Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.07.2026 07.06.2019 yildagi 467-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.07.2026
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oliy taʼlim muassasalari reytingini aniqlash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublika oliy taʼlim muassasalari reytingini aniqlash tartibini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oliy taʼlim muassasalari reytingini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oliy taʼlim muassasalari reytingini (keyingi oʻrinlarda reyting deb ataladi) aniqlashda quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oliy taʼlim muassasalarining ilmiy-pedagogik faoliyati darajasi, oʻquv-metodik ishlar, taʼlim sifati, talabalar va bitiruvchilar bilimini tavsiflovchi maʼlumotlar bazasini tizimli shakllantirish hamda ularni reyting indikatorlariga muvofiq baholash asosida har yili respublika oliy taʼlim muassasalari reytingini tuzish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jahondagi yetakchi reyting tashkilotlari bilan hamkorlik qilish va milliy oliy taʼlim muassasalarining dunyodagi nufuzli oliy taʼlim muassasalari reytingiga kirishida amaliy yordam koʻrsatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
reyting natijalari asosida respublika oliy taʼlim muassasalari faoliyati toʻgʻrisida tahliliy axborotni tayyorlash va uni oliy taʼlim muassasalarida taʼlim sifatini oshirishga qaratilgan aniq takliflar bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har yili reyting natijalarini keyingi oʻquv yili boshlanishidan kechiktirmay Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining rasmiy veb-saytida eʼlon qilish va ommaviy axborot vositalarida keng yoritib borish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ilgʻor xalqaro tajriba asosida va oliy taʼlimni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini hisobga olgan holda reyting tuzilmasiga zarur oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tegishli vazirliklar va idoralarning masʼul tarkibiy boʻlinmalari hamda oliy taʼlim muassasalarining taʼlim sifatini nazorat qilish boʻlimlari tomonidan reytingni aniqlashga doir maʼlumotlar toʻplanadi, tahlil qilinadi hamda har yili 1-fevralga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasiga taqdim etiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasiga kiritilayotgan reytingni aniqlashga doir maʼlumotlarning asoslanganligi, ishonchliligi va belgilangan muddatda taqdim etilishi uchun maʼlumotni kiritayotgan vazirliklar va idoralar hamda oliy taʼlim muassasalarining birinchi rahbariga shaxsiy javobgarlik yuklatiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
reyting natijalarini hisoblash Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining qoʻshma qarori bilan tasdiqlanadigan oliy taʼlim muassasalari reytingini hisoblash metodikasi asosida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Vazirlar Mahkamasining “Respublika oliy taʼlim muassasalari reytingini baholash tizimini joriy etish toʻgʻrisida” 2012-yil 29-dekabrdagi 371-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2013-y., 1-son, 10-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda ular qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari A.A. Abduxakimov, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻi U.N. Tashkenbayev hamda oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri I.U. Madjidov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2019-yil 7-iyun,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
467-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-iyundagi 467-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oliy taʼlim muassasalari reytingini aniqlash tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Nizom oliy taʼlim muassasalari reytingini (keyingi oʻrinlarda reyting deb ataladi) aniqlash tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ushbu Nizom talablari Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan xorijiy oliy taʼlim muassasalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oliy taʼlim muassasalari reytingi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda Davlat inspeksiyasi deb ataladi) tomonidan har yili xolislik, oshkoralik va adolat tamoyillariga amal qilingan holda aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oliy taʼlim muassasalari reytingini aniqlashni tashkil etish ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Reytingni aniqlashning maqsad va vazifalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oliy taʼlim muassasalari orasida sogʻlom raqobat muhitini shakllantirish, ularning ilmiy-pedagogik faoliyati darajasi va sifatini oshirishni ragʻbatlantirish, professor-oʻqituvchilarning ilmiy salohiyatidan samarali foydalanish, oʻqitish sifati boʻyicha xalqaro mezon va standartlarga muvofiq yuqori koʻrsatkichlarga erishishga hamda iqtisodiyotning real sektori tarmoqlari uchun yuqori malakali kadrlarni tayyorlashga zamin yaratish reytingni aniqlashning maqsadi hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Quyidagilar reytingni aniqlashning vazifalari hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oliy taʼlimni muntazam takomillashtirib borish asosida mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan malakali kadrlarni tayyorlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oliy taʼlim muassasalarida koʻrsatilayotgan taʼlim xizmatlari sifati, ulardagi ilmiy va oʻquv-tarbiya jarayonlari hamda imkoniyatlar haqida taʼlimni boshqarish boʻyicha vakolatli organlar, kadrlar buyurtmachilari va keng jamoatchilikni xolis axborotlar bilan taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oliy taʼlim muassasalarining dunyodagi reytingi yuqori boʻlgan oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorligini taʼminlash hamda ularning xalqaro standartlarga muvofiq yuqori koʻrsatkichlarga erishishiga koʻmaklashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
milliy reyting tizimida yuqori koʻrsatkichlarni qayd etgan oliy taʼlim muassasalarining dunyodagi nufuzli 500 talikka kiruvchi oliy taʼlim muassasalari roʻyxatiga kirishi uchun zarur chora-tadbirlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Reytingni aniqlashga oid maʼlumotlar bazasini shakllantirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Reytingni aniqlashga oid maʼlumotlar bazasini shakllantirish Davlat inspeksiyasi tomonidan hisobot yilidan keyingi yilning birinchi choragida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Davlat inspeksiyasi tomonidan maʼlumotlar bazasini shakllantirish maqsadida tegishli namunadagi jadvallar ishlab chiqiladi va reyting aniqlanayotgan yilning 20-dekabriga qadar tizimida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralarga hamda oliy taʼlim muassasalariga yetkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Vazirliklar va idoralar hamda oliy taʼlim muassasalari tomonidan reytingni aniqlashga oid maʼlumotlar asoslovchi hujjatlari bilan birgalikda 1-fevralga qadar Davlat inspeksiyasiga taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Asoslovchi hujjatlar taqdim etilmagan taqdirda, maʼlumotlar reytingni hisoblashda inobatga olinmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Reytingni aniqlashga oid maʼlumotlarning ishonchliligini taʼminlash maqsadida Davlat inspeksiyasi tomonidan ushbu maʼlumotlar 1-aprelga qadar tahlil qilinadi va dastlabki oʻrganilgan maʼlumotlar tanishib chiqish va tasdiqlash uchun 10-aprelga qadar oliy taʼlim muassasalariga yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Reytingni aniqlashga oid maʼlumotlar oliy taʼlim muassasalari rektori imzosi bilan tasdiqlangan holda 1-mayga qadar Davlat inspeksiyasiga taqdim etiladi. Qoʻshimcha kiritiladigan reytingni aniqlashga oid maʼlumotlar asoslovchi hujjatlar bilan birga taqdim etilganda hisobga olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Reytingni aniqlashga oid maʼlumotlar Davlat inspeksiyasiga elektron shaklda ham taqdim etilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Reytingni aniqlashga oid maʼlumotlar bazasini shakllantirish uchun:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oliy taʼlim muassasalarida ilmiy-tadqiqot ishlariga yoʻnaltirilgan xorijiy grantlar va xorijiy jamgʻarmalar mablagʻlari, sohalar boʻyicha buyurtmalar asosida oʻtkazilgan ilmiy (ilmiy-ijodiy) tadqiqot natijasida olingan mablagʻlar hamda davlat grantlari doirasida oʻtkazilgan tadqiqotlardan olingan mablagʻlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar — Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarining ishga joylashganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar — Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi tomonidan;
(12-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-oktabrdagi 627-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fan nomzodi, falsafa doktori (PhD) va fan doktori, fan doktori (DSc) ilmiy darajalariga hamda ilmiy darajaga ega boʻlmay dotsent yoki professor ilmiy unvonlariga tasdiqlangan oliy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilari tomonidan himoya qilingan dissertatsiyalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oliy taʼlim muassasalari va ularda faoliyat olib borayotgan professor-oʻqituvchilarga tegishli ixtiro, foydali model, sanoat namunalari va seleksiya yutuqlari uchun olingan patentlar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari uchun dasturlar va maʼlumotlar bazalari uchun olingan guvohnomalar, mualliflik huquqi bilan himoya qilinadigan turli boshqa materiallar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan Davlat inspeksiyasiga taqdim etiladi.
(12-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-iyundagi 324-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2022-y., 09/22/324/0510-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Reytingni aniqlashga oid soʻrovnomalar va nazorat ishlarini oʻtkazish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Reytingni aniqlash jarayonida Davlat inspeksiyasi tomonidan har yili may-iyun oylarida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
professor-oʻqituvchilarning xorijiy til va axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga oid bilim darajasini aniqlash maqsadida test sinovlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
talabalarning mutaxassislik fanlariga oid bilim darajasini aniqlash maqsadida nazorat ishlari (test sinovlari) va oliy taʼlim muassasalarida taʼlim sifatini oʻrganish yuzasidan soʻrovnoma oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat inspeksiyasiga nazorat ishlari va soʻrovnomalarni tashkil etish va oʻtkazishda oliy taʼlim muassasalarining taʼlim sifatini nazorat qilish boʻlimlari koʻmaklashadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Soʻrovnomani oʻtkazish nazorat ishlari boshlanishidan oldin tashkil etiladi. Soʻrovnoma quyidagi toʻrtta qismdan iborat boʻladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
taʼlim olish uchun yaratilgan sharoitlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
darslar sifati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
talabalar bilimining xolisona baholanishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oliy taʼlim muassasasidagi ijtimoiy-maʼnaviy muhit.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Nazorat ishlari tanlash asosida belgilangan bakalavriat taʼlim yoʻnalish (magistratura mutaxassislik)larining talabalari uchun mutaxassislik fanlaridan oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nazorat ishlari oʻtkaziladigan bakalavriat taʼlim yoʻnalish (magistratura mutaxassislik)lari va fanlar roʻyxati nazorat qilish muddatidan kamida bir oy oldin Davlat inspeksiyasining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Oliy taʼlim muassasalarining asosiy shtatida faoliyat yuritadigan professor-oʻqituvchilar “Xorijiy til” va “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari” fanlaridan test sinovlari topshiradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Test topshiriqlari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) professor-oʻqituvchilar uchun:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Xorijiy til” fani boʻyicha — 20 ta;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari” fani boʻyicha — 20 ta;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) talabalar uchun ikkita mutaxassislik fanidan — 20 tadan jami 40 ta savoldan iborat boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Test sinovlarida har bir test savoli uchun 2 daqiqadan, jami 80 daqiqa vaqt beriladi. Har bir toʻgʻri bajarilgan test savoli 2,5 ball bilan baholanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Nazorat ishlari oʻtkaziladigan talabalar guruhlari Davlat inspeksiyasi tomonidan aniqlanadi va nazorat ishlari oʻtkazilishidan kamida uch kun oldin oliy taʼlim muassasalariga maʼlum qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soʻrovnoma va nazorat ishlarida tanlangan bakalavriat taʼlim yoʻnalish (magistratura mutaxassislik)lari talabalarining kamida 30 foizi ishtirok etishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soʻrovnoma va nazorat ishlari har oʻquv yili oxirida oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan Davlat inspeksiyasi bilan hamkorlikda oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarining bilimi, malaka va koʻnikmalarini aniqlash maqsadida ish beruvchilar oʻrtasida soʻrovnoma oʻtkaziladi. Soʻrovnoma savollari Davlat inspeksiyasi tomonidan tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soʻrovnoma natijalari Davlat inspeksiyasi tomonidan tahlil qilinadi va reytingni aniqlashda hisobga olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Reyting natijalarini hisoblash va eʼlon qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Reytingni aniqlashga oid toʻplangan maʼlumotlar, oʻtkazilgan soʻrovnomalar va nazorat ishlari natijalari asosida Davlat inspeksiyasi tomonidan oliy taʼlim muassasalari reytingi aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Reyting ballarini hisoblash ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan oliy taʼlim muassasalari reytingini aniqlash mezonlari asosida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Reyting indikatorlari uchun ballarni hisoblash quyidagicha amalga oshiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tegishli reyting indikatori boʻyicha eng katta koʻrsatkichga ega oliy taʼlim muassasalari aniqlanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
eng katta koʻrsatkichga ega boʻlgan oliy taʼlim muassasalariga shu indikator uchun belgilangan eng yuqori ball beriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
boshqa barcha oliy taʼlim muassasalarining ballari shu indikator boʻyicha eng yuqori ballga ega boʻlgan oliy taʼlim muassasalarining koʻrsatkichiga nisbatan hisoblanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har bir indikator boʻyicha hisoblangan ballar yigʻindisi oliy taʼlim muassasalari reytingini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Reyting natijalari har yili keyingi oʻquv yili boshlanishidan kechikmay Davlat inspeksiyasining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi va ommaviy axborot vositalarida keng yoritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Reytingni aniqlashga oid maʼlumotlar Davlat inspeksiyasida 5 yil davomida saqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Ushbu Nizomni qoʻllashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oliy taʼlim muassasalari reytingini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oliy taʼlim muassasalari reytingini aniqlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Bosqich

Masʼullar

Chora-tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

Reytingni aniqlashga oid maʼlumotlar bazasini shakllantirish maqsadida tegishli jadvallar ishlab chiqiladi va tizimida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralar hamda oliy taʼlim muassasalariga yetkaziladi.

oliy taʼlim muassasalari faoliyati oʻrganilayotgan (reytingi aniqlanayotgan) yilning 20-dekabriga qadar

2-bosqich

Vazirliklar va idoralar hamda oliy taʼlim muassasalari

Reytingni aniqlashga oid maʼlumotlar asoslovchi hujjatlari bilan birgalikda Davlat inspeksiyasiga taqdim etiladi.

har yili 1-fevralga qadar

3-bosqich

Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, sohalar boʻyicha jalb qilinadigan mutaxassis-ekspertlar

Reytingni aniqlashga oid maʼlumotlarning ishonchliligini taʼminlash maqsadida ular tahlil qilinadi (oʻrganib chiqiladi).

har yili 1-aprelga qadar

4-bosqich

Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

Oʻrganilgan maʼlumotlar tanishib chiqish va tasdiqlash uchun oliy taʼlim muassasalariga yuboriladi.

har yili 10-aprelga qadar

5-bosqich

Oliy taʼlim muassasalari rektorlari,

Taʼlim sifatini nazorat qilish boʻlimlari

Reytingni aniqlashga oid maʼlumotlar tasdiqlangan holda Davlat inspeksiyasiga taqdim etiladi.

har yili 1-mayga qadar

6-bosqich

Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi,

oliy taʼlim muassasalarining taʼlim sifatini nazorat qilish boʻlimlari

Reytingni aniqlash jarayonida:

1. Professor-oʻqituvchilarning xorijiy til va axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga oid bilim darajasini aniqlash maqsadida test sinovlari oʻtkaziladi.

2. Talabalarning mutaxassislik fanlariga oid bilim darajasini aniqlash maqsadida nazorat ishlari (test sinovlari) va oliy taʼlim muassasalaridagi taʼlim sifatini oʻrganish yuzasidan soʻrovnoma oʻtkaziladi.

har yili may-iyun oylarida

7-bosqich

Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,

Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

Oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarining bilimi, malaka va koʻnikmalarini aniqlash maqsadida ish beruvchilar oʻrtasida soʻrovnoma oʻtkaziladi.

har yili 20-iyulga qadar

8-bosqich

Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

Reytingni aniqlashga oid toʻplangan maʼlumotlar, oʻtkazilgan soʻrovnomalar va nazorat ishlari natijalari asosida oliy taʼlim muassasalarining reyting ballari hisoblanadi.

har yili 20 — 30-iyulda

9-bosqich

Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

Hisoblangan reyting ballari asosida oliy taʼlim muassasalarining reytingi tuziladi.

har yili 1-avgustga qadar

10-bosqich

Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi,

ommaviy axborot vositalari

Reyting natijalari Davlat inspeksiyasining veb-saytida eʼlon qilinadi va ommaviy axborot vositalarida keng yoritiladi.

har yili keyingi oʻquv yili boshlanishidan kechiktirmay

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oliy taʼlim muassasalari reytingini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oliy taʼlim muassasalari reytingini aniqlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
MEZONLARI

T/r

Reyting indikatorlari

Ball

JAMI:

100

I. Professor-oʻqituvchilarning ilmiy faoliyati

40

1.

Dunyoning nufuzli 1000 taligiga kiruvchi oliy taʼlim muassasalarida fan nomzodi, falsafa doktori (PhD) va fan doktori, fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olgan professor-oʻqituvchilar ulushi (asosiy shtatdagi professor-oʻqituvchilarning umumiy soniga nisbatan foiz hisobida)

3

2.

Reytingni aniqlash yilida dunyoning nufuzli 1000 taligiga kiruvchi oliy taʼlim muassasalarida oʻquv mashgʻulotlari (maʼruzalar, amaliy mashgʻulotlar, seminar-treninglar) oʻtkazgan professor-oʻqituvchilar ulushi (asosiy shtatdagi professor-oʻqituvchilarning umumiy soniga nisbatan foiz hisobida)

2

3.

Professor-oʻqituvchilarning ilmiy salohiyati (asosiy shtatdagilar boʻyicha foizda), shu jumladan:

3

a) fan doktori, fan doktori (DSc) ilmiy darajasiga ega (shuningdek, ilmiy darajaga ega boʻlmay professor ilmiy unvonini olgan yoki unga tenglashtirilgan) professor-oʻqituvchilar ulushi

2

b) fan nomzodi, falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega (shuningdek, ilmiy darajaga ega boʻlmay dotsent ilmiy unvonini olgan yoki unga tenglashtirilgan) professor-oʻqituvchilar ulushi

1

4.

Professor-oʻqituvchilar tomonidan himoya qilingan doktorlik (PhD va DSc) dissertatsiyalari soni

6

5.

Xalqaro koʻrsatkichlarga koʻra oliy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilari nashrlariga iqtiboslar (“Web of Science”, “Scopus” va “Google Scholar” bazalari boʻyicha, soʻnggi 5 yilda)

9

6.

Reytingni aniqlash yilida xalqaro ilmiy jurnallarda va mahalliy ilmiy nashrlarda (“Web of Science”, “Scopus” bazasiga va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi roʻyxatiga kiritilgan jurnallarda) chop etilgan maqolalar (bir nafar professor-oʻqituvchi hisobiga), shu jumladan:

5

a) xalqaro jurnallardagi ilmiy maqolalar

3

b) respublika ilmiy jurnallaridagi ilmiy maqolalar

2

7.

Oliy taʼlim muassasasida ilmiy-tadqiqot faoliyati va ilmiy-tadqiqot natijalarini amaliyotga taqdim etish asosida olingan mablagʻlar hajmi yoki boshqa nomoddiy koʻrsatkichlar (ijtimoiy samaradorlik) (bir nafar professor-oʻqituvchiga toʻgʻri keladigan), shu jumladan:

4

a) xorijiy ilmiy-tadqiqot markazlari grantlari va xorijiy ilmiy fondlar buyurtmalari hisobiga olingan mablagʻlar (bir nafar professor-oʻqituvchiga toʻgʻri keladigan mablagʻ)

2

b) sohalar buyurtmalari asosida oʻtkazilgan ilmiy-tadqiqot (ilmiy-ijodiy) faoliyatidan olingan moliyaviy mablagʻlar (bir nafar professor-oʻqituvchiga toʻgʻri keladigan mablagʻ)

1

v) davlat grantlari asosida oʻtkazilgan ilmiy tadqiqotlardan olingan mablagʻlar (bir nafar professor-oʻqituvchiga toʻgʻri keladigan mablagʻ)

1

8.

Professor-oʻqituvchilarning bilim darajasi, shu jumladan:

4

a) xorijiy tillar boʻyicha

2

b) axborot-kommunikatsiya texnologiyalari boʻyicha

2

9.

Reytingi aniqlanayotgan yilda bajarilgan ilmiy-tadqiqot ishlarining samaradorligi, shu jumladan:

4

a) chop etilgan monografiyalar soni

2

b) ixtiro, foydali model, sanoat namunalari va seleksiya yutuqlari uchun olingan patentlar (tegishli tashkilotlar tomonidan tasdiqlangan hujjatlar asosida)

1

v) axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga oid dasturlar va elektron maʼlumotlar bazalari uchun olingan guvohnomalar, mualliflik huquqi bilan himoya qilinadigan turli materiallar

1

II. Oʻquv-metodik ishlar va oʻqitish sifati

30

10.

Oliy taʼlim muassasalarida taʼlim berish sifati darajasi va ijtimoiy-maʼnaviy muhit (talabalar oʻrtasida oʻtkaziladigan soʻrovnoma natijalari asosida), shu jumladan:

7

a) taʼlim olish uchun yaratilgan sharoitlar

2

b) darslarning sifati

2

v) talabalar bilimining xolisona baholanishi

1

g) taʼlim muassasasidagi ijtimoiy-maʼnaviy muhit

2

11.

Hisobot yilida oliy taʼlim muassasasi professor-oʻqituvchilari tomonidan yozib tayyorlangan va belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan darsliklar va oʻquv qoʻllanmalari, shu jumladan:

8

a) darsliklar

6

b) oʻquv qoʻllanmalari

2

12.

Reyting aniqlanayotgan yilda xorijiy professor-oʻqituvchilar va talabalar ulushi (tegishli ravishda umumiy songa nisbatan foizda), shu jumladan:

7

a) xorijiy professor-oʻqituvchilar

3

b) xorijiy talabalar

4

13.

Hisobot yilida xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan almashuv dasturlari, konferensiyalar, ilmiy yoki oʻquv loyihalarida oʻqituvchilar va talabalarning ishtirok etganligi, shu jumladan:

5

a) akademik almashuv (talabalar tomonidan)

3

b) xalqaro konferensiyalar, seminarlar, ilmiy yoki oʻquv loyihalarida talabalar va professor-oʻqituvchilarning ishtiroki

2

14.

Taʼlim yoʻnalishlari (mutaxassisliklari) boʻyicha xorijiy tilda oʻqitiladigan fanlar salmogʻi (mutaxassislik fanlarining jami soniga nisbatan foizda)

3

III. Talabalar bilimi va bitiruvchilar sifati

27

15.

Talabalarning bilim darajasi (nazorat ishlari natijalari asosida)

8

16.

Bitiruvchilarning ishga joylashish darajasi (bitirganidan soʻng 6 oy ichida)

8

17.

Oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilari bilim va koʻnikmalari sifati haqida ish beruvchilarning bahosi (soʻrovnoma asosida aniqlanadi)

8

18.

Reyting yilida xalqaro va respublika olimpiadalarida, nufuzli tanlovlar va sport musobaqalarida sovrinli oʻrinlarni qoʻlga kiritgan hamda mukofot (diplom)larga sazovor boʻlgan talabalar salmogʻi, shu jumladan:

3

a) xalqaro miqyosda

2

b) respublika miqyosida

1

IV. Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish boʻyicha faoliyati

3

19.

Sport klubi va seksiyalariga aʼzo boʻlib,sport bilan muntazam shugʻullanuvchi hamda sport tasnifiga (razryadga) ega boʻlgan talabalar soni

2

20.

Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish boʻyicha moddiy-texnik bazaning holati, sport infratuzilmasining mavjudligi va jihozlanish darajasi

1

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-fevraldagi 106-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.02.2020-y., 09/20/106/199-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2019-y., 09/19/467/3264-son; 21.02.2020-y., 09/20/106/199-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 10.06.2022-y., 09/22/324/0510-son; 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)