07.06.2019 yildagi PQ-4353-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Avtomobil transportida yuklarni xalqaro tashishni yanada rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[Koʻchirma]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi yillarda avtomobilda yuklarni xalqaro tashish sohasida xorijiy davlatlar bilan oʻzaro hamkorlik qilish masalalarini tartibga solish boʻyicha shartnomaviy-huquqiy bazani takomillashtirish, milliy tashuvchilarning katta hajmli yuk avtotransport vositalari parkini yangilash va modernizatsiya qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va transport xizmatlari xalqaro bozorida ularning raqobatbardoshligini oshirishga yoʻnaltirilgan salmoqli chora-tadbirlar koʻrildi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shu bilan birga respublikaning oʻsib borayotgan eksport salohiyati va eksport qilinadigan mahsulotlar qiymatida transport xarajatlarini maqbullashtirish zarurati katta hajmli yuk avtotransport vositalari parki quvvatini oshirish, mahalliy tashuvchilar faoliyatini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar koʻrilishini talab etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Milliy tashuvchilarning katta hajmli yuk avtotransport vositalari parkini yanada yangilash va modernizatsiya qilish uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish, ichki va tashqi bozorlarda ularning raqobatbardoshligini oshirish, shuningdek, tadbirkorlik subyektlarining tashqi savdo faoliyatini transport-logistik taʼminlash tizimini takomillashtirish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi va Moliya vazirligining 2019 — 2021-yillar davrida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasidan avtomobil transportida yuklarni xalqaro tashiydigan tadbirkorlik subyektlariga quyidagilarni berishni nazarda tutuvchi avtomobilda xalqaro yuk tashish uchun foydalaniladigan mahalliy va chet elda ishlab chiqarilgan katta hajmli yuk avtotransport vositalari, tirkamalar va yarim tirkamalarni sotib olishda milliy tashuvchilarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tartibini joriy etish:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tijorat banklarining jalb etiladigan kreditlari boʻyicha foiz xarajatlarini qoplashga, milliy valyutadagi kreditlar boʻyicha — tijorat banklari tomonidan belgilangan stavkaning 25 foizi miqdorida, biroq 5 foizli punktdan koʻp boʻlmagan miqdorda, xorijiy valyutadagi kreditlar boʻyicha — tijorat banklari tomonidan belgilangan stavkaning 40 foizi, biroq 3 foizli punktdan koʻp boʻlmagan miqdorda kompensatsiya berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tijorat banklarining kreditlari boʻyicha kredit summasining 50 foizigacha, biroq 2 mlrd soʻmdan koʻp boʻlmagan miqdorda kafillik berish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2019 — 2021-yillar davrida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasiga ushbu bandda koʻrsatilgan maqsadlar uchun zarur mablagʻlarning bosqichma-bosqich ajratilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Belgilansinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishlab chiqarilgan paytidan boshlab 4 yildan ortiq muddat oʻtmagan katta hajmli yuk avtotransport vositalari, shuningdek, ishlab chiqarilgan paytidan boshlab 6 yildan ortiq muddat oʻtmagan tirkamalar va yarim tirkamalar tijorat banklari tomonidan ularni kreditga sotib olishda har ikki tomonning roziligi bilan garov taʼminoti sifatida qabul qilinishi mumkin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
soliq solish maqsadida yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan maksimal massasi 12 tonnadan ortiq boʻlgan yuk avtomobillari (samosvallardan tashqari), shatakchi avtomobillar, shuningdek, maksimal massasi 10 tonnadan ortiq boʻlgan tirkamalar va yarim tirkamalarning yillik eng yuqori amortizatsiya normasi 10 foizni tashkil etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
milliy tashuvchilarga sotish uchun katta hajmli yuk avtotransport vositalari, tirkamalar va yarim tirkamalarni import qilish texnik topshiriqlarni Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarni kompleks ekspertiza qilish markazi” DUKda majburiy ekspertiza qilmasdan va roʻyxatdan oʻtkazmasdan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Belgilansinki, bitta avtotransport vositasi hisobiga yuk tashish boʻyicha xizmatlar eksportidan bir yilda 20 000 AQSH dollaridan ortiq tushum olgan milliy tashuvchilarga ularning arizasi boʻyicha xalqaro tashishlarda foydalaniladigan har bir avtotransport vositasiga choraklar boʻyicha taqsimlangan ruxsatnomalar soni doirasida avtomobilda xalqaro tashishga aniq bir davlatning 2 tagacha ruxsatnomasi beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda, tashuvchi tomonidan oldingi hisobot yilida avtomobilda xalqaro tashishga olingan xorijiy va/yoki koʻp tomonlama ruxsatnomalar sonining kamida 70 foizidan foydalanilganligi ushbu norma qoʻllanishining majburiy sharti hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Xorijiy va (yoki) koʻp tomonlama ruxsatnoma berilganligi uchun yigʻim miqdori ruxsatnoma berilgan sanada Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining toʻrtdan birigacha pasaytirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Milliy tashuvchilarga (rezidentlarga):
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) norezidentlardan Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida naqd xorijiy valyutani transport ekspeditsiyasi shartnomalari (yuklarni tashish) boʻyicha haq toʻlash hisobiga olishga, olingan summani Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklarida ochilgan oʻzining xorijiy valyutadagi talab qilib olinguncha depozit hisob raqamlariga oʻtkazishga ruxsat berilsin. Bunda, xalqaro tovar-transport yuk xati xalqaro tashishlar bajarilganligining tasdigʻi hisoblanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) yuklarni avtomobilda xalqaro tashiydigan haydovchilarga xizmat safarida, shu jumladan, yoʻlda boʻlgan vaqtda ular tomonidan turar joy ijarasi va sutkalik xarajatlarni har bir sutka uchun tasdiqlaydigan hujjatlarni taqdim etmasdan umumiy toʻlov shaklida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlgan vaqt uchun — belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizigacha;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida boʻlgan vaqt uchun — 60 AQSH dollarigacha boʻlgan miqdorda qoplashga ruxsat berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Transport vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda 2019 — 2021-yillar davrida ishlab chiqarilgan paytidan boshlab 4 yildan ortiq muddat oʻtmagan mahalliy va chet elda ishlab chiqarilgan katta hajmli yuk avtotransport vositalari, tirkamalar va yarim tirkamalarni, shu jumladan, lizing asosida sotib olishni moliyalashtirish uchun har yili xorijiy moliyaviy institutlarning kamida 100 mln AQSH dollari miqdoridagi uzoq muddatli kredit resurslarini jalb etish choralarini koʻrsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. “JV MAN — Auto Uzbekistan” MCHJ QK va “MAN Truck and Bus AG” (Germaniya) kompaniyasi oʻrtasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mamlakatimizda ishlab chiqarilgan shatakchi avtomobillarning ichki va tashqi bozorlardagi raqobatbardoshligini oshirish maqsadida ular qiymatini optimallashtirish doirasida avtotransport vositalarini ishlab chiqarish uchun Germaniya tomonidan butlovchi buyumlar va uzellarga 10 foiz miqdorida chegirma berilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishlab chiqarilgan paytidan boshlab 4 yildan ortiq muddat oʻtmagan, Yevropada ishlab chiqarilgan “MAN” rusumli katta hajmli yuk avtotransport vositalari markazlashtirilgan tartibda yetkazib berilishi va Oʻzbekiston Respublikasi hududida toʻlaqonli servis xizmati taʼminlanishi toʻgʻrisida ahdlashuvga erishilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. “Oʻzavtosanoat” AJning “JV MAN — Auto Uzbekistan” MCHJ QK va “UzAuto Trailer” tomonidan ishlab chiqarilgan yangi mahsulotlar mahsulot qiymatiga inflyatsiya darajasi doirasida tuzatish kiritish imkoniyati bilan ikki yilgacha muddat bilan toʻlovni foizsiz boʻlib-boʻlib toʻlash shartlarida sotish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Transport vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga 1957-yil 30-sentabrda Jeneva shahrida imzolangan Xavfli yuklarni avtomobilda xalqaro tashish toʻgʻrisidagi Yevropa bitimiga Oʻzbekiston Respublikasining qoʻshilishi boʻyicha taklif kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Moliya vazirligi Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha toʻlovlarni kafolatlash jamgʻarmasi bilan birgalikda uch oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga milliy tashuvchilarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida “Yashil xarita” xalqaro tizimi boʻyicha sugʻurta polislarini sotib olish uchun shart-sharoitlarni nazarda tutadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi ikki oy muddatda Yevro-3, Yevro-4, va Yevro-5 standartli dizel yoqilgʻisini import qilish va Oʻzbekiston Respublikasi hududida sotish uchun tadbirkorlik subyektlarini va xorijiy kompaniyalarni ularning faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratilgan holda jalb etish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar koʻrsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari avtomobilda xalqaro yuk tashuvchi milliy tashuvchilarning buyurtmanomalari boʻyicha harakatlanadigan tarkibni saqlash, texnik xizmat koʻrsatish va taʼmirlash uchun moʻljallangan avtotransport korxonalarini joylashtirish uchun foydalanilmayotgan binolarni belgilangan tartibda berishni taʼminlasin.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-oktabrdagi PF-6320-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2021-y., 06/21/6320/0940-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Transport vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Logistika markazlari va yoʻlboʻyi infratuzilmasi obyektlarining integratsiyalashtirilgan tarmogʻini rivojlantirish konsepsiyasi hamda uni amalga oshirish boʻyicha Tadbirlar rejasi loyihalarini kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikki oy muddatda yuk tashishlarning potensial buyurtmachilarini tizimli xabardor qilish uchun umumtarqalgan elektron tizimlarda foydalaniladigan avtotransport vositalarining asosiy tavsiflari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mavjud boʻlgan milliy tashuvchilarning yagona reyestri shakllantirilishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritilishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oldin qabul qilingan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlarning ushbu qarorga muvofiqlashtirilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining oʻrinbosari N.S. Otajonov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2019-yil 7-iyun,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-4353-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-iyundagi PQ-4353-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-dekabrdagi “2018 — 2022-yillarda transport infratuzilmasini takomillashtirish va yuk tashishning tashqi savdo yoʻnalishlarini diversifikatsiyalash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3422-son qarori 4-bandining birinchi xatboshida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Avtomobillarda xalqaro yuk tashishni amalga oshirayotgan” soʻzlari “Yillik tushumida xalqaro yuk tashish xizmatlari eksporti ulushi 50 va undan yuqori foizni tashkil etadigan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“transport-logistika kompaniyalari” soʻzlaridan oldin “tovarlarni tashishni tashkil etish, omborga joylashtirish, saqlash, ishlov berish va tarqatish bilan shugʻullanuvchi” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-martdagi “Avtomobil transportini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3589-son qarori 11-bandining ikkinchi xatboshida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“mamlakatimizda ishlab chiqarilib” soʻzlari “mamlakatimizda yangi ishlab chiqarilib” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasiga undiriladigan yigʻimlar” soʻzlari “avtotransport yigʻimlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.06.2019-y., 07/19/4353/3257-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2021-y., 06/21/6320/0940-son)