Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.06.2024 22.10.2019 yildagi 966-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.06.2024
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori

O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida saylov uchastkalarini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
(qarorning nomi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2021-yil 2-iyuldagi 1079-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2024-yil 5-iyundagi 1339-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 10, 14 va 16-moddalariga asosan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida saylov uchastkalarini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2021-yil 2-iyuldagi 1079-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisining o‘rinbosari M. Istamov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Rais M. ABDUSALOMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2019-yil 22-oktabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
966-son

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 22-oktabrdagi 966-sonli qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida saylov uchastkalarini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
(ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2021-yil 2-iyuldagi 1079-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksiga (bundan buyon matnda Saylov kodeksi deb yuritiladi) va O‘zbekiston Respublikasi Konsullik ustaviga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari, konsullik muassasalari huzurida saylov uchastkalarini tuzish, uchastka saylov komissiyalarini shakllantirish va ularning faoliyati tartibini belgilaydi.
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2021-yil 2-iyuldagi 1079-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I bob. Xorijdagi saylov uchastkalarini tuzish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Saylov kampaniyasi davrida O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari, konsullik muassasalari (bundan buyon matnda diplomatik vakolatxona deb yuritiladi) huzurida saylov uchastkalari (bundan buyon matnda xorijdagi saylov uchastkasi deb yuritiladi) tuzilishi mumkin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2021-yil 2-iyuldagi 1079-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida xorijdagi saylov uchastkasi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi (bundan buyon matnda TIV deb yuritiladi) joylashgan hududdagi saylov okrugiga biriktiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi (bundan buyon matnda Qonunchilik palatasi deb yuritiladi) saylovlarida xorijdagi saylov uchastkalari O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi (bundan buyon matnda MSK deb yuritiladi) tomonidan TIV bilan kelishilgan holda tegishli saylov okruglariga biriktiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. TIV xorijdagi saylov uchastkasini tuzish to‘g‘risida taqdimnomani MSKga saylovga kamida oltmish besh kun qolganida, ayrim hollarda esa saylovga kamida o‘n kun qolguniga qadar kiritadi.
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2021-yil 2-iyuldagi 1079-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xorijdagi saylov uchastkasini tuzish to‘g‘risida taqdimnoma saylovga kamida o‘n kun qolguniga qadar kiritilgan taqdirda ushbu taqdimnoma bilan bir vaqtda tegishli okrug saylov komissiyasiga diplomatik vakolatxonalar huzuridagi uchastka saylov komissiyasi (bundan buyon matnda xorijdagi uchastka saylov komissiyasi deb yuritiladi) a’zoligiga nomzodlar ham tavsiya etiladi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2021-yil 2-iyuldagi 1079-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Xorijdagi saylov uchastkalari saylovga kamida oltmish kun qolganida, qoida tariqasida, saylovchilar soni kamida yigirma nafardan va ko‘pi bilan uch ming nafardan oshmagan holda tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Zarur hollarda xorijdagi saylov uchastkalarining saylovchilar ro‘yxatidagi saylovchilar soni belgilangan miqdordan kam yoki ortiq bo‘lishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Diplomatik vakolatxonalar rahbarlari tomonidan xorijdagi uchastka saylov komissiyasiga ovoz berish xonalari bepul taqdim etiladi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2021-yil 2-iyuldagi 1079-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Diplomatik vakolatxonalar tomonidan xorijdagi saylov uchastkalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar mahalliy sharoitlardan kelib chiqqan holda jamoatchilikka e’lon qilib boriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu ma’lumotlarda quyidagilar aks etgan bo‘lishi lozim:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijdagi saylov uchastkasining tartib raqami;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijdagi saylov uchastkasi joylashgan manzil;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijdagi uchastka saylov komissiyasi telefon raqami.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu ma’lumotlar MSK va diplomatik vakolatxonalarning rasmiy veb-saytlari hamda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida joylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Xorijdagi saylov uchastkalarida Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga bo‘lib o‘tadigan saylovlar bo‘yicha ovoz berish tashkil etilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II bob. Xorijdagi uchastka saylov komissiyalarini tuzish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. TIV xorijdagi uchastka saylov komissiyasi a’zoligiga nomzodlarni saylov uchastkasi biriktirilgan tegishli okrug saylov komissiyasiga tasdiqlash uchun saylovdan kamida ellik kun oldin tavsiya etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Xorijdagi uchastka saylov komissiyasi saylovga kamida qirq kun qolganida besh — o‘n to‘qqiz nafar a’zodan, shu jumladan rais, rais o‘rinbosari va kotibdan iborat tarkibda okrug saylov komissiyasi tomonidan tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xorijdagi uchastka saylov komissiyasi raisining vazifalarini diplomatik vakolatxonalarning rahbarlari, rahbar tayinlanmagan bo‘lsa, diplomatik xodimi amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar komissiya yetti nafargacha a’zodan iborat tarkibda tuzilsa, rais va kotib saylanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xorijdagi uchastka saylov komissiyasi a’zolarining soni zarur hollarda (ish yuklamasi o‘zgargan va boshqa hollarda) ko‘paytirilishi yoki kamaytirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Xorijdagi uchastka saylov komissiyalari shakllantirilgandan so‘ng ularga MSK TIV orqali saylovlarni tashkil etish uchun zarur bo‘lgan saylovga oid hujjatlarni, xususan, saylov byulletenlari, saylov qutilari, yashirin ovoz berish kabinalari, xorijdagi uchastka saylov komissiyasining muhri, plastmassali plombalar va boshqalarni yetkazib berish hamda topshirishni tashkil etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III bob. Xorijdagi fuqarolarni saylovchilar ro‘yxatiga kiritish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Xorijdagi saylov uchastkalari bo‘yicha saylovchilarning ro‘yxatlari diplomatik vakolatxonalar rahbarlari tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar asosida tuziladi.
(11-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2021-yil 2-iyuldagi 1079-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shuningdek, xorijda vaqtincha yoki doimiy yashayotgan fuqarolar, ularning murojaatlariga asosan xorijdagi saylov uchastkalaridagi saylovchilar ro‘yxatiga kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Saylovchilar ro‘yxatiga har bir saylovchining familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan sanasi va yashash joyi manzili (vaqtincha yoki doimiy yashash manzili) kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Har bir saylovchi faqat bitta saylovchilar ro‘yxatiga kiritilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Chet davlatlarda turgan fuqarolar o‘zini saylovchilar ro‘yxatiga kiritish to‘g‘risida saylovga kamida o‘n besh kun qolguniga qadar xorijdagi uchastka saylov komissiyalariga yozma shaklda yoki TIVning rasmiy veb-sayti orqali elektron shaklda murojaat qilishi mumkin.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2021-yil 2-iyuldagi 1079-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Saylovchilar ro‘yxatiga kiritish to‘g‘risidagi murojaatda fuqaro qo‘yidagi ma’lumotlarni ko‘rsatishi lozim:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
familiya, ismi, otasining ismi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq pasport raqamidan aniqlashtiriladi);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tug‘ilgan sanasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasidagi oxirgi doimiy yashash manzili (agar mavjud bo‘lsa);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chet davlatdagi yashash manzili;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bog‘lanish uchun telefon raqamlari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Murojaatga O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi pasportining (nobiometrik, biometrik, xorijga chiqish va diplomatik), fotosurati bo‘lgan va manzili (agar mavjud bo‘lsa) ko‘rsatilgan varaqlari nusxasi ilova qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Saylovchilar ro‘yxatiga kiritish to‘g‘risida TIVning rasmiy veb-sayti orqali murojaat qilinganda saylovchilar elektron shaklda ko‘rsatilgan ma’lumotlarni kiritadi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2021-yil 2-iyuldagi 1079-sonli qaroriga asosan to‘qqizinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Xorijdagi uchastka saylov komissiya a’zosi fuqaroning saylovchilar ro‘yxatiga kiritish to‘g‘risidagi murojaatida ko‘rsatilgan shaxsga doir ma’lumotlarni tekshiradi va fuqaroning ma’lumotlari bo‘yicha ro‘yxatga tegishli o‘zgartirishlarni kiritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqaro mazkur Nizomning 15-bandida nazarda tutilgan ma’lumotlarni to‘liq taqdim etmagan taqdirda, xorijdagi uchastka saylov komissiyasi fuqaroga ma’lumotlarni to‘ldirish imkonini beradi. Agar fuqaro ushbu ma’lumotlarni to‘liq taqdim etmasa, xorijdagi uchastka saylov komissiyasi fuqaroni saylovchilar ro‘yxatiga kiritilmaganligi haqida xabardor qilish choralarini ko‘radi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Xorijdagi uchastka saylov komissiyalari saylovchilar ro‘yxatiga qo‘shimcha kiritilgan fuqarolar haqidagi ma’lumotlarni TIVga taqdim etadi.
(17-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2021-yil 2-iyuldagi 1079-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TIV o‘z navbatida saylovchilar ro‘yxatiga qo‘shimcha kiritilgan saylovchilar haqidagi ma’lumotlarni umumlashtirilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markaziga Saylovchilarning yagona elektron ro‘yxatiga tegishli tuzatishlar kiritish uchun taqdim qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. TIV O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markaziga xorijdagi saylov uchastkasining saylovchilari ro‘yxatiga qo‘shimcha kiritilgan saylovchilar haqidagi ma’lumotlarni, ya’ni elektron shaklda jismoniy shaxsning identifikatsiya raqamini (u mavjud bo‘lmaganda — fuqaro pasportining seriyasi va tartib raqamini, shuningdek saylovchining tug‘ilgan sanasi (yyyy.oo.kk), jinsi, millati), familiyasi, ismi va otasining ismini (davlat tilida, lotin yozuvida), fuqaroning xorijdagi yashash manzili to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yuboradi.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2021-yil 2-iyuldagi 1079-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Xorijdagi uchastka saylov komissiyasi ro‘yxat bilan tanishish usullari, joyi va vaqti to‘g‘risida saylovchilarni xabardor etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Har bir fuqaro saylovchilar ro‘yxatidagi xato yoki noaniqlik to‘g‘risida xorijdagi uchastka saylov komissiyasiga arz qilishi mumkin. Xorijdagi uchastka saylov komissiyasi 24 soat ichida murojaatni tekshirishi, xato va noaniqliklarni bartaraf etishi yoki murojaat qiluvchiga uning murojaati rad etilganligi to‘g‘risida asoslangan javob berishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Xorijdagi uchastka saylov komissiyasi saylovdan o‘n besh kun oldin o‘z hududidagi saylovchilarning ro‘yxatini chop etadi va saylovchilar tanishib chiqishi uchun taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Fuqarolarga TIV va diplomatik vakolatxonalarning rasmiy veb-saytlari va binolarida ularning ichki tartib qoidalari va rejimini inobatga olgan holda saylovchilar ro‘yxati bilan tanishish imkoniyati ta’minlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV bob. Saylov komissiyalari faoliyatining oshkoraligini ta’minlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Saylovga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazishga doir barcha tadbirlarda, shuningdek saylov kuni ovoz berish xonalarida va ovozlarni sanab chiqishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga, Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlar ko‘rsatgan siyosiy partiyalardan, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlaridan kuzatuvchilar, ommaviy axborot vositalari vakillari, boshqa davlatlardan, xalqaro tashkilotlardan kuzatuvchilar ishtirok etish huquqiga ega.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2021-yil 2-iyuldagi 1079-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Xorijdagi uchastka saylov komissiyasi diplomatik vakolatxonalarining ma’muriyatiga mazkur Nizomning 23-bandida ko‘rsatilgan shaxslar haqidagi ma’lumotlarni (ularning familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan yili, saylovda kim sifatida ishtirok etishi) taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
V bob. Xorijdagi saylov kampaniyasining borishi haqida xabardor qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Xorijdagi uchastka saylov komissiyasi saylovchilarni ommaviy axborot vositalari yoki boshqa yo‘llar bilan (mahalliy sharoitni inobatga olgan holda):
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
saylov kampaniyasi boshlangani;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
saylovlarga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muddatidan oldin ovoz berish kunlari va saylov kuni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijdagi saylov uchastkasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida yashayotgan fuqarolarni tegishli xorijdagi saylov uchastkasi saylovchilar ro‘yxatiga kiritish tartibi va muddatlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga, Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlar va ularni ko‘rsatgan siyosiy partiyalar.
(25-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2021-yil 2-iyuldagi 1079-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining saylov qonunchiligi haqida xabardor qilishni amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Xorijdagi uchastka saylov komissiyasi saylovchilarni saylov kuni, vaqti va joyi haqida saylovga kamida o‘n kun qolganda, muddatidan oldin ovoz berish boshlanishi haqida esa muddatidan oldin ovoz berish boshlanishiga besh kun qolganida ommaviy axborot vositalari orqali yoki boshqa yo‘llar bilan xabardor qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Saylovchilarni xabardor qilish uchun MSKning rasmiy veb-sayti (www.elections.uz), diplomatik vakolatxonalarning rasmiy veb-saytlari va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari hamda xorijdagi mahalliy ommaviy axborot vositalaridan (mahalliy sharoitni inobatga olgan holda) foydalaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Diplomatik vakolatxonalarining ma’muriyati tomonidan nomzodlarga, ularning ishonchli vakillariga, siyosiy partiyalarga fuqarolar bilan uchrashuvlar o‘tkazish orqali saylovoldi tashviqoti uchun teng sharoitlar yaratib beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Saylov kuni va ovoz berishga bir kun qolganida saylovoldi tashviqotiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VI bob. Saylov byulleteni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Xorijdagi saylov uchastkalaridagi saylovchilar soni haqida TIV tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar asosida Markaziy saylov komissiyasi saylov byulletenlarining tayyorlanishi va yetkazib berilishini ta’minlaydi.
(29-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2021-yil 2-iyuldagi 1079-sonli qaroriga asosan birinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Saylov byulletenlarining topshirilgani hamda qabul qilingani to‘g‘risida okrug saylov komissiyasi raisi yoki rais o‘rinbosari va TIVning mas’ul xodimi mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shakldagi dalolatnomada o‘z imzosi bilan tasdiqlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
MSK TIV orqali xorijdagi uchastka saylov komissiyalariga saylov byulletenlarini muddatidan oldin ovoz berish kuniga qadar saylovchilar ro‘yxatining umumiy sonidan kelib chiqqan holda 100,5 foizda yetkazib beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Saylov byulleteni o‘ng tomonining yuqori burchagiga xorijdagi uchastka saylov komissiyasining ikki a’zosi imzo qo‘yadi va imzolar xorijdagi uchastka saylov komissiyasining muhri bilan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Xorijdagi uchastka saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlanmagan saylov byulletenlari ovozlarni sanab chiqishda hisobga olinmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Xorijdagi uchastka saylov komissiyalari saylov byulletenlarining saqlanishiga mas’uldir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VII bob. Saylovchilarning turgan joyida muddatidan oldin ovoz berish
(VII bobning nomi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2021-yil 2-iyuldagi 1079-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Muddatidan oldin ovoz berish saylovga o‘n kun qolganida boshlanadi va saylovga uch kun qolganida tugallanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. Muddatidan oldin ovoz berishni o‘tkazish vaqti MSK tomonidan belgilanadi va saylovchilarning, kuzatuvchilarning e’tiboriga ommaviy axborot vositalari yoki boshqa manbalar orqali yetkaziladi.
(34-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2021-yil 2-iyuldagi 1079-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35. Xorijdagi uchastka saylov komissiyalari saylovchilar soni ko‘pligini inobatga olgan holda va saylov kuni ovoz berish binosida navbatlarning oldini olish maqsadida fuqarolarga muddatidan oldin ovoz berishni taklif qilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga va chet davlatlarning vakolatli davlat hokimiyati organlari bilan kelishuvlarga muvofiq chet davlatlarning aholi (saylovchilar) zich joylashgan hududlarida muddatidan oldin ovoz berish saylovchilarning turgan joyida o‘tkazilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xorijdagi uchastka saylov komissiyasi saylovchilarning turgan joyida ovoz berish vaqti hamda joyi to‘g‘risida qaror qabul qiladi va bu haqda saylovchilarni, kuzatuvchilarni ommaviy axborot vositalari yoki boshqa manbalar orqali xabardor etadi.
(36-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2021-yil 2-iyuldagi 1079-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
37. Saylovchilarning turgan joyida muddatidan oldin ovoz berish ko‘chma saylov qutilari va kabinalaridan foydalanilgan holda o‘tkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xorijdagi uchastka saylov komissiyasi ko‘chma saylov qutilari va kabinalarining zaruriy soni haqida TIVga saylovga kamida o‘n besh kun qolgunga qadar ma’lum qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TIV zarur bo‘lgan ko‘chma saylov qutilari va kabinalarining soni haqidagi umumlashtirilgan ma’lumotni MSKga taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
MSK TIV yordamida xorijdagi uchastka saylov komissiyalarini muddatidan oldin ovoz berish boshlanguniga qadar zarur ko‘chma saylov qutilari va kabinalari bilan ta’minlaydi.
(37-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2021-yil 2-iyuldagi 1079-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
38. Saylovchilarning turgan joyida muddatidan oldin ovoz berish xorijdagi uchastka saylov komissiyasining kamida ikki nafar a’zosi hozirligida o‘tkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda, oldindan plombalangan ko‘chma saylov qutisi, ko‘chma saylov kabinasi, maxsus qoplar, bir marotaba ishlatiladigan plastmassa plombalar, belgilangan shakldagi saylov byulletenlari, saylovchilar ro‘yxati ko‘chirmasi yoki saylovchilar ro‘yxati, shuningdek saylovchi tomonidan saylov byulleteni to‘ldirilishi uchun ruchka bo‘lishi lozim.
(38-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2021-yil 2-iyuldagi 1079-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
39. Saylovchi xorijdagi uchastka saylov komissiyasining a’zosiga o‘z shaxsini tasdiqlovchi hujjatni ko‘rsatadi (pasport — nobiometrik, biometrik, xorijga chiqish va diplomatik, identifikatsiya ID-kartasi; harbiy guvohnoma; O‘zbekiston Respublikasiga qaytish guvohnomasi) hamda saylovchilar ro‘yxatiga yoki saylovchilar ro‘yxati ko‘chirmasiga imzo qo‘yadi. Shundan keyin unga saylov byulleteni beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Saylov byulleteni saylovchi tomonidan yashirin ovoz berish kabinasi (ko‘chma saylov kabinasi) yoki xonasida to‘ldiriladi. Saylov byulletenini to‘ldirish vaqtida saylovchidan boshqa shaxslarning hozir bo‘lishi taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Saylovchi o‘zi yoqlab ovoz berayotgan nomzodning familiyasi ro‘parasida, o‘ng tomonda joylashgan bo‘sh kvadratga “+” yoki “” yoxud “x” belgisini qo‘yadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Saylovchi to‘ldirilgan saylov byulletenini ko‘chma saylov qutisiga tashlaydi.
(39-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2021-yil 2-iyuldagi 1079-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
40. Tegishli hududda saylovchilarning turgan joyida ovoz berish tugaganidan keyin xorijdagi uchastka saylov komissiyasi a’zolari ko‘chma saylov qutisini ochadi, uning ichidagi saylov byulletenlarini sanamasdan maxsus qopga joylaydi, qopni bir marotaba ishlatiladigan plastmassa plomba bilan plombalaydi va bu haqda mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shakldagi dalolatnomani rasmiylashtiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Dalolatnomada saylovchilarning turgan joyida ovoz berish o‘tkazilgan kun va joy, saylov byulletenini olgan saylovchilar soni, xorijdagi uchastka saylov komissiyasi a’zolari va ovoz berish jarayonida ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning familiyalari ko‘rsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur dalolatnomaga saylovchilar ro‘yxati yoki saylovchilar ro‘yxati ko‘chirmasi ilova qilinadi.
(40-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2021-yil 2-iyuldagi 1079-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
41. Saylov byulletenlari solingan qop plombalangan holda dalolatnoma bilan birga xorijdagi saylov uchastkasiga olib boriladi va saylov kuni ovozlarni sanab chiqish jarayoni boshlanguniga qadar saqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Saylov byulletenlari solingan qop(lar) va dalolatnoma(lar)ni saqlash xorijdagi uchastka saylov komissiyasi kotibi tomonidan ta’minlanadi.
(41-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2021-yil 2-iyuldagi 1079-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VIII bob. Saylov kuni ovoz berish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
42. Xorijdagi uchastka saylov komissiyalari saylov kuni ovoz berish jarayonini ushbu komissiya joylashgan hududdagi mahalliy vaqt bilan soat 8:00 dan 20:00 ga qadar amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
43. Xorijdagi uchastka saylov komissiyalari ovoz berishni diplomatik vakolatxonalardagi ichki tartib-qoidalari, rejimi va ularning boshqa o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda tashkil etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
44. Fuqarolar diplomatik vakolatxona ichki-tartib qoidalari va rejimidan kelib chiqqan holda, ovoz berish xonasiga kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
45. Ovoz berish binosiga kelgach, saylovchi xorijdagi uchastka saylov komissiyasining a’zosiga o‘z shaxsini tasdiqlovchi hujjatni ko‘rsatadi (pasport — nobiometrik, biometrik, xorijga chiqish va diplomatik; identifikatsiya ID-kartasi; harbiy guvohnoma; O‘zbekiston Respublikasiga qaytish guvohnomasi) hamda saylovchilar ro‘yxatiga imzo qo‘yadi. Shundan keyin unga saylov byulleteni beriladi.
(45-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2021-yil 2-iyuldagi 1079-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
46. Saylov byulleteni saylovchi tomonidan yashirin ovoz berish kabinasi yoki xonasida to‘ldiriladi. Saylov byulletenini to‘ldirish vaqtida saylovchidan boshqa shaxslarning hozir bo‘lishi taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
47. Saylovchi o‘zi yoqlab ovoz berayotgan nomzodning familiyasi ro‘parasida, o‘ng tomonda joylashgan bo‘sh kvadratga “+” yoki “” yoxud “x” belgisini qo‘yadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Saylovchi to‘ldirilgan saylov byulletenini saylov qutisiga tashlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
48. Xorijdagi saylov uchastkalarida saylov qutilarini mahalliy vaqt bilan soat 20:00 dan oldin ochish va ovozlarni sanab chiqishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
49. Xorijdagi uchastka saylov komissiyasi tomonidan ovozlarni sanab chiqish natijalari to‘g‘risidagi bayonnomaning ko‘chirma nusxasi axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda darhol tegishli okrug saylov komissiyasiga taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bayonnomaning asl nusxasini pochta aloqa vositalaridan foydalangan holda diplomatik vakolatxonalar orqali okrug saylov komissiyasiga yetkazib berish ta’minlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
50. MSK xorijdagi uchastka saylov komissiyalari tomonidan bayonnoma nusxalarini tegishli okrug saylov komissiyalariga yetkazib berilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IX bob. Yakuniy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
51. Ushbu Nizom bilan tartibga solinmagan masalalar tegishincha MSKning 2019-yil 23-iyuldagi 924-son hamda 2021-yil 14-apreldagi 1066-son qarorlari bilan tasdiqlangan nizomlarda belgilangan tartibda hal etiladi.
(51-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2021-yil 2-iyuldagi 1079-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
52. Xorijdagi uchastka saylov komissiyasining saylov o‘tkazish bilan bog‘liq barcha hujjatlari, jumladan saylov byulletenlari diplomatik vakolatxonalarga topshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Diplomatik vakolatxonalar saylovga oid hujjatlarni tegishli okrug saylov komissiyasiga yetkazilishini ta’minlaydi.
(52-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2021-yil 2-iyuldagi 1079-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
53. Xorijdagi uchastka saylov komissiyalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi yakunlari chiqarilgandan so‘ng va tegishli saylov okruglaridan saylangan Qonunchilik palatasi deputatlari O‘zbekiston Respublikasi MSK tomonidan ro‘yxatga olinganidan keyin o‘z faoliyatini tugatadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
54. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi bilan kelishilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida saylov uchastkalarini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
(1-ilovaning belgisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2021-yil 2-iyuldagi 1079-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida saylov uchastkalarini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA

SAYLOV BYuLLETENLARINI TOPShIRISh VA QABUL QILISh
‎DALOLATNOMASI

20__ yil “___” oktyabr

_____________________________

(manzil)

______________________________________________ okrug saylov komissiyasi tomonidan

(okrug saylov komissiyasining tartib raqami va nomi)

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining mas’ul xodimiga
‎_________________________________________________________________________________

(xorijdagi uchastka saylov komissiyasining tartib raqami va nomi)

uchastka saylov komissiyasi uchun ___________________________________________________dona

(soni raqam va yozma shaklda aks ettirilishi lozim)

saylov byulletenlari topshirildi.
Saylov byulletenlarini topshirdim:
__________________________________okrug saylov komissiyasi raisi,

(okrug saylov komissiyasining tartib raqami va nomi)

rais o‘rinbosari, kotibi _____________________________________________________________

(imzo)

(F.I.O.)

Saylov byulletenlarini qabul qildim:

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining mas’ul xodimi ___________________
‎_______________________________________________________________________________

(imzo)

(F.I.O.)

(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2021-yil 2-iyuldagi 1079-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida saylov uchastkalarini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
__________________________________________________________________________________ huzuridagi

(diplomatik vaxolatxona nomi)

____ UChASTKA SAYLOV KOMISSIYASI

Saylovchilarning turgan joyida muddatidan oldin ovoz berish haqidagi
‎DALOLATNOMA

Biz, quyidagi imzo chekuvchilar _____________________________________________________________ning

‎‎ (saylov okrugining tartib raqami va nomi)

_________________________________________________________ uchastka saylov komissiyasining a’zolari:

‎‎(uchastka saylov komissiyasining tartib raqami va nomi)

___________________________________________________________________________________________
‎(F.I.O.)
‎___________________________________________________________________________________________,
‎(F.I.O.)

20__ yil “__” _______ kuni ________________________________________________________________�a

(muddatidan oldin ovoz berish o‘tkazilgan joy nomi)

saylovchilarning turgan joyida muddatidan oldin ovoz berishni tashkil etilganligi va ko‘chma saylov qutisidagi saylov byulletenlari maxsus qopga joylanganligi va plombalanganligi haqida ushbu dalolatnomani tuzdik.

Plomba raqami ____________________________

‎‎ Saylovchilarning turgan joyida muddatidan oldin ovoz berishni tashkil etish uchun:
__________________________________________ saylov byulleteni olindi;
(soni raqam va yozma shaklda aks ettirilishi lozim)
__________________________________________ saylov byulletenlari saylovchilarga berildi.
(soni raqam va yozma shaklda aks ettirilishi lozim)
Qaytarilgan saylov byulletenlari:
Foydalanilmagan:____________________________________________________________________________;

(soni raqam va yozma shaklda aks ettirilishi lozim)

Buzilgan:___________________________________________________________________________________.

(soni raqam va yozma shaklda aks ettirilishi lozim)

Saylovchilarning turgan joyida muddatidan oldin ovoz berishni o‘tkazgan uchastka saylov komissiya a’zolari:
______________________‎‎ _________________________________‎‎

‎MO‘

(Imzo)‎‎

(F.I.O.)‎‎

Saylovchilarning turgan joyida muddatidan oldin ovoz berishda qatnashganlar (agarda bor bo‘lsa):
______________________ _________________________________

(Imzo)‎‎‎‎

(F.I.O.)‎‎‎‎

______________________‎‎‎‎ _________________________________‎‎

(Imzo)‎‎‎‎

(F.I.O.)‎‎‎‎

(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2021-yil 2-iyuldagi 1079-sonli qarori tahririda)