29.05.2019 yildagi PQ-4343-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent viloyatida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida ichki ishlar organlari kuch va vositalarini boshqarishning sifat jihatdan yangi tizimini joriy etish to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[Ko‘chirma]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘tgan davr mobaynida respublikamizda jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishning samarali tizimini joriy etish, Toshkent shahrida ichki ishlar organlarining fuqarolik jamiyati institutlari bilan yaqin hamkorligi asosida amalga oshirilayotgan “Xavfsiz poytaxt” konsepsiyasining ijobiy tajribasini ommalashtirish borasida salmoqli ishlar qilindi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shu bilan birga, Toshkent viloyatida jamoat xavfsizligini ta’minlashda huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati alohida ahamiyat kasb etib, undagi kriminogen vaziyatning xususiyatiga quyidagi omillar ta’sir ko‘rsatmoqda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir-biridan ancha olisda va tarqoq holda joylashgan yettita shahar va o‘n beshta tumanni qamrab olgan viloyat ma’muriy-hududiy tuzilishining murakkabligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir vaqtning o‘zida hududida chegara oldi hududlar, tog‘li uchastkalar, turistik, qishloq xo‘jaligi va yirik ishlab chiqarish obyektlari mavjudligini hisobga olgan holda viloyat geografik joylashuvining o‘ziga xosligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent shahriga barcha kirish va chiqish yo‘llarining viloyat hududidan o‘tishi, respublikaning boshqa hududlaridan, ayniqsa poytaxtdan keladigan aholining ommaviy dam olish joylari mavjudligi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent viloyatida jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishning sifat jihatdan yangi bosqichiga o‘tish, shuningdek, ichki ishlar organlari kuch va vositalarini nazorat qilish va boshqarishning samarali tizimini joriy etish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2019-yil 20-iyundan boshlab quyidagilarni nazarda tutuvchi Toshkent viloyati ichki ishlar organlari kuch va vositalarini boshqarish tizimini eksperiment tariqasida joriy etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kuch va vositalarni aholiga bevosita yaqin hududlarda yanada samarali joylashtirish maqsadida viloyat va tuman (shahar) darajasidagi ichki ishlar organlarining tuzilmalarini yanada maqbullashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
viloyat tuman (shahar)larini ichki ishlar organlari kuch va vositalarining to‘rtta mintaqaviy boshqarish hududlari (keyingi o‘rinlarda — mintaqalar) bo‘yicha 1-ilovaga muvofiq taqsimlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida oldini olish va bartaraf etish maqsadida ichki ishlar organlari bo‘linmalarining tezkorligini oshirish va maksimal darajadagi harakatchanligini ta’minlash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi (keyingi o‘rinlarda — Bosh boshqarma) etib qayta tashkil etilsin va uning boshlig‘iga quyidagilar uchun shaxsiy javobgarlik yuklansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
viloyat ichki ishlar organlari kuch va vositalarini mintaqaviy boshqarish mexanizmlarini samarali va to‘laqonli ravishda amalga oshirish, ularni doimiy ravishda takomillashtirib borish bo‘yicha manzilli choralarni ko‘rish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
viloyat ichki ishlar organlarining boshqa, shu jumladan poytaxt huquqni muhofaza qiluvchi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va fuqarolik jamiyati institutlari bilan yaqin hamkorligini tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mintaqalar darajasida amaliy boshqaruv qarorlarini qabul qilish, tahliliy faoliyatni hamda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishning samaradorligini tizimli baholashni sifatli tashkil etish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Belgilansinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mintaqalar ichki ishlar organlari faoliyatini kundalik nazorat qilish va muvofiqlashtirishni tashkil etish Bosh boshqarma boshlig‘ining vakillari (keyingi o‘rinlarda — mintaqaviy hududlar rahbarlari) tomonidan amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mintaqaviy hududlar rahbarlarining faoliyatini ta’minlash uchun shtab sifatida Bosh boshqarmaning tegishlicha mintaqaviy markazlardagi ichki ishlar organlarining binolarida bevosita joylashadigan mintaqaviy muvofiqlashtirish markazlari tashkil etiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent viloyati ichki ishlar organlari patrul-post va yo‘l-patrul xizmatlarining saf bo‘linmalari kundalik xizmatni ularning hududlarida o‘tash uchun bevosita mintaqalar bo‘yicha taqsimlanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent viloyati tuman (shahar) ichki ishlar organlarining kinologiya bo‘linmalari ularga yuklatilgan vazifalarni bajarishni hududlararo tamoyili bo‘yicha tashkil etish uchun mintaqaviy hududlar rahbarlarining bo‘ysunuviga o‘tkaziladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tuman (shahar) ichki ishlar organlari huzurida Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi tajribasi asosida tumanlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlarda jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish vazifalari yuklatilgan holda ichki ishlar bo‘limlari tashkil etilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Mintaqaviy hududlar rahbarlariga:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mintaqa hududi doirasida biriktirilgan tuman (shahar, sohaviy) ichki ishlar organlari (keyingi o‘rinlarda — biriktirilgan bo‘linmalar)ga yuklatilgan vazifalarning kundalik bajarilishi bo‘yicha mustaqil ravishda qarorlar qabul qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
biriktirilgan bo‘linmalarning ish samaradorligini oshirish bo‘yicha ta’sirchan chora-tadbirlarni ishlab chiqish, patrul-post va yo‘l-patrul xizmatlari naryadlarining kundalik joylashuvini belgilash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mintaqa hududidagi kriminogen vaziyatni inobatga olgan holda va favqulodda holatlar vujudga kelganda biriktirilgan bo‘linmalarning kuch va vositalarining taqsimotini muvofiqlashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
biriktirilgan bo‘linmalar boshliqlarini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod qilish bo‘yicha Bosh boshqarma boshlig‘iga takliflar kiritish, mintaqa va sohaviy xizmati doirasida safdorlar va serjantlar tarkibi xodimlarini lavozimdan lavozimga tayinlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
biriktirilgan bo‘linmalarning xodimlari tomonidan xizmat intizomi buzilishi holatlari bo‘yicha Bosh boshqarma boshlig‘ining topshirig‘i asosida xizmat tekshiruvlarini o‘tkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
o‘z vakolatlari doirasida biriktirilgan bo‘linmalarning xodimlarini rag‘batlantirish va ularga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo‘llash huquqi berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilansinki, mintaqaviy hududlar rahbarlari biriktirilgan bo‘linmalarga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun ularning bevosita rahbariyati bilan baravar shaxsan javobgar hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bosh boshqarma boshlig‘i va mintaqaviy hududlar rahbarlari tomonidan joylarda jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasidagi muammolar, shuningdek ushbu faoliyatning samaradorligini oshirish bo‘yicha taqdim etiladigan takliflar Toshkent viloyati hokimi tomonidan har oyda ko‘rib chiqiladi va o‘z vakolatlari hamda moliyaviy imkoniyatlari doirasida manzilli chora-tadbirlarni belgilaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bosh boshqarma har chorakda mintaqalarning jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasidagi faoliyatining samaradorligini reyting tizimida baholaydi, natijalariga ko‘ra, ilg‘or mintaqalarning biriktirilgan bo‘linmalari rahbarlariga pul mukofotini berish va aksincha, past ko‘rsatkichlarga ega bo‘lganlaridan pul ushlab qolish choralarini ko‘radi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mintaqaviy muvofiqlashtirish markazlari kriminogen vaziyatning tahlili asosida har chorakda tuman (shahar)lar kesimida biriktirilgan bo‘linmalarning ish samaradorligini oshirish bo‘yicha batafsil “yo‘l xarita”larini ishlab chiqib, ularning natijalari bo‘yicha Bosh boshqarma boshlig‘iga har o‘n kunda axborot berib boradilar;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2019-yil 1-sentabrdan boshlab Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar organlarining patrul-post va yo‘l-patrul xizmatlari, migratsiya va personallashtirish bo‘linmalarining serjantlar tarkibi lavozimlari ushbu bo‘linmalarning oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan amaldagi xodimlarining o‘rniga 2021-yil 1-dekabrgacha bosqichma-bosqich tayinlashni nazarda tutgan holda faqat oliy ma’lumotga ega yoki sirtqi shaklda o‘qiyotgan shaxslar bilan jamlanadi.
(5-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 19-yanvardagi PQ-14-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.01.2026-y., 07/26/14/0053-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Bosh boshqarma faoliyatiga Toshkent shahar tajribasi bo‘yicha jamoat tartibini ta’minlash kuchlarini muvofiqlashtirish va aloqa mobil markazlari amaliyoti tatbiq etilib, mintaqalarga biriktirilsin hamda ularga quyidagi vazifalar yuklansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ommaviy tadbirlarni o‘tkazishda kuch va vositalarning samarali hamkorligini tashkil etish, muvofiqlashtirish va nazoratni amalga oshirishda biriktirilgan bo‘linmalarga ko‘maklashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
odamlar gavjum bo‘ladigan joylarda tezkor va kriminogen vaziyatni axborot texnologiyalaridan foydalangan holda bevosita kuzatish hamda vizual baholashni amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jamoat tartibini ta’minlash kuchlarini muvofiqlashtirish va harakatini boshqarish maqsadida, shu jumladan bevosita voqea joyiga chiqqan holda mobil shtab funksiyalarini bajarish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Toshkent viloyati ichki ishlar organlari kuch va vositalarini boshqarishning yangi tizimini joriy etish yuzasidan eksperimentni amalga oshirish bo‘yicha idoralararo komissiya 2-ilovaga muvofiq tuzilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Idoralararo komissiya (P.R. Bobojonov):
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har bir mintaqa kesimida manfaatdor vazirlik va idoralarning vakolatli mutaxassislaridan iborat ekspert guruhlarini shakllantirsin va ularning eksperimentni bosqichma-bosqich amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xarita”larini tasdiqlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ichki ishlar organlari kuch va vositalarini boshqarishning joriy etilayotgan tizimi samaradorligining tizimli monitoringini tashkil etsin va 2019-yilning yakuni bo‘yicha shu kabi amaliyotni respublikaning boshqa viloyatlariga ham tatbiq etishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida takliflarni kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Boshqaruvda katta amaliy ish tajribasiga hamda sohada obro‘ va hurmatga ega bo‘lgan ichki ishlar organlarining pensionerlari orasidan jamoatchilik asosida jamlanadigan Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar vaziri, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlarining maslahatchilari lavozimi kiritilsin va ularga to‘lanayotgan pensiyasining 100 foizi miqdorida budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan oylik ustama haq belgilansin.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 2-apreldagi PQ-5050-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.04.2021-y., 07/21/5050/0280-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, shuningdek, tuman (shahar) hokimlariga hududiy ichki ishlar organlarining o‘rnak ko‘rsatgan rahbar xodimlarini ular faoliyatini baholash natijasiga ko‘ra, mahalliy budjet daromadlarining prognozdan oshirib bajarilishi hisobidan har chorakda pul ta’minotining 100 foizigacha bo‘lgan miqdorda mukofotlash huquqi berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Toshkent viloyati ichki ishlar organlari xodimlarining egallab turgan lavozimi bo‘yicha pul ta’minoti va ijtimoiy imtiyozlari mazkur qarorga muvofiq tashkiliy-shtatlar o‘zgarishlariga asosan ular lavozimga qayta tayinlanishi yoki pensiyaga chiqishiga qadar saqlab qolinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ikki oy muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda Toshkent viloyatining shaharlari va tegishli tumanlarida “Xavfsiz shahar” apparat-dasturiy kompleksini joriy etish bo‘yicha takliflar kiritsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda Toshkent viloyatida huquqbuzarliklarni foto- va video fiksatsiya qilish tizimi va uskunalarining uzluksiz ishlashini ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlari uchun tariflarini kelgusida respublikaning boshqa viloyatlariga ham tatbiq etishni nazarda tutgan holda qayta ko‘rib chiqsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi bilan birgalikda 2019-yil 1-dekabrga qadar Bosh boshqarma faoliyatida sodir etilgan jinoyat va hodisalar haqidagi xabarlarni qabul qilish va ro‘yxatga olishning “102” avtomatlashtirilgan ma’lumotlar tizimi joriy etilishini, shuningdek, Toshkent shahridagi ushbu tizimning takomillashtirilishi va rekonstruksiya qilinishini ta’minlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) Toshkent viloyati hokimligi bilan birgalikda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent viloyati ichki ishlar organlarining profilaktika inspektorlari va tezkor xodimlarini maqsadli dasturiy ta’minot o‘rnatilgan va ichki ishlar organlari elektron axborot tizimlarining ma’lumotlar bazalariga ulangan uyali xizmat telefonlari bilan bosqichma-bosqich ta’minlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
biriktirilgan bo‘linmalarning to‘laqonli faoliyatini ta’minlash uchun ular faoliyatining xususiyatlarini hamda mintaqaviy markazlarda qayta joylashuvini inobatga olgan holda joylashtirish, ta’minlash va boshqa tashkiliy masalalarni hal etish choralarini ko‘rsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda profilaktika inspektoriga yuklamani kamaytirish va hududlararo harakatlanganda xarajatlarni qoplash manbalarini belgilashni inobatga olgan holda, shaxslarni protsessual harakatlarda yoki sud majlislaridagi ishtirokini ta’minlash uchun majburiy keltirish tartibi va mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni o‘rnatilgan tartibda kiritsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sherikchilikni rivojlantirish agentligi bilan birgalikda bir oy muddatda ichki ishlar organlari xodimlari va harbiy xizmatchilarining uy-joy sharoitlarini yaxshilash sohasiga davlat-xususiy sherikchilik mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mintaqaviy muvofiqlashtirish markazlari uchun Toshkent shahar tajribasi bo‘yicha jamoat tartibini ta’minlash kuchlarini muvofiqlashtirish va aloqa mobil markazlari sifatida qayta jihozlashni nazarda tutgan holda 4 dona avtobus xarid qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2022-yil 1-yanvarga qadar mintaqalar hududlarida to‘liq moto- va avtopatrullik qilishga o‘tish maqsadida Toshkent viloyati ichki ishlar organlari patrul-post xizmatini bosqichma-bosqich skuter va yengil transport vositalari bilan ta’minlash bo‘yicha takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Toshkent viloyati tuman (shahar)larida jamoat tartibini ta’minlash kuchlari tarkibida birgalikda patrullik xizmatini o‘tashni tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlarni belgilasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Toshkent viloyati hokimligi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda yirik bozorlar va savdo komplekslarida ichki ishlar organlari tomonidan huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasida xizmat ko‘rsatish borasida shartnomalar tuzish bo‘yicha choralarni ko‘rsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir oy muddatda Bosh boshqarma va uning bo‘linmalarining, shu jumladan maqsadga nomuvofiq deb topilgan bir qator amaldagi ichki ishlar bo‘linmalarini qisqartirish va mavjud kriminogen vaziyatni inobatga olib zarur joylarda yangilarini tashkil etishni nazarda tutgan holda yangilangan shtat jadvalini tasdiqlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir oy muddatda mazkur qaror talablarini inobatga olgan holda mintaqalarning jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasidagi faoliyatining samaradorligini reyting tizimida baholash to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikki oy muddatda Toshkent viloyati ichki ishlar organlarining mintaqalararo, shu jumladan poytaxt ichki ishlar organlari bilan hamkorligining uyg‘unlashgan mexanizmini nazarda tutuvchi tartibni belgilasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikki oy muddatda Toshkent viloyati ichki ishlar organlarining patrul-post va yo‘l-patrul xizmatlari naryadlarining yagona joylashuvini mintaqalar tashkil etilayotganligini inobatga olgan holda tanqidiy qayta ko‘rib chiqsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uch oy muddatda Toshkent viloyati ichki ishlar organlari yo‘l-patrul xizmatining avtomobil parkini kuchaytirish, shu jumladan yurtimizda ishlab chiqariladigan mototsikllar bilan ta’minlash bo‘yicha tashkiliy choralarni ko‘rsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Belgilansinki, mazkur qarorda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining asoslantirilgan hisob-kitoblari bo‘yicha har yili ajratiladigan budjet mablag‘lari, Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari mablag‘lari, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar doirasida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 7-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashining kotibi V.V. Maxmudov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosari B.M. Mavlonov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2019-yil 29-may,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-4343-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-maydagi PQ-4343-son qaroriga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent viloyati ichki ishlar organlari kuch va vositalarini mintaqaviy boshqarish hududlarining taqsimot
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI

* mintaqaviy markaz
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-maydagi PQ-4343-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent viloyati ichki ishlar organlari kuch va vositalarini boshqarishning yangi tizimini joriy etish yuzasidan eksperimentni amalga oshirish bo‘yicha idoralararo komissiya
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tarkibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

1.

P.R. Bobojonov

O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, Komissiya raisi

2.

E.A. Tadjiyev

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining birinchi o‘rinbosari, Komissiya raisining o‘rinbosari

3.

B.T. Isakov

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining o‘rinbosari, Komissiya raisining o‘rinbosari

4.

S.N. Gordeyev

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi mas’ul xodimi

5.

U.Sh. Tashxodjayev

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi apparati mas’ul xodimi

6.

Sh.T. Shakirov

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondonining o‘rinbosari

7.

M.U. Jo‘rayev

O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari

8.

B.A. Olmatov

O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining o‘rinbosari

9.

G.I. Ibragimov

Toshkent viloyati hokimi

10.

Sh.I. Norgitov

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Tashkiliy departamenti boshlig‘i, Komissiya kotibi

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh: Komissiya a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan shaxslar yoxud zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-maydagi PQ-4343-son qaroriga
7-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-apreldagi “Ichki ishlar organlarining jinoyatlarni tergov qilish sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2898-son qarorining 2-bandidagi, 3-bandi ikkinchi xatboshisidagi “Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi” so‘zlari “Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-noyabrdagi “Ichki ishlar organlari kadrlari bilan ishlash va ularning xizmatini tashkil etish tartibini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3413-son qarorida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) 3-bandining uchinchi xatboshisidagi “Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi” so‘zlari “Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) 4-bandi “a” kichik bandidagi, 5-bandining uchinchi xatboshisidagi “Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi” so‘zlari “Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“30. Tuman (shahar) ichki ishlar organlari, transportda jamoat xavfsizligini ta’minlash boshqarmalari (bo‘limlari), jazoni ijro etish muassasalari, tergov hibsxonalari boshliqlari, mintaqaviy muvofiqlashtirish markazlari rahbarlari, brigada va batalyon komandirlari, shuningdek, ularga tenglashtirilgan rahbarlar quyidagi huquqlarga ega:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ustavning 23-bandi “a”, “b” va “v” kichik bandlarida nazarda tutilgan rag‘batlantirish choralarini qo‘llash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ustavning 27-bandi “a” va “b” kichik bandlarida nazarda tutilgan intizomiy jazo choralarini qo‘llash”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31-bandning birinchi xatboshisidagi “Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi” so‘zlari “Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-iyundagi “Toshkent shahrida jamoat tartibini ta’minlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3786-son qarorining 5-bandi birinchi xatboshisidagi “Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi” so‘zlari “Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 23-avgustdagi “Ichki ishlar organlari boshqaruv, nazorat va shaxsiy tarkib bilan ishlashning samarali tizimini joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3919-son qarorining 4-bandidagi “Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi” so‘zlari “Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-dekabrdagi “Jamoat xavfsizligini ta’minlash samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4075-son qarorining 3-bandi uchinchi xatboshisidagi, 6 va 7-bandlaridagi “Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi” so‘zlari “Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-fevraldagi “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4166-son qarorining 6-bandi to‘rtinchi xatboshisidagi “Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi va Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi” so‘zlari “Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.05.2019-y., 07/19/4343/3206-son; 02.04.2021-y., 07/21/5050/0280-son; 20.01.2026-y., 07/26/14/0053-son)