11.10.2019 yildagi 865-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 12.10.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ichki ishlar organlari xodimlari va harbiy xizmatchilarining turar joy-maishiy sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent viloyatida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida ichki ishlar organlari kuch va vositalarini boshqarishning sifat jihatdan yangi tizimini joriy etish toʻgʻrisida” 2019-yil 29-maydagi PQ-4343-son qaroriga muvofiq, shuningdek, ichki ishlar organlari xodimlari va harbiy xizmatchilariga zamonaviy talab hamda standartlarga javob beradigan arzon uy-joylar qurish va berish hisobidan ularni ragʻbatlantirish hamda ijtimoiy himoya qilish darajasini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Moliya vazirligining ichki ishlar organlari xodimlari va harbiy xizmatchilarini ijtimoiy himoya qilish tizimiga turar joy-maishiy sharoitlarni yaxshilash boʻyicha quyidagilarni nazarda tutuvchi amaliy mexanizmlarni joriy etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
investor va tadbirkorlik subyektlariga (keyingi oʻrinlarda investor deb ataladi) 2019 — 2022-yillarda koʻp kvartirali uylarni “tayyor holda topshirish” shartlarida bosqichma-bosqich qurish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va uning hududiy boʻlinmalarining foydalanilmaydigan yer uchastkalari, bino va obyektlarini 1-ilovaga muvofiq roʻyxat boʻyicha berish;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligida tashkil etiladigan komissiya tomonidan oʻtkaziladigan tanlov (tender) natijalari asosida qurilish toʻgʻrisidagi shartnomalarni belgilangan tartibda tuzish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu qarorni amalga oshirish doirasida birinchi qavatlardan tashqari, qoida tariqasida, ikki xonali kvartiralar uchun — kamida 80 kvadrat metr, uch xonali kvartiralar uchun — 100 kvadrat metr va toʻrt xonali kvartiralar uchun — 120 kvadrat metr boʻlgan koʻp kvartirali uylarni qurish;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu qaror ijrosini taʼminlash doirasida quriladigan koʻp kvartirali uylardagi kvartiralarni mazkur qaror qoidalariga muvofiq tuziladigan qurilish shartnomalarida belgilangan imtiyozli shartlar va narxlarda asosan ichki ishlar organlari xodimlari va harbiy xizmatchilariga sotish, investor ulushi bundan mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, hududiy ichki ishlar organlari rahbarlarining qarorlari asosida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uy-joy bilan taʼminlanish va yashash sharoitlarini yaxshilashga ehtiyoji boʻlgan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xizmat faoliyatida (jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishda) yuqori natijalarga erishgan, shuningdek, intizomiy jazoga tortilmagan xodimlar va harbiy xizmatchilar ushbu qarorni amalga oshirish doirasida qurilgan koʻp kvartirali uylardagi kvartiralarni imtiyozli arzon narxlarda sotib olish huquqidan foydalanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Belgilansinki, ushbu qarorni amalga oshirish doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ichki ishlar organlari xodimlari va harbiy xizmatchilariga bazaviy hisoblash miqdorining olti yuz baravaridan koʻp boʻlmagan miqdorda besh yildan oshmagan muddatga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda foizsiz qarz berilishi mumkin;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ichki ishlar organlari xodimlari va harbiy xizmatchilariga ushbu qarorni amalga oshirish doirasida qurilgan koʻp kvartirali uylarda sotilmagan kvartiralarning bir qismi qurilish toʻgʻrisidagi shartnomada belgilangan narxlar boʻyicha imtiyozli shartlarda sotib olinadi va keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining xizmat uy-joy fondiga oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga xodimlari va harbiy xizmatchilarining turar joy-maishiy sharoitlarini yaxshilash uchun vazirlik va uning hududiy boʻlinmalariga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, shuningdek, tumanlar (shaharlar) hokimliklari tomonidan ajratiladigan yer uchastkalariga nisbatan ushbu qarorda nazarda tutilgan mexanizmdan keyinchalik foydalanishga ruxsat berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri va hududiy ichki ishlar organlari rahbarlari zimmasiga uy-joy bilan taʼminlanish hamda yashash sharoitlarini yaxshilashga ehtiyoji boʻlgan, xizmat faoliyatida (jamoat tartibni saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishda) yuqori natijalarga erishgan, shuningdek, intizomiy jazoga tortilmagan xodimlar va harbiy xizmatchilar roʻyxatini shakllantirishda xolislikni taʼminlash hamda korrupsiya holatlarini bartaraf etish uchun shaxsiy masʼuliyat yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu qaror talablarini hisobga olgan holda, shartnoma shartlarining toʻliq va sifatli bajaralishi monitoringini taʼminlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uy-joy bilan taʼminlanish hamda yashash sharoitlarini yaxshilashga ehtiyoji boʻlgan, xizmat faoliyatida (jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishda) yuqori natijalarga erishgan, shuningdek, intizomiy jazoga tortilmagan xodimlar va harbiy xizmatchilar roʻyxatini shakllantirish, shuningdek, ushbu qarorni amalga oshirish doirasida qurilgan koʻp kvartirali uylardagi kvartiralarni ular oʻrtasida taqsimlash boʻyicha ichki ishlar organlari turar joy-maishiy komissiyalarining faoliyatini samarali tashkil etsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi loyiha-smeta hujjatlarining belgilangan tartibda davlat ekspertizasidan oʻtkazilishini taʼminlasin hamda ushbu qarorni amalga oshirish doirasida “tayyor holda topshirish” shartlarida quriladigan har bir koʻp kvartirali uy boʻyicha qurilish-montaj ishlarining sifatli bajarilishi yuzasidan tegishli davlat arxitektura-qurilish nazoratini oʻrnatsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 26-sentabrdagi 765-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 9-son, 217-modda) bilan tasdiqlangan Ichki ishlar organlarining xizmat uy-joylari fondini shakllantirish va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — transport vaziri A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2019-yil 11-oktabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
865-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-oktabrdagi 865-son qaroriga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Investor va tadbirkorlik subyektlariga koʻp kvartirali uylarni “tayyor holda topshirish” shartlarida bosqichma-bosqich qurish uchun taklif etiladigan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va uning hududiy boʻlinmalarining foydalanilmaydigan yer uchastkalari, bino va obyektlarining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ROʻYXATI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Nomlanishi

Joylashgan joyi

Umumiy maydoni

Qurilish maydoni

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi

1.

3/9-son maktabgacha taʼlim muassasasi hududi

Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Labzak mavzesi

0,64 ga

0,22 ga

2.

4/2093-son maktabgacha taʼlim muassasasi hududi

Toshkent shahri, Yunusobod tumani, 3-kvartal

0,64 ga

0,32 ga

3.

Portlash texnikasi ekspertizasi markazi hududi

Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Zafarobod koʻchasi, 110

2,5 ga

1,2 ga

4.

Avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchasi

Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Bobur koʻchasi, 48

0,71 ga

0,3 ga

5.

Maxsus operatsiyalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi hududi

Toshkent viloyati, Qibray tumani, “Yangiobod” MFY

3,7 ga

0,4 ga

6.

7801-son harbiy qism

Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Oʻsh koʻchasi, 1

1,3 ga

0,3 ga

7.

7531-son harbiy qism

Toshkent shahri, Sergeli tumani, Qipchoq koʻchasi

10,8 ga

1,1 ga

8.

7532-son harbiy qism

Navoiy viloyati, Navoiy shahri, Navoiy koʻchasi, 5

12,3 ga

1,0 ga

9.

7533-son harbiy qism

Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Shayx Ali qoʻrgʻoni koʻchasi

0,84 ga

0,75 ga

Toshkent shahar IIBB

10.

Yashnobod tumani IIB FMB garaji hududi

Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Chigʻil koʻchasi, 58

0,21 ga

0,21 ga

11.

Foydalanilmayotgan bino

Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Bunyodkor koʻchasi

0,052 ga

0,052 ga

12.

Xodimlar uchun oʻy-joy qurishga ajratilgan yer uchastkasi

Toshkent shahri, Mirobod tumani, Sunbula koʻchasi, 1

0,11 ga

0,11 ga

13.

Xodimlar uchun oʻy-joy qurishga ajratilgan yer uchastkasi

Toshkent shahri, Mirzo Ulugʻbek tumani, Qorasuv mavzesi, 6

0,50 ga

0,50 ga

14.

Olmazor tumani IIB FMB hududi

Toshkent shahri, Olmazor tumani, Sogʻbon koʻchasi, 360

2,43 ga

0,2 ga

15.

Xodimlar uchun oʻy-joy qurishga ajratilgan yer uchastkasi

Toshkent shahri, Yunusobod tumani, 10-kvartal

0,25 ga

0,25 ga

Toshkent viloyati IIBB

16.

“Ekotrans” nazorat-oʻtkazish punkti

Toshkent viloyati, Boʻstonliq tumani, “Gʻazalkent” MFY

1,9 ga

1,9 ga

Namangan viloyati IIB

17.

IIB YHHB avtomobillar turar joyi

Namangan shahri, I. Karimov koʻchasi

0,4 ga

0,4 ga

Xorazm viloyati IIB

18.

Xiva shahri IIB hududi

Xiva shahri, Amir Temur koʻchasi, 1

0,88 ga

0,28 ga

19.

Yangibozor tumani IIB hududi

Yangibozor tumani, J. Manguberdi koʻchasi

1,1 ga

0,24 ga

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-oktabrdagi 865-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ichki ishlar organlarining xizmat uy-joylari fondini shakllantirish va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birinchi xatboshi quyidagi tahrirdagi uchta xatboshi shaklida bayon qilinsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Xizmat uy-joylari, yopiq shaharchalardagi xizmat kvartiralari va profilaktika inspektorlariga berilgan xizmat kvartiralaridan tashqari, Markaziy komissiya taqdimnomasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining qaroriga asosan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xizmat vaqtida ijobiy natijalarga erishgan va yuksak professional hamda maʼnaviy-ishchanlik fazilatlarini namoyon qilgan, ichki ishlar organlarida jami 25 va undan koʻp kalendar yil xizmat qilgan hamda uy-joy bilan taʼminlanmagan yuqori malakali xodimlarga — bepul;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birinchi navbatda, xizmat kvartiralarida yashovchi, shuningdek, uy-joy bilan taʼminlanish va yashash sharoitlarini yaxshilashga ehtiyoji boʻlgan xodimlarga sotish orqali shaxsiy mulk etib berilishi mumkin”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikkinchi va uchinchi xatboshilar tegishli ravishda toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
quyidagi mazmundagi 40-band qoʻshilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“40. Xizmat uylarini sotishdan tushadigan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi va ulardan uy-joy fondini kengaytirish, xizmat uylarining holatini yaxshilash va boshqa maqsadlarda foydalaniladi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
40 — 44-bandlar tegishli ravishda 41 — 45-bandlar deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2019-y., 09/19/865/3908-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.02.2022-y., 07/22/126/0125-son, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 05.07.2022-y., 09/22/354/0593-son)