OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI KAPITAL BOZORINI RIVOJLANTIRISH AGENTLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BOSH PROKURATURASI HUZURIDAGI IQTISODIY JINOYATLARGA QARSHI KURASHISH DEPARTAMENTINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BOSH PROKURATURASI HUZURIDAGI IQTISODIY JINOYATLARGA QARSHI KURASHISH DEPARTAMENTINING
Qarori
“Qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchilari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalarini tasdiqlash haqida”gi qarorga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 10-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2033-3]
Oʻzbekiston Respublikasining “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi, “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi qonunlari va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 23-maydagi PF-5446-son “Budjet mablagʻlaridan foydalanish samaradorligini tubdan oshirish va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish mexanizmlarini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi, 2019-yil 14-yanvardagi PF-5630-son “Davlat aktivlarini boshqarish, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish tizimini va kapital bozorini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2009-yil 13-oktabrdagi 2009-43, 38-son (roʻyxat raqami 2033, 2009-yil 3-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 45-son, 491-modda) bilan tasdiqlangan “Qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchilari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalarini tasdiqlash haqida”gi qaroriga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.
Kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktori A. NAZIROV
Toshkent sh.,
2019-yil 26-iyun,
2019-39-son
Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻi D. RAXIMOV
Toshkent sh.,
2019-yil 26-iyun,
20-son
Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2019-yil 26-iyundagi 2019-39 va 20-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
“Qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchilari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalarini tasdiqlash haqida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Nomi va 1-banddagi “va terrorizmni moliyalashtirishga” degan soʻzlar “, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Qoidalarda:
a) nomi va muqaddimadagi “va terrorizmni moliyalashtirishga” degan soʻzlar “, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
b) 1-bandda:
oʻninchi xatboshidagi “va (yoki) terrorizmni moliyalashtirish” degan soʻzlar “, terrorizmni moliyalashtirishga va (yoki) ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
oʻn ikkinchi xatboshi qoʻyidagi tahrirda bayon etilsin:
“maxsus vakolatli davlat organi — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti;”;
oʻn uchinchi xatboshisidagi “va terrorizmni moliyalashtirish” degan soʻzlar “, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
oʻn toʻrtinchi xatboshi qoʻyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Agentlik — Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi;”;
quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“pul mablagʻlarini yoki boshqa mol-mulkni ishga solmay toʻxtatib qoʻyish — pul mablagʻlarini yoki boshqa mol-mulkni oʻtkazishni, konversiyalashni, tasarruf etishni yoxud koʻchirishni taqiqlash;
ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxs — Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan tan olingan, ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishini oldini olishga qaratilgan BMT Xavfsizlik Kengashining rezolyutsiyalari hamda boshqa xalqaro-huquqiy hujjatlari bilan belgilangan jismoniy yoki yuridik shaxs;
terrorchilik faoliyatida ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxs — terrorchilik faoliyatida ishtirok etayotgan yoxud ishtirok etishda gumon qilinayotgan, terrorchilik faoliyatini amalga oshirayotgan yoxud amalga oshirishda gumon qilinayotgan tashkilotning bevosita yoki bilvosita mulkdori boʻlgan yoxud uni nazorat qilayotgan jismoniy yoki yuridik shaxs, shuningdek terrorchilik faoliyatida ishtirok etayotgan yoxud ishtirok etishda gumon qilinayotgan jismoniy shaxsning yoxud tashkilotning mulkidagi yoki nazorati ostidagi yuridik shaxs;
Roʻyxat — terrorizmga, ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishga qarshi kurashishni amalga oshiruvchi davlat organlari va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa vakolatli organlaridan taqdim etilayotgan maʼlumotlar, shuningdek chet davlatlarning vakolatli organlari va xalqaro tashkilotlaridan rasmiy kanallar orqali taqdim etilayotgan maʼlumotlar asosida maxsus vakolatli davlat organi tomonidan tuzilgan terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar roʻyxati;
operatsiyalarni toʻxtatib turish — mijozning pul mablagʻlarini yoki boshqa mol-mulkni koʻchirish, konversiyalash, oʻzga shaxslarga egalik qilish va foydalanish uchun berish, shuningdek yuridik ahamiyatga ega boʻlgan boshqa harakatlarni bajarish toʻgʻrisidagi topshiriqnomalari ijrosini toʻxtatib turish;
yuqori mansabdor shaxslar — chet davlatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, maʼmuriy yoki sud organida yoxud xalqaro tashkilotda doimiy, vaqtincha yoki maxsus vakolat boʻyicha tayinlanadigan yoki saylanadigan, tashkiliy-boshqaruv funksiyalarni bajaradigan va yuridik ahamiyatga ega boʻlgan harakatlarni amalga oshirishga vakolat berilgan shaxslar;
offshor hudud — imtiyozli soliq rejimini taqdim qiluvchi va (yoki) moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishda ular haqidagi maʼlumotlarni oshkor etmaslikni va taqdim qilmaslikni koʻzda tutuvchi davlatlar va hududlar.”;
v) 2, 281 va 29-bandlardagi “va terrorizmni moliyalashtirishga” degan soʻzlar “, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
g) 4-bandda:
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“professional ishtirokchilar faoliyatida jinoiy faoliyatidan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish tavakkalchiliklarini aniqlash, baholash, hujjatlar bilan qayd etish va kamaytirish;”;
uchinchi xatboshidagi “va terrorizmni moliyalashtirishga” degan soʻzlar “, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshidagi “va terrorizmni moliyalashtirishga” degan soʻzlar “, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
d) 5-bandda:
uchinchi xatboshi qoʻyidagi tahrirda bayon etilsin:
“benefitsiar mulkdorlarni identifikatsiyalash, ularning shaxsini oʻrganish boʻyicha imkon qadar choralar koʻrish;”;
beshinchi xatboshidagi “Departamentga” degan soʻz “maxsus vakolatli davlat organiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Roʻyxatga kiritilgan shaxslarning operatsiyalarini toʻxtatib turish hamda bunday operatsiya haqida toʻxtatib turilgan kunning oʻzida maxsus vakolatli davlat organini xabardor etish;”;
yettinchi xatboshidagi “va terrorizmni moliyalashtirishga” degan soʻzlar “, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
oʻn birinchi xatboshi “faoliyatini moliyalashtirish” degan soʻzlardan keyin “va (yoki) ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
oʻn ikkinchi xatboshi “baholash” degan soʻzdan keyin “, hujjatlar bilan qayd etish” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“yuqori mansabdor shaxslar va ularning yaqin qarindoshlarining amalga oshirayotgan operatsiyalarini chuqur monitoring qilish;
Roʻyxat bilan solishtirish orqali operatsiya ishtirokchilari orasida terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslarni aniqlash.”;
e) 6-bandda:
birinchi xatboshidagi “va terrorizmni moliyalashtirishga” degan soʻzlar “, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi va beshinchi xatboshilaridagi “Departamentga” degan soʻz “maxsus vakolatli davlat organiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshidagi “va terrorizmni moliyalashtirish” degan soʻzlar “terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
j) 61-banddagi “va terrorizmni moliyalashtirishning”, “va terrorizmni moliyalashtirishga” va “Markaz” degan soʻzlar tegishli ravishda “, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishning”, “, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga” va “Agentlik” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
z) 8-banddagi “Markaz” va “Departamentga” degan soʻzlar tegishli ravishda “Agentlik” va “maxsus vakolatli davlat organiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
i) 9-bandda:
birinchi xatboshidagi “va terrorizmni moliyalashtirishga” degan soʻzlar “, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“mijozlarning ichki nazoratni amalga oshirish davomida aniqlangan shubhali operatsiyalari va xatti-harakatlari toʻgʻrisidagi xabarlarni maxsus vakolatli davlat organiga oʻz vaqtida yuborilishini, shuningdek, maxsus vakolatli davlat organining axborot taqdim etish toʻgʻrisidagi soʻrovlarining bajarilishini taʼminlaydi;”;
beshinchi xatboshidagi “mijozlarni” degan soʻz “mijozlar va ularning benefitsiar mulkdorlarini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
yettinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“maxsus vakolatli davlat organining vakolatli vakillari, tashkilotning ichki audit xizmati xodimlari va tashqi auditorlar tomonidan olib borilgan tekshiruvlar davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha monitoringni amalga oshiradi.”;
k) 11-bandda:
toʻrtinchi xatboshidagi “Departamentga” degan soʻz “maxsus vakolatli davlat organiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
toʻqqizinchi xatboshidagi “va terrorizmni moliyalashtirish” degan soʻzlar “, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
l) 12-bandning uchinchi xatboshisidagi “va terrorizmni moliyalashtirish” degan soʻzlar “, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
m) quyidagi mazmundagi 132 va 133-bandlar bilan toʻldirilsin:
“132. Mijozni lozim darajada tekshirish boʻyicha koʻriladigan chora-tadbirlar quyidagilarni oʻz ichiga olishi shart:
tegishli hujjatlar asosida mijozning va qaysi shaxslar nomidan ish koʻrayotgan boʻlsa, oʻsha shaxslarning shaxsini hamda vakolatlarini tekshirishni;
mijozning benefitsiar mulkdorini identifikatsiyalashni;
mijoz tomonidan amalga oshiriladigan amaliy ish munosabatlari va pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni ularning bunday mijoz va uning faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga muvofiqligini tekshirish maqsadida, doimiy asosda oʻrganishni.
133. Mijozni lozim darajada tekshirish boʻyicha mazkur Qoidalarning 132-bandida koʻrsatilgan choralarni koʻrish bilan birga, operatsiya ishtirokchisi yoki benefitsiar mulkdor sifatida qatnashayotgan yuqori mansabdor shaxslarga va ularning yaqin qarindoshlariga nisbatan professional ishtirokchilar:
yuqori mansabdor shaxsning mavqeyi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tekshirish va oʻtkazilayotgan operatsiyadagi pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulkni manbalarini aniqlash boʻyicha tegishli choralarni koʻrish;
yuqori mansabdor shaxs bilan amaliy ish munosabatlariga faqatgina professional ishtirokchilar rahbariyatining ruxsati bilan kirishish;
amaliy ish munosabatlarini monitoring qilib borishi lozim.”;
n) 181-bandda:
birinchi xatboshidagi “yoki terrorizmni moliyalashtirish” degan soʻzlar “, terrorizmni moliyalashtirish yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “Departament” va “Markazga” degan soʻzlar tegishli ravishda “maxsus vakolatli davlat organi” va “Agentlikka” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
o) 182-bandda:
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Roʻyxatga kiritilgan shaxslar yoxud Roʻyxatga kiritilgan shaxsning egaligi yoki nazoratidagi shaxslar, Roʻyxatga kiritilgan tashkilotning bevosita yoxud bilvosita mulkdori yoki nazorat qiluvchi shaxslar;”;
quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“yuqori mansabdor shaxslar va ularning yaqin qarindoshlari;”;
beshinchi — sakkizinchi xatboshilar tegishli ravishda oltinchi — toʻqqizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
yettinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“benefitsiar mulkdori ushbu bandning ikkinchi, uchinchi va beshinchi xatboshilarida koʻrsatilgan shaxs boʻlgan tashkilotlar;”;
p) 184-bandning birinchi xatboshisidagi “va terrorizmni moliyalashtirish” degan soʻzlar “, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
r) 21-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“21. Pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni oʻtkazish boʻyicha professional ishtirokchilar mijoz, mijozning benefitsiar mulkdori va operatsiya ishtirokchilarining identifikatsiya maʼlumotlarini Roʻyxat bilan solishtirishlari shart.
Pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalar kechiktirilmasdan va oldindan xabar qilinmasdan maxsus vakolatli davlat organiga xabar berilishi lozim, agarda:
mijoz yoki operatsiya ishtirokchilaridan birining barcha identifikatsiya maʼlumotlari Roʻyxatga kiritilgan shaxsning maʼlumotlari bilan toʻliq mos kelsa;
mijoz Roʻyxatga kiritilgan shaxs nomidan yoki uning topshirigʻiga binoan faoliyat koʻrsatayotgan boʻlsa;
operatsiyani amalga oshirishda foydalanayotgan pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk toʻliq yoki qisman Roʻyxatga kiritilgan shaxsga tegishli boʻlsa;
mijoz Roʻyxatga kiritilgan jismoniy yoki yuridik shaxsning mulkida yoki nazorat ostida boʻlsa.
Operatsiyani toʻxtatish va tiklash Terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar roʻyxatiga kiritilgan shaxslarning operatsiyalarini toʻxtatib qoʻyilgan, pul mablagʻlarini yoki boshqa mol-mulkini ishga solmay toʻxtatib qoʻyish, ishga solmay toʻxtatib qoʻyilgan mol-mulkidan foydalanishga ruxsat berish va operatsiyalarini tiklash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda (roʻyxat raqami 2833, 2016-yil 11-oktabr) belgilangan tartibda amalga oshiriladi.”;
s) 211-banddagi, 22-bandning ikkinchi xatboshisidagi, 24-banddagi va 25-bandning birinchi xatboshisidagi “Departamentga” degan soʻz “maxsus vakolatli davlat organiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
t) 23-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Shubhali operatsiyalar haqidagi maʼlumotlar professional ishtirokchilar tomonidan maxsus vakolatli davlat organiga shubhali operatsiya aniqlangan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmay, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 12-oktabrdagi 272-son qarori bilan tasdiqlangan Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bogʻliq axborotni taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom talablariga muvofiq maxsus vakolatli davlat organiga beriladi.”;
u) 27-banddagi “va terrorizmni moliyalashtirishga” va “Departamentga” degan soʻzlar “, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga” va “maxsus vakolatli davlat organiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
f) 271 va 28-bandlardagi “Markaz” va “Departament” degan soʻzlar “Agentlik” va “maxsus vakolatli davlat organi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.07.2019-y., 10/19/2033-3/3401-son)