Hujjat kuchini yo‘qotgan 20.09.2003 01.02.2002 yildagi 44-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 20.09.2003
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori

ShAKAR XOM AShYoSI XARID QILIShNI TAShKIL ETISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 20-sentabrdagi 407-son “Shakar xomashyosi xarid qilish mexanizmini takomillashtirish toʻgʻrisida” qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shakar xomashyosi barqaror olib kelinishini taʼminlash va shu asosda Hazorasp shakar zavodining ishlab chiqarish quvvatlarini yanada toʻlaroq oʻzlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Vazirlar Mahkamasining Isteʼmol tovarlari ishlab chiqarish va savdo kompleksi hamda “Oziqovqatsanoat” uyushmasining shakar xomashyosini xarid qilishga oid takliflarni tanlab olish boʻyicha maxsus guruh tuzish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shakar xomashyosini xarid qilishga oid takliflarni tanlab olish boʻyicha maxsus guruh tarkibi 1-ilovaga* muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
*1-ilova berilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shakar xomashyosini import qilishda takliflarni mahsulot yetkazib berish shartlari boʻyicha tanlab olish tartibi toʻgʻrisidagi nizom2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari M.Z. Usmonov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2002-yil 1-fevral,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
44-son

Vazirlar Mahkamasining
2002-yil 1-fevraldagi 44-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shakar xomashyosini import qilishda takliflarni mahsulot yetkazib berish shartlari boʻyicha tanlab olish tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
N I Z O M

I. UMUMIY QOIDALAR
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mazkur Nizom shakar xomashyosini import qilishda takliflarni mahsulot narxi, sifati va yetkazib berishning boshqa shartlari boʻyicha tanlab olish (keyingi oʻrinlarda — tanlov deb ataladi) mexanizmini belgilab beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilar tanlov oʻtkazishning maqsadi hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuqori sifatli shakar xomashyosini jahon narxlari konʼyunkturasi, xomashyo sifati, yetkazib berish shartlaridan kelib chiqib eng maqbul narxlar boʻyicha xarid qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shakar xomashyosini xarid qilishga yoʻnaltirilayotgan markazlashtirilgan valyuta mablagʻlaridan foydalanish samarasini oshirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Tanlovning barcha ishtirokchilari uchun bir xil raqobat shartlarining yaratilishi, oshkoralik, baholashning xolisligi va talablarning yagonaligi tanlov oʻtkazishni tashkil etishning asosiy prinsiplari hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Tanlov faqat ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va taqsimlashning tasdiqlangan balanslarida belgilangan import boʻyicha xarid qilish hamda xarid qilishni mablagʻ bilan taʼminlashning Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan manbalari mavjud boʻlgan hajmlari doirasida oʻtkazilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. TAKLIFLAR TANLOVINI OʻTKAZIShNI TAShKIL ETISh
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Tanlov mazkur qaror bilan tasdiqlangan Maxsus guruh (keyingi oʻrinlarda — Maxsus guruh) tomonidan oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Maxsus guruh rahbari guruh ishini tashkil etadi, zarurat boʻlganda tushgan takliflarni baholash uchun ekspert va maslahatchi tashkilotlarning vakillari (Tovar bozorlari konʼyunkturasini oʻrganish respublika markazi, konsalting firmalarining mutaxassislari)ni jalb etish yuzasidan qaror qabul qiladi. Jalb etilgan mutaxassislarning tavsiyalari Maxsus guruhning protokolida aks ettiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Maxsus guruh tanlov oʻtkazishni amaliy jihatdan (tanlovni oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish va mahsulot yetkazib beruvchilarga taklifnomalarni joʻnatish, tushayotgan takliflarni ekspert baholash, hujjatlarni rasmiylashtirish) tashkil etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tanlovni tashkil etish va oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar, ekspert va maslahatchi tashkilotlar, shuningdek shartnoma asosida jalb etilgan mutaxassislarning xizmatlariga haq, shu jumladan shakar xomashyosini tanlab olish bilan bogʻliq safar xarajatlari Oʻzbekiston Respublikasidagi shakar xomashyosini import qiluvchi tomonidan tanlov gʻolibidan olingan vositachilik mukofoti mablagʻlari hisobidan toʻlanadi.
(7-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 19-iyundagi 217-son qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Tanlovni oʻtkazishda Maxsus guruh:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tanlov oʻtkaziladigan sana toʻgʻrisida qaror qabul qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tanlov oʻtkaziladigan sanagacha tanlovda ishtirok etish uchun joʻnatilgan barcha taklifnomalarga va xorijiy mahsulot yetkazib beruvchilardan tushgan barcha takliflarga oid maʼlumotlarni, shuningdek mazkur mahsulot yetkazib beruvchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yigʻadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tanlov mezonlari koʻrsatilgan hujjatlar ishlab chiqilishini tashkil etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
taklifnomalarning aniq daʼvogarlar nomiga pochta, telefaks orqali yoki boshqa rasmiy taklifnomalar shaklida joʻnatilishini tashkil etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jalb etiladigan ekspertlar va konsultantlarning faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
daʼvogarlarni tanlov mezonlari bilan tanishtiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
daʼvogarlardan tijorat takliflarini qabul qilib oladi hamda ularning hisobga olinishini, saqlanishini, shuningdek tanlov gʻolibi eʼlon qilingunga qadar sir tutilishini taʼminlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
olingan tijorat takliflarini tizimlashtiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻz buyurtmalarini yoʻllagan daʼvogarlar, xususan daʼvogar-firmalar nufuzi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tayyorlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. TAKLIFLAR TANLOVINI TAShKIL ETISh VA OʻTKAZISh BOSQIChLARI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Tanlovni tashkil etish va oʻtkazish quyidagi bosqichlarni oʻz ichiga oladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tanlov mezonlarini belgilovchi tanlov hujjatlarini (zarurat boʻlganda ixtisoslashtirilgan texnik va tijorat konsultantlarini jalb etgan holda) tayyorlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tanlov oʻtkazilishini eʼlon qilish, tanlovda ishtirok etish ehtimoli boʻlgan daʼvogarlarga tanlovga taklifnomalar yuborish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tanlov ishtirokchilaridan tijorat takliflarini qabul qilib olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
olingan tijorat takliflarini baholash va tanlov gʻolibini aniqlash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV. TAKLIFLAR TANLOVI TOʻGʻRISIDAGI EʼLONLARNI TAYYoRLASh VA TARQATISh
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Maxsus guruh takliflar tanlovi oʻtkazilishidan kamida 15 kun oldin daʼvogarlarga uning oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi xabarni pochta, telefaks orqali yoki boshqa rasmiy taklifnomalar shaklida daʼvogarlarning aniq manzillari boʻyicha joʻnatadi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 19-iyundagi 217-son qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Tanlov toʻgʻrisidagi xabar quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tanlov predmeti — shakar xomashyosi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shakar xomashyosini yetkazib berish hajmi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xarid qilinadigan shakar xomashyosining asosiy sifat koʻrsatkichlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yetkazib berish shartlari va muddatlari, toʻlov shartlari;
Oldingi tahrirga qarang.
(11-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 19-iyundagi 217-son qarori bilan chiqarib tashlangan)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
takliflar qabul qilinadigan manzil, muloqot telefoni va telefaks;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
takliflar qabul qilinadigan oxirgi muddat (kuni va mahalliy vaqt boʻyicha soati koʻrsatilgan holda).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
V. TAKLIFLAR TANLOVINI OʻTKAZIShGA OID HUJJATLARGA QOʻYILADIGAN ASOSIY ShARTLAR
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Tanlovni oʻtkazishga oid hujjatlar quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tanlov ishtirokchisi uchun yoʻriqnoma;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
texnik qism;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tijorat qismi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
rasmiy kontrakt namunasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kelishilgan davr ichida tanlov ishtirokchisining taklifi chaqirib olinmasligini kafolatlovchi pul zakalatining miqdori, uni kiritish va qaytarish tartibi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
buyurtmachining ixtiyoriga koʻra tanlov natijalariga muvofiq tuzilgan kontraktni zarur darajada bajarish boʻyicha pulli kafolatning (garov sifatida) miqdori, uni kiritish va qaytarish tartibi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Takliflar ikki boʻlimdan iborat boʻladi, ulardan biri tijorat qismini va kontrakt proformasini oʻz ichiga olgan boʻlim taklifning chaqirib olinmasligi kafolatlanishi shart.
(12-bandning oltinchi—sakkizinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 19-iyundagi 217-son qarori bilan toʻldirilgan)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Tanlov ishtirokchisi uchun yoʻriqnoma quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tanlov oʻtkazilishiga doir tegishli tushuntirishlarni olish mumkin boʻlgan Maxsus guruhning aʼzolari bilan bogʻlanish uchun manzil va muloqot telefonlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tijorat taklifini rasmiylashtirish tartibi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishtirokchi tomonidan taklif taqdim etilganidan keyin tijorat taklifiga oʻzgartirishlar kiritish va ularni rasmiylashtirish tartibi;
Oldingi tahrirga qarang.
(13-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 19-iyundagi 217-son qarori bilan chiqarib tashlangan)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
taklifni Maxsus guruhga berish tartibotiga oid talablar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tanlov ishtirokchilarining tanlovni oʻtkazishga oid hujjatlarga asoslangan taklif bilan bir qatorda qoʻshimcha takliflar kiritish mumkinligi toʻgʻrisidagi maʼlumot;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tanlov gʻolibi tanlab olinganligi tasdiqlangan vaqtdan eʼtiboran kontraktni tuzish muddati.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Tanlovning texnik qismi xarid qilinadigan tovarga qoʻyiladigan zarur texnologiya va sifat talablari (GOST, NSO va h. k.)ni oʻz ichiga oladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Takliflar tanlovini oʻtkazish boʻyicha hujjatlarning tijorat qismi quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tovarning bahosi va uni aniqlash tartibi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tovarning miqdori;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yetkazib berish shartlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
toʻlov shartlari va jadvali.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Rasmiy kontrakt namunasi kontraktlarga qoʻyiladigan talablarga javob berishi shart, shu jumladan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kontraktning amaldagi xalqaro savdo huquqi normalariga muvofiqligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kontraktning Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiqligi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Rasmiy kontrakt namunasini tuzishda Maxsus guruh maslahat olish uchun shartnoma asosida ixtisoslashtirilgan konsalting firmalariga murojaat qilish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VI. TANLOV IShTIROKChILARI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Tanlovda shakar ishlab chiqaruvchi xorijiy firmalar va kompaniyalar hamda mulkchilikning har qanday shaklidagi shakar xomashyosi yetkazib berish tajribasiga ega boʻlgan tijorat firmalari ishtirok etishlari mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
(17-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 19-iyundagi 217-son qarori bilan chiqarib tashlangan)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VII. DAʼVOGARLARNI TANLAB OLISh
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Maxsus guruh tomonidan oʻz takliflarini yoʻllagan daʼvogarlar oʻrtasida malakaviy tanlov oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Daʼvogarlarning malakaviy tanloviga:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qayta tashkil etish, tugatish yoki bankrotlik jarayonida boʻlgan, ishi sud yoki arbitraj tartibida koʻrilayotgan, agar bu toʻgʻrida ishonchli maʼlumot mavjud boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
belgilangan muddatda malakaviy tanlov oʻtkazilishi uchun barcha zarur hujjatlarni taqdim etmagan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ilgari oʻtkazilgan tanlovlarda oʻzini salbiy jihatdan koʻrsatgan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ilgari tuzilgan kontraktlar boʻyicha zimmasiga olgan majburiyatlarini talab darajasida bajarmagan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tanlovda ishtirok etish huquqini boshqa yuridik shaxsga bergan tashkilotlar va firmalar keyinchalik koʻrib chiqish uchun qoʻyilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 19-iyundagi 217-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VIII. TAKLIFLAR TANLOVINI OʻTKAZISh REGLAMENTI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Tanlovda ishtirok etishga daʼvogarlarga pochta (sana pochta tamgʻasiga muvofiq aniqlanadi), telefaks orqali yoki boshqa shaklda rasmiy taklifnomalar joʻnatilgan sana tanlov boshlangan sana hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Maxsus guruh tijorat takliflari qabul qilinadigan muddatni va oxirgi sana hamda soatini, shuningdek tanlovga qoʻyilgan barcha takliflar ayni bir vaqtda koʻrib chiqiladigan yigʻilish sanasini belgilaydi. Belgilangan muddatdan keyin kelgan takliflar koʻrib chiqilmaydi. Tanlov ishtirokchisi oʻz taklifini tijorat takliflari qabul qilinadigan oxirgi sanadan kamida 24 soat oldin chaqirib olish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Malakaviy tanlovni oʻtkazish davrida jahon bozoridagi narxlar konʼyunkturasi nomaqbul boʻlgan taqdirda Maxsus guruh tijorat takliflari qabul qilinadigan muddatni uzaytirish yuzasidan qaror qabul qilishi yoki malakaviy tanlovdan oʻtib boʻlgan ishtirokchilarga qoʻshimcha taklif yoʻllashi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Barcha takliflar qabul sanasi va vaqti roʻyxatga olish daftarida qayd etilgan holda qabul qilinadi. Roʻyxatga olish daftari tikilgan, tartib raqamlari qoʻyilgan va Maxsus guruh rahbarining imzosi bilan tasdiqlangan boʻlishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Tijorat takliflarini maxfiylik choralariga rioya etgan holda koʻrib chiqish va saqlash tartibi Maxsus guruh tomonidan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Maxsus guruh oʻz ish reglamentini mustaqil ravishda belgilaydi. Mazkur masala yuzasidan qaror Maxsus guruh aʼzolari umumiy sonidan oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Maxsus guruh yigʻilishini oʻtkazish uchun kvorum guruh tarkibining kamida 75 foizidan iborat. Maxsus guruhning barcha majlislari va barcha qarorlari protokollar bilan rasmiylashtirilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Taqdim etilgan tijorat takliflari koʻrib chiqish muddati Maxsus guruh tomonidan olingan tijorat takliflari toʻgʻrisidagi toʻliq maʼlumot kelgan vaqtdan boshlab belgilanadi. Biroq ushbu muddat taklifnomalarda koʻrsatilgan muddatdan kech boʻlmasligi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Tanlov quyidagi hollarda oʻtkazilmagan deb eʼlon qilinadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
buyurtmalar Maxsus guruh tomonidan koʻrib chiqiladigan muddatning oxirigacha bironta ham tijorat taklifi olinmagan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tanlovga faqat bitta ishtirokchining taklifi taqdim etilgan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hamma taqdim etilgan tijorat takliflari qoʻyilgan talablarga javob bermasa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IX. TAQDIM ETILGAN TAKLIFLARNI BAHOLASh TARTIBI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Kelgan takliflarni baholash va tanlov gʻolibini aniqlash Maxsus guruh tomonidan quyidagilarga asosan amalga oshiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tanlov oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi taklifnomalarda bayon qilingan mezonlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
taklif qilingan narxlarning oxirgi narxlarni, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining tavsiyasiga koʻra tovarni yetkazib berish xarajatlarini izchil kamaytirish zaruratini hisobga olib, jahon bozoridagi oʻrtacha narxlarga va vujudga kelgan bozor konʼyunkturasiga (tanlov sanasida) muvofiq kelishi.
Oldingi tahrirga qarang.
(30-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 19-iyundagi 217-son qarori bilan chiqarib tashlangan)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Taqdim etilgan takliflarning qoʻshimcha texnikaviy, tashkiliy va tijorat nuqtai nazaridan afzalliklari hamda tanlov ishtirokchisining nufuzi ham eʼtiborga olinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Takliflarni baholash Maxsus guruh tomonidan belgilangan muddat mobaynida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tanlov ishtirokchilari yoki ularning vakillari kelgan takliflarni muhokama qilishda bevosita qatnashish huquqiga ega emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Tanlov ishtirokchilari taqdim etgan takliflar bilan tanishib chiqqandan keyin Maxsus guruhning har bir aʼzosi, tanlov muddati yakunlangunga qadar, asosli yozma xulosanoma tuzish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maxsus guruh aʼzolarining yozma xulosanomalari (agar shundaylari mavjud boʻlsa) umumlashtirish va protokolga kiritish uchun guruh rahbariga beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Maxsus guruhning takliflar tanlovi gʻolibi toʻgʻrisidagi protokolida quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maxsus guruh tarkibi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ovoz berish natijalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tanlov qatnashchilaridan tushgan takliflarning yigʻma jadvali;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tanlov gʻolibining nomi;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tanlov gʻolibi bilan kontraktni imzolash muddatlari.
(33-bandning oltinchi xatboshisidan ikkinchi jumla Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 19-iyundagi 217-son qarori bilan chiqarib tashlangan)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. Tushgan tijorat takliflarining koʻrib chiqilishi va baholanishi toʻgʻrisidagi axborot Maxsus guruh aʼzolari tomonidan baholash tartibotiga rasmiy daxldor boʻlmagan shaxslarga xabar qilinmaydi. Maxsus guruh aʼzolari va jalb etilgan ekspertlar mazkur axborotning oshkor qilinishi uchun qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35. Maxsus guruhning tanlov gʻolibi toʻgʻrisidagi protokoli yigʻilishda qatnashayotgan Maxsus guruh aʼzolarining hammasi tomonidan imzolanadi hamda shakar xomashyosi yetkazib berishga daʼvogarlar tanlovi oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi toʻliq maʼlumot bilan birga Vazirlar Mahkamasining Isteʼmol tovarlari ishlab chiqarish va savdo kompleksining rahbariga tasdiqlash uchun taqdim etiladi.
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 19-iyundagi 217-son qarori tahrirda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36. Maxsus guruh tanlov gʻolibi tomonidan kontrakt kelishilgan miqdorlarda zarur darajada bajarilishi yuzasidan kafolat berilishini taʼminlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tanlov gʻolibi kontrakt tuzishni rad etgan yoki tanlov boʻlib oʻtmagan taqdirda belgilangan tartibda takliflarning qayta tanlovi oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
37. Tanlovni oʻtkazish bilan bogʻliq nizolar Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
38. Tanlov natijalari Maxsus guruh tomonidan 1 kun mobaynida pochta, telefaks yoki boshqa yozma shaklda tanlov gʻolibi eʼtiboriga yetkazadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
X. TANLOV NATIJALARIGA KOʻRA TUZILGAN KONTRAKTLARNI ROʻYXATDAN OʻTKAZISh VA ULARNING BAJARILIShI MONITORINGI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
39. Tanlov natijalariga koʻra tuzilgan kontraktlar amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligida roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
40. Kontraktlarning bajarilishi monitoringi ular toʻliq bajarilgungacha, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Isteʼmol tovarlari ishlab chiqarish va savdo kompleksiga hamda tegishli vakolatli bankka majburiy tartibda axborot taqdim etilgan holda, Maxsus guruh tomonidan amalga oshiriladi.