Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-oktabrdagi 892-son qaroriga
1-ILOVA
|
Chora-tadbirlar nomi |
Amalga oshirish mexanizmi |
Bajarish muddatlari |
Mablagʻ |
Moliyalashtirish manbai |
Ijrochilar | |
|
I. Onkologik kasalliklarning kechki bosqichlarini boshidan oʻtkazayotgan bemorlarga onkologik xizmat hamda tibbiy-psixologik yordam koʻrsatish normativ bazasini takomillashtirish | ||||||
|
1. |
Ushbu sohada halqaro amaliyotdan kelib chiqqan xolda, onkologik kasalliklar bilan ogʻrigan, uning kechki bosqichlarini va oʻtkazib yuborilgan turlarini boshidan kechirayotgan bemorlarga tibbiy-psixologik yordam koʻrsatish boʻyicha klinik bayonnomalarni ishlab chiqish va tasdiqlash. |
Idoraviy normativ-huquqiy hujjat |
2019-yilning IV choragi |
- |
- |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Innovatsion sogʻliqni saqlash milliy palatasi (Izamov) |
|
2. |
Onkologik bemorlarga narkotik va psixotrop vositalarni buyurish tartibini qayta koʻrib chiqish. Narkotik analgetiklarning noinyeksion shakllarni roʻyxatga olish va amaliyotga tatbiq etish. |
Tashkiliy tadbirlar |
2020-yilning III choragi |
- |
- |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Innovatsion sogʻliqni saqlash milliy palatasi (Izamov) |
|
II. Onkologik kasalliklarning kechki bosqichlarini boshidan oʻtkazayotgan bemorlarga tibbiy-psixologik yordam koʻrsatuvchi muassasalar moddiy-texnik bazasini mustahkamlash | ||||||
|
3. |
Samarqand, Fargʻona va Xorazm viloyatlarida hamda Toshkent shahrida hududlararo xospislar tashkil etish va ularning faoliyatini yoʻlga qoʻyish. |
Xokimlar qarori va Sogʻliqni saqlash vazirligi buyrugʻi Tashkiliy tadbirlar |
2019-yilning IV choragi |
- |
Mahalliy budjet mablagʻlari |
Samarqand, Fargʻona va Xorazm viloyatlari hamda Toshkent shahri hokimliklari, Moliya vazirligi (Ishmetov), Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shadmanov) |
|
Onkologik kasalliklarning oʻtkazib yuborilgan turlari bilan ogʻrigan bemorlarga tibbiy yordam koʻrsatish uchun xospislarni dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan taʼminlash. |
2019 — 2021-yilninglar |
7 300,0 mln soʻm |
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari | |||
|
4. |
Samarqand, Fargʻona va Xorazm viloyatlarida hamda Toshkent shahridagi 4 ta hududlararo xospis binosini taʼmirlash (qurish). |
Tashkiliy tadbirlar |
2019-yilning IV choragi |
- |
Mahalliy budjet mablagʻlari |
Samarqand, Fargʻona va Xorazm viloyatlari hamda Toshkent shahri hokimliklari |
|
5. |
Samarqand, Fargʻona va Xorazm viloyatlarida hamda Toshkent shaxridagi 4 ta hududlararo xospisni zarur uskunalar bilan jihozlash. |
Tashkiliy tadbirlar |
2019-yilning IV choragi |
2 170,8 mln soʻm |
Mahalliy budjet mablagʻlari |
Samarqand, Fargʻona va Xorazm viloyatlari hamda Toshkent shahri hokimliklari |
|
III. Onkologik kasalliklarning oldini olish va ularga erta tashhis qoʻyish chora-tadbirlarini takomillashtirish | ||||||
|
6. |
Quyidagi yoʻllar orqali sut bezi saratonini erta aniqlash boʻyicha skrining dasturini tatbiq etish: Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar koʻp tarmoqli tibbiyot markazlarini tomosintez funksiyasiga ega mobil (13) va statsionar (13) raqamli mammograflar bilan jihozlash. Tumanlararo mammografik skrining tekshirish xonalarini tashkil qilish maqsadida Toshkent shahri Yakkasaroy, Chilonzor va Yunusobod tumanlari tibbiyot birlashmalarini tomosintez funksiyasiga ega statsionar raqamli mammograflar bilan jihozlash; |
Tashkiliy tadbirlar: |
2019 — 2025-yillar | |||
|
loyihaning texnik-iqtisodiy hisobini (TIH) tayyorlash, kelishish va tasdiqlash |
2020-yilning IV choragi |
13 mln. AQSh dollari |
ITB va boshqa XMI mablagʻlari |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Investitsiyalar va tashqi savdo �azirligi (Umurzakov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Moliya vazirligi (Ashrafxanov) | ||
|
qarz kelishuvini imzolash |
2021-yilning III choragi | |||||
|
Xalqaro maslahatchini tanlash |
2021-yilning IV choragi | |||||
|
tender hujjatlarini tayyorlash va kelishish |
2022-yilning II choragi | |||||
|
uskunalarni sotib olish va yetkazish |
2023 — 2025-yillar | |||||
|
skrining oʻtkazish uchun tibbiyot buyumlari va sarflash materiallari bilan taʼminlash; |
- |
2020 — 2022-yillar (tasdiqlangan reja-jdvalga asosan) |
200 mln soʻm |
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sadikov) | |
|
mammografik skriningni boshqarishning axborot tizimini yaratish; |
- |
2022-yil (tasdiqlangan reja-jadvalga asosan) |
100 mln soʻm |
Sogʻliqni saqlash vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Xusanov), Moliya vazirligi (Ishmetov) | |
|
uzluksiz faoliyatni taʼminlash maqsadida sogʻliqni saqlash muassasalarining mavjud shtatlari doirasida yangi shtat birliklarini joriy etish. |
Idoraviy normativ-huquqiy hujjat |
2019-yilning IV choragi |
- |
- | ||
|
7. |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi koʻp tarmoqli tibbiyot markazi, viloyat koʻp tarmoqli tibbiyot markazlari va Toshkent shahar Yakkasaroy tumani tibbiyot birlashmasi bazasida ularni odam papillomasi virusiga tekshiradigan (OPV-tekshirish) zarur uskunalar bilan jihozlagan holda bachadon boʻyni saratonini erta aniqlash boʻyicha skrining dasturini tatbiq etish. |
Sogʻliqni saqlash vaziri buyrugʻi |
2020 — 2024-yillar (tasdiqlangan reja-jadvalga asosan) |
2,0 mln. AQSh dollari |
Xalqaro donorlar grantlari va boshqa manbalar |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Umurzakov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
IV. Onkologik kasalliklarni davolash samaradorligini oshirish | ||||||
|
8. |
Onkologik muassasalarni oʻsmaga qarshi sifatli preparatlar, shu jumladan target va koʻmaklashuvchi davo preparatlari bilan tizimli taʼminlashning samarali mexanizmlarini joriy qilish. |
Tashkiliy tadbirlar |
2019 — 2021-yillar |
Xar yili 5,5 mln. AQSh dollari ekvivalentida (44 mlrd soʻm) |
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Moliya vazirligi (Ishmetov) |
|
9. |
Respublikada davlat-xususiy sheriklik asosida universitet klinikasini va keyinchalik Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva, Termiz va Fargʻona shaharlarida onkologik klinikalarni tashkil etish boʻyicha xalqaro hamkorlikni, jumladan, Koreya Respublikasi tibbiy markazlari va oʻquv muassasalari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish. |
Tashkiliy tadbirlar |
2019 — 2025-yillar |
- |
Investorlar mablagʻlari |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Umurzakov), Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi (Xoljigitov), viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
10. |
Respublika onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi filiallarida hamda xususiy klinikalarda onkologik bemorlarga yordam koʻrsatish boʻyicha call-markazlar va bunday bemorlar bilan doimiy aloqani taʼminlash uchun veb-saytlar tashkil etish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Tashqi ishlar vazirligi, sayyohlik tashkilotlari va reklama agentliklari internet-resurslarida axborot joylashtirgan holda, aholini call-markazlar tomonidan mamlakatda va xorijda koʻrsatiladigan xizmatlardan xabardor qilish. |
Tashkiliy tadbirlar |
2020-yilning III choragi |
- |
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi va boshqa ijrochilarning budjetdan tashqari mablagʻlari |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sadikov), Tashqi ishlar vazirligi (Kamilov), Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (Akkulov) |
|
11. |
Onkologik bemorlarga yuqori malakali yordam koʻrsatish uchun xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda, rekonstruktiv va reabilitatsiya jarrohlik boʻlimlarini tashkil etish. |
Tashkiliy tadbirlar |
2021-yilning I choragi |
- |
Ijrochilar va investorlarning shaxsiy mablagʻlari |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shadmanov) |
|
V. Onkologik xizmatning va onkologik kasalliklarning kechki bosqichlarini boshidan oʻtkazayotgan bemorlarga tibbiy-psixologik yordam koʻrsatish xizmatining kadrlar salohiyatini mustahkamlash | ||||||
|
12. |
Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutida, Andijon davlat tibbiyot institutida va Samarqand davlat tibbiyot institutida sogʻliqni saqlashning birlamchi boʻgʻinida ishlash uchun asosiy tibbiy maʼlumotga ega boʻlgan (davolash va pediatriya ishi) 10 nafar vrach uchun har yili onkologiya boʻyicha maqsadli kurslarni; |
Sogʻliqni saqlash vaziri buyrugʻi |
2020-2021-yillar |
- |
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining har yili ajratiladigan mablagʻlari doirasida |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Madjidov) |
|
| ||||||
|
Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida yuqori texnologik davolash-diagnostika uskunasida ishlash uchun davlat oliy taʼlim muassasalari bakalavriatining “Fizika” yoʻnalishi boʻyicha 5 nafar bitiruvchisini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarini tashkil etish. |
har yili | |||||
|
13. |
Oliy tibbiy taʼlim muassasalarining onkologiya va radiologiya kafedralari qoshida “Onkologiya” yoʻnalishi boʻyicha magistr va klinik ordinatorlar uchun palliativ yordam koʻrsatishni oʻrgatish kurslarini va onkolog-shifokorlar uchun malaka oshirish kurslarini tashkil etish. Magistratura va klinik ordinatura oʻquv dasturlariga palliativ tibbiy yordam boʻyicha soatlar kiritish. |
Sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi |
2020/2021 oʻquv yilidan |
- |
Oʻzbekiston Res�ublikasi Davlat budjetining har yili ajratiladigan mablagʻlari doirasida |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Madjidov) |
|
14. |
Palliativ tibbiyot va tibbiy-psixologik yordam koʻrsatish sohasida har yili 5 nafar mutaxassisni yetakchi xorijiy tibbiyot tashkilotlariga yuborish. |
Tashkiliy tadbirlar |
2019 — 2021-yillar |
- |
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari, grant mablagʻlari |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shadmanov) |
|
15. |
Palliativ tibbiyot va tibbiy-psixologik yordam koʻrsatish masalalari boʻyicha yetakchi xalqaro tashkilotlar bilan aloqalarni rivojlantirish va mustahkamlash. |
Tashkiliy tadbirlar |
muntazam |
- |
Ijrochilarning shaxsiy mablagʻlari, grant va xayriya mablagʻlari |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shadmanov) |
|
16. |
Hududlararo xospislar va palliativ tibbiy yordam boʻlimlari mutaxassislari uchun yetakchi xorijiy mutaxassislar ishtirokida palliativ tibbiy va tibbiy-psixologik yordam koʻrsatish boʻyicha amaliy mashgʻulot va seminarlar oʻtkazish. |
Tashkiliy tadbirlar |
2019 — 2021-yillar |
- |
Ijrochilarning shaxsiy mablagʻlari, grant va xayriya mablagʻlari |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shadmanov) |
|
17. |
Yetakchi mahalliy va xorijiy onkolog va radiologlarni jalb qilgan holda, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va uning filiallarida onkologiya kafedralarini joylashtirish. |
Tashkiliy tadbirlar |
2019-2020-yillar |
- |
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining har yili ajratiladigan mablagʻlari doirasida, ijrochilarning budjetdan tishqari mablagʻlari |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shadmanov) |
|
18. |
Xayriya mablagʻlarini, jumladan, zamonaviy elektron toʻlov tizimlari yordamida qabul qilish uchun maxsus hisobraqam ochgan holda, saratonga qarshi ijtimoiy harakatni tashkil etish. |
Tashkiliy tadbirlar |
2020-yilning IV choragi |
- |
Ijrochilar va xayriya mablagʻlari |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Adliya vazirligi (Davletov), “Mahalla” fondi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi |
|
19. |
Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi “2-son Zangiota” maxsus shifoxonasida 20 oʻrinli bolalar xospis boʻlimini 2022-yil 1-avgustdan boshlab tashkil qilish. Bolalar xospis boʻlimi faoliyatini amalga oshirishda “Ezgu Amal” jamoatchilik fondi bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish. |
Sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi |
2022-yil 1-avgust |
- |
Sogʻliqni saqlash vazirligiga ajratilgan budjet mablagʻlari doirasida |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, “Ezgu Amal” jamoat fondi |
|
Chora-tadbirlar dasturi tadbirlarini amalga oshirish uchun jami xarajatlar: | ||||||
|
10 170,8 mln soʻm va 31,5 mln AQSh dollari ekvivalentida | ||||||
|
ulardan: |
mln soʻmda |
mln AQSh dollarida | ||||
|
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari |
10 070,8 |
16,5 | ||||
|
shundan mahalliy budjet mablagʻlari |
2 170,8 |
— | ||||
|
ijrochilarning budjetdan tashqari mablagʻlari |
100,0 |
— | ||||
|
XMI, xalqaro donor mamlakatlar kreditlari va grantlari |
— |
15,0 | ||||
2-ILOVA