29.11.2016 yildagi PQ-2664-son
ONLINE TRANSLATE
Norasmiy tarjima
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Toshkent metropoliteni Sergeli yoʻnalishi qurilishi” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent shahrining transport infratuzilmasini yanada takomillashtirish, Toshkent metropoliteni yoʻnalishlarini rivojlantirish va kengaytirish, metropolitenda yoʻlovchi qatnovini oshirish va Sergeli tumanida yer usti jamoat transporti yuklamasini kamaytirish, shuningdek, ekologiyani yaxshilash va atrofmuhitni muhofaza qilish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Toshkent shahar hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Arxitektura va qurilish davlat qoʻmitasi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning 2017 — 2020-yillar davomida Toshkent metropoliteni Sergeli yoʻnalishini qurish (keyingi oʻrinlarda — loyiha) orqali Toshkent metropoliteni yoʻnalishlarini yanada kengaytirish va rivojlantirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Hisoblangan qiymati 170,1 mln AQSh dollari ekvivalentiga teng boʻlgan “Toshkent metropoliteni Sergeli yoʻnalishi qurilishi” loyihasini amalga oshirishning moliyalashtirish manbalari etib quyidagilar belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2017 — 2020-yillar davrida Oʻzbekiston Respublikasining Investitsiya dasturi parametrlarida har yili koʻzda tutiladigan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining 70,1 mln AQSh dollari ekvivalentiga teng mablagʻlari hisobidan markazlashtirilgan investitsiyalar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
import uskunalar, xomashyo, materiallar va butlovchi buyumlarni xarid qilish, zarur hollarda, qurilish ishlarini ekspertizadan oʻtkazish, kuzatib borish va texnik nazoratni amalga oshirish, xorijiy pudrat tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladigan maxsus qurilish-montaj ishlarini bajarish va loyihani roʻyobga chiqarish doirasidagi boshqa valyuta xarajatlarini, shuningdek, pudrat qurilish tashkilotlarini taʼminlash uchun uskuna va texnikalarni xarid qilishni moliyalashtirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi tomonidan taqdim etiladigan, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan 15 yil muddatga, shu jumladan 4 yillik imtiyozli davr bilan, bankning 0,25 foiz marjasini hisobga olgan holda yillik 2,25 foiz stavkada qayta moliyalashtiriladigan 35,1 mln AQSh dollari miqdoridagi kredit;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan 64,9 mln AQSh dollari miqdoridagi qarzlar va boshqa manbalar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ loyihaning samarali amalga oshirilishi, Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining jalb qilinadigan kreditlari maqsadli va samarali foydalanilishi uchun masʼul ijro etuvchi organ hisoblanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining kreditlariva jalb qilinadigan qarzlar boʻyicha asosiy qarzni, foizlar va komissiyalarni toʻlash tegishli operatsiyani amalga oshirish sanasida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursi boʻyicha milliy valyutada Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziriga loyihani amalga oshirish uchun jalb etiladigan Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining qayta moliyalashtiriladigan kreditlari boʻyicha “Toshkent metropoliteni” DUKning Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki oldidagi majburiyatlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi davlat kafolatlarini belgilangan tartibda taqdim qilish vakolati berilsin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-oktabrdagi PF-234-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.10.2022-y., 06/22/234/0935-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. “Toshkent metropoliteni Sergeli yoʻnalishi qurilishi” loyihasini amalga oshirish doirasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ — buyurtmachi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Boshtransloyiha” AJ — bosh loyiha tashkiloti;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning tarkibiy boʻlinmalarini jalb qilgan holda “Koʻprikqurilish” tresti” UK — bosh pudrat tashkiloti etib belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Toshkent metropoliteni Sergeli yoʻnalishini loyihalashtirish va qurish masalalari boʻyicha ishchi guruh ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishchi guruh (B.I. Zakirov) zimmasiga loyihani amalga oshirish bilan bogʻliq barcha masalalar kompleksini oʻz vaqtida va tezkor hal qilish boʻyicha vazirlik va idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish, ilgʻor energiya va resurs tejamkor texnologiyalarni qoʻllashni hisobga olgan holda texnik topshiriqlarni ishlab chiqish hamda loyiha va qurilish-montaj ishlarini bajarish sifatiga alohida eʼtibor qaratish funksiyasi yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ 2018-yil 1-yanvarga qadar “Toshkent metropoliteni Sergeli yoʻnalishi qurilishi” loyihasining texnik-iqtisodiy hisob-kitobini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJga istisno tariqasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2018-yil 1-sentabrga qadar mazkur loyihani loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish bilan bir vaqtda amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyihani amalga oshirish doirasida, zarur hollarda, barpo etilayotgan Toshkent metropoliteni Sergeli yoʻnalishidan foydalanishning ishonchliligi va xavfsizligi talablari bajarilishini taʼminlashni inobatga olgan holda harakat tarkibi turini va loyiha yechimlarini aniqlash, loyihani amalga oshirish ishlarini kuzatib borish va texnik nazoratni amalga oshirish uchun malakali mustaqil xorijiy ekspertlarni va chet el injiniring kompaniyalarini hamda ixtisoslashtirilgan xorijiy pudrat tashkilotlarini tanlov asosida jalb qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishlab chiqaruvchi zavodlar yoki ularning rasmiy dilerlari (distribyutorlari) bilan uskuna va materiallar, ehtiyot qismlar, butlovchi buyumlar va uzellarni yetkazib berish boʻyicha tender savdolarini oʻtkazmasdan, eng yaxshi takliflarni tanlab olish asosida, import shartnomalari boʻyicha vakolatli organlarda ekspertizadan oʻtkazish va yuklashdan oldingi inspeksiyadan oʻtkazish orqali shartnomalar tuzish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki bilan birgalikda loyihaning texnik-iqtisodiy hisob-kitobi tasdiqlangunga qadar ekspertizadan oʻtgan import shartnomalari boʻyicha, shuningdek, loyihani amalga oshirish doirasida mahalliy pudrat tashkilotlari va yetkazib beruvchilar bilan tuzilgan shartnomalar boʻyicha moliyalashtirishni ochish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyihani amalga oshirish va kafolat muddati davrida, vakolatli organlarda ekspertizadan oʻtkazilgan shartnomalar shartlariga muvofiq — loyihani amalga oshirish doirasida xorijiy kompaniyalar tomonidan olib kiriladigan maxsus transport vositalari, avtotransport vositalari, mashina va mexanizmlar, uskunalar, jihozlar, butlovchi qismlar, uzellar va asbob-uskunalarni davriy bojxona toʻlovlarini toʻlamasdan, “vaqtinchalik olib kirish” bojxona rejimiga joylashtirishga ruxsat berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “Toshkent metropoliteni Sergeli yoʻnalishi qurilishi” loyihasini amalga oshirish uchun ajratiladigan resurslar boʻyicha belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi davlat kafolati berilishini taʼminlagan holda, xorijiy banklar va Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklari mablagʻlarini jalb qilish choralarini koʻrsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, “Oʻzbekenergo” AJ, “Oʻzbekneftgaz” MXK qurilish zonasiga tushgan tegishli muhandislik kommunikatsiyalarini oʻz mablagʻlari hisobidan koʻchirish va ulash, shuningdek, loyiha doirasida loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq, tashqi muhandislik kommunikatsiyalarini ularning uzluksiz ishlashini hisobga olgan holda ulash ishlarini amalga oshirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Oʻzbekiston Respublikasi Arxitektura va qurilish davlat qoʻmitasi “Toshkent metropoliteni Sergeli yoʻnalishi qurilishi” loyihasini amalga oshirish doirasida shaharsozlik hujjatlarini belgilangan tartibda davlat ekspertizasidan oʻtkazishni taʼminlasin va amalga oshiriladigan qurilish-montaj ishlari sifati ustidan davlat arxitektura-qurilish nazoratini oʻrnatsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. “Toshkent metropoliteni Sergeli yoʻnalishi qurilishi” loyihasini amalga oshirish doirasida uning barcha ishtirokchilari 2021-yil 1-yanvarga qadar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyihani amalga oshirishda ishtirok etayotgan pudrat qurilish tashkilotlarini taʼminlash uchun moʻljallangan, respublikada ishlab chiqarilmaydigan, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxatlar boʻyicha olib kiriladigan maxsus transport vositalari, yoʻl-qurilish texnikasi, mashinalar, mexanizmlar, uskunalar, xomashyo, materiallar, ehtiyot qismlar, butlovchi qismlar, uzellar, texnologik hujjatlar, asbob-uskunalar, shu jumladan maxsus yoʻl-qurilish texnikasi va jihozlaruchun bojxona toʻlovlari (bojxona yigʻimlaridan tashqari)toʻlashdan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tovarlar, ishlar (xizmatlar), shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari tomonidan koʻrsatilayotgan ishlar (xizmatlar) uchun — qoʻshilgan qiymat soligʻidan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublika yoʻl jamgʻarmasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Umumtaʼlim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, kapital taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar va yigʻimlardan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyihani amalga oshirish doirasiga xarid qilinadigan mol-mulk uchun soliqlardan ozod etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Belgilansinki, “Toshkent metropoliteni Sergeli yoʻnalishi qurilishi” loyihasini amalga oshirish doirasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, uning tarkibiy boʻlinmalari va loyiha ishtirokchilari oʻrtasida begʻaraz asosda beriladigan mol-mulklar qoʻshilgan qiymat soligʻi, yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi, shuningdek, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻi boʻyicha soliq solish obyekti hisoblanmaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xodimlarni bepul ovqatlantirish qiymati yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi, qoʻshilgan qiymat soligʻi va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi boʻyicha soliq solinadigan bazaga kiritilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, “Oʻzbekneftgaz” MXK, “Oʻzmetkombinat” AJ va “Oʻzqurilishmateriallari” AJ ishchi hujjatlar parametrlarini hisobga olgan holda, buyurtmachi tomonidan taqdim etiladigan asoslantirilgan hisob-kitoblar boʻyicha loyihani amalga oshirish uchun zarur boʻlgan: sement, metall prokat va yoʻl uchun moʻljallangan bitumni tartibga solinadigan narxlar boʻyicha, yoqilgʻi-moylash materiallarini esa shartnomaviy narxlarda ajratish va yetkazib berishni taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. “Oʻzbekenergo” AJ, Toshkent shahar hokimligi Toshkent shahri Sergeli tumanida yuqori kuchlanishli elektr podstansiyasini qurish loyihasini ishlab chiqishda loyihalashtirilayotgan Toshkent metropoliteni Sergeli yoʻnalishining elektr energiyasi isteʼmoli va energiya quvvati hajmlarini hisobga olsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi buyurtmachining asoslantirilgan hisob-kitoblari boʻyicha 2016-yilda loyiha-qidiruv va tayyorgarlik ishlarini bajarish uchun kapital qoʻyilmalarni ajratish toʻgʻrisidagi takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xalqaro moliya institutlari, tashkilotlari va donor mamlakatlar bilan hamkorlik qilish, yirik va strategik muhim investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari boʻyicha idoralararo kengashga kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “Toshkent metropoliteni” DUK buyurtmanomalariga koʻra, mazkur loyihani amalga oshirishda ishtirok etadigan xorijiy mutaxassislar uchun kirish vizalari konsullik hamda boshqa yigʻimlar undirilmasdan rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-oktabrdagi PF-234-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.10.2022-y., 06/22/234/0935-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “Toshkent metropoliteni” DUK buyurtmanomalariga koʻra, mazkur loyihani amalga oshirishda ishtirok etadigan xorijiy mutaxassislar uchun davlat boji undirmagan holda koʻp martalik vizalar muddati uzaytirilishini, shuningdek, ularning vaqtincha yashash joyida vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazilishi hamda vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazish muddati uzaytirilishini taʼminlasin.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-oktabrdagi PF-234-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.10.2022-y., 06/22/234/0935-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi “Toshkent metropoliteni” DUK buyurtmanomalariga koʻra, mazkur loyihani amalga oshirishda ishtirok etadigan yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni Oʻzbekiston Respublikasiga jalb qilish uchun ruxsatnomalar belgilangan tartibda berilishini (muddati uzaytirilishini),shuningdek, mazkur xorijiy mutaxassislarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati olib borish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarning berilishini (muddati uzaytirilishini) taʼminlasin.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-oktabrdagi PF-234-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.10.2022-y., 06/22/234/0935-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Toshkent shahar hokimligi “Toshkent metropoliteni Sergeli yoʻnalishi qurilishi” loyihasini amalga oshirish doirasida mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir oy muddatda loyiha-smeta hujjatlarini taqdim etilishiga qarab — zarur bino va inshootlarni qurish uchun yer uchastkalari ajratish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Toshkent metropoliteni” UK buyurtmanomalariga koʻra, yoʻllarni yopish, aylanma avtomobil yoʻllarini va boshqa zarur inshootlarni qurish orqali qurilish maydonlarini boʻshatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyihada koʻzda tutilgan muddatlarda — binolarni buzish, qurilish ishlari olib boriladigan hududda yashayotgan aholini koʻchirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer uchastkalarini ajratish va aholini koʻchirish uchun qonun hujjatlarida taqiqlanmagan moliyalashtirish manbalarini jalb qilgan holda kompensatsiya taqdim etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sugʻorish suv quvurlarini, irrigatsiya lotoklarini va tashqi yoritish inshootlarini qurishni inobatga olgan holda tutash hududlarni obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirishni taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2016-yil 29-noyabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-2664-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 29-noyabrdagi PQ-2664-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent metropoliteni Sergeli yoʻnalishini loyihalashtirish va qurish masalalari boʻyicha ishchi guruh
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TARKIBI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

B.I. Zakirov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Ishchi guruh rahbari

A.J. Ramatov

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi, Ishchi guruh rahbari oʻrinbosari

B.A. Xodjayev

iqtisodiyot vazirining birinchi oʻrinbosari

R.A. Gulyamov

Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi ijrochi direktori

R.J. Usmanov

Toshkent shahar hokimi

M.M. Mirzayev

moliya vazirining oʻrinbosari

B.M. Nizomov

mehnat vazirining oʻrinbosari

B.Y. Raimov

Davlat bojxona qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari

A.Y. Xaydarov

Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki raisining birinchi oʻrinbosari

M.I. Shodiyev

Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisining oʻrinbosari

A.S. Nurutdinov

“Oʻzmetkombinat” AJ bosh direktori

A.S. Sultanov

“Oʻzbekneftgaz” MXK raisi

B.K. Zaripov

“Oʻzqurilishmateriallari” AJ raisi

X.N. Xasilov

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ bosh menejeri — bosh muhandisi

O.N. Xudoykulov

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisining oʻrinbosari — “Toshkent metropoliteni” UK boshligʻi

R.X. Mirzaaxmedov

“ToshkentboshplanLITI” DUK direktori

Y.D. Magrupov

“OʻzGAShKLITI” DUK direktori

R.V. Ruziyev

“Boshtransloyiha” AJ direktori

Sh.T. Solixodjayev

“Toshmetroqurilish” MChJ direktori

A.A. Zakirov

“Toshkent metroproyekt” MChJ direktori

N.E. Maksumov

Vazirlar Mahkamasining Kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari ATD mudiri, Ishchi guruh kotibi

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh: Ishchi guruh aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga mazkur lavozimlarga yangidan tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.