29.05.2019 yildagi PQ-4343-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 30.05.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent viloyatida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida ichki ishlar organlari kuch va vositalarini boshqarishning sifat jihatdan yangi tizimini joriy etish toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[Koʻchirma]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻtgan davr mobaynida respublikamizda jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishning samarali tizimini joriy etish, Toshkent shahrida ichki ishlar organlarining fuqarolik jamiyati institutlari bilan yaqin hamkorligi asosida amalga oshirilayotgan “Xavfsiz poytaxt” konsepsiyasining ijobiy tajribasini ommalashtirish borasida salmoqli ishlar qilindi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shu bilan birga, Toshkent viloyatida jamoat xavfsizligini taʼminlashda huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati alohida ahamiyat kasb etib, undagi kriminogen vaziyatning xususiyatiga quyidagi omillar taʼsir koʻrsatmoqda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir-biridan ancha olisda va tarqoq holda joylashgan yettita shahar va oʻn beshta tumanni qamrab olgan viloyat maʼmuriy-hududiy tuzilishining murakkabligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir vaqtning oʻzida hududida chegara oldi hududlar, togʻli uchastkalar, turistik, qishloq xoʻjaligi va yirik ishlab chiqarish obyektlari mavjudligini hisobga olgan holda viloyat geografik joylashuvining oʻziga xosligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent shahriga barcha kirish va chiqish yoʻllarining viloyat hududidan oʻtishi, respublikaning boshqa hududlaridan, ayniqsa poytaxtdan keladigan aholining ommaviy dam olish joylari mavjudligi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent viloyatida jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishning sifat jihatdan yangi bosqichiga oʻtish, shuningdek, ichki ishlar organlari kuch va vositalarini nazorat qilish va boshqarishning samarali tizimini joriy etish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2019-yil 20-iyundan boshlab quyidagilarni nazarda tutuvchi Toshkent viloyati ichki ishlar organlari kuch va vositalarini boshqarish tizimini eksperiment tariqasida joriy etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kuch va vositalarni aholiga bevosita yaqin hududlarda yanada samarali joylashtirish maqsadida viloyat va tuman (shahar) darajasidagi ichki ishlar organlarining tuzilmalarini yanada maqbullashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
viloyat tuman (shahar)larini ichki ishlar organlari kuch va vositalarining toʻrtta mintaqaviy boshqarish hududlari (keyingi oʻrinlarda — mintaqalar) boʻyicha 1-ilovaga muvofiq taqsimlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
huquqbuzarliklarni oʻz vaqtida oldini olish va bartaraf etish maqsadida ichki ishlar organlari boʻlinmalarining tezkorligini oshirish va maksimal darajadagi harakatchanligini taʼminlash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi (keyingi oʻrinlarda — Bosh boshqarma) etib qayta tashkil etilsin va uning boshligʻiga quyidagilar uchun shaxsiy javobgarlik yuklansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
viloyat ichki ishlar organlari kuch va vositalarini mintaqaviy boshqarish mexanizmlarini samarali va toʻlaqonli ravishda amalga oshirish, ularni doimiy ravishda takomillashtirib borish boʻyicha manzilli choralarni koʻrish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
viloyat ichki ishlar organlarining boshqa, shu jumladan poytaxt huquqni muhofaza qiluvchi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va fuqarolik jamiyati institutlari bilan yaqin hamkorligini tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mintaqalar darajasida amaliy boshqaruv qarorlarini qabul qilish, tahliliy faoliyatni hamda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishning samaradorligini tizimli baholashni sifatli tashkil etish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Belgilansinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mintaqalar ichki ishlar organlari faoliyatini kundalik nazorat qilish va muvofiqlashtirishni tashkil etish Bosh boshqarma boshligʻining vakillari (keyingi oʻrinlarda — mintaqaviy hududlar rahbarlari) tomonidan amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mintaqaviy hududlar rahbarlarining faoliyatini taʼminlash uchun shtab sifatida Bosh boshqarmaning tegishlicha mintaqaviy markazlardagi ichki ishlar organlarining binolarida bevosita joylashadigan mintaqaviy muvofiqlashtirish markazlari tashkil etiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent viloyati ichki ishlar organlari patrul-post va yoʻl-patrul xizmatlarining saf boʻlinmalari kundalik xizmatni ularning hududlarida oʻtash uchun bevosita mintaqalar boʻyicha taqsimlanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent viloyati tuman (shahar) ichki ishlar organlarining kinologiya boʻlinmalari ularga yuklatilgan vazifalarni bajarishni hududlararo tamoyili boʻyicha tashkil etish uchun mintaqaviy hududlar rahbarlarining boʻysunuviga oʻtkaziladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tuman (shahar) ichki ishlar organlari huzurida Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi tajribasi asosida tumanlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlarda jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish vazifalari yuklatilgan holda ichki ishlar boʻlimlari tashkil etilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Mintaqaviy hududlar rahbarlariga:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mintaqa hududi doirasida biriktirilgan tuman (shahar, sohaviy) ichki ishlar organlari (keyingi oʻrinlarda — biriktirilgan boʻlinmalar)ga yuklatilgan vazifalarning kundalik bajarilishi boʻyicha mustaqil ravishda qarorlar qabul qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
biriktirilgan boʻlinmalarning ish samaradorligini oshirish boʻyicha taʼsirchan chora-tadbirlarni ishlab chiqish, patrul-post va yoʻl-patrul xizmatlari naryadlarining kundalik joylashuvini belgilash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mintaqa hududidagi kriminogen vaziyatni inobatga olgan holda va favqulodda holatlar vujudga kelganda biriktirilgan boʻlinmalarning kuch va vositalarining taqsimotini muvofiqlashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
biriktirilgan boʻlinmalar boshliqlarini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod qilish boʻyicha Bosh boshqarma boshligʻiga takliflar kiritish, mintaqa va sohaviy xizmati doirasida safdorlar va serjantlar tarkibi xodimlarini lavozimdan lavozimga tayinlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
biriktirilgan boʻlinmalarning xodimlari tomonidan xizmat intizomi buzilishi holatlari boʻyicha Bosh boshqarma boshligʻining topshirigʻi asosida xizmat tekshiruvlarini oʻtkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻz vakolatlari doirasida biriktirilgan boʻlinmalarning xodimlarini ragʻbatlantirish va ularga nisbatan intizomiy jazo choralarini qoʻllash huquqi berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilansinki, mintaqaviy hududlar rahbarlari biriktirilgan boʻlinmalarga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun ularning bevosita rahbariyati bilan baravar shaxsan javobgar hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bosh boshqarma boshligʻi va mintaqaviy hududlar rahbarlari tomonidan joylarda jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasidagi muammolar, shuningdek ushbu faoliyatning samaradorligini oshirish boʻyicha taqdim etiladigan takliflar Toshkent viloyati hokimi tomonidan har oyda koʻrib chiqiladi va oʻz vakolatlari hamda moliyaviy imkoniyatlari doirasida manzilli chora-tadbirlarni belgilaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bosh boshqarma har chorakda mintaqalarning jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasidagi faoliyatining samaradorligini reyting tizimida baholaydi, natijalariga koʻra, ilgʻor mintaqalarning biriktirilgan boʻlinmalari rahbarlariga pul mukofotini berish va aksincha, past koʻrsatkichlarga ega boʻlganlaridan pul ushlab qolish choralarini koʻradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mintaqaviy muvofiqlashtirish markazlari kriminogen vaziyatning tahlili asosida har chorakda tuman (shahar)lar kesimida biriktirilgan boʻlinmalarning ish samaradorligini oshirish boʻyicha batafsil “yoʻl xarita”larini ishlab chiqib, ularning natijalari boʻyicha Bosh boshqarma boshligʻiga har oʻn kunda axborot berib boradilar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2019-yil 1-sentabrdan boshlab Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar organlarining patrul-post va yoʻl-patrul xizmatlari, migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalarining serjantlar tarkibi lavozimlari ushbu boʻlinmalarning oliy maʼlumotga ega boʻlmagan amaldagi xodimlarining oʻrniga 2021-yil 1-dekabrgacha bosqichma-bosqich tayinlashni nazarda tutgan holda faqat oliy maʼlumotga ega yoki sirtqi shaklda oʻqiyotgan shaxslar bilan jamlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Bosh boshqarma faoliyatiga Toshkent shahar tajribasi boʻyicha jamoat tartibini taʼminlash kuchlarini muvofiqlashtirish va aloqa mobil markazlari amaliyoti tatbiq etilib, mintaqalarga biriktirilsin hamda ularga quyidagi vazifalar yuklansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ommaviy tadbirlarni oʻtkazishda kuch va vositalarning samarali hamkorligini tashkil etish, muvofiqlashtirish va nazoratni amalga oshirishda biriktirilgan boʻlinmalarga koʻmaklashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
odamlar gavjum boʻladigan joylarda tezkor va kriminogen vaziyatni axborot texnologiyalaridan foydalangan holda bevosita kuzatish hamda vizual baholashni amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jamoat tartibini taʼminlash kuchlarini muvofiqlashtirish va harakatini boshqarish maqsadida, shu jumladan bevosita voqea joyiga chiqqan holda mobil shtab funksiyalarini bajarish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Toshkent viloyati ichki ishlar organlari kuch va vositalarini boshqarishning yangi tizimini joriy etish yuzasidan eksperimentni amalga oshirish boʻyicha idoralararo komissiya 2-ilovaga muvofiq tuzilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Idoralararo komissiya (P.R. Bobojonov):
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har bir mintaqa kesimida manfaatdor vazirlik va idoralarning vakolatli mutaxassislaridan iborat ekspert guruhlarini shakllantirsin va ularning eksperimentni bosqichma-bosqich amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xarita”larini tasdiqlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ichki ishlar organlari kuch va vositalarini boshqarishning joriy etilayotgan tizimi samaradorligining tizimli monitoringini tashkil etsin va 2019-yilning yakuni boʻyicha shu kabi amaliyotni respublikaning boshqa viloyatlariga ham tatbiq etishning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida takliflarni kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Boshqaruvda katta amaliy ish tajribasiga hamda sohada obroʻ va hurmatga ega boʻlgan ichki ishlar organlarining pensionerlari orasidan jamoatchilik asosida jamlanadigan Qoraqalpogʻiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlarining maslahatchilari lavozimi kiritilsin va ularga toʻlanayotgan pensiyasining 50 foizi miqdorida budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan oylik ustama haq belgilansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, shuningdek, tuman (shahar) hokimlariga hududiy ichki ishlar organlarining oʻrnak koʻrsatgan rahbar xodimlarini ular faoliyatini baholash natijasiga koʻra, mahalliy budjet daromadlarining prognozdan oshirib bajarilishi hisobidan har chorakda pul taʼminotining 100 foizigacha boʻlgan miqdorda mukofotlash huquqi berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Toshkent viloyati ichki ishlar organlari xodimlarining egallab turgan lavozimi boʻyicha pul taʼminoti va ijtimoiy imtiyozlari mazkur qarorga muvofiq tashkiliy-shtatlar oʻzgarishlariga asosan ular lavozimga qayta tayinlanishi yoki pensiyaga chiqishiga qadar saqlab qolinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ikki oy muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda Toshkent viloyatining shaharlari va tegishli tumanlarida “Xavfsiz shahar” apparat-dasturiy kompleksini joriy etish boʻyicha takliflar kiritsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda Toshkent viloyatida huquqbuzarliklarni foto- va video fiksatsiya qilish tizimi va uskunalarining uzluksiz ishlashini taʼminlash boʻyicha koʻrsatiladigan xizmatlari uchun tariflarini kelgusida respublikaning boshqa viloyatlariga ham tatbiq etishni nazarda tutgan holda qayta koʻrib chiqsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Mudofaa sanoati davlat qoʻmitasi bilan birgalikda 2019-yil 1-dekabrga qadar Bosh boshqarma faoliyatida sodir etilgan jinoyat va hodisalar haqidagi xabarlarni qabul qilish va roʻyxatga olishning “102” avtomatlashtirilgan maʼlumotlar tizimi joriy etilishini, shuningdek, Toshkent shahridagi ushbu tizimning takomillashtirilishi va rekonstruksiya qilinishini taʼminlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) Toshkent viloyati hokimligi bilan birgalikda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent viloyati ichki ishlar organlarining profilaktika inspektorlari va tezkor xodimlarini maqsadli dasturiy taʼminot oʻrnatilgan va ichki ishlar organlari elektron axborot tizimlarining maʼlumotlar bazalariga ulangan uyali xizmat telefonlari bilan bosqichma-bosqich taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
biriktirilgan boʻlinmalarning toʻlaqonli faoliyatini taʼminlash uchun ular faoliyatining xususiyatlarini hamda mintaqaviy markazlarda qayta joylashuvini inobatga olgan holda joylashtirish, taʼminlash va boshqa tashkiliy masalalarni hal etish choralarini koʻrsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda profilaktika inspektoriga yuklamani kamaytirish va hududlararo harakatlanganda xarajatlarni qoplash manbalarini belgilashni inobatga olgan holda, shaxslarni protsessual harakatlarda yoki sud majlislaridagi ishtirokini taʼminlash uchun majburiy keltirish tartibi va mexanizmlarini takomillashtirish boʻyicha takliflarni oʻrnatilgan tartibda kiritsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sherikchilikni rivojlantirish agentligi bilan birgalikda bir oy muddatda ichki ishlar organlari xodimlari va harbiy xizmatchilarining uy-joy sharoitlarini yaxshilash sohasiga davlat-xususiy sherikchilik mexanizmlarini joriy etish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mintaqaviy muvofiqlashtirish markazlari uchun Toshkent shahar tajribasi boʻyicha jamoat tartibini taʼminlash kuchlarini muvofiqlashtirish va aloqa mobil markazlari sifatida qayta jihozlashni nazarda tutgan holda 4 dona avtobus xarid qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2022-yil 1-yanvarga qadar mintaqalar hududlarida toʻliq moto- va avtopatrullik qilishga oʻtish maqsadida Toshkent viloyati ichki ishlar organlari patrul-post xizmatini bosqichma-bosqich skuter va yengil transport vositalari bilan taʼminlash boʻyicha takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Toshkent viloyati tuman (shahar)larida jamoat tartibini taʼminlash kuchlari tarkibida birgalikda patrullik xizmatini oʻtashni tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlarni belgilasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Toshkent viloyati hokimligi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda yirik bozorlar va savdo komplekslarida ichki ishlar organlari tomonidan huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasida xizmat koʻrsatish borasida shartnomalar tuzish boʻyicha choralarni koʻrsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir oy muddatda Bosh boshqarma va uning boʻlinmalarining, shu jumladan maqsadga nomuvofiq deb topilgan bir qator amaldagi ichki ishlar boʻlinmalarini qisqartirish va mavjud kriminogen vaziyatni inobatga olib zarur joylarda yangilarini tashkil etishni nazarda tutgan holda yangilangan shtat jadvalini tasdiqlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir oy muddatda mazkur qaror talablarini inobatga olgan holda mintaqalarning jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasidagi faoliyatining samaradorligini reyting tizimida baholash toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikki oy muddatda Toshkent viloyati ichki ishlar organlarining mintaqalararo, shu jumladan poytaxt ichki ishlar organlari bilan hamkorligining uygʻunlashgan mexanizmini nazarda tutuvchi tartibni belgilasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikki oy muddatda Toshkent viloyati ichki ishlar organlarining patrul-post va yoʻl-patrul xizmatlari naryadlarining yagona joylashuvini mintaqalar tashkil etilayotganligini inobatga olgan holda tanqidiy qayta koʻrib chiqsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uch oy muddatda Toshkent viloyati ichki ishlar organlari yoʻl-patrul xizmatining avtomobil parkini kuchaytirish, shu jumladan yurtimizda ishlab chiqariladigan mototsikllar bilan taʼminlash boʻyicha tashkiliy choralarni koʻrsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Belgilansinki, mazkur qarorda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining asoslantirilgan hisob-kitoblari boʻyicha har yili ajratiladigan budjet mablagʻlari, Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar doirasida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 7-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashining kotibi V.V. Maxmudov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B.M. Mavlonov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2019-yil 29-may,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-4343-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-maydagi PQ-4343-son qaroriga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent viloyati ichki ishlar organlari kuch va vositalarini mintaqaviy boshqarish hududlarining taqsimot
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI

* mintaqaviy markaz
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-maydagi PQ-4343-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent viloyati ichki ishlar organlari kuch va vositalarini boshqarishning yangi tizimini joriy etish yuzasidan eksperimentni amalga oshirish boʻyicha idoralararo komissiya
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tarkibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

1.

P.R. Bobojonov

Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, Komissiya raisi

2.

E.A. Tadjiyev

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining birinchi oʻrinbosari, Komissiya raisining oʻrinbosari

3.

B.T. Isakov

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining oʻrinbosari, Komissiya raisining oʻrinbosari

4.

S.N. Gordeyev

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi masʼul xodimi

5.

U.Sh. Tashxodjayev

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi apparati masʼul xodimi

6.

Sh.T. Shakirov

Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondonining oʻrinbosari

7.

M.U. Joʻrayev

Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining jamoat tartibini saqlash boʻyicha oʻrinbosari

8.

B.A. Olmatov

Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining oʻrinbosari

9.

G.I. Ibragimov

Toshkent viloyati hokimi

10.

Sh.I. Norgitov

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Tashkiliy departamenti boshligʻi, Komissiya kotibi

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh: Komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan shaxslar yoxud zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-maydagi PQ-4343-son qaroriga
7-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-apreldagi “Ichki ishlar organlarining jinoyatlarni tergov qilish sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2898-son qarorining 2-bandidagi, 3-bandi ikkinchi xatboshisidagi “Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi” soʻzlari “Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-noyabrdagi “Ichki ishlar organlari kadrlari bilan ishlash va ularning xizmatini tashkil etish tartibini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3413-son qarorida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) 3-bandining uchinchi xatboshisidagi “Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi” soʻzlari “Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) 4-bandi “a” kichik bandidagi, 5-bandining uchinchi xatboshisidagi “Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi” soʻzlari “Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“30. Tuman (shahar) ichki ishlar organlari, transportda jamoat xavfsizligini taʼminlash boshqarmalari (boʻlimlari), jazoni ijro etish muassasalari, tergov hibsxonalari boshliqlari, mintaqaviy muvofiqlashtirish markazlari rahbarlari, brigada va batalyon komandirlari, shuningdek, ularga tenglashtirilgan rahbarlar quyidagi huquqlarga ega:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ustavning 23-bandi “a”, “b” va “v” kichik bandlarida nazarda tutilgan ragʻbatlantirish choralarini qoʻllash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ustavning 27-bandi “a” va “b” kichik bandlarida nazarda tutilgan intizomiy jazo choralarini qoʻllash”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31-bandning birinchi xatboshisidagi “Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi” soʻzlari “Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-iyundagi “Toshkent shahrida jamoat tartibini taʼminlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3786-son qarorining 5-bandi birinchi xatboshisidagi “Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi” soʻzlari “Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 23-avgustdagi “Ichki ishlar organlari boshqaruv, nazorat va shaxsiy tarkib bilan ishlashning samarali tizimini joriy etish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3919-son qarorining 4-bandidagi “Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi” soʻzlari “Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-dekabrdagi “Jamoat xavfsizligini taʼminlash samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4075-son qarorining 3-bandi uchinchi xatboshisidagi, 6 va 7-bandlaridagi “Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi” soʻzlari “Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-fevraldagi “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini taʼminlash sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4166-son qarorining 6-bandi toʻrtinchi xatboshisidagi “Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi va Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi” soʻzlari “Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.05.2019-y., 07/19/4343/3206-son; 02.04.2021-y., 07/21/5050/0280-son; 20.01.2026-y., 07/26/14/0053-son)