31.05.2019 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3113-2
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 01.06.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
buyrugʻi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar kiritish haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 31-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3113-2]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-yanvardagi PF-5630-son “Davlat aktivlarini boshqarish, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish tizimini va kapital bozorini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-yanvardagi PQ-4112-son “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq hamda notarial harakatlar uchun toʻlovlar undirish tartibini yanada takomillashtirish maqsadida buyuraman:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 4-yanvardagi 2-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3113, 2019-yil 4-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2019-y., 1-2-son, 18-modda) bilan tasdiqlangan Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va Hukumat bayonnoma qarorlari va idoraviy normativ hujjatlarni huquqiy ekspertizadan oʻtkazish boshqarmasi Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Huquqiy xizmat koʻrsatishni davlat tomonidan tartibga solish boshqarmasi hamda Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni barcha manfaatdor shaxslarga yetkazilishini, “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilinishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish vazir oʻrinbosari A. Tashkulov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazir R. DAVLETOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2019-yil 31-may,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
237-mh-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 31-maydagi 237-mh-son buyrugʻiga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. 22-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilari quyidagi mazmundagi birinchi — toʻrtinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“22. Bajarilayotgan notarial harakat, shu jumladan notarial harakatni amalga oshirish uchun murojaat qilgan shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Tizimga toʻliq kiritilganidan soʻng notarial harakat uchun undiriladigan davlat boji, gerb yigʻimi hamda huquqiy va texnik tusdagi qoʻshimcha harakatlar amalga oshirilganligi uchun toʻlovlarning miqdori Tizimda avtomatik ravishda hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tizim orqali toʻlov kvitansiyalari notarial harakatni amalga oshirish uchun murojaat qilgan shaxsga chiqarib beriladi hamda uning Tizimga kiritilgan mobil telefoni raqamiga toʻlovlarning miqdori, notarial harakatni tasdiqlash kodi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining “ishonch telefoni” raqami koʻrsatilgan SMS xabar yoʻllanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Notarial harakatni amalga oshirish uchun murojaat qilgan shaxsning mobil telefoni mavjud boʻlmaganda, istisno tariqasida, Tizimga u tomonidan koʻrsatilgan, notarial idoraga birga kelgan boshqa shaxsning mobil telefoni raqamini, agar faqat oʻzi kelgan boʻlsa, notariusning mobil telefoni raqamini kiritishga ruxsat etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Notarial harakatlar toʻlovlar amalga oshirilganligi haqidagi maʼlumotlar Tizimga kelib tushgandan hamda notarial harakatni amalga oshirish uchun murojaat qilgan shaxs notarial harakatni tasdiqlash kodini notariusga berganidan soʻng amalga oshiriladi.”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. 48-bandning uchinchi xatboshisidagi “Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar “Davlat aktivlarini boshqarish agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. 56-bandning beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy organlaridan (Toshkent shahrida — “Toshkent shahar uy-joylarga davlat orderlari va maʼlumotnomalar berish markazi” davlat unitar korxonasidan) olingan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini xususiylashtirishga rozilik bergan shaxslar toʻgʻrisida maʼlumotnoma;”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. 58-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar “Davlat aktivlarini boshqarish agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. 68-bandning yettinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“ipotekaga qoʻyilayotgan mol-mulk xususiylashtirilgan turar joy boʻlsa Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy organlaridan (Toshkent shahrida — “Toshkent shahar uy-joylarga davlat orderlari va maʼlumotnomalar berish markazi” davlat unitar korxonasidan) olingan turar joyni xususiylashtirishga rozilik bergan shaxslar toʻgʻrisida maʼlumotnoma;”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. 74-bandning sakkizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“xususiylashtirilgan turar joy ijaraga berilganda, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy organlari (Toshkent shahrida — “Toshkent shahar uy-joylarga davlat orderlari va maʼlumotnomalar berish markazi” davlat unitar korxonasi) tomonidan berilgan xususiylashtirishda rozilik bergan shaxslar haqidagi maʼlumotnoma (nusxasi olinib, asli qaytariladi) va ularning roziligi;”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2019-y., 10/19/3113-2/3227-son)