Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Qarori
Alkogol mahsulotlari uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlarni qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 29-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3188]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2021-yil 16-martdagi 16, 2021-16-sonli “Alkogol mahsulotlari uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlarni qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3288, 20.03.2021-y.) asosan kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 23-dekabrdagi 327-son “Alkogolli mahsulotlar uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlarni joriy etish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Alkogol mahsulotlari uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlar qayta koʻrib chiqilib, ular ilovaga muvofiq miqdorlarda belgilansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2018-yil 24-dekabrdagi 158, 2018-85-son “Alkogolli mahsulotlar uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlarni qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 3107, 2018-yil 28-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2018-y., 52-son, 1009-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qaror 2019-yil 1-noyabrdan kuchga kiradi.
Moliya vaziri D. KUChKAROV
Toshkent sh.,
2019-yil 25-oktabr,
106-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. MUSAYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 25-oktabr,
2019-59-son
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2019-yil 25-oktabrdagi 106, 2019-59-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Alkogol mahsulotlari* uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlar
|
Sotilayotgan tovarning nomi |
Ishlab chiqaruvchi korxonalarning eng kam ulgurji-sotish narxi |
Eng kam chakana narx |
|
Vino, 1 litr tayyor mahsulot uchun soʻm hisobida |
8 600 |
10 200 |
|
Konyak, 1 litr tayyor mahsulot uchun soʻm hisobida |
31 000 |
36 600 |
|
Aroq va boshqa alkogolli mahsulotlar, 1 litr tayyor mahsulot uchun soʻm hisobida |
22 000 |
26 000 |
*Pivodan tashqari
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.10.2019-y., 10/19/3188/3969-son; 29.09.2020-y., 10/20/3188-1/1335-son)