30.07.1996 yildagi 271-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 18.05.2005 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
UY-JOY-KOMMUNAL XIZMATLARNING OʻZ XARAJATLARINI OʻZI QOPLASHIGA BOSQICHMA-BOSQICH OʻTISH MUNOSABATI BILAN NORMATIV HUJJATLARNI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat uy-joy fondining fuqarolar mulkiga oʻtishi, uy-joy fondini saqlash shartlarining oʻzgarishi, uy-joy-kommunal xizmatlar haqini toʻlashning oʻzini oʻzi qoplashiga bosqichma-bosqich oʻtish uchun normativ-huquqiy negiz yaratish zarurligi munosabati bilan va aholini ijtimoiy himoya qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Quyidagilar tasdiqlansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kommunal xizmatlardan foydalanish normativlarini aniqlash metodikasi 1-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning uchinchi va toʻrtinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 18-maydagi 127-sonli qaroriga muvofiq chiqarilgan — OʻR QHT, 2005-y., 19-20-son, 143-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aholiga koʻrsatilayotgan kommunal xizmatlar tariflaridagi farqni budjetdan qoplash tartibi 4-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kommunal-foydalanuvchi tashkilotlarga kommunal xizmatlar koʻrsatishdan daromad oluvchi korxonalar tomonidan binolarning ichidagi vodoprovod, kanalizatsiya, issiqlik va elektr tarmoqlari va qurilmalariga texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha xarajatlarni qoplash tartibi 5-ilovaga muvofiq.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirliklar, idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari uy-joy-kommunal xizmatlarni oʻz xarajatlarini oʻzi qoplashga oʻtkazish boʻyicha ishlarda ushbu normativ hujjatlarga amal qilsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi huzurida Davlat uy-joy inspeksiyasi tashkil etish toʻgʻrisida taklif kiritsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Mehnat vazirligi Moliya vazirligi va Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda kam taʼminlangan oilalarni hisobga olish, ularga moddiy yordam belgilash va toʻlash toʻgʻrisida Nizomga kam taʼminlangan oilalarga moddiy yordam toʻlashga moʻljallangan mablagʻlarning bir qismini ushbu oilalar tomonidan uy-joy-kommunal xizmatlar uchun haq toʻlash boʻyicha xarajatlarni qoplashga yoʻnaltirishni nazarda tutuvchi takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.R. Yunusov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1996-yil 30-iyul,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
271-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil
30-iyuldagi 271 son qaroriga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kommunal xizmatlardan foydalanish normativlarini aniqlash metodikasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur metodika aholi tomonidan kommunal xizmatlardan foydalanish normativlarini ishlab chiqish uchun asos hisoblanadi va tavsiyanoma tusidadir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Normativlar — hayot faoliyatini taʼminlash uchun aholi tomonidan xizmatlardan foydalanishning eng kam darajasi turlicha qulaylikdagi va tipdagi uy-joy fondi uchun ishlab chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bular — uy-joyning umumiy maydoni doirasida aholi uchun zarur boʻlgan kommunal xizmatlardan foydalanishning joriy davrdagi eng kam hajmini tavsiflovchi koʻrsatkichlar guruhi boʻlib, aholi tomonidan oʻz mablagʻlari hisobidan hamda kompensatsiyalar hisobidan toʻlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Normativlar darajasi — oʻzgaruvchan miqdor boʻlib, ijtimoiy iqtisodiy vaziyatga, demografik tusdagi oʻzgarishlarga bogʻliq boʻladi va vaqti-vaqti bilan, biroq har chorakda koʻpi bilan bir marta qayta koʻrib chiqilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Normativlar miqdori — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. Suv taʼminoti va suv ajratish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Suv isteʼmol qilish normativi aholining fiziologik, sanitariya-gigiyenik, xoʻjalik ehtiyojlarini qondirish bilan bogʻliq boʻlgan kvartira ichki suv sarflari, shuningdek, uy-joy fondi doirasida kvartiradan tashqaridagi suv sarflari va ichki sanitariya-texnika asbob-uskunalari tizimlarida isrof boʻladigan suv miqdori.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Suv isteʼmol qilish normativi turmushda suvdan foydalanishning quyidagi asosiy turlari boʻyicha bir kishiga litr/sutka hisobidagi suv sarfidan shakllanadi (taxminiy maʼlumotlar):
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kir yuvish, dush, vanna‎ — 98,4 l/sutka‎
kunlik tualet (yuvinish, oyoqni yuvish)‎ — 28 l/sutka‎
ovqat tayyorlash va ichimlik sifatida foydalanish‎ — 10 l/sutka‎
pol yuvish va namiqtirib artish‎ — 12 l/sutka‎
unitazlarni yuvish‎ — 32 l/sutka‎
idish-tovoq yuvish‎ — 10 l/sutka‎
hisobga olinmagan sarflar‎ — 19,6 l/sutka‎
santexnika asboblarida isrof boʻlish‎ — 60 l/sutka‎

Jami:‎

— 270 l/sutka‎
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Isteʼmol qilinadigan suv miqdori Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tasdiqlangan suv isteʼmol qilish normalari boʻyicha, kvartira suv oʻlchagichlari mavjud boʻlgan taqdirda esa ularning koʻrsatkichlari boʻyicha aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Turar joylarning sanitariya-
‎texnik jihozlanganlik darajasi‎

1 sutka 1 kishi hisobiga umumiy suv sarfi normasi (l/sutka)‎

Bir oyda bir kishi hisobiga suv isteʼmol qilish normativi (kub m/oy)‎

1‎

2‎

3‎

1.‎‎ Vodoprovod, kanalizatsiya oʻtkazilgan, vannali, markaziy issiq suv taʼminotiga ulangan turar joylar‎ 270‎ 8,2‎
2.‎ Kanalizatsiya oʻtkazilgan uylarda ichki vodoprovod va rakovina (moyka)li‎ 117‎ 3,5‎
3.‎ Oʻshaning oʻzi, rakovina va unitazli‎ 147‎ 4,4‎
4.‎ Oʻshaning oʻzi, rakovina, vanna (hammom) yoki dushli, mahalliy suv isitish priborlari boʻlgan turar joylar‎ 203‎ 6,1‎
5.‎ Oʻshaning oʻzi, rakovina, unitaz, vanna (hammom) yoki dushli, mahalliy suv isitish priborlari boʻlgan turar joylar‎ 233‎ 7,0‎
6. ‎ Markaziy issiq suv taʼminotiga ulangan, kanalizatsiya oʻtkazilgan, yuz-qoʻl yuvgich, moyka, kirxonasi boʻlgan yotoqxonalarda (yoʻlakli tizim)‎ 140‎ 4,2‎
7.‎ Markaziy issiq suv taʼminotiga ulangan, kanalizatsiya oʻtkazilgan, yuz-qoʻl yuvgich, moyka, umumiy dushli yotoqxonalarda (seksiyalar)‎ 230‎ 6,9‎
8.‎ Hovlidagi kolonka (krandan suv olinadigan uylar‎ 77‎ 2,3‎
9.‎ Oʻshaning oʻzi, yuviladigan hojatxonali‎ 127‎ 3,8‎
10.‎ Ichki vodoprovodli, rakovinali, moykali uylar‎ 100‎ 3,0‎
11.‎ Oʻshaning oʻzi, unitazli‎ 150‎ 4,5‎
12.‎ Mahalliy suv isitish priborlari boʻlgan ichki vodoprovodli, rakovina, moyka, vanna (hammom) yoki dushli uylar‎ 177‎ 5,3‎
13.‎ Oʻshaning oʻzi, unitazli‎ 227‎ 6,9‎
Oʻzbekiston Respublikasi uy-joy fondida 1995-yil 1-yanvardagi holatiga koʻra aholining xoʻjalik-ichimlik suv ehtiyojlari uchun suv isteʼmol qilishning mavjud normativlari (Uy-joy-kommunal xoʻjaligi ministrligi bilan kelishgan holda OʻzSSR Davlat narx komitetining 1979-yil 29-martdagi 68/15-son qarori bilan tasdiqlangan)‎
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Turar joylarniig sanitariya-
‎texnik jihozlanganlik darajasi‎

1 sutka 1 kishi hisobiga umumiy suv sarfi normasi (l/sutka)‎

Bir oyda bir kishi hisobiga suv isteʼmol qilish normativi (kub m/oy)‎

1‎

2‎

3‎

1.‎‎ Markaziy issiq suv tarmogʻiga ulangan ichki kirishli, rakovina, unitaz, vanna, dushi bor boʻlgan, kanalizatsiya oʻtkazilgan uylarda 350 10,64
2.‎ Ichki vodoprovod va rakovina (moyka) bor boʻlgan, kanalizatsiya oʻtkazilgan uylarda 117 3,5
3.‎ Oʻshaning oʻzi, rakovina va unitazli 147 4,4
4.‎ Oʻshaning oʻzi, rakovina, vanna (hammom) yoki dushli, mahalliy suv isitish priborlari boʻlgan turar joylar 203 6,1
5.‎ Oʻshaning oʻzi, rakovina, unitaz, vanna (hammom) yoki dushli, mahalliy suv isitish priborlari boʻlgan 233 7,0
6. ‎ Markaziy issiq suv taʼminotiga ulangan, kanalizatsiya oʻtkazilgan, yuz-qoʻl yuvgich, moyka, kirxonasi boʻlgan yotoqxonalarda (yoʻlakli tizim) 182 5,53
7.‎ Markaziy issiq suv taʼminotiga ulangan, kanalizatsiya oʻtkazilgan, yuz-qoʻl yuvgich, moyka, umumiy dushli yotoqxonalarda (seksiyali) 299 9,09
Suv ajratishning mavjud normalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. Issiqlik taʼminoti
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Issiqlikdan foydalanish normativi obodonlashtirilgan uy-joy fondini isitish va issiq suv bilan taʼminlash uchun zarur boʻlgan issiqlik energiyasi miqdoridan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Normativ Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Issiqlikdan foydalanishning normativ miqdori uy ichidagi odam yashaydigan va qoʻshimcha har xil xonalarning har jihatdan qulay boʻlishini taʼminlaydigan normal haroratli boʻlishini taʼminlashi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Isitish:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ehtiyojning eng kam (Q yil) normativi amaldagi (hisoblab chiqilgan) yillik issiqlik energiyasi sarfini turar joy binolari umumiy maydonini isitishga boʻlish (Q yil) yoʻli bilan aniqlanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа


‎‎‏Q yil =

‎‎ Q yil ‎

1 kv. M. Ga G kal/yil,‎‏

S umumiy‎

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bunda: S umumiy turar joy binolarining umumiy maydoni.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Issiqlikdan foydalanishning eng kam normativi darajasi joylarning oʻzida belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hisob-kitob markaziy isitish xizmati uchun aholi bilan hisob-kitoblarda belgilangan tartib hisobga olingan holda bir tildagi binolar guruhi yoki umuman shahar boʻyicha amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Issiq suv taʼminoti:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aholining xoʻjalik va sanitariya-gigiyena ehtiyojlariga issiq suv tayyorlash uchun talab qilinadigan issiqlik energiyasining eng kam normativi bir oyda bir kishi hisobiga issiq suv isteʼmol qilishning shakllangan normalariga muvofiq belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(IV boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 18-maydagi 127-sonli qaroriga muvofiq chiqarilgan OʻR QHT, 2005-y., 19-20-son, 143-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
V. Elektr taʼminoti
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Uy-joy fondida elektr energiyasini isteʼmol qilishning asosiy turlari quyidagilar hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
turar joy binolarini yoritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mayda maishiy va kichik motorli nagruzkalar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ovqat tayyorlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
turar joylarda havoni konditsionerlashtirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Uy-joylarni, kvartiralarni yoritish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Turar joylarda, kvartiralarda uy-joylar va qoʻshimcha joylarni yoritishga elektr energiyasining yillik sarfi oila hisobiga (kompensatsiyalar uchun) quyidagilarga bogʻliq boʻladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1 kv. m. maydonda nur manbaining quvvatiga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir yilda chiroqlarning yonib turish soatlari miqdoriga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ular ishining bir vaqtdaligi koeffitsiyentiga.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Mayda maishiy va mayda motorli nagruzka.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Isteʼmolning ushbu turi boʻyicha elektr energiyasining yillik sarfi roʻzgʻor elektr priborlari va madaniy-axborot maqsadidagi priborlarning bir oila hisobiga eng kam zarur oʻrtacha yillik miqdoridan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Elektr energiyasidan imtiyozli tarif boʻyicha foydalanadigan aholi uchun uni isteʼmol qilish normasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 13-fevraldagi 74-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2001-y., 3-4-son, 13-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 18-maydagi 127-sonli qaroriga muvofiq chiqarilgan — OʻR QHT, 2005-y., 19-20-son, 143-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil
30-iyuldagi 271-son qaroriga
4-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aholiga koʻrsatiladigan kommunal xizmatlar tariflaridan farqlarni budjetdan qoplash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TARTIBI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mazkur tartib belgilab qoʻyilgan tariflar boʻyicha respublika hududida aholiga koʻrsatilayotgan, ular uchun toʻlovlar kommunal korxonalarning haqiqiy xarajatlarini qoplamaydigan asosiy kommunal xizmatlar (gaz, issiqlik va elektr energiyasi, ichimlik suv va kanalizatsiya) uchun ishlab chiqilgan.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kommunal korxonalarning aholiga gaz, issiqlik va elektr energiyasi, ichimlik suv yetkazib berish va kanalizatsiya xizmatlarini koʻrsatishdan koʻrgan zararlari (xizmatlar xarajatlarining olingan daromadlardan ortib ketishi) boshqa isteʼmolchilar (xalq xoʻjaligi tarmoqlariga koʻrsatiladigan xizmatlar uchun cheklangan tariflarni belgilash yoʻli bilan ular olayotgan daromadlar hisobiga qoplanadi.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 18-maydagi 127-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2005-y., 19-20-son, 143-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Aholiga koʻrsatilayotgan kommunal xizmatlar qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlashdan ozod qilingan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xarajatlarning fuqarolar mablagʻlari bilan qoplanmaydigan qismini qoplash tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Quyidagilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari mablagʻlari hisobidan qoplanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
issiqlik taʼminoti korxonalari tomonidan aholiga markaziy isitish va issiq suv taʼminoti uchun beriladigan issiqlik energiyasi tariflaridagi farq;
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 18-maydagi 127-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2005-y., 19-20-son, 143-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Korxonalar tomonidan aholiga markaziy isitish va issiq suv taʼminoti uchun beriladigan issiqlik energiyasi tariflaridagi farqlarni qoplash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) budjetdan qoplash mazkur energiya korxonaning oʻzi tomonidan ishlab chiqarilganligi yoki chetdan erkin beriladigan narxlarda sotib olinganligidan qatʼi nazar, amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) fuqarolar mablagʻlari bilan qoplanmaydigan, budjetdan qoplanadigan tariflardagi farqlar tarkibiga quyidagilar kiradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
isteʼmolchilarga beriladigan issiqlik energiyasi uchun shartnoma tarifi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2001-yil 17-apreldagi PF–2832-son Farmoni bilan belgilangan miqdorlarda tasdiqlangan belgilab qoʻyilgan tarif oʻrtasidagi farq;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) balansida uy-joy fondiga ega boʻlgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, aholiga issiqlik energiyasini belgilab qoʻyilgan tariflar boʻyicha berishdan tushadigan daromadlarini asosiy faoliyat natijalariga kiritadilar.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 18-maydagi 127-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2005-y., 19-20-son, 143-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(5 va 6-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 18-maydagi 127-sonli qaroriga muvofiq chiqarilgan — OʻR QHT, 2005-y., 19-20-son, 143-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoplash summalarini mablagʻ bilan taʼminlash va hisobotda aks ettirish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Xarajatlarni qoplash uchun moliya organlari yilning joriy choragi uchun aniqlangan prognoz budjetida nazarda tutilgan mablagʻlar summasidan uchdan bir qismini avans tariqasida shu oyning 15-kunidan kechiktirmay kommunal korxonalarga oʻtkazadilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Issiqlik taʼminoti korxonalari va kommunal-uy-joydan foydalanish tashkilotlari yilning har choragida yilning hisobot choragidan keyingi oyning 20-kunigacha aholiga berilgan issiqlik energiyasi tariflaridagi farqlarni qoplash uchun zarur boʻlgan budjet mablagʻlariga boʻlgan ehtiyoj hisob-kitoblarini tegishli moliya organlariga taqdim etadilar (hisob-kitob shakli ilova qilinadi).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hisob-kitoblarda budjet mablagʻlaridan foydalanish toʻgʻrisidagi koʻrsatkichlar yil boshidan oʻsuvchi yakunda koʻrsatiladi.
(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 18-maydagi 127-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2005-y., 19-20-son, 143-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Issiqlik taʼminoti korxonalar taqdim etgan hisob-kitoblar asosida moliya organlari 5 kun mobaynida, ilgari oʻtkazilgan avanslarni nazarda tutgan holda, budjet mablagʻlariga boʻlgan haqiqiy ehtiyojni aniqlaydilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻtkazilgan avans hisob-kitobga koʻra aniqlangan haqiqiy ehtiyojdan ortiq boʻlgan taqdirda, ortiqcha oʻtkazilgan summa xarajatlarni boʻlajak mablagʻ bilan taʼminlash hisobiga oʻtkaziladi, va aksincha, xarajatlarning avans bilan qoplanmagan qismi budjetdan qoplanadi.
(9-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 18-maydagi 127-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2005-y., 19-20-son, 143-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(10 va 11-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 18-maydagi 127-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2005-y., 19-20-son, 143-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Aholiga koʻrsatilgan kommunal xizmatlar xarajatlarini budjetdan qoplash uchun taqdim etilgan hisob-kitoblarning toʻgʻriligi uchun kommunal korxona rahbari va bosh buxgalteri shaxsan javob beradilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Moliya organlari yiliga kamida bir marta issiqlik taʼminoti korxonalarida va issiqlik energiyasi tariflaridagi farqni qoplash uchun budjetdan ajratilgan mablagʻlardan maqsadli va samarali foydalanganlikni hujjatli tekshirishni amalga oshiradilar.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 18-maydagi 127-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2005-y., 19-20-son, 143-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14.Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va uning hududiy boʻlinmalari yuqorida koʻrsatib oʻtilgan maqsadlarga yoʻnaltiriladigan budjet mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshiradilar.
(14 - band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 13-fevraldagi 74-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 3-4-son, 13-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Qoidalarni buzish, budjet mablagʻlaridan boshqa maqsadlarda foydalanish holatlari aniqlangan taqdirda moliya organlari ularni bartaraf etish va notoʻgʻri foydalanilgan mablagʻlarni budjetga qaytarish yuzasidan shoshilinch chora-tadbirlar koʻrishga majburdirlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda boshqa maqsadlarda foydalanilgan qoplash va kompensatsiya summalari moliya organlari tomonidan muqarrar tartibda undirib olinadi va ayni bir vaqtda mablagʻlardan boshqa maqsadlarda foydalanishga yoʻl qoʻygan korxonaga xuddi shu summada jarima solinadi. Jarima korxonaning moliyaviy holatidan qatʼi nazar, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar toʻlangandan soʻng korxona ixtiyorida qoladigan mablagʻlardan undiriladi.
(15-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 18-maydagi 127-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2005-y., 19-20-son, 143-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻlchov birligi Yilning 1 choragi (1-yarim yillik, 9 oy, yil) koʻrsatkichlari
1.‎‎ Jami issiqlik energiyasi
shu jumladan:‎ Gkal‎
a) ishlab chiqarilgan issiqlik energiyasi‎ Gkal‎
b) chetdan olingan issiqlik energiya‎ Gkal‎
2.‎ Berilgan issiqlik energiyasi hammasi,
shu jumladan:‎
a) aholiga‎ Gkal‎‎
b) boshqa isteʼmolchilarga‎ Gkal‎‎
3.‎ Foydalanilgan issiqlik energiyasi uchun toʻlov taqdim etilgan (QQSsiz) — hammasi,

ming soʻm

shu jumladan:‎
a) aholiga‎ ming soʻm‎‎
b) boshqa isteʼmolchilarga‎ ming soʻm‎
4.‎ Quyidagilarga beriladigan 1 Gkal issiqlik energiyasi uchun shakllangan oʻrtacha tarif:

soʻm

a) aholiga (3a-band : 2a-band)‎ soʻm ‎
b) boshqa isteʼmolchilarga‎
(3b-band: 2b-band)‎ soʻm‎
5.‎ Tariflardagi farq
(4b-band 4a-band)‎ soʻm‎
6. ‎ Aholi foydalanadigan issiqlik energiyasi boʻyicha tariflardagi qoplanadigan farq summasi (2a-band x5-band)

ming soʻm

7.‎ Budjetdan qoplanishi lozim

ming soʻm

(6-band 9-band)‎
8.‎ Amalda qoplangani

ming soʻm

9.‎ Natija. Quyidagilar amalga oshirilishi kerak:
qoʻshimcha oʻtkazish‎ ming soʻm ‎
budjetga qaytarish yoki boʻlajak xarajatlarni qoplashga oʻtkazish

ming soʻm

Rahbar
Bosh buxgalter
199 yil ____________________________________ da
‎(yil choragi, yarim yillik, 9 oy, yil)
aholi foydalanadigan issiqlik energiyasi tariflaridagi farqni budjetdan qoplash
‎HISOB-KITOBI ‎
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilovadagi uy-joy fondiga xizmat koʻrsatish va uni saqlash xarajatlarini budjetdan qoplash hisob-kitobi jadvali Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 18-maydagi 127-sonli qaroriga muvofiq chiqarilgan — OʻR QHT, 2005-y., 19-20-son, 143-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilovadagi fuqarolarning alohida toifalariga imtiyozlar berilishi munosabati bilan turar joy tashkilotlarining kamayadigan daromadlarini qoplash hisob-kitobi jadvali Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 18-maydagi 127-sonli qaroriga muvofiq chiqarilgan — OʻR QHT, 2005-y., 19-20-son, 143-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 18-maydagi 127-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2005-y., 19-20-son, 143-modda)