Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Tadbirkorlik subyektlarni tugatish tartib-taomillarini soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Tadbirkorlik subyektlarini tugatish tartibini soddalashtirish, tugatish jarayonini amalga oshirishda tadbirkorlik subyektlari uchun asossiz xarajatlar qilishga olib keluvchi ortiqcha maʼmuriy cheklovlarni bekor qilish, biznesni yuritish boʻyicha xalqaro reyting va indekslarda Oʻzbekiston Respublikasining oʻrnini yanada yaxshilash, shuningdek 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil, Davlat soliq qoʻmitasi va Adliya vazirligining 2020-yil 1-yanvardan boshlab:
moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va (yoki) qonunchilikda belgilangan muddatlarda oʻzlarining ustav jamgʻarmalarini shakllantirmagan korxonalarni tugatish boʻyicha doimiy ishlovchi maxsus hududiy komissiyalarni tugatish;
davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan eʼtiboran bir yil ichida ustav fondi taʼsis hujjatlarida nazarda tutilgan miqdorda shakllantirilmaganligi uchun tadbirkorlik subyektlarini tugatish tartibini bekor qilish;
davlat organlari oʻrtasida elektron axborot almashinuvini joriy etish orqali tadbirkorlik subyektlarini tugatish jarayonidagi ortiqcha hujjatlar va tartib-taomillarni qisqartirish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
2. 2020-yil 1-yanvardan boshlab shunday tartib joriy etilsinki, unga muvofiq:
a) tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslarni (keyingi oʻrinlarda — korxonalar) ixtiyoriy tugatishda:
bir yoki bir necha davriy bosma nashrlarda korxonaning tugatilishi toʻgʻrisida eʼlonlar berish talab etilmaydi, bunda tegishli maʼlumotlar roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning rasmiy saytiga joylashtiriladi;
davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan vaqtdan boshlab moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmagan hamda soliq qarzi mavjud boʻlmagan korxonalarning moliya-xoʻjalik faoliyati tekshirilmaydi;
davlat soliq xizmati organlari tomonidan oʻtkaziladigan, tugatiladigan korxonaning moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirishning eng uzoq davriyligi uch yilni tashkil etadi;
moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirish uchun vakolatli davlat organlaridan korxona toʻgʻrisidagi mavjud maʼlumotlarni olish Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyishning avtomatlashtirilgan tizimi (keyingi oʻrinlarda — Tizim) orqali amalga oshiriladi;
korxonani ixtiyoriy tugatishning umumiy muddati roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ ixtiyoriy tugatish toʻgʻrisida xabardor qilingan kundan boshlab olti oydan oshmasligi kerak;
b) tadbirkorlik subyektlari — jismoniy shaxslar faoliyatini toʻxtatishda ariza beruvchi tomonidan davlat soliq xizmati organining soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha qarzi yoʻqligi toʻgʻrisidagi xulosasini olish talab etilmaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
v) korxonani moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan deb hisoblash uchun quyidagilar asos boʻladi:
davlat roʻyxatidan oʻtgan sanadan boshlab uch oy mobaynida bank hisobvaraqlarini ochmaganligi;
bank hisobvaraqlarini ochgan, biroq olti oy mobaynida:
moliya-xoʻjalik faoliyati boʻyicha bank hisobvaraqlariga mablagʻlar tushirmaganligi;
elektron hisobvaraq-fakturalarni rasmiylashtirmaganligi;
onlayn nazorat-kassa mashinalari, virtual kassa yoki marketpleys toʻlov tizimidan foydalanmaganligi;
tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirmaganligi;
(2-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10-dekabrdagi PF-214-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2024-y., 06/24/214/1018-son)
Oldingi tahrirga qarang.
g) moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan korxonalarni tugatishda:
moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan korxonalar davlat soliq xizmati organining taqdimnomasiga asosan roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan bir yil muddatga harakatsiz rejimga oʻtkaziladi;
harakatsiz rejimga oʻtkazilgan korxonalar faoliyati bir yil davomida tiklanmagan taqdirda, roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ ularni Tadbirkorlik subyektlarining yagona davlat reyestridan chiqaradi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10-dekabrdagi PF-214-sonli Farmoniga asosan “g” kichik band bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2024-y., 06/24/214/1018-son)
3. Belgilab qoʻyilsinki, Tizimga ulangan davlat organlari va boshqa tashkilotlari tomonidan tegishli axborotlarning oʻz vaqtida, toʻliq va ishonchli tarzda kiritilishini taʼminlamaslik davlat xizmatlari koʻrsatilishining belgilangan tartibini buzish deb hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Tizimga ulangan davlat organlari va boshqa tashkilotlari tomonidan tegishli axborotlar oʻz vaqtida, toʻliq va ishonchli tarzda kiritilishi ustidan, shu jumladan Tizim orqali doimiy nazorat oʻrnatsin.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-martdagi PF-89-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.03.2022-y., 06/22/89/0227-son)
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi bir oy muddatda ixtiyoriy tugatilayotgan tadbirkorlik subyektlarining hujjatlarini qabul qilishda arxiv xizmatlarining amaldagi normativ boʻyicha aniqlanadigan narxlarini ikki barobargacha pasaytirish choralarini koʻrsin hamda natijasi boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Adliya vazirligi Vazirlar Mahkamasiga ikki oy muddatda:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan birgalikda Tizimni mazkur Farmon talablariga moslashtirish, manfaatdor davlat organlari va tashkilotlarining unga ulanishlarini tashkil etish boʻyicha moliyalashtirish manbalari aniq koʻrsatilgan chora-tadbirlar dasturini;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, Iqtisodiy protsessual kodeksi hamda “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonuniga moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan korxonalarni roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan uch yil muddatga harakatsiz rejimga oʻtkazish, faoliyati uch yil davomida tiklanmagan taqdirda ularni Tadbirkorlik subyektlarining Yagona davlat reyestridan chiqarishni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi takliflarni;
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda Tadbirkorlik subyektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini toʻxtatish tartibi toʻgʻrisidagi nizom hamda Moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan tadbirkorlik subyektlarini davlat reyestridan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizom loyihalarini;
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi takliflarni kiritsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlari 2020-yil 1-yanvardan eʼtiboran ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
7. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 7-iyun,
PF-5739-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-iyundagi PF-5739-son Farmoniga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 1-yanvardan eʼtiboran oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim hujjatlari
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 28-iyundagi PF-2331-son “Moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va qonunchilikda belgilangan muddatlarda oʻzlarining ustav jamgʻarmalarini shakllantirmagan korxonalarni tugatish tartibini soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999 y, 6-son, 155-modda).
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 06/25/231/1091-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 06/25/231/1091-son)
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 3-oktabrdagi PF-4473-son “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi Farmoniga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-yil, 40-son, 466-modda) 1-ilovaning 9-bandi.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 8-iyuldagi PF-4631-son “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Farmoniga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014-yil 21-iyul, 29-son, 356-modda) ilovaning 7 va 33-bandlari.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-maydagi PF-5055-son “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoniga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-yil 5-iyun, 22-son, 411-modda) 1-ilovaning 3-bandi.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 11-sentabrdagi PF-5187-son “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish, baʼzilarini esa oʻz kuchini yoʻqotgan, deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoniga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-yil 18-sentabr, 37-son, 980-modda) 1-ilovaning 5-bandi.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 9-oktabrdagi PF-5200-son “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoniga 1-ilovaning 3-bandi.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 15-yanvardagi PF-5302-son “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Farmoniga ilovaning 1-bandi.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 18-yanvardagi PF-5304-son “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, qishloq xoʻjaligi ekin maydonlaridan samarali foydalanish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 9-oktabrdagi PF-5199-sonli Farmoni)”gi Farmoniga 1-ilovaning 1-bandi.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 17-apreldagi PF-5420-son “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Farmoniga ilovaning 4-bandi.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 27-apreldagi PQ-630-son “Tadbirkorlik subyektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini toʻxtatish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2007-yil, 17-18-son, 179-modda).
Oldingi tahrirga qarang.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 31-oktabrdagi PQ-2060-son “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013-yil 11-noyabr, 45-son, 585-modda).
15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 22-maydagi PQ-2985-son “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi tadbirkorlik subyektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini toʻxtatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-yil 29-may, 21-son, 386-modda).
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.06.2019-y., 06/19/5739/3249-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son; 18.03.2022-y., 06/22/89/0227-son; 11.12.2024-y., 06/24/214/1018-son; 26.11.2025-y., 06/25/231/1091-son)