Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi saylovida ishtirok etish uchun siyosiy partiyalar tomonidan imzolarni toʻplash va imzo varaqalari toʻgʻri toʻldirilganligini tekshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14 va 16-moddalariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi saylovida ishtirok etish uchun siyosiy partiyalar tomonidan imzolarni toʻplash va imzo varaqalari toʻgʻri toʻldirilganligini tekshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining ayrim qarorlari 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisining oʻrinbosari M. Istamov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Rais M. ABDUSALOMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2019-yil 11-sentabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
933-son

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 11-sentabrdagi 933-son qaroriga 1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi saylovida ishtirok etish uchun siyosiy partiyalar tomonidan imzolarni toʻplash va imzo varaqalari toʻgʻri toʻldirilganligini tekshirish tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM

Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksining (bundan buyon matnda Saylov kodeksi deb yuritiladi) 38 va 39-moddalariga muvofiq (siyosiy partiyalar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi (bundan buyon matnda Qonunchilik palatasi deb yuritiladi) saylovida ishtirok etish uchun qoʻllab-quvvatlovchi imzolarni toʻplash hamda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi (bundan buyon matnda MSK deb yuritiladi) tomonidan imzo varaqalarining toʻgʻri toʻldirilganligini tekshirish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylovlarda ishtirok etishga ijozat olish va deputatlikka nomzodlar koʻrsatish uchun siyosiy partiyalar tomonidan saylovchilarning qoʻllab-quvvatlovchi imzolarini toʻplash talab etilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Siyosiy partiya saylov kampaniyasi boshlanganligi eʼlon qilingan kundan kamida toʻrt oy oldin Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan roʻyxatga olingan va oʻzining saylovda ishtirok etishini qoʻllab-quvvatlovchi kamida qirq ming saylovchining imzosini toʻplagan taqdirdagina deputatlikka nomzodlar koʻrsatishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bitta maʼmuriy-hududiy tuzilmada (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyat, Toshkent shahri) siyosiy partiya tegishincha imzolar umumiy sonining koʻpi bilan sakkiz foizini toʻplashi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II bob. Siyosiy partiyalar tomonidan imzolar toʻplash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Saylov kampaniyasi boshlanganligi eʼlon qilingandan keyin MSK tomonidan siyosiy partiyalarga mazkur Nizomning ilovasiga muvofiq shakldagi imzo varaqalarining blankalari beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Qonunchilik palatasi saylovida siyosiy partiyaning ishtirok etishini qoʻllab-quvvatlovchi imzolarni toʻplash uchun har bir siyosiy partiyaga qirq sakkiz ming imzo toʻplash imkonini beradigan (imzo varaqalarini buzib qoʻyilishi, toʻliq toʻldirilmasligini inobatga olgan holda hamda siyosiy partiyalarga qoʻshimcha imkoniyat yaratish maqsadida) imzo varaqalari blankalari beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Siyosiy partiyalar soʻroviga koʻra, imzo toʻplash uchun qoʻshimcha imzo varaqalari blankalari berilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Saylovchilar bitta yoki bir nechta siyosiy partiyani qoʻllab-quvvatlab imzo qoʻyishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Imzolar toʻplanishini tashkil etish uchun siyosiy partiyalarning tuman, shahar Kengashlari va ijroiya qoʻmitalari aʼzolari yoxud partiyalarning tuman, shahar tashkilotlari devoni shtatidagi xodimlari orasidan masʼul shaxslar tayinlanadi. Shuningdek, siyosiy partiyalar boshlangʻich tashkilotlari rahbarlari ham imzolar toʻplashni uyushtirishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Imzo varaqasida saylovchi oʻz familiyasini, ismini, otasining ismini, tugʻilgan yilini (yoshi oʻn sakkizda boʻlsa, qoʻshimcha ravishda tugʻilgan kuni va oyini), yashash joyi manzilini, pasportining yoki identifikatsiya ID — kartasining seriyasi va tartib raqamini, shuningdek imzo qoʻyilgan sanani koʻrsatadi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2024-yil 2-iyuldagi 1344-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Imzo varaqasiga maʼlumotlar qoʻlda yozib kiritiladi. Imzo varaqasiga oʻz imzosini qoʻyadigan saylovchi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar saylovchining iltimosiga koʻra imzo toʻplashni amalga oshirayotgan shaxs tomonidan kiritilishi mumkin. Biroq, imzoni aynan saylovchining oʻzi qoʻyadi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2024-yil 2-iyuldagi 1344-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Imzo varaqasi imzolarni toʻplagan shaxs tomonidan oʻz familiyasi, ismi, otasining ismi koʻrsatilgan holda imzolanadi, shuningdek tegishli siyosiy partiyaning tuman, shahar tuzilmasi muhri bosilib rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Saylovchilarning imzolarini toʻplash ish, xizmat, oʻqish, yashash joyida, saylovoldi tadbirlarida, shuningdek tashviqot yuritish va imzo toʻplash Qonun bilan taqiqlanmagan boshqa joylarda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Imzo toʻplayotgan shaxs tomonidan saylovchilarni majburlash va oʻziga ogʻdirib olishning har qanday shakli qonunda belgilangan javobgarlikka sabab boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Imzo toʻplash tamomlanganidan soʻng siyosiy partiyaning vakolatli vakili Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻyicha alohida-alohida qilib tikilgan imzo varaqalarini MSKga topshiradi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2024-yil 2-iyuldagi 1344-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III bob. Imzo varaqalari toʻgʻri toʻldirilganligini tekshirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. MSKga tekshirish uchun qirq toʻrt mingtadan koʻp boʻlmagan (zarur qirq ming va koʻpi bilan 10 foiz qoʻshimcha) imzolar taqdim etiladi. Agar siyosiy partiyalar tomonidan qirq toʻrt mingdan koʻproq imzolar toʻplangan boʻlsa, qolgan imzo varaqalari siyosiy partiyada zaxira sifatida qoldiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Siyosiy partiyalar taqdim etgan imzo varaqalarining toʻgʻri toʻldirilganligi MSK tomonidan besh kunlik muddatda tekshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. MSK tekshirish oʻtkaziladigan vaqt va joy haqida siyosiy partiyalarga oldindan maʼlum qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Siyosiy partiyalarning vakolatli vakillari imzo varaqalari toʻgʻri toʻldirilganligining MSK tomonidan tekshirilishi jarayonida ishtirok etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. MSK imzo varaqalari toʻgʻri toʻldirilganligini tekshiruvchi Ekspert guruhini tuzishi mumkin. Ekspert guruhi tarkibiga ichki ishlar organlarining, adliya organlarining xatshunos ekspertlari, mutaxassislari, shuningdek fuqarolik jamiyati institutlari vakillari jalb etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Imzo varaqalari tanlab olish yoʻli bilan ajratib olinadi. Bunda saylovchilar imzolari zarur sonining kamida 15 foizi (6 000 tasi) va imzo varaqalariga imzolarini qoʻygan saylovchilar toʻgʻrisidagi tegishli maʼlumotlar tekshirilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Tekshirish uchun saylovchilarning har bir siyosiy partiyani qoʻllab-quvvatlab berilgan imzolari bir xil miqdorda, har bir maʼmuriy-hududiy tuzilmadan (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyat, Toshkent shahridan) teng nisbatda tanlab olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Imzo varaqalarini tekshirishda Ekspert guruhi aʼzolari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kasbiy odob qoidalariga rioya qilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
zimmasiga yuklatilgan vazifalarni qonun hujjatlarida va ichki hujjatlarda belgilangan oʻz lavozim vakolatlari doirasida xolisona, vijdonan, sifatli bajarishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xabarlar va xizmat axborotini taqdim etish boʻyicha MSKda belgilangan qoidalarga rioya qilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Ekspert guruhi aʼzolari imzo varaqasining toʻgʻri toʻldirilganligiga, tuzatishlarga yoʻl qoʻyilganiga, oʻchirib yozilgan tuzatishlar borligiga, turli shaxslar tomonidan toʻldirilganligiga, oʻxshash imzolar borligiga, tasdiqlangan tuzatishlar borligiga eʼtibor bergan holda har bir imzo varaqasini koʻzdan kechiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Vizual tekshiruvda nuqsonlar yoki shubhali holatlar aniqlangan imzo varaqalari puxtaroq, shu jumladan maxsus asboblar yordamida tekshirish uchun saralab olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Quyidagi imzolar haqiqiy emas deb topiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
saylov kampaniyasi boshlanganligi eʼlon qilingunga qadar toʻplangan imzolar;
(22-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2024-yil 2-iyuldagi 1344-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
boshqa shaxsning nomidan qoʻyilgan imzolar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
MSK tomonidan berilgan imzo varaqalaridan boshqa imzo varaqalarida qoʻyilgan imzolar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
saylovchining imzosi va u haqda maʼlumotlar qalam va boshqa yozuv quroli hisoblanmaydigan vositalar bilan kiritilgan imzolar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
imzo varaqasida koʻrsatilishi lozim boʻlgan maʼlumotlarga tuzatishlar kiritilgan holda qoʻyilgan imzolar, basharti ushbu tuzatishlar saylovchi yoki imzo varaqasini tasdiqlovchi shaxslar tomonidan qoʻshimcha imzo bilan tasdiqlanmagan boʻlsa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Agar MSK tomonidan tanlab olingan imzo varaqalarining chorak qismidan (1 500 tasi) koʻprogʻini tekshirish natijasida imzo varaqalari qonun buzilgan holda tuzilganligi aniqlansa:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mazkur imzo varaqalari siyosiy partiyaning vakolatli vakiliga qaytariladi va unga kamchiliklarni bartaraf etish uchun ikki kunlik muddat beriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
siyosiy partiya tomonidan MSKga taqdim etilgan barcha imzo varaqalari tekshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Siyosiy partiyalar tomonidan imzo varaqalaridagi kamchiliklar ikki kunlik muddatda bartaraf etilmasa yoxud qoʻshimcha imzo varaqalari taqdim etilmasa, barcha topshirilgan imzo varaqalaridan haqiqiy deb topilganlari inobatga olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. MSKga kamchiliklari bartaraf etilib (qoʻshimcha toʻplanib), taqdim etilgan imzo varaqalari toʻliq tekshiriladi va ularning haqiqiy deb topilganlari aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Mazkur Nizomning 23 va 25-bandlarida nazarda tutilgan oldindan taqdim etilgan va qoʻshimcha taqdim etilgan imzo varaqalarining haqiqiy deb topilganlari qoʻshiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar qoʻllab-quvvatlovchi saylovchilarning imzolari soni belgilangan eng kam miqdor (40000)dan yana oz boʻlib chiqsa, MSK siyosiy partiyaga saylovda ishtirok etish huquqini rad etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Tekshiruv yakunlangach, siyosiy partiyani yoqlab berilgan imzo varaqalarini taqdim etgan har bir siyosiy partiya boʻyicha Ekspert guruhi tomonidan Imzo varaqalari toʻgʻri toʻldirilganligini tekshirish yakunlari toʻgʻrisida xulosa tuziladi. Unda quyidagilar koʻrsatiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
saylovchilar imzolari qoʻyilgan va taqdim etilgan imzo varaqalari soni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
saylovchilarning tekshirilgan imzolari soni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
saylovchilar imzolarining haqiqiy emas deb topilgan soni.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Xulosaning qalamda toʻldirilishiga va unga biron-bir tuzatishlar kiritilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Xulosaning nusxasi siyosiy partiyaning vakolatli vakiliga beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Ekspert guruhi xulosalari MSK tomonidan tegishli qaror qabul qilinishi uchun asos boʻlib xizmat qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Imzolarni takroran tekshirish Qonunchilik palatasi saylovida ishtirok etish huquqini rad etish toʻgʻrisida MSKning qarori qabul qilinganidan soʻng, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining qarori asosida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV bob. Yakuniy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Ekspert guruhining xulosasi asosida MSK:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
siyosiy partiyaga Qonunchilik palatasi saylovida ishtirok etishga ijozat berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
siyosiy partiya tomonidan taqdim etilgan hujjatlar qonunchilik talablariga muvofiq kelmaganligi uchun Qonunchilik palatasi saylovida ishtirok etish huquqini rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. MSKning qarorlari ustidan ushbu qarorlar qabul qilingan kundan eʼtiboran besh kun ichida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudiga shikoyat qilinishi mumkin.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2024-yil 2-iyuldagi 1344-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi saylovida ishtirok etish uchun siyosiy partiyalar tomonidan imzolarni toʻplash va imzo varaqalari toʻgʻri toʻldirilganligini tekshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga saylovda ishtirok etishini qoʻllab-quvvatlaymiz:
T/r
Saylovchining familiyasi, ismi, otasining ismi
Tugʻilgan yili (agar 18 yoshda boʻlsa, tugʻilgan oyi va kuni)
Yashash joyi (manzili)
Pasport yoki ID-karta seriyasi va tartib raqami
Imzo va imzo qoʻyilgan sana
1.
2.
3.
4.
5.
6.
7.
8.
9.
10.
11.
12.
13.
14.
15.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Orqa tomon
16.
17.
18.
19.
20.
21.
22.
23.
24.
25.
26.
27.
28.
29.
30.
31.
32.
33.
34.
35.
36.
37.
38.
39.
40.
Toʻplangan imzolarning umumiy soni _____________
___________________________________________________________________________ (saylovchilar imzosini toʻplagan shaxs F.I.Sh., yashash joyi manzili, Pasport yoki ID-kartasining seriyasi va raqami, imzosi)
(siyosiy partiya tuman, shahar boʻlinmasi rahbarining F.I.Sh. va imzosi)
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2024-yil 2-iyuldagi 1344-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 11-sentabrdagi 933-son qaroriga 2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilgan qarorlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ROʻYXATI

1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi saylovini oʻtkazish bilan bogʻliq Markaziy saylov komissiyasining nizom va yoʻriqnomalari toʻgʻrisida” 2004-yil 18-sentabrdagi 198-son qarori 7-bandi va 7-ilovasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining “Markaziy saylov komissiyasining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi saylovini oʻtkazish bilan bogʻliq normativ-huquqiy hujjatlari toʻgʻrisida” 2009-yil 17-sentabrdagi 417-son qarori 7-bandi va 7-ilovasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov oʻtkazish bilan bogʻliq normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2014-yil 11-sentabrdagi 618-son qarorining 1-bandi beshinchi xatboshisi va 4-ilovasi.