Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.08.2024 02.07.2019 yildagi 547-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.08.2024
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xorijiy investorlar bilan ishlashni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli “Ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning barqarorligini taʼminlash, sifati va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining investitsiya imiji va investitsion jozibadorligini yanada yaxshilash, mamlakatning investitsion salohiyatidan xabardorlikni oshirish, shuningdek, xorijiy investorlar bilan ishlashni takomillashtirish va ularga koʻrsatiladigan xizmatlar sifatini yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Adliya vazirligi va Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasining Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzurida Xorijiy investorlarga koʻmaklashish guruhini (keyingi oʻrinlarda Xorijiy investorlarga koʻmaklashish guruhi deb ataladi) eksperiment tariqasida (tajriba loyihasi) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilar Xorijiy investorlarga koʻmaklashish guruhining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijiy investorlarga Oʻzbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, respublika iqtisodiy siyosatining asosiy yoʻnalishlari va ustuvorliklari, investitsiya muhiti va tashqi savdo rejimi, qabul qilinayotgan qonunchilik hujjatlarining mohiyati va ahamiyati toʻgʻrisida xolisona axborotni yetkazish maqsadida xorijiy investorlar orasida faol axborot-tushuntirish ishlari olib borish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijiy investorlarni mamlakatda biznesni yuritish shartlari toʻgʻrisida xabardor qilish, xorijiy va qoʻshma korxonalar tuzish va ular faoliyatini tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijiy investorlarni Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish qoidalari toʻgʻrisida xabardor qilish, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan oʻzaro munosabatlar masalalari boʻyicha ularga maslahatlar berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlarning murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonalari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va davlatning boshqa tashkilotlari bilan samarali oʻzaro hamkorlik qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
huquqiy masalalar boʻyicha malakali yordam olishda xorijiy investorlarga koʻmaklashish, huquqni muhofaza qiluvchi va sud organlari bilan oʻzaro hamkorlik qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijiy investorlarni protokol-tashkiliy taʼminlash chora-tadbirlarini koʻrish, ularning Oʻzbekiston Respublikasida boʻlishi dasturlarini ishlab chiqishda, kelishilgan tashrif dasturiga muvofiq tadbirlarni muvofiqlashtirishda ishtirok etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligidan Oʻzbekiston Respublikasiga kelayotgan xorijiy investorlarning roʻyxatini doimiy asosda olish, shuningdek, ularning oʻz vaqtida qabul qilinishi va kuzatib qoʻyilishini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijiy investorlarning yagona maʼlumotlar bazasini shakllantirish va doimiy ravishda yangilash, ularning hisobini yuritish, oʻzbekistonlik sheriklar bilan oʻzaro hamkorligini nazorat qilish va monitoring olib borish, hisobotlar tuzilishi va taqdim etilishini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijiy investorlar bilan doimiy aloqani taʼminlash, ular orasida koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini va xorijiy investorlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining investitsion jozibadorligi darajasi idrok etilishini aniqlash yuzasidan soʻrovlar oʻtkazish, mamlakatda investitsiya iqlimini yanada takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-apreldagi 195-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2022-y., 09/22/195/0319-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Belgilansinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xorijiy investorlarga koʻmaklashish guruhi xodimlarining umumiy soni ilovaga muvofiq 10 nafarni tashkil etadi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi, Tashqi ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi va Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi markaziy apparatining xodimlarini doimiy asosda xizmat safariga yuborish hisobiga shakllantiriladi (Xorijiy investorlarga koʻmaklashish guruhi rahbari bundan mustasno);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xorijiy investorlarga koʻmaklashish guruhi oʻz faoliyatini Islom Karimov nomidagi Toshkent shahar xalqaro aeroportining maʼmuriy binosida qonunchilikda belgilangan tartibda kecha-kunduz rejimida (almashish asosida) jadval boʻyicha amalga oshiradi (har bir smenada ikki nafar xodim). Bunda, Xorijiy investorlarga koʻmaklashish guruhining bir qismi (kunduzgi xodimlarning ikki xodimi) Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi binosida joylashtiriladi;
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xorijiy investorlarga koʻmaklashish guruhi xodimlariga asosiy ish joyi boʻyicha nazarda tutilgan ish haqi, ustamalar, mukofotlar, taqdirlash puli, martaba darajalari uchun qoʻshimcha haqlar saqlanib qoladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tashabbuskorlik, xizmat vazifalari halol va namunali ijro etilganligi uchun Xorijiy investorlarga koʻmaklashish guruhining tegishli xodimlariga uning rahbarining taqdimnomasi boʻyicha lavozim maoshiga 20 % miqdorida ustama qoʻllanilishi mumkin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xorijiy investorlarga koʻmaklashish guruhining rahbari Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi va oʻz faoliyatida unga hisobot beradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xorijiy investorlarga koʻmaklashish guruhining rahbari Guruh xodimlari faoliyatini muvofiqlashtiradi va Guruhga yuklangan vazifalar samarali bajarilishi uchun javob beradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xorijiy investorlarga koʻmaklashish guruhi xodimlari Guruhga yuklangan vazifalarni bajarishda Guruh rahbariga boʻysunadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi, Tashqi ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi va Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi rahbarlari bir hafta muddatda amaliy ish tajribasiga, yuksak axloqiy fazilatlarga ega boʻlgan, keng dunyoqarashli, chet tillarini va protokol amaliyotini biladigan vakolatli mutaxassislarni belgilangan tartibda Xorijiy investorlarga koʻmaklashish guruhi ixtiyoriga xizmat safariga yuborsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi bir hafta muddatda Islom Karimov nomidagi Toshkent shahar xalqaro aeroportining maʼmuriy binosidan Xorijiy investorlarga koʻmaklashish guruhi xodimlarini joylashtirish uchun bepul foydalanish huquqi bilan zarur shart-sharoitlarga ega boʻlgan tegishli xonani ajratsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xorijiy investorlarga koʻmaklashish guruhi uchun bitta xizmat avtotransport vositasi ajratilishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xorijiy investorlarga koʻmaklashish guruhi uchun ajratilgan Islom Karimov nomidagi Toshkent shahar xalqaro aeroportining maʼmuriy binosidagi xona zarur mebel, kompyuter texnikasi va inventar bilan jihozlanishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xorijiy investorlarga koʻmaklashish guruhi Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining budjetdan tashqari jamgʻarmasi mablagʻlari doirasida saqlanishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining buyurtmanomalari boʻyicha Xorijiy investorlarga koʻmaklashish guruhini, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlarning murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonalari bilan oʻzaro aloqa qilish uchun zarur aloqa vositalari taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Adliya vazirligi va Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bir hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Xorijiy investorlarga koʻmaklashish guruhi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi har chorakda hisobot davridan keyingi oyning 5-kunigacha boʻlgan muddatda Xorijiy investorlarga koʻmaklashish guruhi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari E.M. Ganiyev va Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2019-yil 2-iyul,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
547-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-iyuldagi 547-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xodimlari doimiy asosda Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Xorijiy investorlarga koʻmaklashish guruhi ixtiyoriga xizmat safariga yuboriladigan vazirliklar va idoralar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ROʻYXATI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Vazirlik/idoraning nomi

Koʻmaklashish guruhiga xizmat safariga yuboriladigan xodimlar soni

1.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

2

2.

Adliya vazirligi

2

3.

Tashqi ishlar vazirligi

1

4.

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi

1

5.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi

2

6.

Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi

2

HAMMASI:

10

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2019-y., 09/19/547/3371-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 19.04.2022-y., 09/22/195/0319-son)