Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Hisob palatasi toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 24-avgustdagi “Davlat va xoʻjalik boshqaruvi hamda mahalliy ijroiya hokimiyati organlarining ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va sanoat tarmoqlarida kooperatsiya aloqalarini jadallashtirishning yangi tizimini joriy etish boʻyicha masʼuliyatini yanada oshirish toʻgʻrisida”gi PQ-4426-son qaroriga muvofiq:
Belgilansinki, 1-ilovaning 1-bandi, 2-bandining “b” kichik bandi, 5, 6 va 9-bandlari 2020-yil 1-yanvardan eʼtiboran kuchga kiradi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlari 2020-yil 1-yanvardan 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 18-sentabr,
PF-5831-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 18-sentabrdagi PF-5831-son Farmoniga
1-ILOVA
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF–5147-son Farmoniga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-avgustdagi PF-6300-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 06/21/6300/0834-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-avgustdagi PF-6300-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 06/21/6300/0834-son)
4. 5-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
5. Quyidagi mazmundagi 51-band bilan toʻldirilsin:
“51. Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi xodimlariga lavozim maoshlariga nisbatan quyidagi koeffitsiyentlar qoʻllanilgan holda har oylik ustamalar belgilansin:
qonun hujjatlarida belgilangan ragʻbatlantiruvchi qoʻshimcha haq va ustamalarni hisoblashda lavozim maoshi tarkibiga kiritiladigan alohida mehnat sharoitlari uchun 0,2 miqdorida;
uzoq muddatli uzluksiz ish staji uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi xodimlari uchun belgilangan miqdorlarda”.
6. 6-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-avgustdagi PF-6300-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 06/21/6300/0834-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-avgustdagi PF-6300-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 06/21/6300/0834-son)
9. 3-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 18-sentabrdagi PF-5831-son Farmoniga
2-ILOVA
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim hujjatlari
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 25-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi farmonlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi PF-3587-son Farmoniga ilovaning 4-bandi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 8-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi PF-4631-son Farmoniga ilovaning 29-bandi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 18-yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi PF-5306-son Farmoniga 1-ilovaning 2-bandi “v” kichik bandi va 3-bandi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-oktabrdagi “Oliy darajadagi tashriflar davomida imzolangan hujjatlarni, shuningdek, strategik ahamiyatga ega xoʻjalik jamiyatlari va korxonalar ishtirokidagi investitsiya loyihalarini amalga oshirish samaradorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5565-son Farmoniga 2-ilovaning 1, 4, 5 va 8-bandlari.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 7-sentabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi faoliyatini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-460-son qarori.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 27-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi PQ-1539-son qarori.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.09.2019-y., 06/19/5831/3773-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 06/21/6300/0834-son)