Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Qarori
Alkogolli mahsulotlar uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlarni qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 28-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3107]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2019-yil 25-oktabrdagi 106, 2019-59-sonli “Alkogol mahsulotlari uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlarni qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3188, 29.10.2019-y.) asosan 2019-yil 1-noyabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 23-dekabrdagi 327-son “Alkogolli mahsulotlar uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlarni joriy etish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Alkogolli mahsulotlar uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlar qayta koʻrib chiqilib, ular ilovaga muvofiq miqdorlarda belgilansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2017-yil 27-dekabrdagi 187, 2017-74-son “Alkogolli mahsulotlar uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlarni qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 2959, 2017-yil 29-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 52-son, 1275-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qaror 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.
Moliya vaziri D. KUChKAROV
Toshkent sh.,
2018-yil 24-dekabr,
158-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari B. MUSAYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 24-dekabr,
2018-85-son
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2018-yil 24-dekabrdagi 158, 2018-85-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Alkogolli mahsulotlar* uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlar
|
Sotilayotgan tovarning nomi |
Ishlab chiqaruvchi korxonalarning eng kam ulgurji-sotish narxi |
Eng kam chakana narx |
|
Vino, 1 litr tayyor mahsulot uchun soʻm hisobida |
8 000 |
9 600 |
|
Konyak, 1 litr tayyor mahsulot uchun soʻm hisobida |
29 000 |
34 600 |
|
Aroq va boshqa alkogolli mahsulotlar, 1 litr tayyor mahsulot uchu� soʻm hisobida |
19 400 |
23 200 |
*Pivodan tashqari
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2018-y., 10/18/3107/2393-son)