30.08.2019 yildagi PF-5806-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Farmoni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasida kosmik faoliyatni rivojlantirish to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mamlakatda amalga oshirilayotgan mavjud ilmiy-texnologik yo‘nalishlarni kengaytirish va talab yuqori bo‘lgan yangi yo‘nalishlarni yaratishga qaratilgan faol investitsiya siyosati, shuningdek, aholining turmush darajasi va sifatini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan dasturiy chora-tadbirlar innovatsiyalar, nano-texnologiyalar, atom energetikasi, kosmik sanoat kabi hali foydalanilmagan yuqori ilmiy hajmdor, texnologik va keng ko‘lamli faoliyat yo‘nalishlaridan foydalanishni talab etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasida mashinasozlik sohasida kosmik tadqiqotlar va texnologiyalarni rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan muhim ilmiy-texnik, sinov-ishlab chiqarish, tajriba-izlanish salohiyati, yetarli intellektual va kasbga doir resurslar, muayyan bazaviy kosmik infratuzilma mavjud.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shu bilan birga, mamlakatda qishloq va suv xo‘jaligi, ekologiya, telekommunikatsiya, geologiya-qidiruv, kartografiya, meteorologiya, seysmologiya va shaharsozlik sohalarining samaradorligini oshirish imkoniga ega bo‘lgan erni masofadan turib zondlash, yo‘ldosh aloqa, navigatsiya tizimlari kabi kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar sohasida faoliyat deyarli amalga oshirilmayapti.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mamlakatning yanada barqaror rivojlanishi, jumladan iqtisodiyotning turli sohalarida innovatsion kosmik texnologiyalardan foydalanish orqali mavjud ilmiy-texnik salohiyatni samarali amalga oshirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi xavfsizligini ta’minlash maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi (keyingi o‘rinlarda — “O‘zbekkosmos” agentligi) tashkil etilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-maydagi PF-76-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.05.2023-y., 06/23/76/0296-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Quyidagilar “O‘zbekkosmos” agentligining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar sohasida yagona davlat siyosati va strategik yo‘nalishlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasida kosmik tarmoqni rivojlantirishning davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kosmik faoliyat, kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar sohasida qonun hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash, shu jumladan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kosmik faoliyat sohasining lozim darajada rivojlanishi, sohaga tegishli va u bilan bog‘liq ishlar, xizmat ko‘rsatishning bajarilishini ta’minlash maqsadida kosmik faoliyat sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kosmik tarmoq infratuzilmasi, kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar, ilmiy-izlanish, tajriba-konstruktorlik va innovatsion ishlarni rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kosmik faoliyatning barcha yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlarni, jumladan yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalarida tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
stratosfera va boshqa uchuvchisiz uchish apparatlari, shuningdek erni masofadan turib zondlash va yo‘ldoshli aloqa kosmik apparatlarini qo‘llagan holda davlat organlariga masalalarni hal etish samaradorligini oshirishda ko‘maklashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijiy investitsiyalar va ilg‘or texnologiyalarni kosmik faoliyat sohasiga, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida jalb qilish maqsadida manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda xalqaro moliya institutlari, donor-mamlakatlar, kompaniyalar va banklar bilan hamkorlikni rivojlantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kosmik va yo‘ldosh texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish uchun mahalliy tijorat tuzilmalari, ishlab chiqaruvchilar va moliya resurslarining keng jalb etilishini ta’minlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kosmik faoliyatning ayrim yo‘nalishlari tijoratlashtirilishini rag‘batlantirish.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-maydagi PF-76-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.05.2023-y., 06/23/76/0296-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. 2019-2020-yillarda O‘zbekiston Respublikasida kosmik tarmoqni rivojlantirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi faoliyatini tashkil etish bo‘yicha Hukumat qarorini qabul qilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. “O‘zbekkosmos” agentligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2019-yil 1-noyabrga qadar O‘zbekiston Respublikasining “Kosmik faoliyat to‘g‘risida”gi Qonuni loyihasini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2020-yil 1-iyulga qadar 2020 — 2030-yillar davomida O‘zbekiston Respublikasida kosmik tarmoqni rivojlantirish davlat dasturi (keyingi o‘rinlarda — Dastur) loyihasini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Dastur loyihasini ishlab chiqishda quyidagi masalalarni hal etishga alohida e’tibor qaratilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasida kosmik tarmoqni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish bo‘yicha yaxlit ko‘rishni ishlab chiqish va strategik vazifalarni samarali hal qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sanoat va ekologik xavfsizlikning yuqori darajasini ta’minlovchi zamonaviy ilg‘or texnologiyalarni qo‘llagan holda kosmik tarmoq va tegishli infratuzilma obyektlarini qurish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oliy ta’lim muassasalarida hamda o‘quv markazlarida kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar sohasi mutaxassislarini tayyorlashni tashkil etish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. “O‘zbekkosmos” agentligi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda kosmik faoliyatni rivojlantirish uchun imtiyozli kreditlar va grantlarni jalb qilish maqsadida Dastur doirasidagi loyiha takliflari pasportini O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga kelgusida xalqaro moliya institutlari va boshqa xorijiy donorlar bilan ko‘rib chiqish uchun taqdim etsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risidagi takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2019-yil 30-avgust,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PF-5806-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-avgustdagi PF-5806-son Farmoniga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2019-2020-yillarda O‘zbekiston Respublikasida kosmik tarmoqni rivojlantirish bo‘yicha
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“YO‘L XARITASI”
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddatlari

Ijro ustidan nazoratni tashkil etish

ijro uchun mas’ullar

nazorat uchun Vazirlar Mahkamasidagi

mas’ullar

I. Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar sohasida qonunchilik bazasini shakllantirish

1.

“O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini ishlab chiqish va kiritish.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi

2019-yil

10-sentabr

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Sodiqov),

“O‘zbekkosmos” agentligi,
Moliya vazirligi (Ishmetov),

Adliya vazirligi (Davletov)

S. Abdullayev,
I. Umarov

2.

O‘zbekiston Respublikasining “Kosmik faoliyat to‘g‘risida”gi Qonuni loyihasini ishlab chiqish va kiritish.

O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi

2019-yil

1-noyabr

“O‘zbekkosmos” agentligi,

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Sodiqov),

Fanlar akademiyasi (Yuldashev),

Mudofaa vazirligi (Qurbonov),

Innovatsion rivojlanish vazirligi

(Abdurahmonov),

Adliya vazirligi (Davletov),

manfaatdor vazirlik

va idoralar

S. Abdullayev,
I. Umarov

3.

2020 — 2030-yillarda O‘zbekiston Respublikasi kosmik tarmog‘ini rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish va kiritish.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi

2019-yil

1-dekabr

“O‘zbekkosmos” agentligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Sodiqov),

Fanlar akademiyasi

(Yuldashev),

Mudofaa vazirligi (Qurbonov),

Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abdurahmonov), “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi (Abdullayev),

Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi (Islomov),

Favqulodda vaziyatlar vazirligi (Qo‘ldoshev), manfaatdor vazirlik
va idoralar

S. Abdullayev,
I. Umarov

4.

“Yerni masofadan turib zondlash to‘g‘risida” va “Kosmik faoliyatning alohida turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi nizomlarning loyihalarini ishlab chiqish va kiritish.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi

2020-yil
1-fevral

O‘zbekkosmos” agentligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sodiqov),

Fanlar akademiyasi (Yuldashev),

Mudofaa vazirligi (Qurbonov),

Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abdurahmonov), “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi (Abdullayev),

Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi (Islomov),

Adliya vazirligi (Davletov),

manfaatdor vazirlik

va idoralar

S. Abdullayev,
I. Umarov

5.

2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasida kosmik tarmoqni rivojlantirish davlat dasturini ishlab chiqish va kiritish.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi

2020-yil

1-iyul

“O‘zbekkosmos” agentligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sodiqov),

Fanlar akademiyasi (Yuldashev),

Mudofaa vazirligi (Qurbonov),

Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abdurahmonov), “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi (Abdullayev),

Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi (Islomov),

Favqulodda vaziyatlar vazirligi (Qo‘ldoshev), manfaatdor vazirlik
va idoralar

S. Abdullayev,
I. Umarov

II. Yer usti kosmik infratuzilmasini rivojlantirish

6.

“Nevich” yig‘ish-sinov kompleksi (Toshkent viloyati, Parkent tumani, Nevich qishlog‘i) va boshqa obyektlarni “O‘zbekkosmos” agentligi tasarrufiga o‘tkazish masalasini ishlab chiqish.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi

2019-yil

1-oktabr

“O‘zbekkosmos” agentligi, Axborot texnologiyalari
va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sodiqov),

Fanlar akademiyasi (Yuldashev),

Mudofaa vazirligi (Qurbonov),

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (Haydarov),

manfaatdor vazirlik
va idoralar

S. Abdullayev,
I. Umarov

7.

Xorijiy kosmik apparatlardan erni masofadan turib zondlash ma’lumotlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri qabul qilish stansiyasini xarid qilish masalasini ishlab chiqish.

Tahliliy

ma’lumotnoma

2020-yil

1-yanvar

“O‘zbekkosmos” agentligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Umurzoqov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xodjayev),

Moliya vazirligi (Ishmetov),
Davlat bojxona qo‘mitasi (Azimov)

S. Abdullayev,
I. Umarov

8.

Antennani montaj qilish uchun “Nevich” obyektida maydoncha va beton ustunlarni tayyorlash, xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar, operatorlar va dasturchilar uchun bino qurish.

Tashkiliy
chora-tadbirlar

2020-yil

1-may

“O‘zbekkosmos” agentligi,

Axborot texnologiyalari

va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sodiqov),

Qurilish vazirligi (Zokirov),

Moliya vazirligi (Ishmetov)

S. Abdullayev,
Sh. Abidov

9.

Vazirlik va idoralarning geoaxborot materiallariga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish uchun erni masofadan turib zondlash stansiyasining ma’lumotlari bazasida Toshkent shahrida “O‘zbekkosmos” agentligi tizimida Geoaxborot texnologiyalari davlat markazini yaratish.

Tashkiliy
chora-tadbirlar

2020-yil

1-avgust

“O‘zbekkosmos” agentligi,

Adliya vazirligi (Davletov),

Axborot texnologiyalari

va kommunikatsiyalarin� rivojlantirish vazirligi (Sodiqov),

Moliya vazirligi (Ishmetov)

S. Abdullayev,
I. Umarov

10.

Vazirlik va idoralarning talabnomalariga muvofiq ularni kerakli kosmik tasvirlar bilan ta’minlash.

Tashkiliy
chora-tadbirlar

2020-yil

1-sentabr

“O‘zbekkosmos” agentligi

S. Abdullayev,
I. Umarov

11.

Mamlakat kosmik tarmog‘ida mahsulotlar ishlab chiqarish va iste’molchilarga, shu jumladan davlat tuzilmalariga xizmatlar ko‘rsatish uchun ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish.

Tashkiliy
chora-tadbirlar

2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasida kosmik tarmoqni rivojlantirish davlat dasturi doirasida

“O‘zbekkosmos” agentligi,

Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abdurahmonov),

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xodjayev), manfaatdor vazirlik
va idoralar

S. Abdullayev,
I. Umarov

12.

Quyidagilardan tashkil topgan ishlab chiqarish klasterini yaratish:

shu jumladan elektr energiyasi yetkazib berilmaydigan, borish qiyin bo‘lgan hududlarda, shuningdek, fermerlar va boshqa iste’molchilar uchun o‘rnatiladigan ixcham VSAT stansiyalarining elektr ta’minoti uchun zarur bo‘lgan, 5 dan 1 000 kVt gacha quvvatga ega mini fotoelektrik stansiyalarni tayyorlash bo‘yicha sex;

kompozit materiallar (ugleplastik, shisha �lastik materiallar va ulardan yasalgan buyumlar)ni ishlab chiqarish sexi;

yo‘ldoshli navigatsiya asboblari
va yer ustida foydalanish qurilmalarini ishlab chiqarish va yig‘ish sexi.

Tashkiliy
chora-tadbirlar

2020-yil

1-may

“O‘zbekkosmos” agentligi,

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Umurzoqov),

Axborot texnologiyalari

va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sodiqov),

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xodjayev),

Moliya vazirligi (Ishmetov)

S. Abdullayev,
I. Umarov

13.

Kosmik faoliyatni tijoratlashtirish va tarmoqqa investitsiyalarni jalb etish masalalarini ishlab chiqish.

Tahliliy

ma’lumotnoma

2020-yil

1-dekabr

“O‘zbekkosmos” agentligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazi?li?i (Umurzoqov),

Axborot texnologiyalari

va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sodiqov),

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xodjayev),

Moliya vazirligi (Ishmetov)

S. Abdullayev,
I. Umarov

14.

Mahalliy tijorat tuzilmalari va ishlab chiqaruvchilarni kosmik va yo‘ldoshli texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishga keng jalb etish masalasini ishlab chiqish.

Tashkiliy
chora-tadbirlar

2020-yil

1-dekabr

“O‘zbekkosmos” agentligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xodjayev),

Axborot texnologiyalari

va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sodiqov),

Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abdurahmonov), Savdo-sanoat palatasi (Ikramov)

S. Abdullayev,
I. Umarov

15.

Yerni masofadan turib zondlash va kosmik aloqa milliy yo‘ldoshli komplekslarni yaratish masalasini ishlab chiqish.

Tahliliy

ma’lumotnoma

2020-yil

1-dekabr

“O‘zbekkosmos” agentligi, Axborot texnologiyalari

va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sodiqov),

manfaatdor vazirlik
va idoralar

S. Abdullayev,
I. Umarov

16.

Telekommunikatsiyalar, erni masofadan turib zondlash, mudofaa va xavfsizlikni ta’minlashning alohida masalalarini hal etish uchun xorijiy hamkorlar bilan birgalikda stratosfera uchish apparatlari (dirijabllar va uchuvchisiz uchish apparatlari)dan foydalanish imkoniyati bo‘yicha masalani ishlab chiqish.

Tahliliy

ma’lumotnoma

2020-yil

1-dekabr

“O‘zbekkosmos” agentligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Umurzoqov),

Axborot texnologiyalari

va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sodiqov),

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xodjayev),

Moliya vazirligi (Ishmetov), manfaatdor vazirlik
va idoralar

S. Abdullayev,
I. Umarov

III. Kosmik tarmoqni rivojlantirish uchun kadrlarni tayyorlash tizimini tashkil etish

17.

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Toshkent shahridagi Inxa universiteti, Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetlarida malakali kadrlarni tayyorlashni tashkil etish.

Tahliliy

ma’lumotnoma

2019-yil

1-dekabr

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Majidov), “O‘zbekkosmos” agentligi, Axborot texnologiyalari
va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sodiqov)

K. Rizayev,

S. Abdullayev,
I. Umarov

18.

Xorijiy oliy ta’lim muassasalari, o‘quv markazlari hamda Rossiya Federatsiyasi, Koreya va Fransiyaning ishlab chiqarish korxonalarida kadrlarni tayyorlash, tajriba o‘tashlari masalasini ishlab chiqish.

Tahliliy

ma’lumotnoma

2019-yil

1-dekabr

“O‘zbekkosmos” agentligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Majidov),
Tashqi ishlar vazirligi (Kamilov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sodiqov),

Fanlar akademiyasi (Yuldashev),

Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abdurahmonov)

S. Abdullayev,
I. Umarov

IV. Xalqaro hamkorlik

19.

Xalqaro kosmik faoliyatni tartibga soluvchi BMT konvensiyalari va boshqa xalqaro huquqiy hujjatlarni ratifikatsiya qilish masalasini ko‘rib chiqish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorining loyihasi

2020-yil

1-yanvar

“O‘zbekkosmos” agentligi, Tashqi ishlar vazirligi (Kamilov),

Axborot texnologiyalari

va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sodiqov),

Adliya vazirligi (Davletov)

S. Abdullayev,
I. Umarov

20.

O‘zbekiston Respublikasi Hukum�ti bilan Rossiya Federatsiyasi Hukumati o‘rtasida kosmik fazoni tadqiq etish va undan tinch maqsadlarda foydalanish yuzasidan hamkorlik to‘g‘risida bitimni tuzish tartib-tamoyillarini yakunlash.

Tashkiliy
chora-tadbirlar

2019-yil

1-oktabr

“O‘zbekkosmos” agentligi, Tashqi ishlar vazirligi (Kamilov),

Axborot texnologiyalari

va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sodiqov)

S. Abdullayev,
I. Umarov

21.

O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qozog‘iston Respublikasi Hukumati o‘rtasida kosmik fazoni tadqiq etish va undan tinch maqsadlarda foydalanish yuzasidan hamkorlik to‘g‘risida bitimni tuzish tartib-tamoyillarini yakunlash.

Tashkiliy
chora-tadbirlar

2019-yil

1-oktabr

“O‘zbekkosmos” agentligi, Tashqi ishlar vazirligi (Kamilov),

Axborot texnologiyalari

va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sodiqov)

S. Abdullayev,
I. Umarov

22.

O‘zbekiston Respublikasi va xorijiy mamlakatlar (Hindiston, Koreya va Fransiya) o‘rtasida kosmik fazoni tadqiq etish va undan tinch maqsadlarda foydalanish yuzasidan hamkorlik to‘g‘risida amaldagi bitim/memorandumlarni amalga oshirish uchun vakolatli organ etib “O‘zbekkosmos” agentligini belgilash.

Tashkiliy
chora-tadbirlar

2019-yil

1-noyabr

Tashqi ishlar vazirligi (Kamilov),

“O‘zbekkosmos” agentligi, Axborot texnologiyalari

va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sodiqov)

S. Abdullayev,
I. Umarov

V. Kosmik tarmoq yutuqlarini keng yoritish

23.

O‘zbekiston kosmik tarmog‘i va o‘zaro bog‘liq tarmoqlar yutuqlarini yoritish orqali mavzuga oid mavjud teleko‘rsatuvlarni takomillashtirish.

Tashkiliy
chora-tadbirlar

Har chorakda

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (Xadjayev),
“O‘zbekkosmos” agentligi, Fanlar akademiyasi (Yuldashev),

“Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi (Abdullayev),
Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi (Islomov),

Favqulodda vaziyatlar vazirligi (Qo‘ldoshev),

manfaatdor vazirlik
va idoralar

A. Jo‘raboyev,

S. Abdullayev,
I. Umarov

24.

Kosmik tarmoq yutuqlari va xorijiy mamlakatlarning turli sohalarida kosmik texnologiyalarning qo‘llanishini namoyish etuvchi mavzuga oid ruknlarni tayyorlash.

Tashkiliy
chora-tadbirlar

Har chorakda

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (Allamjonov),
“O‘zbekkosmos” agentligi

A. Jo‘rabayev,

S. Abdullayev,
I. Umarov

(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.08.2019-y., 06/19/5806/3678-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.05.2023-y., 06/23/76/0296-son)