishlar kiritish yaqin qarindosh(lar) yoki merosxoʻr(lar)ning arizasiga koʻra FHDY organi tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vafot etgan shaxslarning tugʻilganlik, nikoh tuzish, nikohdan ajralganlik haqidagi dalolatnoma yozuvlariga tuzatish va qoʻshimchalar sud qaroriga asosan FHDY organi tomonidan kiritiladi.”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.11.2019-y., 10/19/2547-3/4000-son)