25.06.2019 yildagi 523-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Ipoteka-bank” aksiyadorlik tijorat ipoteka bankini oʻzgartirish va uni Xalqaro moliya korporatsiyasi ishtirokida keyinchalik xususiylashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublikada bank tizimini isloh qilish boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar davlat ulushini kamaytirish va banklarni xususiylashtirish, shu jumladan xususiylashtirish jarayonlarida xorijiy investorlarga ishtirok etishga ruxsat berish orqali bank faoliyatiga bozor prinsiplarini joriy qilishni nazarda tutuvchi bank sohasini rivojlantirishning yangi bosqichini amalga oshirishga oʻtish sharoitlarini taʼminladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Amalga oshirilayotgan islohotlar doirasida “Ipoteka-bank” AKIB (keyingi oʻrinlarda Ipoteka-bank deb ataladi) tomonidan Xalqaro moliya korporatsiyasi (keyingi oʻrinlarda XMK deb ataladi) bilan hamkorlikda bankning korporativ boshqaruv samaradorligini va investitsion jozibadorligini oshirishga, shuningdek, Ipoteka-bank ustav kapitaliga XMK kreditlari va investitsiyalarini jalb qilish imkoniyatlarini ishlab chiqishga qaratilgan qator tadbirlar amalga oshirildi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
XMKning aksiyadorlar tarkibiga kiritilishi mumkinligi, shuningdek, Ipoteka-bankni oʻzgartirish jarayoni bank faoliyatini moliyaviy natijadorlikni oshirishga va ilgʻor xorijiy amaliyotni hisobga olgan holda zamonaviy biznes- modelni joriy etishga qayta yoʻnaltirishni nazarda tutadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ipoteka-bankning keyinchalik xususiylashtirish uchun raqobatbardoshligi va investitsion jozibadorligini sifat jihatidan oshirishni nazarda tutuvchi biznes-modelini samarali oʻzgartirishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ipoteka-bank va XMK tomonidan hamkorlik dasturi amalga oshirilayotgani va ushbu dastur doirasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
institutsional tub oʻzgarishlar va zamonaviy tijorat banki asoslarini yaratish bosqichlarini amalga oshirish imkonini beradigan bitimlar imzolangani, shuningdek, 2019-yil oxirigacha bankni oʻzgartirishning keyingi bosqichini amalga oshirish boʻyicha bitimlar tuzilishi nazarda tutilayotgani;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
XMK Ipoteka-bankka kredit koʻrinishida 35 mln AQSh dollari ekvivalenti (Oʻzbekiston soʻmida) miqdorida pul mablagʻlari taqdim etadigan bitimlar imzolanishi rejalashtirilayotgani hamda Ipoteka-bankning chiqariladigan oddiy aksiyalariga qoʻshimcha ravishda ushbu kredit boʻyicha XMK oldidagi qarzdorligining jami summasi yoki bir qismini konvertatsiya qilish imkoniyati berilayotgani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Belgilansinki, Ipoteka-bank faoliyatining mustaqilligini taʼminlash uchun 2020-yil oxirigacha quyidagilarni oʻz ichiga oladigan chora-tadbirlar amalga oshiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat aktivlarini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 26-apreldagi 356-son qarorining 1 va 2-bandlarida nazarda tutilgan bank kuzatuv kengashi va boshqaruvi aʼzoligiga koʻrsatiladigan va tayinlanadigan nomzodlarni davlat organlari hamda ularning rahbarlari bilan kelishish tartibini Ipoteka-bankka nisbatan tatbiq etmaslik;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bank kuzatuv kengashining yangi tarkibini davlat organlari rahbarlarining ishtirokisiz shakllantirish va mustaqil direktorlar sonini 5 nafarga yetkazish hamda Ipoteka-bank kuzatuv kengashi raisini mustaqil direktorlar orasidan saylash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ipoteka-bank rahbariyatini (ijro etuvchi organini) shakllantirish va Ipoteka-bankning bozor amaliyoti standartlari va ehtiyojlari asosida ijro etuvchi organ aʼzolarining (boshqaruv raisi va aʼzolari) mehnatiga haq toʻlash miqdorini bank kuzatuv kengashi tomonidan belgilash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyihalarni bozor sharoitlaridan kelib chiqqan holda kredit bilan taʼminlash va moliyalashtirish masalalari boʻyicha qarorlarni Ipoteka-bank tomonidan mustaqil qabul qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ipoteka-bank mablagʻlarini tijorat tashkilotlari ustav kapitallariga investitsiya ajratish uchun bank faoliyatiga xos boʻlmagan tarzda jalb qilishni taqiqlash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi boshqaruvida boʻlgan Ipoteka-bank ustav kapitalidagi davlat ulushini begʻaraz asosda bersin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Markaziy bank bilan birgalikda Ipoteka-bankni xususiylashtirish boʻyicha xususiylashtirish jarayonining asosiy bosqichlari hamda 2022-yil oxirigacha xususiylashtirish jarayonini amalga oshirishga doir tomonlar majburiyatlarini nazarda tutuvchi “yoʻl xaritasi”ni (keyingi oʻrinlarda Yoʻl xaritasi deb ataladi) XMK bilan kelishgan holda ikki oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflariga rozilik berilsin:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ipoteka-bankni xususiylashtirish va Yoʻl xaritasiga muvofiq 2023-yil oxirigacha bank ustav kapitalida davlat ulushini 50 foizdan kamaytirish;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi PQ-471-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.01.2023-y., 07/23/471/0001-son — 2023-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ipoteka-bank va XMK oʻrtasidagi kredit shartnomasida nazarda tutilgan shartlar asosida Ipoteka-bankning kredit boʻyicha XMK oldidagi qarzdorligining jami summasi yoki bir qismini bank tomonidan qoʻshimcha chiqariladigan oddiy aksiyalarga konvertatsiya qilish imkoniyati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ipoteka-bank Yoʻl xaritasida koʻrsatilgan muddatga qadar xususiylashtirilmaganda yoki ushbu qarorning 6-bandida qayd etilgan bitimlar shartlari bajarilmaganda, Ipoteka-bankning XMKga tegishli aksiyalarini qayta sotib olish boʻyicha davlat tomonidan majburiyatlarni qabul qilish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziriga Oʻzbekiston Respublikasi nomidan muzokaralar olib borish va XMK bilan quyidagi bitimlarni belgilangan tartibda tuzish vakolati berilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mazkur loyihani amalga oshirish boʻyicha tomonlar majburiyatlarini, jumladan, Ipoteka-bankda davlatning nazorat paketini kamaytirish tartibi, muddatlari va usullari hamda Ipoteka-bank faoliyatini tijoratlashtirishga erishish va uning operatsion mustaqilligini oshirish chora-tadbirlari koʻrsatilgan investitsiyalarni jalb qilish toʻgʻrisida bitim;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ipoteka-bank ustav kapitalidagi davlat ulushini XMK bilan kredit bitimining amal qilish muddati davomida kamida 50 foiz va bir dona aksiya miqdorida saqlashni nazarda tutuvchi ustav kapitali miqdorini saqlash toʻgʻrisidagi bitim, Yoʻl xaritasiga muvofiq davlatning oʻz majburiyatlarini bajarish holatlari bundan mustasno;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi va XMKning Ipoteka-bankni boshqarish boʻyicha vakolatlari aniq belgilangan holda, XMK tomonidan Ipoteka-bankning taqdim etilgan kredit boʻyicha XMK oldidagi qarzdorligining jami summasi yoki bir qismini Ipoteka-bankning imitatsiya qilingan oddiy aksiyalariga qoʻshimcha ravishda konvertatsiya qilish opsionini amalga oshirishda tuziladigan Ipoteka-bankiga nisbatan aksiyadorlik bitimi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat tomonidan Yoʻl xaritasi va bitimlar bajarilmaganda, Ipoteka-bankning XMKga tegishli aksiyalarini Ipoteka-bankning taqdim etilgan kredit boʻyicha XMK oldidagi qarzdorligining jami summasi yoki bir qismini Ipoteka-bankning imitatsiya qilingan aksiyasiga qoʻshimcha ravishda konvertatsiya qilish uchun XMK opsionini amalga oshirishda tuziladigan ushbu shartnomada belgilangan tartibda sotib olish boʻyicha davlat nomidan Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi majburiyatlarini oʻz ichiga oladigan aksiyalarni qayta sotib olish toʻgʻrisidagi shartnoma;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu loyiha va Yoʻl xaritasini amalga oshirish uchun zarur boshqa bitimlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Ipoteka-bankka oʻz investitsiya faoliyati natijasida hosil boʻlgan bank faoliyatiga xos boʻlmagan aktivlarini sotish tavsiya etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Belgilab qoʻyilsinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) Yoʻl xaritasi va bitimlar shartlari davlat tomonidan bajarilmagan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aksiyalarni qayta sotib olish toʻgʻrisidagi shartnomaga muvofiq aksiyalar qiymati toʻlanishini taʼminlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ipoteka-bankning XMKga tegishli aksiyalarini birja yoki birjadan tashqari tashkil qilingan savdolarga qoʻymasdan sotib olishda toʻgʻridan toʻgʻri shartnomalar tuzish huquqidan foydalanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining Ipoteka-banki ustav kapitalidagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Baliqchilik sohasini yanada rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 6-noyabrdagi PQ-4005-qaroriga muvofiq kiritilgan 50 mln AQSh dollari ekvivalentidagi ulushi Ipoteka-bankni xususiylashtirish jarayonida investorlarga sotiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bank raisi M.B. Nurmuratov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2019-yil 25-iyun,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
523-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2019-y., 09/19/523/3335-son; 01.01.2023-y., 07/23/471/0001-son)