Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining
buyrugʻi
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan subsidiya va grantlar ajratish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 31-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3163]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2026-yil 4-maydagi 03-2026/B-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan subsidiyalar va ssuda ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3832, 07.05.2026-y.) asosan 2026-yil 9-avgustdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-martdagi PQ-4227-son “2019-yilda aholi bandligini taʼminlash va yangi ish oʻrinlarini tashkil etish boʻyicha davlat buyurtmasi toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan subsidiya va grantlar ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir Sh. KUDBIYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 10-may,
19-2019-B-son
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2019-yil 10-maydagi 19-2019-B-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan subsidiya va grantlar ajratish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-martdagi PQ-4227-son “2019-yilda aholi bandligini taʼminlash va yangi ish oʻrinlarini tashkil etish boʻyicha davlat buyurtmasi toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi (bundan buyon matnda jamgʻarma deb yuritiladi) mablagʻlari hisobidan subsidiya va grantlar ajratish tartibini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq ishsiz shaxslar — oʻn olti yoshdan to pensiya bilan taʼminlanish huquqini olishgacha boʻlgan yoshdagi, haq toʻlanadigan ishga yoki daromad keltiradigan mashgʻulotga ega boʻlmagan, ish qidirayotgan va ish taklif etilsa, unga kirishishga tayyor boʻlgan yoxud kasbga tayyorlashdan, qayta tayyorlashdan oʻtishga yoki malakasini oshirishga tayyor boʻlgan mehnatga layoqatli shaxslar (bundan taʼlim muassasalarida taʼlim olayotganlar mustasno).
Keyingi tahrirga qarang.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-martdagi PQ-4227-son “2019-yilda aholi bandligini taʼminlash va yangi ish oʻrinlarini tashkil etish boʻyicha davlat buyurtmasi toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq subsidiyalar quyidagi maqsadlar uchun ajratiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
ish beruvchilarga — aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari (bundan buyon matnda ABKM deb yuritiladi) yoʻllanmasi boʻyicha ishga qabul qilingan xodimlarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga sarflanadigan xarajatlarni qoplash uchun — har bir xodim uchun 6 oy davomida har oyda bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravari miqdorida toʻlovni amalga oshirish;
aholi bandligiga koʻmaklashish markazida roʻyxatdan oʻtgan, tadbirkorlik qilishni xohlovchi ishsiz shaxslarga — yakka tartibdagi tadbirkor sifatida roʻyxatdan oʻtish, kichik korxonalar va mikrofirmalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish, tadbirkorlikka oʻqitish va kredit olishda sugʻurta polisi toʻlovi uchun xarajatlarni bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari miqdorida toʻlash;
ijtimoiy ehtiyojmand aholi qatlamlariga mansub shaxslarni kvotalangan eng kam sondan ortiq miqdorda ishga qabul qilgan tashkilotlarga — har bir xodim uchun 12 oy davomida har oyda bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida haq toʻlash;
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning beshinchi va oltinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2020-yil 21-avgustdagi 33-2020-B-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3163-2, 26.08.2020-y.) asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.08.2020-y., 10/20/3163-2/1230-son)
Oldingi tahrirga qarang.
21. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-maydagi PQ-4716-son “Tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash va aholi bandligini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq subsidiyalar quyidagi maqsadlar uchun ajratiladi:
a) ABKM, yetkazib beruvchi tashkilotlar va tomorqa yer egalari oʻrtasida tuzilgan uch tomonlama shartnomalar asosida:
yengil konstruksiyali issiqxonalar oʻrnatish uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravarigacha;
sugʻorish vositalari xarid qilish uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravarigacha;
urugʻliklar va koʻchatlar sotib olish uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravarigacha;
b) qishloq xoʻjaligi kooperativlari ustav fondiga ulush sifatida kiritishi uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravarigacha. Bunda:
qishloq xoʻjaligi kooperativlari baliqchilik, quyonchilik, parrandachilik, asalarichilik, meva-sabzavotchilik, uzumchilik, tikuvchilik, hunarmandchilik va boshqa ilgʻor sohalarda tashkil etiladi;
qishloq xoʻjaligi kooperativlariga ishsiz fuqarolar, kam taʼminlangan oilalar aʼzolari, tashqi mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxslar hamda kooperativ faoliyati yoʻnalishi boʻyicha tajribaga ega yetakchi tadbirkorlar birlashtiriladi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2020-yil 21-avgustdagi 33-2020-B-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3163-2, 26.08.2020-y.) asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.08.2020-y., 10/20/3163-2/1230-son)
Oldingi tahrirga qarang.
22. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-iyundagi PQ-4759-son “Respublikada qoʻlda toʻqilgan gilamchilik sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi tarkibidagi qoʻlda gilam va ipak mato toʻqish bilan shugʻullanuvchilarga Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan 3 tadan kam boʻlmagan ish oʻrni yaratish sharti bilan gilam va ipak mato toʻqish dastgohini xarid qilishga sarflanadigan xarajatlarni qoplash uchun — har bir dastgoh uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari miqdorida subsidiyalar ajratiladi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2020-yil 21-avgustdagi 33-2020-B-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3163-2, 26.08.2020-y.) asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.08.2020-y., 10/20/3163-2/1230-son)
Keyingi tahrirga qarang.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-martdagi PQ-4227-son “2019-yilda aholi bandligini taʼminlash va yangi ish oʻrinlarini tashkil etish boʻyicha davlat buyurtmasi toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq grantlar quyidagi maqsadlar uchun ajratiladi:
kasb-hunar taʼlimi muassasalariga — band boʻlmagan shaxslarni, ayniqsa, mehnat migratsiyasidan qaytgan fuqarolar, kam taʼminlangan oilalarda yashovchi xotin-qizlarni kasbga qayta oʻqitishga sarflanadigan xarajatlarni moliyalashtirish;
kasb-hunarga oʻqitish markazlari, kollejlar va oliy oʻquv yurtlarida kasb-hunarga tayyorlash, agrotexnologiya, bogʻdorchilik, sabzavotchilik, chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik hamda asalarichilik sohasida fermer va dehqon xoʻjaliklarining rahbarlari va ishchilari hamda tomorqa yer egalarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishni moliyalashtirish.
4. Subsidiya va grant Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan har yili tasdiqlanadigan Respublika boʻyicha hududlar kesimida alohida smeta hujjatlariga muvofiq ajratiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Subsidiya ABKM tomonidan, shuningdek grantlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar Bandlik bosh boshqarmalari (bundan buyon matnda hududiy bosh boshqarma deb yuritiladi) tomonidan smeta hujjatlarida belgilangan mablagʻlar doirasida beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
2-bob. Ish beruvchilarga ABKM yoʻllanmasi boʻyicha ishga qabul qilingan xodimlarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga sarflanadigan xarajatlarni qoplash uchun subsidiya ajratish
6. ABKM yoʻllanmasi asosida ishga qabul qilingan xodimlarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish maqsadida subsidiya olish uchun ish beruvchi tegishli hududdagi ABKMga yozma ravishda murojaat qiladi. Bunda, murojaatda kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish rejalashtirilgan xodimning F.I.O., kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish joyi va muddati, ish beruvchi tashkilotning subsidiya toʻlab berilishi lozim boʻlgan hisob raqami koʻrsatilishi, shuningdek murojaatga xodimning ishga qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi buyruq nusxasi ilova qilinishi shart.
7. ABKMning masʼul xodimi ish beruvchi tomonidan subsidiya ajratishni soʻrab taqdim etilgan hujjatlarni 5 ish kuni ichida oʻrganib chiqadi. Masʼul xodim hujjatlarni oʻrganib chiqishda kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish rejalashtirilgan xodim ABKM yoʻllanmasi asosida ishga qabul qilinganligi va uzluksiz ushbu tashkilotda ishlayotganligi, shuningdek mazkur Nizomning 6-bandida nazarda tutilgan maʼlumotlar toʻliq koʻrsatilganligi hamda xodimning ishga qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi buyruq nusxasi taqdim qilinganligiga eʼtibor qaratishi lozim.
8. ABKMning masʼul xodimi tomonidan ish beruvchi tashkilot tomonidan taqdim etilgan hujjatlar toʻliq taqdim etilgan, unda barcha zarur maʼlumotlar koʻrsatilgan va ABKM tomonidan xodim uchun berilgan yoʻllanma haqiqiy deb topilganda, u oʻrganish natijasi boʻyicha ish beruvchining murojaatida koʻrsatilgan xodimning kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishi uchun subsidiya ajratish toʻgʻrisida ABKM rahbariga yozma shaklda taklif kiritadi.
Bunda, ABKM rahbari masʼul xodimga ish beruvchining murojaatida koʻrsatilgan xodimning kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishi uchun subsidiya ajratish toʻgʻrisida rozilik bildiradi va subsidiya ajratish toʻgʻrisida buyruq rasmiylashtiriladi. Buyruqda subsidiya summasi va uni ajratish muddati koʻrsatilishi zarur.
9. ABKMning masʼul xodimi tomonidan ish beruvchi tashkilot tomonidan taqdim etilgan hujjatlar toʻliq taqdim etilmagan yoki unda barcha zarur maʼlumotlar koʻrsatilmagan yoxud ABKM tomonidan xodim uchun berilgan yoʻllanma haqiqiy emas deb topilganda, oʻrganish natijasi boʻyicha ish beruvchining murojaatida koʻrsatilgan xodimning kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishi uchun subsidiya ajratishni rad etish toʻgʻrisida ish beruvchi tashkilotga rad etishning sabablari asoslantirilgan holda koʻrsatilgan xat yuboriladi.
10. ABKMning masʼul xodimi ish beruvchi tashkilot tomonidan taqdim etilgan hujjatlardagi maʼlumotlarni oʻrganish natijasi boʻyicha bildirilgan taklif yoki rad etish asoslantirilganligi uchun masʼul hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
11. ABKM rahbarining subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi buyrugʻiga asosan ish beruvchi tashkilotga uning murojaatida koʻrsatilgan xodimning kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish maqsadida har bir xodim uchun 6 oy davomida har oyda bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravari miqdorida subsidiya ajratiladi va ABKM tomonidan ish beruvchiga toʻlab beriladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2020-yil 24-martdagi 7-2020/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3163-1, 31.03.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.03.2020-y., 10/20/3163-1/0387-son)
12. Ish beruvchi kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish rejalashtirilgan xodimning kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish yakunlangan kundan boshlab 5 ish kuni ichida ushbu xodimning kasbga tayyorlashdan yoki qayta tayyorlashdan oʻtganligi, shuningdek uning malakasi oshirilganligini tasdiqlovchi hujjat nusxasini tegishli ABKMga taqdim etishi shart.
13. Ish beruvchi tomonidan xodimning kasbga tayyorlashdan yoki qayta tayyorlashdan oʻtganligi, shuningdek uning malakasi oshirilganligini tasdiqlovchi hujjat nusxasini 5 ish kuni ichida tegishli ABKMga taqdim etilmagan hollarda ABKM tomonidan xodimning kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishga sarflangan xarajatlarni qoplash uchun ajratilgan va ish beruvchi tashkilotga toʻlab berilgan subsidiyani qaytarish choralari koʻriladi.
3-bob. ABKMda roʻyxatdan oʻtgan, tadbirkorlik qilishni xohlovchi ishsiz shaxslarga yakka tartibdagi tadbirkor sifatida roʻyxatdan oʻtish, kichik korxonalar va mikrofirmalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish, tadbirkorlikka oʻqitish va kredit olishda sugʻurta polisi toʻlovi uchun subsidiya ajratish
Keyingi tahrirga qarang.
14. ABKMda roʻyxatdan oʻtgan, tadbirkorlik qilishni xohlovchi ishsiz shaxslar tegishli hududdagi ABKMga tadbirkorlik qilishni rejalashtirganligi toʻgʻrisida ariza bilan murojaat qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
15. ABKMning masʼul xodimi ABKMda roʻyxatdan oʻtgan, tadbirkorlik qilishni xohlovchi ishsiz shaxsning murojaatini koʻrib chiqadi va unga quyidagi xarajatlarni jamgʻarma mablagʻlari hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari miqdorida toʻlab berilishini taklif qiladi:
(15-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2020-yil 24-martdagi 7-2020/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3163-1, 31.03.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.03.2020-y., 10/20/3163-1/0387-son)
yakka tartibdagi tadbirkor sifatida roʻyxatdan oʻtish;
kichik korxonalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish;
mikrofirmalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish;
tadbirkorlikka oʻqitish;
kredit olishda sugʻurta polisi toʻlovi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
16. ABKMning masʼul xodimi tomonidan tadbirkorlik qilishni xohlovchi ishsiz shaxsga mazkur Nizomning 15-bandida nazarda tutilgan xarajatlarni bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari miqdorida toʻlab berishning taklif etilganligi va tadbirkorlik qilishni xohlovchi ishsiz shaxsning ular orasidan oʻziga keraklisini tanlaganligi mazkur Nizomning ilovasiga muvofiq shakldagi Tadbirkorlik qilishni xohlovchi ishsiz shaxslarga subsidiyalar taklif etish boʻyicha soʻrovnoma bilan rasmiylashtiriladi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2020-yil 24-martdagi 7-2020/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3163-1, 31.03.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.03.2020-y., 10/20/3163-1/0387-son)
Oldingi tahrirga qarang.
17. Soʻrovnomada koʻrsatilishi lozim boʻlgan barcha maʼlumotlar tadbirkorlik qilishni xohlovchi ishsiz shaxs tomonidan koʻrsatiladi, shuningdek unga taklif etilayotgan xarajatlarni bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari miqdorida toʻlab berish koʻrsatilgan katakchalar orasidan oʻziga keraklisiga belgi qoʻyadi va soʻrovnomani imzolaydi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2020-yil 24-martdagi 7-2020/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3163-1, 31.03.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.03.2020-y., 10/20/3163-1/0387-son)
18. ABKMning masʼul xodimi tadbirkorlik qilishni xohlovchi ishsiz shaxs tomonidan toʻldirilgan soʻrovnomani qabul qilib oladi va uni qabul qilgan kundan boshlab 3 ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda ushbu shaxsga zarur boʻlgan xarajatlarni toʻlab berish boʻyicha subsidiya ajratish toʻgʻrisida ABKM rahbarining buyrugʻi rasmiylashtiriladi.
Buyruqda subsidiya hisobidan qoplanadigan xarajatlar turlari, ajratiladigan subsidiya miqdori va uni ajratish muddati koʻrsatilishi lozim.
19. ABKM rahbari buyrugʻining nusxasi uning nomiga rasmiylashtirilgan tadbirkorlik qilishni xohlovchi ishsiz shaxsga uning ixtiyoriga asosan ABKMning masʼul xodimi tomonidan taqdim etilishi shart.
20. Tadbirkorlik qilishni xohlovchi ishsiz shaxs:
yakka tartibdagi tadbirkor sifatida roʻyxatdan oʻtish yoki kichik korxonalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish yoxud mikrofirmalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish, uchun 1 oy ichida tegishli hududdagi Davlat xizmatlari markaziga oʻzining shaxsin tasdiqlovchi hujjat bilan murojaat qilishi;
tadbirkorlikka oʻqish uchun 2 oy ichida tadbirkorlik boʻyicha oʻqitish bilan shugʻullanadigan tegishli muassasasiga oʻzining shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan murojaat qilishi;
kredit olishda sugʻurta polisi toʻlovini unga ajratilgan subsidiya hisobidan amalga oshirish uchun tegishli sugʻurta shartnomasini 2 oy ichida ABKMga taqdim etishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
21. Tadbirkorlik qilishni xohlovchi ishsiz shaxs yakka tartibdagi tadbirkor sifatida roʻyxatdan oʻtish yoki kichik korxonalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish yoxud mikrofirmalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun Davlat xizmatlari markaziga murojaat qilgandan keyin Davlat xizmatlari markazi tomonidan tegishli xarajatlarni toʻlab berish boʻyicha avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali tegishli hududdagi ABKMga elektron soʻrovnoma yuboradi.
Keyingi tahrirga qarang.
22. ABKMning masʼul xodimi Davlat xizmatlari markazi tomonidan yuborilgan soʻrovnomadagi maʼlumotlarni ABKM rahbarining ushbu shaxsga zarur boʻlgan xarajatlarni toʻlab berish boʻyicha subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi buyrugʻi asosida oʻrganib chiqadi va soʻrovnomada koʻrsatilgan maʼlumotlar toʻgʻri deb topilganda soʻrovnoma qabul qilingan vaqtdan boshlab 30 daqiqa ichida jamgʻarma mablagʻlari hisobidan zarur pul mablagʻlarini elektron shaklda tegishli Davlat xizmatlari markazining hisobvaragʻiga oʻtkazadi.
23. Davlat xizmatlari markazi zarur pul mablagʻlari ABKM tomonidan Davlat xizmatlari markazining hisobvaragʻiga toʻlanganligiga ishonch hosil qilgandan keyin tegishli tadbirkorlik qilishni xohlovchi ishsiz shaxs uchun belgilangan xizmatni koʻrsatish choralarini koʻradi.
24. Tadbirkorlik qilishni xohlovchi ishsiz shaxs tadbirkorlikka oʻqishi uchun kelishuv asosida shaxsning oʻzi yoki tegishli ABKM ushbu tadbirkorlik qilishni xohlovchi ishsiz shaxsni tadbirkorlikka oʻqitish uchun tadbirkorlik boʻyicha oʻqitish bilan shugʻullanuvchi muassasaga murojaat qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
25. Tadbirkorlik qilishni xohlovchi ishsiz shaxsni tadbirkorlikka oʻqitish tegishli ABKM va tadbirkorlik boʻyicha oʻqitish bilan shugʻullanuvchi muassasa oʻrtasida tuziladigan shartnoma asosida amalga oshiriladi. Bunda tadbirkorlik qilishni xohlovchi ishsiz shaxsni tadbirkorlikka oʻqitish uchun xarajatlarning bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari miqdorida toʻlov amalga oshiradi.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2020-yil 24-martdagi 7-2020/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3163-1, 31.03.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.03.2020-y., 10/20/3163-1/0387-son)
Oldingi tahrirga qarang.
26. Tadbirkorlik qilishni xohlovchi ishsiz shaxs kredit olishda sugʻurta polisi toʻlovini unga ajratilgan subsidiya hisobidan amalga oshirish uchun tegishli sugʻurta shartnomasini ABKMga taqdim etgandan keyin ABKM ushbu sugʻurta shartnomasi asosida kredit olishda sugʻurta polisi toʻlovi uchun xarajatlarni bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari miqdorida amalga oshiradi.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2020-yil 24-martdagi 7-2020/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3163-1, 31.03.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.03.2020-y., 10/20/3163-1/0387-son)
Keyingi tahrirga qarang.
4-bob. Ijtimoiy ehtiyojmand aholi qatlamlariga mansub shaxslarni kvotalangan eng kam sondan ortiq miqdorda ishga qabul qilgan tashkilotlarga subsidiya ajratish
27. Mazkur Nizom maqsadlari uchun quyidagilar ijtimoiy ehtiyojmand aholi qatlamlariga mansub shaxslar hisoblanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
oʻn toʻrt yoshgacha va nogironligi boʻlgan bolalari bor yolgʻiz va koʻp bolali ota-onalar;
(27-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2020-yil 24-martdagi 7-2020/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3163-1, 31.03.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.03.2020-y., 10/20/3163-1/0387-son)
umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarini tamomlagan yoshlar, shuningdek, oliy taʼlim muassasalarining davlat grantlari boʻyicha taʼlim olgan bitiruvchilari;
safarbarlik chaqiruvi zaxirasida xizmatni oʻtagan va Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari saflaridan muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilgan shaxslar;
Oldingi tahrirga qarang.
nogironligi boʻlgan va pensiyaoldi yoshidagi (erkaklar uchun 58 yoshdan 60 yoshga toʻlishgacha va ayollar uchun — 53 yoshdan 55 yoshga toʻlishgacha pensiyaga chiqishdan oldingi yosh) shaxslar;
(27-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2020-yil 24-martdagi 7-2020/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3163-1, 31.03.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.03.2020-y., 10/20/3163-1/0387-son)
jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan yoki sudning qaroriga koʻra tibbiy tusdagi majburlov choralari qoʻllanilishidan ozod qilingan shaxslar;
odam savdosi qurbonlari.
Keyingi tahrirga qarang.
28. Ijtimoiy ehtiyojmand aholi qatlamlariga mansub shaxslarni kvotalangan eng kam sondan ortiq miqdorda ishga qabul qilgan tashkilot kvotalangan eng kam sondan ortiq miqdorda ishga qabul qilingan ijtimoiy ehtiyojmand aholi qatlamlariga mansub shaxslarni ishga qabul qilganligi va subsidiya toʻlab berishni soʻrab tegishli hududdagi ABKMga yozma ravishda murojaat qiladi.
29. Murojaatda ushbu tashkilotga ishga qabul qilingan shaxsning F.I.O., ushbu shaxs ijtimoiy ehtiyojmand aholi qatlamlariga mansubligi, ushbu shaxs tashkilotda kvotalangan eng kam sondan ortiq miqdorda ishga qabul qilinganligi hamda tashkilotning subsidiya toʻlab berilishi lozim boʻlgan hisob raqami koʻrsatiladi, shuningdek tashkilotga kvotalangan eng kam sondan ortiq miqdorda ishga qabul qilingan shaxsning ishga qabul qilinganligini toʻgʻrisidagi buyruq ilova qilinadi.
30. ABKMning masʼul xodimi 3 ish kuni ichida tashkilotning murojaatida koʻrsatilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligini oʻrganib chiqadi.
Oldingi tahrirga qarang.
31. ABKMning masʼul xodimi tomonidan oʻrganish natijalariga koʻra murojaatda taqdim etilgan maʼlumotlar toʻgʻri deb topilganda, murojaat etuvchi tashkilotga har bir xodim uchun 12 oy davomida har oyda bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida haq toʻlash toʻgʻrisida buyruq rasmiylashtiriladi va bu haqda subsidiya toʻlab berishni soʻrab murojaat etgan tashkilotga xabar beriladi.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2020-yil 24-martdagi 7-2020/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3163-1, 31.03.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.03.2020-y., 10/20/3163-1/0387-son)
Oldingi tahrirga qarang.
32. ABKMning masʼul xodimi tomonidan oʻrganish natijalariga koʻra murojaatda taqdim etilgan maʼlumotlar notoʻgʻri deb topilganda, murojaat etuvchi tashkilotga har bir xodim uchun 12 oy davomida har oyda bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida haq toʻlashni rad etish haqidagi asoslantirilgan xat yuboriladi.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2020-yil 24-martdagi 7-2020/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3163-1, 31.03.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.03.2020-y., 10/20/3163-1/0387-son)
33. Ijtimoiy ehtiyojmand aholi qatlamlariga mansub shaxslarni kvotalangan eng kam sondan ortiq miqdorda ishga qabul qilgan tashkilot kvotalangan eng kam sondan ortiq miqdorda ishga qabul qilingan shaxsning ushbu tashkilotda ishlayotganligini tasdiqlash maqsadida xodimga ish haqi hisoblanganligi va daromad soligʻi toʻlanganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni 12 oy davomida har oyda tegishli ABKMga taqdim etib borishi kerak.
34. ABKM har oy uchun keyingi oyda tegishli hududdagi Davlat soliq xizmati organidan tegishli tashkilotda eng kam sondan ortiq miqdorda ishga qabul qilingan shaxsga ish haqi hisoblanganligi toʻgʻrisida maʼlumot oladi.
35. ABKM rahbarining subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi buyrugʻi chiqarilgandan keyin ABKMning masʼul xodimi murojaat etuvchi tashkilotning murojaatida koʻrsatilgan subsidiya toʻlab berilishi lozim boʻlgan hisob raqamiga ushbu tashkilot uchun ajratilgan subsidiyani toʻlab berishi kerak.
Bunda, davlat soliq xizmati organidan tegishli tashkilotda eng kam sondan ortiq miqdorda ishga qabul qilingan shaxsga ish haqi hisoblanmaganligi toʻgʻrisida maʼlumot berilganda, ushbu maʼlumot berilgan vaqtdan boshlab tashkilot uchun ajratilgan subsidiyani toʻlab berish toʻxtatiladi.
5-bob. Yengil konstruksiyali issiqxonalar oʻrnatish, urugʻliklar, koʻchatlar va sugʻorish vositalari xarid qilish uchun subsidiya ajratish
Oldingi tahrirga qarang.
36. Ishsiz, kam taʼminlangan va kambagʻal oilalar aʼzosi boʻlgan tomorqa yer egasi yengil konstruksiyali issiqxonalar oʻrnatish va (yoki) urugʻliklar, koʻchatlar yoxud sugʻorish vositalari xarid qilish uchun subsidiya ajratishni soʻrab tegishli hududdagi ABKMga murojaat qiladi.
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2020-yil 21-avgustdagi 33-2020-B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3163-2, 26.08.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.08.2020-y., 10/20/3163-2/1230-son)
Oldingi tahrirga qarang.
37. ABKMning masʼul xodimi ishsiz, kam taʼminlangan va kambagʻal oilalar aʼzosi boʻlgan tomorqa yer egasining murojaati kelib tushgan kundan boshlab 3 ish kuni ichida joyiga chiqqan holda murojaatchining tomorqa yerida yengil konstruksiyali issiqxona oʻrnatish, shuningdek urugʻliklar, koʻchatlar yoxud sugʻorish vositalari xarid qilinishi uchun tomorqa yerining maydoni va sharoitini oʻrganadi hamda oʻrganish natijasi boʻyicha dalolatnoma tuzadi.
(37-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2020-yil 21-avgustdagi 33-2020-B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3163-2, 26.08.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.08.2020-y., 10/20/3163-2/1230-son)
Dalolatnomada oʻrganish davomida aniqlangan barcha maʼlumotlar koʻrsatilishi kerak.
Shu bilan birga, ABKM masʼul xodimi tomonidan murojaat qilgan shaxsning bandlik holati oʻrganiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
38. Oʻrganish natijasiga koʻra murojaat qilgan shaxs band boʻlmagan hollarda unga uning tomorqa yeriga mos keladigan yengil konstruksiyali issiqxona oʻrnatish va (yoki) urugʻliklar, koʻchatlar yoxud sugʻorish vositalari xarid qilinishi boʻyicha ABKMning masʼul xodimi yetkazib beruvchi tashkilot, ABKM va tomorqa yer egasi oʻrtasida uch tomonlama shartnoma tuzish choralarini koʻradi.
Bunda, tomorqa yer egasining ehtiyojidan kelib chiqqan holda bitta oila uchun quyidagi yoʻnalishlardan biri uchun uch tomonlama shartnoma tuzadi:
yengil konstruksiyali issiqxonalar oʻrnatish;
sugʻorish vositalari xarid qilish;
urugʻliklar va koʻchatlar sotib olish.
(38-band Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2020-yil 21-avgustdagi 33-2020-B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3163-2, 26.08.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.08.2020-y., 10/20/3163-2/1230-son)
39. Oʻrganish natijasiga koʻra murojaat qilgan shaxs band boʻlganda yoki uning tomorqa yer maydoni mavjud boʻlmaganda murojaat qilgan shaxsga asoslantirilgan javob xati yuboriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
40. Yetkazib beruvchi tashkilot, ABKM va tomorqa yer egasi oʻrtasida uch tomonlama shartnoma tuzilganda ABKM tomonidan ushbu uch tomonlama shartnoma asosida subsidiya ajratish toʻgʻrisida ABKM rahbarining buyrugʻi rasmiylashtiriladi va tegishli toʻlov amalga oshiriladi.
(40-band Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2020-yil 21-avgustdagi 33-2020-B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3163-2, 26.08.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.08.2020-y., 10/20/3163-2/1230-son)
Oldingi tahrirga qarang.
51-bob. Ishsiz fuqarolar, kam taʼminlangan oilalar aʼzolari, tashqi mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxslarga kooperativlar ustav fondiga (jamgʻarmasiga) ulush sifatida kiritish uchun subsidiya ajratish
401. Ishsiz fuqarolar, kam taʼminlangan oilalar aʼzolari, tashqi mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxslarni bandligini taʼminlash maqsadida kooperativ tashkil etmoqchi boʻlgan muassis (bundan buyon matnda muassis deb yuritiladi) kooperativ ustav fondiga (jamgʻarmasiga) ulush sifatida kiritish uchun — har bir aʼzoga (oilaga) subsidiya olish uchun hududdagi ABKMga yozma ravishda murojaat qiladi.
Muassis tomonidan murojaatga kooperativga ixtiyoriy aʼzo boʻluvchilarning (oila aʼzosi) F.I.O. koʻrsatilgan roʻyxati hamda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini (baliqchilik, quyonchilik, parrandachilik, asalarichilik, meva-sabzavotchilik, uzumchilik) yetishtirish, tikuvchilik, hunarmandchilik va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarish uchun muassis va aʼzo oʻrtasida tuzilgan pudrat shartnomalari nusxalari ilova qilinishi kerak.
402. Mazkur Nizomning 401-bandi ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan maʼlumotlar toʻliq topshirilgandan soʻng ABKMning masʼul xodimi muassisning murojaatini 5 ish kuni ichida oʻrganib chiqadi va oʻrganish natijalari boʻyicha kooperativga ixtiyoriy aʼzo boʻluvchilarga subsidiya ajratish uchun ABKM rahbariga taklif kiritadi. Bunda, masʼul xodim kooperativga aʼzo boʻluvchini ishsizligiga, kam taʼminlangan oila aʼzosiligiga, tashqi mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxs ekanligiga eʼtibor qaratishi lozim.
403. ABKM rahbari kooperativga ixtiyoriy aʼzo boʻluvchilarning kooperativ ustav fondidagi ulushini shakllantirish uchun 2 ish kunida subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi buyruqni rasmiylashtiradi va pochta orqali muassisga yuboradi. Buyruqda subsidiya oluvchilar F.I.O., subsidiya miqdori koʻrsatilishi zarur.
404. ABKMning masʼul xodimi muassis taqdim etgan hujjatlar mazkur Nizomning 401-bandining ikkinchi xatboshisiga muvofiq boʻlmaganda yoxud oʻrganish natijasi boʻyicha muassisning murojaatida koʻrsatilgan shaxs ishsiz, kam taʼminlangan oila aʼzosi, tashqi mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxs boʻlmagan hollarda 1 ish kunida subsidiya ajratishni rad etish toʻgʻrisida muassisga rad etishning sabablari asoslantirilgan holda yozma ravishda xat yuboradi.
405. ABKMning subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi buyrugʻining nusxasini olgan muassis belgilangan tartibda kooperativ tashkil etadi.
406. Muassis belgilangan tartibda kooperativ tashkil etganidan soʻng, ABKMga yozma ravishda davlat xizmatlari markazida roʻyxatga olingan kooperativning aʼzolari ulushi koʻrsatilgan ustav, kooperativning asosiy rekvizitlari, aʼzolarning mulkiy payi toʻgʻrisidagi guvohnoma nusxalarini taqdim etadi.
407. ABKM 2 ish kuni muddatida kooperativ ustav fondiga har bir aʼzoning ulushi sifatida kiritish uchun kooperativning bankdagi hisob raqamiga bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravarigacha miqdorda subsidiya ajratadi hamda kooperativ raisi (muassis) va har bir aʼzosi yozma ravishda xabardor qilinadi.
408. Kooperativlar ustav fondiga (jamgʻarmasiga) ulush sifatida kiritish uchun subsidiya bitta oilaga faqat bir marotaba ajratiladi.
(51-bob Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2020-yil 21-avgustdagi 33-2020-B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3163-2, 26.08.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.08.2020-y., 10/20/3163-2/1230-son)
Oldingi tahrirga qarang.
52-bob. “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi tarkibidagi qoʻlda gilam va ipak mato toʻqish bilan shugʻullanuvchilarga ish oʻrni yaratish sharti bilan gilam va ipak mato toʻqish dastgohini xarid qilishga sarflanadigan xarajatlarni qoplash uchun subsidiya ajratish
409. “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi tarkibidagi qoʻlda gilam va ipak mato toʻqish bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslar (bundan buyon matnda yuridik shaxs deb yuritiladi) Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan 3 tadan kam boʻlmagan ish oʻrni yaratish sharti bilan gilam va ipak mato toʻqish dastgohini xarid qilishga sarflanadigan xarajatlarni qoplash uchun — har bir dastgoh uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari miqdorida subsidiyalar ajratishni soʻrab ABKMga ariza bilan murojaat qiladi.
Yuridik shaxs tomonidan arizaga “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasiga aʼzoligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma, mavjud va tashkil etiladigan ish oʻrinlari soni, ishga qabul qilish rejalashtirilgan ishsizlarning F.I.O. koʻrsatilgan roʻyxat hamda xarid qilinadigan dastgohlarning umumiy soni va qiymati toʻgʻrisidagi maʼlumot nusxalari ilova qilinishi kerak.
4010. Mazkur Nizomning 409-bandi ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan maʼlumotlar toʻliq topshirilgandan soʻng ABKMning masʼul xodimi yuridik shaxsning murojaatini 3 ish kuni ichida oʻrganib chiqadi hamda subsidiya ajratish uchun uch tomonlama shartnoma va buyruq rasmiylashtirish boʻyicha ABKM rahbariga taklif kiritadi.
4011. ABKMning masʼul xodimi yaratiladigan ish oʻrinlari va ushbu ish oʻrinlariga ishsiz fuqarolarni ishga qabul qilish hamda yuridik shaxs xarid qiladigan dastgohlar soni va toʻlab beriladigan subsidiyaning umumiy miqdorini koʻrsatgan holda yetkazib beruvchi tashkilot, ABKM va yuridik shaxs oʻrtasida uch tomonlama shartnoma tuzish choralarini koʻradi.
4012. Oʻrganish natijasiga koʻra murojaat qilgan yuridik shaxsning qoʻlda gilam va ipak mato toʻqishni tashkil etish imkoniyatlari yetarli boʻlmagan hollarda 1 ish kunida subsidiya ajratishni rad etish toʻgʻrisida yuridik shaxsga asoslantirilgan javob xati yuboriladi.
4013. Yetkazib beruvchi tashkilot, ABKM va yuridik shaxs oʻrtasida uch tomonlama shartnoma tuzilgandan soʻng ABKM tomonidan har bir dastgoh uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari miqdorida subsidiya ajratish toʻgʻrisida ABKM rahbarining buyrugʻi rasmiylashtiriladi va tegishli toʻlov amalga oshiriladi.
4014. Yuridik shaxs uch tomonlama shartnomada koʻrsatilgan muddatlarda dastgohlarni oʻrnatgandan soʻng tashkil etilgan ish oʻrinlari va ushbu ish oʻrinlariga ishsiz fuqarolar ishga qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Yagona milliy mehnat tizimida aks ettiradi va ABKMga yozma maʼlum qiladi.
4015. Uch tomonlama shartnoma boʻyicha majburiyatlar belgilangan muddatlarda bajarilmagan taqdirda ABKM tomonidan toʻlab berilgan subsidiyani qaytarish choralari koʻriladi.
4016. Mazkur Nizomning 51-bobida koʻrsatilgan subsidiya turi hamda qoʻlda gilam va ipak mato toʻqish dastgohini xarid qilishga sarflanadigan xarajatlarni qoplash uchun subsidiya turi aynan bir yuridik shaxsga nisbatan tatbiq etilmaydi.
(52-bob Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2020-yil 21-avgustdagi 33-2020-B-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3163-2, 26.08.2020-y.) asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.08.2020-y., 10/20/3163-2/1230-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
6-bob. Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan grantlar ajratish
41. ABKM tegishli hududdagi mehnat bozori ehtiyojidan kelib chiqqan holda:
ushbu hududdagi band boʻlmagan shaxslar, ayniqsa, mehnat migratsiyasidan qaytgan fuqarolar va kam taʼminlangan oilalarda yashovchi xotin-qizlar orasidan kasbga qayta oʻqish istagi boʻlganlar;
agrotexnologiya, bogʻdorchilik, sabzavotchilik, chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik hamda asalarichilik sohasida qayta tayyorlash va malakasini oshirish istagi boʻlgan fermer va dehqon xoʻjaliklarining rahbarlari va ishchilari, tomorqa yer egalari roʻyxatini shakllantiradi.
Bunda ABKM tomonidan tegishli hududdagi kasbga qayta oʻqish, qayta tayyorlash va malakasini oshirish istagi boʻlganlarni aniqlash maqsadida ommaviy axborot vositalarida eʼlon berilishi mumkin.
42. ABKM tomonidan tegishli hududiy bosh boshqarmaga grant ajratishni soʻrab talabnoma yuboriladi.
43. Talabnomada ABKM tomonidan shakllantirilgan roʻyxat asosida hududdagi band boʻlmagan shaxslar, shuningdek mehnat migratsiyasidan qaytgan fuqarolar va kam taʼminlangan oilalarda yashovchi xotin-qizlarning, shuningdek agrotexnologiya, bogʻdorchilik, sabzavotchilik, chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik hamda asalarichilik sohasida qayta tayyorlash va malakasini oshirish istagi boʻlgan fermer va dehqon xoʻjaliklarining rahbarlari va ishchilari, tomorqa yer egalarining soni, kasbga qayta oʻqitish, qayta tayyorlash va malakasini oshirish yoʻnalishlari va muddatlari hamda tegishli hudud koʻrsatilishi lozim.
44. Hududiy bosh boshqarma ABKM tomonidan yuborilgan talabnomani 3 ish kuni ichida koʻrib chiqadi.
45. Hududiy bosh boshqarmada ABKM tomonidan yuborilgan talabnoma boʻyicha eʼtirozlar mavjud boʻlmaganda, talabnomada koʻrsatilgan shaxslarni kasbga qayta oʻqitish, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil qilish uchun kasb-hunar taʼlimi muassasalari, kasb-hunarga oʻqitish markazlari, kollejlar va oliy oʻquv yurtlari tanlovini “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonun va boshqa qonun hujjatlari talablari asosida amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
46. Hududiy bosh boshqarma va tegishli kasb-hunar taʼlimi muassasasi, kasb-hunarga oʻqitish markazi, kollej yoki oliy oʻquv yurti oʻrtasida tuzilgan shartnomaga asosan tegishli hududiy bosh boshqarma band boʻlmagan shaxslarni, ayniqsa, mehnat migratsiyasidan qaytgan fuqarolar, kam taʼminlangan oilalarda yashovchi xotin-qizlarni kasbga qayta oʻqitishga, shuningdek agrotexnologiya, bogʻdorchilik, sabzavotchilik, chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik hamda asalarichilik sohasida fermer va dehqon xoʻjaliklarining rahbarlari va ishchilari hamda tomorqa yer egalarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishga sarflanadigan xarajatlarni moliyalashtiradi.
7-bob. Yakuniy qoidalar
47. Mazkur Nizom talablarini buzganlikda aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
48. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Kasb-hunar taʼlimi markazi, Markaziy banki, Davlat soliq qoʻmitasi, Savdo-sanoat palatasi va Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan kelishilgan.
Iqtisodiyot va sanoat vaziri B. XODJAYEV
2019-yil 10-may
Moliya vaziri D. KUCHKAROV
2019-yil 10-may
Kasb-hunar taʼlimi markazi direktori M. XOLMUXAMEDOV
2019-yil 10-may
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
2019-yil 10-may
Davlat soliq qoʻmitasi Raisi B. MUSAYEV
2019-yil 10-may
Savdo-sanoat palatasi raisi A. IKRAMOV
2019-yil 10-may
Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi v.b A. XAITOV
2019-yil 10-may
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan subsidiya va grantlar ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
|
Tadbirkorlik qilishni xohlovchi ishsiz shaxslarga | |||||||||||||||||||
| | | | | | | | | | | | | | | | | | | | |
| 1. Tadbirkorlik qilishni xohlovchi ishsiz shaxs haqidagi maʼlumotlar: | |||||||||||||||||||
| a) _____________________________________________________________________________________________________ | |||||||||||||||||||
| | | | | | | | | |
(F.I.O.) |
| | | | | | | | | |
| b) ____________________________________________________________________________________________________ _______________________________________________________________________________________________________ | |||||||||||||||||||
| | | | | | | | | |
(manzili) |
| | | | | | | | | |
| v) _____________________________________________________________________________________________________ | |||||||||||||||||||
| | | | | | | | | |
(STIR) |
| | | | | | | | | |
| g) _____________________________________________________________________________________________________ | |||||||||||||||||||
| | | | | | |
(elektron pochta manzili va telefon raqami) |
| | | | | | |||||||
|
2. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravarigacha miqdorida toʻlab beriladigan xarajatlar: | |||||||||||||||||||
| yakka tartibdagi tadbirkor sifatida roʻyxatdan oʻtish | | | |||||||||||||||||
| kichik korxonalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish | | | |||||||||||||||||
| mikrofirmalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish | | | |||||||||||||||||
| tadbirkorlikka oʻqitish | | | |||||||||||||||||
| kredit olishda sugʻurta polisi toʻlovi | | ||||||||||||||||||
| | | | | | | | | | | | | | | | | | | | |
| |
______________________________ |
| | | | |
______________________________ |
| | ||||||||||
| |
(sana) |
| | | | |
(imzo) |
| | ||||||||||
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2020-yil 24-martdagi 7-2020/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3163-1, 31.03.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.03.2020-y., 10/20/3163-1/0387-son)
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.05.2019-y., 10/19/3163/3221-son; 31.03.2020-y., 10/20/3163-1/0387-son; 26.08.2020-y., 10/20/3163-2/1230-son; 09.04.2021-y., 10/21/3163-3/0316-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)