O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
UY-JOY-KOMMUNAL XIZMATLARNING O‘Z XARAJATLARINI O‘ZI QOPLASHIGA BOSQICHMA-BOSQICH O‘TISH MUNOSABATI BILAN NORMATIV HUJJATLARNI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA
Davlat uy-joy fondining fuqarolar mulkiga o‘tishi, uy-joy fondini saqlash shartlarining o‘zgarishi, uy-joy-kommunal xizmatlar haqini to‘lashning o‘zini o‘zi qoplashiga bosqichma-bosqich o‘tish uchun normativ-huquqiy negiz yaratish zarurligi munosabati bilan va aholini ijtimoiy himoya qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar tasdiqlansin:
kommunal xizmatlardan foydalanish normativlarini aniqlash metodikasi 1-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning uchinchi va to‘rtinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 18-maydagi 127-sonli qaroriga muvofiq chiqarilgan — O‘R QHT, 2005-y., 19-20-son, 143-modda)
aholiga ko‘rsatilayotgan kommunal xizmatlar tariflaridagi farqni budjetdan qoplash tartibi 4-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning oltinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 18-maydagi 127-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2005-y., 19-20-son, 143-modda)
Vazirliklar, idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari uy-joy-kommunal xizmatlarni o‘z xarajatlarini o‘zi qoplashga o‘tkazish bo‘yicha ishlarda ushbu normativ hujjatlarga amal qilsinlar.
2. Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ikki oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi huzurida Davlat uy-joy inspeksiyasi tashkil etish to‘g‘risida taklif kiritsinlar.
3. Mehnat vazirligi Moliya vazirligi va Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda kam ta’minlangan oilalarni hisobga olish, ularga moddiy yordam belgilash va to‘lash to‘g‘risida Nizomga kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam to‘lashga mo‘ljallangan mablag‘larning bir qismini ushbu oilalar tomonidan uy-joy-kommunal xizmatlar uchun haq to‘lash bo‘yicha xarajatlarni qoplashga yo‘naltirishni nazarda tutuvchi takliflar kiritsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.R. Yunusov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘. SULTONOV
Toshkent sh.,
1996-yil 30-iyul,
271-son
Kommunal xizmatlardan foydalanish normativlarini aniqlash metodikasi
I. Umumiy qoidalar
Mazkur metodika aholi tomonidan kommunal xizmatlardan foydalanish normativlarini ishlab chiqish uchun asos hisoblanadi va tavsiyanoma tusidadir.
Normativlar — hayot faoliyatini ta’minlash uchun aholi tomonidan xizmatlardan foydalanishning eng kam darajasi turlicha qulaylikdagi va tipdagi uy-joy fondi uchun ishlab chiqiladi.
Bular — uy-joyning umumiy maydoni doirasida aholi uchun zarur bo‘lgan kommunal xizmatlardan foydalanishning joriy davrdagi eng kam hajmini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar guruhi bo‘lib, aholi tomonidan o‘z mablag‘lari hisobidan hamda kompensatsiyalar hisobidan to‘lanadi.
Normativlar darajasi — o‘zgaruvchan miqdor bo‘lib, ijtimoiy iqtisodiy vaziyatga, demografik tusdagi o‘zgarishlarga bog‘liq bo‘ladi va vaqti-vaqti bilan, biroq har chorakda ko‘pi bilan bir marta qayta ko‘rib chiqilishi kerak.
Normativlar miqdori — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
II. Suv ta’minoti va suv ajratish
Suv iste’mol qilish normativi aholining fiziologik, sanitariya-gigiyenik, xo‘jalik ehtiyojlarini qondirish bilan bog‘liq bo‘lgan kvartira ichki suv sarflari, shuningdek, uy-joy fondi doirasida kvartiradan tashqaridagi suv sarflari va ichki sanitariya-texnika asbob-uskunalari tizimlarida isrof bo‘ladigan suv miqdori.
Suv iste’mol qilish normativi turmushda suvdan foydalanishning quyidagi asosiy turlari bo‘yicha bir kishiga litr/sutka hisobidagi suv sarfidan shakllanadi (taxminiy ma’lumotlar):
| kir yuvish, dush, vanna | — 98,4 l/sutka |
| kunlik tualet (yuvinish, oyoqni yuvish) | — 28 l/sutka |
| ovqat tayyorlash va ichimlik sifatida foydalanish | — 10 l/sutka |
| pol yuvish va namiqtirib artish | — 12 l/sutka |
| unitazlarni yuvish | — 32 l/sutka |
| idish-tovoq yuvish | — 10 l/sutka |
| hisobga olinmagan sarflar | — 19,6 l/sutka |
| santexnika asboblarida isrof bo‘lish | — 60 l/sutka |
|
Jami: |
— 270 l/sutka |
Iste’mol qilinadigan suv miqdori Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tasdiqlangan suv iste’mol qilish normalari bo‘yicha, kvartira suv o‘lchagichlari mavjud bo‘lgan taqdirda esa ularning ko‘rsatkichlari bo‘yicha aniqlanadi.
| | Turar joylarning sanitariya- texnik jihozlanganlik darajasi |
1 sutka 1 kishi hisobiga umumiy suv sarfi normasi (l/sutka) |
Bir oyda bir kishi hisobiga suv iste’mol qilish normativi (kub m/oy) |
|
1 |
2 |
3 | |
| 1. | Vodoprovod, kanalizatsiya o‘tkazilgan, vannali, markaziy issiq suv ta’minotiga ulangan turar joylar | 270 | 8,2 |
| 2. | Kanalizatsiya o‘tkazilgan uylarda ichki vodoprovod va rakovina (moyka)li | 117 | 3,5 |
| 3. | O‘shaning o‘zi, rakovina va unitazli | 147 | 4,4 |
| 4. | O‘shaning o‘zi, rakovina, vanna (hammom) yoki dushli, mahalliy suv isitish priborlari bo‘lgan turar joylar | 203 | 6,1 |
| 5. | O‘shaning o‘zi, rakovina, unitaz, vanna (hammom) yoki dushli, mahalliy suv isitish priborlari bo‘lgan turar joylar | 233 | 7,0 |
| 6. | Markaziy issiq suv ta’minotiga ulangan, kanalizatsiya o‘tkazilgan, yuz-qo‘l yuvgich, moyka, kirxonasi bo‘lgan yotoqxonalarda (yo‘lakli tizim) | 140 | 4,2 |
| 7. | Markaziy issiq suv ta’minotiga ulangan, kanalizatsiya o‘tkazilgan, yuz-qo‘l yuvgich, moyka, umumiy dushli yotoqxonalarda (seksiyalar) | 230 | 6,9 |
| 8. | Hovlidagi kolonka (krandan suv olinadigan uylar | 77 | 2,3 |
| 9. | O‘shaning o‘zi, yuviladigan hojatxonali | 127 | 3,8 |
| 10. | Ichki vodoprovodli, rakovinali, moykali uylar | 100 | 3,0 |
| 11. | O‘shaning o‘zi, unitazli | 150 | 4,5 |
| 12. | Mahalliy suv isitish priborlari bo‘lgan ichki vodoprovodli, rakovina, moyka, vanna (hammom) yoki dushli uylar | 177 | 5,3 |
| 13. | O‘shaning o‘zi, unitazli | 227 | 6,9 |
| | Turar joylarniig sanitariya- texnik jihozlanganlik darajasi |
1 sutka 1 kishi hisobiga umumiy suv sarfi normasi (l/sutka) |
Bir oyda bir kishi hisobiga suv iste’mol qilish normativi (kub m/oy) |
|
1 |
2 |
3 | |
| 1. | Markaziy issiq suv tarmog‘iga ulangan ichki kirishli, rakovina, unitaz, vanna, dushi bor bo‘lgan, kanalizatsiya o‘tkazilgan uylarda | 350 | 10,64 |
| 2. | Ichki vodoprovod va rakovina (moyka) bor bo‘lgan, kanalizatsiya o‘tkazilgan uylarda | 117 | 3,5 |
| 3. | O‘shaning o‘zi, rakovina va unitazli | 147 | 4,4 |
| 4. | O‘shaning o‘zi, rakovina, vanna (hammom) yoki dushli, mahalliy suv isitish priborlari bo‘lgan turar joylar | 203 | 6,1 |
| 5. | O‘shaning o‘zi, rakovina, unitaz, vanna (hammom) yoki dushli, mahalliy suv isitish priborlari bo‘lgan | 233 | 7,0 |
| 6. | Markaziy issiq suv ta’minotiga ulangan, kanalizatsiya o‘tkazilgan, yuz-qo‘l yuvgich, moyka, kirxonasi bo‘lgan yotoqxonalarda (yo‘lakli tizim) | 182 | 5,53 |
| 7. | Markaziy issiq suv ta’minotiga ulangan, kanalizatsiya o‘tkazilgan, yuz-qo‘l yuvgich, moyka, umumiy dushli yotoqxonalarda (seksiyali) | 299 | 9,09 |
III. Issiqlik ta’minoti
1. Issiqlikdan foydalanish normativi obodonlashtirilgan uy-joy fondini isitish va issiq suv bilan ta’minlash uchun zarur bo‘lgan issiqlik energiyasi miqdoridan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Normativ Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tasdiqlanadi.
2. Issiqlikdan foydalanishning normativ miqdori uy ichidagi odam yashaydigan va qo‘shimcha har xil xonalarning har jihatdan qulay bo‘lishini ta’minlaydigan normal haroratli bo‘lishini ta’minlashi kerak.
3. Isitish:
Ehtiyojning eng kam (Q yil) normativi amaldagi (hisoblab chiqilgan) yillik issiqlik energiyasi sarfini turar joy binolari umumiy maydonini isitishga bo‘lish (Q yil) yo‘li bilan aniqlanadi:
|
|
Q yil |
1 kv. M. Ga G kal/yil, |
|
S umumiy |
bunda: S umumiy turar joy binolarining umumiy maydoni.
Issiqlikdan foydalanishning eng kam normativi darajasi joylarning o‘zida belgilanadi.
Hisob-kitob markaziy isitish xizmati uchun aholi bilan hisob-kitoblarda belgilangan tartib hisobga olingan holda bir tildagi binolar guruhi yoki umuman shahar bo‘yicha amalga oshiriladi.
4. Issiq suv ta’minoti:
Aholining xo‘jalik va sanitariya-gigiyena ehtiyojlariga issiq suv tayyorlash uchun talab qilinadigan issiqlik energiyasining eng kam normativi bir oyda bir kishi hisobiga issiq suv iste’mol qilishning shakllangan normalariga muvofiq belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(IV bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 18-maydagi 127-sonli qaroriga muvofiq chiqarilgan O‘R QHT, 2005-y., 19-20-son, 143-modda)
V. Elektr ta’minoti
1. Uy-joy fondida elektr energiyasini iste’mol qilishning asosiy turlari quyidagilar hisoblanadi:
turar joy binolarini yoritish;
mayda maishiy va kichik motorli nagruzkalar;
ovqat tayyorlash;
turar joylarda havoni konditsionerlashtirish.
2. Uy-joylarni, kvartiralarni yoritish.
Turar joylarda, kvartiralarda uy-joylar va qo‘shimcha joylarni yoritishga elektr energiyasining yillik sarfi oila hisobiga (kompensatsiyalar uchun) quyidagilarga bog‘liq bo‘ladi:
1 kv. m. maydonda nur manbaining quvvatiga;
bir yilda chiroqlarning yonib turish soatlari miqdoriga;
ular ishining bir vaqtdaligi koeffitsiyentiga.
3. Mayda maishiy va mayda motorli nagruzka.
Iste’molning ushbu turi bo‘yicha elektr energiyasining yillik sarfi ro‘zg‘or elektr priborlari va madaniy-axborot maqsadidagi priborlarning bir oila hisobiga eng kam zarur o‘rtacha yillik miqdoridan kelib chiqqan holda belgilanadi.
4. Elektr energiyasidan imtiyozli tarif bo‘yicha foydalanadigan aholi uchun uni iste’mol qilish normasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 13-fevraldagi 74-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2001-y., 3-4-son, 13-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 18-maydagi 127-sonli qaroriga muvofiq chiqarilgan — O‘R QHT, 2005-y., 19-20-son, 143-modda)
Aholiga ko‘rsatiladigan kommunal xizmatlar tariflaridan farqlarni budjetdan qoplash
TARTIBI
Umumiy qoidalar
1. Mazkur tartib belgilab qo‘yilgan tariflar bo‘yicha respublika hududida aholiga ko‘rsatilayotgan, ular uchun to‘lovlar kommunal korxonalarning haqiqiy xarajatlarini qoplamaydigan asosiy kommunal xizmatlar (gaz, issiqlik va elektr energiyasi, ichimlik suv va kanalizatsiya) uchun ishlab chiqilgan.
Oldingi tahrirga qarang.
Kommunal korxonalarning aholiga gaz, issiqlik va elektr energiyasi, ichimlik suv yetkazib berish va kanalizatsiya xizmatlarini ko‘rsatishdan ko‘rgan zararlari (xizmatlar xarajatlarining olingan daromadlardan ortib ketishi) boshqa iste’molchilar (xalq xo‘jaligi tarmoqlariga ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun cheklangan tariflarni belgilash yo‘li bilan ular olayotgan daromadlar hisobiga qoplanadi.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 18-maydagi 127-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2005-y., 19-20-son, 143-modda)
2. Aholiga ko‘rsatilayotgan kommunal xizmatlar qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lashdan ozod qilingan.
Xarajatlarning fuqarolar mablag‘lari bilan qoplanmaydigan qismini qoplash tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
3. Quyidagilar Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari mablag‘lari hisobidan qoplanadi:
issiqlik ta’minoti korxonalari tomonidan aholiga markaziy isitish va issiq suv ta’minoti uchun beriladigan issiqlik energiyasi tariflaridagi farq;
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 18-maydagi 127-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2005-y., 19-20-son, 143-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
4. Korxonalar tomonidan aholiga markaziy isitish va issiq suv ta’minoti uchun beriladigan issiqlik energiyasi tariflaridagi farqlarni qoplash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
a) budjetdan qoplash mazkur energiya korxonaning o‘zi tomonidan ishlab chiqarilganligi yoki chetdan erkin beriladigan narxlarda sotib olinganligidan qat’i nazar, amalga oshiriladi;
b) fuqarolar mablag‘lari bilan qoplanmaydigan, budjetdan qoplanadigan tariflardagi farqlar tarkibiga quyidagilar kiradi:
Oldingi tahrirga qarang.
iste’molchilarga beriladigan issiqlik energiyasi uchun shartnoma tarifi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2001-yil 17-apreldagi PF–2832-son Farmoni bilan belgilangan miqdorlarda tasdiqlangan belgilab qo‘yilgan tarif o‘rtasidagi farq aholi tomonidan markaziy isitishga va issiq suv ta’minotiga normativ bo‘yicha iste’mol qilinadigan issiqlik energiyasini hisobga olgan holda;
(4-band “b” kichik bandining ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 18-dekabrdagi PQ-532-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 51-52-son, 507-modda)
v) balansida uy-joy fondiga ega bo‘lgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, aholiga issiqlik energiyasini belgilab qo‘yilgan tariflar bo‘yicha berishdan tushadigan daromadlarini asosiy faoliyat natijalariga kiritadilar.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 18-maydagi 127-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2005-y., 19-20-son, 143-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(5 va 6-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 18-maydagi 127-sonli qaroriga muvofiq chiqarilgan — O‘R QHT, 2005-y., 19-20-son, 143-modda)
Qoplash summalarini mablag‘ bilan ta’minlash va hisobotda aks ettirish tartibi
7. Xarajatlarni qoplash uchun moliya organlari yilning joriy choragi uchun aniqlangan prognoz budjetida nazarda tutilgan mablag‘lar summasidan uchdan bir qismini avans tariqasida shu oyning 15-kunidan kechiktirmay kommunal korxonalarga o‘tkazadilar.
Oldingi tahrirga qarang.
8. Issiqlik ta’minoti korxonalari va kommunal-uy-joydan foydalanish tashkilotlari yilning har choragida yilning hisobot choragidan keyingi oyning 20-kunigacha aholiga berilgan issiqlik energiyasi tariflaridagi farqlarni qoplash uchun zarur bo‘lgan budjet mablag‘lariga bo‘lgan ehtiyoj hisob-kitoblarini tegishli moliya organlariga taqdim etadilar (hisob-kitob shakli ilova qilinadi).
Hisob-kitoblarda budjet mablag‘laridan foydalanish to‘g‘risidagi ko‘rsatkichlar yil boshidan o‘suvchi yakunda ko‘rsatiladi.
(8-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 18-maydagi 127-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2005-y., 19-20-son, 143-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
9. Issiqlik ta’minoti korxonalar taqdim etgan hisob-kitoblar asosida moliya organlari 5 kun mobaynida, ilgari o‘tkazilgan avanslarni nazarda tutgan holda, budjet mablag‘lariga bo‘lgan haqiqiy ehtiyojni aniqlaydilar.
O‘tkazilgan avans hisob-kitobga ko‘ra aniqlangan haqiqiy ehtiyojdan ortiq bo‘lgan taqdirda, ortiqcha o‘tkazilgan summa xarajatlarni bo‘lajak mablag‘ bilan ta’minlash hisobiga o‘tkaziladi, va aksincha, xarajatlarning avans bilan qoplanmagan qismi budjetdan qoplanadi.
(9-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 18-maydagi 127-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2005-y., 19-20-son, 143-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(10 va 11-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 18-maydagi 127-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2005-y., 19-20-son, 143-modda)
12. Aholiga ko‘rsatilgan kommunal xizmatlar xarajatlarini budjetdan qoplash uchun taqdim etilgan hisob-kitoblarning to‘g‘riligi uchun kommunal korxona rahbari va bosh buxgalteri shaxsan javob beradilar.
Oldingi tahrirga qarang.
13. Moliya organlari yiliga kamida bir marta issiqlik ta’minoti korxonalarida va issiqlik energiyasi tariflaridagi farqni qoplash uchun budjetdan ajratilgan mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanganlikni hujjatli tekshirishni amalga oshiradilar.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 18-maydagi 127-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2005-y., 19-20-son, 143-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
14.O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va uning hududiy bo‘linmalari yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan maqsadlarga yo‘naltiriladigan budjet mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshiradilar.
(14 - band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 13-fevraldagi 74-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2001-y., 3-4-son, 13-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
15. Qoidalarni buzish, budjet mablag‘laridan boshqa maqsadlarda foydalanish holatlari aniqlangan taqdirda moliya organlari ularni bartaraf etish va noto‘g‘ri foydalanilgan mablag‘larni budjetga qaytarish yuzasidan shoshilinch chora-tadbirlar ko‘rishga majburdirlar.
Bunda boshqa maqsadlarda foydalanilgan qoplash va kompensatsiya summalari moliya organlari tomonidan muqarrar tartibda undirib olinadi va ayni bir vaqtda mablag‘lardan boshqa maqsadlarda foydalanishga yo‘l qo‘ygan korxonaga xuddi shu summada jarima solinadi. Jarima korxonaning moliyaviy holatidan qat’i nazar, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘langandan so‘ng korxona ixtiyorida qoladigan mablag‘lardan undiriladi.
(15-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 18-maydagi 127-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2005-y., 19-20-son, 143-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
“200___ yil _________________________ da (yil choragi, yarim yillik, 9 oy, yil) aholi foydalanadigan issiqlik energiyasi tariflaridagi farqni budjetdan qoplash HISOB-KITOBI | |||
| T/r | Ko‘rsatkichlar | O‘lchov birligi | Yilning 1 choragi (1-yarim yillik, 9 oy, yil) ko‘rsatkichlari |
| 1. | Jami issiqlik energiyasi shu jumladan: a) ishlab chiqarilgan issiqlik energiyasi b) chetdan olingan issiqlik energiyasi |
Gkal | |
| 2. | Berilgan issiqlik energiyasi — hammasi (2a-band +2v-band) shu jumladan: a) aholiga — hammasi b) aholiga — tasdiqlangan iste’mol normalariga muvofiq v) boshqa iste’molchilarga | Gkal | |
| 3. | Foydalanilgan issiqlik energiyasi uchun to‘lov taqdim etilgan (QQSsiz) — hammasi, shu jumladan: a) aholiga b) boshqa iste’molchilarga |
ming so‘m | |
| 4. | Quyidagilarga beriladigan 1 Gkal issiqlik energiyasi uchun shakllangan o‘rtacha tarif: a) aholiga (3a-band: 2a-band) b) boshqa iste’molchilarga (3b-band: 2v-band) |
so‘m | |
| 5. | 1 Gkal issiqlik energiyasi uchun tariflardagi farq (4b-band - 4a-band) | so‘m | |
| 6. | Tariflardagi farq: a) aholiga beriladigan issiqlik energiyasining barcha hajmi uchun (2a-band x5-band) b) aholiga beriladigan issiqlik energiyasining normativ hajmi uchun (2b-band x 5-band) |
ming so‘m | |
| 7. | Aholi tomonidan normativ doirasida iste’mol qilinadigan issiqlik energiyasi uchun budjetdan qoplanishi lozim bo‘lgan tariflardagi farq (8-band+9a-band) yoki (8-band – 9a-band) | ming so‘m | |
| 8. | Budjetdan amalda qoplangani | ming so‘m | |
| 9. | Natija: a) budjetdan qo‘shimcha o‘tkazish (6b-band – 8-band) b) budjetga qaytarish yoki bo‘lajak xarajatlarni qoplashga o‘tkazish (8-band – 6b-band) v) aholi tomonidan normativdan ortiqcha issiqlik energiyasi iste’mol qilinganligi hisobiga vujudga kelgan xarajatlarni korxonaning moliya-xo‘jalik faoliyati natijalariga o‘tkazish (6a-band – 6b-band) |
ming so‘m | |
| | | | |
| | Rahbar Bosh buxgalter |
| |
Izoh:
1. Hisob-kitob issiq suv ta’minoti va markaziy isitish bo‘yicha alohida-alohida to‘ldiriladi.
1. Hisob-kitob issiq suv ta’minoti va markaziy isitish bo‘yicha alohida-alohida to‘ldiriladi.
2. Markaziy isitish bo‘yicha qoplashni hisoblab chiqarishda 2b-bandda aholi tomonidan issiqlik energiyasini iste’mol qilish normasi kalendar oydan kelib chiqqan holda hisobga olinadi.
(jadval O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 18-dekabrdagi PQ-532-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 51-52-son, 507-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilovadagi uy-joy fondiga xizmat ko‘rsatish va uni saqlash xarajatlarini budjetdan qoplash hisob-kitobi jadvali O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 18-maydagi 127-sonli qaroriga muvofiq chiqarilgan — O‘R QHT, 2005-y., 19-20-son, 143-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilovadagi fuqarolarning alohida toifalariga imtiyozlar berilishi munosabati bilan turar joy tashkilotlarining kamayadigan daromadlarini qoplash hisob-kitobi jadvali O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 18-maydagi 127-sonli qaroriga muvofiq chiqarilgan — O‘R QHT, 2005-y., 19-20-son, 143-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 18-maydagi 127-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2005-y., 19-20-son, 143-modda)