Hujjat kuchini yo‘qotgan 09.08.2026 31.05.2019 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3163
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining buyrugʻi, 31.05.2019 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3163
Дата вступления в силу
31.05.2019
Hujjat kuchini yo‘qotgan 09.08.2026
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
buyrugʻi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan subsidiya va grantlar ajratish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 31-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3163]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2026-yil 4-maydagi 03-2026/B-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan subsidiyalar va ssuda ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3832, 07.05.2026-y.) asosan 2026-yil 9-avgustdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-martdagi PQ-4227-son “2019-yilda aholi bandligini taʼminlash va yangi ish oʻrinlarini tashkil etish boʻyicha davlat buyurtmasi toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan subsidiya va grantlar ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazir Sh. KUDBIYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2019-yil 10-may,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19-2019-B-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2019-yil 10-maydagi 19-2019-B-son buyrugʻiga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan subsidiya va grantlar ajratish tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-martdagi PQ-4227-son “2019-yilda aholi bandligini taʼminlash va yangi ish oʻrinlarini tashkil etish boʻyicha davlat buyurtmasi toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi (bundan buyon matnda jamgʻarma deb yuritiladi) mablagʻlari hisobidan subsidiya va grantlar ajratish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. “Aholi bandligi toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq oʻn olti yoshdan to pensiya taʼminoti huquqini olish yoshigacha boʻlgan, haq toʻlanadigan ishga yoki ish haqi (mehnat daromadi) keltiradigan mashgʻulotga ega boʻlmagan, ish qidirayotgan va ish taklif etilsa, unga kirishishga tayyor boʻlgan yoxud kasbga tayyorlashdan, qayta tayyorlashdan oʻtishga yoki malakasini oshirishga tayyor boʻlgan, ishga joylashishda koʻmak olish uchun mahalliy mehnat organlariga murojaat qilgan va ushbu organlar tomonidan ish qidirayotgan shaxslar sifatida roʻyxatga olingan mehnatga layoqatli shaxslar (bundan taʼlim muassasalarida taʼlim olayotganlar mustasno) ishsizlar deb eʼtirof etiladi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2021-yil 9-apreldagi 19-2021-B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3163-3, 09.04.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2021-y., 10/21/3163-3/0316-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-martdagi PQ-4227-son “2019-yilda aholi bandligini taʼminlash va yangi ish oʻrinlarini tashkil etish boʻyicha davlat buyurtmasi toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq subsidiyalar quyidagi maqsadlar uchun ajratiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ish beruvchilarga — aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari (bundan buyon matnda ABKM deb yuritiladi) yoʻllanmasi boʻyicha ishga qabul qilingan xodimlarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga sarflanadigan xarajatlarni qoplash uchun — har bir xodim uchun 6 oy davomida har oyda bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravari miqdorida toʻlovni amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aholi bandligiga koʻmaklashish markazida roʻyxatdan oʻtgan, tadbirkorlik qilishni xohlovchi ishsiz shaxslarga — yakka tartibdagi tadbirkor sifatida roʻyxatdan oʻtish, kichik korxonalar va mikrofirmalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish, tadbirkorlikka oʻqitish va kredit olishda sugʻurta polisi toʻlovi uchun xarajatlarni bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari miqdorida toʻlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijtimoiy ehtiyojmand aholi qatlamlariga mansub shaxslarni kvotalangan eng kam sondan ortiq miqdorda ishga qabul qilgan tashkilotlarga — har bir xodim uchun 12 oy davomida har oyda bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida haq toʻlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(2-bandning beshinchi va oltinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2020-yil 21-avgustdagi 33-2020-B-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3163-2, 26.08.2020-y.) asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.08.2020-y., 10/20/3163-2/1230-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-maydagi PQ-4716-son “Tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash va aholi bandligini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq subsidiyalar quyidagi maqsadlar uchun ajratiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) ABKM, yetkazib beruvchi tashkilotlar va tomorqa yer egalari oʻrtasida tuzilgan uch tomonlama shartnomalar asosida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yengil konstruksiyali issiqxonalar oʻrnatish uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravarigacha;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sugʻorish vositalari xarid qilish uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravarigacha;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
urugʻliklar va koʻchatlar sotib olish uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravarigacha;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) qishloq xoʻjaligi kooperativlari ustav fondiga ulush sifatida kiritishi uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravarigacha. Bunda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qishloq xoʻjaligi kooperativlari baliqchilik, quyonchilik, parrandachilik, asalarichilik, meva-sabzavotchilik, uzumchilik, tikuvchilik, hunarmandchilik va boshqa ilgʻor sohalarda tashkil etiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qishloq xoʻjaligi kooperativlariga ishsiz fuqarolar, kam taʼminlangan oilalar aʼzolari, tashqi mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxslar hamda kooperativ faoliyati yoʻnalishi boʻyicha tajribaga ega yetakchi tadbirkorlar birlashtiriladi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2020-yil 21-avgustdagi 33-2020-B-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3163-2, 26.08.2020-y.) asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.08.2020-y., 10/20/3163-2/1230-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-iyundagi PQ-4759-son “Respublikada qoʻlda toʻqilgan gilamchilik sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi tarkibidagi qoʻlda gilam va ipak mato toʻqish bilan shugʻullanuvchilarga Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan 3 tadan kam boʻlmagan ish oʻrni yaratish sharti bilan gilam va ipak mato toʻqish dastgohini xarid qilishga sarflanadigan xarajatlarni qoplash uchun — har bir dastgoh uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari miqdorida subsidiyalar ajratiladi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2020-yil 21-avgustdagi 33-2020-B-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3163-2, 26.08.2020-y.) asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.08.2020-y., 10/20/3163-2/1230-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-sentabrdagi PF-6059-son “Oʻzbekiston Respublikasida pillachilik va qorakoʻlchilikni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq “Qorakoʻlchilik” uyushmasi aʼzolariga qoʻl mehnati uchun uskunalar xarid qilish boʻyicha xarajatlarni qoplash uchun kamida bitta ish oʻrni yaratish sharti bilan bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari miqdorida subsidiyalar ajratiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-fevraldagi PF-6155-son “2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq tadbirkorlik va oʻzini oʻzi band qilish faoliyatini boshlamoqchi boʻlgan ishsiz, shu jumladan “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarga faoliyatini boshlash uchun kerak boʻlgan asbob-uskuna, mehnat qurollarini xarid qilish uchun 7 million soʻmgacha subsidiyalar ajratiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-avgustdagi PQ-4804-son “Kambagʻal va ishsiz fuqarolarni tadbirkorlikka jalb qilish, ularning mehnat faolligini oshirish va kasb-hunarga oʻqitishga qaratilgan hamda aholi bandligini taʼminlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq tadbirkorlik subyektlariga ish oʻrinlari va sharoitlarini nogironligi boʻlgan shaxslarga moslashtirish uchun har bir moslashtirilayotgan ish joyi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 40 baravarigacha;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tadbirkorlik faoliyatini boshlayotgan ishsiz fuqarolarga tadbirkorlik subyekti sifatida davlat roʻyxatidan oʻtgandan soʻng dastlabki uch oy mobaynida olingan bino va inshootning ijara toʻlovi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hunarmandlarning “Hunarmand” uyushmasiga aʼzolik badali xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-oktabrdagi PQ-4850-son “Oʻzbekiston Respublikasida oʻrmon xoʻjaligi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻrmon fondi yerlarini ijaraga olgan ijarachilar ABKMda roʻyxatdan oʻtgan ishsiz shaxslarni ishga qabul qilgan taqdirda, ularga ish haqi toʻlash xarajatlarini qoplash uchun — 6 oy davomida oʻrtacha ish haqining 50 foizi miqdorida, biroq har bir oy uchun bazaviy hisoblash miqdorining 2 barobaridan oshmagan miqdorda subsidiya ajratiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-martdagi PQ-5033-son “Kulolchilikni jadal rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq usta-shogird anʼanalari asosida yoshlarga hunar oʻrgatayotgan kulollarga shogirdlar tayyorlashi, zarur xom ashyo sotib olishi va shogirdlarni ish haqi bilan taʼminlashi uchun subsidiyalar ajratiladi.
(23 — 27-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2021-yil 9-apreldagi 19-2021-B-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3163-3, 09.04.2021-y.) asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2021-y., 10/21/3163-3/0316-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-martdagi PQ-4227-son “2019-yilda aholi bandligini taʼminlash va yangi ish oʻrinlarini tashkil etish boʻyicha davlat buyurtmasi toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq grantlar quyidagi maqsadlar uchun ajratiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kasb-hunar taʼlimi muassasalariga — band boʻlmagan shaxslarni, ayniqsa, mehnat migratsiyasidan qaytgan fuqarolar, kam taʼminlangan oilalarda yashovchi xotin-qizlarni kasbga qayta oʻqitishga sarflanadigan xarajatlarni moliyalashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kasb-hunarga oʻqitish markazlari, kollejlar va oliy oʻquv yurtlarida kasb-hunarga tayyorlash, agrotexnologiya, bogʻdorchilik, sabzavotchilik, chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik hamda asalarichilik sohasida fermer va dehqon xoʻjaliklarining rahbarlari va ishchilari hamda tomorqa yer egalarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishni moliyalashtirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Subsidiya va grant Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan har yili tasdiqlanadigan Respublika boʻyicha hududlar kesimida alohida smeta hujjatlariga muvofiq ajratiladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 13-avgustdagi 18-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3552, 15.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Subsidiya ABKM tomonidan, shuningdek grantlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmalari (bundan buyon matnda hududiy bosh boshqarma deb yuritiladi) tomonidan smeta hujjatlarida belgilangan mablagʻlar doirasida beriladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 13-avgustdagi 18-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3552, 15.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Ish beruvchilarga ABKM yoʻllanmasi boʻyicha ishga qabul qilingan xodimlarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga sarflanadigan xarajatlarni qoplash uchun subsidiya ajratish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. ABKM yoʻllanmasi asosida ishga qabul qilingan xodimlarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish maqsadida subsidiya olish uchun ish beruvchi tegishli hududdagi ABKMga yozma ravishda murojaat qiladi. Bunda, murojaatda kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish rejalashtirilgan xodimning F.I.O., kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish joyi va muddati, ish beruvchi tashkilotning subsidiya toʻlab berilishi lozim boʻlgan hisob raqami koʻrsatilishi, shuningdek murojaatga xodimning ishga qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi buyruq nusxasi ilova qilinishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. ABKMning masʼul xodimi ish beruvchi tomonidan subsidiya ajratishni soʻrab taqdim etilgan hujjatlarni 5 ish kuni ichida oʻrganib chiqadi. Masʼul xodim hujjatlarni oʻrganib chiqishda kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish rejalashtirilgan xodim ABKM yoʻllanmasi asosida ishga qabul qilinganligi va uzluksiz ushbu tashkilotda ishlayotganligi, shuningdek mazkur Nizomning 6-bandida nazarda tutilgan maʼlumotlar toʻliq koʻrsatilganligi hamda xodimning ishga qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi buyruq nusxasi taqdim qilinganligiga eʼtibor qaratishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. ABKMning masʼul xodimi tomonidan ish beruvchi tashkilot tomonidan taqdim etilgan hujjatlar toʻliq taqdim etilgan, unda barcha zarur maʼlumotlar koʻrsatilgan va ABKM tomonidan xodim uchun berilgan yoʻllanma haqiqiy deb topilganda, u oʻrganish natijasi boʻyicha ish beruvchining murojaatida koʻrsatilgan xodimning kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishi uchun subsidiya ajratish toʻgʻrisida ABKM rahbariga yozma shaklda taklif kiritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda, ABKM rahbari masʼul xodimga ish beruvchining murojaatida koʻrsatilgan xodimning kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishi uchun subsidiya ajratish toʻgʻrisida rozilik bildiradi va subsidiya ajratish toʻgʻrisida buyruq rasmiylashtiriladi. Buyruqda subsidiya summasi va uni ajratish muddati koʻrsatilishi zarur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. ABKMning masʼul xodimi tomonidan ish beruvchi tashkilot tomonidan taqdim etilgan hujjatlar toʻliq taqdim etilmagan yoki unda barcha zarur maʼlumotlar koʻrsatilmagan yoxud ABKM tomonidan xodim uchun berilgan yoʻllanma haqiqiy emas deb topilganda, oʻrganish natijasi boʻyicha ish beruvchining murojaatida koʻrsatilgan xodimning kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishi uchun subsidiya ajratishni rad etish toʻgʻrisida ish beruvchi tashkilotga rad etishning sabablari asoslantirilgan holda koʻrsatilgan xat yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. ABKMning masʼul xodimi ish beruvchi tashkilot tomonidan taqdim etilgan hujjatlardagi maʼlumotlarni oʻrganish natijasi boʻyicha bildirilgan taklif yoki rad etish asoslantirilganligi uchun masʼul hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. ABKM rahbarining subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi buyrugʻiga asosan ish beruvchi tashkilotga uning murojaatida koʻrsatilgan xodimning kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish maqsadida har bir xodim uchun 6 oy davomida har oyda bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravari miqdorida subsidiya ajratiladi va ABKM tomonidan ish beruvchiga toʻlab beriladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2020-yil 24-martdagi 7-2020/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3163-1, 31.03.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.03.2020-y., 10/20/3163-1/0387-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Ish beruvchi kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish rejalashtirilgan xodimning kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish yakunlangan kundan boshlab 5 ish kuni ichida ushbu xodimning kasbga tayyorlashdan yoki qayta tayyorlashdan oʻtganligi, shuningdek uning malakasi oshirilganligini tasdiqlovchi hujjat nusxasini tegishli ABKMga taqdim etishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Ish beruvchi tomonidan xodimning kasbga tayyorlashdan yoki qayta tayyorlashdan oʻtganligi, shuningdek uning malakasi oshirilganligini tasdiqlovchi hujjat nusxasini 5 ish kuni ichida tegishli ABKMga taqdim etilmagan hollarda ABKM tomonidan xodimning kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishga sarflangan xarajatlarni qoplash uchun ajratilgan va ish beruvchi tashkilotga toʻlab berilgan subsidiyani qaytarish choralari koʻriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. ABKMda roʻyxatdan oʻtgan, tadbirkorlik faoliyatini boshlashni xohlovchi ish qidirayotgan shaxslarga va ishsiz shaxslarga yakka tartibdagi tadbirkor sifatida roʻyxatdan oʻtish, kichik korxonalar va mikrofirmalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish, shu jumladan shtamplar va muhrlar olish, elektron raqamli imzo olish, tadbirkorlikka oʻqish xarajatlarini toʻlash va kreditni olish chogʻida sugʻurta polisi haqini toʻlash uchun subsidiya ajratish
(3-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2021-yil 9-apreldagi 19-2021-B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3163-3, 09.04.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2021-y., 10/21/3163-3/0316-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. ABKMda roʻyxatdan oʻtgan, tadbirkorlik qilishni xohlovchi ishsiz shaxslar tegishli hududdagi ABKMga tadbirkorlik qilishni rejalashtirganligi toʻgʻrisida ariza bilan murojaat qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. ABKMning masʼul xodimi ABKMda roʻyxatdan oʻtgan, tadbirkorlik faoliyatini boshlashni xohlovchi ishsiz shaxsning murojaatini koʻrib chiqadi va unga quyidagi xarajatlarni jamgʻarma mablagʻlari hisobidan toʻlab berilishini taklif qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yakka tartibdagi tadbirkor sifatida roʻyxatdan oʻtish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kichik korxonalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mikrofirmalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shtamplar va muhrlar olish, elektron raqamli imzo olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tadbirkorlikka oʻqitish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kredit olishda sugʻurta polisi toʻlovi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tadbirkorlik subyekti sifatida davlat roʻyxatidan oʻtgandan soʻng dastlabki uch oy mobaynida olingan bino va inshootning ijara toʻlovi xarajatlarini qoplash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Qorakoʻlchilik” uyushmasi aʼzolariga qoʻl mehnati uchun uskunalar xarid qilish boʻyicha xarajatlarni qoplash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Hunarmand” uyushmasiga aʼzolik badali xarajatlarini qoplash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tadbirkorlik va oʻzini oʻzi band qilish faoliyatini boshlamoqchi boʻlgan ishsiz, shu jumladan “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarga faoliyatini boshlash uchun kerak boʻlgan asbob-uskuna, mehnat qurollarini xarid qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻrmon fondi yerlarini ijaraga olgan ijarachilar aholi bandligiga koʻmaklashish markazida roʻyxatdan oʻtgan ishsiz shaxslarni ishga qabul qilgan taqdirda, ularga ish haqi toʻlash xarajatlarini qoplash uchun;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
usta-shogird anʼanalari asosida yoshlarga hunar oʻrgatayotgan kulollarga shogirdlar tayyorlashi, zarur xom ashyo sotib olishi va shogirdlarni ish haqi bilan taʼminlash.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2021-yil 9-apreldagi 19-2021-B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3163-3, 09.04.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2021-y., 10/21/3163-3/0316-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. ABKMning masʼul xodimi tomonidan tadbirkorlik qilishni xohlovchi ishsiz shaxsga mazkur Nizomning 15-bandida nazarda tutilgan xarajatlarni bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari miqdorida toʻlab berishning taklif etilganligi va tadbirkorlik qilishni xohlovchi ishsiz shaxsning ular orasidan oʻziga keraklisini tanlaganligi mazkur Nizomning ilovasiga muvofiq shakldagi Tadbirkorlik qilishni xohlovchi ishsiz shaxslarga subsidiyalar taklif etish boʻyicha soʻrovnoma bilan rasmiylashtiriladi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2020-yil 24-martdagi 7-2020/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3163-1, 31.03.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.03.2020-y., 10/20/3163-1/0387-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Soʻrovnomada koʻrsatilishi lozim boʻlgan barcha maʼlumotlar tadbirkorlik qilishni xohlovchi ishsiz shaxs tomonidan koʻrsatiladi, shuningdek unga taklif etilayotgan xarajatlarni bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari miqdorida toʻlab berish koʻrsatilgan katakchalar orasidan oʻziga keraklisiga belgi qoʻyadi va soʻrovnomani imzolaydi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2020-yil 24-martdagi 7-2020/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3163-1, 31.03.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.03.2020-y., 10/20/3163-1/0387-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. ABKMning masʼul xodimi tadbirkorlik qilishni xohlovchi ishsiz shaxs tomonidan toʻldirilgan soʻrovnomani qabul qilib oladi va uni qabul qilgan kundan boshlab 3 ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda ushbu shaxsga zarur boʻlgan xarajatlarni toʻlab berish boʻyicha subsidiya ajratish toʻgʻrisida ABKM rahbarining buyrugʻi rasmiylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Buyruqda subsidiya hisobidan qoplanadigan xarajatlar turlari, ajratiladigan subsidiya miqdori va uni ajratish muddati koʻrsatilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. ABKM rahbari buyrugʻining nusxasi uning nomiga rasmiylashtirilgan tadbirkorlik qilishni xohlovchi ishsiz shaxsga uning ixtiyoriga asosan ABKMning masʼul xodimi tomonidan taqdim etilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Tadbirkorlik qilishni xohlovchi ishsiz shaxs:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yakka tartibdagi tadbirkor sifatida roʻyxatdan oʻtish yoki kichik korxonalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish yoxud mikrofirmalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish, shu jumladan shtamplar va muhrlar olish, elektron raqamli imzo olish uchun 1 oy ichida Davlat xizmatlari markaziga oʻzining shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan murojaat qilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tadbirkorlikka oʻqish uchun 2 oy ichida tadbirkorlik boʻyicha oʻqitish bilan shugʻullanadigan tegishli muassasaga oʻzining shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan murojaat qilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kredit olishda sugʻurta polisi toʻlovini unga ajratilgan subsidiya hisobidan amalga oshirish uchun tegishli sugʻurta shartnomasini 2 oy ichida ABKMga taqdim etishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tadbirkorlik subyekti sifatida davlat roʻyxatidan oʻtgandan soʻng dastlabki uch oy mobaynida olingan bino va inshootning ijara toʻlovi toʻlab berilishi uchun ijara shartnomasi tuzilgan kundan boshlab 10 kun ichida tegishli hududdagi ABKMga murojaat qilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Hunarmand” uyushmasiga aʼzo boʻlishni xohlovchi shaxs “Hunarmand” uyushmasiga 1 oy ichida shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan murojaat qilishi kerak.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2021-yil 9-apreldagi 19-2021-B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3163-3, 09.04.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2021-y., 10/21/3163-3/0316-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Tadbirkorlik qilishni xohlovchi ishsiz shaxs yakka tartibdagi tadbirkor sifatida roʻyxatdan oʻtish yoki kichik korxonalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish yoxud mikrofirmalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish, shu jumladan shtamplar va muhrlar olish, elektron raqamli imzo olish uchun Davlat xizmatlari markaziga murojaat qilgandan keyin Davlat xizmatlari markazi tomonidan tegishli xarajatlarni toʻlab berish boʻyicha avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali tegishli hududdagi ABKMga elektron soʻrovnoma yuboradi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2021-yil 9-apreldagi 19-2021-B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3163-3, 09.04.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2021-y., 10/21/3163-3/0316-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. ABKMning masʼul xodimi Davlat xizmatlari markazi tomonidan yuborilgan soʻrovnomadagi maʼlumotlarni ABKM rahbarining ushbu shaxsga zarur boʻlgan xarajatlarni toʻlab berish boʻyicha subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi buyrugʻi asosida oʻrganib chiqadi va soʻrovnomada koʻrsatilgan maʼlumotlar toʻgʻri deb topilganda soʻrovnoma qabul qilingan vaqtdan boshlab 30 daqiqa ichida jamgʻarma mablagʻlari hisobidan zarur pul mablagʻlarini elektron shaklda tegishli Davlat xizmatlari markazining hisobvaragʻiga oʻtkazadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Davlat xizmatlari markazi zarur pul mablagʻlari ABKM tomonidan Davlat xizmatlari markazining hisobvaragʻiga toʻlanganligiga ishonch hosil qilgandan keyin tegishli tadbirkorlik qilishni xohlovchi ishsiz shaxs uchun belgilangan xizmatni koʻrsatish choralarini koʻradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Tadbirkorlik qilishni xohlovchi ishsiz shaxs tadbirkorlikka oʻqishi uchun kelishuv asosida shaxsning oʻzi yoki tegishli ABKM ushbu tadbirkorlik qilishni xohlovchi ishsiz shaxsni tadbirkorlikka oʻqitish uchun tadbirkorlik boʻyicha oʻqitish bilan shugʻullanuvchi muassasaga murojaat qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Tadbirkorlik qilishni xohlovchi ishsiz shaxsni tadbirkorlikka oʻqitish tegishli ABKM va tadbirkorlik boʻyicha oʻqitish bilan shugʻullanuvchi muassasa oʻrtasida tuziladigan shartnoma asosida amalga oshiriladi. Bunda tadbirkorlik qilishni xohlovchi ishsiz shaxsni tadbirkorlikka oʻqitish uchun xarajatlarning bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari miqdorida toʻlov amalga oshiradi.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2020-yil 24-martdagi 7-2020/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3163-1, 31.03.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.03.2020-y., 10/20/3163-1/0387-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Tadbirkorlik qilishni xohlovchi ishsiz shaxs kredit olishda sugʻurta polisi toʻlovini unga ajratilgan subsidiya hisobidan amalga oshirish uchun tegishli sugʻurta shartnomasini ABKMga taqdim etgandan keyin ABKM ushbu sugʻurta shartnomasi asosida kredit olishda sugʻurta polisi toʻlovi uchun xarajatlarni bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari miqdorida amalga oshiradi.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2020-yil 24-martdagi 7-2020/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3163-1, 31.03.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.03.2020-y., 10/20/3163-1/0387-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31-bob. Tadbirkorlik faoliyatini boshlayotgan ishsiz fuqarolarga tadbirkorlik subyekti sifatida davlat roʻyxatidan oʻtgandan soʻng dastlabki uch oy mobaynida olingan bino va inshootning ijara toʻlovi hamda “Hunarmand” uyushmasiga aʼzolik badali uchun subsidiya ajratish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
261. ABKMda roʻyxatdan oʻtgan tadbirkorlik faoliyatini boshlayotgan ishsiz shaxs tadbirkorlik subyekti sifatida davlat roʻyxatidan oʻtgandan soʻng dastlabki uch oy mobaynida olingan bino va inshootning ijara toʻlovi xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratish yuzasidan ABKMga ariza bilan murojaat qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Arizaga biometrik pasport yoki identifikatsiya ID-kartasining nusxasi, tadbirkorlik subyekti davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma nusxasi ilova qilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
262. ABKMning masʼul xodimi tadbirkorlik faoliyatini boshlagan shaxsning ijaraga olinayotgan bino va inshootning ijara toʻlovini toʻlab berish uchun subsidiya ajratish yuzasidan taqdim etilgan hujjatlarni 5 ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda koʻrib chiqadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Taqdim etilgan hujjatlarda kamchiliklar aniqlanmagan taqdirda, masʼul xodim arizachiga ijaraga olayotgan bino va inshoot boʻyicha uch tomonlama tuziladigan ijara shartnomasini har oy toʻlanadigan toʻlov miqdori koʻrsatilgan holda taqdim etilishi kerakligi haqida xabar beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
263. Ijara shartnomasi tomonlar oʻrtasida imzolanganidan keyin, ABKMning masʼul xodimi ijaraga olinayotgan bino va inshootning ijara shartnomasida koʻrsatilgan har oy toʻlanadigan toʻlov miqdoridan kelib chiqqan holda ijara toʻlovini toʻlab berish toʻgʻrisida ABKM rahbarining buyrugʻini rasmiylashtiradi. Bunda, buyruqda ijara toʻlovchi tomonidan har oy uchun alohida toʻlab berilishi kerak boʻlgan toʻlov miqdori koʻrsatilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ABKM tomonidan bino va inshootning ijarasi uchun uch oy davomida toʻlab beriladigan subsidiya — bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravarigacha etib belgilanadi va uch oyga teng taqsimlangan holda har bir oy uchun toʻlab beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
264. Taqdim etilgan hujjatlar ABKMning masʼul xodimi tomonidan koʻrib chiqilishi natijasida kamchiliklar aniqlangan taqdirda, unga subsidiya berish rad etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
265. “Hunarmand” uyushmasiga aʼzo boʻlishni xohlovchi shaxs tomonidan uni uyushmaga aʼzo qilish boʻyicha “Hunarmand” uyushmasi badiiy kengashining qarori nusxasi, aʼzolik badali toʻlab berilishi lozim boʻlgan hisob raqami hamda aʼzolik badalining miqdori ABKMga taqdim etiladi va ABKM tomonidan jamgʻarma mablagʻlari hisobidan zarur pul mablagʻlari elektron shaklda tegishli hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
266. “Hunarmand” uyushmasiga aʼzo boʻlgan shaxs unga aʼzolik guvohnomasi berilgan kundan boshlab 3 ish kuni ichida “Hunarmand” uyushmasiga aʼzo boʻlganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma nusxasini ABKMga taqdim qilishi shart.
(31-bob Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2021-yil 9-apreldagi 19-2021-B-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3163-3, 09.04.2021-y.) asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2021-y., 10/21/3163-3/0316-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Ijtimoiy ehtiyojmand aholi qatlamlariga mansub shaxslarni kvotalangan eng kam sondan ortiq miqdorda ishga qabul qilgan tashkilotlarga subsidiya ajratish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Mazkur Nizom maqsadlari uchun aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalari jumlasiga quyidagilar kiradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻn toʻrt yoshga toʻlmagan bolalari, nogironligi boʻlgan bolalari bor yolgʻiz otaga yoki onaga, shuningdek koʻp bolali oilalarning ota-onalariga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim tashkilotlarini, kasb-hunar maktablarini, kasb-hunar kollejlarini hamda texnikumlarni tamomlab, kasbga ega boʻlgan yoshlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Mehribonlik” uylarining bitiruvchilari, shuningdek oliy taʼlim muassasalarining davlat grantlari boʻyicha taʼlim olgan bitiruvchilari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining, Ichki ishlar vazirligining, Favqulodda vaziyatlar vazirligining, Milliy gvardiyasining, Davlat xavfsizlik xizmatining qoʻshinlaridagi muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilgan shaxslar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nogironligi boʻlgan shaxslar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pensiyaoldi yoshidagi shaxslar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan yoki sud qaroriga koʻra oʻziga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari qoʻllanilgan shaxslar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
odam savdosidan jabrlanganlar.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2021-yil 9-apreldagi 19-2021-B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3163-3, 09.04.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2021-y., 10/21/3163-3/0316-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Ijtimoiy ehtiyojmand aholi qatlamlariga mansub shaxslarni kvotalangan eng kam sondan ortiq miqdorda ishga qabul qilgan tashkilot kvotalangan eng kam sondan ortiq miqdorda ishga qabul qilingan ijtimoiy ehtiyojmand aholi qatlamlariga mansub shaxslarni ishga qabul qilganligi va subsidiya toʻlab berishni soʻrab tegishli hududdagi ABKMga yozma ravishda murojaat qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Murojaatda ushbu tashkilotga ishga qabul qilingan shaxsning F.I.O., ushbu shaxs ijtimoiy ehtiyojmand aholi qatlamlariga mansubligi, ushbu shaxs tashkilotda kvotalangan eng kam sondan ortiq miqdorda ishga qabul qilinganligi hamda tashkilotning subsidiya toʻlab berilishi lozim boʻlgan hisob raqami koʻrsatiladi, shuningdek tashkilotga kvotalangan eng kam sondan ortiq miqdorda ishga qabul qilingan shaxsning ishga qabul qilinganligini toʻgʻrisidagi buyruq ilova qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. ABKMning masʼul xodimi 3 ish kuni ichida tashkilotning murojaatida koʻrsatilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligini oʻrganib chiqadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. ABKMning masʼul xodimi tomonidan oʻrganish natijalariga koʻra murojaatda taqdim etilgan maʼlumotlar toʻgʻri deb topilganda, murojaat etuvchi tashkilotga har bir xodim uchun 12 oy davomida har oyda bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida haq toʻlash toʻgʻrisida buyruq rasmiylashtiriladi va bu haqda subsidiya toʻlab berishni soʻrab murojaat etgan tashkilotga xabar beriladi.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2020-yil 24-martdagi 7-2020/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3163-1, 31.03.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.03.2020-y., 10/20/3163-1/0387-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. ABKMning masʼul xodimi tomonidan oʻrganish natijalariga koʻra murojaatda taqdim etilgan maʼlumotlar notoʻgʻri deb topilganda, murojaat etuvchi tashkilotga har bir xodim uchun 12 oy davomida har oyda bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida haq toʻlashni rad etish haqidagi asoslantirilgan xat yuboriladi.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2020-yil 24-martdagi 7-2020/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3163-1, 31.03.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.03.2020-y., 10/20/3163-1/0387-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Ijtimoiy ehtiyojmand aholi qatlamlariga mansub shaxslarni kvotalangan eng kam sondan ortiq miqdorda ishga qabul qilgan tashkilot kvotalangan eng kam sondan ortiq miqdorda ishga qabul qilingan shaxsning ushbu tashkilotda ishlayotganligini tasdiqlash maqsadida xodimga ish haqi hisoblanganligi va daromad soligʻi toʻlanganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni 12 oy davomida har oyda tegishli ABKMga taqdim etib borishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. ABKM har oy uchun keyingi oyda tegishli hududdagi Davlat soliq xizmati organidan tegishli tashkilotda eng kam sondan ortiq miqdorda ishga qabul qilingan shaxsga ish haqi hisoblanganligi toʻgʻrisida maʼlumot oladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35. ABKM rahbarining subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi buyrugʻi chiqarilgandan keyin ABKMning masʼul xodimi murojaat etuvchi tashkilotning murojaatida koʻrsatilgan subsidiya toʻlab berilishi lozim boʻlgan hisob raqamiga ushbu tashkilot uchun ajratilgan subsidiyani toʻlab berishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda, davlat soliq xizmati organidan tegishli tashkilotda eng kam sondan ortiq miqdorda ishga qabul qilingan shaxsga ish haqi hisoblanmaganligi toʻgʻrisida maʼlumot berilganda, ushbu maʼlumot berilgan vaqtdan boshlab tashkilot uchun ajratilgan subsidiyani toʻlab berish toʻxtatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Yengil konstruksiyali issiqxonalar oʻrnatish, urugʻliklar, koʻchatlar va sugʻorish vositalari xarid qilish uchun subsidiya ajratish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36. Ishsiz, kam taʼminlangan va kambagʻal oilalar aʼzosi boʻlgan tomorqa yer egasi yengil konstruksiyali issiqxonalar oʻrnatish va (yoki) urugʻliklar, koʻchatlar yoxud sugʻorish vositalari xarid qilish uchun subsidiya ajratishni soʻrab tegishli hududdagi ABKMga murojaat qiladi.
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2020-yil 21-avgustdagi 33-2020-B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3163-2, 26.08.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.08.2020-y., 10/20/3163-2/1230-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
37. ABKMning masʼul xodimi ishsiz, kam taʼminlangan va kambagʻal oilalar aʼzosi boʻlgan tomorqa yer egasining murojaati kelib tushgan kundan boshlab 3 ish kuni ichida joyiga chiqqan holda murojaatchining tomorqa yerida yengil konstruksiyali issiqxona oʻrnatish, shuningdek urugʻliklar, koʻchatlar yoxud sugʻorish vositalari xarid qilinishi uchun tomorqa yerining maydoni va sharoitini oʻrganadi hamda oʻrganish natijasi boʻyicha dalolatnoma tuzadi.
(37-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2020-yil 21-avgustdagi 33-2020-B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3163-2, 26.08.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.08.2020-y., 10/20/3163-2/1230-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Dalolatnomada oʻrganish davomida aniqlangan barcha maʼlumotlar koʻrsatilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shu bilan birga, ABKM masʼul xodimi tomonidan murojaat qilgan shaxsning bandlik holati oʻrganiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
38. Oʻrganish natijasiga koʻra murojaat qilgan shaxs band boʻlmagan hollarda unga uning tomorqa yeriga mos keladigan yengil konstruksiyali issiqxona oʻrnatish va (yoki) urugʻliklar, koʻchatlar yoxud sugʻorish vositalari xarid qilinishi boʻyicha ABKMning masʼul xodimi yetkazib beruvchi tashkilot, ABKM va tomorqa yer egasi oʻrtasida uch tomonlama shartnoma tuzish choralarini koʻradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda, tomorqa yer egasining ehtiyojidan kelib chiqqan holda bitta oila uchun quyidagi yoʻnalishlardan biri uchun uch tomonlama shartnoma tuzadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yengil konstruksiyali issiqxonalar oʻrnatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sugʻorish vositalari xarid qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
urugʻliklar va koʻchatlar sotib olish.
(38-band Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2020-yil 21-avgustdagi 33-2020-B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3163-2, 26.08.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.08.2020-y., 10/20/3163-2/1230-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
39. Oʻrganish natijasiga koʻra murojaat qilgan shaxs band boʻlganda yoki uning tomorqa yer maydoni mavjud boʻlmaganda murojaat qilgan shaxsga asoslantirilgan javob xati yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
40. Yetkazib beruvchi tashkilot, ABKM va tomorqa yer egasi oʻrtasida uch tomonlama shartnoma tuzilganda ABKM tomonidan ushbu uch tomonlama shartnoma asosida subsidiya ajratish toʻgʻrisida ABKM rahbarining buyrugʻi rasmiylashtiriladi va tegishli toʻlov amalga oshiriladi.
(40-band Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2020-yil 21-avgustdagi 33-2020-B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3163-2, 26.08.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.08.2020-y., 10/20/3163-2/1230-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
51-bob. Ishsiz fuqarolar, kam taʼminlangan oilalar aʼzolari, tashqi mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxslarga kooperativlar ustav fondiga (jamgʻarmasiga) ulush sifatida kiritish uchun subsidiya ajratish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
401. Ishsiz fuqarolar, kam taʼminlangan oilalar aʼzolari, tashqi mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxslarni bandligini taʼminlash maqsadida kooperativ tashkil etmoqchi boʻlgan muassis (bundan buyon matnda muassis deb yuritiladi) kooperativ ustav fondiga (jamgʻarmasiga) ulush sifatida kiritish uchun — har bir aʼzoga (oilaga) subsidiya olish uchun hududdagi ABKMga yozma ravishda murojaat qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Muassis tomonidan murojaatga kooperativga ixtiyoriy aʼzo boʻluvchilarning (oila aʼzosi) F.I.O. koʻrsatilgan roʻyxati hamda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini (baliqchilik, quyonchilik, parrandachilik, asalarichilik, meva-sabzavotchilik, uzumchilik) yetishtirish, tikuvchilik, hunarmandchilik va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarish uchun muassis va aʼzo oʻrtasida tuzilgan pudrat shartnomalari nusxalari ilova qilinishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
402. Mazkur Nizomning 401-bandi ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan maʼlumotlar toʻliq topshirilgandan soʻng ABKMning masʼul xodimi muassisning murojaatini 5 ish kuni ichida oʻrganib chiqadi va oʻrganish natijalari boʻyicha kooperativga ixtiyoriy aʼzo boʻluvchilarga subsidiya ajratish uchun ABKM rahbariga taklif kiritadi. Bunda, masʼul xodim kooperativga aʼzo boʻluvchini ishsizligiga, kam taʼminlangan oila aʼzosiligiga, tashqi mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxs ekanligiga eʼtibor qaratishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
403. ABKM rahbari kooperativga ixtiyoriy aʼzo boʻluvchilarning kooperativ ustav fondidagi ulushini shakllantirish uchun 2 ish kunida subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi buyruqni rasmiylashtiradi va pochta orqali muassisga yuboradi. Buyruqda subsidiya oluvchilar F.I.O., subsidiya miqdori koʻrsatilishi zarur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
404. ABKMning masʼul xodimi muassis taqdim etgan hujjatlar mazkur Nizomning 401-bandining ikkinchi xatboshisiga muvofiq boʻlmaganda yoxud oʻrganish natijasi boʻyicha muassisning murojaatida koʻrsatilgan shaxs ishsiz, kam taʼminlangan oila aʼzosi, tashqi mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxs boʻlmagan hollarda 1 ish kunida subsidiya ajratishni rad etish toʻgʻrisida muassisga rad etishning sabablari asoslantirilgan holda yozma ravishda xat yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
405. ABKMning subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi buyrugʻining nusxasini olgan muassis belgilangan tartibda kooperativ tashkil etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
406. Muassis belgilangan tartibda kooperativ tashkil etganidan soʻng, ABKMga yozma ravishda davlat xizmatlari markazida roʻyxatga olingan kooperativning aʼzolari ulushi koʻrsatilgan ustav, kooperativning asosiy rekvizitlari, aʼzolarning mulkiy payi toʻgʻrisidagi guvohnoma nusxalarini taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
407. ABKM 2 ish kuni muddatida kooperativ ustav fondiga har bir aʼzoning ulushi sifatida kiritish uchun kooperativning bankdagi hisob raqamiga bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravarigacha miqdorda subsidiya ajratadi hamda kooperativ raisi (muassis) va har bir aʼzosi yozma ravishda xabardor qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
408. Kooperativlar ustav fondiga (jamgʻarmasiga) ulush sifatida kiritish uchun subsidiya bitta oilaga faqat bir marotaba ajratiladi.
(51-bob Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2020-yil 21-avgustdagi 33-2020-B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3163-2, 26.08.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.08.2020-y., 10/20/3163-2/1230-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
52-bob. “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi tarkibidagi qoʻlda gilam va ipak mato toʻqish bilan shugʻullanuvchilarga ish oʻrni yaratish sharti bilan gilam va ipak mato toʻqish dastgohini xarid qilishga sarflanadigan xarajatlarni qoplash uchun subsidiya ajratish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
409. “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi tarkibidagi qoʻlda gilam va ipak mato toʻqish bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslar (bundan buyon matnda yuridik shaxs deb yuritiladi) Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan 3 tadan kam boʻlmagan ish oʻrni yaratish sharti bilan gilam va ipak mato toʻqish dastgohini xarid qilishga sarflanadigan xarajatlarni qoplash uchun — har bir dastgoh uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari miqdorida subsidiyalar ajratishni soʻrab ABKMga ariza bilan murojaat qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuridik shaxs tomonidan arizaga “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasiga aʼzoligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma, mavjud va tashkil etiladigan ish oʻrinlari soni, ishga qabul qilish rejalashtirilgan ishsizlarning F.I.O. koʻrsatilgan roʻyxat hamda xarid qilinadigan dastgohlarning umumiy soni va qiymati toʻgʻrisidagi maʼlumot nusxalari ilova qilinishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4010. Mazkur Nizomning 409-bandi ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan maʼlumotlar toʻliq topshirilgandan soʻng ABKMning masʼul xodimi yuridik shaxsning murojaatini 3 ish kuni ichida oʻrganib chiqadi hamda subsidiya ajratish uchun uch tomonlama shartnoma va buyruq rasmiylashtirish boʻyicha ABKM rahbariga taklif kiritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4011. ABKMning masʼul xodimi yaratiladigan ish oʻrinlari va ushbu ish oʻrinlariga ishsiz fuqarolarni ishga qabul qilish hamda yuridik shaxs xarid qiladigan dastgohlar soni va toʻlab beriladigan subsidiyaning umumiy miqdorini koʻrsatgan holda yetkazib beruvchi tashkilot, ABKM va yuridik shaxs oʻrtasida uch tomonlama shartnoma tuzish choralarini koʻradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4012. Oʻrganish natijasiga koʻra murojaat qilgan yuridik shaxsning qoʻlda gilam va ipak mato toʻqishni tashkil etish imkoniyatlari yetarli boʻlmagan hollarda 1 ish kunida subsidiya ajratishni rad etish toʻgʻrisida yuridik shaxsga asoslantirilgan javob xati yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4013. Yetkazib beruvchi tashkilot, ABKM va yuridik shaxs oʻrtasida uch tomonlama shartnoma tuzilgandan soʻng ABKM tomonidan har bir dastgoh uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari miqdorida subsidiya ajratish toʻgʻrisida ABKM rahbarining buyrugʻi rasmiylashtiriladi va tegishli toʻlov amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4014. Yuridik shaxs uch tomonlama shartnomada koʻrsatilgan muddatlarda dastgohlarni oʻrnatgandan soʻng tashkil etilgan ish oʻrinlari va ushbu ish oʻrinlariga ishsiz fuqarolar ishga qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Yagona milliy mehnat tizimida aks ettiradi va ABKMga yozma maʼlum qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4015. Uch tomonlama shartnoma boʻyicha majburiyatlar belgilangan muddatlarda bajarilmagan taqdirda ABKM tomonidan toʻlab berilgan subsidiyani qaytarish choralari koʻriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4016. Mazkur Nizomning 51-bobida koʻrsatilgan subsidiya turi hamda qoʻlda gilam va ipak mato toʻqish dastgohini xarid qilishga sarflanadigan xarajatlarni qoplash uchun subsidiya turi aynan bir yuridik shaxsga nisbatan tatbiq etilmaydi.
(52-bob Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2020-yil 21-avgustdagi 33-2020-B-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3163-2, 26.08.2020-y.) asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.08.2020-y., 10/20/3163-2/1230-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
53-bob. “Qorakoʻlchilik” uyushmasi aʼzolariga qoʻl mehnati uchun uskunalar xarid qilish boʻyicha xarajatlarni qoplash uchun subsidiya ajratish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4017. “Qorakoʻlchilik” uyushmasi aʼzolariga qoʻl mehnati uchun uskunalar xarid qilish boʻyicha xarajatlar “Qorakoʻlchilik” uyushmasi, uyushma aʼzosi va ABKM oʻrtasida tuziladigan uch tomonlama shartnoma asosida qoplab beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4018. “Qorakoʻlchilik” uyushmasi aʼzosi xarid qilishni rejalashtirayotgan qoʻl mehnati uchun uskunalar xaridi uchun sarflanadigan xarajatlarni qoplab berish yuzasidan tegishli hududdagi ABKMga ariza bilan murojaat qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Qorakoʻlchilik” uyushmasiga aʼzolik guvohnomasining nusxasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mavjud va tashkil etiladigan ish oʻrinlari soni toʻgʻrisidagi maʼlumot;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xarid qilish rejalashtirilgan uskunalar toʻgʻrisida maʼlumot (uskunaning nomi va nima uchun moʻljallanganligi, soni, narxi);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uch tomonlama shartnoma loyihasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4019. ABKMning masʼul xodimi 3 ish kuni ichida murojaatda koʻrsatilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligini oʻrganib chiqadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4020. ABKMning masʼul xodimi tomonidan oʻrganish natijalariga koʻra murojaatda taqdim etilgan maʼlumotlar toʻgʻri deb topilganda, subsidiya ajratish uchun uch tomonlama shartnoma va ABKM rahbarining bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari miqdorida subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi buyrugʻi rasmiylashtiriladi, shuningdek bu haqda murojaat muallifiga xabar beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4021. Murojaatni oʻrganish natijasiga koʻra taqdim etilgan hujjatlar toʻliq boʻlmaganda hamda hujjatlarda yolgʻon maʼlumotlar koʻrsatilganligi aniqlanganda subsidiya ajratish rad etiladi va bu toʻgʻrisida murojaat muallifiga barcha kamchiliklar koʻrsatilgan tarzda javob xati yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4022. Shartnoma shartlari boʻyicha “Qorakoʻlchilik” uyushmasi aʼzosiga qoʻl mehnati uchun tegishli uskunalar xarid qilingandan keyin, ABKM tomonidan jamgʻarma mablagʻlari hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari miqdorida pul mablagʻlari elektron shaklda tegishli hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4023. Mazkur Nizomning 53-bobida nazarda tutilgan subsidiya turi 51 va 52-boblarda koʻrsatilgan subsidiya turidan foydalangan yuridik yoki jismoniy shaxslarga tatbiq etilmaydi.
(53-bob Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2021-yil 9-apreldagi 19-2021-B-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3163-3, 09.04.2021-y.) asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2021-y., 10/21/3163-3/0316-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
54-bob. Tadbirkorlik va oʻzini oʻzi band qilish faoliyatini boshlamoqchi boʻlgan ishsiz, shu jumladan “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarga faoliyatini boshlash uchun kerak boʻlgan asbob-uskuna, mehnat qurollarini xarid qilish uchun subsidiyalar ajratish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4024. ABKMda roʻyxatdan oʻtgan, tadbirkorlik va oʻzini oʻzi band qilish faoliyatini boshlamoqchi boʻlgan ishsiz, shu jumladan “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqaro oʻz faoliyatini boshlashi uchun kerak boʻlgan asbob-uskuna, mehnat qurollarini xarid qilish uchun 7 million soʻmgacha subsidiyalar ajratilishini soʻrab ABKMga ariza bilan murojaat qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Arizada fuqaro oʻz faoliyatini boshlashi uchun kerak boʻladigan asbob-uskuna, mehnat qurollarining nomi va turi, soni, tahminiy xarid narxi va boshqa qoʻshimcha maʼlumotlar koʻrsatilishi, shuningdek fuqaro kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash, malakani oshirish va tadbirkorlik koʻnikmalari kurslarini tugatganligi hamda yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat xizmatlari markazida davlat roʻyxatidan oʻtganligi yoki oʻzini oʻzi band qilish istagidagi fuqarolar faoliyat turlari boʻyicha soliq xizmati organlarida roʻyxatdan oʻtganligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi ilova qilinishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4025. ABKMning masʼul xodimi fuqaroning murojaatini 3 ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda oʻrganib chiqadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Koʻrib chiqish natijasida hujjatlar toʻliq taqdim etilgan va unda kamchiliklar yoki yolgʻon maʼlumotlar aniqlanmagan taqdirda murojaat muallifiga oʻz faoliyatini boshlashiga kerak boʻlgan asbob-uskuna, mehnat qurollarini xarid qilish uchun subsidiya ajratish toʻgʻrisida ABKM rahbarining buyrugʻini rasmiylashtiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Buyruqda asbob-uskuna, mehnat qurollarining nomi va ularni xarid qilish uchun ajratiladigan subsidiya miqdori koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Murojaatni koʻrib chiqish natijasida hujjatlar toʻliq taqdim etilmaganligi yoki unda kamchiliklar mavjudligi yoxud yolgʻon maʼlumotlar koʻrsatilganligi aniqlangan taqdirda murojaat muallifiga rad etish sabablari koʻrsatilgan holda yozma ravishda xabar beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4026. ABKMning masʼul xodimi buyruq rasmiylashtirilgan kundan boshlab 5 ish kuni ichida Elektron davlat xaridlari portali (dxarid.uzex.uz) orqali buyruqda koʻrsatilgan asbob-uskuna, mehnat qurollarini xarid qilish boʻyicha buyurtma beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4027. Buyurtma asosida asbob-uskuna va (yoki) mehnat qurollari yetkazib berilganda, bu haqda ABKM xodimi qabul qilib olgan kundan boshlab 1 ish kunidan kechiktirmay murojaat muallifini xabardor qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4028. Tegishli asbob-uskuna va (yoki) mehnat qurollari murojaat muallifiga ABKM xodimi va murojaat muallifi oʻrtasida tuziladigan dalolatnoma asosida topshiriladi. Dalolatnomada murojaat muallifiga taqdim etilayotgan asbob-uskuna va (yoki) mehnat qurollarining xususiyatidan kelib chiqib nomi, turi, markasi, kafolat muddati, xarid qilingan narxi va vaqti koʻrsatilishi kerak.
(54-bob Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2021-yil 9-apreldagi 19-2021-B-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3163-3, 09.04.2021-y.) asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2021-y., 10/21/3163-3/0316-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
55-bob. Tadbirkorlik subyektlariga ish oʻrinlari va sharoitlarini nogironligi boʻlgan shaxslarga moslashtirish uchun har bir moslashtirilayotgan ish joyi xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4029. Tadbirkorlik subyekti ish oʻrinlari va sharoitlarini nogironligi boʻlgan shaxsga moslashtirganligi uchun subsidiya ajratishni soʻrab tegishli hududdagi ABKMga yozma ravishda murojaat qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4030. Murojaatda tashkilotga ishga qabul qilingan nogironligi boʻlgan shaxslarning F.I.O., ular band boʻlgan ish oʻrinlarini mehnat sharoitlari yuzasidan davlat ekspertizasi xulosasi, ish joylarini nogironligi boʻlgan shaxslarga moslashtirish uchun sarflangan xarajatlar miqdori toʻgʻrisida maʼlumot hamda tashkilotning subsidiya toʻlab berilishi lozim boʻlgan hisob raqami koʻrsatiladi, shuningdek nogironligi boʻlgan shaxsning ishga qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi buyruq nusxasi ilova qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4031. ABKMning masʼul xodimi 3 ish kuni ichida murojaatda koʻrsatilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligi va toʻliqligi, barcha hujjatlarning taqdim etilganligi hamda yolgʻon maʼlumotlar koʻrsatilmaganligini oʻrganib chiqadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4032. ABKMning masʼul xodimi tomonidan oʻrganish natijalariga koʻra murojaatda koʻrsatilgan maʼlumotlar toʻgʻri va toʻliq, barcha hujjatlar taqdim etilgan hamda yolgʻon maʼlumotlar koʻrsatilmagan deb topilganda, murojaat qilgan tashkilotga har bir nogironligi boʻlgan shaxsga moslashtirgan ish oʻrinlari va sharoitlari uchun xarajatlarini qoplash uchun tegishli miqdorda, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 40 baravaridan koʻp boʻlmagan subsidiya toʻlab berish toʻgʻrisida ABKM rahbarining buyrugʻi rasmiylashtiriladi va bu haqda murojaat qilgan tashkilotga xabar beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4033. ABKMning masʼul xodimi tomonidan oʻrganish natijalariga koʻra murojaatda koʻrsatilgan maʼlumotlar toʻgʻri va toʻliq emas yoki barcha hujjatlar taqdim etilmagan yoxud yolgʻon maʼlumotlar koʻrsatilgan deb topilganda, murojaat qilgan tashkilotga subsidiya ajratishni rad etish haqidagi asoslantirilgan xat yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4034. ABKM rahbarining subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi buyrugʻi qabul qilingandan keyin ABKMning masʼul xodimi 3 ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda jamgʻarma mablagʻlari hisobidan buyruqda belgilangan pul mablagʻlarini murojaat qilgan tashkilotning murojaatida koʻrsatilgan hisob raqamiga elektron shaklda oʻtkazadi.
(55-bob Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2021-yil 9-apreldagi 19-2021-B-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3163-3, 09.04.2021-y.) asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2021-y., 10/21/3163-3/0316-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
56-bob. Oʻrmon fondi yerlarini ijaraga olgan ijarachilar ABKMda roʻyxatdan oʻtgan ishsiz shaxslarni ishga qabul qilgan taqdirda, ularga ish haqi toʻlash xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4035. Oʻrmon fondi yerlarini ijaraga olgan ijarachilar ABKMda roʻyxatdan oʻtgan ishsiz shaxslarni ishga qabul qilgan taqdirda, ularga ish haqi toʻlash xarajatlarini qoplash uchun — 6 oy davomida oʻrtacha ish haqining 50 foizi miqdorida, biroq har bir oy uchun bazaviy hisoblash miqdorining ikki barobaridan oshmagan miqdorda subsidiya ajratishni soʻrab tegishli hududdagi ABKMga murojaat qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4036. Murojaatda ijarachi ABKM yoʻllanmasi asosida ishga qabul qilingan shaxslarning F.I.O., toʻlab berilishi lozim boʻlgan subsidiya miqdori hamda tashkilotning hisob raqami koʻrsatilishi, shuningdek murojaatga xodimning ishga qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi buyruq nusxasi ilova qilinishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4037. ABKMning masʼul xodimi ish beruvchi tomonidan subsidiya ajratishni soʻrab taqdim etilgan hujjatlarni 5 ish kuni ichida oʻrganib chiqadi. Masʼul xodim hujjatlarni oʻrganib chiqishda xodimni ABKM yoʻllanmasi asosida ishga qabul qilinganligi va uzluksiz ushbu tashkilotda ishlayotganligi, shuningdek mazkur Nizomning 4036-bandida nazarda tutilgan maʼlumotlar toʻliq koʻrsatilganligi hamda xodimning ishga qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi buyruq nusxasi taqdim qilinganligiga eʼtibor qaratishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4038. ABKMning masʼul xodimi tomonidan ish beruvchi tashkilot taqdim etgan hujjatlar toʻliqligi, unda barcha zarur maʼlumotlar koʻrsatilganligi va ABKM tomonidan xodim uchun berilgan yoʻllanma haqiqiy deb topilganligi aniqlanganda murojaatda koʻrsatilgan xodim uchun subsidiya ajratish toʻgʻrisida ABKM rahbariga yozma shaklda taklif kiritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda, ABKM rahbari masʼul xodimga murojaatda koʻrsatilgan xodim uchun subsidiya ajratish toʻgʻrisida rozilik bildiradi va subsidiya ajratish toʻgʻrisida buyruq rasmiylashtiriladi. Buyruqda ajratiladigan subsidiya miqdori va uni toʻlab berish shartlari koʻrsatilishi zarur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4039. ABKMning masʼul xodimi tomonidan tegishli hujjatlar toʻliq taqdim etilmagan yoki unda barcha zarur maʼlumotlar koʻrsatilmagan yoxud ABKM tomonidan xodim uchun berilgan yoʻllanma haqiqiy emas deb topilganda, oʻrganish natijasi boʻyicha murojaatda koʻrsatilgan xodim uchun subsidiya ajratishni rad etish toʻgʻrisida murojaat muallifiga rad etishning sabablari asoslantirilgan holda javob xati yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4040. ABKMning masʼul xodimi murojaat muallifi tomonidan taqdim etilgan hujjatlardagi maʼlumotlarni oʻrganish natijasi boʻyicha bildirilgan taklif yoki rad etish asoslantirilganligi uchun masʼul hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4041. ABKM rahbarining subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi buyrugʻiga asosan ish beruvchi tashkilotga uning murojaatida koʻrsatilgan har bir xodim uchun 6 oy davomida oʻrtacha ish haqining 50 foizi miqdorida, biroq har bir oy uchun bazaviy hisoblash miqdorining ikki barobaridan oshmagan miqdorda subsidiya ajratiladi va ABKM tomonidan ish beruvchiga oyma-oy toʻlab boriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4042. Davlat soliq xizmati organi tomonidan ABKM yoʻllanmasi bilan ishga qabul qilingan shaxsga ish haqi hisoblanmaganligi toʻgʻrisida maʼlumot berilganda, ushbu maʼlumot berilgan vaqtdan boshlab ABKM tomonidan xodimning ish haqi toʻlash xarajatlarini qoplash uchun ajratilgan subsidiyani toʻlab berish toʻxtatiladi.
(56-bob Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2021-yil 9-apreldagi 19-2021-B-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3163-3, 09.04.2021-y.) asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2021-y., 10/21/3163-3/0316-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
57-bob. Usta-shogird anʼanalari asosida yoshlarga hunar oʻrgatayotgan kulollarga shogirdlar tayyorlashi, zarur xom ashyo sotib olishi va shogirdlarni ish haqi bilan taʼminlashi uchun subsidiyalar ajratish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4043. Usta-shogird anʼanalari asosida yoshlarga hunar oʻrgatayotgan kulol shogirdlar tayyorlashi, zarur xom ashyo sotib olishi yoki shogirdlarni ish haqi bilan taʼminlashi uchun subsidiya ajratishni soʻrab tegishli hududdagi ABKMga ariza bilan murojaat qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Arizada usta-shogird anʼanalari asosida hunar oʻrganish istagidagi yoshlarning F.I.O. hamda subsidiya toʻlab berilishi lozim boʻlgan hisob raqam koʻrsatilishi, shuningdek ushbu shaxslarning ishga qabul qilinganligini tasdiqlovchi hujjatning nusxasi ilova qilinishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4044. ABKMning masʼul xodimi kulolning murojaatini 3 ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda koʻrib chiqadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Koʻrib chiqish natijasida arizada barcha maʼlumotlar toʻgʻri koʻrsatilgan, shuningdek tegishli hujjatlar toʻliq taqdim etilgan taqdirda, murojaat muallifiga tegishli subsidiyani ajratish toʻgʻrisida ABKM rahbarining buyrugʻini rasmiylashtiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Murojaatni koʻrib chiqish natijasida undagi maʼlumotlar toʻgʻri koʻrsatilmagan yoki tegishli hujjatlar toʻliq taqdim etilmaganda subsidiya berishni rad etish sabablari koʻrsatilgan holda murojaat muallifiga yozma ravishda xabar beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4045. ABKM tomonidan jamgʻarma mablagʻlari hisobidan ajratiladigan pul mablagʻlari murojaatda koʻrsatilgan hisob raqamga elektron shaklda oʻtkaziladi.
(57-bob Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2021-yil 9-apreldagi 19-2021-B-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3163-3, 09.04.2021-y.) asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2021-y., 10/21/3163-3/0316-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-bob. Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan grantlar ajratish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
41. ABKM tegishli hududdagi mehnat bozori ehtiyojidan kelib chiqqan holda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu hududdagi band boʻlmagan shaxslar, ayniqsa, mehnat migratsiyasidan qaytgan fuqarolar va kam taʼminlangan oilalarda yashovchi xotin-qizlar orasidan kasbga qayta oʻqish istagi boʻlganlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
agrotexnologiya, bogʻdorchilik, sabzavotchilik, chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik hamda asalarichilik sohasida qayta tayyorlash va malakasini oshirish istagi boʻlgan fermer va dehqon xoʻjaliklarining rahbarlari va ishchilari, tomorqa yer egalari roʻyxatini shakllantiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda ABKM tomonidan tegishli hududdagi kasbga qayta oʻqish, qayta tayyorlash va malakasini oshirish istagi boʻlganlarni aniqlash maqsadida ommaviy axborot vositalarida eʼlon berilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
42. ABKM tomonidan tegishli hududiy bosh boshqarmaga grant ajratishni soʻrab talabnoma yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
43. Talabnomada ABKM tomonidan shakllantirilgan roʻyxat asosida hududdagi band boʻlmagan shaxslar, shuningdek mehnat migratsiyasidan qaytgan fuqarolar va kam taʼminlangan oilalarda yashovchi xotin-qizlarning, shuningdek agrotexnologiya, bogʻdorchilik, sabzavotchilik, chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik hamda asalarichilik sohasida qayta tayyorlash va malakasini oshirish istagi boʻlgan fermer va dehqon xoʻjaliklarining rahbarlari va ishchilari, tomorqa yer egalarining soni, kasbga qayta oʻqitish, qayta tayyorlash va malakasini oshirish yoʻnalishlari va muddatlari hamda tegishli hudud koʻrsatilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
44. Hududiy bosh boshqarma ABKM tomonidan yuborilgan talabnomani 3 ish kuni ichida koʻrib chiqadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
45. Hududiy bosh boshqarmada ABKM tomonidan yuborilgan talabnoma boʻyicha eʼtirozlar mavjud boʻlmaganda, talabnomada koʻrsatilgan shaxslarni kasbga qayta oʻqitish, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil qilish uchun kasb-hunar taʼlimi muassasalari, kasb-hunarga oʻqitish markazlari, kollejlar va oliy oʻquv yurtlari tanlovini “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlari talablari asosida amalga oshiradi.
(45-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
46. Hududiy bosh boshqarma va tegishli kasb-hunar taʼlimi muassasasi, kasb-hunarga oʻqitish markazi, kollej yoki oliy oʻquv yurti oʻrtasida tuzilgan shartnomaga asosan tegishli hududiy bosh boshqarma band boʻlmagan shaxslarni, ayniqsa, mehnat migratsiyasidan qaytgan fuqarolar, kam taʼminlangan oilalarda yashovchi xotin-qizlarni kasbga qayta oʻqitishga, shuningdek agrotexnologiya, bogʻdorchilik, sabzavotchilik, chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik hamda asalarichilik sohasida fermer va dehqon xoʻjaliklarining rahbarlari va ishchilari hamda tomorqa yer egalarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishga sarflanadigan xarajatlarni moliyalashtiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7-bob. Yakuniy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
47. Mazkur Nizom talablarini buzganlikda aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradi.
(47-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
48. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Kasb-hunar taʼlimi markazi, Markaziy banki, Davlat soliq qoʻmitasi, Savdo-sanoat palatasi va Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan kelishilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Iqtisodiyot va sanoat vaziri B. XODJAYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2019-yil 10-may
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Moliya vaziri D. KUCHKAROV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2019-yil 10-may
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kasb-hunar taʼlimi markazi direktori M. XOLMUXAMEDOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2019-yil 10-may
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2019-yil 10-may
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat soliq qoʻmitasi Raisi B. MUSAYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2019-yil 10-may
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Savdo-sanoat palatasi raisi A. IKRAMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2019-yil 10-may
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi v.b A. XAITOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2019-yil 10-may
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan subsidiya va grantlar ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Tadbirkorlik qilishni xohlovchi ishsiz shaxslarga
‎subsidiyalar taklif etish boʻyicha
‎‎SOʻROVNOMA

‎‎1. Tadbirkorlik qilishni xohlovchi ishsiz shaxs haqidagi maʼlumotlar:
a) _________________________________________________________________________________________‎‎

‎‎(F.I.O.)

‎‎b) _________________________________________________________________________________________

‎___________________________________________________________________________________________

(manzili)‎‎

v) _________________________________________________________________________________________‎‎

‎‎(STIR)

‎‎g) _________________________________________________________________________________________

(elektron pochta manzili va telefon raqami)
‎‎‎

‎‎2. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan toʻlab beriladigan xarajatlar:

1.‎

Yakka tartibdagi tadbirkor sifatida roʻyxatdan oʻtish ‎‎

2.‎

Kichik korxonalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish‎‎

3.‎

Mikrofirmalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish‎

4.‎

Shtamplar va muhrlar olish, elektron raqamli imzo olish;‎‎

5.‎

Tadbirkorlikka oʻqitish‎‎

6.‎

Kredit olishda sugʻurta polisi toʻlovi‎‎

7.‎

Tadbirkorlik subyekti sifatida davlat roʻyxatidan oʻtgandan soʻng dastlabki uch oy mobaynida olingan bino va inshootning ijara toʻlovi xarajatlarini qoplash‎‎

8.‎

“Qorakoʻlchilik” uyushmasi aʼzolariga qoʻl mehnati uchun uskunalar xarid qilish boʻyicha xarajatlarni qoplash‎‎

9.‎

“Hunarmand” uyushmasiga aʼzolik badali xarajatlarini qoplash‎‎

10‎

Tadbirkorlik va oʻzini oʻzi band qilish faoliyatini boshlamoqchi boʻlgan ishsiz, shu jumladan “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarga faoliyatini boshlash uchun kerak boʻlgan asbob-uskuna, mehnat qurollarini xarid qilish

11.‎

Oʻrmon fondi yerlarini ijaraga olgan ijarachilar aholi bandligiga koʻmaklashish markazida roʻyxatdan oʻtgan ishsiz shaxslarni ishga qabul qilgan taqdirda, ularga ish haqi toʻlash xarajatlarini qoplash ‎‎

12.‎

Usta-shogird anʼanalari asosida yoshlarga hunar oʻrgatayotgan kulollarga shogirdlar tayyorlashi, zarur xom ashyo sotib olishi va shogirdlarni ish haqi bilan taʼminlash‎‎

_______________________‎‎

‎‎__________________________

‎‎(sana)

‎‎(imzo)

(ilova Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2021-yil 9-apreldagi 19-2021-B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3163-3, 09.04.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2021-y., 10/21/3163-3/0316-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.05.2019-y., 10/19/3163/3221-son; 31.03.2020-y., 10/20/3163-1/0387-son; 26.08.2020-y., 10/20/3163-2/1230-son; 09.04.2021-y., 10/21/3163-3/0316-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)