Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining
buyrugʻi
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi idoraviy statistika kuzatuvlari shakllarini tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 29-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3162]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 21-noyabrdagi PQ-4024-son “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarining joriy etilishini nazorat qilish, ularni himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-martdagi 185-son “Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya xizmatlari sifatini yanada yaxshilashga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi idoraviy statistika kuzatuvlari shakllari 1 ― 4-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi bilan kelishilgan.
3. Ushbu buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir Sh. SADIKOV
Toshkent sh.,
2019-yil 8-may,
196-mh-son
Kelishilgan:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi raisi B. BEGALOV
2019-yil 8-may
Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining 2019-yil 8-maydagi 196-mh-son buyrugʻiga
1-ILOVA
1-ILOVA
Telekommunikatsiya xizmatlari sifati toʻgʻrisida idoraviy statistika kuzatuvi shakli
Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining 2019-yil 8-maydagi 196-mh-son buyrugʻiga
2-ILOVA
2-ILOVA
Pochta aloqasi va davriy bosma nashrlarni tarqatish xizmatlarining sifati toʻgʻrisida idoraviy statistika kuzatuvi shakli
Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining 2019-yil 8-maydagi 196-mh-son buyrugʻiga
3-ILOVA
3-ILOVA
Televideniye, radioaloqa (mobil aloqa) va radioeshittirish texnik vositalarining ish sifati toʻgʻrisida idoraviy statistika kuzatuvi shakli
Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining 2019-yil 8-maydagi 196-mh-son buyrugʻiga
4-ILOVA
4-ILOVA
Shaharlararo aloqa liniyalari, traktlari va kanallarining ish sifati toʻgʻrisida idoraviy statistika hisoboti shakli
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.05.2019-y., 10/19/3162/3209-son)