1-ILOVA
|
Tadbirlar nomi |
Bajarish muddati |
Ijroga masʼullar |
Moliyalashtirish manbai |
Amalga oshirish mexanizmi va kutilayotgan natija | |
|
I. Yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni ijtimoiy himoyalash tizimi tahlili hamda tizimda axborot texnologiyalarini joriy etish | |||||
|
1. |
Vasiylik va homiylik organining ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni joylashtirishga oid faoliyatini oʻrganish. |
2019-yil noyabr |
Xalq taʼlimi vazirligi, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazi, Bosh prokuratura |
- |
1. Oʻrganish natijalari yuzasidan tahliliy maʼlumotnoma tayyorlash. 2. Bolalarni ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlishining asosiy sabablarini aniqlash va ularni joylashtirish shaklini tanlashda qonuniy toʻgʻri qaror qabul qilish yuzasidan takliflar ishlab chiqish. 3. Ijtimoiy xavfli sharoitda qolgan bolani himoya qilish, bolani oilada qoldirish va oilani krizis davrini yengib oʻtishida tezkor yordam koʻrsatish va erta aralashuvdagi toʻsiqlarni aniqlash. 4. Vasiylik va homiylik organi mutaxassisining ish vaqti va bajaradigan ish yuklamasini hamda faoliyat samaradorligiga erishishdagi muammolarni tahlil qilish. |
|
2. |
Oila va bolalarga ijtimoiy xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar faoliyatini oʻrganish. |
2019-yil noyabr |
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi |
- |
1. Oila va bolalarga ijtimoiy xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar faoliyatini atroflicha oʻrganish. 2. Oʻrganish yakunlari boʻyicha aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga ijtimoiy-huquqiy va psixologik-pedagogik xizmatlarga boʻlgan ehtiyojini aniqlash. 3. Zaruratga koʻra, oila va bolalarga ijtimoiy xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlarda ijtimoiy-huquqiy va psixologik-pedagogik xizmat turlarini joriy etish va kengaytirish. |
|
3. |
Yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar uchun tashkil etilgan Bolalar uylari, “Mehribonlik” uylari va Bolalar shaharchalari faoliyatini oʻrganish. |
2019-yil noyabr |
Xalq taʼlimi vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Bosh prokuratura, |
- |
1. Bolalar uylari, “Mehribonlik” uylari va Bolalar shaharchalari faoliyatini oʻrganish boʻyicha tahliliy maʼlumot tayyorlash. 2. Oilaga qaytariladigan yoki tutingan oilaga joylashtiriladigan bolalar roʻyxatini shakllantirish. 3. Bolalar uylari, “Mehribonlik” uylari va Bolalar shaharchalari moddiy-texnik sharoitlari hamda kadrlar salohiyatini tahlil qilish. 4. Tarbiyalanuvchilarni oilaga qaytarishda ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatadigan tashkilotlar faoliyatini oʻrganish. 5. Faoliyati bosqichma-bosqich oʻzgartiriladigan yoki tugatiladigan Bolalar uylari va “Mehribonlik” uylarini aniqlash. 6. Bolalarning oilada va Bolalar uylari, “Mehribonlik” uylari, Bolalar shaharchasida ijtimoiy himoyasi uchun ajratiladigan mablagʻlarni iqtisodiy tahlil qilish. 7. Oʻrganish va tahlil qilish natijalari boʻyicha takliflar ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
|
4. |
Yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bo?a?ar uchun davlat tarbiya muassasalari faoliyatini maqbullashtirish (optimallashtirish) sohasidagi xorijiy davlatlar tajribasini oʻrganish. |
2019-yil dekabr |
Xalq taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Bosh prokuratura, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi, “Sen yolgʻiz emassan” Respublika jamoatchilik bolalar jamgʻarmasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi, YUNISEF bolalar jamgʻarmasi |
Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi Xalq taʼlimi sohasidagi islohotlarga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari |
1. Yevropa davlatlarining noinstitutsionallashtirish, yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar uchun davlat muassasalari faoliyatini optimallashtirish sohasidagi tajribalarini oʻrganish. 2. Oʻrganish yakunlari natijasida tahliliy maʼlumotnoma tayyorlash va respublikada faoliyat olib borayotgan yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar uchun davlat muassasalari faoliyatini optimallashtirish boʻyicha asoslantirilgan takliflar ishlab chiqish. |
|
5. |
Vasiylik va xomiylik organi hisobida turgan yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar toʻgʻrisida yagona elektron bazani yaratish va shakllantirish tartibini ishlab chiqish. |
2020-yil avgust |
Xalq taʼlimi vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi, Davlat statistika qoʻmitasi |
Xalq taʼlimi huzuridagi Xalq taʼlimi sohasidagi islohotlarga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari, imtiyozli xorijiy kreditlar |
1. Vasiylik va homiylik organlari faoliyatida maʼlumotlar bazasining elektron dasturi taʼminotini ishlab chiqish. 2. Vasiylik va homiylik organlari xodimlarini zamonaviy kompyuter va internet resurslari bilan taʼminlash hamda mutaxassislarni elektron dasturdan foydalanish boʻyicha kasbiy salohiyatini oshirish. 3. Vasiylik va homiylik organlari hisobida turgan yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar toʻgʻrisida shakllantirilgan va yangilanadigan yagona maʼlumotlar bazasini yaratish. |
|
6. |
Bolani oilaga tarbiyaga (patronat) vasiylik yoki homiylik, farzandlikka olish, Oilaviy bolalar uyining tarbiyalovchi ota-onasi boʻlish istagini bildirgan fuqarolar haqidagi yagona maʼlumotlar bazasini yaratish. |
2021-yil aprel |
Xalq taʼlimi vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi, |
Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi Xalq taʼlimi sohasidagi islohotlarga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari, imtiyozli xorijiy kreditlar va grantlar |
1. Bolani oilaga tarbiyaga olish istagini bildirgan fuqarolarning yagona maʼlumotlari bazasini yaratish va uni muntazam ravishda yuritib borish. 2. Vasiylik va homiylik organlarining yagona maʼlumotlar bazasidan keng omma foydalanishiga erishish. 3. Vasiylik va homiylik organlarining shaffof ishlashini taʼminlash, korrupsiya va suiisteʼmol qilish holatlarining oldini olish. |
|
II. Ijtimoiy yetimlikning oldini olish sohasidagi dolzarb masalalar va “Mehribonlik” uylarini noinstitutsionallashtirish dasturining mohiyatini aholi va jamoatchilik oʻrtasida keng targʻib qilish | |||||
|
7. |
Mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlari hamda bolalar taqdirini hal etishda ishtirok etuvchi organlar vakillari bilan “Mehribonlik” uylarini noinstitutsionallashtirish dasturining mohiyatini keng targʻib qilish, bolalarning oilaviy muhitda yashashini taʼminlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni belgilash yuzasidan uchrashuvlar oʻtkazish. |
2019-yil noyabr |
Xalq taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi“Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi, Bosh prokuratura, Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
- |
1. Mahalliy davl?t hokimiyati organlari rahbarlarini noinstitutsionallashtirish dasturidan koʻzlangan maqsad hamda bu sohadagi xorijiy davlatlar tajribasi bilan tanishtirish. 2. Yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar uchun davlat muassasalari hamda vasiylik va homiylik organlarida olib borilgan tadqiqot natijalari bilan tanishtirish. 3. Har bir tuman, shahar va viloyat hokimliklarida “Yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni ijtimoiy himoyalash tizimida noinstitutsionallashtirish dasturini amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar”ni ishlab chiqish orqali kam taʼminlangan oilalar bolalarini Bolalar uylari, “Mehribonlik” uylari va Bolalar shaharchalariga joylashtirilishining oldini olish ishlarini kuchaytirish. 4. Noinstitutsionallashtirish oʻtkazilishi zarurligi jamoatchilik tomonidan tan olinishiga erishish maqsadida bolalarni ijtimoiy himoyalash tizimida faoliyat yurituvchi soha mutaxassislarining xabardorlik darajasini oshirish. |
|
8. |
Bolaning oilaviy muhitda yashash va rivojlanishga boʻlgan huquqi, oila qadriyatlari, qiyin hayotiy vaziyatga tushib qolgan oilalarga yordam koʻrsatishning zaruriyati hamda bunday yordam shakllarini yorituvchi ijtimoiy reklama yaratish va taqdim etish. |
2019-yil oktabrdan boshlab muntazam ravishda |
MTRK, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot |
Respublika budjeti mablagʻlari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari |
1. Qiyin hayotiy vaziyatga tushgan oilalar muammolari, oilaviy inqirozni bartaraf etishda davlat organlari va jamoatchilikni faollashtirish. 2. Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar uchun muassasa tarbiyalanuvchilarining orzu va armonlari, institutsionalizatsiyaning salbiy oqibatlari haqida keng jamoatchilik xabardorligini oshirish. |
|
9. |
Ota-ona mehri va gʻamxoʻrligidan mahrum |
muntazam ravishda |
Xalq taʼlimi vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, |
Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi Xalq taʼlimi sohasidagi islohotlarga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari, imtiyozli xorijiy kreditlar va grantlar |
1. Ota-onalarning farzand tarbiyasi, taʼminoti va parvarishidagi masʼuliyatini oshirish. 2. Bolalarning oilaviy muhitga boʻlgan huquqini taʼminlash, ularni joylashtirishning muqobil shakllari toʻgʻrisida keng jamoatchilik xabardorligini oshirish. 3. Ijtimoiy koʻrsatuv yoki eshittirishlar ichida “Bolaning begonasi boʻlmaydi” ruknini yuritish. |
|
III. Bolaning ota-onasidan ajratilishi va oilaviy muammolarning bartaraf etilishiga yoʻnaltirilgan faoliyatni kuchaytirish | |||||
|
10. |
Yangi tugʻilgan boladan voz kechmoqchi boʻlgan ayollar bilan profilaktika ishlariga yoʻnaltirilgan ijtimoiy va psixologik kuzatuv dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash. Mazkur dasturlar ijrosini taʼminlash. |
2019-yil noyabr muntazam ravishda |
Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi, Ichki ishlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi |
Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi Xalq taʼlimi sohasidagi islohotlarga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari |
1. Tugʻruq komplekslari, perinatal markazlari qoshidagi “Onalar maktablari” faoliyatida farzandidan voz kechuvchi onalar bilan ishlash dasturlarini joriy etish. 2. Tugʻruq komplekslari, perinatal markazlarida seminar treninglar tashkil etish yoʻli orqali masʼul mutaxassislarni farzandidan voz kechuvchi onalar bilan ishlashning psixologik-pedagogik, ijtimoiy-huquqiy texnologiyalariga oʻrgatish. 3. Tibbiyot muassasalarida onalarning yangi tugʻilgan bolalardan voz kechishining oldini olishga qa??tilgan psixologik-pedagog?k, i??imoiy-huquqiy choralar koʻrish. 4. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatida qiyin hayotiy vaziyatlarga tushib qolgan ayollarga ijtimoiy yordam koʻrsatish chora-tadbirlarini kuchaytirish. |
|
11. |
Jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni boʻlgan farzandlari bor oilalarga joylardagi oilaviy poliklinika, ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim muassasalari sharoitlarida, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatida erta tibbiy-psixologik, pedagogik, maʼnaviy, huquqiy yordam koʻrsatilishini kuchaytirish. |
Patronaj tashrif davomida, muntazam ravishda |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, |
- |
1. Bolalar nogironligining oldini olish ishlarini kuchaytirish. 2. Ijtimoiy yetimlikning, yaʼni ota-onalar tomonidan bolalarni yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar uchun taʼlim-tarbiya, davolash-sogʻlomlashtirish muassasalariga joylashtirilishining oldini olish choralarini koʻrish. 3. Rivojlanishida nuqsoni boʻlgan chaqaloqlari bor oilalarga muntazam kompleks (psixologik-pedagogik, tibbiy-ijtimoiy, huquqiy va b.) yordam koʻrsatishni tashkil qilish. 4. Rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bola tarbiyalayotgan oilalarga bolada jarrohlik amaliyotini oʻtkazish uchun moddiy koʻmak koʻrsatish ishlarini kuchaytirish. |
|
12. |
Anʼanaviy oila qadriyatlari, oila munosabatlari, ota-ona majburiyatining anglanilishi, bolaning oilada yashashga boʻlgan huquqini taʼminlash va ijtimoiy yetimlikni oldini olish (bartaraf etish)ga qaratilgan tadbirlar oʻtkazish. |
Har chorakda kamida bir marotaba |
Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi, Xalq taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, “Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot instituti, |
- |
1. Aholi va yoshlar orasida oila qadriyatlari, sogʻlom turmush tarzi va ijtimoiy yetimlikning oldini olishga qaratilgan davra suhbatlari, uchrashuvlar, savol-javoblar, leksiyalar orqali tashviqot ishlarini olib borish. 2. Yoshlar va yosh oilalar oʻrtasida masʼuliyatni oshirish, ijtimoiy yetimlikning oldini olish. |
|
13. |
Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar va bolalarga xizmat koʻrsatish masalalari bilan shugʻullanuvchi xodimlarni tayyorlash va qayta tayyorlash. |
reja asosida |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, |
Respublika budjeti mablagʻlari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari |
1. Oliy taʼlim muassasalari tizimida ijtimoiy xodimlarni tayyorlash ishlarini kengaytirish. 2. Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar va bolalarga ijtimoiy xizmatlarni amalga oshiruvchi davlat va nodavlat tashkilot, muassasalar mutaxassislarini “Ijtimoiy ish” boʻyicha qayta tayyorlash kurslarini tashkil etish. |
|
IV. Ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni oilaga joylashtirishning muqobil shakllarini rivojlantirish | |||||
|
14. |
Oilaga tarbiyaga olingan (patronat), vasiylik yoki homiylikka, farzandlikka olingan, Oilaviy bolalar uylari va boshqa yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar uchun davlat muassasalarida tarbiyalanayotgan bolalar uchun yaratilgan sharoitlar sifatini baholashning minimal standartlarini ishlab chiqish. |
2019-yil noyabr |
Xalq taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi, |
Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi Xalq taʼlimi sohasidagi islohotlarga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari |
1. “Tutingan oilalarda tarbiyalanayotgan bolalar uchun yaratilgan sharoitlar sifatini baholashning minimal standartlari” va “Yetim va ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar uchun muassasalardagi minimal majburiy standartlar” uslubiy yoʻriqnomani ishlab chiqish. 2. Mazkur yoʻriqnoma asosida Vasiylik va homiylik organlari hamda yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar uchun taʼlim-tarbiya va davolash-sogʻlomlashtirish muassasalari faoliyatini tashkil qilish. 3. Tutingan oilalar va davlat muassasalarida tarbiyalanayotgan bolalarning taʼlim-tarbiyasi, rivojlanishi, taʼminoti sifati samaradorligini oshirish. |
|
15. |
Ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning huquqlarini himoya qilish |
2019-yil noyabr |
Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi, |
Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi Xalq taʼlimi sohasidagi islohotlarga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari |
1. Yetim va ota-ona qaramogʻidan mahhrum boʻlgan bolalarning huquqlarini himoya qilishda vasiylik va homiylik organlari faoliyatini uslubiy taʼminlash. 2. Vasiylik va homiylik belgilanishiga muhtoj bolalarni oilaga joylashtirishning muqobil shakllarini rivojlantirish. |
|
16. |
Tutingan oila va bolaning ijtimoiy va psixologik moslashuvini taʼminlash maqsadida ijtimoiy, psixologik-pedagogik kuzatib borish mexanizmi — dasturini ishlab chiqish. |
2019-yil noyabr |
Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi, |
Jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari |
1. Bolalarni tutingan oilaga moslashuvi boʻyicha kompleks ijtimoiy, psixologik-pedagogik va konsultativ xizmatlar koʻrsatish mexanizmini tartibga solish. 2. Bolalarning tutingan oilalardan muassasalarga qaytishining oldini olish choralarini kuchaytirish. |
|
17. |
Vasiylik va homiylik organlari mutaxassislari va ijtimoiy xodimlar uchun ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni oilaga joylashtirishning muqobil shakllarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻquv seminarlarini tashkil etish. |
Reja asosida |
Xalq taʼlimi vazirligi, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi, |
- |
Bolalarni oilaga joylashtirishning muqobil shakllarini rivojlantirishda vasiylik va homiylik organlari mutaxassislari va ijtimoiy xodimlarning kasbiy mahorati (salohiyati)ni oshirish. |
|
18. |
Kasbiy salohiyatli tutingan (foster) oilalarni tashkil etish boʻyicha chet el tajribasini tahlil qilish va oʻrganish. |
2019-yil dekabr |
Xalq taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, |
Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi Xalq taʼlimi sohasidagi islohotlarga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari |
1. Kasbiy salohiyatli tutingan (foster) oilalarni tashkil etish boʻyicha chet el tajribasini tahlil qilish va oʻrganish maqsadida manfaatdor vazirlik, idoralar 2. Ishchi guruh tomonidan kasbiy salohiyatli tutingan (foster) oilalar masalasiga taalluqli AQSh va Yevropa davlatlarining tajribasini joyiga borib oʻrganishni tashkil etish. 3. Ishchi guruhning xizmat safari bilan bogʻliq xarajatlar uchun tegishli mablagʻlar ajratish. 4. Oʻrganish yakunlari boʻyicha Oʻzbekistonda yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni joylashtirishning oilaviy shakllarining turlarini kengaytirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar belgilash. |
|
19. |
Kasbiy salohiyatli tutingan (foster) oilalar tajribasini pilot tarzida joriy qilish. |
2020-yil mart oyidan boshlab Muntazam ravishda |
Xalq taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi, “Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot instituti, Adliya vazirligi, |
Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi Xalq taʼlimi sohasidagi islohotlarga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari |
Yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar uchun faoliyati tugatilayotgan taʼlim-tarbiya, davolash-sogʻlomlashtirish muassasalari tarbiyachilaridan kasbiy salohiyatli tutingan (foster) tarbiyachilar sifatida foydalanishni yoʻlga qoʻyish. |
|
V. Institutsional muassasalar tarbiyalanuvchilarining oilaviy muhitda reyintegratsiyalashuvi | |||||
|
20. |
“Bolalar uylari”, “Bolalar shaharchalari”, “Mehribonlik” uylari, “SOS — Oʻzbekiston bolalar mahallalari” uyushmasi tizimidagi muassasalar tarbiyalanuvchilarini qondosh oilalariga qaytarish yoki tutingan oilalarga joylashtirishga yoʻnaltirilgan ishlarni faollashtirish. |
2019-yil noyabrdan boshlab muntazam ravishda |
Xalq taʼlimi vazirligi, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi |
Respublika budjeti mablagʻlari |
1. Institutsional muassasalar tarbiyalanuvchilarining oilaviy muhitga reyintegratsiyalashuvi boʻyicha ilmiy-uslubiy bazani mustahkamlash. 2. Ijtimoiy xodimlarga, pedagog-tarbiyalanuvchilarga, psixologlarga ota-onalar bilan ishlash, ota-onalarni izlash, qarindoshlik munosabatlarini tiklash, hissiy bogʻlanganlik hissini shakllantirish, ota-onaning bolani oilaga qaytarib olishga tayyorlash, bolalarni oilaviy hayotda yashashga tayyorlash kabi ijtimoiy ish koʻnikmalarini oʻrgatish. 3. Bolani oilaga qaytarish/joylashtirishda oilaning imkoniyatlarini va mahalliy resurslarni aniqlash va qoʻllab-quvvatlash. 4. Ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolani oilaga qabul qilishi mumkin boʻlgan oilalarni tanlash, ularni ijtimoiy, psixologik-pedagogik jihatdan tayyorlash. 5. Ota-onalar masʼuliyatini oshirish, ota-ona va bolalar munosabatlarini tiklash va bolalarni ota-onasiga qaytarish ishlarini faollashtirish. |
|
21. |
Oila muhitiga berilgan (reyintegratsiyalangan) bolalarning moslashish, rivojlanish darajasini ijtimoiy-psixologik jihatdan oʻrganish. |
Har 6 oyda bir marotaba |
Xalq taʼlimi vazirligi, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi, “Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot instituti |
- |
1. Bolaning qondosh oilasiga qayta moslashish yoki oila oʻrnini bosuvchi tutingan oilada muvaffaqiyatli moslashish darajasini aniqlash. 2. Oila oʻrnini bosuvchi tutingan oilalarning ijtimoiy, psixologik-pedagogik kuzatuvini tashkil qilish. |
|
VI. Institutsional muassasalarni tugatish va qayta tashkil etish | |||||
|
22. |
Oila institutini mustahkamlash, ijtimoiy yetimlikning oldini olish, shuningdek, “Mehribonlik” uylarini bosqichma-bosqich kam komplektli Bolalar shaharchalariga hamda muassasalarning boshqa muqobil shakllariga oʻtkazish. |
2020 — 2023-yillar |
Xalq taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi, |
Respublika ?yudjeti mablagʻlari, imtiyozli xorijiy kreditlar va grantlar, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari |
1. Institutsional muassasalarga kelib tushayotgan bolalar sonini qisqartirish. 2. “Mehribonlik” uylarini tarbiyalanuvchilar sonidan kelib chiqib maqbullashtirish. 3. Respublika boʻyicha “Mehribonlik” uylarini bosqichma-bosqich kam komplektli Bolalar shaharchalariga aylantirish: 2020-yilda 2 ta; 2021-yilda 4 ta; 2022-yilda 6 ta; 2023-yilda 7 ta. 4. Faoliyati tugatilgan muassasa pedagog xodimlari tarkibidan yoki vasiylik va homiylik organida bolani oilaga tarbiyalashga qabul qilish istagini bildirgan shaxslar orasidan kasbiy salohiyatli tutingan oilalarning tashkil etilishini yoʻlga qoʻyish. |
|
23. |
Institutsional muassasalarni kunduzgi tashrif markazlari, krizis markazlari, oila va bolalarni qoʻllab-quvvatlash markazlari, moslashuv markazlari, oilaga joylashtirish xizmatlari, dam olish markazlari sifatida qayta tashkil etish ishlarini rejali bajarish. |
2022-yil iyul |
Xalq taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi, “Sen yolgʻiz emassan” Respublika jamoatchilik bolalar jamgʻarmasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar |
Respublika budjeti mablagʻlari, imtiyozli xorijiy kreditlar jismoniy |
1. Yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar uchun faoliyati modernizatsiyalashtirilgan taʼlim-tarbiya, davolash-sogʻlomlashtirish muassasalarida koʻrsatilishi mumkin boʻlgan yangi xizmatlarni rejalashtirish. 2. Institutsional muassasalarni bosqichma-bosqich ijtimoiy xizmatlar koʻrsatuvchi krizis markazlari, oila va bolalarni qoʻllab-quvvatlash markazlari, moslashuv markazlari, oilaga joylashtirish xizmatlari, dam olish markazlariga aylantirish (oʻzgartirish). |
|
24. |
Xodimlarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va ish bilan taʼminlash yuzasidan tegishli choralar koʻrish. |
2020 — 2023-yillar |
Xalq taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi |
Respublika budjeti mablagʻlari, imtiyozli xorijiy kreditlar va grantlar |
1. Tugatilayotgan muassasalar xodimlarini kasbga qayta tayyorlash va ishga joylashtirish masalalarini hal qilish. 2. Yangi tipda tashkil etilgan muassasalarda bolalar va oilalar bilan ishlashda kasbiy tajribaga ega mahoratli xodimlarni ish bilan taʼminlash. |
2-ILOVA
ILOVA
|
|
Ijrochilar |
|
Tadbirlar |
|
Muddatlar | |
|
|
|
| ||||
|
|
|
|
|
|
|
|
|
1-bosqich |
|
Vasiylik va homiylik organi |
|
Aholi oʻrtasida bolani oilaga joylashtirishning ustuvorligi, ular uchun nomzod vasiy va homiylarni izlash boʻyicha ommaviy targʻibot-tashviqot ishlarini amalga oshirish. Bolalarni oilaga qabul qilishning shakllari, tartibi haqida fuqarolarni xabardor qiladi. |
|
Muntazam |
|
|
|
| ||||
|
|
|
|
|
|
|
|
|
2-bosqich |
|
Bolalarni tarbiyalash uchun oilaga qabul qilish istagini bildirgan fuqarolar |
|
Oʻzining yashash joyi boʻyicha vasiylik va homiylik organiga bolani oilaga tarbiyaga olish uchun nomzod sifatida hisobga olinishini soʻrab ariza bilan murojaat qiladi. |
|
Xohishiga qarab |
|
|
|
| ||||
|
|
|
|
|
|
|
|
|
3-bosqich |
|
Vasiylik va homiylik organi |
|
1. Bolani tarbiyalash uchun oilasiga qabul qilish istagini bildirgan fuqarolardan ularning turmush va taʼminot sharoitlarini oʻrganib chiqadi hamda bu haqda tegishli dalolatnoma tuzadi.
2. Oʻrganish yakunlari boʻyicha bolani tarbiyalash uchun oilasiga qabul qilish istagini bildirgan fuqaroning nomzod boʻla olishi mumkinligi toʻgʻrisida xulosa tayyorlaydi. |
|
Ariza qabul qilingan kundan boshlab yetti kun mobaynida
Uch kun mobaynida |
|
|
|
| ||||
|
|
|
|
3-ILOVA
ILOVA
|
Tutingan ota-onalarni tayyorlash kursidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi | |||||||
| | | |
|
| | | |
| | | | | | | ||
| | | | | | | | |
| | | |
SERTIFIKAT |
| | | |
| ____________________________________________________________________________________________ | |||||||
|
(tinglovchining familiyasi, ismi, otasining ismi) | |||||||
| | 20____ yil___________ dan 20________ gacha | | | ||||
| __________________________________________________________________________________________da | |||||||
|
(Davlat tarbiya muassasasining nomi) | |||||||
| jami_____________________________________________________________________________________soatli ____________________________________________________________________________________________ | |||||||
| | | |
(kursning nomi) |
| | | |
| | | | | | | | |
| | |
bo`yicha tayyorlov kursini tugatdi. |
| | |||
| | | | | | | | |
| | Muhr o`rni | | | | | | |
|
Tayyorlov kurs rahbari _________________ |
| | | | |||
|
Sana _________________ Qayd raqami __________ |
| | | | |||
TAVSIFI