Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
MEHNATGA HAQ TOʻLAShNING YaGONA TARIF SETKASINI YaNADA TAKOMILLAShTIRISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 8-maydagi 233-son “Mehnatga haq toʻlashning yagona tarif setkasini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish sharoitlarida ish haqining ragʻbatlantiruvchi ahamiyatini yanada kuchaytirish va ishlarning pirovard natijalari uchun masʼuliyatni oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 1996-yil 1-sentabrdan boshlab boshlangʻich razryadning oyiga 600 soʻm miqdoridagi tarif stavkasi Yagona tarif setkasiga asos qilib olinsin va yangi tarif koeffitsiyentlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 18-martdagi 103-son qaroriga ilova 1996-yil 1-sentabrdan boshlab oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1996-yil 23-iyul,
262-son
Mehnatga haq toʻlashning Yagona tarif setkasi
|
Mehnatga haq toʻlash razryadlari |
Tarif koeffitsiyentlari |
| 0 | 1.000 |
| 1 | 1.450 |
| 2 | 1.595 |
| 3 | 1.755 |
| 4 | 1.930 |
| 5 | 2.115 |
| 6 | 2.308 |
| 7 | 2.510 |
| 8 | 2.716 |
| 9 | 2.926 |
| 10 | 3.140 |
| 11 | 3.358 |
| 12 | 3.581 |
| 13 | 3.808 |
| 14 | 4.038 |
| 15 | 4.271 |
| 16 | 4.508 |
| 17 | 4.746 |
| 18 | 4.991 |
| 19 | 5.238 |
| 20 | 5.488 |
| 21 | 5.741 |
| 22 | 5.998 |