O‘zbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktorining
buyrug‘i
“Qimmatli qog‘ozlar bozorining mutaxassislariga qo‘yiladigan malaka talablari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruq, shuningdek unga o‘zgartirishlar va qo‘shimchani o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 23-oktabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2370-3]
O‘zbekiston Respublikasining “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi Qonuniga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-avgustdagi 650-son “O‘zbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi va O‘zbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi huzuridagi Kapital bozorini rivojlantirishga ko‘maklashish jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktori A. NAZIROV
Toshkent sh.,
2019-yil 14-oktabr,
2019-57-son
O‘zbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktorining 2019-yil 14-oktabrdagi 2019-57-son buyrug‘iga
ILOVA
ILOVA
O‘z kuchini yo‘qotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
RO‘YXATI
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi Bosh direktorining 2012-yil 11-maydagi 2012-05-son “Qimmatli qog‘ozlar bozorining mutaxassislariga qo‘yiladigan malaka talablari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2370, 2012-yil 15-iyun) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 25-son, 276-modda).
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi Bosh direktorining 2014-yil 12-fevraldagi 2014-07-son “Qimmatli qog‘ozlar bozorining mutaxassislariga qo‘yiladigan malaka talablari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2370-1, 2014-yil 26-fevral) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2014-y., 9-son, 97-modda).
3. O‘zbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktorining 2019-yil 5-martdagi 2019-17-son “Qimmatli qog‘ozlar bozorining mutaxassislariga qo‘yiladigan malaka talablari to‘g‘risidagi nizomning 4-bandiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2370-2, 2019-yil 11-mart) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2019-y., 10/19/2370-2/2744-son).
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2019-y., 10/19/2370-3/3949-son)