24.05.2019 yildagi PQ-4337-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 07.05.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Eksport faoliyatini moliyalashtirish va sugʻurta himoyasi mexanizmlarini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-dekabrdagi “Eksportga koʻmaklashish va uni ragʻbatlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4069-son qaroriga muvofiq, shuningdek, eksport va eksport oldi moliyalashtirish, eksport kreditlari va tavakkalchiliklarini sugʻurtalash mexanizmlarini samarali tatbiq etish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi hamda Iqtisodiyot va sanoat vazirligining eksport qiluvchilarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tartibini oʻrnatish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin, unga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) eksport qiluvchilarga:
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tijorat banklarining eksport oldi kreditlari, shu jumladan aylanma mablagʻlarni toʻldirish uchun berilgan kreditlari boʻyicha foiz xarajatlarini qoplashga, milliy valyutadagi kreditlar boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalash stavkasidan oshgan qismida, biroq 10 foizlik punktdan koʻp boʻlmagan miqdorda, xorijiy valyutadagi kreditlar boʻyicha — tijorat banklari tomonidan belgilangan stavkaning 40 foizi, biroq 4 foizlik punktdan oshmagan miqdorda kompensatsiya taqdim etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tijorat banklarining kreditlari, shu jumladan eksport oldi kreditlari boʻyicha kredit summasining 50 foizigacha, biroq 4 milliard soʻmdan oshmagan miqdorda kafillik beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilansinki, ushbu bandda nazarda tutilgan qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-noyabrdagi “Mahalliy ishlab chiqaruvchilarning eksport salohiyatini yanada ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5587-son Farmoni 1-ilovasida koʻrsatilgan xom ashyo tovarlari eksportiga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Jamgʻarmaning buyurtmanomalari asosida 2019-2020-yillar davomida ushbu bandda koʻrsatilgan maqsadlar uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan 50 milliard soʻmgacha miqdorda mablagʻ ajratsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston banklari assotsiatsiyasi tijorat banklari bilan birgalikda eksport qiluvchi korxonalarni, shu jumladan aylanma mablagʻlarni toʻldirish uchun kreditlar berish orqali moliyalashtirish turlarini kengaytirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.

3. Mahalliy eksport qiluvchi korxonalar (ularning vakolatli vakillari)ga avtomobil, temir yoʻl va havo transportida tashish xarajatlarini 50 foizigacha miqdorda kompensatsiya qilishga subsidiyalar taqdim etish mexanizmi joriy qilinsin.
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-maydagi PQ-4707-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2020-y., 07/20/4707/0545-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilansinki, ushbu bandda nazarda tutilgan koʻllab-quvvatlash chorasi qoʻshni davlatlarga eksport qilinadigan mahsulotlarga tatbiq etilmaydi, Afgʻoniston Islom Respublikasiga eksport qilinadigan mahsulotlar va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-maydagi PQ-4707-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2020-y., 07/20/4707/0545-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni ragʻbatlantirish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) mahsulotni eksportga tashish xarajatlarining bir qismini kompensatsiya qilish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining mablagʻlari hisobidan subsidiyalar toʻlash boʻyicha vakolatli organ etib belgilansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-maydagi PQ-4707-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2020-y., 07/20/4707/0545-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni, shu jumladan, komissioner (ishonchli vakil) orqali realizatsiya qilishdan tushgan umumiy tushumida hisobot davri yakuni boʻyicha tayyor mahsulot eksporti ulushi 50 foizdan yuqori boʻlgan yuridik shaxslarga ularning arizalariga koʻra eksportga moʻljallangan mahsulot ishlab chiqarishda foydalaniladigan xom ashyo, butlovchi buyumlar va materiallar importida qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlashni bojxona deklaratsiyasi qabul qilingan kundan boshlab 120 kunga kechiktirish imkoniyati beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi va Davlat soliq qoʻmitasi ikki oy muddatda eksport qiluvchi korxonalarga qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlashni kechiktirish imkoniyatini berish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Agentlik zimmasiga ham respublikamizdagi, ham xorijdagi xalqaro standartlashtirish va sertifikatlashtirish tizimlarini joriy etish, milliy mahsulotni xorijiy davlatlar vakolatli organlarida roʻyxatdan oʻtkazish, shuningdek, koʻrgazma stendlarini tashkil qilish va xalqaro koʻrgazma-yarmarkalarida ishtirok etish, taqdimotlar va reklama kampaniyalarini oʻtkazish, shu jumladan, anʼanaviy milliy mahsulotlar va brendlarni potensial bozorlarda ilgari surish boʻyicha eksport qiluvchi tashkilotlarga moliyaviy koʻmak berish vazifasi yuklanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agentlik ikki oy muddatda eksport qiluvchi tashkilotlarga mazkur moliyaviy koʻmakni berish mexanizmini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin, bunda tadbirkorlik subyektlarining xorijiy mamlakatlarda zarur litsenziyalar, ruxsatnomalar, sertifikatlar olish, shuningdek, roʻyxatdan oʻtkazish yigʻimlari hamda xalqaro tenderlar va tanlovlarda ishtirok etish bilan bogʻliq boshqa toʻlov xarajatlarining bir qismini toʻlashni nazarda tutsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Belgilansinki, 2019-yil 1-iyundan boshlab tirik holdagi tovuq, quyon va baliq hamda ularni soʻyib ishlangan mahsulotlar eksporti uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasi ruxsati talab qilinmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda “Oʻzbekinvest” eksport-import milliy sugʻurta kompaniyasi (keyingi oʻrinlarda — “Oʻzbekinvest” EIMSK) direktorlar Kengashining:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzbekinvest” EIMSKning ustav kapitalini kompaniyaning oʻz kapitali hisobiga 221,6 mlrd soʻmgacha koʻpaytirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzbekinvest” EIMSK tuzilmasida eksportoldi va eksport sugʻurtasi masalalari boʻyicha bosh direktorning birinchi oʻrinbosari lavozimini joriy etish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Belgilansinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzbekinvest” EIMSKning eksportni sugʻurtalash orqali qoʻllab-quvvatlash xizmatlari kompleksi xaridor kreditini, qisqa muddatli debitor qarzdorlikni, mahsulot yetkazib beruvchi kreditini, tasdiqlangan akkreditivni, eksport qiluvchining aylanma mablagʻlarini toʻldirish kreditini, eksport faktoringini sugʻurtalashni hamda eksportni sugʻurtalash orqali qoʻllab-quvvatlashning boshqa vositalarini oʻz ichiga oladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
moliya yilida eksport kontraktlari va kreditlarini sugʻurtalashning barcha shartnomalari boʻyicha (xom ashyo boʻlmagan mahsulot eksporti qismida) sugʻurta tovon toʻlashning umumiy hajmi “Oʻzbekinvest” EIMSK oʻz kapitalining 10 foizidan oshib ketgan taqdirda, “Oʻzbekinvest” EIMSK oʻz kapitalining 10 foizidan oshib ketgan miqdordagi yoʻqotishlari uning ustav jamgʻarmasini oshirish orqali Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan kompensatsiya qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikki oy muddatda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda “Oʻzbekinvest” EIMSK faoliyatini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida tegishli hukumat qarori loyihasining belgilangan tartibda ishlab chiqilishi hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Transport vazirligi bilan birgalikda xabar berilganlik fakti qayd etilishini taʼminlaydigan axborot tizimlaridan foydalangan holda, buyurtmanomalarni, shu jumladan 2019-yil 1-maydan buyon amalga oshirilgan mahsulot eksporti boʻyicha qabul qilish va koʻrib chiqish mexanizmini nazarda tutadigan, mahsulot olib boriladigan mamlakat va subsidiya taqdim etishning eng koʻp muddatidan kelib chiqib, Mahsulotni eksport qilishda tashish xarajatlarini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan kompensatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritishni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2019-yil 1-avgustga qadar Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi va Agentlik mablagʻlari hisobidan tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida davlat xizmatlarining interaktiv shaklda taqdim etilishini, shuningdek, davlat tili, rus tili va boshqa xorijiy tillarda batafsil maʼlumotlardan foydalanish imkoniyatini taʼminlaydigan, elektron savdo maydonchalari hamda manfaatdor vazirliklar va idoralarning axborot tizimlari bilan integratsiyalashgan Tashqi iqtisodiy maʼlumotlar portalini yaratish va ishga tushirishni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir oy muddatda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Tashqi iqtisodiy maʼlumotlar portalini yuritish va masʼul idoralar tomonidan Portalga tegishli maʼlumotlar oʻz vaqtida kiritilishi ustidan monitoringni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlanishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir oy muddatda “Oʻzagroeksportbank” ATB negizida eksport va importni moliyalashtirish boʻyicha ixtisoslashgan bank tashkil etish yuzasidan taklif kiritilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddatda “Uzbekistan airways” AJ va “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning eksport yuklarini tashish tariflarini tanqidiy qayta koʻrib chiqsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 17-oktabrdagi “Meva-sabzavot mahsulotlarini tashqi bozorlarga chiqarish samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3978-son qarorining 6 va 7-bandlari, 14-bandining yettinchi xatboshi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi ikki oy muddatda manfaatdor vazirliklar, idoralar va tashkilotlar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari J.A. Qoʻchqorov va E.M. Gʻaniyev zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2019-yil 24-may,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-4337-son
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-maydagi PQ-4707-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2020-y., 07/20/4707/0545-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2019-y., 07/19/4337/3182-son, 12.12.2019-y., 07/19/4549/4143-son; 30.01.2020-y., 07/20/4576/0091-son, 07.05.2020-y., 07/20/4707/0545-son, 22.10.2020-y., 06/20/6091/1399-son, Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.04.2022-y., 06/22/115/0344-son; 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son; 03.04.2024-y., 07/24/146/0266-son; 30.12.2024-y., 06/24/228/1091-son)